Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi


Mazkur fan bilish, amaliy va g’oyaviy-tarbiyaviy vazifalarni bajarib



Yüklə 71,47 Kb.
səhifə3/4
tarix14.08.2023
ölçüsü71,47 Kb.
#139354
1   2   3   4
Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi

Mazkur fan bilish, amaliy va g’oyaviy-tarbiyaviy vazifalarni bajarib, agrar va oziq-ovqat sohalari iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish muammolari yuzasidan nazariy xulosalar chiqarish va amaliyotda qo’llash, agrar va oziq-ovqat sohalarida yalpi talab va taklif o’rtasidagi muvozanatning o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni tahlil qilish, zamonaviy nazariyalar asosida agrar va oziq-ovqat sohalari iqtisodiyotini tartibga solish darajasi va usullariga baho berishga o’rgatadi.
“Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi” «Iqtisodiyot nazariyasi”, “Iqtisodiy geografiya”, “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”, “Qishloq xo’jaligi infratuzilmasi”, «Qishloq xo’jaligida buxgalteriya xisobi va soliqqa tortish”, “Qishloq xo’jaligida investision jarayonlarni boshqarish va biznes-rejalashtirish”, “Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etish va boshqarish”, “Qishloq xo’jalik mahsulotlar sifati va marketingi”, “Qishloq xo’jaligida menejment”, “Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini tashkil etish” kabi va boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog’langan. “Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi” fanining nazariy va uslubiy jihatdan bazasi xuddi boshqa tarmoq fanlari kabi iqtisodiyot nazariyasi hisoblanadi.


3. Fanni o’rganishda qo’llaniladigan tadqiqot usullari.

“Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi” fani ham boshqa fanlar qatori kishilarga atrof-muhitni bilish va o’rganishni taqozo qiladi.


Uslubiyot-jarayon va qarashlarni o’rganish metodlari haqidagi fandir. Uslublar-fanda qo’llaniladigan kategoriya va qonunlar tizimida qayta ishlanadigan tadqiqot usullari bo’lib, mazkur fanni o’rganishda quyidagi usullardan foydalaniladi (1.1.-rasm):
1. Ilmiy abstraksiyalash usuli. “Abstraksiya” so’zi chetlashish ma’nosini bildiradi. Tadqiqotchi ikkinchi darajali qarashlardan chetlashadi va mavjud hamda doimiy takrorlanadigan qarashlardan foydalanadi.
2. Tahlil va jamlash usuli. Tahlil – bu o’rganilayotgan qarashlarni tarkibiy qismlarga bo’lish va ularning har birini alohida o’rganishdir. Jamlash esa jarayon yoki qarashni yagona bir butun holatga keltirishdir.
3. Induksiya va deduksiya. Induksiya alohida ma’lumot, faktlarni o’rganishdan umumiy qoidalar va xulosalarga kelishdir. Deduksiya umumiy xulosalardan faktlarga tomon borishdir.
4. Tarixiy va mantiqiy usullar. Tarixchi hyech qanday holat yoki qarashga ta’sir o’tkaza olmaydi. Mantiqiy tadqiqotlarda ikkinchi darajali, to’satdan paydo bo’lgan qarash va jarayonlarga ham ta’sir o’tkazishi mumkin.
5.Matematik va statistik usullar. Ular yordamida xo’jalik hayotidagi jarayonlar va qarashlarning miqdoriy tomoni aniqlanadi va ularni yangi sifatga o’tkazishga yordam beradi.
6. Pozitiv va normativ usul. Pozitiv usul voqyea-hodisalarni real hayotda qanday bo’lsa, shu holicha aks ettirish, normativ usul esa ularning haqiqatda qanday bo’lishi kerakligi to’g’risidagi kishilarning fikr-mulohazalari


Yüklə 71,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin