Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning huquqiy ekspertizasi deganda nimani tushunasiz? Normativ-huquqiy hujjatlar qanday hollarda orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lishi mumkin? Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yoritib bering. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashning “paket” prinsipi deganda nimani tushunasiz? Qonunchilik texnikasi tushunchasining mazmunini yoritib bering. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi haqida nimalarni bilasiz? Vazirlik va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari qanday hollarda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishi mumkin? Qanday hujjatlarga huquqiy normalarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi? Vazirlik va idoralar tomonidan qanday hollarda buyruqlar tarzida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinadi? Vazirlik va idoralar tomonidan qanday hollarda qarorlar tarzida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinadi? Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati deganda nimani tushunasiz? Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qanday tuzilmaviy birliklardan tashkil topadi? Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga qanday normalar kiritish taqiqlanadi? Vazirlik, davlat qo‘mitalari va idoralarning Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan, biroq fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi, umumiy majburiy tusdagi hujjatlari aniqlanganda, Adliya vazirligi tomonidan o‘z vakolatlari qanday harakatlar amalga oshirilishi zarur? Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonunchilik hujjatlarida qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda qo‘llaniladi. Mazkur qoidaning mazmunini tahlil qiling.