To‘lov miqdorlari aniq belgilanmaganligi bilan bog‘liq korrupsiyaviy omil mazmunini tushuntiring. Sanksiyalarning nomutanosibligi bilan bog‘liq korrupsiyaviy omil mazmunini tushuntiring. Chora-tadbirlarni amalga oshirishning moliyalashtirish manbalari noaniqligi bilan bog‘liq korrupsiyaviy omil mazmunini tushuntiring. Shikoyat qilish tartibining mavjud emasligi bilan bog‘liq korrupsiyaviy omil mazmunini tushuntiring. Shaffoflik va jamoatchilik nazoratini ta’minlashdagi bo‘shliqlar bilan bog‘liq korrupsiyaviy omil mazmunini tushuntiring. Davlat organlarining faoliyati ustidan nazorat qilishning shakllari va turlari belgilanmaganligi bilan bog‘liq korrupsiyaviy omil mazmunini tushuntiring. Adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi ekspertiza borasida maxsus vakolatli organ sifatida qanday vazifalarni bajaradi? Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi to‘g‘risida gapirib bering. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish nima? Normativ-huquqiy hujjatlarning davlat hisobi reestri nima? Normativ-huquqiy hujjatlarning nazorat nusxalarini yuritish nima? U kim tomonidan va qanday yuritiladi? Qanday turdagi normativ-huquqiy hujjatlar davlat hisobiga olish uchun Adliya vazirligiga yuboriladi? Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish va ularning fondlarini saqlash tartibi to‘g‘risida gapirib bering. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish uchun yuborish tartibi to‘g‘risida gapirib bering. Normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalarga qaysilar kiradi? Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilishga doir qanday talablar bor? Huquqiy axborot va undan foydalanish, tarqatish to‘g‘risida gapirib bering. Kodifikatsiya nima va qanday belgilarga ega? Kodifikatsiyalangan hujjatlar o‘z mazmuni va nomiga ko‘ra qanday asosiy turlarga bo‘linadi?