Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda uni qo‘shimcha o‘rganish zarurati yuzaga kelsa, ekspert sifatida kimlar jalb qilinishi mumkin?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda uni qo‘shimcha o‘rganish zarurati yuzaga kelsa, ekspert sifatida kimlar jalb qilinishi mumkin? Adliya vazirligi qanday hollarda vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reestridan chiqarishi mumkin? Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reestridan chiqarilishi qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi? Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish deganda nimani tushunasiz? Adliya vazirligi qanday hollarda vazirlik va idoralarga o‘zlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni rasmiy sharhlash zarurligi to‘g‘risida taqdimnoma kiritishi mumkin? Adliya vazirligining qonunchilikda belgilangan tartibda kiritilgan taqdimnomalarining vazirlik va idoralar tomonidan bajarilmasligi qanday oqibatlar keltirib chiqaradi? Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan me’yoriy hujjatlar qo‘llanilganligi aniqlangan taqdirda, Adliya vazirligi qanday harakatlarni amalga oshirishi lozim? Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni boshqa vazirlik va idoralar bilan kelishish deganda nimani tushunasiz? Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning muqaddima qismida nimalar ko‘rsatilishi mumkin? Misollar bilan tushuntirib bering. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning bir xilda tushunilishi va qo‘llanilishi deganda nimani tushunasiz? Fikringizni aniq misollar bilan tushuntirib bering. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat qanday hollarda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi mumkin? Tushuntirib bering. Agar ikkita vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lsa, u holda tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun qaysi biri qo‘llaniladi? Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlarining rasmiy matnini tasdiqlash kim tomonidan amalga oshiriladi? Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning mansabdor shaxslariga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga kiritganlik uchun qonunchilikda qanday javobgarlik mavjud?