2. Odob, axloq va hulq haqida tushuncha Estetikaning tadqiqot obʼyektlari ichida sanʼat alohida oʻrinni egallaydi, u qadimdan to hozirgi kungacha eng koʻp tadqiq etilgan estetik soha hisoblanadi. Estetikaning bu borada sanʼatshunoslik fanlaridan farqi shundaki, u oʻz obʼyektiga falsafiynazariy jihatdan yondashadi. Estetika sanʼatni — sanʼatkor, sanʼat asari, sanʼat asarini idrok etuvchi shaxsdan iborat yaxlit tizimda olib oʻrganadi, barcha sanʼat turlari uchun zarur boʻlgan umumiy qonunqoidalarni ishlab chiqadi. Mas, adabiyotshunoslikdatch qofiya nazariyasini musiqaga yoki haykaltaroshlikka nisbatan qoʻllab boʻlmaydi. Estetikadagi kompozitsiya yoki uslub nazariyasi esa meʼmorlikdan tortib badiiy suratkashlikkacha boʻlgan hamma sanʼat turlariga taalluklidir. Ayni paytda Estetika sanʼatning tabiati, uning ijodiyligi va boshqalar jihatlarini tadqiq etadi; badiiy oqimlar va yoʻnalishlarning, ijodiy uslublarning mohiyatini oʻrganadi.
Estetika falsafiy ilm sifatida koʻplab ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan aloqadordir. Uning etika bilan aloqasi alohida diqqatga sazovor. Bu ikkala fanning oʻzaro yaqinligi, avvalo, inson xatti-harakatining koʻp hollarda ham axloqiylik, ham nafosat uygʻunligidan iborat ekanligida; 2dan, Estetikaning asosiy tadqiqot obʼyekti boʻlmish sanʼat mohiyatan ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi kurashning badiiy inʼikosi sifatida doimo dolzarb axloqiy muammolarni koʻtarib chiqadi; 3dan, Estetikaning baʼzi tushunchalari etika uchun ham birdek xizmat qiladi; 4dan, Estetika oʻrganadigan xulqiy goʻzallik sohasi axloq bilan bevosita bogʻliq. Ayni paytda ikkala fan bir-biriga juda oʻxshash ekan degan taassurot tugʻilmasligi kerak. Estetika har bir obʼyektga aniq, muayyan yondashuvni talab qiladi, etika esa hamma uchun umumiy boʻlgan qonunqoidalarni, hikmatlarni ishlab chiqadi. Estetikaning psixologiya bilan aloqasi ham juda muhim: har ikkala fan ruhiy holatlarni oʻrganadi. Har ikkala fan uchun umumiy boʻlgan sanʼat psixologiyasi va badiiy ijod psixologiyasi degan maxsus yoʻnalishlar mavjud. Estetika va sotsiologiyaning oʻzaro munosabatlarida sanʼatni hamkorlikda oʻrganish masalalari muhim. Sanʼat asari alohida inson shaxsiga eʼtibor qilgani holda, jamiyatni ijtimoiy munosabatlar tizimi, ijtimoiy tuzilma sifatida badiiy tadqiq etadi, ayni paytda sotsiologik tadqiqotlar uchun oʻziga xos material boʻlib xizmat qiladi; sotsiologiya jamiyat bilan sanʼatning oʻzaro aloqalarini, sanʼatning ijtimoiy vazifalarini; sanʼatkorning jamiyatdagi oʻrni, mavqei, kitobxon va tomoshabinlarning ijtimoiydemografik holatlarini; shaxs ijtimoiylashuvida sanʼatlar va sanʼat asarining ahamiyatini tahlil qiladi. Mazkur muammolarni oʻrganish uchun Estetika va sanʼat sotsiologiyasi sohasi mavjud. Estetikaning dinshunoslik bilan aloqasi ham katta ahamiyatga ega; din va sanʼat doimo bir-birini toʻldirib keladi, koʻp hollarda biri boshqasi uchun yashash sharti boʻlib xizmat qiladi. Asrlar mobaynida, ana shu aloqalar natijasi oʻlaroq, sanʼat asarining oʻziga xos koʻrinishi — diniybadiiy asar vujudga keldi. Mas, Shohizinda meʼmoriy majmui, Kyoln jomesi, Rembrandtning "Muqaddas oila" asari, "Abu Muslim jangnomasi" qissasi va boshqalar Estetika bunday asarlarni tadqiq etar ekan, albatta, dinshunoslik fani bilan hamkorlik qiladi. Estetikaning pedagogika bilan bogʻliqligi estetik tarbiya masalalariga borib taqaladi; ped. ham estetik tarbiya bilan shugʻullanadi. Lekin u alohidaalohida, mustaqil qismlarga boʻlingan holda, turli yosh va sohalar uchunmaxsus belgilangan tarbiya tarzida olib boriladi. Mas, maktabgacha tarbiya, oʻquvchilar tarbiyasi, jismoniy tarbiya va h.k. Estetika esa nafosat tarbiyasining umumiy qonunqoidalarini ishlab chiqadi — inson tugʻilganidan boshlab, to oʻlimigacha oʻtadigan umr bosqichlari uchun taalluqli boʻlgan tarbiya falsafasi sifatida ish koʻradi. Estetikaning semiotika (belgilar va belgilar tizimlari haqidagi fan) bilan aloqadorligi keyingi paytlarda yanada teranroq tadqiq etilmoqda. Maʼlumki, har bir sanʼat asarining mazmunmohiyati muayyan belgilar vositasida namoyon boʻladi, yaʼni bilish va baholash natijalari boʻlmish semiotik hamda pragmatik axborotni oʻzida mujassam qilgan sanʼat asari oʻsha axborotni yetkazib berishga ham moʻljallangan; u sanʼat turiga qarab turlicha belgilar — harflar, chiziqlar, notalar va h.k. orqali amalga oshiriladi. Sanʼatning semiotik belgilar bilan bogʻliq ana shu tomonlarini — kommunikativvositachilik jihatlarini semiotika oʻrganadi; bu borada alohida tuzilmasemiotik deb nomlangan nazariy yondashuv ham mavjud.