Agency for innovative development


Loyihaning deklaratsiyasi 2-ilovada keltirilgan



Yüklə 437,53 Kb.
səhifə2/6
tarix10.02.2023
ölçüsü437,53 Kb.
#83719
1   2   3   4   5   6
ARIZA SHAKLI

Loyihaning deklaratsiyasi 2-ilovada keltirilgan. Ushbu shaklni to‘ldirish orqali men kompaniyam yoki individual shaxs nomidan deklaratsiyasiga rioya qilishimni tasdiqlayman.




    • O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq, faqatgina dastur maqsadlariga ko‘ra ishtirokchilarning qo‘shimcha roziligisiz tashkilotchilarga va tashkilotchilar tomonidan jalb qilingan uchinchi shaxslarga taqdim qilinuvchi ma’lumotlarni, shu jumladan, ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, ularni qayta ishlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, tarqatish, bloklash va yo‘q qilish kabi amaliyotlarga roziligini bildiradi.

DEKLARATSIYa


Mazkur taklifni taqdim etayotgan startap/arizachi:



  • Arizachilar uchun rasmiy yo‘riqnomada ta’riflangan 1-Ochiq tanlovi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqqanligini tasdiqlaydi;

  • 1-Ochiq tanlov arizachilari uchun yo‘riqnomadagi shartlarga rozilik bildiradi; Arizachining ma’lumot shaklida aktual va to‘g‘ri ma’lumotlar kiritilganini tasdiqlaydi.

  • Akseleratsiya dasturida ishtirok etish majburiyatini oladi;

  • inkubatsiya dasturida o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun imkoniyatlar va yetarli resurslarga (shu jumladan, dasturda nazarda tutilgan) ega bo‘lish;

  • Akseleratsiya dasturida ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etish jarayonida noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etmagan bo‘lishi lozim;

  • bankrot va tugatilmagan bo‘lishi, sud ishlariga jalb etilmagan bo‘lishi lozim;

  • kreditorlar bilan kelishuvga erishgan, tadbirkorlik faoliyatini yakunlamagan, mazkur masalalar bo‘yicha ish yuritish ob’ekti bo‘lmagan yoki milliy qonunchilik va normativlarga ko‘ra shu tartibda kelib chiquvchi vaziyatlarda bo‘lmasligi;

  • o‘zi tashkil etilgan davlat qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy sug‘urta badallarini soliqlarni to‘lash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi va;

  • u (yoki uning nomidan vakillik qilish, qaror qabul qilish yoki uning ustidan nazorat qilish vakolatiga ega shaxslar) firibgarlik, korrupsiya, jinoiy tashkilotga aloqadorlik yoki shu kabi O‘zbekistonning moliyaviy manfaatlariga zarar beruvchi boshqa qonunga zid faoliyatlar ob’ekti bo‘lmasligi;

  • manfaatlar to‘qnashuvi hisoblanuvchi yoki manfaatlar to‘qnashuviga olib keluvchi har qanday vaziyatlar haqida zudlik bilan xabar qilishi;

  • qonunga zid amaliyotlarni va korrupsiyani o‘z ichiga oluvchi imtiyozlarni qabul qilmasligi va taqdim etmasligi, shu kabi imtiyozlarni izlamasligi yoki ma’lum tomonlardan qabul qilishga harakat qilmagan bo‘lishi va harakat qilmasligi lozim.

Ilova 3

Yüklə 437,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin