Afrosiyob education



Yüklə 289,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix28.04.2023
ölçüsü289,35 Kb.
#104432
  1   2   3
Gap bo‘laklari 2-qism.AFROSIYOB



AFROSIYOB” education
 

@ona_tili_adabiyot_AFROSIYOB


Ziyodullo Polvonov
 
ZIYODULLO POLVONOV
Gap bo’laklari 2-qism
1. Qaysi gapda olmosh turkumiga mansub so‘zlar faqat ega 
va aniqlovchi vazifasida kelgan? 
A) Kimki boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa, unga ham 
hech kim rahm-u shafqat qilmaydi. 
B) Nima ro‘zg’orga kerak bo‘lsa, dadam o’shani bozordan 
keltiraverar edi. 
C) Har kim o’z og'zining qorovuli bo’lsa, uning nafasi hech 
qachon bo’g‘ilmaydi. 
D) Kimki shoshilmay, aql-u tad bir bilan ish tutsa, u o‘z 
maqsadlariga oson erishadi. 
2. Quyida berilgan gapda nechta aniqlovchi qatnashgan? 
Mustaqillik – chinakam fidoyilar tufayli boqiydir. Chunki bu 
ozod kunlarni orzu qilgan, buning uchun kurashgan,jonni 
fido qilgan insonlar nomini tarix hech qachon unutmaydi. 
A) 4 ta B) 6 ta C) 2 ta D) 7 ta 
3. Qaysi gapda asosi yasama sifat bo’lgan ot aniqlovchi 
vazifasida kelgan? 
A) Vafoli odamning do’stlari ham samimiy bo’ladi.
B) Sergaplik dushmaningizdir, chunki u sening aybingni 
ochib tashlaydi.
C) Senga beradigan maslahatim shuki, umidsizlikka tushma.
D) Andishasizlikning hosili – xijolat. 
4. Toshlar orasidan mo‘ralab asta, Ko‘kargan maysani 
ko’rdim yuqori. Ushbu she’riy parchada yasama so’z qaysi 
bo‘lak vazifasida kelgan? 
A) hol B) kesim C) to’ldiruvchi D) aniqlovchi 
5. Butoqlarda minglab qushlar chax-chax sayraydi. 
Ushbu gapda tagiga chizilgan so’z qaysi turkumga mansub 
va qaysi gap bo‘lagi vazifasini bajargan? 
A) undov so’z, hol B) undov so‘z, aniqlovchi
C) taqlid so‘z, aniqlovchi D) taqlid so‘z, hol 
6. Quyida berilgan gapdagi ibora qaysi gap bo‘lagi 
vazifasida kelgan?
Daladagi hosilni ko’rib, raisning boshi osmonga yetdi.
A) kesim B) ega C) aniqlovchi D) to‘ldiruvchi 
7. Vatanimizni jon-dildan sevamiz. Ushbu gapda juft so’z 
qaysi gap bo’lagi vasifasini bajargan? 
A) vositali to’ldiruvchi B) vositasiz to’ldiruvchi
C) tarz holi D) daraja-miqdor holi 
8. Qaysi gapda daraja-miqdor holi ishtirok etgan.
A) Ko‘p ota-onalar buni bilishmadi.
B) Paxta to’g‘risida ko’p yozdi.
C) Bu voqea ko‘plarni quvontirdi.
D) Bu ko‘pchilikning fikri edi. 
9. Qaysi gapning kesimi o‘tgan zamon ijro maylidagi fe’l 
bilan ifodalangan? 
A) 16 asr oldin toshga o‘yib bitilgan O‘rxun bitiklarini 
o‘qing. 
B) Tushimda qayerlargadir borib qolibman. 
C) O‘rtog‘ingni quruq jo’natmaylik, qizim. 
D) Har holda menga o’xshagan o’yinqaroq bolalar uchun
bu yerda ermak topiladi. 
10. Har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va 
rohati, – deb yozadi A.Avloniy, – yoshlarning yaxshi 
tarbiyasiga bog‘liqdir. Ushbu gapda sifatlovchi-
aniqlovchilar qaysi gap bo’laklariga bog’langan. 
A) vositasiz to'ldiruvchi va qaratqich aniqlovchi
B) vositali to'ldiruvchi va qaratqich aniqlovchi
C) vositali to'ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi va kesim
D) qaratqich aniqlovchi va kesim 
11. Undov so‘zlar otlashib, gapda qaysi bo'lak bo‘lib kela 
oladi? 1) ega; 2) kesim; 3) to'ldiruvchi; 4) aniqlovchi 
A) 2, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4
12. Samarqandda kecha ming kishilar jamoa fuqaroligini 
orzu etib, bizni hujra eshigini qoqdilar. 
Gapdagi qaysi bo'lakda xato yozilish mavjud? 
A) ega B) qaratqich aniqlovchi
C) vositasiz to‘ldiruvchi D) sifatlovchi-aniqlovchi 
13. Quyidagi gapda nechta o‘rinda aniqlovchi qo’llangan? 
Uning nurlarida qishning poyonsiz oq ko‘rpasi mayda oltin 
uchqunlatib, hamma yoqni chuqur jimjitlik bilan o’rab 
yotardi.
A) 4 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 5 ta 
14. Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilar ishi emas.
Belgisiz qo’llangan qaratqich aniqlovchi qaysi gap
bo’lagiga bog’langan? 
A) aniqlovchiga B) to‘ldiruvchiga C) kesimga D) egaga
15. Biror chaqirim yurilsa, bu yo‘l katta guzarga olib 
chiqadi. Ushbu gapda majhul nisbatdagi fe’l shakli qanday 
sintaktik vazifada kelmoqda?
A) aniqlovchi B) to'ldiruvchi C) ega D) kesim 
16. Yo‘qolgan pichoqning sopi - oltin. Ushbu gapdagi 
sifatdosh bilan ifodalangan aniqlovchi tarkibida nechta 
portlovchi tovush bor? 
A) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 4 ta 

Yüklə 289,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin