55.Konstitutsiyaning63-moddasidanikohtomonlarningixtiyoriyroziligiva tenghuquqliligigaasoslanishibelgilangan.Oilaviymunosabatlardaayolva erkakningteng huquqliligideganda nimani tushunasiz? Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir. Nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi. Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi. 77-modda. Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning ta’lim olishini, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishini ta’minlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini rag‘batlantiradi. Shuningdek Oila kodeksining 19-modasiga asosan Er va xotin oilada teng huquqlardan foydalanadilar va ular teng majburiyatlarga egadirlar.
56.Onalikvabolalikdavlattomonidanmuhofazaqilishdegandanimani tushunasiz? O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
2022 — 2026-YILLARDA ONALIK VA BOLALIKNI MUHOFAZA QILISHNI KUCHAYTIRISH TO‘G‘RISIDA
Quyidagilar 2022 — 2026-yillarda onalar va bolalar salomatligini mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: a) sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida onalar va bolalar o‘rtasida kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash va sog‘lomlashtirish dasturlarini amaliyotga joriy etish, shu jumladan: sog‘lom farzand tug‘ilishi, rivojlanishi va tarbiyasi masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish, to‘g‘ri ovqatlanish hamda jismoniy faollikni oshirishni targ‘ib etish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish; bolalar, homilador hamda emizikli ayollarni vitamin va minerallar bilan bepul ta’minlash hamda maqsadli skrining tadbirlari orqali kasalliklarning samarali profilaktikasini olib borish; b) 2022 — 2026-yillarda onalar va bolalar uchun tibbiy xizmat ko‘rsatiladigan obyektlarni rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; v) diagnostika va davolashning yuqori texnologiyali hamda innovatsion usullarini amaliyotga joriy etish hamda soha xodimlarining ilmiy salohiyatini muntazam oshirib borish.