ADU,Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti5111000 - Kasb ta’limi (5330200 – Informatika va axborot texnologiyalari) yo‘nalishi bakalavr darajasini oluvchi Saidov Odilxonning “Kompyuter grafikasi fanidan tajriba mashg`ulotlar uchun o`quv materiallarini tayyorlash (Adobe Photoshop misolida)” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar
Xulosasi
O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimi muassasalarini yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, talaba-o‘quvchilarni komil inson qilib yetishishiga qaratilgan o‘quv adabiyotlarini yaratish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Chunki barkamol avlod tarbiyasini va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni zamonaviy adabiyotlarsiz tasavvur etish mushkul.
Ushbu “Kompyuter grafikasi fanidan tajriba mashg`ulotlar uchun o`quv materiallarini tayyorlash (adobe photoshop misolida)”nomli bitiruv malaka ishida umumta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiya fanini o’qitish jarayoniasosiy maqsad sifatida olingan. Tadqiqotchi Saidov Odilxon ushbu bitiruv malaka ishining dastlabki bosqichlarida mavzuga oid qilingan tadqiqot ishlari bilan tanishib bordi. Keyin esa Adobe Photoshop xaqida darsliklar, o’quv qo’llanmalar va video darslar bilan tanishib bordi va mavzuda yoritilishi kerak bo’lgan ishlarni tizimlashtirdi.
Bitiriruv malaka ishining birinchi bobida kompyuter grafikasining nazariy asoslari haqidagi firklar bayon etildi. Shu bilan birga rasterli, vektorli grafikalar to’g’risida ham ma’lumotlar keltirildi.
Ikkinchi bobda bitiruv malaka ishining asosiy maqsadi va vazifalari amalga oshirildi. Jumladan, Adobe Photoshopini o’qitish to’g’risida 9 ta dars ishlanmalari tayyorlandi. Unda dars jarayonini borishi, yodda saqlang, uyga vazifa kabi bo’limlarga ega dars ishlanmalari tayyorlandi. Shundan so’ng keyingi paragraflarda amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun ajratilgan sohalar bilan ishlash, grafik formatlar, sloy (qatlam)lar bilan ishlash kabi mavzularga bir nechta mashqlar bajarilishi keltirilgan.
Ikkinchi bobning oxirigi paragrafida Adobe Photoshop mavzusiga oid nostandart testlardan namunalar keltirilgan. Tadqiqotchi tomonidan tayyorlangan mavzuga oid video darslar elektron shaklda tadqiqot ishiga ilova qilindi.
BMIkirish, 8 taparagraf, xulosa, ilovalar (elektronshaklda) vaadabiyotlarro‘yxatidaniborat.
Saidov Odilxon ilmiy rahbar tomonidan berilgan tavsiyalarni o‘z vaqtida bajarib tanlangan bitiruv malakaviy ishni o‘z vaqtida ijobiy tamomladi.
Men ilmiy rahbar sifatida ishni tugallangan deb, Davlat Attestatsiya xayati muhokamasiga qo‘yishga loyiq deb hisoblayman.
Ilmiyrahbar: Kompyuter injiniringi kafedrasi dotsentiM.Sh.Rahmonov