Biologik jihatlar: Hozirgi vaqtda limbik tizim darajasida markazlar mavjudligi ma’lum bo‘lib, ularning qo‘zg‘alishi ba’zi hayvonlarda avtomatik ravishda agressiv reaksiyaga sabab bo‘ladi. Ba’zi odamlar tomonidan ko‘rsatilgan haddan tashqari asabiylashish miyaning temporal loblarida joylashgan amigdala yadrolarining shikastlanishiga reaksiya bo‘lishi mumkin. Bir qator olimlar tajribalar o‘tkazdilar, ularda maymunlardan limbik tizim olib tashlanganida, hayvonlarning xatti-harakatlarida ulkan o‘zgarishlar kuzatildi. Maymunlar qo‘y kabi jim bo‘lib, hatto ularga hujum qilgan taqdirda ham o‘zlarini tinch qo‘yishdi. Biroq, yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, faqat limbik tizimning ayrim qismlari ishtirok etadi.
SHunday qilib, tajovuzning paydo bo‘lishiga yordam beradigan muhim biologik, genetik va biokimyoviy omillar mavjud.