Adliya vazirl



Yüklə 134,7 Kb.
səhifə16/69
tarix21.10.2023
ölçüsü134,7 Kb.
#158556
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   69
2Umumiy-qonunchilikka-oid-100-savolla Ulugbekke-te 8s9ZiJB (3)

22. Vijdon erkinligi deganda nimani tushunasiz?
35-modda.
Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.Shaxstıń jeke huqıqı esaplanadı.



23. Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnat va ijtimoiy tatillari haqida maʼlumot bering?
54-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnat va ijtimoiy ta’tillari
Davlat fuqarolik xizmatchisiga davomiyligi yigirma yetti kalendar kunidan kam bo‘lmagan yillik asosiy ta’til beriladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga ko‘p yillik xizmati va alohida mehnat sharoitlari uchun yillik qo‘shimcha mehnat ta’tillari beriladi.
Ko‘p yillik xizmati va alohida mehnat sharoitlari uchun yillik qo‘shimcha mehnat ta’tillarini berish tartibi hamda ularning davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat fuqarolik xizmati lavozimining toifasiga qarab qonunchilikda yillik asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillarining boshqacha davomiyligi belgilanishi mumkin.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga ijtimoiy ta’tillar berish mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


24. Davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarligi haqida maʼlumot bering?
14-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining javobgarligi
Davlat fuqarolik xizmatchisining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi), shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisining harakatlari (harakatsizligi) o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga sabab bo‘ldi deb hisoblovchi jismoniy yoki yuridik shaxs bunday harakatlar (harakatsizlik) ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Davlat fuqarolik xizmatchisining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) tufayli jismoniy yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organi tomonidan qoplanib, ushbu zarar keyinchalik aybdor bo‘lgan davlat fuqarolik xizmatchisidan undirib olinadi. Davlat organi rahbarining yoki mansabdor shaxslarning qonunga xilof topshirig‘ini bajarish natijasida davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organi tomonidan qoplanadi. Zarar miqdori qonunga xilof topshiriqni bergan davlat organi rahbaridan yoki mansabdor shaxsidan regress tartibida undiriladi.

Yüklə 134,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin