Madaniyat va turizm vazirligi hamda uning tarkibiy tuzilmalari tomonidan an’anaviy shaklda davlat xizmati ko‘rsatish holatini o‘rganish yuzasidan savolnoma
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi “Nomoddiy madaniy meros muhofazasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g’risida”gi 47-son qarori asosida:
Nomoddiy madaniy meros obyektini nomoddiy madaniy meros obyekti ro‘yxatiga kirgan yoki kirmaganligi haqida ma’lumot berish;
Nomoddiy madaniy meros obyektini nomoddiy madaniy meros obyekti ro‘yxatidan chiqarish;
Nomoddiy madaniy meros obyektini nomoddiy madaniy meros obyekti ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlari ko’rsatilishi ahvolini o’rganish (Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodika markazi) “Turizm to‘g‘risida”gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g’risida hamda Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi to‘g’risidagi nizomlarga asosan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ahvolini o‘rganish.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 631-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g’risida nizomga asosan davlat xizmatlari ko’rsatilishi ahvolini o’rganish.
“Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g’risida”gi Qonunga rioya etilishi ahvolini o’rganish.
Davlat xizmatlari yagona reyestrida (roʻyxat raqami 3181, 2019-yil
13-sentabr) nazarda tutilmagan davlat xizmatlari koʻrsatilishi ahvolini o‘rganish.
Vazirlik va uning hududiy tuzilmalarida davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi va moddiy texnika bilan ta’minlanganlik (bino, shtat birligi, kompyuter texnikalari bilan ta’minlanganligi, internet va boshqa zarur axborot kommunikatsiyalari ulanganligi, mas’ul xodimlarning ularga berilgan loginlardan qonuniy foydalanish holati va boshqalar) holatini o‘rganish.
Har bir yo’nalishda 2022-yil va 2023-yilning 6 oyi davomida ko’rsatilgan davlat xizmatlari bo’yicha statistik ma’lumotlarni umumlashtirib o’rganish.
Izoh: o‘rganish davomida uning predmetiga oid boshqa masalalar ham o‘rganilishi hamda zarur ma’lumotlar talab qilib olinishi mumkin.