WINDOWS-XP — yangi operasion tizim (OT) bo’lib, yuqori darajadagi ishonchliligi, yaxshilangan bezagi, o`z-o`zini rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. WINDOWS-XP grafik maxsulotning ko’rinishi, tovush va zamonaviy texnologiyalari bo’yicha yaratilgan mul`timedia ilovalarini kullash imkoniyatlarini yaxshilaydi. Universal Serial Bus (USB) shinasi yordamida tashqi qurilmalarning oson ulanishi va uzib ko`yilishini ta`minlaydi, televidenie hamda shaxsiy komp`yuterning imkoniyatlarini birlashtirishga imkon yaratadi.
WINDOWS-XP ning oldingi versiyalardan, xususan WINDOWS-95 dan asosiy farqi — uning ishlatilishi va Internetga kirishdagi soddaligi xisoblanadi. Unda Web texnologiyasi bo’yicha uzgaruvchan yordam tizimi va komp`yuter ishlatilishini urgatuvchi 15 ta dastur mavjud. Web- yo’naltirilgan interfeys foydalanuvchiga komp`yuterda, maxalliy komp`yuter tarmoqida hamda Web-texnologiyada axborotlarning bir xil shaklda ifodalanishini ta`minlaydi va shu bilan birga axborotlar kidiruvini osonlashtiradi.
Windows-XP ishlatilgan xolda qurilmalarga quyidagi minimal talablar qo’yiladi:
· prosessor — Pentium-100 mgs va undan yuqori;