Adabiyotshunoslikda badiiy uslub tushunchasi va uning elementlari


International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION



Yüklə 44,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü44,49 Kb.
#210510
1   2   3   4
Abbasova Nargiza Kabilovna

International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION 
TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS 
15 
https://interonconf.org
 
kunda iste’moldan chiqib ketgan tarixiy so`zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatila beradi. 
Badiiy uslub o`quvchida estetik zavq uyg`otadi. Demak, badiiy uslub orqali ro’yobga chiqqan 
nutq ma’lum voqea- hodisa haqida axborot berish (kommunikativ vazifani bajarish)dan 
tashqari, o’quvchiga ta’sir qilish (ekspressiv) vazifasini ham bajaradi. Obrazlilik va estetik 
ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir. Badiiy uslub so’z sa’natiga, timsoliy fikrlash 
sohasiga oid va funksional juhatdan tadqiq chegaralangan emas. Uning mazmun doirasining 
nihoyatda keng va u timsollar, badiiy to’qima, yozuvchi fantaziyasi natijasida yuzaga keladi. 
Badiiy uslubda proza, poeziya va dramaturgiya asarlar yaratiladi. Badiiy uslub timsol, ijod va 
shaxs munosabatida yuzaga keladi. Badiiy uslubda umumxalq tili va adabiy tilning barcha 
qatlamiga mansub so’z va iboralar keng va faol ishlatiladi hamda estetik ta’sir etish vazifasini 
bajaradi. [4, 23] 
Badiiy asar, demakki, badiiy matn xam shaklan, ham mazmunan mutlako uziga xos 
bulgan murakkab va serkatlam estetik butunlikdir. Unda mazmun kdnchalik muxim bulsa, 
shakl xam shunchalik favkulodda axamiyatlidir. Ta
ʼ
bir joiz bulsa, aytish mumkinki, ba
ʼ
zan 
shakl xatgo mazmun daraja-siga kutarilishi, mazmun makrmini olib, xakikdy mazmunning 
kimmatiga (badiiyat maksadi taqozosi bilan) daxl qilishi ham mumkin. 
А
lbatta, tabiat va 
jamiyatning, kattadir-kichikdir, xar bir xodisasida xamisha u yoki bu tarzda namoyon 
buladigan shakl va mazmunning dialektik birligi qonuniyati badiiy matnga ham begona 
emas. 
А
mmo bu dialektik qonuniyat chinakam ma
ʼ
nodagi barkamol badiiy asarda tamoman 
o’ziga xos tarzda, tabiat va jamiyatning boshqa xech bir xodisasiga o’xshamagan xolatda 
yashaydi. 
Badiiy matndagi tilni faqat shakl, unda ifodalangan voqealar tizmasini mazmun deb 
qarash, badiiy asardagi shakl va mazmun birligini, mutanosibligini ana shunday 
dixotomiyadagina tasavvur qilish badiiy so’z san
ʼ
atining moxiyatini jo’nlashtirishdan boshqa 
narsa emas. Badiiy matnda muallifning mazmunni shaklga solishdagi maxorati, bundagi 
individual xususiyatlar aloxida qimmatga ega. V.Odintsov xakdi ravishda ta
ʼ
kidlaganidek, 
badiiy matndagi emotsional-badiiy struktura “tabiiy” (ya
ʼ
ni tushunchalarning real 
bog’lanishlari va munosa-batlarini aks ettiradigan) mantiqiy strukturalarni transformatsiya 
qiladi, shuning uchun ham boshqa asarlarga qaraganda badiiy asarda shakl juda katta 
axamiyatga molikdir. Haqiqatki, xatto faqat she
ʼ
rdagina emas, balki nasrda ham shaklni 
uzgartirish matnni buzish, o’ldirish demakdir tarzidagi eskirib, siyqasi chiqib bo’lgan. 
А
mmo 
shundan kelib chiqqan holda, badiiy matnda shakl birlamchi, mazmun esa ikkilamchi deb 
bo’lmaydi, ularning xar ikkisi ham muxim, faqat ular orasidagi dialektik munosabatning 
namoyon bo’lish tarzi o’ziga xosdir. [5, 67] 

Yüklə 44,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin