120
121
tegoriyalardan birortasining o‘zgartirilishiga ehtiyoj sezadi.
Shularni inobatga olib, tarjimon poetik shakl va mazmunni
qayta yaratish maqsadida erkin yondashuv yo‘lidan borishi
mumkin. Bu holat tarjima nazariyasida
erkin ijodga imkon
beradi va o‘z o‘rnida bunday imkoniyat me’yorlariga amal
qilish talab etiladi. Tarjima matnida mutarjim tomonidan
poetik mazmun va shaklni qayta yaratish uchun erkin yon
dashuv yo‘li tanlanar ekan, asliyatning ekvivalent va adekvat
tarjimasining amalga oshirilishi tarjimonning ikkilanishi
ga olib keladi, ya’ni tarjimon she’r tarjimasini qayta yaratib
bo‘lmagan sharoitda o‘zgartirishlar va yo‘qotishlarsiz ek
vivalentlik va adekvatlik o‘z samarasini bera oladimi, degan
savollar tug‘ilishi tabiiy. Holbuki, adekvatlik, adekvat asliyat
bilan tarjimaning bir-biriga teng bo‘lgan «aynan» natijasidir.
Dostları ilə paylaş: