Agressiya va zo‘ravonlik o‘rtasidagi farq nima? • Psixologlar va olimlar tajovuz g‘azabdan kelib chiqadi, degan fikrga qo‘shilishsa -da, hamma zo‘ravonlik g‘azabdan kelib chiqmaydi.
• Agressiyada boshqalarga zarar etkazish yoki shikast etkazish niyati eng muhim hisoblanadi. Tishini tishlagan it tajovuzkorlikni ko‘rsatmoqda, garchi u boshqa itga nisbatan zo‘ravonlik qilmasa.
• Agressiya ham o‘z -o‘zini yo‘q qilishga yoki o‘ziga zarar etkazishga olib kelishi mumkin. Ko‘pincha bu umidsizlik tuyg‘usidan kelib chiqadi.
• Zo‘ravonlikka olib keladigan ko‘plab omillar mavjud.
O‘z agressiyasini engish usullari. Agressiyani engish bo‘yicha uch umumiy usul taklif etiladi. Ular: passiv usul, faol usul va mantiqiy usul.
Passiv usul – o‘z kayfiyati, hissiyotlari, o‘zini qiynagan masalalar borasida birovga dardini to‘kib solish, o‘rtoqlashish, suhbat qilishda namoyon bo‘ladi. O‘z hissiyotlariga erk berish, ularninig chiqib ketishiga imkon yaratish qalbdagi agressiv vaziyatning kuchayishini oldini oladi. Bu borada ayollar yig‘lab-siqtab olganlaridan so‘ng, ancha engillik his qiladilar.
Faol usul– faol usulning barcha turlari faol harakatlar olib borish asosiga qurilgan. Adrenalin – inson kayfiyatidagi tanglik holatining tibbiy asosi bo‘lgan modda – jismoniy mashqlar, harakatlar, mehnat jarayonida ediriladi. Buning oqibatida inson kayfiyatida xushnudlik holati vujudga keladi.
Mantiqiy usul –ratsional, intellektual odamlarning usuli bo‘lib, bu usul juda katta qalb va aql mehnatini talab etadi. O‘z hissiyotlarini boshqara olish qobiliyatini egallagan odamgina mazkur usulni qo‘llay oladi. Bunday odamlar masalaning mohiyatiga urg‘u beradi. Uning mohiyatini tushunish esa muammoning echimiga olib keladi. Muammoni tushunish asosida uni echish yo‘llari ochiladi va kelib chiqadi. SHu bois, bunday odamlar har vaqt o‘zlarini agressiyadan ozod qilish hususiyatiga ega bo‘ladilar. Bu jarayon inson ichki hissiyotlari borasida olib borilgan analitik tahlilga o‘xshaydi.