Type (matn) uskunalar guruhidan foydalaniladi. Ushbu guruhdagi birinchi ikkita uskuna
vektorli, qolgan ikkitasi piksilli shrift xususiyatiga ega.
Horizontal Type (gorizontal matn) rangli, alohida qatlamda hosil bo‟luvchi
gorizontal matn terish imkonini beradi. Ushbu matn ustida tahrirlash ishlarini olib
borish mumkin.
Vertical Type ( vertical matn) -xuddi oldingi uskuna kabi
xususiyatga ega, faqatgina matn vertikal holatda joylashadi.
Horizontal Type Mask (gorizontal matnli niqob) va
Vertical Type Mask (vertical matnli niqob)
gradient yoki rang bilan to‟ldirish mumkin bo‟lgan sohani
belgilaydi.
Matn ko`rinishi va shrift o`lchamini tanlash
89
Asosiy matn Asosiy matn bilan ishlash uchun avval matn terish sohasini belgilab olish
kerak. Buning uchun
Type uskunasini tanlab, asosiy sohada matn chegarasi
sichqoncha yordamida belgilanadi. Natijada asosiy sohada matn terish uchun
shtrixlangan soha paydo bo‟ladi. Matnni terish jarayonida matn ushbu soha ichida
joylashadi, so‟zlarni keyingi satrga olinish avtomatik xolda ro‟y beradi. “
Enter” tugmasi faqatgina matn boshidan terish uchun bosiladi. Agar matn bloki ichiga
terilgan matn sig‟masa, u holda matn blokining quyi o‟ng burchagida “+” belgisi
paydo bo‟ladi
.
Photoshopda shrift o`lchamini tanlash Matn ko`rinishini tanlash
90
Matnni tahrirlash Matnga o‟zgartirish kiritish uchun avvalo matnni belgilab olish zarur.
Buning uchun Qatlamlar (sloy) dan matn qatlami foallashtirilgan bo‟lish kerak.