Agressiya va agressiv xulq-atvorning turli shaxs nazariyalaridagi talqini



Yüklə 315,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix26.04.2023
ölçüsü315,5 Kb.
#102850
  1   2   3   4
agressiya-va-agressiv-xulq-atvorning-turli-shaxs-nazariyalaridagi-talqini



Agressiya va agressiv xulq-atvorning turli shaxs 
nazariyalaridagi talqini 
Xumora Zavqiyevna Tohirova 
olimovlaziz82@gmail.com
Buxoro davlat universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada agressiya va agressiv xulq-atvorning turli shaxs 
nazariyalaridagi talqini haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: agressiya, agressiv xulq-atvor, ochiq va latent shakllar, Biologik 
nazariya, ekologik yondashuv 
Interpretation of aggressive and aggressive behavior in 
different personal theories 
Xumora Zavqiyevna Tohirova 
olimovlaziz82@gmail.com
Bukhara State University
 
Abstract: This article discusses the interpretation of aggression and aggressive 
behavior in different personality theories 
Keywords: aggression, aggressive behavior, open and latent forms, Biological 
theory, ecological approach. 
Psixologiyada agressiya deganda, boshqalarni o‘ziga bo‘ysindirish yoki ularning 
ustidan hukmronlik qilish maqsadida, fantaziyasida (xayol surish) yoki real xulq-
atvorda namoyon bo‘ladigan tendensiyani (intilishni) tushunadilar. Ushbu tendensiya 
universal xarakterga ega bo‘lsada, ammo “agressiya” atamasining o‘zi umuman 
neytral ma’no kasb etadi. Aslida agressiya hayot va yashash qiziqishlariga xizmat 
qiladigan, pozitiv, hamda o‘zinig agressiv xohishini qoniqtirishga yo‘naltirilgan, 
negativ ahamiyat kasb etishi mumkin. 
Agressiya psixik reallik sifatida aniq xarakteristikalarga ega: yo‘naltirilganligi, 
namoyish etish shakllari, intensivlik. Agressiyaning maqsadi - xususan 
jabrlanuvchiga azob (zarar) yetkazish (dushmanlik agressiyasi), hamda agressiyani 
boshqa maqsadlarga erishish vositasi sifatida qo‘llash (instrumental agressiya) 
hisoblanadi. Agressiya tashqi ob’ektlarga insonlar va predmetlar yoki o‘ziga 
yo‘naltiriladi. Boshqa insonlarga yo‘naltirilgan agressiya jamiyat uchun maxsus 
xavfni tashkil etadi. A.Bandura va R.Uolter uni asotsial agressiya deb ataganlar va 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1736


uni ijtimoiy-destruktiv xarakterli xarakatlar bilan bog‘laydilar, buning natijasida 
boshqa shaxs yoki mulkka zarar yetkazilishi mumkin, biroq bu harakatlar qonuniy 
nuqtai nazaridan jazolanmasligi ham mumkin. 
Agressiya ochiq va latent shakllarga ega bo‘lishi mumkin. “Agressiya” 
atamasini vayron etish niyatlarini belgilash uchun qo‘llanilishiga qaramasdan, uni 
pozitiv namoyishlarini baholash uchun masalan, manmanlikdan kelib chiqqan faollik 
uchun keng qo‘llaydilar, Bunday harakatlarni o‘z mavqeini o‘rnatish deb 
belgilaydilar, shu bilan bu harakatlar do‘stona motivatsiya yordamida paydo 
bo‘lganini ta’kidlaydilar. Ular raqobat, yutuqlarga intilish, hazil, sport musobaqalari 
va boshqa shakllarda namoyon bo‘ladi.
Agressiyaning odatiy namoyishlari quyidagilar hisoblanadi: nizo chiqarish, 
bosim o‘tkazish, majburlash, tilining yomonligi, negativ baholash, hamla qilish yoki 
jismoniy kuchni qo‘llash bo‘lsa, yashirin shakllari aloqadan qochish, kimgadir zarar 
yetkazish maqsadiga befarqlik, o‘ziga ziyon yetkazish va o‘z joniga qasd qilish 
kabilarda namoyon bo‘ladi. 
Agressiyaning ichki reprezentatsiyalari turli agressiv affektlar orqali, xususan 
asabiylashish, hasad, nafrat, g‘azab, chidamlilik, vahshiylik, jinnilik va qutirish 
ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin,. Agressiv affektlar intensivligi ularning 
psixologik funksiyasi bilan hamjihatlikda, agressiya individ uchun avtonomiyani 
saqlab qolish, azob yoki xavf manbaini yo‘qotish, ehtiyojlarini qondirish yo‘lida 
to‘siqlarni yo‘q qilish, ichki nizoning yechimi, o‘zini baholashning o‘sishi kabi 
muhim funksiyalarni bajarishi va bunday vaziyatda agressiyani shaxs to‘la-to‘kis 
yoki qisman anglamasligi mumkin.
Nafrat - eng murakkab agressiv va intensiv affektlardan biri bo‘lib, nafratga 
chalingan insonning asosiy maqsadi agressiya ob’ektini yo‘qotishga qaratilib 
shubhasiz, nafrat jiddiy xavfni bartaraf etishga yo‘naltirilgan, g‘azabning normal 
reaksiyasi bo‘lishi ham mumkin. Ma’lum sharoitda nafrat va qasoskorlik noadekvat 
tarzda kuchayishi mumkin. Nafrat ob’ekti bilan munosabatlar agressor shaxsiyati 
uchun muhim qadriyatga ega. U nafrat ob’ektini chin dildan yo‘qotishni istaydi va 
shu bilan birga u bilan munosabatlarni saqlab qolishga intiladi. Quyida turli 
psixologik nazariyalarda agressiv xulq-atvor muammosining tadqiqi bilan bog‘liq 
tahlillarni keltirib o‘tamiz. 

Yüklə 315,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin