Microsoft Word matn muxarriri. Kompyuterdan foydalanuvchi ish jarayonida biror xujjatni tez va yuqori sifatida kirill yoki lotin alifbosida tayorlash hamda chop qilish zaruratiga ko'pincha duch keladi. Bunday vaziyatda u Microsoft firmasi tomonidan yaratilgan WORD dasturida ishlashni bilishi lozim.
MS WORD - bu matnli xujjatlarni tuzish, ko'zdan kechirish, taxrir qilish va chop etish uchun xizmat qiluvchi xamda Microsoft Office dasturlari guruxiga kiruvchi zamonaviy matn muxarriridir.
MS WORD - matnli va grafikli malumotlar ustida yuzdan ortiq operatsiyalarni bajaruvchi xamda matnli protsessorlar sinfiga kiruvchi eng takomillashgan amaliy dasturlardan biri hisoblanadi.
MS WORD - yordamida ixtiyoriy ko'rinishdagi xujjatni juda tez va yuqori sifatda tayorlash mumkin. Dasturning yana bir qulaylik tomoni shundan iboratki, unda bir nechta xujjatlar bilan, ya'ni ularni qo'shish, biridan ikkinchisiga kerakli joyni olib ko'chirish, matn oldiga tasvir tushirish, jadval tashkil qilish, turli shriftlar bilan ishlash, xarflarni istalgan shaklda yetarlicha katta formatda chop etish mumkin. Lekin MS WORD - ayrim "kamchiliklar" dan ham holi emas. Masalan: matematik ifodalar va kimyoviy formulalarni kiritishda katta qiyinchiliklar mavjud. Bundan tashqari, juda murakkab strukturali poligrafik (atlaslar, albomlar va jurnal muqovalari) materiallarini tayorlashda noqulaylik yuzaga keladi.
Zamonaviy mikroprosessorlar va ularning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari.
Mikroprotsessor (MP) shaxsiy kompyuter (SHK)ning markaziy bloki bo’lib, u mashinaning barcha bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan. Mikroprotsessor tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi. Mikroprotsessorli xotira (MPX) — mashina ishlashining eng yaqin taktlaridagi hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash, yozish va uzatish uchun mo’ljallangan; MPX registrlar asosida quriladi va mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez ishlovchi mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotni yozish, qidirish va o’qish tezligini har doim ham ta’minlayvermaydi. Registrlar — turli xil uzunlikdagi xotiraning tez ishlovchi yacheykalari (1 bayt standart uzunlikka ega bo’lgan va tezkorligi nisbatan pastroq AX yacheykalaridan farqli o’laroq). Mikroprotsessorning interfeysli tizimi SHKning boshqa qurilmalari bilan ulash va aloqa qilish uchun mo’ljallangan, u o’z ichiga MPning ichki interfeysi, buferli eslab qolish registrlari va kiritish-chiqarish portlarini (KCHP), boshqarish sxemalari va tizimli shinani oladi.
Zamonaviy mikroprosessorlar, ularning vazifalari, turlari va asosiy ko’rsatgichlari.99
Zamonaviy monipulyatorlar va ularning turlari, vazifalari.
Manipulyator deb, inson qo`lining funksiyasini bajarish uchun mo`ljallangan texnik qurilmaga aytiladi. Manipulyatorning asosiy mexanizmi bir qancha erkinlik darajasiga ega bo’lgan ochiq kinematik zanjirli, pushangli fazoviy mexanizmdir. Manipulyatorlar yordamida inson uchun havfli yoki zararli sharoit bilan bog`liq bo`lgan ishlar, shuningdek ko`p mehnat talab qiladigan va bir zayldagi ishlar bajariladi. Manipulyatorlar temirchilik-presslash va quymakorlik ishlarida (masalan, og`ir xom ashyoni shtampga joylash, qum purkash mashinalariga xizmat ko’rsatish), ko`mir qazish sanoatidagi burillash mashinalarida, soat yig`ishda, mashinasozlikdagi payvandlash, yig`ish, buyumlarni bo`yash kabi texnologik jarayonlarda qo`llaniladi.
Qo`l bilan boshqariladigan mexanik va avtomatik boshqariladiganmanipulyatorlar mavjud.
Qo`l bilan boshqariladigan manipulyatorlar inson-operator qo`lining harakatlari va kuchini taqlidiy tarzda takrorlaydi (taqlid qiluvchi manipulyatorlar), bunda ba'zi hollarda ijrochi mexanizm beriladigan harakat va kuchni oshirilgan holda amalga oshiradi.
Taqlid qiluvchi mexanik manipulyatorlar simmetrik joylashgan ikkita mexanizm— boshqaruvchi hamda ijrochi mexanizmlardan (boshqacha aytganda, topshiriq. beruvchi va uni bajaruvchi qullardan) tashkil topgan bo`lib, ular orasidagi bog`lanish turli mexanik uzatmalar orqali amalga oshrilad
Zamonaviy monitorlar va ularning texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlari.
Monitorlar axborotni aks ettirishning juda muhim qurilmalaridir. Katta sondagi videostandartlar bo‘lgani kabi hozirgi vaqtda mavjud monitorlar tiplari ham rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ba’zi bir kompaniyalar yassi indekatsion panellarni ishlab chiqaruvchilardan texnologiyani o‘rganib, suyuq kristalli displeylar ishlab chiqishdi. Bu displeylar LCD displey (Liquid-Crystal Display) deb ataladi. Ularda dog‘siz yassi ekran va kam ishlatiladigan quvvat (bunday displeylarning ba’zi rusumlari 5 Bt ishlatishadi, elektron – nurli trubkali monitorlar esa, - 100 Bг ishlatishadi) mavjud. Rang uzatish sifati bo‘yicha faol matritsali suyuqkristalli panellar hozirgi kunda elektron nurli trubkali monitorlar rusumlaridan o‘zib ketyapti. Shuni aytib o‘tish kerakki, suyuq kristalli ekranlarning qobiliyati elektron nurli trubkalarga qaraganda sust va ular qimmatroq turadi. Suyuqkristalli displeylarni bir necha turlari mavjud, bular: passiv matritsali rangli, aktiv matritsali rangli (analogli) va aktiv matritsali rangli (raqamli) eng zamonaviy displey. Suyuq kristalli ekranda poryarizatsion yorug‘lik filtri ikkita alohida yorug‘lik to‘lqin tug‘diradi va faqat qutblanish tekisligi uni o‘ziga parallel bo‘lgan to‘lqinni o‘tkazadi. Suyuq kristalli monitorda, birinchi o‘qiga perpendikulyar qilib ikkinchi yorug‘lik filtrni joylashtirsak, yorug‘lik o‘tishini to‘liq bartaraf etishimiz mumkin (ekran to‘q qora bo‘ladi). Ikkinchi filtr qutblanish o‘qini aylantirsak, ya’ni yorug‘lik filtri o‘qlar orasidagi burchakni o‘zgartirsak, yorug‘lik energiyasini o‘tuvchanlik sonini, ya’ni ekran yorug‘ligini ham o‘zgartirishimiz mumkin bo‘ladi.