Adliya vazirl



Yüklə 134,7 Kb.
səhifə51/69
tarix21.10.2023
ölçüsü134,7 Kb.
#158556
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69
2Umumiy-qonunchilikka-oid-100-savolla Ulugbekke-te 8s9ZiJB (3)

73. Jamoatchilik nazoratining natijalari deganda nimani tushunasiz?
17-modda. Jamoatchilik nazoratining natijalari.
Jamoatchilik nazoratining natijalariga ko‘ra bayonnoma, xulosa, ma’lumotnoma shaklida yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shaklda yakuniy hujjat tayyorlanishi mumkin.
Yakuniy hujjat axborot va tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi.
Yakuniy hujjatda bayon etilgan axborot, tavsiya va takliflar davlat organlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi hamda ular yuzasidan qonuniy qarorlar qabul qilinadi.
74. Elektron hujjat deganda nimani tushunasiz?
5-modda. Elektron hujjat
Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot elektron hujjatdir.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.


75. Elektron hujjatning rekvizitlari haqida malumot bering.
6-modda. Elektron hujjatning rekvizitlari
Elektron hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:
elektron raqamli imzo;
elektron hujjatni jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
elektron hujjatni jo‘natuvchining pochta va elektron manzili;
hujjat yaratilgan sana.
Qonunchilikda yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvi bilan elektron hujjatning boshqa rekvizitlari ham belgilanishi mumkin.



Yüklə 134,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin