Adliya vazirl


-modda. Asosiy tushunchalar



Yüklə 134,7 Kb.
səhifə66/69
tarix21.10.2023
ölçüsü134,7 Kb.
#158556
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
2Umumiy-qonunchilikka-oid-100-savolla Ulugbekke-te 8s9ZiJB (3)

4-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
metsenatlik (metsenatlik faoliyati) — madaniyat va san’at, shuningdek ilm-fan, ta’lim, ma’rifat hamda madaniyat va san’atni rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa faoliyat sohasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan homiylik faoliyati;
metsenat — metsenatlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
metsenatlik ko‘magini oluvchi — metsenatlik ko‘magi hisobiga madaniyat va san’atni saqlash hamda rivojlantirish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
metsenatlik ko‘magi — metsenatlik faoliyati doirasida metsenatlar tomonidan beg‘araz yoki imtiyozli shartlar asosida metsenatlik ko‘magini oluvchilarga beriladigan mol-mulk, shuningdek ular uchun bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar va qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari.


94. Referendum tayinlash huquqiga kim ega, shu haqida malumot bering.
13-modda. Referendum tayinlash huquqi
Referendum O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti referendum o‘tkazish tashabbuskori bo‘lgan taqdirda u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaat etishi yoki referendum o‘tkazish to‘g‘risida o‘z qarorini qabul qilishi mumkin.
Referendumga qo‘yilayotgan masalaning matni referendum tayinlanganda ma’qullanadi.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan referendumni tayinlash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi referendum o‘tkazish tashabbusini ko‘rsatish to‘g‘risidagi materiallarni va mas’ul qo‘mitaning xulosasini ikki hafta ichida ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi mumkin:
referendumni tayinlash va uni o‘tkazishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida;
referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusni rad etish haqida;
referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusda taklif qilingan qonunni yoki boshqa qarorni referendum o‘tkazmasdan turib qabul qilish haqida.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining referendum masalasiga doir qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga, shuningdek referendum o‘tkazish tashabbuskorlariga yuboriladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusni rad etish haqida qaror qabul qilsa, ayni shu mazmun yoki ma’nodagi ta’rif bilan referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun bir yil o‘tganidan keyingina takroran kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati referendum o‘tkazish tashabbusini ko‘rsatish to‘g‘risidagi materiallarni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining referendum o‘tkazish va referendum o‘tkaziladigan sanani tayinlash to‘g‘risidagi qarorini, shuningdek mas’ul qo‘mitaning mazkur masala bo‘yicha xulosasini ikki hafta ichida ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi mumkin:
referendumni tayinlash va uni o‘tkazishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida;
referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusni rad etish haqida.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining referendum masalaciga doir qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, shuningdek referendum o‘tkazish tashabbuskorlariga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati referendumni o‘tkazish va referendum o‘tkaziladigan sanani tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mazkur masalaga doir qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ushbu masala yuzasidan qaror qabul qilgan kundan e’tiboran kechi bilan uch kun ichida matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining referendumni o‘tkazish va referendum o‘tkaziladigan sanani tayinlash to‘g‘risidagi qarorlarida uni o‘tkazish sanasi belgilanadi, bunda ovoz berish palatalarning qarorlari e’lon qilingan kundan e’tiboran bir yarim oydan uch oygacha bo‘lgan davrda istalgan kunga tayinlanishi mumkin.



Yüklə 134,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin