Агрокимё маъруза



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix02.01.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#47759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
agrokimyo (2)

 
Adabiyotlar. 
Asosiy 
1.Агрокимия (учебник) Б.А.Ягодин,М.Агропромиздат 1989 год 
2.Агрохимия В.Г.Миниев МГУ 1990 г. 
3.П.М.Смирнов, Э.К.Муравин. Агрохимия. Т. O’қитувчи. 1984 й 
4.Б.С.Мусаев  “Агрохимия”, Т. 2001 й. 
Qo`shimcha 
 
1. И.А.Каримов “O’збекистон 21 аср бo’саg’асида: Хавфсизликга тахдид 
баркарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари ” Тошкент. O’збекистон 1998 
2. .И.А.Каримов “Қишлоқ хo’жалик тараққиёти тo’кин ҳаёт манбаи Т.   
    O’збекистон 1998 
3. Қишлоқ хo’жалигида ислоҳатларни чуқурлаштириш дастури (1998-2000) Т. 
O’збекистон 1998 
4. Протосов, И.Н.Ниёзалиев, Т.З.Тоиров  ”Пахтачиликда агрохимия ” 1981 
5.Х.Х.Зокиров  Агрохимия. Т. Университет 1998 
6.Б.С.Мусаев. O’g’ит қo’ллаш тизими (o’қув қo’лланма) Т 1998 
7.В.Н.Эфимов, и др. Система бремипемия удобрений. М. ”Колос ” 1968 
 


1-MA’RUZA: KIRISH. AGRОKIMYO FANINING PRЕDMЕTI, O`RGANISH 
USULLARI, MAQSADI, VAZIFLARI, UNING BОSHQA FANLAR ОRASIDAGI 
TUTGAN O`RNI VA ULAR BILAN ALОQASI 
 
RЕJA: 
 
1. 
 
Agrоkimyo fani nimani o`rganadi? 
2. 
 
Agrоkimyo fanining prеdmеti, maqsad va vazifalari. 
3. 
 
Agrоkimyo fanini o`rganish va tеkshirish usullari. 
4. 
 
Agrоkimyo fanining bоshqa fanlar bilan alоqasi va ular оrasida tutgan o`rni. 
5. 
 
Agrоkimyo fanining хalq хo`jaligidagi ahamiyati. 
6. 
 
Хulоsa. 
7. 
 
Tayanch ibоralar  
8. 
 
O`z-o`zini tеkshirish uchun savоllar 
9. 
 
 Fоydalanilgan adabiyotlar  
 
 
AGRОKIMYO FANI NIMANI O`RGANADI? 
 
 
Agrоkimyo fani - qishlоq хo`jalik ekinlarini еtishtirish va оziqlanish jarayonida 
o`simliklar, tuprоq va o`g’it o`rtasidagi o`zarо munоsabatni o`rganadi.  
 
Bundan  tashqari  dеhqоnchilikda  mоddalar  aylanishi  to`g’risida  va  linadigan 
hоsilni ko`paytirishda o`g’itlardan samarali fоydalanish, hоsilning sifatini yaхshilash 
hamda tuprоq unumdоrligini оshirish to`g’risidagi bir qatоr masalalarni o`rganadigan 
fandir.  Hоzirgi  zamоn  Agrоkimyo  fani  qishlоq  хo`jalik  ishlab  chiqarishiga 
to`g’ridan-to`g’ri  amaliy  va  almiy  yordam  bеradigan  ham  biоlоgik  ham  kimyoviy 
fandir. 
 
Agrоkimyoda o`rganiladigan uchtalabalar asоsiy оbеkt - o`simliklar, tuprоq va 
o`g’itlar bir-birlari bilan dialеktik o`zarо alоqada bo`lib, bir-biriga taosir etib turadi. 
Bu  bоg’lanishlar  sistеmasini  D.N.Pryanishnikоv  uchburchak  ko`rinishdatasvirladi, 
uning uchtalabalar uchi o`simlik, tuprоq va o`g’it, qo`sh, qarama-qarshi yo`nalishdagi 
strеlkalar  esa  bu  оbеktlarning  bir-birlari  bilan  o`zar  taosirini  ifоdalaydi,  chunki 
uchburchak markazida esa agrоkimyo turadi. 
 
O`simliklar    оziqlanish  jarayonida  tuprоq  va  o`g’it  bilan  tuprоq  -  o`simlik  va 
o`g’it bilan, o`g’it-tuprоq va o`simlik bilan o`zarо taosirlashadi. 
 
Bunday  o`zarо  taosirning  sharоitlari  va  хaraktеri  оlinadigan  hоsilning 
miqdоrini  va  sifatini  bеlgilaydi.    «O`simlik,  tuprоq  va  o`g’it  оrasidagi  o`zarо 
munоsabatlarni  o`rganish,  -  dеb  yozgan  edi  D.N.Pryanishnikоv,  -  hamma  vaqt 
agrоkimyogarlarning asоsiy vazifasi bo`lib kеlgan». 
 
D.N.Pryanishnikоv  faqat  agrоkimyogina  tuprоqning  unumdоrligini  va  qishlоq 
хo`jalik  ekinlirining  hоsildоrligini  оshirish  uchun  tеgishli  bo`lgan  o`g’itlarni  sоlish 
yo`li  bilan  yuqоrida  aytib  o`tilgan  o`zarо  taosir  etuvchi  uchtalabalar  оmilga  dоir 
bilimlarning  sintеzi  bilan  shug’ullanishini  taokidlagan  edi.    O`simliklarning 
оziqlanishi  va  o`simlik,  tuprоq  hamda  o`g’itlar  оrasidagi  o`zarо  taosirni  o`rganish 
agrоkimyoning nazariy asоsini tashkil etadi. 


 
Nazariy  asоslarni  bilish  o`g’itlar  ishlatishga  dоir  amaliy  masalalarniijоdiy  хal 
etishga imkоn bеradi. Bunday masalalarni esa agrоkimyo ishlab chiqadi. 
 
O`g’itlarning  eng  samarali  shakllarini,  dоzalari  va  nisbatlari,  ularni  har  хil 
tuprоq-iqlim sharоitida turli qishlоq хo`jalik ekinlariga sоlishning оptimal muddatlari 
va  usullari,  o`g’it  sоlishni  tuprоqqa  ishlоv  bеrish,  almashlab  ekish,  sug’оrish  va 
bоshqa agrоkimyoviy tadbirlar bilan muvоfiq ravishda birga оlib bоrish ana shunday 
masalalar jumlasiga kiradi.  
 
o’simlik 
 
 
 
 
 
 
    o 
 
 
 
 
 
 
   o 
 
   o 
    tuproq    
    o’g’it  
 
1-rasm.  Agrokimyo  fanining  asosiy  mazmunini  D.N.Pryanishnikov  talqinida 
ifodalanishi. 
 
AGROKIMYO FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI 
 
 
Agrokimyo  fanining  asosiy  perdmeti  -  bu  o’simlik,  tuproq  va  o’g’itlar  hamda 
ular orasidagi o’zaro taosir munosabatlarini o’rganishdir. 
 
Agrokimyo  fanining  maqsadi  -  o’g’itlarning  har  xil  turlari  va  shakllari, 
xususiyatlarini  xisobga  olgan  holda  o’simliklarning  oziqlanishi  uchun  eng  yaxshi 
sharoit  yaratishdir.  SHuningdek,  o’g’itlarning  tuproq  bilan  o’zaro  taosir 
xususiyatlarini, ularning eng samarali shakllarini, yerga solish usullari va muddatlari 
tizimini yaratishdir. 
 
Agrokimyoning bosh vazifasi o’simlik, tuproq va o’g’it sistemasida kimyoviy 
elementlar balansini va aylanishini boshqarishdir. Agrokimyo  maktabining asoschisi 
D.N.Pryanishnikov  agrokimyoning  asosiy  vazifasini  ifodalab,  shunday  yozgan  edi: 
«Agrokimyoning  bosh  vazifasi  dehqonchilikda  moddalar  aylanishini  o’rganish, 
tuproq  va  o’simliklarda  kechadigan  kimyoviy  jarayonlarga  taosir  qiluvchi  turli  xil 
omillarni aniqlash, qaysiki bu omillar olinadigan hosilni oshirish va kamaytirishi, shu 
bilan birga uning tarkibini ham o’zgartirishi mumkin. 
 
O’g’itlarning  qo’llanilishi  esa  ushbu  moddalar  aylanishiga  insoniyatning 
aralashuvini bosh usulidir. 
 
Zamonaviy  agrokimyoarning  vazifasi  -  har  xil  qishloq  xo’jalik  ekinlarini 
berilgan  har  xil  mahsuldorlik  darajasida  va  ularning  navlarini  yetishtirish 
mintaqalarini  hisobga  olgan  holda  barcha  biogen  elementlarnig  aylanishini  aniq 
parametrlarini aniqlashdir. 
 
Mineral o’g’itlarning qo’llanishi xo’dalikdagi yetishtiriladigan o’simliklarning 
oziqlanishida  yagi  ozuqa  elementlarini  kpayishiga  imkon  yaratdi,  organik 
o’g’itlarning  va  boshqa  har  xil  chiqindilardan  foydalanish  esa  ozuqa  elementlaridan 
qaytadan  foydalanish  imkoniyatini  beradi,  yani  o’simlik  bargi,  poyasi,  ildizi 
tarkibidagi  ozuqa  elementlaridan  o’simliklar  keyingi  rivojlanish  davrlarida 
foydalaniladi.  Mineral  o’g’itlar  ham,  organik  o’g’itlar  ham  tuproqning 
xususiyatlariga  (uning  kimyoviy,  fizikaviy,  biologik  xususiyatlariga)  kuchli  taosir 


etuvchi 
vositalardir. 
SHuningdek, 
o’simliklarning 
oziqlanishiga, 
o’sishiga, 
rivojlanishiga  va  hosil  sifatiga  kuchli  taosir  etuvchi  omillardir.  Mineral  va  organik 
o’g’itlarning  qo’llanilish, 
ularning 
samaradorligini  oshirish  dehqonchilikni 
kimyolashtirishning asosini tashkil etadi.  
 
O’g’itlar bilan har xil ozuqa  elementlarini  tuproq  tarkibiga kirishi va ularning 
hosilni shakllanishida sarflanishi boshqa jarayonlarni murakkablashtiradi. Yani ozuqa 
elementlarining  taosirida  tuproq  xususiyatlari  buzilishi,  sizot  suvlarining  tarkibiy 
o’zgarishi  va  ozuqa  elementlari  shamol  va  suv  eroziyasi  taosirida  atrof  muhitni 
ifloslantirishi mumkin. 
 
SHu  bilan  birga  bazi  ozuqa  elementlari  tuproqqa  atmosfera  yog’inlari  va 
mikroorganizmlar faoliyati natijasida ham tushishi mumkin (azot). 
 
Bundan  tashqari  hosilning  keyingi  taqdiri  moddalar  aylanishiga  kuchli  taosir 
etadi.  yani  hosilning  tovar  qismida  ozuqa  elementlari  hosilning  sotilishi,  qayta 
ishlanishi  va  boshqa  jarayonlarda  xo’jalikdan  tashqariga  chiqib  ketadi,  ikkilamchi 
tovar  bo’lmagan  qismi  (poyasi,  bargi,  poxoli  va  boshqalar)  chorvachilikda  yem-
xashak va to’shama sifatida ishlatilib, yana xo’jalik yerlariga qaytadi. SHuning uchun 
Agrokimyoda  hosilning  tovar  qismidagi  chiqib  ketadigan  ozuqa  elementlariga 
alohida eotibor beriladi. 
 
 
AGROKIMYO FANINI O’RGANISH VA TEKSHIRISH USULLARI 
 
 
 
Agrokimyoviy  tekshirishlarda  qo’llaniladigan  asosiy  usullar  ikki  guruhga 
bo’linadi: biologik va laboratoriya usullariga bo’linadi. Bu usullar deyarli birgalikda 
qo’llanilib, bir-birini to’ldiradi. 
1) biologik  usullar:  dala  tajribalari,  vegetatsion  va  mezimetrik  usullardan  ibort 
bo’ladi. Dala tajribasi usuli - taosir qiluvchi sharoitlar yoki ekinlarning parvarish 
qilish  usullarining  ekinlar  hosiliga  taosirini  aniqlash  maqsadida  tabiiy  sharoitda, 
yani  dalaning  o’zida  maxsus  ajratilgan  maydonlarda  olib  boriladi.  Dala  tajribasi 
turli  tuproq-iqlim  sharoitlarida  agrotexnika  va  boshqa  omillarga  bog’liq  holda 
qo’llaniladigan o’g’itlrning samaradorligini o’rganishning asosiy usulidir. 
Vegetatsion  usul  -  alohida  omillardan  har  birining  o’simliklarning  o’sishi, 
rivojlanishi,  moddalar  almashinuvi,  oziqlanishi  va  hosiliga  taosirini  tekshirib 
ko’rishga imkon beradi. 
Vegetatsion  tajribalarda  o’simliklar  shishadan  yasalgan  maxsus  uychalarda,  suvli, 
qumli va tuproqli muhitlarda sim to’r ostida o’stiriladi. 
Vegetatsion  tajribalarda  o’simliklarning  oziqlanish  sharoitlarini  va  maolum 
darajada  tashqi  muhit  sharoitlari  -  nam  rejimi,  yorug’lik,  harorat  va  shu  kabi 
omillarni ham qatiy tekshirish ham boshqarib turish mumkin bo’ladi. 
Olib  boriladigan  tadqiqotlarning  maqsadiga  qarab,  vegetatsion  tajribalar  mustaqil 
ahamiyatga  ega  bo’lishi  mumkin  yoki  dala  tajribasiga  qo’shimcha  ravishda 
o’tkazilishi mumkin. 
Mezimetrik  usul  -  tabiiy  sharoitda  maxsus  qurilmalar  -  mezimetrlar  yordamida 
tuproq qatlamlarida suvning  harakati va  sizib o’tishini o’rganishga  yordam  beradi. 
Agrokimyoviy tadqiqotlarda mezimetrik usul o’g’itlar bilan qilinadigan tajribalarda 
suv  rejimini,  mineral  tuzlarning  va  ekinga  solinadigan  o’g’itlarning  tuproqdan 


yuvilib  ketishi  darajasini  o’rganishda,  shuningdek  tuproqdagi  oziq  moddalar 
balansini  ularning tuproqqa  tuishi  bilan o’simliklar  tomonidan  olib  chiqib  ketilishi 
va yo’qoladigan miqdorlarini taqqoslab ko’rishda qo’llaniladi. 
2) Laboratoriya  usuli  o’simliklarni,  tuproq  va  o’g’itlarni  agrokimyoviy  analiz 
qilishning  laboratoriya  usuli  biokimyoviy,  mikrobiologik,  fizikaviy,  kimyoviy 
usullarini  o’z  ishlab  chiqarishiga  oladi.  Laboratoriya  usullari  yordamida 
agrokimyoviy obektlarni analiz qilish yetakchi o’rinni egallaydi. 
 
Tajribalarning  aniqligi  va  olingan  natijalarning  to’g’riligi  haqida  xulosa 
chiqarish,  o’g’itlar  bilan  hosildorlik  orasidagi  bog’liqlikni  aniqlash,  o’simliklarning 
yutish  jarayonlarini  modellashtirish,  oziq  moddalarning  tuproqda  aylanishi  va 
ularning  tuproqdan  hamda  o’g’itlardan  yo’qolishini  aniqlashga  doir  agrokimyoviy 
tadqiqotlarda matematik usullardan ham foydalaniladi. 
 
AGROKIMYO FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI VA ULAR 
ORASIDA TUTGAN O’RNI 
 
Agrokimyo  fani  bir  qator  fanlar  bilan  o’zaro  aloqadorlikda  rivojlanadi  va 
faoliyat olib boradi.  
 
Yashil o’simliklarning oziqlanishini o’rganish uni o’simliklar fiziologiyasi fani 
bilan uzviy bog’laydi. 
 
Agrokimyo  fani  nafaqat  yashil  o’simliklarni  oziqlanishini  o’rganibgina 
qolmay,  balki  uni  ishlab  chiqarish  sharoitida  boshqarib  turadi,  yani  qishloq  xo’jalik 
ekinlarining hosildorligini oshiradi va sifatini yaxshilaydi. 
 
Qishloq  xo’jalik  kinlarini  yetishtirishda  agrokimyo  fani  tuproqning 
xususiyatlarini chuqur o’rganadi va tuproqshunoslik fani bilan chambarchas aloqada 
bo’ladi.  Agrokimyo  fani,  xususan  har  bir  agrokimyogar  chorvachilik  asoslarini  har 
tomonlama mukammal bilishi kerak.  
 
CHorvachilikdan  chiqadigan  go’ng  va  boshqa  chiqindilar  qishloq  xo’jalik 
ekinlai  uchun  qimmatli  o’g’it  hisoblanadi.  SHuning  uchun  Agrokimyo  fani 
chorvachilik sohasidagi fanlar bilan uzviy aloqada bo’ladi.  
 
Bundan  tashqari,  Agrokimyo  fani  dehqonchilik,  o’simliklarni  himoya 
qilishsohasidagi  fanlar  entomologiya,  fitopotologiya,  fitotsenologiya  kabilar  bilan 
uzviy munosabatda bo’ladi. 
 
Hozirgi  paytda  Agrokimyo  fani  biokimyo,  genetika,  selektsiya  va  fanning 
yangi  sohalari  -  gen  injeneriyasi,  biotexnologiya,  iqtisodiy  yo’nalishdgi  bir  qator 
fanlar,  matematika va  zamonaviy  informatika  -  hisoblash texnikasi kabi  fanlar  bilan 
aloqadorlikda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 
 
AGROKIMYO FANINING XALQ XO’JALIKDAGI AHAMIYATI 
 
Agrokimyo  qishloq  xo’jalik  ekinlarini  intensiv  texnologiya  asosida 
yetishtirishda  muhim  rol  o’ynaydi,  hosilni  yuzaga  kelishida  ishtirok  etuvchi  hamma 
omillarni optimal darajada bir-biri bilan muvofiqlashtirib turadi. Eng yuqori, iqtisodiy 
jihatdan  samarali  hosil  olish  uchun  qishloq  xo’jalik  ekinlarining  eng  yaxshi 
navlaridan  foydalaniladi,  tuproqning  kimyoviy  va  fizikaviy  xususiyatlarini 
yaxshilash,  o’simliklarning  o’suv  davrida  kimyolashtirish  vositalaridan  foydalanish, 
hamma agrotexnik tadbirlar o’z vaqtida va sifatli qilib olib boriladi. 


 
Agrokimyo fani tez suratda rivojlanib bormoqda, bunday rivojlanish esa ishlab 
chiqarishning va amaliyyotning talabi bilan belgilanadi. Mineral va organik o’g’itlar 
qo’llanilishining  o’sishi  asosida  qishloq  xo’jalik  ekinlari  mahsuldorligini  doimiy 
ravishda ko’payib borishi bilan qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish texnologiyasini 
yaxshilanishi, selektsiya va boshqa fanlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. 
 
Qishloq  xo’jalik  ekinlaridan  yuqori  va  sifatli  hosil  olishda  ularni  Mineral  va 
organik  o’g’itlar  bilan  oziqlantirishni  balanslashtirish,  tabaqalashtirish,  turli  xil 
tuproq  -iqlim  sharoitlarida  yetishtiriladigan  qishloq  xo’jalik  ekinlarini  biologik 
xususiyatlarini  o’rganish,  tuproqlarni  har  xil  ozuqa  elementlarib  taominlanganligini 
aniqlash,  tuproqlarni  kimyoviy  melioratsiyalash  (ohaklash,  gipslash)  va  yuqoridagi 
ko’rsatkichlar  asosida  agrokimyoviy  kartogrammalar  tuzish  va  boshqa  bir  qator 
agrokimyoviy tadbirlar asosida amalga oshiriladi. 
 
Agrokimyo  fani  qishloq  xo’jalik  ishlab  chiqarishiga  va  xalq  xo’jaligining 
boshqa  tarmoqlariga  malakali,  yetuk  mutaxassislar  tayyorlashda  muhim  ahamiyatga 
ega. 
 
Agrokimyo  kimyo  sanoatining  rivojlanishida  muhim  rol  o’ynaydi.  Mineral 
o’g’itlarni ishlab chiqarish va ulardan turli xil tuproq -iqlim sharoitlarida foydalanish 
borasidagi  davlat  tadbirlarini  tuzishda  juda  katta  ahamiyatga  egadir.  Hozirgi  kunda, 
aniqsa  atrof-muhitni  muhofaza  qilish,  sof,  toza  agrokimyoning  ahamiyati  kun  sayin 
ortib bormoqda. 
 
Agrokimyo dehqonchilikni kimyolashtirishning nazariy asosi hisoblanadi. 
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI  
 
Agrokimyo fani nimani o’rganadi? 
1. 
 
Agrokimyo fanining maqsadi nimadan iborat? 
2. 
 
Agrokimyoning bosh vazifasi nimadan iborat? 
3. 
 
Moddalar aylanishiga insoniyatning aralashuvining bosh omili nima? 
4. 
 
Xo’jalikda  mineral  va  organik  o’g’itlarning  qo’llanilishidan  qaysi 
imkoniyatlar yuzaga keladi? 
5. 
 
Agrokimyo qanday tekshirish usullaridan foydalanadi? 
6. 
 
Agrokimyo fani qaysi fanlar bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanadi? 
7. 
 
Agrokimyoning qishloq xo’jalikdagi ahamiyati? 
8. 
 
Agrokimyoning kimyo sanoatining rivojlanishidagi ahamiyati. 
9. 
 
Agrokimyoning  fan  sifatida  malakali  mutaxassis  tayyorlash  borasidagi 
ahamiyati. 
Adabiyotlar  
1. 
 
Agroximiya.  Pod.  red  .  V.M.Klechkovskogo  i  prof.  A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str. 
2. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
4. 
 
Metodika  polivnqx  opqtov  s  xlopchatnikom.  Trudq  Soyuz  NIXI,  Izd.  5, 
tashkent. 1981. 
5. 
 
Skryabin  F.A.  novoe  v  sisteme  udobreniya  xlopchatnika.  Izd-vo.  Fan. 
Tashkent. 1970. 


2-MA’RUZA: AGROKIMYONING RIVOJLANISH TARIXIDAN. O’ZBEKISTON 
VA CHET ELLIK OLIMLARNING AGROKIMYONING RIVOJLANISHIGA 
QO’SHGAN XISSALARI. LIBIX NAZARIYALARI VA UNI TANQID. 
 
REJA: 
 
1. 
 
Agrokimyoviy bilimlarning paydo bo’lishi. 
2. 
 
Agrokimyoning rivojlanishiga horijiy olimlarning qo’shgan xissalari. 
3. 
 
Agrokimyoning rivojlanishiga rus olimlarining qo’shgan xissalari. 
4. 
 
O’zbekiston Respublikasida Agrokimyoviy tadqiqotlarning boshlanishi va 
uning rivojlanishiga xissa qo’shgan olimlar. 
5. 
 
Xulosalar. 
6. 
 
Tayanch iboralar  
7. 
 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar    
8. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar  
 
 
AGROKIMYOVIY BILIMLARNING PAYDO BO’LISHI 
 
 
Agrokimyoviy  bilimlarning  paydo  bo’lishi,  ularning  ilk  ko’rinishlari  qadimgi 
dehqonchilik  davrlariga  boribg’  qoladi.  Ajdodlarimiz  bndan  bir  necha  ming  yillar 
ilgari tuproq unumdorligini oshirish uchun turli-tuman chiqindilardan, go’ngdan, eski 
kuygan  devorlarning  tuproqlaridan  va  chuchuk  suv  xavzalarida  to’plangan 
loyqalardan  unumli  foydalanganlar.  Qadimgi  Rim  imperiyasi  davridanoq  ko’kat 
o’g’itlardan  yerlarning  unumdorligini  oshirishda  foydalanganlar,  kulning,  ohakning 
va gipsning o’g’it sifatidagi ahamiyati maolum bo’lgan.  
Evropa    kolonizatorlari  Amerika  mintaqasiga  birinchi  marta  qadam 
bosganlarida  indeytslarning  dalalarga  ekilgan  makkajo’xorini  baliqlar  bilan 
oziqlantirayotganliklarini  ko’rib  hayron  qolgan  edilar.  Lekin  bu  qilingan  ishlarning 
ahamiyati  o’simliklarning  oziqlanish  sirlari  ochilgunga  qadar  noaniqligicha 
qolaverdi. Qalimgi Gretsiyaning materialist faylasuflari o’simliklarning hayoti uchun 
olov, tuproq, suv va hvo zarur ekanligini aytganlar. 
Ular  bu  fikrlari  bilan  haqiqatga  juda  yaqin  kelgan  edilar,  yani  katta  olov  - 
quyosh  o’simliklaridagi  fotosintez  jarayonining  borishida  yorug’lik  va  energiya 
manbai bo’lib xizmat qiladi, tuproq esa mineral elementlar bilan oziqlanish  manbai, 
havodan  karbonat  angidrid  olinadi  va  suv  esa  o’simliklardagi  bo’ladigan  barcha 
jarayonlarda ishtirok etadi. 
 
AGROKIMYONING RIVOJLANISHIGA XORIJIY OLIMLARNING 
QO’SHGAN XISSALARI 
 
Turli xil ekinlarning hosildorligini oshirish uchun tuproqni go’ng, kul, ohak va 
boshqa  mahalliy  o’g’itlar  bilan  o’g’itlash  o’simliklarni  oziqlantirishning  hozirgi 
nazariyalari  ishlab  chiqilishidan  ancha  ilgari  dehqonlar  tomonidan  qo’llanilar  edi. 
Lekin  o’sha  paytlarda  o’g’itlrning  ijobiy  taosiri  nazariy  jihatdan  tushuntirib 


berilmagan  bo’lib,  bu  hol  tuproqni  o’g’itlashning  turli  usullarining  rivojlanishi  va 
takomillashish yo’lini berkitib qo’ygan edi. 
Qadimgi  mualliflarning  asarlarida  tuproqning  «yog’i»,  yani  tuproq 
unumdorligini  oshirishda  muhim  omil  haqida  so’z  yuritiladi.  bu  esa  o’simliklarning 
chirindi bilan oziqlanish nazariyasi edi. 
Mineral  moddalar  va  o’g’itlarning  ahamiyati  to’g’risidagi  fikrlar  frantsuz 
tabiatshunosi  Bernar  Pallisi  tomonidan  1563  yilda  bildirilgan  edi  va  u  shunday 
yozgan  edi:  Hamma  ekinlarning  hayoti  va  rivojlanishi  uchun  qandaydir  tuz  asos 
bo’ladi, ekinlarga solinayotgan go’ngning ham ahamiyati uning tarkibida  pichan va 
poxollarning chirishi natijasida hosil bo’lgan tuzning borligidadir, dean edi. 
SHundan  100  yil  o’tgandan  keyin,  1956  yilda  ingliz  kimyogari  Glauberning 
tajribalari  shuni  ko’rsatdiki,  tuproqqa  selitra  solinishi  natijasida  u  ekinlarning 
hosildorligiga kuchli taosir qiladi, yani hosilini keskin oshirib yuborgn. 
Lekin  17-asr  olimlari  ushbu  fikrni  to’g’ri  baholay  olmadilar,  chunki  hali 
azotning kashf etilishi uchun 100 yil bor edi, azotning o’simliklar hayotidagi bebaho 
ahamiyati yana ham kechroq aniqlandi. 
O’simliklarning havodan oziqlanishi to’g’risidagi jahonshumul ahamiyatga ega  
bo’lgan  fikrni  kimyo  fanining  asoschilaridan  M.V.Lomonosov  1753  yilda  birdirgan 
edi.  
18-asrning  oxirida  G’arbiy  Yevropada  o’simliklarning  chirindi  bilan 
oziqlanishi  to’g’risidagi  nazariya  tarqalgan  edi.  Bu  nazariyani  dastlab  1761-1766 
yillarda shved kimyogari Vamrius ilgari surdi.  
Bu  nazariyaga  ko’ra  tuproqdagi  chirindi  o’simliklar  oziqlanishining  yagona 
manbaidir,  mineral  moddalar  (kul)  esa  chirindining  oson  o’zlashtiriladigan  shaklga 
o’tishiga yordam beradi, xolos. 
«CHirindi  nazariyasi»ning  keng  tarqalganiga  va  ommalashib  ketishiga  19-
asrning birinchi yarmida, ayniqsa nemis olimi Teer katta xissa qo’shgan. 
1775  yilda  atmosferada  azot  borligini  kashf  etgan  Lavuaz’e  o’simliklarning 
havodan va ildizdan oziqlanishi o’rtasida aloqadorlik borligini bildirgan edi. 
O’simliklarning  havodan oziqlanishi va kislorodning kashf etilishi munosabati 
bilan  Pristli  (1775),  Ingenguz  (1779) va  Senebe  (1782)  kabi olimlar  o’simliklarning 
yashil bargi karbonat kislotadan kislorodni havoga ajratib chiqaradi, o’zida uglerodni 
qoldiradi yoki o’zi karbonat  angidrid gazi bilan oziqlanadi, ko’rsatib berdilar. 
SHunday  qilib,  o’simliklardagi  kechadigan  fotosintez  jarayonining  ilk 
mohiyatiga qadam qo’yildi. 
Agrokimyoning  rivojlanishida  ulkan,  olamshumul  ahamiyatga  ega  bo’lgan 
voqea  sodir  bo’ldi,  yani  1836  yilda  frantsuz  olimi  Jorj  Bussenganing  olib  borgan 
ishlari  natijasida  dehqonchilikda  moddalar  aylanishiga  asoso  solindi  va  dukkakli 
ekinlar tuproqda azot to’plashini aniqlandi. 
O’simliklarning  chirindi  bilan  oziqlanishi  to’g’risidagi  nazariya  o’rniga 
J.Bussengo  azot  bilan  oziqlanish  nazariyasini  ilgari  suradi  va  azotning  ahamiyatini 
birinchi  darajaga  ko’tarib,  dukkakli  ekinlar  almashlab  ekishda  azot  balansini 
yaxshilaydi va hosilni sezilarli darajada ko’paytiradi, deydi. 
J.Bussengo  dukkakli  ekinlar  azotni  havodan  o’zlashtiradi,  degan  to’g’ri 
taxminni aytgan edi.  


Bir  vaqtning  o’zida  uning  ishlarida  hosil  tarkibidagi  uglerodning  miqdori 
go’ng  tarkibidagi  uglerodga  bog’liq  emasligi,  o’simliklar  uchun  zarur  bo’lgan 
uglerod  manbai  bo’lib  havodagi  karbonat  angidrid  gazi  xizmat  qilishi  to’g’ri 
ko’rsatilgan. 1740 yilda taniqli nemis olimi Yustus Libix «Ximiyani dehqonchilik va 
fiziologiyaga  tatbiqi»  nomli  kitobida  «chirindi  nazariyasi»ni  qattiq  tanqid  qiladi  va 
o’simliklarning  mineral oziqlanishi nazariyasini taoriflagandan so’ng o’simliklarning 
oziqlanishiga doir qarashlarda tubdan o’zgarishlar sodir bo’ldi. 
Yu.Libix  bir  xil  ekin  ekilavergandan  tuproqning  unumdorligi  pasayishi 
sabablarini ishonarli dalillar bilan tushuntirib berdi va o’zining hosildorlikni saqlash 
uchun  va  tuproqning  unumdorligini  saqlash  uchun  tuproqni  o’g’itlash  nazariyasini 
ilgari  surdi,  bu  nazariya  tuproqdan  olingan  barcha  mineral  moddalarni  tuproqqa 
qaytarish lozimligiga asoslangan edi. 
Yu.Libix  tuproqda  juda  kamayib  ketgan  moddalarni,  yani  birinchi 
minimumdagi moddalarni qayta ishi  zarur deb hisoblardi. 
Bu qoida keyinchalik «minimum qonuni» degan nom oldi.  Yu. Libix kuldagi 
moddalardan  birinchi  navbatda  fosforni  tuproqqa  qaytarish  lozim,  chunki  tuproqdan 
don bilan birga eng ko’p fosfor chiqib ketadi, deb xisoblar edi.  
O’g’it tarkibidagi azotning ahamiyatiga esa yetarlicha baho bermadi, havodan 
keladigan  yog’in-sochin  suvlari  bilan  tuproqqa  tushadigan  ozgina  ammiak  miqdori 
o’simliklar  uchun  bemalol  yetadi,  deb  noto’g’ri  o’ylagan  edi.  Yu.Libixning  go’ng 
o’rniga uning kulini ishlatsa ham bo’laveradi, degan fikri ham noto’g’ri edi.  
1843  yilda  Looz-Angliyadagi  Rotasted  tajriba  stantsiyasining  asoschisi, 
o’zining bir qator dala tajribalaridan olinan maolumotlar asosida ibixning yuqoridagi 
noto’g’ri fikrlarini rad etdi. 
Hosilni  oshirish  uchun  o’g’itlar  tarkibidagi  kul  elementlari  bilan  birgalikda 
azot ham, albatta bo’lishligi lozimligi ko’rsatilgan edi.   
19-asrning  o’rtalarida  Yevropa  va  Amerikada  o’g’it  sifatida  chili  selitrasini 
ishlata  boshladilar,  u  juda  katta  samara  berdi.  Bu  hol  o’simliklarning  oziqlanishida 
azotning  birinchi  darajali  ahamiyatga  ega  ekanligini  ko’rsatgan  J.  Bussengoning 
fikrlari to’g’ri ekanligini tasdiqladi. 
Yu.Libixning  tuproqqa  olingan  oziq  moddalarning  qatishi  haqidagi  talabini 
ham  absolyut  ahamiyatga  ega  deb  bo’lmaydi,  umuman  o’simliklar  olgan  oziq 
moddalarning  tuproqqa  qaytarish  zarurligi  haqidagi  g’oyaso’zsiz  to’g’ri  bo’lsa  ham 
oziq moddalarni tuproqqa to’liq qaytarish mutlaqo shart emasligi hozir aniqlangan. 
SHu  munosabat  bilan  keyinchalik  K.A.  Timiryazev  Yu.  Libixning  «to’la 
qaytarish»  to’g’risidagi  taolimotini  fanning  eng  buyuk  kashfiyoti  deb  baholagan  edi 
va  shunday  yozgan  edi:  «Qaytarish  zarurligi  haqidagi  taolimotning  ahamiyatini 
cheklashga  har  qancha  urinishlardan  qatiy  nazar,  bu  taolimot  fanning  eng  buyuk 
kashfiyotlaridan biri bo’lib qolaveradi». 
Yu.  Libix  dehqonchilikda  moddalar  aylanishini  ongli  ravishda  boshqarish 
lozimligi,  chunki  uning  buzilishi  tuproq  unumdorligining  pasayishiga  olib  kelishi 
haqidagi  g’oyani  birinchi  bo’lib  aniq  aytib  bergan  edi.  Uning  bazi  fikrlari  xato 
ekanligiga  qaramay,  uning  ishlari  o’simliklarning  oziqlanishi  va  o’g’itlar  ishlatish 
masalalariga  qiziqish  uyog’otdi,  shu  sohadagi  tadqiqotlarning  rivojlanishiga  yordam 
berdi. 


Ko’pgina mamlakatlarda agrokimyoviy tajriba stantsiyalari vujudga keldi, ular 
agrokimyoning  yanada  rivojlanishida  va  qishloq  xo’jalik  amaliyotida  o’g’itlar 
ishlatilishida muhim rol o’ynaydi. 
O’simliklarning  oziqlanishi  haqidagi  talimotni  rivojlantirishda  o’simliklarni 
suniy  muhitda  -  suvda  va  qumda  o’stirishga  doir  tajribalar  muhim  ahamiyatga  ega 
bo’ldi.  Ularda  zaruriy  oziq  moddalar,  mineral  tuzlar  holida  qo’shilganda  ko’pchilik 
olilar  Knop,  Saks  va  boshqalar  1858-1859  yillarda  o’simliklarning  normal  o’sishiga 
va  o’simliklarning  oziqlanishi  uchun  qaysi  elementlar  qanday  miqdorlarda  va 
nisbatlarda zarur bo’lishini anqlashga erishdilar.  
Gel’rigellining  1886  yilda  dukkakli  o’simliklarning  azot  bilan  oziqlanish 
xususiyatlarini  o’rganishga  doir  tekirishlri  ham  katta  ahamiyatga  ega  bo’ldi,  ular 
dukkakli  o’simliklar  ildizlarida  rivojlanadigan  tuganak  bakteriyalari  yordamida 
atmosferadan  molekulyar  azotni  o’zlashtirishini  va  tuproqni  azot  bilan  boyitishni 
ko’rsatdi. 
O’simliklarning  oziqlanish  nazariyasining  rivojlanishi  bilan  birga  qishloq 
xo’jalik  amaliyotiga  o’g’itlar  ishlatish  ham  tatbiq  etila  bordi.  19-asrning 
o’rtalaridayoq  G’arbiy  Yevropa  mamlakatlarida  superfosfat  va  CHili  selitrasini 
ishlata  boshladilar,  keyinroq  (1865)  esa  kaliyli  tuzlarning  tabiiy  qatlamlaridan 
olinadigan kaliyli o’itlardan ham foydalana boshlandi. 
AGROKIMYONING RIVOJLANISHIGA RUS OLIMLARINING  
QO’SHGAN XISSALARI 
Agrokimyo  fanining  rivojlanishida  rus  olimlari  ham  nihoyatda  katta  rol 
o’ynaydilar. 
Rossiyada  o’simliklarning  oziqlanish  masaalarini  ishlab  chiqish    va  o’g’itlar 
ishlatishning  boshlanishi  19-asrning  60-70-yillariga  to’g’ri  keladi.  Bu  sohada 
A.A.Engelgardt,  D.I.  Mendeleev,  P.A.Kostichev,  timiryazev,  I.M.  Komov, 
A.Bolotov,  M.G.Pavlov  va  boshqalarning  olib  borgan  ishlari,ayniqsa  diqqatga 
sazovordir. 
O’sha  darning  ilg’or  agronom-olimlari  I.M.Komov,  A.T.  Bolotov  , 
M.G.Pavlov tuproqning unumdorligini tiklash uchun go’ng, kompostlar, kul, ohak va 
boshqa mahalliy o’g’itlar ishlatishga katta eotibor berdilar. olimlarning ancha ilgari, 
19-asrning  boshlaridayoq  o’simliklarning  oziqlanishi  uchun  go’ng  parchalanganda 
tuproqda  hosil  bo’ladigan  mineral  tuzlarning  o’simliklarning  oziqlanishidagi 
ahamiyatini ko’rsatib bergan edilar. 
Professor  A.N.Engeldardt  (1832-1893)  o’z  zamonasining  buyuk  demokratik 
arboblaridan  biri  bo’lib,  dehqonchilikning  kimyoviy  asoslari,  qiloqdan  xatlar  kabi 
qator asarlarida dehqonchilikda o’g’itlardan foydalanishni targ’ibot qilgan edi. 
Olim tomonidan Smolensk guberniyasida fosforli o’g’it sifatida fosforit unidan 
foydalanib,  qator  tajribalar  olib  borilgan.  A.N.Engeldardt  yashil  o’g’itlarga,  yani 
sideratsiyaga juda katta ahamiyat bergan edi.  
A.N.Engeldardt  fosforit  uni  va  sideratsiya  juda  katta  maydondagi  shimol 
yerlarini  madaniy  holga  kelishida  asosiy  vosita  bo’lib  xizmat  qiladi,  degan  edi.  U 
yerlarni  kimyoviy  melioratsiyalash,  yani  ohaklash  va  gipslash  ilarini  go’ng  bilan 
birga qo’shib olib borishni qizg’in tarafdorlaridan biri edi.  


D.I. Mendeleev (1834-1907) dehqonchilik sohasida faol ilmiy-tadqiqotlar olib 
borgan ulug’ russ kimyogari. U tomonidan o’g’itlarning taosirini o’rganish bo’yicha 
Peterburg,  Moskva,  Smolensk  va  Simbirsk  guberniyalarida  tajriba  stantsiyalari 
tashkil  etilgan  va  bu  tajriba  stantsiyalarida  suniy    mineral  o’g’itlardan  foydalangan 
holda ilmiy-tadqiqot ilariolib borilgan. 
D.I.Mendeleev  dehqonchilikdan  olinadigan  mahsuldorlikni  har  tomondlama 
ko’paytirish  sohasida  juda  ko’p  ishlarni  amalga  oshirgan  va  bu  ishlarga  raxbarlik 
qilgan. 
D.Mendeleev 
tomonidan 
o’g’itlar 
samaradorligini 
oshirish 
bo’yicha 
Rossiyaning  turli  tuproq-iqlim  sharoitlarida  dala  tajribalari  olib  borilgan  va  turli 
tuproq  -iqlim  sharoitlarida  o’g’itlarning  qanday  taosir  etish  xususiyatlari  ochib 
berilgan va dala tajribalarining geografik to’rini tashkil bo’lishiga asos solgan. Ilmiy-
tadqiqotlarning  natijasi  asosida  shunday  xulosaga  kelindiki,  Rossiyaning  Yevrova 
qismida  go’ng  hamma  joyda  samarali  taosir  etgan,  fosfor  qora  tuproqlarda,  azot  va 
ohak chimli -podzol tuproqlarda yaxshi taosir qilgan, kaliy esa dukkakli jkinlarga va 
idiz mevalilarga samarali taosir ko’rsatganligi ko’rsatib berilgan. 
P.A. Kostichev - rus agronomiya fanining asoschilaridan biri, 1894 yilda uning 
«O’g’it  to’g’risida  talimot»  nomli  kitobi  chop  etildi.  U    o’zining  ushbu  asarida 
Yu.Libixning «To’la qaytish nazariyasi»ni tanqid qiladi.  
P.A.  Kostichev  shunday  deydi:  «Tuproqning  unumdorligi  uning  tarkibijagi 
ozuqa elementlariing miqdorigagina bog’liq bo’lmasdan, balki uning strukturasiga va 
boshqa  fizik  xususiyatlariga  ham  bog’liqdir.  Tuproqning  strukturasi  esa  uning 
tarkibidagi    chirindiga  bog’liqdir».  Kostichev  tomonidan  tuproqning  fosfat  rejimiga 
oid ilmiy-tadqiqotlari amalga oshirilgan. 
Professor  G.G.Gustavson  (1834-1908)  o’zining  «Agrokimyodan  20  talabalar 
MA’RUZA»  degan  kitobida  tuproq  va  o’g’itlar  kimyosi,  tuproq,  o’g’it  va  yem-
xashaklar analizlari to’g’risida masalalarni yoritgan edi. 
Agrokimyoning  ilmiy  asoslarini  yaratishda  K.A.Timiryazevning  (1843-1920) 
mumtoz  ilmiy-tadqiqotlari  katta  o’rin  tutadi.  Uning  ilmiy  amaliyotga  vegetatsion 
tajribalar  olib  borish  uslubiyoti  tadbiq  etilgan.  K.Timiryazev  tajriba  ishlarini  olib 
borishni juda yuqori baholagan edi. 1872 yilda Rossiyada birinchi bo’lib  vegetatsion 
tajribalar  olib  boriladigan  uy,  pavilon  qurdirgan  va  bu  pavilon  hozirgi  kungacha 
faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 
K.A.Timiryazev  dehqonchilik  va  agrokimyoning  oldida  turgan  vazifalarini 
izohlab, shunaday yozadi: dehqonchilik va agrokimyoning oldida turgan asosiy ilmiy  
vazifasi - bu yetishtirilayotgan qishloq xo’jalik ekinlarining o’ziga xos xususiyatlarini 
o’rganish,  madaniy  o’simliklarni  tashqi  muhit  sharoitiga  bo’lgan  talabini  aniq 
hisobga  olishdir.  Timiryazev  o’simliklar    fiziologisining  nazariy  masalalarini  
chuqurlashtirgan holda asimilyatsiya sohasidagi ishlarni olib bora turib, dehqonchilik 
va  agrokimyoning  bir-biri  bilan  chambarchas  bog’liq  sohalar  ekanligini  ko’rsatib 
berdi. 
Agrokimyo fanining keyingi rivojlanishi ulug’ olim D.N.Pryanishnikov (1865-
1948) ning ilmiy faoliyati bilan bog’liqdir. D.N.Pryanishnikov ilmiy izlanishlarining 
masshtabining  kattaligi,  o’zining  qamrab  olgan  vazifalarining  kengligi  va  kattaligi 
bilan  boshqalardan  farq  qiladi.  Uning  rahbarligi  ostida  o’simliklarning  fosfor  bilan 


oziqlanishi  masalalari  o’rganilgan.  Xususan  o’simliklarning  fosforitlardan  fosforni 
qanday    o’zlashtirishi  va  fosforit  unining  o’g’it  sifatida  ishlatilishi  batafsil 
o’rganilgan.  Solikamsk  kaliy  konining  ishga  tushirilishi  munosabati  bilan  olim  va 
uning  shogirdlari  tomonidan  o’simliklarning  kali  tuzlaridan  foydalanishi  yuzasidan 
bir qator ishlar amalga oshirilgan. 
D.N.Pryanishnikov  har  doim  dehqonchilikda  biologik  azotning  rolini 
o’rganishga alohida eotibor berib kelgan, organik o’g’itlardan foydalanish zarurligini 
har doim taokidlar edi. 
D.N.Pryanishnikov  o’simliklarga  mikroelementlarning  taosirini  o’ganish 
bo’yicha  ilmiy  ishlarni  tashkil  etgan  edi.  o’simliklarning  azot  bilan  oziqlanishida 
ammoniyli  tuzlar  ham  azot  kislota  tuzlari  bilan  teng  qimmatga,  xususiyatga  ega 
ekanligini isbotlab berdi. 
Ammoniy tuzlari bilan o’simliklar oziqlantirilganda ularda hech qaysi noxush 
holatlar  ro’y  bermagan.  Bu  ishning  ahamiyati  shundan  iboratki,  ammoniyli  tuzlarni 
azotli o’g’it sifatida ishlatish to’g’risida qaror tayyorlanayotgan edi.  
Mineral  o’g’itlarning  ishlatilishi  va  azotli  o’itlar  ishlab  chiqarish  sanoatining 
rivojlanishi  D.N.Pryanishnikovning  klassik  ishlari  bilan  bog’liqdir.  Uning 
redaktorligi  ostida  17  tomlik  «Vegetatsion  tajribalar  va  laboratoriya  ishlarining 
natijalari» nomli asarlar to’plami chop etildi. 
Uning  rahbarligi  va  faol  ishtirokida  o’g’itlar  bo’yicha  ilmiy  institut, 
Butunittifoq  o’g’itlar,  agrotexnika  va  tuproqshunoslik  instituti,  markaziy  ilmiy-
tadqiqot 
institutlari 
tashkil 
etilgan. 
D.N.Pryanishnikovning 
«Agrokimy, 
«Dehqonchilik va o’simlik hayotida azotning roli» kabi fundamental asarlari hozirgi 
kunda  ham  agrokimyogar  mutaxassislar  tayyorlashda  dastur  sifatida  foydalanib 
kelinadi. 
K.K.Gedroyts  (1872-1932)  tomonidan  tuproqning  singdirish  qobiliyati  va 
singdirish  turlari  aniqlandi.  Tuproqda  bo’ladigan  almashinish  hodisasida  chirindi, 
tuproqning organik qoldiqlari, tuproqning mineral qismi va mikroorganizmlari itirok 
etishini tushuntirib berdi. Gedroyts ishlari natijasida tuproqning potentsial kislotaligi 
aniqlandi  va  bu  tuproqlarni  ohaklash  va  gipslash  ishlari  uchun  nazariy  asos  bo’lib 
xizmat qiladi. 
A.N.  Lebedyantsev    (1878-1941)  Qora  tuproq  zonasining  shimoliy  qismida 
fosforit unidan samarali foydalanish imkoniyatini birinchi bo’lib aniqlagan.  
Olim  tomonidan  Rossiyaning  turli  tuproq-iqlim  zonalarida  o’g’itlardan 
foydalanishning  solishtirma  samaradorligini  aniqlash  bo’yicha  ilmiy-tadqiqotlar  olib 
borgan. 
V.M.Klechkovskiy  (1900-1972)  o’simliklarning  fosfor  bilan  oziqlanishi 
masalalarini,  o’g’itlar  taosirning  miqdoriy  qonuniyatlarini,  o’simliklar  oziqlanishida 
oziq elementlarining optimal nisbatlarini o’rgangan. 
V.M.Klechkovskiy  -  suniy  radionukleidlar  agrokimyosining  asoschilaridan 
biridir.  Qishloq  xo’jalik  mahsulotlari  tarkibidagi  radionukleidlarning  miqdorini 
kamaytirishning  usullaridan  biri  -  mineral  va  organik  o’g’itlarni  birga  qo’shib 
foydalanishdir. 
Ya.V.Peyve  (1906-1976)  o’simlikshunoslikda  mikroo’g’itlarni  tabaqalashtirib 
ishlatish  nazariyasining  asoschisidir.  Bu  nazariga  asosan  tuproq  tarkibidagi  o’zlasha 


oladigan  mikroelementlarni  va  o’simliklarning  fiziologik  xususiyatlarini  xisobga 
olish lozim.  
Ya.Peyve  metall  mikroelementlarining  fermentlar  va  fermentlar  sistemasiga 
taosiri nazariyasini ishlab chiqishda o’zining bebaho xissasini qo’shdi.  
L.V.Peyve  tomonidan  kaliy,  alyuminiy,  kaltsiy  va  fosforning  agrokimyosini 
o’rganishga 
oid 
ilmiy-tadqiqotlar 
qilindi, 
tuproq 
tarkibidagi 
xarakatchan 
mikroelementlarning  miqdori  va  tarqalish  qonuniyatlarito’g’risida  izlanishlar  olib 
borildi. 
N.S.Avdonin  (1903-1980)  o’simliklarning  har  hil  o’suv  davridagi  oziqlanish 
xususiyatlarini va o’simliklarni oziqlantirishning nazariy asoslarini ishlab chiqdi. 
A.V.Sokolov  (1898-1980)  tomonidan  oldingi  ittifoqdagi  tuproq  turlariga 
agrokimyoviy xarakteristika berish va ularning o’g’itlarga bo’lgan talabini o’rganish 
bo’yicha kompleks ilmiy-tadqiqotlar olib borgan. 
A.Sokolov  tomonidan  tuproqning  almashinuvchi  kislotaligini,  tuproq 
tarkibidagi  fosfatlarning  shakllarini  aniqlash  bo’yicha  va  o’simliklar  tarkibidagi 
fosforli  birikmalarni  miqdorini  aniqlash  usullari  ishlab  chiqildi.  A.V.Sokolov 
tomonidan donador superfosfat ishlab chiqarish usuli taklif etilgan. 
O’ZBEKISTONDA AGROKIMYOVIY TADQIQOTLARNING 
BOSHLANISHI VA UNING RIVOJLANISHIGA XISSA  
QO’SHGAN OLIMLAR 
O’rta  Osiyoda,  xususan  O’zbekistonda  agrokimyoviy  tadqiqotlarning 
boshlanishi, asosan chor  Rosiyasining O’rta Osiyoni bosib olishi va uning paxta va 
boshqa qishloq xo’jalik xomashyosiga bo’lgan talabini qondirish bilan bog’liqdir.  
O’rta Osiyoda qishloq xo’jaligi, xususan paxtachilikni rivojlantirish maqsadida 
taniqli, shu sohaga taaaluqli olimlar yuboriladi. 
Bunday  olimlar  qatoriga  R.R.SHreder,  M.M.Butuev,  I.K.Negodnov,  A.I. 
Kurbatov, Ye.A. Joripov, D.A. Sabinin va boshqalarni kiritish mumkin. 
O’rta Osiyoga mineral o’g’itlar birinchi marta XX asrning boshlarida aniqrog’i 
1906 yilda keltirilgan. 
Qishloq xo’jalik ekinlariga mineral o’g’itlarni qo’llash borasidagi ilk tajribalar 
SHreder,  Butuev,  Negodnovlar  tomonidan  amalga  oshirilgan.  1906-1928  yillar 
mobaynida 121 talabalar dala tajribalari amalga oshirilgan.  
Bundan 
tashqari 
O’zbekistonda 
agrokimyoning 
va 
agrokimyoviy 
tadqiqotlarning  rivojlanishida  O’zbekiston  Respublikasi  FA  tarkibiga  kiruvchi 
tuproqshunoslik  va  Agrokimyo  ilmiy-tadqiqot  institutining  tashkil  etilishi  juda  katta 
ahamiyatga ega bo’ldi. CHunki  bu ilmiy maskandan juda ko’p taniqli tuproqshunos, 
agrokimyogar  olimlar  yetishib  chiqdilar  va  o’zlarining  ilmiy  izlanishlari  bilan 
O’zbekistonda,  O’rta  Osiyoda  agrokimyoning  rivojlanishiga  munosib  xissa  qo’shib 
kelmoqdalar.  Bular  jumlasiga  D.V.Xarkov,  L.M.Golodkovskiy,  N.K,Bolyabov, 
S.A.Kudrin,  J.S.Sattorov,  I.N.Niyozaliev,  M.Umarov,  T.  Zokirov,  I.Turopov, 
Q.M.Mirzajono,  A.Rasulov,  X.M.Maxsudov,  T.Piroxunov,  I.Turopov  va  boshqa 
ko’pgina tadqiqotchilarni kiritish mumkin. 
 
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI  
1. 
 
Dastlabki agrokimyoviy tasavvurlar nimalarda ifodalangan edi? 


2. 
 
Agrokimyo fanining rivojlanishiga xorijiy olimlar ishlarining ahamiyati? 
3. 
 
O’simliklarda  kechadigan  fotosintez  jarayonini  ilk  mohiyatiga  qachon  va 
kimlar tomonidan qadam qo’yilgan edi? 
4. 
 
Rossiyada  o’simliklarning  oziqlanishi  va  o’g’itlar  ishlatishga  doir 
tekshirishlar qachon boshlangan? 
5. 
 
Agrokimyo fanining rivojlanishida professor A.N.Engilgardt-ning roli. 
6. 
 
Agrokimyo  fanining  rivojlanishida  D.I.Mendeleev  qilgan  ishlarining 
ahamiyati. 
7. 
 
Agrokimyo fanining rivojlanishida akad D.N.Pryanishnikovning roli. 
8. 
 
O’rta  Osiyoda  agrokimyoviy  tadqiqotlar  qachon  va  kimlar  tomonidan 
boshlangan edi? 
9. 
 
Agrokimyo  fanining  rivojlanishiga  xissa  qo’shgan  O’zbekistonlik  olimlarni 
sanab bering. 
10. Libix nazariyasining mohiyatini gapirib bering. 
 
ADABIYOTLAR  
 
1. 
 
Agroximiya.  Pod.  red  V.  M.  Klechkovskogo  i  prof.  A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str. 
2. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
4. 
 
Musaev B. Tajriba ishlari uslubiyoti. T. Universitet. 1995. 
5. 
 
Udobreniya  i  osnovnie  usloviya  ix  effektivnogo  primenenie.  Trud. 
VASXNIL. Moskva. Kolos. 1970. 
 
3-MA’RUZA: O’SIMLIKLARNING KIMYOVIY TARKIBI. O’SIMLIKLARDA 
SUV QURUQ MODDA 
 
REJA: 
 
1. 
 
O’simliklarning kimyoviy tarkibi. 
2. 
 
O’simliklardagi suv va uning ahamiyati. 
3. 
 
O’simliklardagi quruq modda   
4. 
 
O’simliklar quruq moddasining organik birikmalari. 
5. 
 
Tayanch iboralar  
6. 
 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
7. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar  
 
 
O’SIMLIKLARNING KIMYOVIY TARKIBI 
 
O’simliklar  o’z  organizmlarini  tashqi  muhitda  bo’lgan  maolum  bir  kimyoviy 
elementlardan tuzadi.  
Tirik o’simlik va qurib qolgan o’simliklar massasi bir-biridan elementar tarkibi 
bilan farq qiladi.  


O’simliklar  organizmi  suv  va  quruq  moddadan  tashkil  topadi.  Quruq  modda 
esa organik va mineral birikmalardan iborat. 
Ko’pchilik  qishloq  xo’jalik  ekinlarining  vegetativ  organlaridagi  suvning 
miqdori  70-95  %,  urug’larida  esa  5  %  dan  15  %  gacha  bo’ladi.  O’simliklar  quruq 
massasining 90-95 % ni organik birikmalar va 5-10 % ni mineral tuzlar tashkil etadi.  
O’simliklardagi asosiy organik moddalar: oqsillar va boshqa azotli birikmalar, 
yog’lar, kraxmal, qand moddalari, klechatka va pektin moddalaridan iborat bo’ladi.  
O’simliklarda  kechadigan  fotosintez  jarayonida  o’simliklarning  bargi  orqali 
yutilgan  karbonat  angidrid  gazi  va  ildizi  orqali  olingan  suvdan  uglerod,  kislorod  va 
vodoroddan  iborat  bo’lgan  oddiy  azoti  bo’lmagan  organik  moddalar  hosil  bo’ladi. 
O’simliklar  quruq  massasining  95  %  ni  uglerod,  kislorod,  vodorod  va  azot  tashkil 
etadi.  Bu  yuqoridagi  4  element  organogen  elementlar  deb  yuritiladi.  O’simliklarni 
kuydirganda qoladigan elementlarni kul elementlar deyiladi va ular o’simliklar quruq 
massasining  5  %  ni  tashkil  qiladi.  Bunday  elementlarga  natriy,  magniy,  fosfor, 
oltingugurt, kaliy va birnecha miqdor mikroelementlar kiradi.  
XX  asrning  boshlarida shu narsa  aniqlandiki,  o’simliklarningnorma  o’sishi va 
rivojlanishi  uchun uglerod, kislorod  va vodoroddan tashqari  yana  7 elementlar  azot, 
fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy, oltingugurt va temir ham kerak bo’ladi. Bu elementlar 
makroelementlar  deyiladi.  Keyinroq  yana  shu  narsa  ko’rsatib  o’tildiki,  ushbu  7 
elementdan  tashqari  o’simliklarga  juda  oz  miqdorda  boshqa  elementlar  ham  zarur 
ekan.  Bular  jumlasiga  marganets,  bor,  molibden,  mis,  rux,  kobald,  yod.  Ulardan 
o’simliklardagi  miqdoriy  foizning  mingdan  hatto  yuz  mingdan  bir  ulushiga  to’g’ri 
keladi. Bunday elementlarni mikroelementlar deb ataladi. 
Makro  va  mikroelementlardan  tashqari  o’simliklarda  juda  oz  miqdorda 
ultramikroelementlar  ham  uchraydi.  Bunday  elementlarga  rubidiy,  tseziy,  selen, 
kadmiy, kumush, simob va boshqalar kiradi. Agarda o’simliklar tarkibidagi kimyoviy 
elementlarning  hammasini  qo’shib  hisoblaganda  70  dan  ortiq  elementlarni  tashkil 
etadi.  
O’simliklardagi azot va kul elementlarining miqdori o’simlikni yoshiga va uni 
yetishtirish sharoitiga  bog’liq bo’lib, har xil organda, to’qimalarda har xil  miqdorda 
bo’ladi.  
Masalan,  o’simliklarning  ildizida,  poyasida  va  bargida  kul  elementlari  ko’p 
bo’lsa,  urug’ida  esa  kam  bo’ladi.  O’simliklarning  kuli  tarkibidagi  fosfor  va  kaliy 
miqdori ushbu elementlarning oksidlari shaklida ifodalash qabul qilingan. Ko’pchilik 
o’simliklar bargining kulida kaliy 30-50 % ni tashkil etadi. Beda va vikaning bargida 
esa kaliyga nisbatan kaltsiy ko’p bo’ladi. 
O’simliklarning  qari  barglarida  kaliy,  fosfor  va  oltingugurtning  miqdori  kam 
bo’lib, kaltsiyning miqdori kulning massasiga nisbatan 20-40 % dan 50-60 % gacha 
ortadi.  
Qishloq  xo’jalik  ekinlarining  har  xil  organlari  kulining  tarkibini  o’rganish 
ayrim  qonuniyatlarni  keltirib  chiqaradi.  Donli  va  don  dukkakli  ekinlarning  kulida 
fosfor 40-50 % kaliy 30-40 %, magniy 8-12 % ni tashkil etadi.  
Demak,  bu  3  elementlar  oksidlarining  urug’idagi  miqdori  umumiy  kul 
miqdoriga  nisbatan  90  %  ni  tashkil  etadi.  Poxolning  kulida  fosfor  3-5  marta  kam. 
lekin kaltsiy va kremniy miqdori ancha ortiq bo’ladi.  


Kartoshka va ildizmevalilarning kulida kaliy miqdori 40-60 % ni tashkil etadi. 
Agar  o’simliklar  tarkibini  aniq  va  zamonaviy  analiz  qilish  usullari  bilan  tekshirilsa, 
yuqorida  sanab  o’tilgan  kimyoviy  elementlarning  sonini  yanada  ko’paytirish 
imkonini beradi.  
 
 
 
 
O’SIMLIKLARDAGI SUV VA UNING AHAMIYATI 
 
Har  bir  tiri  organizm  to’qimasi  suv  va  quruq  moddadan  iborat  bo’ladi. 
Ko’pchilik  qishloq  xo’jalik  ekinlarining  vegetativ  organlarida  suv  70-95  %, 
urug’larida  esa  5-15  %  gacha  bo’ladi.  O’simlik  hujayrasining  suv  bilan  optimal 
darajada  taominlanishini  o’simliklar  organizmida  kechadigan  hayotiy  muhim 
jarayonlarning tezligini va yo’nalishini belgilaydi. 
O’z  navbatida  mineral  oziqlanish,  shningdek  suv  bilan  taminlanishi  va 
o’simliklarning biologik xususiyatlari ulardagi suvning miqdorini belgilaydi. Suvning 
kamayib  ketishi  o’simliklarda  kechadigan  moddalar  almashinuvi  va  sintetik 
jarayonlarning  o’tishi  oldin  susaytiradi  va  kein  to’xtatadi.  Oqibatda  o’simlik  halok 
bo’ladi. 
Quyida turli qishloq xo’jalik ekinlari organlaridagi suvning miqdori keltiriladi. 
1) pomidor va bodring mevasida - 94-96 % 
2) oqboshli karam va rediskada - 90-93 % 
3) sabzi, lavlagi, piyozda - 86-91 % 
4) kartoshka va qand lavlagida - 75-80 % 
5) g’alla ekinlarining donida - 12-15 % 
6) kungaboqar urug’ida - 7-10 % 
Demak, qishloq xo’jalik ekinlarining ko’pgina vegetativ organlarida suv 85-95 
% ni tashkil etar ekan. O’simliklardagi suvning funktsiyalari uning fizik va kimyoviy 
xossalari bilan bog’liq va u turli xil funktsiyalarni bajaradi.  
Suv  yuqori  solishtirma  issiqlik  sig’imiga  ega  bo’lganligi  sababli  va  parlanish 
xususiyatiga ega bo’lganligi uchun o’simliklarni qizib ketishdan saqlaydi.  
Suv  ko’pgina  birikmalar  uchun  yaxshi  erituvchi,  suvli  muhitda  bunday 
birikmalar  elektrolitik  dissotsilanadi  va  o’simliklar  tarkibida  zaruriy  mineral  oziqa 
elementlari  bor  ionlarni  o’zlashtiradi.  Suvning  sirt  tarangligi  yuqori  bo’lganligi 
sababli u turli adsorbtsiya jarayonlarida va mineral hamda organik birikmalarning bir 
joydan ikkinchi joyga siljishida katta rol o’ynaydi.  
Suvning  ishtirokida  o’simliklardagi  sintezning  biokimyoviy  reaktsiyalari  va 
organik birikmalarning parchalanishi sodir bo’ladi.  
Suv  tuproqdan  olingan  mineral  tuzlarning  erituvchisi  bo’lish  bilan  birga 
o’simliklardagi  moddalarning  almashinishi  va  harakatlanishi  uchun  ham  muhim 
hisoblanadi.  
O’simliklardagi  suvning  miqdori  o’simliklarning  turi  va  yoshiga,  suv  bilan 
taminlanish  sharoitiga,  transpiratsiyasiga  va  mineral  oziqlanishiga  bog’liqdir.  Suv 
o’simliklardagi  energetik  o’zgarishlarda  avvalo  quyosh  energiyasini  fotosintezida 


kimyoviy  birikmalar  hosil  bo’lishida  akkumulyatsiyalanishida  alohida  ahamiyatga 
ega.  
Suv  nurning  fotosintez  uchun  zaruriy  ko’rinadigan  va  shunga  yaqin  bo’lgan 
ultrabinafsha  qismini  o’tkazib,  infraqizil  isiqlik  radiatsiyasini  maolum  qismini  tutib 
qoladi.  O’simliklarning  to’qimalari  hujayralarida  suvning  bo’lishligi  turgorga  sabab 
bo’ladi,  bu  turli  tuman  fiziologik  va  biokimyoviy  jarayonlarning  muhim  intensivlik 
va yo’nalganlik faktoridir.  
O’simliklar organizmida organik birikmalarning juda ko’p biokimyoviy sintez 
va  parchalanish  reaktsiyalari  suvning  bevosita  ishtirokida  boradi.  Boshqa  tashqi 
muhit  omillari    bilan  bir  qatorda  suv  suv  bilan  yaxshi  taminlanganlik  darajasi  ham 
qishloq  xo’jalik  ekinlari  hosilining  miqdori  va  sifatiga  hamda  o’g’itlarining 
samaradoroligiga sezilarli darajada taosir qiladi.  
 
O’SIMLIKLARDAGI QURUQ MODDA  
 
O’simliklar  quruq  moddasining  90-95  %  ni  organik  birikmalar,  oqsillar  va 
boshqa  azotli  moddalar,  uglevodlar  va  yog’lardan  tarkib  topadi.  Bularning  miqdori 
hosil sifatini belgilaydi, 5-10 % ni esa mineral tuzlar tashkil etadi.  
Har  bir  qishloq  xo’jalik  ekinlari  tarkibida  maolum  miqdorda    oqsillar,  qand 
tsellyuloza, vitaminlar olish uchun yetishtiriladi. 
Masalan, yem-xashaklar tarkibida tsellyuloza ko’p bo’lsa, uning yem-xashakli 
qimmati pasayadi, g’o’za zig’ir kanakunjut esa tola olish uchun yetishtiriladi. Qaysiki 
ularning tolasi asosan tsellyulozadan iborat  bo’ladi.  
Qand lavlagining sifati undagi saxarozaning oz-ko’pligi bilan belgilanadi.  
Dukkakli  ekinlar  ularning  tarkibida  qanchalik  oqsil  to’planishi  bilan 
baholanadi. 
Turli  qishloq  xo’jalik  mahsulotlari  tarkibidagi  quruq  modda  miqdori  har  xil 
bo’ladi. Masalan,  
1) pomidor va bodring mevasida - 4-6 % 
2) oqboshli karam va rediskada - 7-10 % 
3) sabzi, lavlagi, piyozda - 9-14 % 
4) kartoshka va qand lavlagida - 20-25 % 
5) g’alla ekinlarining donida - 85-88 % 
6) kungaboqar urug’ida - 90-93 % 
Urug’larning  pishishi  natijasida  ulardagi  suvning  miqdori  kamayib  boradi  va 
quruq moddalarning miqdori 85-90 % gacha ko’payadi.  
Ekinlardan  yuqori  hosil  yetishtirish  uchun  maolum  bir  maydondan  ko’proq 
quruq  modda  olishga  erishish  lozim.  O’simliklarning  to’qimalarida  suv  borligini 
hisobga  oladigan  bo’lsak,  u  yoki  bu  qishloq  xo’jalik  ekinlarining  hosilida  qancha 
quruq modda borligini bilish mumkin. 
(ts/ga) 
 
 
Hosildorlik   
Quruq modda  
Bug’doy doni 
 
 
30 
 
 
 
25 
Makkajo’xori doni  
60 
 
 
 
50 
Kartoshka    
 
 
250   
 
 
50 
Qand lavlagi 
 
 
300   
 
 
60 


Karam 
 
 
 
500   
 
 
40 
Sabzi  
 
 
400   
 
 
40 
Agarda  asosiy  qishloq xo’jalik  ekinlaridan nisbatan  yuqori hosil olinsa,  uning 
tovar  qismidan  har  gektar  hisobiga  25-60  ts  quruq  modda  olish  mumkin.  Bundan 
tashqari  quruq  modda  o’simliklarning  ildiz  qismida  ham  va  xo’jalikda 
foydalanadigan ikkilamchi qismida qolib ketishi mumkin. O’simliklar quruq moddani 
havodan karbonat angidrid gazi, tuproqdan ildizi orqali suv va mineral tuzlarni olish 
hisobiga to’playdi.  
Ko’pchilik  qishloq  xo’jalik  ekinlari  quruq  moddasining  tarkibi  o’rganilganda 
ularning  tarkibidagi  uglerod  45  %,  kislorod  42,  vodorod  7  %  ni  tashkil  etib,  bu 
elementlar quruq moddaning 94 % ni, qolgan moddalar esa 6 % ni tashkil etadilar (94 
% quruq moddani tashkil etgan qismi o’simlikning karbonat angidrid va suv hisobiga, 
qolgan 6 % qismi esa tuproqdan olinadi). 
 
O’SIMLIKLAR QURUQ MODDASINING ORGANIK BIRIKMALARI 
 
O’simliklar  quruq  moddasining  90-95  %  ni  organik  birikmalar  tashkil  etadi. 
Bular  jumlasiga  oqsillar  va  boshqa  azotli  birikmalar,  uglevodlar  va  yog’lar  kiradi. 
Bularning miqdori ekinlardan olinadigan hosilning sifatini belgilaydi.  
Oqsillar.  Ancha  cheklangan  miqdordagi  aminokislotalarning  yuzlab  va 
minglab qoldiqlaridan tuzilgan yuqori molekulyar organik mddalardir. 
oqsillar  organizmar  hayotining  asosiy  moddalar  almashinuvini  barcha 
jarayonlarida hal qiluvchi rolni o’ynaydi.  
Oqsillar  struktura  va  katalitik  funktsiyalarni  bajaradi.  SHuningdek 
o’simliklarning asosiy zapas moddalaridan biri hisobanadi.  
O’simliklarning vegetativ organlarida oqsillar miqdori odatda ular massasining 
5-20  %  ni,  boshoqli  don  ekinlari  urug’ida  6-20  %  ni,  dukkakli  va  moyli  ekinlar 
urug’ida esa 20-35 % ni tashkil etadi.  
Oqsillarning  elementar    tarkibi  ancha  o’zgarmas,  yani  stabil  bo’lib, 
quyidagichadir. 
Uglerod 
 
 
51-555 % 
kislorod 
 
 
21-24 % 
azot   
 
 
15-18 % 
vodorod 
 
 
6,5-7 % 
oltingugurt   
0,3-1,5 % 
Oqsillar  o’z  tuzilishiga  ko’ra  2  guruhga  bo’linadi.  1.  Aminokislotalar 
qoldiqlaridan  tuzilgan  oddiy  oqsillar  yoki  proteinlar.  2.  Tarkibida  oqsillar  emas, 
birikmalar  bilan  mustahkam  bog’langan  oddiy  oqsili  bor  murakkab  oqsillar  yoki 
proteidlar. 
Proteinlar  yoki  oddiq  oqsillar  eruvchanligiga  qarab  quyidagi  fraktsiyalarga 
bo’linadi.  
albuminlar - suvda eriydi 
globulinlar - neytral tuzlarni tuzsiz eritmalarida eriydi 
prolaminlar - spirtda eriydigan oqsillar  
gluteinlar - iqorda eriydigan oqsillar  


Barcha  oqsillarning  asosiy  struktura  birligi  bo’lgan  aminokisloatalar  tarkibida 
karboksil  guruhlardan  va  1  ta  yoki  2  aminoguruhdan  iborat  bo’lib,  yog’  qatori  yoki 
aromatik  qatorning  organik  kislotalari  hisoblanadi.  O’simlik  oqsillari  20  ta 
ominokislota va 2 ta omiddan tuzilgan.  
Qishloq xo’jalik ekinlaridagi oqsillar o’zining fraktsion va aminokislota tarkibi 
jihatidan  bir-biridan  farq  qiladi.  Masalan,  dukkakli  va  moyli  ekin  urug’idagi  asosiy 
oqsillar  massasini  globulinlar  tashkil  etadi,  prolaminlar  faqat  g’allagullilar  urug’ida 
uchraydi.  
Prolaminlar  va  gluteinlar  bug’doyning  yelimligi  tarkibiga  kirib,  donni 
texnologik va non bo’lish sifatlarani yaxshilaydi.  
O’simliklarning oqsillari tarkibida juda qimmatli aminokislotalar (valin, leytsin 
va  izoleytsin,  treonin,  metionin,  gistidin,  lizin,  triptofan  va  fenilalanin)  bo’lishining 
alohida  ahamiyati  bor.  CHunki  bu  aminokislotalar  odam  va  hayvonlar  organizmida 
sintez  qilinmaydi.  Bunday  aminokislotalarni  faqat  o’simlik  mahsulotlaridan  olish 
mumkin.  Oqsillar  tarkibida  urug’lardagi  azotning  va  ko’pgina  o’simliklar  vegetativ 
organlaridagi azotning ko’p qismi bo’ladi.  
Uglevodlar  o’simliklarda  qand  moddalari  kraxmal,  tsellyuloza  va  pektin 
moddalari holida bo’ladi.  
Qand  moddalari  xususan  shakarlar  barcha  qishloq  xo’jalik  ekinlarida  oz 
miqdorda  bo’ladi.  Ildizmevalilarda  va  sabzavot  ekinlarining  ayrim  organlarida 
uzumda, rezavor meva hamda mevalarda zapas modda sifatida to’planadi. 
Ko’pchilik  o’simliklarda  monosaxaridlar,  asosan  glyukoza  va  fruktoza, 
oligosaxaridlar  esa  disaxarid  va    oligosaxaroza  holida  bo’ladi.  O’simliklarda 
glyukoza va fruktoza erkin holatda yani fosfat kislotaning efirlari holida uchraydi.  
Monosaxaridalardan  glyukoza  o’simliklarning  nafas  olishida  asosiy  energetik 
material  hisoblanadi,  uning  fosfat  efirlari  esa  boshqa  saxarofosfatlar  bilan  birga 
fotosintezda  murakkab  uglevodlar  sintezida  va  boshqa  moddalar  almashinuvi 
jarayonlarida itirok etadi.  
Glyukozaning uzumdagi miqdori 8-15 % ni tashkil etadi, fruktozaning danakli 
mevalardagi miqdori 6-10 % ni tashkil etadi.  
Saxaroza  glyukoza  va  fruktozadan  tuzilgan  disaxariddir.  Sabzi,  piyoz, 
lavlagida uning miqdori 4-8 % ni tashkil etadi.  
Saxaroza qand lavlagida 14-22 %, shakar qamish poyasining shirasida esa 11-
25 % ni tashkil etadi.  
Kraxmal.  O’simliklarning  barcha  yashil  organlarida  ozroq  miqdorda  bo’ladi, 
lekin tuganaklarda, piyozboshda va urug’da asosiy zapas uglevod sifatida to’planadi. 
Kartoshkaning  ertangi  navlari  tuganaklarida  kraxmal  miqdori  10-14  %,  o’rta  va 
kechpishar  navlarining  tuganaklarida  16-22  %  ni  tashkil  etadi.  Bu  tuganaklarning 
quruq massasiga aylantirib hisoblaganda 70-80 % ni tashkil etadi.  
Kraxmal  amilaza  va  amilapektindan  yani  ko’p  miqordagi  glyukoza 
qoldiqlaridan iborat polisaxaridlardan tarkib topadi.  
Kraxmal - odam va hayvonlar organizmi oson o’zlashtiradigan uglevoddir. 
TSellyuloza. O’simlik hujayrasi devorlarining asosiy komponenti hisoblanadi. 
Paxta  tolasining  95-98  %  ni,  zig’ir,  kanop,  kunjut  tolalarining  80-90  %  ni  tashkil 
etadi.  


Suli,  guruch,  tariq  urug’larida  tsellyuloza  10-15  %,  don-dukkakli  ekinlar 
urug’ida 3-5  ni tashkil etadi.  
TSellyuloza  glyukoza  qoldiqlarining  tarmoqlanmagan  zanjiridan  tuzilgan 
polisaxarid bo’lib, molekulyar massasi bir necha 100 mingdan bir necha milliongacha 
bo’ladi. TSellyuloza to’liq gidrolizlanganda glyukoza hosil bo’ladi.  
Pektin  moddalar.  Mevalarda,  ildizmevalarda  va  o’simliklar  tolalarida 
bo’ladigan  yuqori  molekulr  polisaxariddir.  Pektin  moddalari  kislotalar  va  shakarlar 
ishtirokida jele hosil qilish xususiyatidan qandolatchilik sanoatida foydalaniladi. 
Yog’lar 
va 
yog’simon 
moddalar 
(lipidlar). 
O’simlik 
hujayrasi 
tsitoplazmasining  struktura  komponenti  hisoblanadi.  Moyli  ekinlarda  esa  zapas 
birikmalar rolini bajaradi.  
Eng  muhim  moyli  ekinlar  va  soya  urug’laridagi  moyning  o’rtacha  miqdori  % 
hisobida  
Kana kunjut urug’ida - 60 
kunjut - 50-45 
ko’knori - 45-50 
zaytun - 45-50 
kungaboqar - 24-50 
zig’ir - 30 
kanop - 30 
korchitsa - 30-35 
chigit - 25 
soya - 20 %. 
Kimyoviy  tuzilishiga  ko’ra  yog’lar  3  atomli  spirt  glitsirinning  murakkab  efiri 
bilan yuqori molekulyar yog’ kislotalar aralashmasidir.  
O’simlik  moylarida  to’yinmagan    kislotalardan  olein,  linol  va  linonel 
kislotalar, to’yinganlaridan  esa palmitin va steorin kislotalar bo’ladi.  
 
 
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI  
 
1. 
 
Turli  xil  qishloq  xo’jalik  ekinlari  mahsultlarida  suv  va  quruq  moddaning 
miqdori qanday bo’ladi? 
2. 
 
O’simliklar organizmida suv qanday asosiy funktsiyalarni bajaradi.  
3. 
 
O’simliklar quruq moddani qanday paydo qiladi va uning elementar tarkibi 
qanday bo’ladi? 
4. 
 
Oqsillar va ularning ahamiyati, turlari. 
5. 
 
Asosiy  uglevodlarni  sanab  o’ting  va  ularni  o’simliklardagi  miqdorini 
ko’rsating. 
6. 
 
Qanday elementlar organogen elementlar deyiladi? 
7. 
 
Qaysi elementlar makro, mikro elementlar deyiladi? 
 
Adabiyotlar  
 


1. 
 
Agroximiya.  Pod.  red  .  V.M.Klechkovskogo  i  prof.  A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str. 
2. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4-MA’RUZA: O’SIMLIKLARNING OZIQLANISHI VA UNING TURLARI. 
OZIQLANISH NAZARIYASINING ASOSIY BOSQICHLARI. 
REJA: 
1. 
 
O’simliklarning oziqlanishi uning hayotidagi muhim omildir.  
2. 
 
Oziqlanish nazariyasining asosiy bosqichlari. 
3. 
 
Oziqlanish turlari. 
a) o’simliklarning havodan oziqlanishi  
b) o’simliklarning ildiz orqali oziqlanishi  
v) o’simliklarning ildizdan tashqari oziqlanishi  
4. 
 
O’simliklarga zarur va nozarur bo’lgan kimyoviy elementlar.  
5. 
 
O’simliklar kimyoviy elementlarning to’plovchisidir. 
6. 
 
Tayanch iboralar  
7. 
 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
8. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar  
O’SIMLIKLARNING OZIQLANISHI UNING HAYOTIDAGI MUHIM 
OMILDIR 
Qishloq xo’jalik ekinlari bir vaqtning o’zida ikki muhitdan oziqlanadi,  
1) tuproqdan  
2) atmosferaning pastki qatlamidan. 
O’simliklar    barglari  orqali  havodan  karbonat  angidridni  yutadi,  ildizi  orqali 
esa  suv,  mineral  moddalar  va  organik  moddalarni  ham  tuproqdan  oladi. 
O’simliklarning  havodan  va  ildizdan  oziqlanishi  o’tgan  asrning  o’rtalariga  kelib 
yoritildi. Yani fiziologlar o’simlik bargining yashil rangini va quyosh yorug’ligining 
rolini  bir-biri  bilan  bog’laganlaridan  so’ng  va  o’simliklar  tomonidan  karbonat 
angidridning  o’zlashtirilishi  maolum  bo’lganda,  shuningdek  agroimyogarlar  esa 
o’simliklarni  tarkibi  oldindan  maolum  bo’lgan  oziqali  tuzlar  eritmalarida  ham 
o’stirish mumkin ekanligini aniqlaganlaridan so’ng maolum bo’ldi.  
O’simliklarning  havodan  oziqlanishi  to’g’risida  K.A.Timiryazev  juda  katta 
olamshumul ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirdi va o’zining mumtoz asarlarida yoritib 
berdi.  Uning  shogirdi  D.N.Pryanishnikov  esa  o’simliklarning  ildizdan  oziqlanishi 
haqidagi mukammal ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirdi.  


D.N.Pryanishnikov  dehqonchilikda  azot  almashinuvi  va  o’simliklarni  azotli 
o’g’itlar  bilan  oziqlantirish  mumkin  ekanligini  ko’rsatib  berdi.  D.N.Pryanishnikov 
1892  yilda  G’arbdagi  Vlibexning  kimyo  maktabiga  teng  keladigan  va  unga  qarshi 
tura  olish  qobiliyatiga  ega  bo’lgan  ilmiy  agrokimyo  maktabini  yaratdi  va 
agrokimyoda fiziologiya yo’nalishini yaratdi.  
O’SIMLIKLARNING MINERAL OZIQLANISHI TO’G’RISIDAGI 
NAZARIYALAR VA ULARNING TARAFDORLARI 
O’simliklarning  mineral  oziqlanishi  to’g’risida  bir  necha  nazariyalar  mavjud 
bo’lib,  bu  nazariyalar  1858  yilda  o’z  tasdig’ini  oldi.  Yani  shu  yilda  suniy  oziqaviy 
muhitda birinchi marta o’simliklarni to’liq rivojlantirib, pishgunga qadar olib borildi.  
Keyinchalik o’simliklarni qumli muxitda o’stirish uchun to’laqonli suniy ozuqa 
aralashmasi  taklif  etildi.  1837  yilda  Dyutroj  tomonidan  tirik  hujayralar  tomonidan 
moddalarning  yutilishi  to’g’risida  maolum  bir  fikrlar  aytilgan  edi,  yani  hujayraga 
kirayotgan  suv  va  unda  erigan  moddalar  tsitoplazmatik  membrananing  teshiklari 
orqali  diffuziya  yo’li  bilan  kiradi  degan  edi.  Saksning  fikriga  ko’ra,  hujayrada  ro’y 
beradigan  kimyoviy  jarayonlar  hujayra  ishlab  chiqarishidagi  moddalar  va  uni  o’rab 
turgan eritma o’rtasidagi kontsentratsiya muvozanatini buzadi.  
Diffuzion  osmotik  nazariyasining  tarafdorlari  professor  Defriz,  Mayer  va 
boshqa olimlar kiradilar.  
Bu  nazariyaga  ko’ra  ildiz  sistemasi  orqali  suv  bilan  birga  oziqa  moddalari 
so’riladi, Suv esa doimo parlanib turadi. SHunday qilib, oziqa moddalarni o’simlikka 
qabul qilinishi uning transpiratsiyasiga bevosita bog’liqdir.  
Lekin  bu  fikrlar  o’simliklarga  oziqa  moddalarni  qabul  qilinishi  to’g’risidagi 
qonuniyat  doirasiga  to’g’ri  klmaydi.  O’simlikka  qabul  qilinayotgan  su  va  ozuqa 
moddalari  o’rtasida  malum  aloqadorlik  yo’qligi  to’g’risida  Timiryazev  ham  aytib 
o’tgan  edi.  Yani  o’simliklarning  oziqlanishi  uchun  parlanishga  sarflangan  miqdorda 
ko’p suv kerak emas.  
Bu fikrlar D.A.Sabilinning ishlarida ham o’z ifodasini topgan. 
19-asrning oxirida oVerton tomonidan lipoid nazariyasi ilgari suriladi.  
Bu  nazariyaga  ko’ra  moddalarning  hujayraga  kirishi,  ularni  tsitoplazmatik 
membranasining  lipid  suyuqligida  erishi  natijasida  sodir  bo’ladi.  Ular  bu  hodisani 
anilin  bo’yog’ini  o’simlik  hujayrasiga  kirishi  va  uni  lipid  suyuqligida  erishini 
kuzatganlar.  
Traube va Rulandlar esa ultrafiltratsion nazariya tarafdorlari edilar.  
Ularning  fikrlariga  ko’ra  hujayraga  ozuqa  moddalar  tsitoplazma  qoldig’ining 
teshiklari orqali kiradi. Oziqa moddalarning kirishi tsitoplazma qobig’ining teshiklari 
va  oziqa  moddalar  molekualarini  o’lchamlariga  bog’liq.  Lekin  shunday  faktlar  ham 
maolumki,  o’simliklar  molekulalarining  o’lchami  anchagina  katta  bo’lgan 
aminokislotalarni ham yutadi.  
XX  asrning  boshlarida  Devo  o’simliklar  hujayrasining  kuchli  suyultirilgan 
eritmasidan  kationlarni  tezlik  bilan  bog’lash  mumkinligini  aniqladi.  Bu  holat  esa 
adsorbtsiya nazariyasining kelib chiqishiga sabab bo’ldi.  
Bu  nazariyaga  asosan  bog’langan  kation  o’z  miqdoriga  teng  bo’lgan  boshqa 
kationni o’simlik to’qimasidan siqib chiqaradi.  


SHunday  qilib  o’simliklar  hujayrasiga  bir  ionning  yutilishi  boshqa  huddi 
shunday  miqdordagi  ionni  siqib  chiqaradi.  CHunonchi  bu  jarayo  o’simlik  hujayrasi 
eritmasining kontsentratsiyasiga va vaqtga bog’liqdir.  
D.A.Sabinin  va  boshqa  olimlarning  ko’pgina  tekshirishlari  natijasida  o’simlik 
xujayrasiga  moddalarning  yutilishi  bilan  hujayra  hayot  faoliyati  darajasi  o’rtasida 
bog’liqlik borligi ko’zga tashlanadi. O’simlik ildiz sistemasining hujayraga moddalar 
yutilishida  aktiv  rol  o’ynashi  ko’rsatib  o’tilgan.  O’simlik  shirasidagi  moddaning 
miqdori  o’simlikning  oziqa  elementlari  bilan  qanday  taminlanganligiga,  tur 
xususiyatlariga  yoki  o’simlikning  yoshiga  bog’liqdir.  Hujayra  va  to’qimalar 
fiziologik  aktivligining  har  xil  bo’lishi  ularning  kimyoviy  tarkibi  va  elektr 
xususiyatlarini  har  xil  bo’lishini  belgilaydi.  O’simliklarning  to’qimasidagi  modda 
almashinuvi darajasi ular moddalarining yutilish darajasiga belgilaydi. 
Styuard,  Lundegrd,  Byurstrem  va  boshqa  olimlar  tomonidan  o’simliklar 
to’qmasining nafas olish bilan mineral tuzlar ionlarining yutilishi o’rtasida bog’liqlik 
borligi aniqlandi.  
Xogland  va  Ryuerlarning  ishlarida  oziqa  eritmasi  tarkibiga  havo  va  glyukoza 
ko’p  qo’shilganda  harorat  ko’tarilganda  va  boshqa  nafas  olish  jarayonlarini 
tezlashtiruvchi omillarni yuzaga keltirganda o’simlik hujayrasi va to’qimalariga oziqa 
moddalarning yutilishi ko’payganligini isbotlaganlar.  
D.A.Sabinin tomonidan o’simliklarni oziqlanishi bilan malum bir organlarning 
paydo bo’lishi va rivojlanishi o’rtasida aloqadorlik borligi isbotlangan. 
OZIQLANISH TURLARI 
A) O’simliklarning havodan oziqlanishi. 
Maolumki  o’simliklarning  quruq  moddasida  o’rtacha  45  %  uglerod  va  42  % 
kislorod  mavjud.  O’simliklarning  uglerod  va  kisloroddan    organik  moddalar  sintez 
qilishini  manbai  esa  o’simliklarning  havodan  oziqlanishidir.  Karbonat  angidrid  gazi 
o’simliklarga barg og’izchalari orqali kiradi.  
Barg og’izchalaridan bir vaqtning o’zida suv ham parlanib turadi.  
O’simlik barglari sathining umumiy yig’indisi o’zi o’sib turgan tuproq sathidan 
20-70    marta  kattadir.  Bu  esa  yashil  barlarni  karbonat  angidrid  gazi  va  quyosh  nuri 
energiyasidan  ko’proq  va  to’laroq  taminlanishi  uchun  yaxshi  sharoit  yaratadi. 
Barglarning yashil rangi xlorofill borligidan dalolat beradi. 
Xlorofillsiz o’simliklar quyosh nuri energiyasidan foydalana olmas edilar. 
O’simliklarning  har  bir  kilogramm  yangi  bargidagi  xlorofillning  miqdori  1-3 
grammni  tashkil  etadi  yoki  25  sm  kv.  barg  plastinkasida  esa  1  m  grammni  tashkil 
etadi.  
Yozning  yorug’  bir  kunida  o’simlik  bargi  25  %  gacha  yangidan  organik 
moddani to’laydi, shunday esa 5-10%ni nafas olish uchun sarflaydi. O’simliklar nafas 
olish  jarayonida  hosil  bo’layotgan  uglevodlarning  15-20  %  dan  30-50    gachasini 
oksidlaydi.  
O’simliklarda kechadigan fotosintez jarayoni natijasida ulevodlar bilan organik 
kislotalar aminokislotalar va oqsillar paydo bo’ladi.  
Fotosintez  jarayonida  ishtirok  etayoggan  mineral  elementlardan  azot  va 
oltingugurtdan tashqari fosfor ham istemol qilinadi va natijada fosolitserin kislota va 
saxarofosfatlar hosil bo’ladi. Bundan tashqari xlorofill tarkibida 2,7 % gacha magniy 


ham  bo’ladi.  O’simliklardagi  kaliy  ham  muxim  vazifani  bajaradi,  yani  uglevodlarni 
barg plastinkalaridan o’simlikning boshqa organlariga xarakatlantiradi.  
Agar  o’simliklarda  temir  yetishmasa  xlorofilning  hosil  bo’lishiga  salbi  taosir 
ko’rsatadi. 
Fotosintez jarayonida quyosh nuri energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi va 
fotokimyoviy  reaktsiyalar  energiyasi  hisobiga  yangi  organik  birikmalar  sintez 
qilinadi.  
Fotokimyoviy reaktsiyalar natijasida ATF hosil bo’ladi.  
Uzoq vaqtlar fotosintez jarayoni uchun sarflangan quyosh energiyasi karbonat 
angidrid  gazini  parchalaydi.  Atmosferaga  kislorodning  ajralib  chiqishiga  va 
uglerodning  suv  bilan  birikishiga  sarflanadi  deb  aytiladi.  Fotosintez  jarayonining 
dastlabki  mahsuloti  formaldegid  deb  hisoblanar  edi.  Ammo  formaldegid 
o’simliklarda hech qachon uchratilmagan.  
Bunday  holatni  formal’degidni  tezlik  bilan  glyukozaga  aylanadi,  deb 
tushuntirilar  ediyu  ammo  radiaktiv  uglerod  bilan  tajribalar  o’tkazilganda,  fotosintez 
boshlangandan  so’ng  30  sek  o’tganda  ham  bargda  formal’degid  uchramagan, 
karbonat angidrid gazining parchalanishi ham ro’y bermasligi aniqlangan. 
A.P.Vinogradov  1941  yilda  bu  masalani  oydinlashtirdi.  U  izotop  usuli 
yordamida  fotosintez  jarayonida  o’simliklar  tomonidan  ajralib  chiqarilayotgan 
kislorod  suvning  parchalanishi  natijasida  hosil  bo’ladi.  Karbonat  angidridning 
parchalanishi natijasida emasligini isbotladi.  
Keyinchalik  fotosintez  jarayonini  2  stadiyada  sodir  etilishi  aniqlandi. 
SHulardan  birinchisi  fotosintezning  yorug’likda  sodir  bo’ladi,  suv  parchalanadi  va 
kislorod  ajralib  chiqadi  va  vodorod  ishtirokida  qaytadan  hosil  bo’lgan  birikmalar 
vujudga  keladi.  Ikkinchi  stadiyasi  qorong’uda  sodir  bo’ladi  va  bunda  karbonat 
angidrid assimilyatsiya qilinib har xil organik birikmalar hosil bo’ladi.  
O’simliklarning quyosh nuri energiyasidan foydalanish koeffitsientini oshirish 
uchun  yuqori  hosilli  ekinlarni  ekish  va  qayta  ekishni  joriy  etish  lozim.  Hashaki 
ildizmevali  ekinlarning  quyosh  nuridan  foydalanish  koeffitsienti  1,98  %, 
kartoshkaniki 2,38 %, g’alla ekilarida 2,42 - 2,74 %, lyupinda 4,79 % ni tashkil etadi. 
Har yili butun yer yuzasida o’simliklar 400 mlrd tonna organik moddani sintez qiladi. 
Agar  atmosferani  karbonat  angidrid  gazi  bilan  to’ldirib  turilmasa,  taminan  4-5  yil 
mobaynida to’lig’icha u yashil o’simliklar bilan birikadi.  
Atmosferani  karbonat  angidrid  gazi  bilan  to’ldirilib  turilishida  dengiz  va 
okeanlar muhim haroratining ko’tarilishi natijasida karbonat angidrid gazining suvda 
eruvanligi  pasayadi  va  bir  qismi  havoga  uchib  ketadi.  Harorat  pasayganda  esa 
karbonat angidrid gazi suv xavzalariga aralashadi. Lekin o’simliklar uchun karbonat 
angidrid  gazi  o’suv  darida  kerak  bo’ladi.  SHuning  uchun  havoni  karbonat  angidrid 
gazi bilan boyitish lozim. 
Atmosferada  karbonat  angidrid  gazi  umumiy  hajmiga  nisbatan  0,03  %  ni 
tashkil etadi. Bu 1 l suvda 0,5565 m grammga to’g’ri keladi.  
Er yuzasiga yaqin bo’lgan 1 m qalinlikdagi havo  qatlamida 1 gektar maydon 
ustidagi karbonat angidrid miqdori 5-6 kilogrammni tashkil etadi.  
Bu o’simliklarni talabiga nisbatan juda ozdir.  


O’simliklarning  o’sishi  va  rivojlanishi  uchun  juda  ko’p  miqdorda  karbonat 
angidrid gazi zarur bo’ladi.  
Masalan,  qand  lavlagidan  har  gektar  maydondan  400  ts  hosil  olish  uchun  1 
kunda tez rivojlanayotgan paytda 1 ga uchun 300 kilogramm karbonat angidrid gazi 
kerak bo’ladi. 
Karbonat  angidrid  gizining  miqdonini  ko’paytirish  uchun  ko’p  miqdordagi 
organik o’g’itlardan foydalanish lozim. Organik o’g’itlarning parchalanishi natijasida 
juda  ko’p  miqdorda  karbonat  angidrid  gazi  ajralib  chiqadi.  Har  ga  20-30  t  o’g’it 
solinganda  uning  parchalanishi  natijasida  atmosferaga  5-7  t  karbonat  angidrid  gazi 
chiqadi.  Agar  atmosferadagi    karbonat  angidrid  gazining  miqdori  0,01  %  dan 
kamaysa, o’simliklarda fotosintez jarayoni to’xtaydi.  
O’SIMLIKLARNING ILDIZ ORQALI OZIQLANISHI  
Tuproqdan azot va boshqa kul elementlari o’simliklari ildiz sistemasining faol 
yuzasi orqali ionlar holida yutiladi. Masalan, azot natriy anioni va oltingugurt fosfat 
sulfat kislotalarining anionlari holida kaliy, kaltsiy, magniy, natriy, temirlar, kationlar 
holida  mikroelementlar    esa  tegishli  kation  va  anionlar  holida  yutilishi  mumkin. 
O’simliklar  ionlarni  faqat  tuproq  eritmasidangina  emas,  balki  kolloidlarga  yutilgan 
ionlarni ham o’zlashtiradi.  
Bundan tashqari o’simliklar tuproqning qattiq fazasiga aktiv taosir etib, zaruriy 
oziq-moddalarni 
o’zlashtiradigan 
shaklga 
aylantiradi. 
Ildiz 
sistemasining 
baquvvatligi,  uning  tuzilishi  va  tuproqda  tarqalish  xarakteri  o’simliklarning  har  xil 
turlarida keskin farq qiladi. 
Ildiz  morfologiyasi  ildiz  sistemasining  shakllanishi  dinamikasi  uning 
rivojlanish darajasi va tuproqda qanchalik chuqur kirib borishi avvalo o’simliklarning 
biologik xususiyatlari bilan belgilanadi.  
Lekin  ildiz  sistemasining  morfologiyasidan  va  rivojlanish  xususiyatlaridan 
qatiy  nazar  barcha  o’simliklarda  ildizlarning  massasi  chuqur  kirib  borgan  sari 
kamayadi. Ularning umuiy yuzasi esa ortadi. 
Ildiz  sistemasining  aktiv  qismi  o’sayotgan  yosh  ildizchalardan  iborat  bo’ladi. 
Tuproqdan mineral oziq elementlari ana shular orqali yutiladi.  
Har  bir  ildizcha  o’sa  borishi  bilan  uning  yuqorigi  qismi  yo’g’onlashib,  tashqi 
tomonidan  po’kaklangan  to’qima  bilan  qoplanadi  va  oziq-moddalarni  yutish 
xususiyatini  yo’qotadi.  Ildiz  sistemasining  o’sish  tezligi  va  rivojlanish  xarakteriga 
tuproqning fizik xossalari, unda namlikning va oziq-moddalarning taqsimlanishi katta 
taosir  ko’rsatadi.  O’simliklarning  kuchli  tarmoqlangan  ildiz  sistemasi  tuproqda 
nihoyatda katta yutish sathini hosil qiladi. uning kattaligi o’simliklarning vegetatsiya 
davrida o’zgarib turadi va ko’pincha gullash davrida maksimumga yetadi.  
O’simliklarni oziq-moddalarni yutish jarayonini tushunib olish uchun ildizning 
birlamchi tuzilishini ko’rib chiqish lozim. 
O’simlik  ildizi  ildiz  qini  bilan  himoyalangan  uchidan  boshlab  o’sadi. 
Ildizchalarning  uchiga  bevosita  yaqin  joyda  bo’linuvchi  meristematik  hujayralar 
zonasi joylashadi.  
Uning yuqorisida cho’zilish zonasi bo’ladi. Bu yerda hujayralar sistemasining 
kattalashishi  va  ularda  markaziy  vakuola  hosil  bo’lishi  bilan  birga  o’tkazuvchi 
to’qimalarning differentsiatsiyasi boshlanadi.  


CHo’zilish  zonasida  o’simliklar  naychali  o’tkazuvchi  sistemasini  shakllangan 
pastlab  boruvchi  qismi  floema  bo’ladi,  organik  moddalar  yer  ustki  organlaridan 
ildizga  aan  shu  floema  orqali  o’tadi,  so’ngra  o’sayotgan  ildiz  uchidan  1-3  mm 
masofada  ildiz  tolalari  hosil  bo’lish  zonasi  joylashadi.  Bu  zonada  o’tkazuvchi 
sistemalarning  yuqorilab  boruvchi  qismining  ksilemaning  shakllanishi  tugaydi.  Ana 
shu  qism  orqali  suv  shuningdek  yutilgan  ionlarning  va  ildiz  sintezlangan  organik 
birikmalarning bir qismi ildizdan o’simlikning yer ustki qismiga o’tadi.  
Ildiz  tolalari  hosil  bo’lishi  tufayli  ildiz  sistemasining  tuproq  bilan  kontaktda 
bo’lgan  oziq-moddalarni  yuta  oladigan  faol  yuzasi  keskin  o’nlab  marta  kattalashib 
ketadi. Ildiz uchidan boshlab ildiz tolalari hosil bo’lish zonasi tugaydigan joyga qadar 
hujayraning tashqi tsellyuloza qobig’ida kutikulalar bo’lmaydi va oson singdiruvchan 
bo’ladi.  Ildiz  kutikulasiz  huddi  anashu  qismi  tuproqdan  oziq  moddalarni  yutishda 
ishtirok etadi.  
Ionlarning  eng  intensiv  yutilishi  ildiz  tolalarining  hosil  bo’lish  zonasida  sodir 
bo’ladi.  Va  ildizga  o’tgan  ionlar  bu  yerdan  o’simlikning  yer  ustki  organlari  tomon 
xarakatlanadi.  SHuni  takidlash  kerakki,  ildiz  faqat  yutish  organi  bo’libgina  qolmay, 
balki  ayrim  organik  birikmalarni,  shu  jumladan  oqsillar  va  aminokislotalarni  sintez 
qilish organi hamdir. 
Ildiz  o’sa  borishi  bilan  tuproqdagi  aktiv  yutilish  zonasining  uzluksiz  ravishda 
siljishi  sodir  bo’ladi.  Bunda  xemotropizm  hodisasi  ro’y  beradi.  Uning  mohiyati 
shundan  iboratki,  o’simlikning  ildiz  sistemasi  o’zlashtiriladigan  oziq-moddalar 
joylashgan  yo’nalishda  tez  o’sadi.  Bu  musbat  xemotropizmdir.  O’simliklar  ildiz 
sistemasining o’sishi ular uchun noqulay bo’lgan ko’p tuz to’plangan zonada to’xtab 
qoladi. Bu manfiy xemotropizmdir. 
O’sayotgan  yosh  ildizchalar  tuproq  eritmasidan  ionlarni  o’z  atrofidagi  radiusi 
20  mm  ga  yaqin  tuproq  hajmidan  almashinib  yutiladigan  ionlarni  esa  2  -8  radiusli 
tuproq hajmidan tortib  oladi.  O’simliklarning ildizlari orqali oziq-moddalar  yutilishi 
passiv va aktiv yo’l bilan sodir bo’ladi. Bunda aktiv yutilish yetakchi rol o’ynaydi. 
Passiv  yutilish.  Suvning  bug’lanishi  natijasida  barg  hujayralarida  so’ruvchi 
kuch  vujudga  keladi.  Bu  kuch  ildizlarning  tuproqdan  suvning  yutilishiga  sabab 
bo’ladi.  So’ruvchi  kuch  osmotik  bosim  bilan  turgor  bosim  orasidagi  farqdan  paydo 
bo’ladi.  
O’simlik suvni qanchalik ko’p yo’qotsa, barglardagi hamda ildiz sistemasidagi 
osmotik  bosim  shuncha  yuqori,  o’simlikning  so’rish  kuchi  shuncha  katta  bo’ladi. 
Gidrostatik sistema ksilemaning erkin bo’shlig’i bilan tutashgan hujayralarning erkin 
bo’shlig’idan  iborat.  Erkin  bo’shliq  deganda  hujayralarning  mineral  elementlar 
diffuziya yo’li bilan ionlar holida kira oladigan bo’shlig’i tushuniladi.   
Suv  va  mineral  birikmalarning  yuqorilab  boruvchi  oqim  bilan  yutilishi  va 
xarakatida  transpiratsiya  bilan  bir  qatorda  ildiz  bosimi  kattaligi  ham  muhim 
ahamiyatga ega.  
Ildiz  po’stlog’ining  parenxima  hujayralari  suv  bilan  unda  erigan  moddalarni 
o’tkazuvchi  naychali  sistemaga  aktiv  haydaydi  va  anchagina  gidravlik  bosim  hosil 
qiladi. 
Oziq elementlarining passiv yutilishi kontsentratsiya gradienti bo’yicha, yaoni 
katta  kontsentratsiyadan  kichik  kontsentratsiyaga  qarab  sodir  bo’lishi  mumkin  va 


metabolitik  energiya  bo’lishi  mumkin  va  metabolitik  energiya  sarf  qilinishini  talab 
qilmaydi. 
Bu  jarayon  diffuziya  hamda  osmos  jarayonlari  bilan  bog’liq  va  erkin  sirt 
energiyasi,  shuningdek  transpiratsiya  sarflanadigan  quyosh  energiyasihisobiga  sodir 
bo’ladi. 
Aktiv yoki metabolik yutilish. 
O’simliklarga  ayrim  oziq  elementlari  tuproq  eritmasidagi  miqdoriga  nisbatda 
o’tadi.  Elementlarning  tevarak  atrof-muhitdagi  kontsentratsiyasi  hatto  bir  xil 
bo’lganda  ham  bazi  elementlarni  ildizlar  ko’p  miqdorda  boshqalarini  esa  kamroq 
miqdorda  yutadi. O’simliklarning oziqlanishi tanlab yutish harakteriga egadir.  
O’simliklarning  oziq  moddalarni  yutishi  ildizlarning  tuproq  eritmasini  undagi 
tuzlar  bilan      birgalikda  passiv  ravishda  so’rishdangina  iborat  bo’lmay,  balki  aktiv 
fiziologik  jarayondir.  Bu  jarayon  o’simliklarning  ildizlari  va  yer  ustki  organlarining 
hayot faoliyati bilan fotosintez, nafas olish hamda moddalar almashinuvi jarayonlari 
uzviy ravishda bog’liq va energiya talab qiladi. 
O’simliklarning  tuproq  eritmasidan  oziq  moddalarning  yutilishini  dastlabki 
bosqichi  ildizning  yutuvchi  yuzasida  ionlarning  adsorbtsiyalanishi  doimo  tiklanib 
turadi.  CHunki  adrobtsiyalangan  ionlar  ildiz  hujayrasi  ishlab  chiqarishiga  to’xtovsiz 
ravishda  kirib  turadi.  Hujayralarga  kirgan  ionlar  o’zgarmas  holatda  yoki  ildizda 
sintezlangan organik birikmalar shaklida yer ustki organlariga poya va barglarga ular 
eng intensiv assimilyatsiyalanadigan joylarga siljiydi.  
Oziq  moddalarni  ildizlarga  yutilishi  va  keyingi  harakati  o’simliklar 
organizmida  moddalar  va  energiya  almashinuvi  jarayonlari  bilan  yer  ustki 
organlarining ham ildizlarning ham hayot faoliyat va o’sishi bilan bog’liq. nafas olish 
jarayoni  mineral  oziq  elementlarining  aktiv  yutilishi  uchun  zaruriy  energiya  manbai 
hisoblanadi.  Ildizlarning  o’sishi  yomonlashganda  va  nafas  olish  jarayoni 
sekinlashganda oziq moddadarning yutilishi keskin kamayadi.  
Ildizlarning  normal  o’sishi  va  rivojlanishi  uchun  nafas  olish  jarayoni  uchun 
ularga  yer  ustki  organlaridan  energetik  material  fotosintez  jarayoni  mahsulotlari 
doimo kelib turishi zarur.  
Fotosintez  jarayoni  susayganda  ildizda  assimilyatsiyalarning  hosil  bo’lishi  va 
harakatlanishi kamayadi, natijada ularning hayot faoliyati yomonlashadi va tuproqdan 
oziq moddalarning yutilishi kamayadi.  
O’SIMLIKLARNING ILDIZDAN TASHQARI OZIQLANISHI  
O’simliklaring oziqlanishida bir qism kul elementlari va azot ularning barglari 
orqali  yutiladi,  masalan,  amiak  va  oltingugurt  oksidi  havodan,  tuzlar  esa  yomg’ir 
suvlaridan, shuningdek mikroelementlar ham.  
Lekin  odatda  bilan  yo’l  bilan  o’simliklarning  ozuqa  moddalarga  bo’lgan 
talabini qondirib bo’lmaydi.  
Ammiak  oltingugurt  oksidlari  va  boshqa  oziq  elementlari  hamda 
mikroelementlar havoda juda kam bo’ladi.  
Ildizdan 
tashqari 
o’simliklarning 
oziqlanishida 
tuzlarning 
kuchsiz 
eritmalaridan purkash yo’li bilan foydalanishga umid bog’langan. Lekin o’simliklarni 
bunday  usul  bilan  oziqlantirilganda  yani  ularga  kuchsiz  eritmalar  purkaganda 


fotosintez jarayoni va boshva organik birimalarning hosil bo’lish jarayonlariga salbiy 
taosir qilar ekan. 
Maolum  bo’lishicha.,  ko’pchilik  mineral  moddalar  hatto  ular  kuchsiz  eritma 
xolida bo’lsa ham o’simliklarning bargini kuydirar ekan. 
SHuning  uchun  azotli  o’g’itlar  orasida  ildizdan  tashqari  oziqlantirishda  faqat 
mochevinaning  eritmasidan  foydalanish  mumkin  ekan.  Bundan  tashqari  faqat 
ildizdan  tashqari  oziqlantirishdan o’simliklarning  normal  o’sib  rivojlanishiga  erishib 
bo’lmaydi.  Bu  usul  ildiz  orqali  oziqlantirish  usuliga  yordam  to’ldiruvchi  omil 
hisoblanadi. 
O’SIMLIKLARGA ZARUR BO’LADIGAN KIMYOVIY ELEMENTLAR 
Hozirgi  vaqtda  ilmiy  bilimlaring  rivojlanishi  shuni  ko’rsatadiki,  20  element 
o’simliklarning  oziqlanishi  uchun  eng  zarur  elementlar,  12  ta  element  shartli  zarur 
elementlar hisoblanadi. 
1. 
 
H, (Li), Na, K, Cu, (Ag) 
2. 
 
Mg, Ca, Zn, (Sc, Cd) 
3. 
 
B, (Al) 
4. 
 
C, (Si, Ti, ‘b) 
5. 
 
N, ‘, V 
6. 
 
O, S, Mo (Cr, Se) 
7. 
 
Cl, J,Mn (F) 
8. 
 
Fe, Co, (Ni) 
 
O’simliklarning  oziqlanishi uchun  eng  zarur  bo’lgan  elementlarsiz  o’simliklar 
o’zlarining rivojlanish tsikllarini to’la tugata olmaydilar va ularni boshqa elementlar 
bilan  almashtirib  bo’lmaydi.  O’simliklarning  oziqlanishi  uchun  zarur  bo’ladigan 
elementlarni mikro, makro va ultromikroelementlarga bo’linishi ham mumkin.  
O’simliklarning  turli  organlaridagi  mikro  elementlarning  miqjori  maolum  bir 
qonuniyatga  mos  holda  tarqalgan.  Maslan,  marganets  v  molibden  o’simliklarning 
bargida,  ru,  bor,  kobal  va  mis  gevetativ  va  generativ  organlarda,  donli  ekinlarning 
donida  va  ko’pchilik  dukkakli  ekinlarning  vegetativ  organlarida  bor  ko’p  miqdorda 
bo’ladi.  
Turli  biologik  guruhlarga  xos  bo’lgan  o’simliklar  mikro  elementlarning 
maolum bir kontsentratsiyalariga bo’lgan talabiga qarab farq qiladilar. 
Masalan,  makkajo’xori  va  tamaki  ruxga,  g’allali  ekinlar  esa  marganets  va 
molibdenga talabchan bo’ladilar. 
O’SIMLIKLAR - KIMYOVIY ELEMENTLARNING TO’PLOVCHISIDIR 
Maolumki,  ko’pchilik  qishloq  xo’jalik  ekinlari  o’zlarida  mineral  oziqlanish 
elementlarni to’plash xususiyatiga egadir. 
Bunday xususiyatni qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish va mahsulot olishda 
hisobga olish lozim, chunki ularning ozuqaviy qimmatini baholashda kerak bo’ladi. 
O’simliklarda  to’plangan  elementlar  bir  qator  fiziologik  va  biokimyoviy 
jarayonlarda ishtirok etadi.  
Masalan,  molibden  dukkakli  ekinlarda  to’planadi  va  biz  bilamizki,  bu 
elementlar atmosfera molekulyar azotini bog’lashda muhim rol o’ynaydi. Oltingugurt 
dukkakli ekinlarda to’planadi va u oqsil almashinuvida ishtirok etadi. 


SHunday  qilib,  mineral  oziqlanish  elementlarni  to’plovchi  o’simliklardagi 
modda almashinuvi va ushbu o’simliklarning mineral elementlarni to’plash qobiliyati 
orasida maolum bir aloqadorlik mavjudligi kuzatiladi. 
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI  
1. 
 
O’simliklar necha muhitdan oziqlanadi? 
2. 
 
Qanday oziqlanish nazariyalari mavjud va ularning tarafdorlari kimlar? 
3. 
 
O’simliklarning  havodan  oziqlanishida  qaysi  jarayon  asosiy  o’rinni 
egallaydi? 
4. 
 
Fotosintez jarayoni necha stadiyada kechadi? 
5. 
 
Nima  uchun  atmosferani  karbonat  angidrid  gazi  bilan  boyitish  kerak  va 
boyitishning qanday usulari mavjud? 
6. 
 
Qanday holatda fotosintez jarayoni to’xtaydi? 
7. 
 
O’simliklarning  ildiz  orqali  oziqlanishida  ozuqa  moddalar  qanday  holatda 
yutiladi? 
Adabiyotlar  
1. 
 
Agroximiya.  Pod.  red  .  V.M.Klechkovskogo  i  prof.  A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str. 
2. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
4. 
 
Muhammadjonov M.V., Zokirov A. G’o’za agrotexnikasi. T. Mehnat. 1988. 
5. 
 
Nazarov M. G’o’zaning oziqlanishi va hosildorlik. T. Mehnat. 1990. 
6. 
 
Zikryoev A. Biologiyadan ruscha-o’zbekcha izohli lug’at. T. Qomuslar bosh 
tahririyati. 1993. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
5-MA’RUZA: O’SIMLIKLAR QABUL QILADIAN OZUQA ELEMENTLARI 
BIRIKMALARINING SHAKLI. O’SIMLIKLARNI OZUQA MODDALARNI 
QABUL QILISHIGA TASHQI MUHIT JARAYONLARINING TAOSIRI 
REJA: 
1. 
 
O’simliklar qabul qiladigan ozuqa elementlari birikmalarining shakli. 
2. 
 
O’simliklarning 
ozuqa 
moddalarni  qabul 
qilishaga 
tashqi 
muhit 
sharoitlarining taosiri. 
a) tuproq eritmasi kontsentratsiyasining taosiri 
b)  ozuqa  muhitidagi  makro,  va  mikro  elementlarning  nisbati  va  ularni 
o’simliklar tomonidan qabul qilinishi  
v) tuproqning namligi 
g) tuproqdagi havo almashinuvi 
d) issiqlik 
e) yorug’lik  
3. 
 
Tuproq muhitining reaktsiyasi 
4. 
 
Tayanch iboralar  
5. 
 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
6. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar  
O’SIMLIKLAR QABUL QILADIGAN OZUQA ELEMENTLARI 
BIRIKMALARINING SHAKLI 
 
 
To’xtovsiz  biologik,  fizikaviy,  kimyoviy  va  fizik-kimyoviy  jarayonlar 
taosirida  tuproqdagi  murakkab  mineral  va  organik  birikmalar  oddiy  moddalargacha 
parchalanadi. 
Hosil  bo’lgan  parchalanish  mahsulotlari  o’simliklarning  oziqlanishi  uchun 
foydalanilgan  bir  qismi  gaz  holiga  o’tadi,  bir  qismi  esa  tuproqning  chuqur 
qatlamlariga yuvilib ketadi. 
O’simliklar  ozuqa  elementlarining  asosiy  qismini  ildiz  sistemasi  orqali  oladi. 
Ozuqa elementlari ion shaklida o’zlashtiriladi.  
Bundan 
tashqari 
o’simliklar 
oziqlanishi 
uchun 
oz 
miqdorda 
aminokislotalardan, qand moddalardan va boshqa organik moddalardan foydalanadi. 
O’simliklarga  qabul  qilingan  aminokislotalar  ammiakgacha  qaytariladi  va 
ammiak  sintetiu  jarayonlarda  ishtirok  etadi.  Lekin  azot  asosan  nitrat  anioni 
ko’rinishida va ammoniy kationi ko’rinishida yutiladi. 
 
Bu  ionlar  tuproqda  doimiy  ravishda  mikroorganizmlar  tomonidan  sodir 
etiladigan  ammonifikatsiya  va  nitrifikatsiya  jarayonlarida  organik  birikmalarning 
parchalanishi  natijasida  hosil  bo’ladi.  O’simliklarga  qabul  qiladigan  nitrat  anioni 
shaklidagi azot fermentlar taosirida ammiakgacha qaytariladi. 
Azotning  tarkibida  aylanishi  va  hosil  bo’lishida  molekulyar  azotning 
bog’lanish  jarayoni  muhim  ahamiyatga  ega.  Atmosferadagi  molekulyar  azotning 
bog’lanishi tuproqdagi mikroorganizmlar va ular bilan simbiotik hayot kechirayotgan 
o’simliklar  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Molekulyar  azotning  bog’lanish  jarayoni 
ko’p  pog’onali  harakterga  ega  bo’lib,  bu  jarayonda  nitrogenaza,  leggemoglobin 
fermentlari,  V12  vitaminlar  guruhi  va  temir,  molibden  va  boshqa  metallar  ishtirok 
etadi. 


 
Oltingugurt o’simliklar tomonidan sul’fat kislotaning anioni ko’rinishida 
qabul qilinadi. 
O’simliklarda  qabul  qilinadigan  sulfat,  sulfit  va  sulfidgacha  qaytariladi  va 
vodorod birikishi natijasida sulfogidrid guruhini tashkil etadi.  
Vodorod    atomining  yo’qotilishi  natijasida,  ikkita  sulfogidril  guruxi  birikib, 
disulfid  guruxini  hosil  qiladi.    Oltingugurt  aminokislotalar  va  atsetilkoenzim  A-
lipidlarsintezida ishtirok etuvchi birikmalar tarkibiga kiradi. 
Fosfor - o’simliklarga fosfor kislotaning anionlari ko’rinishida o’zlashadi. 
O’simliklardagi fosfor nuklein kislotaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Nuklein 
kislota yadroning genetik apparatini tarkibiy qismini tashkil etadi.  
Tirik organizmlardagi fosfor, ortafosfor kislotaning qoldig’i ko’rinishida qabul 
qilinadi  va  organik  molekulalar  bilan  birikadi  yoki  bu  kislota  qoldig’i  bir 
molekuladan  boshqasiga  o’tadi.  Hayoti  faoliyat  bilan  bog’liq  jrayonlarda  energiya 
bilan taminlashda ATFning ahamiyati beqiyosdir. 
Xlor  -  o’simliklarga  xlor  ioni  ko’rinishida  qabul  qilinadi.  Xlor  ksho’proq 
sho’rga chidamli o’simliklarda, yani galofitlarda uchraydi. 
Bor va molibden - o’simliklarda borat va molibdat anionlari ko’rinishida qabul 
qilinadi. 
Kaltsiy,  kaliy,  magniy,  mis  temir  varux  -  shu  elementlarning  kationlari 
ko’rinishida.  
Marganets - esa ham kation, ham anion ko’rinishida qabul qilinadi. 
O’SIMLIKLARNING OZUQA MODDALARNI QABUL QILISHAGA 
TASHQI MUHIT SHAROITLARINING TAOSIRI. 
 
Ozuqa  moddalarning  tuproqdan  so’rib  olinishi  -  bu  aktiv  fiziologik  jarayo 
hisoblanib, nafaqat ildiz sistemasining, balki butun o’simlikning hayotiy faoliti bilan 
bog’liqdir. 
O’simliklarning  mahsuldorligi  va  o’simlik  tomonidan  makro,  va  mikro 
elementlarning  singdirilishi  tuproqdagi  mineral  ozuqa  elementlarining  miqdoriga 
bog’liqdir.  
 
Tuproqdagi  ozuqa  elementlari  tuproq  eritmasida,  yani  turli  xil  mineral  va 
organik  erituvchi  brikmalarda,  tuproqning  organik  moddasida  va  tuproqning  qattiq 
mineral fazasida bo’lishi mumkin.  
O’simliklar  uchun  hamma  erigan  hamda  almashinuvchi-singdiriluvchi 
shaklidagi  ozuqa  elementlari  yaxshi  qabul  qilinadi.Qolgan  moddalar  esa 
o’simliklarga  qabul  qiladigan  shaklga  o’tganda,  parchalangandan  keyin,  organik 
moddalar pinerallashgandan so’ng qabul qilinadi.  
Tashqi  sharoitning  o’zgarishi  natijasida  tuproqdagi  bir  qism  makro  va  mikro 
elementlar    o’zlasha  olmaydigan  shaklga  o’tib  qolishi  ham  mumkin.  Bu  esa  ularni 
o’simliklarga qabul qilinishini kamaytiradi. 
O’simliklarga  ozuqa  elementlarining  oz  yoki  ko’p  qabul  qilinishiga 
o’simliklarning o’zlari ham sababchi bo’ladilar. 
 
O’simliklardan  ajralib  chiqadigan  har  xil  moddalar  taosirida  muhit 
reaktsiyasining  o’zgarishi  natijasida  tuproqdagi  ko’pina  qiyin  qabul  qiladigan 
birikmalar oson o’zlashadigan shaklga o’tishi mumkin. 


 
O’simliklarga  ozuqa  elementlarining  qabul  qiladigan  o’simliklarning  biologik 
xususiyatlariga, 
tuproqning 
xossalariga, 
shuningdek 
tuproqning 
potentsial 
unumdorligiga, organik moddalarning miqdoriga, mineral tarkibiga, harorat, namlik, 
yorug’lik va boshqa ko’pgina omillarga bog’liq.  
 
Masalan,  kechasi  o’simliklarga  kali,  kaltsiy,  fosforning  qabul  qilinishi  1,5-3 
marta kamayadi. 
 
Demak,  kechasi  yorug’likning  yetishmasligi,  haroratning  pasayishi,  havo 
rejimi, transpiratsiya va fotosintez jarayonilari to’xtaydi. 
O’simliklarning  ozuqa  moddalarining  qabul  qilishiga  bir  necha  tashqi  muhit 
sharoitlari taosir qiladi: 
a) tuproq eritmasi kontsentratsiyasining taosiri. 
Tuproq  ozuqa  elementlarining  kontsentratsiyasi  yetarli  darajada  bo’lmasa, 
unda o’simliklar yomon o’sadi va ozuqa elementlariga bo’lgan talabi qondirilmaydi. 
Kontsentratsiyaning ortib borishi natijasida esa o’simliklarning nobud bo’lishiga olib 
keladi. 
O’simliklarning  ildiz  sistemasi  ozuqa  moddalarini  tuproq  ozuqa  eritmasining 
kontsentratsiyasi 0,01-0,05 % ga teng bo’lganda yaxshi qabul qiladi. 
 
Agarda  shu  darajada  uning  kontsentratsiyasi  ushlab  turilsa,  ozuqa  moddalarni 
qabul  qilish  jarayoni  yaxshi  kechadi.  Tabiiyo  aroitda  tuproq  ozuqa  eritmalarining 
kontsentratsiyasi, sho’rlangan tuproqlarda 0,02-0,2 % gacha o’zgarib turadi. 
 
O’simliklarga  mineral  elementlarning  eng  ko’p  qabul  qilinishi  tuproq 
eritmasidagi  ozuqa  moddalar  kontsentratsiyasi  maolum  bir  darajaga  yetgandagina 
amalga oshadi.  
 
Suv  esa  o’g’itlanmagan  zonada  joylashgan  ildiz  sistemasi  orqali  yaxshi  qabul 
qilinadi. 
 
Tuproq  eritmasida  tuzlarning  kontsentratsiyasini  ortib  ketishi  natijasida  uning 
osmotik  bosimi  ortadi  va  o’simlikka  suv  hamda  ozuqa  elementlarini  qabul  qilinishi 
qiyinlashadi. 
 
b)  Ozuqa  muhitidagi  makro  va  mikro  elementlarning  nisbati  va  ularni 
o’simliklar tomonidan qabul qilinishi. 
 
O’simliklarning  oziqlanishi  uning  o’suv  davridagi  ozuqa  elementlarini 
qanchalik  o’zlashtirilishi  va  bu  ozuqa  elementlarining  bir-biriga  bo’lgan  nisbatiga 
qarab baholash lozim. 
 
Tekshirishlar  shuni  ko’rsatdiki,  o’simliklarning  mmineral  ozuqa  elementlarini 
o’zlashtirishda muhitdagi ionlarning nisbati muhim rol o’ynaydi. Har bir o’simliklar 
turiga, o’suv davrida, ozuqa elementlarining malum bir nisbati zarur. 
 
Ildiz  orqali  ozuqa  elementlarining  qabul  qilinishida  gidratlangan  holdagi 
ionlarning diametri muhim ahamiyatga ega. 
 
SHundan  kelib  chiqib,  shuni  aytish  kerakki,o’simlik  hujayrasiga  bir  valentli 
kationlar  ikki  va  ko’p  valentli  kationlarga  nisbatan  tez  qabul  qilinadi.  Lekin  eng 
muhimi  esa  qabul  qilish  sistemasining  o’ziga  xos  xususiyatlari  muhim  ahamiyatga 
ega.  
 
Masalan,  o’simliklarning  ildiz  sistemasiga  kaliy  rubidiy  va  tseziyga  nisbatan 
tez  qabul  qilinadi,  lekin  rubidiy  va  tseziyning  gidratlangan  anioni  diametri 
kaliynikiga nisbatan kichikdir. 


 
CHunonchi, har  qanday  mineal ozuqa  elementlarini birdaniga ko’payishi  yoki 
ortib qolishi natijasida o’simliklarning javob reaktsiyasi bunga qarshi boqa elementni 
qabul qilishi ortadi. 
 
O’simliklarning  yer  usti  organlarini  normal  o’sishida  va  ildiz  sistemasining 
yaxshi  rivojlanishida  tuzlarning  eritmadagi  nisbati,  eritmaning  fiziologik 
muvozanatlashganligi ham muhim ahamiyatga egadir.  
 
Tarkibidagi  alohida-alohida  ozuqa  moddalar  o’simliklar  eng  samarali 
foydalanadigan  nisbatlarda  bo’lgan  eritma  fiziologik  muvozanatlashgan  eritma 
deyiladi. 
 
Tarkibida  faqat  bitta  tuz  bo’lgan  eritma  fiziologik  muvozanatlashmagan 
bo’ladi. 
 
O’simlikda  bitta  tuzning,ayniqsako’p  bo’lishi,  xususan  bir  valentli  biror 
kationning ortiqcha miqdorda bo’lishi o’simlikk zararli taosir ko’rsatadi. 
 
O’simlik  ildizi  ko’p  tuzli  eritmada  eng  yaxshi  rivojlanadi.  Unda  ionlar 
ontogonizmi  namoyon  bo’ladi.  Yani  har  qaysi  ion  boshqa  ionning  ildiz  hujayrasiga 
ortiqcha miqdorda kirishiga to’sqinlik qiladi. 
 
Antogonizm  bir  xil  zaryadlangan  ionlar  orasida  va  eritmada  bir  ionning 
kontsentratsiyasi  boshqa  ionning  kontsentratsiyasidan  juda  ortiq  bo’lgan  hollarda 
kuchli namoyon bo’ladi.  
 
Eritmaga  kaltsiy  tuzlari  qo’shilganda  fiziologik  muvozanatlashish  juda  tez  va 
oson  tiklanadi.  Eritmada  kaltsiy  kationi  bo’lganida  ildiz  sistemasining  rivojlanishi 
uchun  yaxshi  sharoit  yaratiladi,  shu  sababli  suniy  ozuqa  aralashmalarida  kaltsiy 
kationi boshqa barcha ionlardan ko’proq bo’lishi lozim. 
 
 
v) tuproqning namligi 
 
Tuproqda  yetarli  darajada  namlikning  mavjud  bo’lishi  o’simliklarning 
normalo’sib,  rivojlanishi  uchun  va  ozuqa  elementlarining  yaxshi  qabul  qilinishiga 
katta  imkoniyat  tug’diradi.  Tuproq  tarkibidagi  moneral  ozuqa  elementlari  miqdori 
bilan va ularni o’simlikka qabul qilinishida transpiratsiya intensivligi bilan to’g’ridan 
to’g’ri bog’lanish mavjud emas. 
 
Lekin tashqi  muhitda  makro va  mikro  elementlar  miqdorining quyi  bo’lganda 
va transpiratsiya tez borayotgan bo’lsa, ularning o’simliklarga qabul qilinishi ortadi. 
 
O’simliklarga  mineral  ozuqa  elementlarining  qabul  qilinishida  tuproq 
namligining taosirini quyidagi fiziologik va fizik omilar bilan belgilanadi: 
1. 
 
O’simliklarning  umumiy  fiziologik  holarini,  fotosintez  jarayoni,  oqsillar 
biosintezi va boshqa moddalar almashinuvi jarayonlari yaxshilanadi, qaysiki 
bu  omillar  o’simliklarning  ozuqa  elementlarini  yutishida  muhim  rol 
o’ynaydi. 
2. 
 
Tuproq namlik bilan mo’tadil taminlanganda o’simliklarning ildizlari yaxshi 
rivojlanadi va joylashadi hamda ildizning umumiy yutish qobiliyati ortadi.  
3. 
 
Ozuqa  moddalar  inolarining    tuproq  eritmasidan  va  tuproq  singdirish 
kompleksidan o’simliklarning ildiz tukchalariga o’tishini yaxshilaydi. 
 
Yuqoridagi  sanab  o’tilgan  omillar  o’simliklarga  makro  va  mikro  elementlar 
qabul  qilinishida  tuproq  namligining  ahamiyati  katta  ekanligini  ko’rsatadi.  Tuproq 
mo’tadil  ravishda  namlik  bilan  taminlanganda  o’simliklarga  azot,  fosfor,  kaliy, 
kaltsiy, marganets, temir va boshqa elementlarning umumiy qabul qilinini ortadi. 


 
Turoqda namlik yetishmasa, o’simliklarga minerl ozuqa elementlarining qabul 
qilinishi qiyinlashadi, fermentlar sistema jarayoni ishida buzilish ro’y beradi, gidroliz 
jarayoni va organik moddalarning cho’kishi kuchayadi, fotosintez jarayonining tezligi 
keskin  pasayadi  va  o’simlikning  o’sishi  to’xtaydi.  Yozning  issiq  kunida  o’simlik  1 
soat  davomida  o’z  tanasidagi  suv  miqdoriga  teng  bo’lgan  suvni  bug’latadi.  Suv 
bargning  og’izchalarida  parchalanadi.  Kunning  ikkinchi  yarmida  o’simliklar 
ildizining katta so’ruvchi sathi ham parlanish uchun suvni yetkazib bera olmaydi.  
 
SHuning uchun kunning ikkinchi yarmida fotosintez jarayonining dispersiyasi 
boshlanadi, yaoni barg og’izchalari berkiladi, o’simlik suvni bug’latmaydi, bu paytda 
o’simliklarga karbonat angidrid gazining yutilishi ham to’xtaydi. 
g) tuproqdagi havo almashinuvi 
Tuproq  va  ozuqa  ritmasining  havosi  almashinuvida,  o’simliklarga  ozuqa 
moddalarning  qabul  qilinishi  keskin  o’zgaradi.  O’simlik  ildizini  o’rab  turgan 
muhitdagi kislorod va karbonat angidridning miqdori o’zgarib turadi. 
Anaerob  sharoitda  hujayralarni  kislorod  bilan  taminlanishi  yomonlashadi, 
karbonat angidrid miqdori ortadi. 
Tuproqdagi  havo  almashinishi  yoki  unda  havoning  yangilanib  turishi 
o’simliklarning ildiz orqali oziqlanishida muhim ahamiyatga ega.  
Tuproq  haqosining  yaxshilash  uchun  tuproqqa  o’z  vaqtida  ishlov  berilishi, 
qator oralarining yumshatilishi, qatqaloqni yo’qotish loim bo’ladi.  
Bundan  tashqari  tuproq  eroziyasi  tuproqda  harorat  va  bosimning  o’zgarishi, 
yog’in yog’ishi natijasida has kuchayadi. 
O’simliklarning ildizlari yoki ajritb qo’yilgan sharoitda o’stirilayotgan o’simlik 
ildizi  o’sha  muhitda  2-3  %  kislorod  bo’lganda  ozuqa  elementlarini  yaxshi  qabul 
qiladi. 
Tuproqdagi  havo  almashinuvi  yoki  aeratsiya  shamol  taosirida  ham  sodir 
bo’ladi.  Odatda  g’ovak  qovushmali  yetilgan  tuproqlarda  aeratsiya  jarayoni  normal 
kechadi. Tuproqlardagi gaz almashinuvi 25-35 sm qalinligidagi qatlamlarida bir soat 
davomida to’la almashinib, yangilanib turadi. Karbonat angidrid miqdori o’simliklar 
va mikroorganizmlar hayotiga va shuningdek tuproqqning xossalariga bevosita taosir 
qiladi. 
Aeratsiyaning  yaxshilanishini  natijasida  tuproqda  kislorod  ko’payadi, 
aerobakteriyalarning  faoliyati  kuchayadi,  o’simliklarning  ildizlari  yaxshi  o’sadi, 
tuproqning suv rejimi yaxshilanadi. 
Tuproq  havosida  20  %  kislorod  bo’lganda,  o’simliklar  hayoti  uchun  mo’tadil 
havo sharoiti vujudga keladi. 
d) issiqlik va o’simlikning oziqlanishi . 
O’simliklarning  hamma  hayot  faoliyati  malum  bir  harorat  chegarasida  ro’y 
beradi.  
Issiqlik  o’simliklarning unib chiqishi va rivojlanishiga ham taosir qiladi. 
Ko’pchilik  o’simliklar  yetarli  darajada  yorug’lik  va  namlik  bilan 
taminlanganda,  harorat  15-30  S  daraja  bo’lganda,  yaxshi  oziqlanadi.  G’allali 
ekinlarga  azot  fosforning  normal  qabul  qilinishi  uchun  harorat  23-25  S  daraja 
bo’lmog’i kerak. Kana kunjut, soya, g’o’za, kabi ekinlar harorat 30-35 S ga yetganda 
ozuqa moddalarni yaxshi qabul qiladi. 


Haroratni  5-7  S  ga  pasaytirilganda,  bug’doyga  kaliyning  qabul  qilinishi 
kamaymaydi,  lekin  ildizning  azot,  fosfor,  kaltsiy  va  oltingugurt  qabul  qilishi  kuchli 
darajada qisqaradi. 
Har  bir  o’simlik  turi  va  navi  uchun  mineral  ozuqa  elementlaridan  intensiv 
foydalanish  uchun  malum  bir  xarorat  darajasi  bo’ladi.  Past  haroratda  o’simliklarni 
fosforni o’zlashtirish yomonlashadi, 5-6  da esa nitratli azot qabul qilinishi qisqaradi. 
Umuman  olganda,  10  S  gradusdan  past  haroratli  sharoitda  o’simlik  ildiziga 
mineral oziqlanish elementlarning qabul qilinishi susayadi yoki to’xtaydi. 
e) yorug’lik va o’simliklarning oziqlanishi. 
O’simlik quyoshning birinchi nurlari paydo bo’lgandan boshlab, mineral ozuqa 
elementlariini kuchli darajada qabul qila boshlaydi.  
O’simlik  o’sayotgan  joyga  soya  tushishi  natijasida  fotosintez  jarayonining  va 
ildizning ozuqa moddalarni yutish intensivligi pasayadi. 
Agarda o’simliklarni uzoq muddat qorong’ulikda soqlab turilsa, mineral ozuqa 
elementlariini qabul qilinishi to’xtaydi. Bu holat shu bilan tushuntiriladiki, fotosintez 
jarayonida  o’simliklarning  nafas  olishida  foydalaniladigan  organik  moddalar  hosil 
bo’ladi.  
Qorong’ulikda  esa  o’simliklarning  nafas  olishi  sekin  asta  to’xtaydi.  SHunday 
qilib,  yorug’likning  o’simliklar  oziqlanishiga  taosiri  fotosintez  jarayonining  borishi 
bilan izohlanadi. 
TUPROQ MUHITINING REAKTSIYASI 
Tuproq  muhitining  reaktsiyasi  tuproq  eritmasidagi  vodorod  va  giroksil 
ionlarining nisbatiga bog’liq.  
Tuproq  muhitining  reaktsiyasi  hamma  o’simliklar  uchun  muhim  fiziologik 
ahamiyatga ega.  
Tuproqqa ohak solish yo’li bilan Rnni o’zgartirish natijasida vodorod ionining 
o’rnini  kaltsiy  egallaydi,  bu  esa  o’simlikni  ko’pgina  mineral  ozuqa  elementlaridan 
foydalanish imkoniyatini beradi. 
Malumki,  kaltsiy  vodorod  ionini  o’simlikka  qabul  qilinishini  to’xtatadi  va 
tuproq  eritmasida  kaltsiyning  ko’pligi  natijasida  o’simliklar  nordon  reaktsiyali 
muhitga  bardosh  bera  oladi.  Nordon  reaktsiyali  muhitda  temir,  marganets,  kobalt, 
misning o’simliklarga yaxshi qabul qiladigan shakllarini miqdori ortadi.  
Malumki,  nordo  reaktsiyali  eritmada  vodorod  ioni  quyi  bo’lib,  eritmaning 
kislotaligini ortishi natijasida anionlarning qabul qilinishi kuchayadi. 
Eritmalarning  ishqoriyligi  ortganda  kationlarning  qabul  qilinishi  kuchayadi, 
bunda ON- ionlarining miqdori ortadi. 
O’simlikka yaxshi qabul qiladigan bir valentli fosfor kislota ikki valentli fosfor 
kislotaga va oxiri uch valentli, o’simliklar yomon o’zlashtiradigan fosfatga aylanadi. 
Ishqoriy muhitda o’simliklarning o’sishi va rivojlanishining pasayishiga ularga 
kerakli bo’lgan fosfor birikmalari miqdorining kamayishi bilan bog’liq ekan. 
O’simliklarga  salbiy  taosir  etadigan  yuqori  kislotali  muhit  tuproq  eritmasida 
kaltsiy  miqdorining  kamligi  bilangina  emas,  balki  yorug’likning  yetishmasligi 
natijasida  fotosintez  jarayonini  susayishi  va  mineral  ozuqa  elementlarining 
yomonlashuviga ham olib keladi. 


Tuproqdagi  havo  almashinuvining  yomonlashuvi,  yuqori  darajadagi  namlik 
ham yuqori kislotalilikni o’simlikka salbiy taosirini kuchaytiradi. 
Bazi hollarda tuproq muhiti kislotaliligining ortishi natijasida ko’pgina yomon 
eriydigan  tuproq  tuzlarining  erishi  kuchayadi  va  ularni  o’simlikka  qabul  qilinishi 
yaxshilanadi. 
Tuproq  eritmasida  kislotalilik  darajasi  ortganda  tuproqdagi  temir,  alyuminiy, 
marganets  ionlarining  xarakatchanligi  kuchayadi  va  o’simliklarda  ular  zaharli 
kontsentratsiyagacha  to’planadi  va  bu  o’simliklarning  rivojiga  o’ta  salbiy  taosir 
qiladi. 
Ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlari kuchsiz nordon reaktsiyali muhitda yaxshi 
o’sib  rivojlanadi.  Umuman  o’simliklar  katta  singirish  sig’imiga  ega  bo’lgan 
tuproqlarda muhitning noqulay sharoitlarini yengil o’tkazadi. 
 
 
TAYANCH IBORALAR  
Ozuqa 
elementlari 
birikmalarning 
shakli, 
parchalanish 
mahsulotlari, 
o’simliklarning  oziqlanishi,  natrat  anioni,  ammoniy,  kationlar,  ammonifikatsiya, 
nitrifikatsiya,  molekulyar  azotning  bog’lanishi,  aminokislotalar,  molekulyar  azot, 
nuklein  kislotalar,  galofitlar,  ozuqa  moddalarni  tuproqdan  so’rib  olinishi,  tuproq 
organik  qismi,  o’simliklarning  biologik  xususiyatlari,    kontsentratsiya,  osmotik 
bosim,  makro,  mikro  elementlar  nisbati,  muvozanatlashgan  eritma,  ionlar 
ontogonizmi,  tuproqning  namligi,  tuproqdagi  havo  almashinuvi,  anaerob  sharoit, 
tuproq muhitining reaktsiyasi, eritmaning kislotaliligi, tuproqning buferlik qobiliyati. 
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI  
1. 
 
Azotli oziqlanish birikmalari o’simliklarga qanday shaklda qabul qilinadi? 
2. 
 
Fosfor va oltingugurt qanday shaklda qabul qilinadi? 
3. 
 
O’simliklarning  ozuqa  moddalarni  qabul  qilinishiga  qanday  tashqi  muhit 
omillari taosir qiladi? 
4. 
 
O’simliklarga  ozuqa  elementlarining  qabul  qilinishi  qanday  omillarga 
bog’liq? 
5. 
 
Tuproq  oziq  eritmasining  kontsentratsiyasi  necha  foizga  teng  bo’lganda 
ozuqa moddalarni yaxshi qabul qiladi? 
6. 
 
Qanday eritma fiziologik muvozanatlashgan eritma deyiladi? 
7. 
 
Ionlar ontogonizmi nima? 
8. 
 
O’simliklarning oziqlanishiga namlik qanday taosir  ko’rsatadi? 
9. 
 
O’simliklarning oziqlanishida issiqlikning ahamiyati. 
10. Tuproq muhitining reaktsiyasi qaysi ionlarning nisbatiga bog’liq bo’ladi? 
11. Nima uchun kechasi o’simliklarda kechadigan jarayonlar sekinlashadi yoki 
to’xtaydi? 
 
Adabiyotlar  
 
1. 
 
Agroximiya.  Pod.  red  .  V.M.Klechkovskogo  i  prof.  A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str. 
2. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 


3. 
 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
4. 
 
Pankov  M.A,  Tuproqshunoslik.  «O’rta  va Oliy  maktayu»  davlat  nashriyoti. 
T. 1963. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6-MA’RUZA: TUZLARNING FIZIOLOGIK REAKTSIYASI. 
O’SIMLIKLARNING OZIQLANISHIDA MIKROORGANIZMLARNING ROLI.  
O’SIMLIKLAR OZIQLANISHINING DAVRIYLIGI.  
 
REJA: 
 
1. 
 
Tuzlarning fiziologik reaktsiyasi. 
2. 
 
O’simliklarning mineral ozuqa elementlarii qabul qilishida 
mikroorganizmlarning roli. 
3. 
 
O’simliklarning har xil o’suv davrlarida oziqlanish sharoitiga munosabati. 
4. 
 
O’simliklar oziqlanishining davriyligi. 
5. 
 
Tayanch iboralar  


6. 
 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
7. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar  
 
 
TUZLARNING FIZIOLOGIK REAKTSIYALARI. 
 
O’simliklarga  ozuqa  moddalarning  mineral  o’g’itlardan  qabul  qilinishiga 
boshqa  omillar  bilan  bir  qatorda  tuzlarning  fiziologik  reaktsiyasi  ham  qiladi.  O’g’it 
sifatida  ishlatilayotgan  hamma  tuzlar  kimyoviy  xususiyati  jihatidan  kislotali  yoki 
nordon,  ishqoriyli  va  neytral  bo’lishi  mumkin.  O’simliklar  o’suv  davrida  ionlarni 
tanlab  qabul  qiladi,  hatto  tuproq  eritmasiga  solingan  kimyoviy  neytral  tuzlarning 
fiziologik reaktsiyasi ham har xil bo’lishi mumkin. 
O’simliklarning  oziqlanishida  u  yoki  bu  kation  va  anionlrning  ahamiyati 
ularning  qabul  qilinishidagi  har  xil  intensivligini  belgilaydi.  Natijada  tuproq  ozuqa 
eritmasida  qolgan  ionlar  tuproq  eritmasining  nordonligini  yoki  ishqoriyligini 
belgilaydi. 
O’g’itlarning  fiziologik  kislotaligi  -  bu  uning  muhit  reaktsiyasini 
nordonlashtirish xususiyatidir. 
Bunda  o’simliklar  tuz  tarkibiga  kiruvchi  kationlardan  foydalanadi.  Fiziologik 
kislotali  o’g’itlarga  quyidagilar  kiradi:  ammoniy  xlorid,  ammoniy  sulfat,  ammoni 
karbonat,  kaliy  xlorid,  kaliy  sulfat  -  o’simliklar  asosan  ushbu  o’g’itlar  tarkibidagi 
ammoniy, kaliy kationlaridan foydalandi.  
O’g’itlarning  fiziologik  ishqoriyligi  -  bu  ularning  muhit  reaktsiyasini 
ishqoriyligini  oshirish  xususiyati  bo’lib,  o’simliklar  tuz  tarkibidagi  anionlardan 
ko’proq foydalanadiar. 
Fiziologik  ishqoriy  o’g’itlarga  quyidagilar  kiradi:  natriy  nitrat,  kaltsiy  nitrat, 
magniy nitrat, kaliy nitrat. 
Agar  eritmada  ammoniy  xlorid  bo’lsa,  u  holda  o’simliklar  tezroq  va  ko’p 
miqdorda  ammoniy  ionlariga  almashinadi.  CHunki  ammoni  kationi  aminokislotalar, 
keyin esa oqsillar sintez qilinishida foydalaniladi.  
SHu  bilan  birga  xlor  ionlari  o’simlikka  oz  miqdorda  kerak  bo’ladian  va 
shuning  uchun  uning  yutilishi  cheklangan  bo’ladi.  Bunda  tupro  eritmasida  vodorod 
va xlor ionlari to’planadi, eritma esa kislotali bo’lib qoladi. 
Agarda  eritmada  natriy  nitrat  bo’lsa,  u holda o’simlik  gidrokarbonat  anionlari 
o’rniga ko’p miqdorlarda va tezroq nitrat anionini yutadi. 
Eritmada  natriy  va  bikarbonat  anionlari  to’planadi  va  natriy  karbonat  hosil 
bo’ladi, eritma esa ishqoriy muhitga ega bo’lib qoladi. 
Tuzlarning fiziologik  reaktsiyasi  o’simliklarni  suvda va qumda,  yani  buferligi 
kam  bo’lgan  muhitda  o’stirilganda  va  mexanik  tarkibi  qumoq  bo’lgan  yerlarga 
solinganda ko’proq namoyon bo’ladi.  
Fiziologik kislotali  tuzlardan  doimiy  ravishda  foydalaniladi,  yerlarni  ohaklash 
lozim. Tarkibida azot bor tuzlarda birinchi navbatda o’simlikka azot o’zlashadi. 
SHuning  uchun  azotning  ammiakli  tuzlari  fiziologik  kislotali  tuzlar,  selitralar 
esa fiziologik ishqoriy o’g’itlar hisoblanadi. Masalan, natri nitrat, kaliy nitrat, magniy 
nitrat,  kaltsiy  nitrat  tarkibidagi  nitrat  anioni  o’simlikka  tez  va  ko’p  miqdorda  qabul 
qilinadi, eritmada esa yuqoridagi tuzlarning metall qoldiqlari qoladi.  


Natijada  eritmada  gidrolitik  ishqoriy  muhit  yuzaga  keladiyu  Tuproq  ozuqa 
eritmaga ammoniy tuzlarining qabul qilinishi oqibatida  ammoniy kationi o’simliklar 
tomonidan tez va ko’p miqdorda qabul qilinadi va qolgan kislota qoldiqlari kislotali 
muhitni yuzaga keltiradi. 
Kaliyli  tuzlarning  fiziologik  reaktsiyasi  ekinlarning  talabiga  qarab,  turlicha 
bo’lishi mumkin. 
Masalan,  kaliyga  kam  talabchan  jkinlar  uchun  kaliyli  o’g’itlar  fiziologik 
neytral  hisoblanadi,  kaliyga  talabchan  ekanilar  uchun  esa  fiziologik  kislotali 
hsoblanadi. 
 
O’SIMLIKLARNING MINERAL OZUQA ELEMENTLARII QABUL 
QILISHIDA MIKROORGANIZMLARNING ROLI. 
 
Mikroorganizmlar  planetamizda  hayotning  normal  kechishida  juda  muhim 
ahamiyatga ega.   
Mikroorganizmlarning 
hayot 
faoliyati 
natijasida 
organik 
moddalar 
minerallashadi  va  atmosferaga  karbonat  angidrid  gazi  to’xtovsiz  ajralib  turadi. 
Fotosintez  jarayoni  normal  kechadi.  Tog’  jinslarining  yemirilishi,  torfning  paydo 
bo’lishi,  neft,  toshko’mirning,  selitralarning  ,  ohaktoshlarning  paydo  bo’lishi, 
hammasmi to’g’ridan-to’g’ri mikroorganizmlarning ishtirokida amalga oshiriladi. 
Birlamchi  tirik  mikroorganizmlar  tuproq  paydo  bo’lishida  ishtirok  etgan. 
Mikroorganizmlar  o’zlaridan  kuchli  kislotalarni  ajratib  chiqarganlar,  qaysiki  bu 
kislotalar  ona  jinsni  parchalagan,  maydalagan,  natijada  yangi  struktura  elementlari 
yuzaga kelgan. Vaqt o’tishi bilan yemirilgan jinslar organik moddalar bilan boyigan 
va tuproq hosil bo’lish jarayoni boshlangan. 
Tuproqning har bir gektar haydov qatlamidagi bakteriyalar miqdori 3 t dan 7-8 
t gacha yetadi. 
Mikroorganizmlar  oziqlanishiga  ko’ra  avtotrof  va  geterotrof  oziqlanuvchi 
mikroorganizmlarga bo’linadi. 
Avtotrof bakteriyalar karbonat angidrid gazidagi uglerodni  bog’lash uchun yo 
fotosintez  jarayonidan  yoki  ayrim  mineral  moddalarning  oksidlanishidagi  kimyoviy 
energiyadan  foydalanadi.  Fotosintez  jarayonida  ishtirok  etish  xususiyatiga  ega 
bo’lgan  bakteriyalarga  yashil oltingugurt  bakteriyalari, nitrifikatsiya  bakteriyalari va 
temir bakteriyalari kiradi.  
Geterotrof  bakteriyalari  esa  uglerodni  tayyoreaktsiyasi  organik  birikmalardan 
o’zlashtiradi.  Ko’pchilik  tuproq  bakteriyalari,  aktinomitsetlar,  deyarli  hamma 
zamburug’lar geterotrof bakteriyalari jumlasiga kiradi. 
Vodorod  sulfidni,  elementar  oltingugurtni  va  tiobirikmalarni  sulfat 
kislotagacha  oksidlanishi  sulofikatsiya  jarayoni  deyiladi.  Bu  jarayonni  oltingugurt 
bakteriyalari va tiobakteriyalar  amalga oshiradilar. 
Nitrifikatsiya jarayoni nitroz va nitrat bakteriyalari ishtirokida amalga oshirilib, 
ammiakli tuzlarni nitratlargacha oksidlaydi. 
Odatda tuproq tarkibidagi nitratlar har bir kilogramm tuproqda 2 mg dan 20 mg 
gacha tashkil etadi. 


Nitratlar  juda  harakatchan  bo’lganligi  uchun  ular  tuproqning  pastki 
qatlamlariga  yuqilib  ketadi  hamda  denitrifikatsiya  jrayoniga  tez  uchraydi. 
Denitrifikatsiya  -  bu  nitratlarning  molekulyar  azotgacha  yoki  oraliq  birikmalar,  azot 
kislota va ammiakkacha qaytarilishidir. 
Malumki, organik azotni o’simliklar  qabul qilmaydi. O’simliklar uchun nitrat 
shaklidagi  mineral  azot  zarur.  Tuproqda  organik  azotning  minerallashuvi  natijasida 
ammiak hosil bo’ladi. Bu biologik jarayon ammonifikatsiya deb yuritiladi.  
Bunda  geterotrof  bakteriyalar,  aktinomitsetlar  va  zamburug’lar  ishtirok 
etadilar.  Mikroorganizmlar  o’zlarining  oziqlanishi  uchun  har  xil  kimyoviy 
elementlardan foydalanadilar. 
Tuproq mikroorganizmlari, asosan zot bilan oziqlanadilar. 
Avtotrof  mikroorganizmlar  oddiy  azotli  mineral  birikmalardan  ammoniyli  va 
azot  kislota  tuzlaridan  foydalanadilar.  Avtotrof  mikroorganizmlar  orasida  fotosintez 
qiluvchi organizmlar ham uchraydi, ular atmosferadagi azotni o’zlashtiradi.  
Geterotrof  mikroorganizmlar  esa  mineral  birikmalar  tarkibidagi  azotni 
o’zlashtiradi. 
Tuproqda  va  mikroorganizmlarning  hujayralarida  bo’ladigan  kimyoviy  va 
biokimyoviy jarayonlar suvda sodir etiladi.  
Mikroorganizmlar  50-60  %  maksimal  nam  sig’imiga  ega  bo’lgan  tuproqlarda 
yaxshi  rivojlanadi.  Anaerob  mikroorganizmlar  esa  100  %  namlikda  ham  yaxshi 
rivojlanadi.  Tuproq  tarkibida  mikroorganizmlarning  har  xil  turlari  uchraydi,  ular 
kletchatkani va pektin moddalarni parchalaydi. 
Urobakteriyalar  taosirida  mochevina  ammoni  karbonatgacha  aylanadi. 
Urobakteriyalar rN 7-8 ga teng bo’lganda ham yaxshi rivojlanadi. Mochevina ularga 
uzot  manbai  bo’lib  xizmat  qiladi.  O’simlik  o’zining  hayot  faoliyati  davomida  ildizi 
orqali  har  xil  moddalarni  mineral  tuzlarni,  organik  kilotalarni,  qand  moddalarni 
aminokislotalar, vitaminlarni ajratib chiqaradi.  
Mikroorganizmlar  oziqlanishi  uchun  o’simlik  ildizi  ajratmlaridan  tashqari 
chiriyotgan ildiz qoldiqlaridan, ildiz tolalaridan ham foydalanadi. 
 
O’SIMLIKLARNING HAR XIL O’SUV DAVRLARIDA OZIQLANISH 
SHAROITIGA MUNOSABATI. 
 
O’sishning  turli  darlarida  o’simliklarning  tashqi  muhit  sharoitlariga,  shu 
jumladan oziqlanish sharoitlariga talabi turlicha bo’ladi.  
O’simliklarning  vegetatsiya  davrida  azot,  fosfor,  kaliy  va  boshqa  oziq 
elementlarini yutishi har xil bo’ladi. Oziqlanishning kritik davri va oziq moddalar eng 
intesiv  yutilganda  maksimal  oziqlanish  davri  tushunchalarini  bir-biridan  farq  qilish 
lozim.  O’simliklar  o’sishining  dastlabki  davrida  istemol  qiladigan  barcha  oziq 
moddalarning  absolyut  miqdori  uncha  ko’p  bo’lmaydi,  lekin  eritmada  ularning 
yetishmasligi ham, ko’pligi ham o’simlikka tez taosir qiladi. 
O’sishning  dastlabki  boshlang’ich  davrida  fosfor  bilan  oziqlanishga  nisbatan 
kritik davrdir. 


Yosh  nihollarga  fosforning  yetishmasligi  o’simlikka  shu  qadar  kuchli  taosir 
qiladiki,  hatto  keyingi  rivojlanish  davrida  fosfor  bilan  mo’l-ko’l  oziqlantirilganda 
ham hosil juda kam bo’ladi. 
O’simliklarning  ildiz  sistemasi  hali  yaxshi  rivojlanmagan  paytda  sintetik 
jarayonlarning juda tez ketishi sababli yosh nihollar oziqlanish sharoitlariga ayniqsa 
talabchan bo’ladi.  
Demak,  bu  davrda  ildizning  bo’g’iz  zapasida  oziq  elementlari  oson  eriydigan 
shaklda, lekin ularning kontsentratsiyasi yuqori bo’lmasligi, azot va kaliyga nisbatan 
fosfor  ko’proq  bo’lishi  lozim.  Vegetatsiyaning  boshlang’ich  davridanoq  barcha 
elementlar  bilan  yetarli  darajada  taminlanishi  mo’l  hosil  yetishtirishning  muhim 
omilidir.  Masalan,  boshoqli  don  ekinlarida  dastlabki  3-4  ta  barg  yozish 
davridanoqreproduktiv organlar - boshoq va ro’vakka asos solinishi va tabaqalanishi 
boshlanadi. Bu davrda azot yetishmasligi keyinchalik  xatto kuchli oziqlantirilganda 
ham,  ro’vakdagi  yosh  boshoqdagi  boshoqchalar  sonining  kam  bo’lishiga  hamda 
hosilning pasayishiga olib keladi. 
O’simliklarning  yer  ustki  organlari  poya  va  barglari  jadal  o’sadigan  davrda 
bargcha  oziq  elementlarini  isteomol  qilishi  ancha  ko’payadi.  O’simliklarning  o’sish 
jarayonlarida azot yetakchi rol o’ynaydi. 
Azot bilan ko’plab miqdorda oziqlantirish vegetativ organlarning tez o’sishiga, 
kuchli assimilyatsion apparatning shakllanishiga yordam beradi.  
Bunday  davrda  azotning  yetishmasligi  esa  o’sishning  to’xtashiga,  keyinchalik 
esa hosil miqdori va sifatining pasayishiga olib keladi. 
Gullash va meva tuga boshlash davriga kelib, ko’pchilik o’simliklarning azotga 
bo’lgan talabi kamayadi, lekin fosfor va kaliyning ahamiyati ortadi. 
Bu  ularning  fiziologik  roli  -  reproduktiv  organlarining  shakllanishida  va 
hosilning  tovar qismida  zapas  moddalar  hosil  bo’lishida,  ayniqsa intensiv  boradigan 
organik moddalar almashinuvida fosfor va kaliyning ishtirok etishi bilan bog’liqdir. 
Vegetativ  massaning  massaning  o’sishi  to’xtaydigan  va  hosil  tugish  davrida 
barcha  oziq  moddalarning  istemol  qilinishi  asta  -sekin  kamayadi,  so’ngra  ularning 
o’simlikka yutilishi to’xtaydi. 
 
O’SIMLIKLAR OZIQLANISHINING DAVRIYLIGI 
 
Turli  xil  qishloq  xo’jalik  ekinlari  vegetatsiya  davri  mobaynida  ozuqa 
elementlarini  yutish  miqdori  va  tezligi  jihatidan  bir-biridan  Farg’ona  davlat 
universiteti qiladi. Barcha boshoqli don ekinlari, zig’ir, kanop, ertagi kartoshka, bazi 
sag’bzavotlar  intensiv  oziqlanish  davrining  qisqaligi  bilan  farq  qiladi.  Ular  oziq 
moddalarning asosiy miqdorini qisqa muddatlarda istemol qiladi. 
Masalan,  kuzgi  javdar  barcha  oziq  moddalar  miqdorini  25-30  %  ni  kuz 
davrining  o’zidayoq 
yutadi, 
bahorgi 
bug’doy 
nisbatan  qisqa 
muddatda 
naychalanishdan  boshoqlanishgacha  bo’lgan  davrda  ozuqa  moddalar  barcha 
miqdorining 2/3 - 3/4 qismini istemol qilib bo’ladi. 
Kartoshkaning o’rta va kech pishar navlari oziq moddalarni eng ko’p miqdorda 
iyul oyida isteomol qiladi. SHu o ichida hosildagi miqdoriga nisbatan olganda deyarli 
40% azot, 50 % dan ko’p fosfor va 60 % dan ko’proq kaliyni yutadi. 


Zig’irda  mineral  oziqlanish  elementlarini  maksimal  istemol  qilish  davri 
g’unchalashdan  gullash  darigacha,  g’o’zada  esa  oziq  moddalarning  asosiy  miqdori 
shonalash  boshlanganidan  ko’saklarda  yalpi  tola  hosil  bo’lishi  boshlanish  oralig’ida 
yutiladi.  
Bazi o’simliklar - makkajo’xori, kungaboqar, qand lavlagi va boshqalar ozuqa 
moddalarni  bir  meyorda  va  uzoq  muddatlarda  istemol  qilishi  bilan  xarakterlanadi. 
O’simliklar  ayrim  ozuqa  elementlarini  turli  tezlik  bilan  yutadi,  masalan, 
makkajo’xorida  eng  tez  yutiladigan  kaliy,  so’ngra  azot,  fosfor  ancha  sekin  istemol 
qilinadi.  Kaliyning  yutilishi  ro’vak  hosil  bo’lishi  davrida,  azotniki  esa    don  hosil 
bo’lish davrida batamom to’xtaydi. 
O’simlikka fosforning yutilishi ancha cho’ziladi va deyarli vegetatsiya oxiriga 
qadar  davom  etadi.  Kanop  dastlabki  oyda  azot  va  kaliyni  juda  tez  yutadi.  Azotning 
kelishi  maysalar  unib  chiqqanidan  3  xafta,  kaliyning  esa  5  xafta  o’tgandan  keyin 
batamom tugallanadi.  
Vegetatsiya 
davrining 
boshlanishida 
va 
maksimal 
yutilish 
davrida 
o’simliklarning  oziqlanishi  uchun  qulay  sharoitlar  yaratish  ayniqsa  muhimdir.  Bu 
o’g’it solishning turli xil muddatlarini asosiy o’g’itni ekishgacha ekish vaqtida solish 
va qo’shimcha o’g’it solish usullarini birga qo’llash bilan amalga oshirishladi. 
Asosiy  o’g’itlashning  asosiy  vazifasi  -  butun  vegetatsiya  davrida 
o’simliklarning  oziqlanishini  taminlashdan  iborat,  shuning  uchun  ekish  oldidan, 
ko’pincha  organik  o’g’itlarning  to’la  normasi  mineral  o’g’itlarning  ko’p  qismi 
solinadi.  
Vegetatsiyaning eng masuliyatli davrlarida o’simliklarni oziqlanish elementlari 
bilan  taminlash  uchun  asosiy  o’itga  va  ekin  vaqtidagi  o’g’itga  qo’shimcha  o’g’itla 
usuli qo’llaniladi. 
O’simliklarni oziqlanish sharoitlarini  ularning ehtiyojiga yarasha o’g’it solish 
yo’li bilan o’sish davrlari bo’yicha boshqarib, hosil miqdori va uning mumkin. 
G’o’za o’simligiga ozuqa moddalarning qabul qilinishi, % 
Vegetatsiya davrlari 

R
2
O
5
 
K
2

1. shonalashgacha 
3-5 
3-5 
2-63 
2. shonalashdan yalpi gullashgacha 
25-30 
15-20 
15-20 
3. gullashdan yalpi pishgungacha  
65-70 
75-80 
75-80 
 
G’allali ekinlarda ozuqa moddalarning yutilishi, % 
Vegetatsiya 
davrlari 
bug’doy  
arpa  
suli  
 

R
2
O
5
  K
2


R
2
O
5
  K
2


R
2
O
5
  K
2

nat o’rash 
71 
68 
88 
71 
56 
73 
51 
36 
54 
Gullash 
97 
100 
100 
96 
74 
100 
82 
71 
100 
to’liq pishish 
90 
93 
67 
100 
100 
64 
100 
100 
83 
 
TAYANCH IBORALAR  
 


Tuzlarning  kislotaliligi,  ishqoriyligi,  fiziologik  reaktsiyasi,  fiziologik  kislotali 
o’g’itlar,  fiziologik  ishqoriy  o’g’itlar  anion,  anionlar,  kation  mikroorganizmlar, 
avtotrof  va  geterotrof  bakteriyalar,  nitrifikatsiya,  ammonifikatsiya,  denitrifikatsiya, 
urobakteriyalar, 
rivojlanishning 
davlatki 
boshlang’ich 
davri, 
anaerob 
mikroorganizmlar,  urobakteriyalar,  o’suv  davri,  meva  xosil  qilish  davri,  intensivlik 
ozuqa  moddalarni  yutish  miqdori,  asosiy  o’g’itlash,  ekish  bilan  o’g’it  solish, 
qo’shimcha o’g’itlash.  
 
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI  
 
1. 
 
O’g’itlarning fiziologik reaktsiyasi nima? 
2. 
 
O’g’itlarning  fiziologik  kislotaliligi  va  shunday  o’g’itlarinng  vakillariga 
qaysilar kiradi? 
3. 
 
O’g’itlarning fiziologik ishqoriyligi nima va ularning vakillari? 
4. 
 
Mikroorganizmlarning ahamiyati? 
5. 
 
Mikroorganizmlar oziqlanishia qarab necha turga bo’linadi? 
6. 
 
Sulfofikatsiya jarayonini bayon eting? 
7. 
 
Ultrifikatsiya nima? 
8. 
 
Ammonifikatsiya nima? 
9. 
 
Tuproq mikroorganizmlari asosan qaysi elementlar bilan oziqlanadi? 
10. Mikroorganizmlar qaysi sharoitlarda yaxshi rovijlanadi.  
11. Oziqlanishning kritik davri nima? 
12. Oziq elementlarining eng ko’p qabul qilishi qaysi davrga to’g’ri keladi? 
 
 
 
Adabiyotlar  
 
1. 
 
Agroximiya.  Pod.  red  .  V.M.Klechkovskogo  i  prof.  A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str. 
2. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
4. 
 
Sparovchnik po udobreniyam. Izd. 39, izd-vo Kolos, Moskva 1964. 
5. 
 
Azizov  G’.  Tuproq  unumdorligini oshirishad  mikroorganizmlarning  roli,  T. 
O’zbekiston. 1969. 
6. 
 
Petuxov  P.M.,  Panova  Ye.N.  Dudina  N.  X.  Agroximiya  i  sistema 
udobreniya. Izd-vo Kolos. Moskva, 1979. 
 
 
 
 
7-MA’RUZA: TUPROQNING SINGDIRUVCHANLIK QOBILIYATI VA UNING 
TURLARI. TUPROQNING KISLOTALILIGI VA UNING TURLARI. 
TUPROQNING BUFERLIGI. 
 


REJA: 
 
1. 
 
Tuproqning singdiruvchanlik qobiliyati va uning turlari. 
2. 
 
Tuproqning singdirish sig’imi. 
3. 
 
Tuproqning kislotaliligi va uning turlari. 
4. 
 
Tuproqning asoslar bilan to’yinganlik darajasi. 
5. 
 
Tuproqning buferligi. 
6. 
 
Tayanch iboralar  
7. 
 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
8. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar  
 
 
TUPROQNING SINGDIRUVCHANLIK QOBILIYATI VA UNING 
TURLARI 
 
Tuproqning  singdiruvchanlik  qobiliyati  uzoq  o’tmishdan  ham  kishilarga 
maolum  edi.  Tuproqning  singdiruvchanlik  qobiliyatini  o’rganish19-asrning 
o’rtalariga  to’g’ri  keladi.  1850-1854  yillarda  shu  sohada  D.Ueyening  ishlari  chop 
etildi.  Uning  fikriga  qaraganda,  tuproq  tuzlarini  to’liq  singdirmaydi  balki  uning 
tarkibidagi asosinigina singdiradi va tuproqdan eritmaga ham shuncha miqdordagi tuz 
asosi ajralib chiqadi.  
Keyingi paytlarda tuproqning singdiruvchanlik qobiliyatini o’rganishda kolloid 
kimyo  fani  katta  o’rintutmoqda.  Mana  shu  o’nalishda  ko’p  ilmiy  ishlarni  amalga 
oshirgan olimlarga K.K.Gedroyts, G.Vinger va S.Matsonlarni o’shish mumkin. 
Tuproqning  almashinuvchi  singdiruvchanligini  o’simliklarning  oziqlanishi 
bilan bog’lab o’rganishda D.N.Pryanishnikovning laboratoriyasida ko’p ishlar amalga 
oshirilgan.  
Akademik K.K.Gedroyts tuproqning singdiruvchanlik qobiliyatini o’rganishda 
uni  o’g’itlarning  qo’llanilishi,  o’simliklarning  oziqlanishi,  tuproqning  kimyoviy 
melioratsiyalash ishlari bilan uzviy bog’lab olib bordi.  
Keyingi yillarda uning ilarini zamondosh olimlar yanada chuqurroq o’rgandilar 
va mukammallashtirdilar.  
Akademik 
K.K.Gedroyts 
o’zining 
tekshirishlari 
asosida 
tuproqning 
singdiruvchanlik  qobiliyatiga  quyidagicha  tarif  berdi.  Tuproqning  eritmadagi 
birikmalarini, 
shuningdek 
turli 
bug’larni, 
gazlarni, 
suspenziyalarni 
va 
mikroorganizmlarni ulab qolishga tuproqning singdiruvchanlik qobiliyati deyiladi.  
Tuproq qatlamidan o’tayotgan suvda erigan va erimagan moddalar, turli gazlar 
hamda 
mikroorganizmlarning 
tuproqda 
singib 
qolishi, 
yani 
tuproqning 
singdiruvchanlik qobiliyati juda murakkab hodisadir.  
Bunda  kimyoviy  fizik-kimyoviy  va  biologik  jarayonlar  yuz  beradi.  akademik 
K.K.Gedroyts  tuproqning  xar  xil  moddalarini  ushlab  qolishi,  singdirish  va  bunda 
kechadigan  jarayonlarni  eotiborga  olib  tuproqning  singdiruvchanlik  qobiliyatini  5 
turga bo’ladi. 
1. 
 
Tuproqni mexanik singdirish  
2. 
 
Tuproqni fizik singdirish  
3. 
 
Tuproqni fizik-kimyoviy singdirish  


4. 
 
Tuproqni kimyoviy singdirish  
5. 
 
Tuproqni biologik singdirish  
 
1. Tuproqni mexanik singdirish.  
Tuproqni qatlami orqali yuqridan pastga xarakat etayotgan yog’in va sug’orish 
suvlaridagi  loyqa  holidagi  zarrachalarning  shu  qatlamlar  orasida  mexanik  ravishda 
ushlanib qolishiga mexanik singdirish deyiladi. bu xolda tuproq loyqa suvni suzgichi 
bo’lib  xizmat  qiladi.  Bu  xildagi  singdirish  tuproqning  mexanik  tarkibi  strukturasi, 
qatlamning zichligi va g’ovakligiga bog’liqdir.  
Soz  va  qumoq  mexanik    tarkibli  tuproqlar  g’ovak  qovushmali  qumloq 
tuproqlarga nisbatan suvdagi loyqani yaxshiroq va ko’proq ushlab qoladi.  
O’zbekiston 
hududidagi 
tog’ 
etaklari 
adirliklarida 
toshloqliklarni 
o’zlashtirishda  tajribali  dehqonlar  tuproqning  singdiruvchanlik  qobiliyatidan 
foydalanganlar. Bir necha o’n yillar mobaynida toshloq yerlarga loyqa cho’ktirganlar. 
O’sha joylarda ekin ekish uchun yaroqli unumdor taqir tuproqni vujudga keltirganlar. 
Demak,  tuproqning  mexanik  singdirish  qobiliyati  tuproq  unumdorligini  oshirishda 
o’simliklarning  oziqlanishini  yaxshilashda  va  oziq  elementlaridan  samarali 
foydalanishda muhim ahamiyatga egadi. 
 
2. 
 
Tuproqni fizik singdirish  
Bunday  singdirish  paytida  tuproq  mayda  zarrachalarining  yuza  energiyasi 
taosirida  ularning  sirtida  turli  gazlar,  bug’lar,  mikroorganizmlar  va  suvda  erigan 
moddalar  ushlanib  qoladi.  Tuproq  kolloidlari  va  uning  qattiq  qismi  qatlami  quruq 
bo’lganda  tuproq  haqosidagi  gazlarni,  nam  bo’lganida  esa  suv  va  unda  erigan 
moddalarni molekula holida singdiradi.  
Fizik  singdirish  darajasi  tuproq  zarrachalarining  maydaligiga,  chirindi 
miqdoriga, minerologik va mexanik tarkibiga bog’liq.  
Fizik  singdirish  chirindisi  ko’p  soz  va  og’ir  mexanik  tarkibli  tuproqlarda 
yaxshi kechadi.  
Tuproq  tarkibida  temir  va  alyuminiy  oksidlari  hamda  montmorilaning 
guruhidagi  minerallarning  ko’paytirish  natijasida  ham  tuproqning  fizik  singdirish 
qobiliyati kuchayadi.  
Bu  xildagi  singdirish  natijasida  ozuqa  moddalar  tez  yuvilib  ketishidan 
saqlanadi  va  tuproq  eritmasining  kontsentratsiyasini  yaxshilaydi.  Ammo  tuproq 
eritmasidan  bazi  moddalarni  kolloid  zarralar  mutlaqo  singdirmaydi  yokislotali  juda 
oz  singdiradi.  Bu  holdagi  salbiy  hodisa  ayniqasa  nitratlarga  xos  bo’lganligi  sababli, 
azotli  mineral  o’g’itlarni  ekish  oldidan  yokislotali  o’suv  davrida  bir  necha  bo’lib-
bo’lib  solish  tavsiya  etiladi.  Bundan  tashqari,  bakteriyalarni  ham  singdirib  qolinishi 
mikrobiologik  jarayonlarning  yaxshilanishiga  olib  keladi.  Lekin  shu  bilan  birga  xar 
xil zararli mikroblarni ham tuproqda ushlanib qolishiga sabab bo’ladi.  
 
3. Tuproqning fizik-kimyoviy singdirilishi. 
Fizik-kimyoviy  yokislotali  almashinuvchi  singdirish  tuproqlarning  qattiq 
qismini xossasi bo’lib,  atrof  tevarakdagi  eritmadan  ionlarni singdirib  oladi  va  ularni 
mustakam  tutib  turadi.  Bu  singdirish  tuproq  qattiq  fazasidagi  ionlarning  tuproq 


eritmasidagi ionlarning ekvivalent miqdoriga almashinuvi orqali amalga oshirishladi. 
Tuproqning  singdiruvchanlik  qobiliyati  tuproqdagi  diametri  0,1  mm  dan  ham 
kislotalichik, disperslangan mayda zarrachalarga bog’liqdir. 
Tuproqning  mineral  yokislotali  organik  qismidagi  manfiy  zaryadga  ega 
bo’lgan  mayda  dispers  kolloid  zarrachalarining  tuproq  eritmasidan  turli  kationlarni 
singdirishi fizik-kimyoviy yokislotali almashinuvchi singdirish deyiladi. 
Bunda  tuproq  eritmasidan  bir  xil  kationlarning  singdirilishi  tuproqning  qattiq 
fazasi tomonidan oldin o’zlashtirilgan unga ekvivalent bo’lgan boshqa kationlarning 
siqib chiqarilishi bilan boradi.  
Tuproqning almashinadigan kationlarini singdirishda qatnashadigan organik va 
mineral  holdagi  mayda  dispers  zarrachalari  yig’indisi  akademik  K.K.Gedroyts 
tomonidan  tuproqning  singdirish  kompleksi  yokislotali  qisqacha  TSK  deb 
nomlangan.  
Tuproq  eritmasidagi  kationlarni  TSKdagi  kationlar  bilan  almashinishi 
ekvivalent miqorda boradi. Kationlarning almashinish reaktsiyasi juda tez o’tadi.  
Tuproqqa  kal’tsiy,  ammoniy  nitrat,  natriy  nitrat  kabi  oson  eriydigan  o’g’itlar 
solinganda,  ular  tezda  tuproqning  sindirish  kompleksi  bilan  reaktsiyaga  kirishadi, 
ularning  kationlari  tuproq  eritmasidan  ilgari  sindirilgan  holatdagi  kationga 
almashingan holda singadi: 
 
 
 
Tuproq  kationlardan  tashqari  anionlarga  ham  singdiradi.  Anionlarning 
singdirilish darajasiga qarab 3 guruhga bo’linadi. 
1. 
 
Yaxshi singuvchan anionlar 
2. 
 
Kuchsiz singadigan anionlar 
3. 
 
Singimaydigan anionlar 
Tuproqning fizik-kimyoviy singdirish qobiliyati o’simliklarning  oziqlanishida 
muhim  ahamiyatga  ega  bo’lib  bu  jarayon  natijasida  muhim  ozuqa  elementlari 
tuproqda  ushlanib  qoladi  va  pastka  qatlamlarda  yuqilib  ketmaydi.    Fizik-kimyoviy 
singdirish  vaqtida  zol  holidagi  kolloidlarning  gel  holiga  o’tishi  sababi  tuproqlda 
mikrostruktura elementlari paydo bo’ladi. 
4. Tuproqning kimyoviy singdirilishi. 
Tuproqdagi  ayrim  eruvchan  tuzlarning  o’zaro  kimyoviy  reaktsiyaga  kirishishi 
natijasida  suvda  erimaydigan  yokislotali  juda  qiyin  eriydigan  va  cho’kmaga 
tushadigan birikmalarni hosil bo’lishi bilan bog’liqdir.  
Masalan,  karbonat  kislota  va  sulfat  kislota  anionlari  kalitsiy  va  magniyning  2 
valentli  kationlari  bilan  suvda  qiyin  eriydigan  cho’kmalarga  tushadiganlarni  hosil 
qiladi.  
Tuproqning  kimyoviy  singdirish  xususiyati  aniyqsa  tuproqdagi  fosforning 
o’zgarishida katta ahamiyatga egadir. 
Ikki  kaltsiy  fosfat  kuchsiz  (...............)  kuchsiz  kislotalarda  eriydi  va  uning 
tarkibidagi fosfor o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi.  
Yomon  eriydigan  uch  kaltsiyli  fosfatning  hosil  bo’lishi  bilan  fosforning 
o’simliklar uchun samarasi yo’qoladi.  


5. Tuproqni biologik singdirish. 
Tuproqni biologik singdirish xususiyati tuproqda o’simliklarning tirik ildizlari 
va  mikroorganizmlarning  mavjudligi  bilan  bog’liqdir.  O’simliklarning  tirik  ildizlari 
va  mikroorganizmlar  tuproq  eritmasidan  azot  va  boshqa  kul  elementlarini  tanlab 
qabul qiladi. Ularni o’z tanalarida turli organik birikmalarga aylantiradi.  
Natijada  ozuqa  moddalar  tuproqdan  yuvilib  ketishidan  saqlaydi.  Biologik 
faolyat natijasida tuproqda ozuqa moddalar to’planadi. Ko’pchilik mikroorganizmlar 
oziqlanishi  va  o’zining  tanasini  qurishi  uchun  o’simliklar  foydalanadigan  ozuqa 
elementlaridan foydalanadilar.  
Tuproq  tarkibida  mikroorganizmlar  miqdori  juda  ko’pdir.  Mikroorganizmlar 
organik moddalarni oziq va energetik material sifatida foydalanib ularni parchalaydi 
va  ularni  mineral  oziqlanish  elementlariga  aylantiradi.  O’simliklar  bilan  bir  vatqda 
mikroorganizmlar ham azot, fosfor oltingugurt va boshqa elementlarni istemol qiladi. 
Tirik  mikroorganizmlar  plazmasining  tanasida  sezilarli  darajada  azot,  fosfor, 
oltingugurt va kaliy borligi aniqlangan.  
E.N.Mishustinning 
hisoblashiga 
ko’ra 
madanilashgan 
chimli 
podzol 
tuproqlardagi  mikroorganizmlarning  plazmasida  har  gektar  hisobiga  125  kilogramm 
azot,  40  kilogramm  fosfor  va  25  kilogramm  kaliy  borligi  aniqlangan.  Tuproqqa 
solingan o’g’itlarning bir qismini ham mikroorganizmlar tomonidan istemol qilinadi.  
 
TUPROQNING SINGDIRISH SIG’IMI  
 
Turli  xil  tuproqlar  tarkibida  xar  xil  miqdorda  singdirilgan  kationlar  bilan 
almashinishga xos bo’lgan kationlar mavjud. 
Tuproqdagi  hamma  almashinuvchi  sinshdirilgan  kationlarning  umumiy 
yig’indisiga tuproqning singdirish sig’imi deyiladi.  
U 100 gramm tuproqda milligramm ekvivalentda ifodalanadi. Masalan, 100 g 
tuproqda  singdirilgan  holatda  400  mg  kal’tsiy  ioni,  60  mg  magniy  va  9  g  ammoniy 
oini 
bo’lsa, 

vaqtda 
100 

shu 
tuproqning 
singdirishi 
sig’imi 
400/20+60/12+9/18=25,5  m.ekv  ga  tengdir.  Singdirish  sig’imi  tuproqning  mexanik 
tarkibi  va  melorativ  holatiga  hamda  tarkibida  qancha  miqdorga  organik  moddalar 
saqlashiga  bog’liq.  Tarkibida  kam  miqdorda  kolloid  fraktsiyalar  saqlovchi  qumli  va 
qumloq  tuproqlarda  singdirish  sig’imi  ham  juda  past  bo’ladi.  Organik  moddalarga 
boy bo’lgan tuproqlarning singdirish sig’imi ham katta bo’ladi.  
Singdirish  sig’imi  past  bo’lgan  qumli  va  qumloq  tuproqlarda  tuproqqa  oson 
eriydigan  g’ilar  solinganda  uning  tarkibidagi  ozuqa  moddalarning  yufilib  ketishi  va 
tuproq  eritmasi  kontsentratsiyasini  haddan  tashqari  oshib  ketishiga  olib  keladi. 
SHuning  uchun  bunday  tuproqlarda  azotli  va  kaliyli  o’g’itlarni  kichik  normalarda 
berish va ularni ham ekishdan oldinroq solish kerak. 
Singdirish  sig’imi  yuqori  bo’lgan  tuproqlarda  ozuqa  moddalarning  yuqilib 
ketishi  va  tuproq  eritmasi  kontsentratsiyasini  ortiqcha  darajada  ortib  ketish  hollar 
kuzatilmaydi.  Kal’tsiy  va  magniy  ioni  yig’indisi  tuproqdagi  umumiy  almashinuvchi 
singdirilgan  kationlarning  90  %  ini  tashkil  etadi.  Kislotali  muhitga  ega  bo’lgan 
tuproqlarda  singdirilgan  kationlar  orasida  vodorod  va  alyuminiy  ionlari,  sho’rtob 
tuproqlarda natriy  kationlari ko’p miqdorni tashkil etadi. 


Tuproq  tomonidan  almashinuvchi  singdirilgan  kationlardan  o’simliklar  uchun 
eng muhim ozuqa moddalar manbasi hisoblanadi. Ular tuproq eritmasidan oson siqib 
chiqariladi va o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi.  
Tuproqning  natriy  bilan  to’yinishi  kolloidlarning  peptizatsiyasini  vujudga 
keltiradi.  Bu  esa  tuproqdagi  ozuqa  moddalarning  yuvilishiga  va  uning  miqdorini 
kamayib  ketishiga  tuproqning  donador  strukturasining  buzilishiga  va  fizik 
xossalarining  yomonlashuviga  olib  keladi.  Bundan  tashqari  tuproqni  singirish 
kompleksida  natriy  mavjud  bo’lsa,  uning  tuproq  eritmasidagi  boshqa  kationlar  siqib 
chiqaradi  va  bunda  soda  hosil  bo’ladi.  Bu  esa  tuproq  eritmasida  o’simliklarning 
o’sishi uchun noqulay sharoit yani ishqorli reaktsiyani vujudga keltiradi. 
Tuproqning singdirish kompleksi tarkibida vodorod va alyuminiy ionlari ortib 
ketsa  suvda  eriydigan  tuzlarning  kationlari  bilan  o’zaro  taosir  natijasida  tuproq 
eritmasiga o’tishi va uni kislotali qilib qo’yishi mumkin. 
Tuproq  eritmasining  kislotaliligi  ortib  ketsa  va  ayniqsa  uning  tarkibida 
alyumini ko’p bo’lsa, u o’simlikning o’sishiga salbiy taosir ko’rsatadi.  
 
TUPROQNING KISLOTALILIGI VA UNING TURLARI 
 
Tuproqning  kislotaliligi  uning  eritmasida  va  sigdirish  kompleksida  vodorod 
ioni  mavjud  bo’lgan  holda  vujudga  keladi.  Odatda  tuproqning  aktual  va  potentsial 
kislotaliligi  farq  qiladi.  Tuproqning  aktual  kislotaliligi  tuproq  eritmasidagi  vodorod 
ionnining  kontsentratsiyasi  yuqori  bo’lishiga  bog’liqdir.  U  tuproqdan  olingan  suvli 
so’rim bo’yicha oziqlanadi va tuproq eritmasidagi vodorod ioni kontsentratsiyasining 
manfiy logarifmi ko’rsatadigan rN kattalik bilan o’lchanadi.  
Neytral  raktsiyali  muhitda  vodorod  va  gidroksil  ionlari  kontsentratsiyasi  bir 
xilda bo’lib, u bir litr eritmada 10-7 yoki eritma rN 0,7 ni tashkil etadi.  
 
Agar eritma rN 7,0 dan kichik bo’lsa, reaktsiya kislotali bo’ladi.  
Tuproqning  aktual  kislotaliligi  tuproqda  karbonat  kislota,  shuningdek  suvda 
eriydigan  boshqa  kislota  va  boshqa  gidrolitik  nordon  tuzlar  vodorod  ionining 
dissotsilanishi hisobiga neytrallaydigan moddalarning yetishmasligidan kelib chiqadi.  
Tabiiy sharoitda turli xil tuproqlarda suvli so’rim reaktsiyasi rN bo’yicha 3-3,5 
dan sho’rtop tuproqlarda rN 9-10 gacha o’zgarib turadi.  
Janubiy  qora  tuproqlarda  va  kashtan  tuproqlarda  rN  7,5,  bo’z  tuproqlarda  esa 
rN 8,5 gacha va sho’rtoplarda rN 9 gacha va undan ko’proq ishqori reaktsiyaga ega 
bo’ladi. oddiy va qalin qavatli qora tuproqlarda muhit reaktsiyasi neytralga yaqin. rN 
6,5. Tuproqning aktual kislotaliligi potentsial kislotalilik bilan bevosita bog’liq bo’lib 
bu ham o’znavbatida almashinadigan va gidrolitik kislotalikka bo’linadi.  
Tuproqning  singdirish  kompleksidagi  vodorod  va  alyuminiy  ionlari  tuz 
eritmalarining o’zaro taosirida singdirilgan holatdan siqib  chiqariladi, natijada tuproq 
eritmasi  reaktsiyasini  nordonlashtiradi.  Eritmada  xlorid  kislota    va  alyuminiy  xlorid 
yani gidrolitik nordon tuzlar xosil bo’ladi. 
 
 
 
 


Tuproqda singdirilgan holatda va birorta neytral tuz taosirida siqib chiqarishga 
moyil  bo’lgan  vodorod  va  alyuminiy  ionlari  vujudga  keladigan  kislotalilikka 
almashinadigan  kislotalilik  deyiladi.  U  tuproqni  1    n  kaliy  xlorid  eritmasida  ishlov 
berish yo’li bilan aniqlanadi va 100 gramm tuproqqa to’g’ri keladigan m ekvivalent 
yokislotali  rN  kattalik  bilan  ifodalanadi.  tuproq  1  normal  kaliy  xlorid  bilan 
ishlanganda  tuproqning  singdirish  kompleksidan  hamma  vodorod  ham  siqib 
chiqarilmaydi.  Ularning  tufaqat  tuproqqa  gidrolitik  ishqorli  tuzlar  eritmasi  masalan, 
natriy atsetatni taosir ettirib siqib chiqarish mumkin. 
 
 
Tuproqqa vodorodni nisbatan kam harakatchan ionlarga bog’liq holdagi va ular 
tuproq  gidrolitik  ishqorli  tuz  eritmasi  bilan  taosir  ettirilganda  siqib  chiqarilganda 
sodir bo’ladigan kislotalilik gidrolitik kislotalilik deyiladi. 
Tuproqning ushbu kislotaliligida TSKda asosan kamharakatchan vodorod ioni 
bo’lib,  ular  tuproq  eritmasidagi  kationlar  bilan  qiyin  almashinadi,  shunga  ko’ra  ular 
o’simliklarga bevosita zararli taosir ko’rsatmaydi. 
 
TUPROQNING ASOSLAR BILAN TO’YINGANLIK DARAJASI 
 
Tuproqqa tavsif berish uchun faqat uning kislotaliligini absolyut o’lchami, yani 
yutilgan vodorod ionlarining umumiy miqdorini belgilashdan tashqari ularning o’zaro 
nisbati va boshqa yutilgan kationlar bilan o’zaro nisbatini ham bilish kerak.  
Vodorod va alyuminiydan tashqari  yutilgan hamma kationlar miqdori ham har 
yuz  gramm  tuproqqa  n  ekvivalent  hisobida  S  harfi  bilan  yutilgan  vodorodning 
umumiy  miqdori yani gidrolitik kislotaliligi Nch bilan ifodalanadi.  
Ularning yig’indisi har 100 gramm tuproqqa m ekv hisobida to’g’ri keladigan 
umumiy yutilish sig’imini T ko’rsatadi. S + Nch = T yutilgan asoslarning singdirish 
sig’imiga  nisbatan  foizlarda  ifodalangan  summasi  xissasiga  tuproqni  asoslar  bilan 
bo’yinganlik darajasi deyiladi va u V harfi bilan belgilanadi. 
 
 
Tuproqning  asoslar  bilan  to’yinganlik  darajasi  tuproq  kislotalilik  darajasini 
xarakterlash uchun zarur ko’rsatkich bo’lib, u tuproqqa qancha miqdorda oxak solish 
kerakligini aniqlashda hisobga olinadi. Tuproqning asoslar bilan to’yinganlik darajasi 
qancha kam bo’lsa, uning oxakka bo’lgan ehtiyoji shunchalik kuchli bo’ladi.  
 
TUPROQNING BUFERLIGI  
 
Tuproqdagi o’simliklar va mikroorganizmlarning normal hayoti va rivojlanishi 
uchun  hamda  tuproq  unumdorligini  yaxshilashda  tuproq  eritmasining  reaktsiyasi 
turg’un  holatda  bo’lishi,  yani  kislotali  yokislotali  ishqoriy  tomonga  tez  o’zgarib 
ketmasligi katta ahamiyatga ega.  
Tuproqning    yokislotali  tuproq  eritmasining  reaktsiyalar  taosiriga  qarshi  tura 
olish  qobiliyati  buferlik  deyiladi.  Buferlik  tuproq  reaktsiyasining  turg’unligini  asl 


holatini saqlab turishini va tashqi muhitning har xil reaktsiyalariga qarshi bardoshlilik 
xususiyatini ancha oshiradi.  
Buferlilik  juda  murakkab  hodisa  bo’lib,  u  tuproqni  va  tuproq  eritmasining 
kimyoviy  tarkibi  xossalari  va  singdiruvchi  kompleksning  xarakteriga  bog’liq  bo’lib, 
bir qancha jarayonlar taosirida vujudga keladi.  
Tuproqning  kislotali  reaktsiyaga  nisbatan  buferliligi  tuproq  tarkibidagi 
karbonatlarga  ayniqsa  kaltsiy  karbonat  birikmasining  miqdoriga  bog’liq.  Karbonatli 
bo’z tuproqlarga solingan ammoniy sulfat singari fiziologik kislotali o’g’itlar o’g’itlar 
karbonat  bilan  reaktsiyaga  kirishib  uning  taosirida  neytrallanadi.  Bunda  tuproq 
eritmasining reaktsiyasi o’zgarmaydi.  
Singdiruvchi  kompleks  asoslar  bilan  to’yingan  tuproqlar  kislotali  reaktsiyaga 
qarshi buferlilikka ega. 
Asoslar  bilan  to’yinmagan  tuproqlar  esa  ishqoriy  reaktsiyaga  qarshi  buferlilik 
xususiyatiga ega. 
Tuproqning  singdirish  sig’imi  qancha  katta  bo’lsa,  tuproqning  buferlilik 
qobiliyati ham shuncha yuqori bo’ladi.  
Bulardan  tashqari  tuproq  va  uning  tuproq  eritmasi  tarkibidagi  kislota 
ishqorlarning oqsil moddalari bilan o’zaro reaktsiyaga kirishi natijasida kislotalilik va 
ishqoriylik daradjasi kamayishi mumkin. 
CHunki  har  bir  tuproqdagi  organik  qoldiqlar  va  chirindilar  tarkibida  maolum 
miqdorda oqsillar bo’ladi. 
O’simliklar  neytral  yokislotali  unga  yaqin  reaktsiyali  sharoitlardagina  yaxshi 
rivojlanib o’sadi. Ana shunday reaktsiya tuproqning buferliligi bilan saqlanib turadi.  
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI  
1. 
 
Tuproqning  singdiruvchanlik  qobiliyati  qachon  va  kimlar  tomonidan 
o’rganilgan? 
2. 
 
Necha xil singdirish turi mavjud? 
3. 
 
Tuproqning fizik singdirishi va fizik-kimyoviy singdirilishi o’rtasida farq? 
4. 
 
Biologik singdirishning mohiyati nimadan iborat? 
5. 
 
Kimyoviy singdirishning ahamiyati? 
6. 
 
Tuproqning singdirish sig’imi nima? 
7. 
 
Tuproqning singdirish kompleksi nima? 
8. 
 
Tuproqning kislotaliligi necha turga bo’linadi? 
9. 
 
Tuproqning asoslar bilan to’yinganlik darajasi deganda nimani tushunasiz? 
10. Tuproqning buferliligi nima? 
11. Tuproqning buferliligining ahamiyati? 
12. Buferlilikni oshirish uchun qanday chora-tadbirlar qo’llash lozim? 
Adabiyotlar  
1. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. 
 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
3. 
 
Pankov M.A. Tuproqshunoslik «O’rta va oliy maktab nashriyoti». T. 1963. 
4. 
 
K.K.Gedroyts.  Uchenie  o  poglotitelnoy  sposobnosti  pochv.  Izb.  soch.  M. 
Selxozizdat. 1955. t.1. 
5. 
 
Petuxov  P.M.,  Pankova  Ye.N.  Dudina  N.  X.  Agroximiya  i  sistema 
udobreniya. Izd-vo Kolos. Moskva, 1979. 


 
8- MA’RUZA: MINERAL O’G’ITLAR. AZOTLI O’G’ITLAR. AZOTNING 
O’SIMLIKLAR OZIQLANSHIDAGI ROLI. TUPROQ TARKIBIDAGI AZOT VA 
UNING BIRIKMALARI DINAMIKASI. DEHQONCHILIKDA AZOTNING 
AYLANISHI. 
REJA: 
1. 
 
Mineral o’g’itlar va ularning xususiyatlari. 
2. 
 
Azotning o’simliklar oziqlanishidagi roli. 
3. 
 
Tuproq tarkibidagi azot va uning birikmalari. 
4. 
 
Dehqonchilikda azotning aylanishi. 
5. 
 
Tayanch iboralar  
6. 
 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
7. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar.  
MINERAL O’G’ITLAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI 
 
Hamma o’g’itlar ikkita asosiy guruhga bo’linadi: 
1. 
 
Organik o’g’itlar  
2. 
 
Mineral o’g’itlar  
 
Bundan  tashqari  ishlab  chiqarilishiga  qarab  sanoatda  ishlab  chiqarilgan 
o’g’itlarga va mahalliy o’g’itlarga bo’linadi. 
Qo’llanilayotgan  mineral  o’g’itlarning  samaradorligini  oshirish  uchun, 
saqlashni  to’g’ri  tashkil  etish  uchun,  ularni  bir  joydan  boshqa  joyga  olib  borishda 
isrofgarchilikning  oldini  olish  uchun  mineral  o’g’itlarning  o’zlariga  xos  fizik, 
kimyoviy va mexanik xususiyatlarni bilish lozim. 
Bunday  xususiyatlar  jumlasiga  mineral  o’g’itlarning  suvda  eruvchanligi, 
gigroskopikligi,  mushtlashib  qolishi,  namligi,  donadorlik  tarkibi,  shuningdek 
donachalarning mustahkamligi va boshqalar kiradi. 
Mineral  o’g’itlarni  saqlashda  ularning  zichlanishini,  olovga  va  portlashga 
xavfli  yokislotali  xavfli  emasligini,  ammiak  ajralib  turishi  kabi  bir  qator 
xususiyatlarni bilish lozim. 
Mineral o’g’itlarning namligi. 
Mineral  o’g’itlarning  namligi  GOST  va  texnik  shartlarda  ko’rsatilgan 
ko’rsatkichlardan yuqori bo’lmasligi  kerak. Ammoniyli - azotli o’g’itlarning namligi 
0,2-0,6 % dan oshmaslishi lozim, ammoniy nitratli va amidli o’g’itlarlarning esa 0,2-
0,3 %, nitratli o’g’itlarniki 1-2 %, kalitsiy nitratniki esa 14 % dan oshmasligi lozim. 
Suvda  eruvchan  fosforli  o’g’itlarning  maksimal  namligi  3-5%  ,  suvda 
erimaydigan  fosforli  o’g’iting  1,5-2%  dan  8%gacha  bo’lishi  kerak,  kaliyli  o’g’itlar 
uchun 1-4% dan 5-6 % gacha bo’ladi, ohak tsnining namligi 1,5-4% dan oshmasligi 
lozim. 
Gigroskopikligi.  Mineral  o’g’itlarning  xarakterli  xususiyatlaridan  biri  bu 
havodagi  namlikni  o’ziga  yutishidir.  Gigroskopiklik  10  ballik  sistma  bilan 
baholanadi.  
Kuchli  gigroskopik  o’g’itlarga  kaltsiy  nitrat  kiradi,  uning  gigroskopikligi  9,5 
ga, ammiakli selitraniki 9,3 ga, mochevina 3,6 ga, donador qo’sh superfosfatniki 4,7 
ga  tengdir.  Yuqori  gigroskopiklik  o’g’itlarni  qovushtiradi,  donachalarning 
mustahkamligi kamayadi. Soqiluvchanligi kamayadi. Mineral o’g’itlarning bir joydan 


ikkinchi  joyga  olib  borish  uchun  ularning  gigroskopikligi  3  ballga  teng  bo’lishi  va 
undan  past  bo’lishi  kerak.  4-6  ballga  teng  gigroskopiklikka  ega  bo’lgan  o’g’itlarni 
bitum  shimdirilgan  qabat  qatlamli  qog’oz  qoplarda  yokislotali  polietilen  qoplarda 
tashiladi. Gigroskopikligi 7-10 ga teng o’g’itlarni faqat germetik idishlarda saqlanishi 
lozim (polietilen).  
Mushtlashib qotib qolishi. 
Mineral  o’g’itlarning  bu  xususiyatlari  bir  qator  omillarga  bog’liq.  Uning 
namligiga  gigroskopikligiga,  donadorlik  tarkibiga,  saqlanish  sharoitlari  va  vaqtiga 
bog’liq. O’g’itlarning bu xossasi 7 ballik sistema bo’yicha baholanadi.  
Kuchli  mushtlashib  qoladigan  o’g’itlarga  0,2  -1  mm  o’lchamli  fraktsiyadagi 
karbomid  oddiy  tolqon  superfosfat  kiradi  7  ball,  donador  ammoniylashgan 
superfosfat, kaliy xlorid va silvinid 6 ballga teng. Karbonid 1-2, sulfat ammoniy 2-3, 
ammiakli selitra 2-4. 
Amalda kaliy sulfat, kaliy magniziya o’g’itlarni mushtlashib qolmaydi.  
Sochiluvchanlik. Mineral o’g’itlarning bu xususiyatlari biirnchi navbatda uning 
donadorlik  tarkibiga,  xarakatchanligiga,  donalarning  mustahkamligiga  bog’liq. 
Mineral  o’g’itlarning  bu  xossalari  12  balli  sistemada  baholanadi.  Mineral 
o’g’itlarning  bu  xususiyatlari  ularning  xar  xil  mexanizmlari  bilan  yerga  sepadigan 
paytda  ekin  maydonlari  yuzasiga  bir  tekisda  sochilib  tushishida  muhim  ahamiyatga 
ega.  
Donadorlik  tarkibi.  Bu  o’g’itlar  donadorlikning  o’lchami  bo’lib  xar  xil 
o’lchamdagi  elakdan  o’tkazish  yo’li  bilan  aniqlanadi.  Har  xil  fraktsiyalarning  foiz 
miqdori  o’g’itlarning  qotib  qolishi  va  sochiluvchanligiga  taosir  qiladi.  Bir  xil 
o’lchamga  ega  bo’lgan  o’g’itlarni  mexanizmlar  bilan  yerga  sepilganda  agregatning 
qamrov kengligiga mos ravishda tushadi.  
Donachalarning 
mustahkamligi. 
Bu 
mineral 
o’g’itlarning 
namligiga 
donachalarning  o’lchami  va  shakliga  bog’liq.  Donachalarning  mustahkamligini 
muhanik  usulda  katta  kuch  bilan  singirish  yokislotali  parchalash  bilan  maxsus 
moslamalarda olib boriladi.  
AZOTNING O’SIMLIKLAR OZIQLANISHIDAGI ROLI 
Azot  bu  o’simliklarning  oziqlanishida  eng  muhim  elementlardan  biridir.  Azot 
hamma  oddiy  va  murakkab    oqsillar  tarkibiga  kiradigan  element  bo’lib  bu  o’simlik 
hujayrasi tsitoplazmasining tarkibiy qismini tashkil etadi. Organizmlardagi moddalar 
almashinuvi  jarayonida  muhim  ahamiyatga  ega  bo’lgan  RNK  va  DNK  tarkibiga 
kiradi.  
Azot  xlorofill  tarkibida  fosfatlar,  alkaloidlar,  fermentlar  va  boshqa  o’simlik 
hujayrasidagi organik moddalar tarkibiga kiradi.  
O’simliklarning  oziqlanishi  uchun  azotning  bosh  manba  bu  azot  kislota  va 
ammoniy tuzlaridir.  
O’simliklarga  mineral  shaklda  qabul  qilingan  oddiy  oqsil  molekulalari 
tarkibiga kirishgacha borgan murakkab jarayonlarni bosib o’tadi.  
Oqsillar, aminokislotalardan sintez qilinadi, qaysiki ular organik kislotalarning 
ketonguruxlarini ammiak bilan o’zaro taosiri natijasida hosil bo’ladi.  


Aminokislotalarning  sintezi  uchun  azotning  qaytarilgan  shakli  zarur.  Agar 
o’simliklarda  uglevod  yetarli  darajada  bo’lsa,  nitritlar  o’simliklarning  ildizidayoq 
ammiakkacha qaytariladi.  
Azotning  asosiy  manbalari  bu  atmosferadagi  gaz  holidagi  azot,  tuproqdagi 
nitrat va ammoniy ko’rinishidagi azotdir.  
O’simliklardagi nitratlarning fermentlar yordamida qaytarilishi uglevodlarning 
oksidlanishi natijasida ro’y beradi va quyidagi sxemada boradi. 
Bu jarayon 4 bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqichda nitratlar nitrotreduktaza 
fermenti taosirida nitratlargacha qaytariladi. 
2-bosqichda  nitritreduktaza  fermenti  taosirida  nitritlar  giponitritgacha 
qaytariladi.  
3-bosqichda giponitrireduktaza fermenti taosirida gidroksilamin hosil bo’ladi.  
4-bosqichda  gidroksilamin  reduktaza  fermenti  taosirida  ammiakkacha 
qaytariladi. 
Nitratlarning  ammiakgacha  qaytarilishi  jarayonida  molibden,  mis,  temir  va 
marganets ishtirok etadi. 
Nitrat  shaklidagi  azot  o’simliklarda  azotningchagina  to’planishi  mumkin. 
Lekin  nitratlarning  sabzavotlarda,  yem-xashaklarda  va  boshqa  o’simliklar 
mahsulotlarida  meyoridan  ko’p  to’planishi  ularni  istemol  qiladigan  hayvon  va 
odamlar organizmiga zararli taosir ko’rsatishi mumkin.  
Ammiak  yuqori  o’simliklarda  erkin  holda  oz  miqdorda  uchrashi  mumkin. 
Lekin  uning  ko’p  miqdorda  to’planishi  ayniqsa  uglevodlar  yetishmagan  sharoitda 
o’simliklarni zaxarlashga olib keladi.  
O’simliklarni  azotning  yutishi  va  uning  oqsil  hamda  boshqa  azotli  organik 
birikmalarning hosil bo’lishida foydalanish butun o’suv davrida amalga oshiriladi. 
Azotni  o’simliklar  tomonidan  tuproqdan  eng  ko’p  qabul  qilinishi  va  uni 
aminokislotalar  va  oqsillar  sintezi  uchun  foydalanishi  o’suv  organlari  poyasi  va 
barglari hamda hsil elementlari paydo bo’lgan davrga to’g’ri keladi.  
Azot  yetishmasligi  oqibatida  o’simliklarning  o’sishi  birdan  yomanlashadi, 
ayniqsa azot yetishmasligi barglarning rivojlanishida yaqqol ko’rinadi.  
SHuningdek,  hosil  elementlarining  paydo  bo’lishi  va  rivojlanishi  ham 
yomonlashadi.  Natijada  olingan  hosil  sezilarli  darajada  ortadi  va  undagi  oqsil 
moddalarning  miqdori  ham  ko’payadi.  Lekin  azot  bilan  bir  tomonlama  ko’p 
oziqlatirish  ayniqsa  o’suv  davrining  2-yarmida  hosilning  yetilishini  kechiktirib 
yuboradi. Lekin don, tuganaklar, kartoshka, paxta hosili va boshqalar kamayib ketadi.  
D.N.Pryanishnikov  va  uning  shogirdlari  olib  borgan  ishlari  ammiak  va  nitrat 
azoti muayyan sharoitlarda o’simliklar uchun azotning teng qimmatli manbai bo’lishi 
mumkinligini isbotlagan.  
Lekin  o’simliklarning  ammiak  va  nitrat  azotidan  foydalanishi  bir  qator  ishlab 
chiqarishki  va  tashqi  omillarga  ekinning  biologik  xususiyatlariga,  o’simliklarning 
uglevodlar  bilan  taminlanganlik  darajasiga  muhit  reaktsiyasiga,  kaltsiy,  magniy, 
kaliy,  fosfor  va  mikro  elementlarning  bor  yo’qligiga  bog’liq.  Kal’tsiy,  magniy  va 
kaliy  miqdorining  ko’p  bo’lishi  ammiakli  azotning  o’zlashtirilishi  uchun  yaxshi 
sharoit yaratadi, nitratli azot bilan oziqlantirishda esa fosfor yetarli bo’lishi kerak. 


Molibdenning  yetishmasligi  nitratlarning  qaytarilishini  sekinlashtiradi  va 
o’simliklarning nitrat azotini assimilyatsiya qilishini seklab qo’yadi.  
TUPROQ TARKIBIDAGI AZOT VA UNING BIRIKMALARI 
Er  qobig’idagi  azotning  miqdori  A.P.Vinogradov  maolumotiga  ko’ra  2,3*10
-2
 
%  ni  yokislotali  uning  umumiy  zahirasi  o’nlab  mlrd  tonnani  tashkil  etadi.  Tuproq 
tarkibidagi azotning asosiy qismi organik birikmalar ko’rinishida bo’ladi.  
Bundan  tashqari,  azotning  bir  qismi    yer  qobig’ida  ammoniylar 
almashinmaydigan  ion  ko’rinishida  alyumoslikatlarning  kristall  panjaralarida 
ushlanib qoladi.  
Tuproq  tarkibidagi  azotning  umumiy  miqdori  uning  tarkibidagi  organik 
moddalarning  miqdoriga  bog’liqdir.  Azotning  eng  ko’p  miqdori  chirindiga  boy 
bo’lgan  qora  tuproqlarda  kam  miqdori  esa  chirindi  bilan  kam  taminlangan  chimli 
podzol va bo’z tuproqlarda.  
Masalan, os tusli bo’z tuproqlarda 0,07-0,22 %, tipik bo’z tuproqlarda 0,1-0,2 
%,  to’q  tusli  bo’z  tuproqlarda  0,35-0,40  %.  1  gektar  yerning  haydov  qatlamidagi 
azotning  umumiy  zahirasi  turli  tuproqlarda  turlicha  bo’ladi.  qumoq  tarkibli  chimli 
podzol tuproqlarda 1,5 t bo’lsa, unumdor qora tuproqlarda esa 15 t ni tashkil etadi.  
 
Tuproqlar  
umumiy azot  
 
%  
ga/t 
CHimli-podzol tuproqlarda 
 
 
Kulrang o’rmon tuproqlarda 
 
 
Ishqorsizlangan qora tuproqlarda 
 
 
Unumdor qora tuproqlarda 
 
 
Oddiy qora tuproqlarda  
 
 
Kashtan tuproqlarda 
 
 
Bo’z tuproqlarda 
 
 
Qizil tuproqlarda 
 
 
 
Lekin  qishloq  xo’jalik  ekinlarining  azot  bilan  taminlanishi  tuproq  tarkibidagi 
umumiy  miqdorga  emas,  balki  uning  o’simliklarga    o’zlasha  oladigan  shakliga 
bog’liqdir.  
 
Tuproq  tarkibidagi  o’simliklarga  o’zlasha  odadigan  azot  nitrat  ioni  va 
almashinuvchi ammoniy ioni krinishida bo’lib, 1% ni tashkil etadi.   
Tuproq tarkibidagi azotli organik birikmalarning parchalanishi quyidagi sxema 
bo’yicha boradi: 
Oqsillar,  gumin  moddalar 
  aminokislotalar,  amidlar    ammiak    nitritlar 
 nitratlargacha. 
Azotli  organik  moddalarning  ammiakkacha  parchalanishi  yokislotali 
qaytarilishi ammonifikatsiya deyiladi.  
Ammonifikatsiya  jarayoni  aerob  va  anaerob  mikroorganizmlarning  katta 
guruhlari itirokida amalga oshiriladi.  


Bu  biokimyoviy  jarayon  natijasida  hosil  bo’lgan  ammiak  tuproqdagi  har  xil 
kislotalar bilan reaktsiyaga kirishadi va o’simliklar uchun azot  manbi bo’lgan tuzlar 
hosil bo’ladi.  
Ammoniikatsiya  jarayoni  hamma  tuproqlarda  turli  xil  reaktsiyali  sharoitlarda, 
xavo  ishtirokida  yokislotali  havosiz  sharoitda  boradi,  lekin  anaerob  sharoitda  kuchli 
kislotali va ishqorli muhitda kuchli darajada sekinlashadi. 
Anaerob sharoitlarda azotli organik moddalar ammiakgacha parchalanadi. 
Nitrifikatsiya jarayoni maxsus bakteriyalar ishtirokida amalga oshiriladi, bunda 
ketma-ket  bo’ladigan  ikki  xil  biokimyoviy  jarayon  natijasida  tuproqdagi  ammiak 
dastlab nitrit kislota, so’ngra esa nitrat kislotaga aylanadi.  
Ammiakning bu xildagi oksidlanishi nitrifikatsiya jarayoni deyiladi. 
Nitrifikatsiya  jarayoni  natijasida  paydo  bo’lgan  nitrat  kislota  tezgina 
tuproqdagi kationlar bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishib kaltsiy nitrat, magniy nitrat 
kabi tuzlarni hosil qiladi.  
Nitrifikatsiya jarayonida qatnashadigan bakteriyalar aerob, yani kislorod taolab 
mikroorganizmlardir. 
Kislotali (rN=6-3) podzol va botqoq tuproqlardan tashqari hamma tuproqlarda 
ana  shunday  bakteriyalar  juda  ko’p  miqdorda  uchraydi,  ular  ishtirokida 
mikrobiologik jarayonlar rivojlanadi.  
A.N.Lebedyantsev  maolumotlariga  ko’ra,  agarda  tuproqda  azotli  organik 
moddalarning  zaxirasi  yetarli  bo’lsa,  nitrifikatsiya  jarayoni  natijasida  bir  yilda  1 
kilogramm tuproqda 100 mg nitrat to’planadi yokislotali 1 gektarda 300 kilogrammga 
to’g’ri keladi.  
Bulardan  tashqari  atmosferadgi  erkin  molekulyar  azotni  o’zlashtiradigan 
mikroorganizmlar  ham  bo’ladi.  Ko’pchilik  yashil  o’simliklar  ham  huddi  shnday 
xususiyatlarga ega. Bu xildagi bakteriyalar atmosferadagi erkin molekulyar azotni o’z 
tanasiga  o’zlashtirib,  uni  murakkab  moddalarga  aylantiradi.  Natijada  bu 
mikrobiologik jarayon tufayli tuproqda azotli moddalar  ko’plab to’planadi.  
Atmosferadagi  molekulyar  azotni  o’zlashtiradigan  tuproq  bakteriyalarining  2 
turi, erkin yashovchi aerob va anaerob bateriyalar hamda dukkali ekinlar ildizida ular 
bilan birgalikda yashaydigan tuganak bakteriyalar tarqalgan.  
O’simliklarning turi, tuproq tipi va olib boriladigan agrokimyoviy tadbirlarning 
sifatiga qarab, tuganak bakteriyalari byuir gektar ekin maydonida bir mavsumda 100-
150  kilogrammgacha  azotni  o’zlashtiradi.  Haroratning  va  tuproq  muhiti  reaktsiyasi 
neytralga  yaqin  bo’lishi  tuganak  bakteriyalari  uchun  eng  qulay  sharoit  hisoblanadi. 
Tuganak bakteriyalari o’zlashtirgan va organik modda holida bo’lgan azot ular nobud 
bo’lgandn keyin parchalanib, o’simliklar ildiziga oson singadigan azot tuzlarini hosil 
qiladi. 
DEHQONCHILIKDA AZOTNING AYLANISHI  
Tuproq  tarkibidagi  azotning  umumiy  zapasi,  shuningdek  uning  tuproqdagi  
mineral birikmalarning miqdori har doim o’zgarib turadi, yani bir tomondan azotning 
sarf  bo’lishi,  ikkinchi  tomondan  uning  to’ldirilib  turilishidir.  Tuproq  tarkibidagi 
azotning  sarf  etilishi  uni  o’simliklar  tomonidan  foydalanishi  va  hosil  bilan  chiqib 
ketishi, shuningdek eroziya va denitrifikatsiya jarayonlari natijasida yo’qolishidir.  


Suv  va  shamol  eroziyasi  vaqtida  tuproq  zarrachalari  bilan  birga  chirindi 
moddalari ham yo’qoladi. Bu esa tuproqda chirindi va umumiy azotning kamayishiga 
olib keladi.  
Tuproq  tarkibidagi  mineral  shakldagi  azot  ammoniy  va  nitrat  ionlarining 
organik moddalarga aylanishi natijasida kamayadi.  
O’simliklarga  o’zlasha  oladigan  azot  nitratlarning  tuproq  chuqur  qatlamlariga 
yuvilishi va denitrifikatsiya jarayonida eng ko’p miqdorda yo’qoladi. 
Nitratlar  juda  harakatchazotning  bo’lganligi  sababli,  ular  sizot  suvlarigacha 
yuvilishi  mumkin  va  uni  o’simliklar  qayta  ololmaydilar.  Ntiratlar  tuproq  tarkibida 
ham vertikal yo’nalish bo’yicha ham gorizontal yo’nalish bo’yicha xarakatlanadi. Bu 
holat erta bahorda va kuzda ayniqsa yaqqol bilinadi. 
Nitratlarning  yuvilish  darajasi  iqlim  sharoitiga,  tuproqqa  ilov  berishga, 
dalaning  o’simliklar  bilan  qoplangalik  darajasiga  va  ekin  maydonlarini  band 
ilganligiga bog’liqdir. 
Agar  maydon  o’simliklar  bilan  qoplangan  bo’lsa,  nitratlarni  yuqilishdan 
saqlaydi,  chunki  o’simliklarning  ildizlari  nitratlarni  maolum  miqdorda  o’zlariga 
singdiradi. SHuning uchun o’suv devorida tuproqdan nitratlar kam yuviladi.  
Nitratlarning  yuvilishi,  asosan  bahorda  va  kuzda  sodir  bo’ladi,  chunki  bu 
paytda  maydonlarda  o’simliklar  bo’lmaydi.  Sug’orilib  dehqonchilik  qilinadigan 
sharoitda  to’g’ri  sug’orish  sistemasi  tashkil  etilsa,  tuproq  suvlari  sizot  suvlari  bilan 
tutashmagan vaqtda, nitratlar yuvilishidan saqlanadi.  
Sug’orish  suvlari  bilan  tuproqning  pastki  qatlamlarigacha  tushgan  nitratlar 
keyinchalik parlanish natijasida yuqoriga ko’tariladi.   
Nitratlarning yuvilishi tuproqlarning mexanik tarkibiga ham bog’liq.  Mexanik 
tarkibi  yengil,  toshloq,  qumli  va  qumoq  tuproqlarda  nitratlar  mexanik  tarkibi  og’ir 
tuproqlarga nisbatan ko’p yuviladi. (1 ga dan 20-30 kilogramm). 
Tuproq  tarkibidan  azot,  asosan  gaz  holida,  denitrifikatsiya  hodisasi  natijasida 
yo’qoladi.  Tuproq  tarkibidagi  azotning  kamayishiga  qishloq  xo’jalik  ekinlarining 
hosili bilan chiqib ketishi ham sabab bo’ladi. 
 
NAZORAT SAVOLLARI  
 
1. 
 
O’g’itlar necha guruhga bo’linadi? 
2. 
 
Saoatda ishlab chiqarilgan o’g’itlarga, mahalliy o’g’itlarga qaysilar kiradi? 
3. 
 
Mineral o’g’itlar qanday xususiyatlarga ega? 
4. 
 
Mineral o’g’itlarning gigroskopikligi nima va u qanday ahamiyatga ega? 
5. 
 
Mineral o’g’itlarning sochiluvchanligi nima va uning ahamiyati? 
6. 
 
Mineral o’g’itlarni saqlashda qanday amillarni hisobga olish lozim? 
7. 
 
O’simliklar uchun azotning asosiy manbalari qaysilar? 
8. 
 
Tuproq tarkibidagi azotning asosiy qismi qanday ko’rinishda bo’ladi? 
9. 
 
Tuproq  tarkibidagi  o’simlikka  o’zlasha  oladigan  azot  necha  %  ni  tashkil 
etadi? 
10. Ammonifikatsiya jarayoni deb nimaga aytiladi va uning ahamiyati? 
11. Nitrifikatsiya hodisasi nima va uning ahamiyatini izohlang. 


12. Atmosfera  erkin  azotning  bog’lashda  qaysi  mikroorganizmlar  itirok  etadi 
va bu hoisani mohiyatini gapiring. 
13. Tuproq tarkibidagi azotning sarflanish qismini ko’rsating? 
Adabiyotlar  
1. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. 
 
Agroximiya.  Pod.  red  .  V.M.Klechkovskogo  i  prof.  A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str. 
3. 
 
Spravochnik po udobreniyam. Moskva, Izd-vo, Kolos. 1964. 
 
 
 
9-MA’RUZA: AZOTLI O’G’ITLARNI ISHLAB CHIQARISH. ULARNING 
TURLARI, YILLIK MEOYORLARI VA YERGA  
SOLISH MUDDATLARI 
 
REJA: 
 
1. 
 
Sanoatda azotli o’g’itlarning ishlab chiqarilishi. 
2. 
 
Azotli o’g’itlarning turlar va ularning tavsifi. 
3. 
 
Ammiakli selitraning tuproq bilan o’zaro munosabati.  
4. 
 
Mochevinaning tuproq bilan o’zaro munosabati. 
5. 
 
Azotli o’g’itlarning yillik normalari. 
6. 
 
Azotli o’g’itlarning samaradorligi va uni yaxshilash yo’llari. 
7. 
 
Tayanch iboralar  
8. 
 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
9. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar  
 
 
Sanoatda azotli o’g’itlarning ishlab chiqarilishi. 
 
Ammiak  sintezi.  Sanoatda  azotli  o’g’itlar ishlab  chiqarish  molekulyar  azot va 
vodoroddan ammiak sintez qilishga asoslangan. 
Ammiak  sintezi  atmosfera azotini bog’lanishning  juda  muhim  usulidir.  Sintez 
jarayonida  azot  yonamunalaryotgan  koksli  generatorga  havoni  quyish  yo’li  bilan 
olinadi,  vodorod  manbai  esa  metanga  boy  bo’lgan  tabiiy  gazdan  yokislotali  qisman 
koks pechlaridan chiqib ketayotgan gazlardan olinadi. 
Sintetik ammiak ishlab chiqarishda 3 hajm vodorod va 1 ham azot aralashmasi 
kompressorlar bilan so’riladi va zaruriy bosimgacha siqiladi.  
So’ngra  vodorod  azot  aralashmasini  tozalash  maqsadida  moy  ajratkichdan  va 
qizdirilgan ko’mir to’ldirilgan filtrdan o’tkaziladi.  
Tozalangan  aralashma  katalizatorlikontakt  apparatiga  yuboriladi.  Bu  yerda 
400-500  S  harorat,  yuqori  bosim  ostida  va  katalizatorlar  ishtirokida  azot  vodorod 
bilan  reaktsiyaga  kirishadi  va  gaz  holidagi  ammiak  hosil  bo’ladi.  hosil  bo’lgan  gaz 
holidagi ammiak sovitilishi natijasida suyuq ammiakgacha aylanadi: 
Olingan  ammiakni  kislorod  bilan  oksidjlab,  ammoniy  tuzlari  va  nitrat  kislota 
olish uchun foydalaniladi: 


Olingan  nitra  kislota  natriyli  va  ammiak  -nitratli  o’g’itlar  ishlab  chiqarish 
uchun foydalaniladi.  
Sintetik  ammiak  va  nitrat  kislotalar  azotli  mineral  o’g’itlar  ishlab  chiqarish 
uchun foydalaniladigan asosiy xom ashyodir. 
 
AZOTLI O’G’ITLARNING TURLARI 
 
Hozirgi vaqtda quyidagi azotli o’g’itlar ishlab chiqariladi6 
1) nitratli azotli o’g’itlar - natriy nitrat, kaltsiy nitrat 
2) ammoniyli  va  ammiakli  azotli  o’g’itlar  -  ammoniy  sulfat,  ammoniy  xlorid, 
ammiakning suvdagi eritmasi.  
3) ammiak  nitratli  -ammiakli  selitra,  ohak  -  ammiakli  selitra,  suyuq 
ammiakatlar. 
4) Amidli azotli o’g’itlar - mochevina kaltsiy tseonidi.  
 
1. 
 
Natriyli  azotli  o’g’itlar.  Ularga  asosan  antriy  nitrat  va  kaltsiy  nitrat  tuzlari 
kiradi. 
Uzoq vaqtgacha bu guruhning yagona vakili chili selitrasi bo’lib, u tabiiy holda 
qazib olingan.  
Atmosfera azotini bog’lash usuli kashf etilishi munosabati bilan hozirgi kunda 
sintetik selitra ishlab chiqarilmoqda.  
Natriyli selitra - uning tarkibidagi azotning miqdori 15-16 % ni tashkil etib, 26 
% natriy bo’ladi.  
 
 
Kaltsiyli  selitra  -  tarkibida  13-15  %  azot  bor.  Bu  selitra  40-48  %  li  nitrat 
kislotani mel yokislotali ohak bilan neytrallash yo’li bilan olinadi.  
Natriy  nitrat  va  kaltsiy  nitrat  tuzlari  tuproq  eritmasida  tezda  eriydi  va  bu 
selitralar  tuproqni  singdirish  kompleksi  bilan  almashinuvchi  reaktsiyaga 
kirishadi. 
Natriy  va  kaltsiy  kationlarini  tuproq  singdiradi.  Tuproq  singdirish 
kompleksidan kaltsiy va vodorod kationlari tomonidan siqib chiqarilgan nitrat 
kislota anioni kaltsiy nitrat va nitrat kislotani hosil qiladi.  
Natriyli va kaltsiyli selitralar ildizmevali ekinlarga ishlatiladi.  
Bu  o’g’itlar  chimli  podzol  tuproqlarda  yaxshi  samara  beradi.  Bu    o’g’itlarni 
kuzgi  ekinlarni  va  chopiq  talab  ekinlarni  ekishdan  oldin,  ekish  bilan  birga 
qatorlarga va oziqlantirishda qo’llaniladi.  
Natriyli selitra  ayniqsa qand lavlagining urug’ini  ekish bilan birga solinganda 
yashi samara beradi.  
CHimli  podzol  tuproqlarda  kaltsiy  nitratning  ishlatilishi  va  samaradorligi 
bo’yicha oldingi o’rinda turadi.  
Bu  tuproqda  kaltsiyli  selitra  solinganda  TSK  kaltsiy  bilan  boyiydi.  Tuproq 
eritmasida  kaltsiy  bikarbonat  hosil  bo’ladi  va  natijada  tuproq  kislotaliligini 
netrallaydi. Natriyli selitrani sho’rlangan va sho’rtop yerlarga solinishi tavsiya 
etilmaydi.  


2. 
 
Ammoniyli  va  ammiakli  azotli  o’g’itlar  jumlasiga  aamoniy  sulfati  kiradi. 
Tarkibidagi azoti 20,5-21 % ni tashkil etadi. Ammoniy sulfat dunyoda ishlab 
chiqarilayotgan  azotli  o’g’itlarning  25  %  ni  tashkil  etadi.  Ammoniy  sulfat 
suvda yaxshi eriydi. Suyuqlanganda qotib qolmaydi. Gigroskopikligi uncha 
katta  emas.  Sochiluvchanligi  yaxshi  kristal  ko’rinishidagi  tuz,  rangi  oq, 
namligi 0,2-0,3 % dan oshmasligi lozim. 
Ammoniy  natriy  sulfat  tarkibidagi  azoti  16  %  dan  kam  emas.  Rangi  sariq. 
Natriy sulfat, 20-25 % ni, natriy oksidi 9 % ni tashkil etadi.  
Ammoniy  xlorid  tarkibidagi  azoti  24-25  %,  xlori  esa  66,6  %  ni  tashkil  etadi. 
Suvda yaxshi eriydi, gigroskopikligi kam, saqlanganda qotib qolmaydi. 
Ammoniy  karbonat -  tarkibidagi azoti 21-24  %, ochiq havoda ammiak  ajralib 
turadi va tezda ammoniy bikarbonatga aylanadi. 
Ammoniy bikarbonat - tarkibida 17 % ga yaqin azot bor.  
Tuproqqa  solingan  ammoniy  sulfat  tezda  eriydi  va  tuproqni  qattiq  fazasidagi 
kationlar bilan almashinish reaktsiyasiga kirishadi. 
Tuproq  tarkibida  erigan  o’g’itning  ammoniy  kationi  tuproqni  singdirish 
kompleksiga o’tadi va eritmada esa ekvivalent miqdorda boshqa kation qoladi.  
Singdirilgan ammoniy kationi o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi.  
Tuproq  singdirish  kompleksiga  singdirilgan  ammoniy  ioni  kam  harakatchan 
bo’lib qoladi. Bu esa ammoniy sul’fatdagi azotning yuvilishini oldini oladi. 
Nitrifikatsiya  jarayoni  natijasida  ammoniy  sulfatning  azoti  nitrat  shakliga 
o’tadi.  Nitrat  shaklidagi  azot  tuproq,  kolloid  zarrachalariga  singimaydi. 
Eimaydigan tuzlar hosil qilmaydi. Tuproq eritmasiga qoladi.  
Bu  esa  o’simliklarning  ildizidan  tezda  qabul  qilishiga  sharoit  tug’diradi.  bu 
o’g’itlarni  kislotali  muhitga  ega  bo’lgan  tuproqlarda  qo’llashni  tavsiya 
etilmaydi.  
Suyuq ammiakli o’g’itlar. 
1. 
 
Suvsiz  ammiak  -  tarkibidagi  azoti  82,3  %  ni  tashkil  etib,  eng  yuqori 
kontsentratsiyali  o’g’it  hisoblanadi.  Gaz  holidagi  ammiakni  suyultirish 
yo’li bilan olinadi. Ochiq idishda saqlash mumkin emas.  
2. 
 
Ammiakli  suv  yoki  ammiakning  suvdagi  eritmasi.  Ikki  xil  navda  ishlab 
chiqariladi.  1  navidagi  azot  20,5  %,  2-navidagi  azot  -  16,4  %  ni  tashkil 
etadi.  
3. 
 
Ammiak  -  nitratli  azotli  o’g’itlarga  ammiakli  selitra  kiradi.  Tarkibidagi 
ham ammiakli ham nitratli azoti 34,6 % ni tashkil etadi. 56-60 % li nitrat 
kislotasini gaz holidai ammiak bilan neytrallash natijasida olinadi. 
Ammiakli selitrani ajratib olish uchun eritma 95-98 % gacha parlatiladi. Qayta 
kristallanadi va quritiladi.  
Natijada  oqilona  foydalanish  rangli kristall tarkibida  98-99  % ammoniy  nitrat 
bor modda olinadi. 
Ammoniy nitratning gigroskopikligi juda yuqori, ochiq havoda namli juda tez 
tortadi va qotib qoladi. 
Qotib  qolishini  kamaytirish  uchun  oz  miqdorda  tuyulgan  fosforit  uni,  gips, 
kaolinit qo’shiladi. 
Qo’shilgan qo’shimcha moddalar selitraga o’ziga xos rang beradi. 


4. 
 
Amid  shaklida  azoti bor o’g’itlar.  Bunday  o’g’itlar  jumlasiga mochevina 
kiradi, uning  tarkibidagi  azoti  46  %  dan  kam  emas.  Mochevina  karbonat 
angidrid gazi bilan ammiakni yuqori bosim va harorat ishtirokidagi o’zaro 
taosiri natijasida olinadi.  
 
Mochevina  oq  rangli  kristall  modda,  hozirgi  vaqtda  donador  qilib  ishlab 
chiqarilmoqda.  Suvda  juda  yaxshi  eriydi.  Gigroskopikligi  20  %  gacha  uncha  katta 
emas,  lekin  haroratning  ko’tarilib  borishi  natijasida  uning  bu  xususiyati  kuchayib 
boradi.  
 
Donador mochevina qotib qolmaydi. Saqlanish davrida sochiluvchanligi yaxshi 
saqlanadi.  Donachalarining  ustki  qatlami  yupqa  yog’  qatlami  bilan  qoplanadi. 
Mochevinani  donadorlashtirish  maqsadida  yuqori  harorat  taosirida  biuret  moddasi 
hosil bo’ladi.  
 
Biuretning  miqdori  mochevina  tarkibida  3  %  dan  oshmasligi  olzim.  Biuret 
zaharli modda bo’lganligi uchun 3 % dan ortib ketsa, o’simlikni halok qiladi.  
 
Hozirgi  vaqtda  sanoatda  ishlab  chiqarilayotgan  mochevinada  biuretning 
miqdori 1 % dan oshmaydi. 
 
Bu esa o’simliklarga zarar ko’rsatmaydi. 
Kaltsiy  tsianamid  tarkibida 20-22  %  azoti  bor. texnik  maxsulot  sifatida  uning 
tarkibiga  58-60  %  katsiy  tsianid  20-28  %  kaltsiy  oksid,  9-12  %  ko’mir  va  oz 
miqdorda  kremniy  kislota,  temir  oksidi,  alyuminiy  oksidi  va  kaltsiy  karbidi  kiradi. 
Kaltsiy tsianidning tashqi ko’rinishi yengil mayda qora yoki to’q kulrang poroshok.  
U bilan ishlaganda ehtiyot bo’lib ishlash lozim. CHunki teriga va ko’zga tushsa 
kuydiradi.  
Kaltsiy  tsianid  tuproqqa  solingandan  so’ng  gidrolizga  uchraydi  va  TSK  bilan 
o’zaro taosirga kirishadi. 
Hosil  bo’lgan  tsianid  o’simliklar  uchun  zaharlidir.  Lekin  u  tezlik  bilan 
mochevinaga aylanadi.  
Kaltsiy  tsianamid  ishqoriy  reaktsiyali  o’g’itdir,  chunki  uning  tarkibida  kaltsiy 
oksidining aralashmalari bor.   
Bu o’g’itni chimli-podzol tuproqlarda sistemali ravishda ishlatilishi uning fizik 
xususiyatlarini ancha yaxshilaydi. 
Kaltsiy tsianamidning o’simliklarga zararli taosirini yqotish uchun bahorda uni 
yerga ekishdan 7-10 kun oldin solish lozim yoki kuzda haydov ostiga solish lozim. 
Kal’tsiy tsianamidni o’simliklarni oziqlantirishda foydalanish mumkin emas. 
AMMIAKLI SELITRANING TUPROQ BILAN O’ZARO MUNOSABATI 
Ammiakli  selitra  tuproqning  namida  tezda  to’la  eriydi.  D.N.Pryanishnikov 
laboratoriyasida olib borilgan tajribalarda shu narsa aniqlanganki, o’simlik ammiakli 
selitradan  ammoniy  kationini  nitrat  anioniga  nisbatan  tez  va  ko’p  qabul  qiladi. 
SHuning uchun ammiakli selitra fiziologik kislotali o’g’itlar jumlasiga kiradi. Lekin 
uning  kislotalilik  xususiyati  boshqa  ammiakli  o’g’itlarga  nisbatan  ancha  past. 
Tuproqqa solingan ammiakli selitra TSK bilan reaktsiyaga kirishadi. 
Natijada  ammoni  kationi  tuproq  kolloidlar  bilan  birikadi  va  eritmada  qolgan 
nitrat  anioni  kaltsiy  yoki  magniy  tuzlarini  hosil  qiladi.  Asoslar  bilan  to’yingan  qora 
va  bo’z  tuproqlarda  hatto  doimiy  ravishda  ammiakli  selitra  yuqori  dozalarda 
ishlatilganda ham tuproq muhitida kislotalilik sodir etilmaydi.  


Tuproqda  kaltsiy  yetishmaganda  esa  tuproq  eritmasida  kislotalilik  muhiti 
yuzaga keladi.  
Bunday  kislotalilik  vaqtinchalik  harakterga  ega  bo’lib,  o’simliklar  tomonidan 
nitratlar o’zlashtirilgandan so’ng yo’qoladi.  
Lekin  ammiakli  selitrani  uzoq  vaqt  mobaynida  ishlatilishi  yengil  mexanik 
tarkibli  buferliligi  past  bo’lgan  chimli  podzol  tuproqlarda  kislotalilik  xususiyati 
ko’payishi  mumkin.  SHuning  uchun  kislotali  muhitga  chidamli  bo’lgan  ekinlarga 
solinganda uning samaradorligi pasayadi.  
Ammiakli selitrada yarim azot ammony shaklida qaysiki, tuproqqa solingandan 
so’ng  tuproq  kolloidlarga  singadi.  Yarmisi  esa  tuproq  eritmasida  qoladigan  o’ta 
harakatchazotning bo’lgan nitrat anioni ko’rinishidadir.  
Bundan tashqari tuproqqa solingan ammiakli selitraning ammoniyli va nitratli 
azotlarini  o’simliklardan  tashqari  mikroorganizmlar  ham  istemol  qiladi.  SHuning 
natijasida uning bir qismi o’simliklarda o’zlashtirilgan murakkab organik birikmalar 
ko’rinishiga  o’tadi.  Maolum  vaqtlar  o’tishi  bilan  mikroorganizmlar  halok  bo’lib, 
chirigandan  so’ng  ularning  tarkibidagi  azot  minerallashib  yana  o’simliklarga  ozuqa 
sifatida  foydalaniladi.  ularning  bir  qismi  esa  mikrob  oqsillarining  parchalanishi 
natijasida  chirindi  moddalariga  aylanaib  uzoq  muddat  o’simliklarga  o’zlashmay 
saqlanadi.  
Ammiakli selitraning ishlatilishi.  
Ammiakli  selitra  samaradorgigi  jihatidan  azotli  o’g’itlar  orasida  1-o’rinda 
turadi. Uni hamma tuproqlarda turli hil ekinlar uchun foydalanish mumkin. Kislotalik 
buferliligi oz bo’lgan chimli podzol tuproqlarda ishlatish uchun ularni avval ohaklash 
lozim.  Ammiakli  selitraning    potentsial  kislotaligini  ohak  yoki  dolomit  bilan 
neytrallash lozim. 
Bu o’g’itni o’ta nam iqlimli sharoitda mexanik tarkibi yengil tuproqlarda kuzda 
haydov  ostiga  solib  bo’lmaydi.  SHo’ri  yuvilmaydigan  iqlimi  quruq  joylarda  esa 
kuzda solinsa ham bo’ladi.  
Bizning  sharoitda  asosan  kuzda  solinmaydi,  bahorda  g’allali  ekinlarni 
oziqlantirishda  ishlatiladi.  Bir  qismi  ekish  bilan  birga  qolgan  qismi  esa 
oziqlantirishda beriladi.  
MOCHEVINANING TUPROQ BILAN O’ZARO MUNOSABATI  
Tuproqqa  solinga  mochevina  tuproq  namligida  to’la  eriydi  va  urobakteriyalar 
ajratib chiqargan arolaza fermenti taosirida ammonifikatsiyaga uchraydi va ammoniy 
karbonatga aylanadi. 
Yaxshi  sharoitda  chirindiga  boy  tuproqlarda  mochevinaning  ammoniy 
karbonatga aylanishi uchun 2-3 kun vaqt o’tadi. Unumdorligi past bo’lgan qumli va 
botqoq tuproqlarda ammonifikatsiya juda sekin o’tadi.  
Ammoniy  karbonat  turg’un  birikma  bo’lmaganligi  sababli  ochiq  joyda 
bikarbonat ammoniyga va ammiakka parchalanadi 
SHuning  uchu mochevinani yer yuziga sepilsa, yoki sayoz solinsa, nam yetarli 
bo’lmasa, azot ammiak ko’rinishida havoga uchib ketadi.  
Azotning  bunday  yo’qolishi  neytral  va  ishqoriy  reaktsiyaga  ega  bo’lgan 
tuproqlarda ko’proq uchraydi. 


Tuproqqa  normal  holatda  solinganda  hosil  bo’lgan  ammoniy  karbonat 
gidrolizga  uchraydi  va  natijada  ammoniy  bikarbonat  va  ammoniy  gidroksid  hosil 
bo’ladi. 
Mochevinani  tuproqqa  solinganda  hosil  bo’lgan  ammoniy  kationi  tuproq 
kolloidlariga singdiriladi va o’simliklar tomonidan asta-sekin o’zlashtiriladi. 
Mochevinaning ishlatilishi. 
Mochevina hamma tuproqlarda har xil qishloq xo’jalik ekinlari uchun ekishdan 
oldin solinadigan o’g’it sifatida ishlatiladi.  
Nam  yetarli  bo’lgan  mintaqalarda  yengil  mexanik  tarkibli,  chimli  podzol 
tuproqlarda  va  sug’oriladigan  bo’z  tuproqlarda  kartoshka,  qand  lavlagi  va  sabzavot 
ekinlariga  solinganda  mochevina  ammiakli  selitraga  qaraganda  ko’p  samara 
berganligi tajribada aniqlangan. Bu shu bilan tushuntiriladiki, mochevina tarkibidagi 
amid  shaklidagi  azot  tezlik  bilan  ammoniy  shakliga  o’tadi  va  tuproq  kolloidlariga 
singdiriladi hamda tuproqning chuqur qatlamlariga kam yuviladi. Erta bahorda kuzgi 
ekinlarni  oziqlantirishda  ishlatiladi.  Mochevinani  ildizdan  tashqari  yani  bargidan 
oziqlantirishda ham foydalanish mumkin.  
Bunday  holda  uning  kristall  holidagi  o’g’itidan  foydalanish  lozim.  CHunki 
kristall holidagi mochevinada biuret miqdori kam.  
Mochevinani ekish bilan birga solinganda u o’simlik niholini paydo bo’lishini 
sekinlashtiradi  ,  chunki  uning  parchalanishi  vaqtida  ildiz  chiqayotgan  va 
rivojlanayotgan  joyda  juda  ko’p  erkin  ammiak  to’planadi.  Mochevinani  tuproqqa 
solinayotganda  bir  tekis  tushishi  uchun  uni  ayniqsa  oziqlantirishda  boshqa  o’g’itlar 
bilan aralashtirib solinadi, chunki uning tarkibida azot ko’p bo’lganligi sababli yerga 
solinayotgan miqdori boshqa azotli o’g’itlarnikiga qaraganda kam bo’ladi.  
AZOTLI O’G’ITLARNING YILLIK NORMALARI 
Azotli  o’g’itlar  hamma  qishloq  xo’jalik  ekinlari  uchun  asosan  oziqlantirishda 
beriladi.  Azotli  o’g’itlarni  ekilayotgan  ekinning  turiga,  tuproq  iqlim  sharoitlariga, 
ekinning biologik xususiyatlariga qarab har xil normada solinadi.  
Har gektariga  kilogramm/ga hisobida  
1. 
 
G’allali ekinlar - 50-60  
2. 
 
Bahorgi g’alla ekinlari - 30-60 
3. 
 
Makkajo’xori - 60-90  
4. 
 
Kartoshka - 60-90 
5. 
 
Pomidor - 180-200 
6. 
 
SHoli - 120-150 
7. 
 
Karam - 150-200 
8. 
 
Qand lavlagi - 120-150 
9. 
 
Kunjut - 100-120 
10. Olxo’ri, shaftoli, malina, xurmo va b. - 60-90 
11. Bodring - 150-200 
12. Sabzi - 120-150 
13. Piyoz - 180-200 
14. G’o’za - 200-250 
15. Tamaki - 60-90 
16. CHoy - 150-200 


AZOTLI O’G’ITLARNING SAMARADORLIGI 
VA UNI YAXSHILASH YO’LLARI 
 
Azotli  o’g’itlar  ko’pchilik  tuproq  -iqlim  sharoitlarida  yetishtiriladigan  qishloq 
xo’jalik ekinlaridan yuqori  hosil  yetishitirishda  muhim  rol  o’ynaydi.  Har bir t  azotli 
o’g’itlar hisobiga qo’shimcha ravishda 10-15 t dan 20-30 t gacha pichazotning, 30-40 
t qand lavlagi 2 t zig’ir tolasi va 5-6 t paxta olinishi aniqlangan. 
 
Azotli  o’g’itlar  faqat  hosildorlikni  oshiribgina  qolmasdan,  balki  uning  sifatini 
ham yaxshilaydi.  
 
Azotli  o’g’itlarning  samaradorgigi  ayniqsa  namlik  bilan  yetarli    darajada 
taminlangan  noqora  tuproq  mintaqasida  azot  bilan  juda  kam  taminlangan  chimli 
podzol  tuproqlarda  ishqorsizlangan  qora  tuproqlarda  yuqoridir.  SHimoldan  janubga, 
g’arbdan  sharqa  qarab  harakatlanan  sari  azotli  o’g’itlarning  samaradorgigi  kamayib 
boradi.  Janubiy  sahro  mintaqasida  joylashgan  xo’jalikarda  azotli  o’g’itlar 
samaradorgigini  oshirish  uchun  sug’orishni  to’g’ridan  o’lga  qo’yish  lozim.  O’rta 
Osiyo  respublikalarida  tarqalgan  bo’z  va  boshqa  tuproqlarda  namlikni  sug’orish 
evaziga taminlab g’o’za va boshqa ekinlardan azotli o’g’itlardan foydalanish evaziga 
yuqori hosil yetishtirilmoqda.  
 
Denitrifikatsiya  va  nitratlarning  yuvilishi  natijasida  tuproq  va  o’g’itlar 
tarkibidagi  azotning  yo’qolishini  kamaytirishning,  shningdek  suv  manbalarini 
ifloslanish  xavfini  yo’qotish  va  qishloq  xo’jalik  ekinlarini  nitratlar  miqdorini 
kamaytirishni yo’llaridan biri bu nitrifikatsiya ingibitorlarini ishlatishdir.  
 
Bu preparatlar tuproqqa 1 ga maydonga 0,5-2 kilogramm miqdorda solinganda 
ammoniyli  o’g’itlar  bilan  birga  nitrifikatsiya  jarayonini  1,5-2  oy  to’xtatib  turadi 
hamda tuproq va o’g’itlarning mineral azotini ammoniy shaklida saqlab turadi.  
 
Ingibitorlar  o’g’itlar  tarkibidagi  azotning  nitrifikatsiyasini  to’xtatish  bilan 
uning  gaz  holida  va  nitratlarning  yuvilishi  natijasida  yo’qolishini  1,5-2  marta 
kamaytiradi. 
 
T.M.Smirnov,  E.  A.Muravin  maolumotlariga  qaraganda,  nitrifikatsiya 
ingibitorlari  sug’oriladigan  dehqonchilik  rayonlarida  ayniqsa,  g’o’zada  va  sholi 
plantatsiyalarida ishlatilganda yetarli darajada namgarchilik bo’ladigan mintaqalarda 
eng keng samara bergan.  
 
 
 NAZORAT SAVOLLARI  
1. 
 
Sanoatda azotli o’g’itlar qanday ishlab chiqariladi? 
2. 
 
Azot vodorod aralashmasi qanday nisbatda bo’ladi? 
3. 
 
Necha turdagi azotli o’g’itlar ishlab chiqariladi? 
4. 
 
Nitratli o’g’itlarga qaysilar kiradi? 
5. 
 
Ammoniyli va ammiakli o’g’itlarga qaysilar kiradi? 
6. 
 
Ammiak nitratli o’g’itlarni ayting? 
7. 
 
Amidli azotli o’g’itlar va ularning formulalarini yozing? 
8. 
 
Natriy nitratning TSK bilan o’zaro reaktsiyasini yozing? 
9. 
 
Ammiakli  selitraning  ammoniy  va  nitrat  ko’rinishidagi  azoti  qachon 
o’simliklar uchun o’zlashtira olmaydigan shaklga o’tadi?  
10. Boshqa  azotli  o’g’itlardan  farqli  ravishda  mochevinadan  qanday 
oziqlantirishda foydalaniladi? 


11. Ammiakli  selitraning  qotib  qolishini  kamaytirish  uchun  qanday  tadbirlar 
qo’llaniladi? 
12. Mochevinaning tarkibida biuret qancha bo’lishi kerak? 
13. Nima uchun ammiakli selitra fiziologik kislotali o’g’itlar jumlasiga kiradi? 
14. Molekulyarchevinaning 
ammiakgacha 
parchalanishi 
jarayonini 
reaktsiyasini yozing. 
15. Azotli o’g’itlarning samaradorligini oshirish yo’llarini ko’rsating. 
 
Adabiyotlar  
 
1. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva,  Agropromizdat. 1989. 
2. 
 
Spravochnik po udobreniyam. Moskva, Izd-vo, Kolos. 1964. 
3. 
 
Udobreniya  i  osnovnqe  usloviya  ix  effektivnogo  primeneniya.  Nauchnqe 
trudq. M., Kolos. 1970. 
4. 
 
Udobreniya  v  xlopkovodstve.  Trudq  Soyuz  NIXI,  vqp.    XXVI.  Tashkent. 
1974. 
 
10-MA’RUZA: FOSFORLI O’G’ITLAR. FOSFORNING  
O’SIMLIKLAR OZIQLANISHIDAGI ROLI. FOSFORLI O’G’ITLARNING 
TURLARI, NORMALARI VA YERGA  
SOLISH MUDDATLARI 
 
REJA: 
 
1. 
 
Fosforning o’simliklar oziqlanishidagi roli. 
2. 
 
O’simliklar uchun fosfor birikmalari. 
3. 
 
Tuproq tarkibidagi fosfor birikmalari. 
4. 
 
Fosforli o’g’itlarning o’simliklar o’sishi, rivojlanishi, hosili va uning sifatiga 
taosiri. 
5. 
 
Fosforli o’g’itlarning turlari, yillik meyorlari va yerga solish muddatlari. 
6. 
 
Tayanch iboralar  
7. 
 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
8. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar  
 
 
FOSFORNING O’SIMLIKLAR OZIQLANISHIDAGI ROLI 
 
Fosfor  ham  azot  singari  o’simliklarning  oziqlanishida  eng  muhim 
elementlardan  biridir.  O’simliklar  fosforni  asosan  ortofosfat  kislotaning  anianolari 
holida  o’zlashtiradi.  Ular  fosforni  metafosfat  va  pirofosfat  kislota  tuzlaridan,  ular 
gidrolizlangandan  so’ng  o’zlashtirishi,  shuningdek  bazi  organik  fosfatlarning  fitin 
glyukoza fosfatlarning fosforini ham o’zlashtirishi mumkin. 
Uch  asosli  kislota  bo’lgan  ortafosfat  kislota  rN  7-8  da  va  undan  pastda 
dissotsiyalanaib, bitta yoki 2 ta vodorod ajratib chiqaradi va ortafosfat kislota qoldig’i 
anionlarini hosil qiladi.  


Mineral fosfatlar o’simliklarning to’qimalarida oz miqdorda bo’ladi, lekin ular 
hujayra shirsi bufer sistemasining vujudga kelishida  muhim rol o’ynaydi va fosforli 
organik birikmalar hosil qilish uchun zahira bo’lib xizmat qiladi.  
O’simliklarda  fosforning  organik  birikmalaridan  nuklein  kislotalar,  azotli 
asoslar,  uglevodlarning  molekulalari  va  fosfat  kislotadan  tarkib  topgan  murakkab 
yuqori  molekulyar  moddalar  eng  muhim  rol  o’ynaydi.  Ular  organizmlar  hayot 
faoliyatining  eng  muhim  jarayonlarida  oqsil  sintezida  o’sish,  ko’payish,  irsiy 
xususiyatlarning  nasldan-naslga  o’tishida  ishtirok  etadi.  Nuklein  kislotalar  oqsillar 
bilan  kompleks  hujayralarning  tsitoplazmasi  va  yadrosini  qurishda  ishtirok  etadigan 
nukleotidlarni hosil qiladi.  
Fosfor  fosfidlar  yoki  fosfolipidlar  tarkibiga  kiradi.  Ular  oqsil  lipidli  hujayra 
membranalarini  hosil  qiladi.  Ularning  turli  moddalarni  o’tkazishini  tartibga    solib 
turadi. 
O’simliklardagi fosforning azotningchagina miqdori fitin yani urug’larni zapas 
moddasi tarkibiga kiradi. Bu modda o’simlikning o’sish, fosfor elementining manbai 
sifatida  foydalaniladi.  O’simliklar  to’qimalaridagi  fosfor  organik  birikmalarning 
muhim  guruhi  saxarofosfatlar  bo’lib  ular  fotosintez  jarayonida  uglevodlarni  sintez 
bo’lishida va parchalanishida muhim ahamiyatga ega.  
O’simliklarning  hujayralarida fosfor energiya almashinuvida turli hil moddalar 
almashinish jarayonida nihoyatda muhim rol o’ynaydi.  
Fosfor uglevod va azot almashinishida fotosintez, nafash olish, achish, bijg’ish 
jarayonlarida  faol  ishtirok  etadi.  O’simliklarda  uglevodlarning  turli  tuman 
o’zgarishlari  uglevodlar  molekulalariga  fosfat  kislotaning  birikishidan  yoki  uning 
ajralib  chiqishidan,  yani  ularning  fosforlanishi  va  defosforlanishidan  boshlanadi. 
Sintetik  jarayonlarning  amalga  oshishi  uchun  energiyaga  boy  fosforli  birikmalar 
ayniqsa katta ahamiyatga ega. Ular orasida ATF asosiy rol o’ynaydi. ATF nafas olish 
jarayonida ajralib chiqadigan fotosintezda to’planadigan asosiy energiya aktseptori va 
turli  xil  sintetik  jarayonlarning  amalga  oshishi  uchun  asosiy  energiya  taminotchisi 
hisoblanadi.  
Uglevod almashishida fosfor katta rol o’ynagani sababli fosforli o’g’itlar qand 
lavlagida  shakar  to’planishiga,  kartoshka  tuganaklarida  kraxmal  to’planishiga    va 
boshqa  jarayonlarga  ijobiy  taosir  qiladi.  Fosfor  o’simliklarda  azotli  moddalar 
almashinuvida ham muhim rol o’ynaydi.  
O’simliklarning  azotli  va  fosforli  oziqlanishi  orasidagi  uzviy  bog’lanish  ham 
ana shu jarayonlar bilan ifodalanadi. 
Fosfor  yetishmaganda  oqsil  sintezi  buziladi  va  uning  o’simlikdagi  miqdori 
kamayadi. 
Azot  singari  fosfor  ham  o’simliklarning  organik  moddalar  sintezlanish 
jarayonlari  intensiv  boradigan  reproduktiv  va  yosh  o’suvchi    organlarida  hamda 
qismlarida  eng  ko’p  bo’ladi.  Fosfor  eskiroq  barglardan  o’sish  zonasiga  o’tish  va 
takpror  foydalanishi  mumkin,  shu  sababli  o’simliklarda  fosfor  yetishmasligining 
tashqi belgilari avvalo eski qari barglarda bilinadi.  
O’simliklarda fosfor yetishmasligi yosh nihol paytida, xali rivojlanmagan ildiz 
sistemasining o’zlashtirish qobiliyati past bo’lgan davrda ayniqsa yaqqol seziladi. 


Bu  davrda  fosfor  yetishmasligining  salbiy  taosirini  keyinchalik  fosfor  bilan 
ko’p oziqlantirish orqali ham tuzatib bo’lmaydi. 
O’simlik  fosforni  vegetativ  organlari  intensiv  o’sayotgan  davrda  eng  ko’p 
o’zlashtirsa  ham  o’sishning  boshlang’ich  davri  fosforli  oziqlanishiga  nisbatan 
olganda kritik davr xisoblanadi.  
SHu  sababli  o’simlikni  vegetatsiya  boshlanishida  oson  eriydigan  fosfor  bilan 
taminlash  nihoyatda  muhim  ahamiyatga  ega.  Reproduktiv  organlarning  shakllanish 
davrida o’simliklarni fosfor bilan taminlashning muhim ahamiyati bor. 
Bu  davrda  o’simliklarni  Farg’ona  bilan  kuchli  oziqlantirish  reproduktiv 
organlar hosil bo’lishini va o’simliklarning pishib yetilishini tezlashtiradi, hosilni va 
uning sifatini oshiradi. 
O’SIMLIKLAR UCHUN FOSFOR BIRIKMALARI 
Tabiiy  sharoitda  o’simliklar  uchun  fosforning  bosh  manbai  -  bu  ortafosfat 
kislotaning tuzlaridir. 
Lekin  pirofosfat  va  polifosfatlar  ham  gidrolizdan  keyin  hamma  o’simliklar 
tomonidan foydalanishi mumkin. Metafosfatlarni esa gidrolizsiz ham foydalanadilar. 
Lekin ularning ham asosiy massasi gidrolizga uchraydi.  
Ortafosfat kislota  uchta anionlarga dissotsilanadi. 
Bulardan  o’simliklar  kuchsiz  kislotali  muhitda  anionlardan  foydalanadilar. 
Ortafosfat  kislota  qoldig’ining  anioni  esa  o’simliklarning  oziqlanishida  deyarli 
ishtirok etmaydi. 
 
- digidrofosfat ..................... kaltsiy digidrofosfat 
 
- gidrofosfat ............................. kaltsiy gidrofosfat 
 
- fosfat ...........................kaltsiy fosfat 
Ortafosfat  kislota  va  uning  anionlarini  turli  muhit  ko’rsatkichlari  rNda 
o’zlashtirilishi, %. 
Kislota va  
rN 
uning anionlari 
 

 

 

 

ortafosfat kislota  
0,10 
0,01 


digidro fosfat kislota 
97,99 
83,68 
33,90 
4,88 
fosfat kislota  
1,91 
16,32 
66,10 
95,12 
fosfat ioni 



0,01 
 
Tuproq  tarkibida  uchraydigan  ortafosfat  kislotaning  1  valentli  kationlarining 
tuzlari suvda yaxshi eriyda va o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi. Ortafosfat kislotaning 
2 valentli kationlarining 2 o’rin almashinuvchi tuzlari suvda erimaydi, lekin kuchsiz 
kislotalarda  mikroorganizmlar  hayot  faoliyati  davomida  va  o’simliklar  ildizidan 
tuproqqa ajralib chiqadigan organik kislotalarda ham eriydi.  
SHuning  uchun  bu  tuzlar  o’simliklarning  fosfor  bilan  oziqlanishida  muhim 
manba  hisoblanadi.  Lekin  o’simliklarning  shunday  guruhi  mavjudki,  ular  xudi  shu 


juda qiyin eriydigan va qiyin o’zlashtiradigan kaltsiy fosfat bilan oziqlanadi. Bunday 
o’simliklarga  lyupin,  gretsixa,  gorchitsa,  sal  kam  o’zlashtiradiganlarga  no’xat, 
ekspartsit,  kana  kunjut,  donnik  kiradi.  Bu  o’simliklarni  qiyin  eriydigan  fosforitlar 
bilan  oziqlanishi  shu  bilan  izohlanadiki,  ularning  ildizlaridan  ajraladigan 
suyuqlikning  kislotali  muhitga  ega  ekanligidir.  Masalan,  lyupinning  ildizidan 
chiqadian  suyuqlikning  rN=4-5  ga  tengdir.  SHuning  uchun  bu  suyuqliklar  fosfilarni 
eritish xususiyatiga egadir. 
Fosfat  kislotaning  3  valentli  kationlarining  tuzlarini  o’simliklar  o’zlashtira 
olmaydilar.  Bundy  tuzlarga  alyuminiy  fosfat,  alyuminiy  gidrofosfat,  temir  fosfat, 
temir gidrofosfat va boshqalar kiradi. 
Yuqori  o’simliklar  organik  fosfatlarni  ham  o’zlashtira  oladimi?  degan  savol 
tug’iladi. 
Bu  savolga  javob  berish  uchun  sterillangan  sharoitda  olib  borilgan  tajribalar 
javob beradi. SHunday tajribani 1913 yilda I.S.SHulov olib bordi. Bu tajribada no’xat 
va makkajo’xoridan foydalanildi. Organik fosfatlardan fitin va letsitindan foydalandi. 
Fitin  no’xatni  fosforga  bo’lgan  talabini  yaxshi  qondiradi,  makkajo’xorini  esa 
kuchsiz darajada, letsitin esa ikkala o’simlik ham o’zlashtira olmadi.  
I.S.SHuvalovning  takidlashicha,  fitin  o’zidagi  fosfor  kislotani  metsitinga 
qaraganda  azotningcha  yengil    ajratgan,  shuning  uchun  fitinning  gidrolizi  natijasida 
o’simliklar uchun kerakli mineral fosfor ajralib chiqqan. 
Gidroliz  esa  fosfataza  fermenti  ishtirokida  bo’lgan.  Fosfataza  fermenti  no’xat 
ildizi  yuzasida  aktiv  bo’lgan,  yani  ko’p  ajralib  chiqqan,  makkajo’xori  ildizida  esa 
kam aktiv bo’lgan. 
Huddi  shunday  sharoitda  makkajo’xori  kaltsiy  gelitserofosfat  bilan 
oziqlantirilgan.  Bunda  makkajo’xori  yaxshi  rivojlangan.  Lekin  bu  makkajo’xori 
gelitserofosfatni to’g’ridan-to’g’ri singdirdi degan gap emas. 
Makkajo’xori  ildizidan  fosfataza  fermentini  ajratib  chiqargan.  Ferment  fosfor 
kislotani  glitserindan  tortib  oladi,  ildizlar  fosfor  kislota  anionini  singdiradi,  glitserin 
esa ozuqa eritmasida qoladi.  
Endi  shu  narsa  aniq  bo’ldiki,  fosfatazi  fermenti  o’simlik  ildizining  yuzasida 
ajraladi va fosforli organik birikmalarning gidrolizida aktiv faoliyat ko’rsatadi. 
TUPROQ TARKIBIDAGI FOSFOR BIRIKMALARI 
Fosfor  yer  po’stlog’ini  tashkil  etuvchi  elementlar  orasida  13-o’rinni  egallaydi 
va  0,12  %  ni  yoki  1*10
15
  tonnani  tashkil  etadi.  Elementar  fosforni  birinchi  bo’lib 
1969  yilda  gamburglik  dorishunos  alximik  Gening  Brandt  tomonidan  kashf  etilgan. 
SHundan  so’ng  fosforni  oksidlangan  birikmalari  hamma  tirik  mavjudotlar  uchun 
zarurligi  asoslab  berilgan.  1804  yilda  DeSyussor  hamma  anliz  qilingan  o’simliklar 
kulining  tarkibida  kaltsiy  fosfat  borligini  maolum  qilgan,  bu  esa  umuman  tirik 
mavjudot  fosforsiz  yashashi  mumkin  emasligini  tasdiqladi.  Kaltsiy  fosfat  ammonit 
materialidir.  Appatitning  juda  ko’p  turlari  maolum.  ularan  eng  ko’p  tarqalgani  ftor 
appatitdir. Dunyoda appatitning eng boy qatlamlari Kola yarim orolidagi Kirov shahri 
yaqinida  joylashgan.  Fosforitlarning  esa  Uralda,  Volga  bo’yida,  Sibirda,  SHimoliy 
Afrika, Suriya, Amerikada katta-katta konlari mavjud.  
Tuproq  tarkibidagi  fosfor  tuproqning  mexanik  tarkibiga  va  undagi  chirindi 
miqdoriga bog’liq bo’ladi.  


Tuproq nomi 
 
 
fosfor 5-oksidi, %      1 ga/t his. 
1. 
 
CHimli podzol tuproq  
 
0,04   
 
 
1,2 
2. 
 
Soz tuproq  
 
 
 
0,15   
 
 
4,5 
3. 
 
Ishqorsizlangan qora tuproq  0,16   
 
 
4,8 
4. 
 
Qalin qavatli tuproq    
0,22   
 
 
6,6 
5. 
 
Janubiy qora tuproq    
0,19   
 
 
5,7 
6. 
 
Qizil tuproq  
 
 
 
0,11   
 
 
3,3 
Fosforning miqdori tuproqning pastki qatlamlariga qarab kamayib boradi. 
 
D.N.Pryanishnikov maolumotlari: 
CHimli -podzol tuproqlarda : 0-5 25-30 30-100 100-150 
R
2
O
5
 miqdori %                  0,12 0,06 0,03 0,02 
Tuproqning  ustki  qatlamlarida  fosforning  ko’pligi  o’simliklarning  faoliyati 
bilan  bog’liq  bo’lib,  o’simlik  ildizlari  fosfor  kislota  birikmalarini  tuproqning  pastki 
qatlamlaridan  olishi  va  o’zida  singdirishi  bir  qism  fosfatlar  esa  tuproqning  ustki 
qatlamlarida  qig’ilgan  ko’pgina  o’simliklar  ildizi  qoldiqlari  chirishi,  parchalanishi 
natijasida to’planadi. 
Bir  joyda  uzoq  vaqt  ekilgan  ekinlar  ham  o’g’it  solinmasa,  tuproq  tarkibidagi 
fosforning miqdorini kamaytiradi.  
Tuproq  tarkibidagi  mineral  fosfor  birikmalari    organik  fosfor  birikmalariga 
nisbatan azotningcha ko’pligi bilan xarakterlanadi. 
Tuproqlar  
haydov qatlamidagi R
2
O
5
 miqdori, ga/t 
 
Hammasi 
organik  
mineral 
Kuchli podzollangan tuproq 
2,6 
0,7 
1,9 
O’rta podzollangan tuproq 
2,3 
0,7 
1,6 
O’rmon sur tusli tuproq 
2,5 
1,1 
1,4 
Qalin qavatli qora tuproq 
4,4 
1,6 
2,8 
Kashtan tuproqshunoslikroq 
3,6 
0,9 
2,7 
Bo’z tuproq 
4,2 
0,6 
3,6 
 
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, SHimoliy mintaqa tuproqlari janubiy tuproqlarga 
nisbatan  fosfor  bilan  kam  taminlangan.  Organik  fosfor  o’rmon  sur  tusli  va  qalin 
qavatli qora tuproqlarda ko’p.  
SHu  ikki  xil  tuproqdan:  ham  janubga  ham  shimolga  tomon  qarab,  organik 
fosfor miqdorining kamayib, mineral fosfor miqdorining ko’payib borishini kuzatish 
mumkin. 
 
Fosforning  organik  shakli,  asosan  chirindi  tarkibida  bo’ladi.  Ornanik  fosfor 
o’rmon  sur  tusli  tuproqlarida  1,78-2,46  %,  qalin  qavatli  qora  tuproqlarda  0,81-1,25 
%, to’q tusli kashtan tuproqlarda 0,97-1,30 % ni tashkil etadi.  
Tuproq  tarkibidagi  organik  fosforning  eng  ko’p  qismi  fitotlar  ko’rinishida 
bo’ladi.  Kislotali  tuproqlarda  alyuminiy,  temir  fitotitlari  neytral  muhitli  tuproqlarda 
kalitsiy fitotitlari ko’p bo’ladi. Tuproq tarkibidagi nuklein kislotalarning fosfori 5 % 
dan oshmaydi.  


Mikroorganizmlar  taosirida  chirindining  parchalanishi  va  boshqa  fosforli 
organik  birikmalarning  minerallashuvi  taosirida  o’simliklarga  o’zlashtira  oladigan 
shakldagi fosfor kislotaning mineral tuzlari ajralib chiqadi.  
Lekin  ular  suvda  eruvchan  holatda  ko’p  miqdorda  ko’planmaydilar  va  ularni 
tuproq kimyoviy, fizik-kimyoviy va biologik tarzda bog’laydi. 
Bazi  adabiyotlarda  tuproq  tarkibidagi  fosforning  ko’pligini  mikroorganizmlar 
faoliyati  bilan    bog’ladilar.  Bunga  qarshi  ravishda  I.V.Tyuri  shunday  yozadi:  - 
Agarda  1  gramm  tuproqdagi  bakteriyalar  soni  5  mlrd  ga  yetganda  ham  ular 
tomonidan  bog’langan  fosforning  miqdori  1  ga  yerning  haydov  qatlamiga 
hisoblanganda 24 kilogrammdan ortmaydi.  
CHimli podzol va bo’z tuproqlarda chirindining 0,5-1 % ni chrindiga bo qora 
tuproqlarda esa 0,1 % ni tashkil etadi.  
Harorat  maolum  bir  chegaragacha  ko’tarilganda  o’simliklarning  organik 
fosforni  o’zlashtirishi  kuchayadi.  AQSHda  17  xil  tuproq  to’ldirilgan  vegetatsion 
idishlar suv hammomiga qo’yilgan va harorat 20 S dan 35 S gacha ko’tarilgan. 20 S 
gacha  ko’tarilganda  fosforni  o’zlashtirish  kuchaygan.  35  S  gacha  ko’tarilganda  esa 
organik fosforni o’zlashtirish kuchayganligi kuzatilgan. 
N.A.Krasil’nikovning  (1951)  taokidlashicha,  O’rta  Osiyoning  sug’oriladigan 
bo’z  tuproqlarida  bedaning  ildiz  sistemasi  atrofidagi  tuproq  qatlamida  har  1  g 
tuproqdagi mikroorganizmlarning soni 20 mlrd ga yetadi. Agarda shu miqdorni 100g 
shunday tuproqqa hisoblanganda, uning tarkibidagi mikroorganizmlardagi fosforning 
miqdori 3,2 mg ga yaqin bo’ladi. 
Tuproq  tarkibida  fosfatlar  bilan  kam  taominlangan  organik  moddalarning 
minerallashuvi natijasida fosfor tuzlarining miqdori ko’paymaydi, aksincha, kamayib 
ketadi. 
Bunday holatni o’rganish uchun L.A.Ivanov tarkibida klechatkasi ko’p bo’lgan 
moddalardan  natriy  fosfat  va  ammoniy  sulfat  aralashmasidan  qo’shib  kompost 
tayyorlagan.  Malum  vaqtdan  so’ng  tayyoreaktsiyasi  bo’lgan  kompost  analiz 
qilinganda  uning  tarkibida  mineral  fosfor  to’la  yo’qolgan.  Bunday  holat  ko’pgina 
olimlarning tajribalarida kuzatilgan.  
Fosfor  kislotaning  kal’tsiyli  tuzlari  ko’proq  eruvchanlikka  ega,alyuminiy  va 
temir tuzlarining, ayniqsa, asosli tuzlarning  
 
eruvchanligi juda yomon, amalda erimaydi. 
Bu  tuzlarning  bir  ko’rinishdan  ikkinchi  ko’rinishga  o’tishi  tuproq 
kislotaliligining ortishi bilan kuchayadi. 
Tabiiyki,  bu  tuzlarning  eruvchanligining  kamayishi  ularning  o’simliklarga 
o’zlashishini kamaytiradi. 
FOSFORLI O’G’ITLARNING O’SIMLIKLAR O’SISHI, RIVOJLANISHI, HOSILI 
VA UNING SIFATIGA TAOSIRI. 
Fosforli  o’g’itlar  o’simliklarning  o’sishi  va  rivojlanishiga  sezlarli  darajada 
taosir qiladi. Fosfor yetishmasa o’simliklarning barglari ko’kish yashil rangga kiradi. 
Bunday  holatda  o’simliklarda  oqsillar  sintezi  va  qand  moddalarining  pasayishi 
pasayadi.  Barglar  maydalashadi,  yupqa  bo’lib  rivojlanadi,  qirralari  yuqoriga  qarab 
buklanadi. 


Hamma o’simliklar o’zlarining rivojlanishlarini boshlang’ich davrida fosforga 
bo’lgan  talabi  seziladi,  chunki  ham  bu  davrda  ularning  ildiz  sistemasi  yaxshi 
rivojlanmagan bo’ladi. SHuning uchun o’simliklar shu davrda fosforli o’g’itlar bilan 
yaxshi  taminlanmasa,  bu  hol  ularning  keyingi  rivojlanishiga  ham  salbiy  taosir 
ko’rsatadi. 
Fosfor  yetishmasligi  o’simliklarda  azot  va  boshqa  ozuqa  elementlaridan 
foydalanishni  yamonlashtiradi.  G’o’za  o’zining  dastlabki  rivojlanish  davrida  fosfor 
bilanyaxshi  taminlanmasa,  keyingi  rivojlanish  fazalarida  ko’p  miqdordagi  fosfor 
bilan  kuchli  oziqlanishi  ro’y  beradi.  Bu  esa  o’simliklarda  kechadigan  jarayonlarga 
salbiy taosir qiladi. 
SHuning  uchun  g’o’za,  makkajo’xori,  va  ko’pgina  boshqa  qishloq  xo’jalik 
ekinlarini ekayotgan vaqtda o’simliklarga yaxshi o’zlasha oladigan shakldagi fosforli 
o’g’itlar yoki murakkab o’g’itlar  oslib ekiladi.  
Agar  ekish  bilan  birga  shunday  o’g’itlar  solinmasa,  yosh  o’simliklarning 
nihollari  tuproq  tarkibidagi  fosforning  nihollari  tuproq  tarkibidagi  fosforni  o’zlasha 
oladigan  shakllarini  isteomol  qilib  bo’lib,  fosfor  yetishmasligi  belgilarini  namoyon 
qiladi. 
SHuning  uchun  g’o’za  chigitini  ekish  bilan  har  gektarga  20  kilogramm, 
makkajo’xori  uchun  10-15  kilogramm,  g’allali  ekinlar  uchun  15  kilogramm, 
kartoshka uchun 20 kilogrammdan fosfor solib ekiladi. Fosforning o’simliklar hayot 
faoliyatiga taosiri har tomonlamadir. O’simliklarning fosfor bilan yaxshi taminlanishi 
qishloq  xo’jalik  ekinlarining  hosildorligini  oshiradi  va  hosilining  sifatiga  yaxshi 
taosir ko’rsatadi. G’allali ekinlarda doni ko’payadi.  
Mevalarda  va  ildizmevalarda  uglevodlar  miqdori  ortadi.  Tola  beruvchi 
ekinlarning tolasi uzun, pishiq va ingichkatta o’qituvchi  bo’ladi.  
G’allali  ekinlar  poyasini  baquvvat  qilib  ularning  yotib  qolishidan  saqlaydi. 
Qishloq  xo’jalik  ekinlari  quyidagi  o’suv  davrlarda  fosforni  ko’p  miqdorda  qabul 
qiladi.  Zig’ir  gullash  davrida,  bug’doy  don  o’rash  va  boshoq  tortish  davrida, 
kartoshka  iyulda,  qand  lavlagi  ildiz  mevasining  kattalashayotgan  paytida  va 
boshqalar.  O’simliklar  o’sib  rivojlanib  borayotganda  oziq  elementlari  ularning 
vegetativ  qismida  to’planadi.  SHuni  takidlash  lozimki,  har  qanday  tuproqda  ham 
shunday  bir  payt  keladiki,  tashqaridan  o’g’it  solish  bilan  azot  va  fosfor  taminlab 
turilmasa,  olinadigan  hosil  doimiy  suratda  ortib  bormaydi.  Xo’jalikdagi  fosfor 
balansini  hisobga  olayotganda  uning  sarflanayotgan  qismiga  nafaqat  o’simliklardan 
olinadigan hosil bilan chiqib ketayotgan qismi, balki uning chorvachilik mahsulotlari 
bilan chiqib ketishini hisobga olish lozim. 
Agarda  xo’jalikda  100  ta  sog’iladigan  sigirdan  har  biridan  5  ming 
kilogrammdan  sut  sog’ib  olinsa,  sotilgan  sut  bilan  chiqib  ketgan  fosforning    o’rnini 
to’ldirish uchun xo’jalik 20 % li superfosfatdan 7 t yerga solish lozim.  
Yana  shuni  ham  eslatib  qo’yish  lozimki,  o’simliklarning  fosfordan 
foydalanishi boshlang’ich 2 yilda 25-30 % dan ortmaydi. 
Fosfor  bilan  to’liq  va  haqiqiy  taominlash  uchun  olib  chiqib  ketilgan 
chorvachilik  mahsulotlariga  nisbatan  3-4  marta  ko’p  fosfor  solish  lozim  bo’ladi. 
Fosforli  oziqlanish  bilan  nafaqat  o’simliklarni,  balki  chorva  hayvonlarining  talabini 
ham qondirish kerak.  


CHorva  hayvonlarining  ozuqa  ratsionida  fosfor  kislotaning  mineral  tuzlari 
miqdori yetishmasa, ularning rivojlanishida salbiy o’zgarishlar sodir bo’ladi.  
Baxtga  qarshi,  azot  va  fosforning  sarflanish  qismiga  ularning  tuproqda  sizot 
suvlariga yuvilib ketgan qismi kirmaydi. 
Angliyadagi  Rotamsted  tajriba  stantsiyasining  100  yillik  kuzatishlaridan  va 
boshqa  mamlkatlarda  olib  borilgan  izlanishlardan  shu  narsa  aniqlandiki,  og’ir 
mexanik  tarkibli  tuproqlar  tarkibidan  fosfat  kislotaning  tuzlari  yuvilmaydi.  Doimiy 
ravishda  fosforli  o’g’itlar  solinib  haydov  qatlami  fosfor  bilan  boyitilgan  og’ir  soz, 
mexanik  tarkibli  tuproqlardagi  fosfor  miqdori  hatto  uning  haydov  osti  qatlamidagi 
oldingi  mavjud  bo’lgan  fosfor  miqdoriga  ham  taosir  qilmaganligi  tajribalarda 
isbotlangan.  
Lekin yengil mexanik tarkibli tuproqlarda oz miqdorda yuvilish sodir bo’lishi 
mumkin. 
FOSFORLI O’G’ITLARNING TURLARI, YILLIK MEYORLARI VA 
YERGA SOLISH MUDDATLARI. 
Tarkibida fosfori mavjud bo’lgan minerallar orasida faqat appatit va cho’kindi 
fosforitlar fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish uchun xos ashyo bo’lib xizmat qiladi. 
Appatit  tuproq  ona  jinsi  tarkibida  dispers  holda  keng  tarqalgan  mineraldir. 
Lekin  uning  konlari  juda  kam.  Eng  katta  koni  1925  yilda  Kola  yarim  orolidagi 
Xidinda  ochilgan.  Bundan  tashqari  uning  kichikroq  konlari  Urald,Janubiy  Bayka 
bo’yi, Braziliya, Ispaniya, Kanada, AQSH va SHvetsiyada ochilgan.  
Fosforitlar  uzoq  geologik  davrlarda  yer  yuzida  yashagan  tirik  mavjudotlar 
skeletlarini  minerallanishi  natijasidan  hosil  bo’lgan,  shuningdek  fosfor  kislotaning 
kaltsiy    bilan  suvda  cho’ktirish  yo’li  bilan  paydo  bo’ladi.  Fosforitlarning  qimmatli 
konlari 1937 yilda Qoratov tog’larida topilgan.  
Appatitlar  kristal  modda,  fosforitlar  esa  ham  amorf  ham  kristall  holda 
uchraydigan moddalardir. Appatit ham, fosforit ham ortofosforkislotasining kal’tsiyli 
tuzlaridir. 
Hamma fosforli o’g’itlar 3 gruhga bo’linadi.  
1. 
 
Suvda eruvchazotning 
2. 
 
Suvda  erimaydigan  lekin  kuchsiz  kislotalarda  eriydigan  va  shuning  uchun 
o’simliklarga o’zlashadigan 
3. 
 
Suvda  erimaydigan  kuchsiz  kislotalarda  yomon  eridigan  va  ko’pchilik 
o’simliklar tomonidan o’zlashmaydigan fosfatlar. 
Butun  dunyoda  1-guruhdagi  suvda  eruvchazotning  fosforli  o’g’itlar  eng  ko’p 
ishlatiladi.  
1. 
 
Supper fosfat. 
a) tolqonsimon oddiy supper fosfat. Appatit kontsentratidan ishlab chiqarilgan 
supperfosfatda 18.7 % suvda eriydigan fosfori bor. Qoratov fosforitidan ishlab 
chiqarilgan supper fosfatida 14 % o’zlashuvan fosfori bor. 
b)  donador  oddiy  super  fosfat.  Tarkibidagi o’zlashuvchazotning  fosfori 19,5  -
22 %, namligi 1-4 %. 
v)  qo’shaloq  supper  fosfat,  tarkibidagi  suvda  eruvchazotning  fosfori  85  %, 
o’zlashuvchazotning fosfori esa 45-50 %. 
2. 
 
-guruh fosforli o’g’itlarga quyidagilar kiradi 


a)  pretsipitat  bu  suvda  erimaydigan,  lekin  kuchsiz  kislotalarda  eriydigan  va 
o’simliklarga  o’zlashadigan    fosforli  o’g’itlardir.  Tarkibidagi  o’zlashadigan 
fosfori 25-35 % ni tashkil etadi.  
b) ftorsizlantirilgan fosfat, appatitlarni qayta ishlashdan olingan o’g’itlarda 30-
32  %,  fosforitlardan  olingan  o’g’itlarda  20-22  %,  2%  li  limon  kislotada 
eriydigan fosfori bor. Empirik formulasi 
v)  Tomas  shlak,  tarkibida  7-8  dan  16-20  %  gacha,  2  %  li  limon  kislotada 
eriydigan fosfori bor. 
g) Marten fosfat shlaki, tarkibida 8-12 %, limon kislotada eriydigan fosfori bor. 
3. 
 
-guruh fosforli o’g’itlari 
a)  fosforit  uni,  umumiy  fosfori  oliy  navida  25  %,  birinchi  navida  22  %,  2-
navida  19  %  umumiy  fosfori  bor.  Fosforli  o’g’itlar  orasida  fosforit  uni 
o’simliklarga uzoq muddat taosir qilib turadi.  
b) suyak uni, tarkibidagi umumiy fosfori 60 % ni tashkil etadi.  
Yana metafosforitlar deb ataluvchi fosforli o’g’itlar ham mavjud bo’lib, ularga 
quyidagilar kiradi. 
1. 
 
Kaltsiy  metafosfat,  tarkibida  64  %  fosfor  5-oksidi  va  25  %  kaltsiy  oksidi 
bor. 
2. 
 
Kaliy metafosfat, tarkibida 55 % fosfor 5-oksidi va 35 % kaliy oksidi bor.  
3. 
 
Ammoniy metafosfat. Tarkibida 80 % fosfor 5-oksidi va 17 % azoti bor. 
Lekin bu o’g’itlarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmagan. 
 
Fosforli  o’g’itlar  asosan  kuzgi  yoki  bahorgi  haydov  ostiga  umumiy  yillik 
normaning  70  %  solinadi.  Qolgan  qismi  ekish  bilan  birga  har  gektariga  15  -20 
kilogramm va o’simliklarni oziqlantirishda. 
Haydov  ostiga  solinadigan  yoki  asosiy  o’g’it  sifatida  solinadigan  fosforli 
o’g’itlarni tuproqqa solish quyidagi omillarga bog’liq. 
1. 
 
Tuproqqa solish muddati 
2. 
 
Tuproqqa solish chuqurligi 
3. 
 
Eruvchanligi bo’icha shakli 
4. 
 
Yillik normasi 
5. 
 
Boshqa o’g’itlar bilan birga solinishi 
TAYANCH IBORALAR  
 
Ortafosfat  kislota  tuzlari,  nuklein  kislotalar,  saxaro  fosfatlar,  ATF,  ortafosfat 
kislota  anionlari,  xo’jalikagi  fosfor  balansi,  buferlilik,  suvda  eriydigan,  kuchsiz 
kislotalarda  eriydigan,  suvda  erimaydigan,  o’simliklarga  o’zlashmaydigan  fosfor 
yetishmasligi,  fosforli  o’g’itlar,  fosfor  bilan  yaxshi  taminlanganda,  appatit 
kontsentranti, fosforit minerali. 
NAZORAT SAVOLLARI  
1. 
 
O’simliklarga fosfor qanday birikmalar ko’rinishida qabul qilinadi? 
2. 
 
Nuklein kislotalarning ahamiyati? 
3. 
 
Fosfor qanday moddalar tarkibida bo’ladi? 
4. 
 
Fosfor o’simliklarda qanday jarayonlarda ishtirok etadi? 
5. 
 
O’simliklarda fosfor yetishmasligi qachon namoyon bo’ladi? 
6. 
 
O’simliklar uchun fosforning bosh manbai? 
7. 
 
Ortafosfat kislotaning tuzlari necha turga bo’linadi? 


8. 
 
O’simliklarning qaysi guruhi qiyin eriydigan fosfatlarni o’zlashtiradi? 
9. 
 
Fosfor tabiatda qanday birikmalar holida uchraydi? 
10. Tuproq tarkibidagi qanday shakldagi fosfor birikmalari ko’p? 
11. Haroratning o’simliklarda fosfor birikmalarining o’zlashtirilishiga taosirini 
gapiring? 
12. O’simliklarda fosfor yetishmasligini alomatlarini gapiring? 
13. Fosforli o’g’itlar o’simliklarga o’zlashishiga qarab necha guruhga bo’linadi 
14. Fosforli o’g’itlarga misollar keltiring? 
 
Adabiyotlar  
 
1. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. 
 
Agroximiya.  Pod.  red  .  V.M.Klechkovskogo  i  prof.  A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str. 
3. 
 
Udobreniya  i  osnovnqe  usloviya  ix  effektivnogo  primeneniya.  Natschnqe 
trudq. VASXNIL, Kolos, M., 1970. 
4. 
 
Spravochnik po udobreniyam. Moskva, Izd-vo, Kolos. 1964. 
5. 
 
Udobreniya xlopkovodstvo  Trudq Soyuz NIXI vqp. XXVI, Tashkent, 1974. 
6. 
 
Muhammadjonov M.V., Zokirov A. G’o’za agrotexnikasi. T. Mehnat. 1988. 
 
 
 
 
 
11-MA’RUZA: KALIYLI O’G’ITLAR. KALIYNING O’SIMLIK HAYOTIDAGI 
ROLI. KALIYLI O’G’ITLARNING KONLARI. KALIYLI O’G’ITLARNING 
TURLARI, YILLIK MEOYORLARI VA YERGA SOLISH MUDDATLARI. 
REJA: 
 
1. Kaliyning o’simliklar hayotidagi roli. 
 
2. Tuproq tarkibidagi kaliyning birikmalari va uning shakllari. 
 
3. Kaliyning qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi va sifatiga taosiri. 
 
4. Kaliyli o’g’itlarning konlari. 
 
5. Kaliyli o’g’itlarning turlari, normalari va yerga solish muddatlari. 
 
6. Tayanch iboralar  
 
7. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
 
8. Foydalanilgan adabiyotlar  
 
 
1. Kaliyning o’simliklar hayotidagi roli. 
 
Kaliy  hayvonlar,  o’simliklar  va  mikroorganizmlar  uchun  zarur  elementlar 
qatoriga kiradi. 
 
Kaliyning  ko’p  qismi  o’simlik  hujayrasining  shirasida  bo’ladi.  O’simlikning 
tunasida yengil harakatchanlikka ea bo’lib, ildizdan kechasi ajraladi va kunduzi yana 
singadi. O’simliklarning eski qari bargidan yomg’ir suvlari kaliyni ko’plab yuvadi. 


 
O’simlikda kaliy bir tekis tarqalmagan, uning ko’p qimsi modda almashinivi va 
hujayraning  bo’linishi  intensiv  ravishda  ketayotgan organlarida  mirestemasida,  yosh 
novdalarida bo’ladi. 
 
Kaliy  o’simlik  ning  changdonida  ham  ko’p  bo’ladi.  Makkajo’xorining 
changdonida  35,5%  gacha  bo’ladi.  Kaliy  o’simlik  larning  tovar  bo’lmagan  qismida 
ko’p bo’ladi.  
 
Kaliy  o’simliklarda  fotosintez  jarayonini  normal  o’tishini  taominlaydi. 
Fermentlar tarkibiga kirmaydi. Lekin ularning faoliyatini tezlashtiradi. 
 
Protoplazma  kolloidlarining  gidrofillik  qobiliyatini  kuchaytiradi.  Kaliyning 
taosiri da o’simliklar suvni o’zida ushlab turish qobiliyatini oshiradi. Qisqa muddatli 
qurg’oqchilikka chidamliligini kuchaytiradi.  
 
Kaliy  bilan  oziqlanish  yaxshi  bo’lgan  sharoitda  o’simliklarda  uglevodlarning 
tez to’planishi natijasida meva va sabzavotlarda qandning, kartoshkada kraxmalning, 
zig’ir  va  boshqa  tolali  ekinlada  tolasining  ingichkaligi  va  mustahkamligi  ortadi.  X 
ujayra  shirasining osmotik bosimi va ekinlar sovuqqa chidamliligi ortadi. 
 
O’simliklar  kaliy  bilan  yaxshi  taminlansa,  oqsil  ko’p  hosil  bo’ladi,azotni 
yashshi o’zlashriradi. 
 
Ko’pgina qishloq xo’jaligi ekinlarida kaliy azotga nisbatan ancha kam bo’ladi. 
Lekin hamma o’simliklar vamikroblar kaliyni fosforga nisbatan ko’p istemol qiladi.  
 
Kaliy  yetishmaganda  o’simlik  barglarining  qirralari  qizil-qo’ng’ir  tusga 
kiradi.U larning rivojlanishi va xosilning yetilishi kechikadi.  
 
O’simliklar  o’zlaring  har  xil  o’suv  davrlarida  kaliyni  har  xil  miqdorda  qabul 
qilmaydilar. 
 
Masalan,  zig’ir  gullashdan  oldin  25,1  %  gullash  boshlanganda    73,7%,  to’la 
gullaganda 98,7% qabul qiladi. 
 
Qishloq  xo’jaligi  ekinlari  kaliyni  birday  talab  qilmaydilar.  Kaliyni  nisbatan 
ko’p  talab  qiladigan  qishloq  xo’jalik  ekinlariga  qand  lavlagi,  karam  kartoshka  ildiz 
mevalilar,  beda,  kungaboqar,  grechixa,  don  dukkakli  ekinlar  va  makkajo’xori  
kiradi.Arpa, tariq, bug’doy,javdarlarning donida kaliyni miqdori kam bo’ladi.  
 
Kaliy  azot  va  fosfordan  farq  qilib  o’simliklarning  vegetatsiya  qismida  ko’p 
bo’ladi. G’allali ekinlarningdonida kam poxolligida esa ko’p bo’ladi. 
 
Kaliyning pichanda g’allali ekinlaning poxolida ko’p bo’lishi kelgusida go’ng 
tarkibidan  kaliyni  ko’p  bo’lishini  taminlaydi.  CHunki  poxol  va  pichanlar  chorva 
mollariga  hamda  to’shama  sifatida  foydalaniladi.  To’shama  esa  go’ngning  tarkibiy 
qismi xisoblanadi.  
 
Bazi qishloq xo’jalik ekinlarining xosili tarkibidagi kaliyni miqdori  
ekin turlari 
Mahsulot

kaliy 
oksidi 
ekin turlari   mahsuloti 
kaliy oksidi 
kuzgi donli 
doni/pox
ol 
0,65/1,10  bodring 
mevasi 
5,65 
bahorgi 
g’allali 
doni/pox
ol 
0,67/1,30  pomidor 
mevasi 
5,60 
makkajo’xori   fani/poya
si 
0,43/1,93  zig’ir 
poxolida 
1,10 


no’xat 
doni/pox
ol 
1,46/0,60  g’o’za 
tolasi 
1,00 
qand lavlagi 
il.meva/o
’s. 
1,0/3,0 
yo’ng’ichka  pichan 
1,80 
ozuqa lavlagi  il.meva/o
’s. 
3,5/2,63  beda 
pichan 
1,80 
kartoshka 
kartoshk
a/o’s 
2,40/3,70  vika 
pichan 
1,20 
karamda 
bosh 
4,60 
timofelka 
pichan 
2,42 
sabzida 
Ild.meva  3,20 
 
 
 
 
 
2. Tuproq tarkibidagi kaliyning birikmalariva shakllari. 
 
Er  qobig’idagi  kaliyning  miqdori  2,14%ni  tashkil  etadi.  Ko’pgina  tuproqlarni 
ona jinsi hisoblangan qo’kindi jinslar tarkibida bo’ladi. 
 
Tuproq  tarkibidagi kaliyni miqdori azor va fosforning birgalikdagi miqdoridan 
hamma  vaqt  ko’p  bo’lgan.  Kaliy  og’ir  mexanik  tarkibli  tuproqlarda  ko’p  bo’ladi. 
Loyli va soz mexanik tarkibli tuproqlarda kaliyning miqdori 2% bazi hlllarda esa 3% 
gacha bo’ladi.  
 
Tuproq  tarkibidagi  kaliyning  ko’p  qismi  suvda  erimaydigan  va  o’simliklarga 
kam o’zlashadigan shaklda bo’ladi.  
 
Tuproqning  xaydov  qatlamidagi  kaliyning  umumiy  miqdori  azotga  qaraganda 
5-50  marta  fosforga  nisbatan  8-40  marta  ko’pdir.  Tuproq  tarkibidagi  kaliyning 
zaxirasi azot va fosforning zaxirasiga nisbatan sezilarli darajada ko’pdir.  
 
Kaliyning umumiy miqdori qizil tuproqlarda 0,86% chimli podzol tuproq larda 
2,32%,  o’rmon  sur  tusli  tuproqlarda  2,35%  ni  oddiy  qora  tuproqlarda  2,03%, 
ishqorsizlangan  qora  tuproqlarda  1,96%  qalin  qavatli  qora  tuproqlarda  2,37%  oddiy 
qora tuproqlarda 2,03% tashkil etadi.  
 
Tuproq  tarkibidagi  kaliy  birikmalari  o’simliklarda  o’zlasha  olishi  bo’yicha  4 
guruxga bo’linadi. 
 
1.  Barqaror  alyumoslikat  minerallar  asosan  dala  shpatlarihamda  slyudalar 
tarkibiga  kiruvchi  kaliy  ,  bu  minerallar  kam  eruvchanligi  va  o’simliklar  yaxshi 
o’zlashtira olmaganligi bilan xarakterlanadi.  
 
Dala  shpatlardagi  kaliyni  o’simliklar  qiyin  o’zlashtiradi.  Lekin  suv  va  unda 
erigan  karbonat  angidrid  gazi  taosirida  tuproq  temperaturasining  o’zgarishi  va 
tuproqdagi  mikroorganizmlarning  faoliyati  taosirida  bu  minerallar  asta  sekin 
parchalanadiva  kaliyning  eruvchan  tuzlaring  hosil  qiladi.  Slyudalar  tarkibidagi 
kaliyni o’simliklar birmuncha oson o’zlashtiradi. 
 
2.  Almashinuvchi  ,tuproq  kolloidlariga  yutilgan  kaliy.  Bu  elementlarning 
tuproqdagi  umumiy  miqdorining  ko’pi  bilan  0,5-1,5%ni  tashkil  etadi.  U 
o’simliklarning  oziqlanishida  asosiy  ahamiyatga  ega.  Almashinuvchi  kaliyni 
o’simliklar 
oson 
o’zlashtirishiga 
sabab 
uning 
boshqa 
kationlar 
bilan 


almashingandagina  eritmada  oson  o’tish  xususiyatiga  va  eritmadan  kaliyni 
o’simliklar  o’zlashtirishidir.  Almashinuvchi  kaliy  miqdari  tuproqning  kaliy  bilan 
taminlanganlik darajasining ko’rsatkichi bo’lib xizmat qilishi mumkin.  
 
3.  Suvda  eriydigan  kaliy.  Kaliyning  bunday  shakli  tuproq    eritmasida  erigan 
har xil tuzlar xolida bo’ladi. Ulaning o’simliklar bevosita o’zlashtiradilar. 
 
Tuproq  dagi  suvda  eriydigan  kaliynning  paydo  bo’lishi  bir  qator  jaryonlarga 
bog’liq: 
 
a) kaliyli minerallarning gidrolizi, 
  
b)  o’simliklar ildizi ajratmalari tomonidan minerallarning buzilishi  
 
v)    minerallarga  nitrifikatsiya  bakteriyalari  to’plagan  natriy  kislotasining 
taosiri. 
 
g)  tuproqqa  tushadigan  o’g’itlarning  tuzlaridan  va  o’simliklar  ildizining 
ajratmalaridan almashinuvchi kaliyning ajralib chiqishi va boshqalar.  
 
4.Mikroorganizmlar plazmasi tarkibiga kiruvchi kaliy, kaliyning bu shakli kam 
o’rganilgan.  
 
Kaliyning  eriydigan  tuzlari  o’simliklarning  oziqlanishida  eng  yaxshi  manba 
xisoblanadi.  
 
O’simliklar  ildizlarining  qoldiqlari  va  mikroorganizmlarning  xalok  bo’lishi, 
chirishi natijasida xosil bo’lgan kaliydan yaxshi foydalanadi. Umumiy kaliy o’zining 
tarkibida  kaliyli  birikmalarning  har  xil  shakllarining  birlashtiradi  va  quyidagilarga 
bo’linadi: 
 
1. Suvda eruvchan kaliy. 
 
2. Almashinuvchi kaliy. 
 
3. Xarakatchan kaliy. 
 
4. Almashinmaydigan, gidrolizlangan kaliy. 
 
5. Kislatada eriydigan kaliy. 
 
6. Almashinmaydigan kaliy. 
 
  
 
3. Kaliyning qishloq xo’jalik ekinlari xosildorligi va uning  sifatiga taosiri.     
 
Kaliy  bilan  oziqlanish  qishloq  xo’jalik  ekinlarining  hosili  va  uning  sifatiga 
sezilarli taosir ko’rsatadi. Kaliy yetishmasa o’simliklarda yangi hujayralar kam xosil 
bo’ladi. O’simliklar o’sishdan orqada qoladi. Moddalar almashinuv jarayni buziladi. 
 
Buning  natijasida  esa  barglarda  xosil  bo’lgan  uglevodlarning  xosil 
elementlariga kelish kamayadi. Barglarda uglevodlar ko’p to’planadi va natijada barg 
vilt kasaliga chalinganga o’xshab oqarib sarg’ayib to’kiladi. 
 
Kaliy  yuqori  molekulyar  uglevodlvrning  sintezini  kuchaytiradi,  natijada 
o’simliklar  poyasining  xujayralaridevorlari  qalinlashadi.  Bu  esa  qishloq  xo’jalik 
ekinlarini  yotib  qolishdan  saqlaydi  va  zig’ir,  kunjut,  paxta  tolalarining  sifatini 
yaxshilaydi. 
 
Kaliyning  yetishmasligi  natijasida  qator  fermentlarning  faoliyati  buziladi, 
o’simliklarning  nafas  olishi  uchun  qand  moddalaring  sarfi  ortadi,  uglevodlar  va 
oqsillar  almashinivi  buziladi.  Natijada  kuch  pishmagan  don,  urug’lar  xosil  bo’ladi. 
Urug’larning  unuvchanligi  va  chiqishi  yashash  qobiliyatlari  pachayadi,  bu  esa  xosil 
sifatiga salbiy taosir ko’rsatadi.  


 
 Qishloq xo’jalik ekinlarining kaliy bilan yaxshi taminlamaslik ularning har xil 
kasalliklarga  chalinuvchan  qilib  qo’yadi,buning  narijasida  xosilni  yig’ishtirib 
olgandan so’ng xosil uzoq vaqt saqlanishini yo’qotadi, tez buziladi. 
 
 Kaliy yetishmaganda o’simliklarda quyidagicha tashqi belgilar paydo bo’ladi: 
o’simliklarning  pastki  yaruslaridagi  eski  barglari  tezda  sarg’ayadi,  keyinchalik 
barglar  yaekkalaridan  uchlarigacha  qo’ng’ir  tusga  kiradi.  Bazi  xollarda  qizil 
zangsimon dog’lar paydo bo’ladi, barllarning chekkalari quribqoladi.  
 
Qishloq  xo’jaligida  kaliyning  aylanishi  azot  va  fosforni  aylanishidan  ancha 
farq qiladi.  
 
Donli  ekinlarda  doniga  qaraganda  somonida  kaliy  ko’p  bo’ladi.  SHu  sababli 
somonning  hammasi  yem  xashaklar  va  mollarning  tagiga  to’shama  uchun 
ishlatilganda kaliyning ko’p qismi go’ng bilan birga yana tuproqqa qaytib keladi. 
 
SHu munosabat bilan go’ngdan ratsional va tshliq foydalanish o’simliklarning 
kaliy bilan taminlashda juda katta axamiyatga egadir.                                                              
4. Kaliyli o’g’itlarni konlari. 
 
Kaliyli  o’g’itlarni  ishlab  chiqarish  uchun  tabiiy  xaldagi  kaliy  tuzlari  xom- 
ashyo bo’lib xizmat qiladi. Bu xom ashyolar kaliy tuzlarining katta-katta konlaridan 
qazib  olinadi.  Bunday  konlar  Rossiyaning  Yevropa  qismida  Qozog’istondava 
Markaziy Osiyo respublikalarida joylashgan.  
 
1. Solikams kaliy koni.Bu kon Kama  daryosining chap qirg’og’iga joylashgan. 
Ural  tizma  tog’lari  shimoliy  qismining  g’arbiy  qoyalari  bo’ylab  joylashgan.  Bu  kon 
1925  yilda  ochilgan.  Kaliy  o’g’itlar  bu  yerda  1929  yildan  boshlab  ishlab  chiqarish 
boshlangan.  
 
Bu  yerda  kaliyli  tuzlar  qalin  yotqiziq  jinslar  qatlamlari  ostida  joylashgan. 
Qavatning yuqorigi qismi karnalit va boshqa moddalardan iborat.  
 
2.  Karpat  oldi  kaliy  koni.  Bu  konlar  Ivano-Frankovsk  va  Lvov  viloyatlarida 
joylashgan.  Bu  konda  quyidagi  tarkibida  kaliy  bo’lgan  minerallar  bor:  langbeynit, 
poligamit, silvinit,kalushit, kanamag. 
 
3.  Belorussiya  kaliy  koni.  Bu  kon  Soligorsk  shaxri  yaqinidagi  joylashgan.  Bu 
kon bazasida shaxta hamda kaliy kombinati qurilgan.  
 
Bu konda silvinit, karnolliy va gallit minerallari bor.  
 
4. Zavolje kaliy koni. Bu konda kaliyning qimmatli sulfatli tuzlari mavjud. Bu 
kondagi asosiy minerallarga poligamit, glazeritdan tashkil topgan.  
 
5.  Turkmaniston  kaliy  koni.  Bu  kaliy  konida  hali  ishlab  chiqarish  ommaviy 
holda yo’lga qo’yilmaganligi sababli kaliyli o’g’itlar kam ishlab chiqariladi. 
  
5. Kaliyli o’g’itlar, ularning turlari, yerga solish muddatlari va usullari. 
 
Kaliyli  o’g’itlar  ishlab  chiqarish  tayyorlanishiga  qarab:  xom  kaliyli 
o’g’itlar,kontsentirlangan kaliyli o’g’itlar va sanoat chiqindilariga bo’linadi. 
 
1. Xom kaliyli o’g’itlar.  
 
Tabiiy  kaliy  tuzlari  maydalash  yo’li  bilan  olinadigan  xom  kaliyli  tuzlar 
tarkibida kaliy miqdorining juda kamligi va qo’shimchalar miqdorining ko’pligi bilan 
xarakterlanadi.  
 
Xom kaliyli tuzlardan silvinit va kolinit eng ko’p tarqalgan. Ular tarkibida ko’p 
miqdaoda xlor bo’ladi. Bu ham uni ishlatishni cheklab qo’yadi.  


 
a) silvinit- tarkibida 14-18% kaliy oksidi, 34-38% natriy oksidi,va 52-55% xlor 
bo’ladi. Dag’alroq maydalangan holda chiqariladi. Tashqi ko’rinishidan yirik,har xil 
rangli  oq,  pushti,qo’ng’ir,  ko’k  rangli  kristallar  aralashmasidir.suvda  yaxshi  eriydi. 
Salgina  gigroskopikligi  bor.  Silvinit  asosiy  o’g’it  sifatida  kuzgi  shudgor  ostiga 
solinadi.  Bunda  xlorning  ko’p  qismi  pastki  qatlamlariga  yuvilib  ketadi.  Kaliy  esa 
tuproqqa  yutiladi.  Silvinitda  natriyni  ko’p  bo’lishi  lavlvgi  va  xashaki  ovqatga 
ishlatiladigan  ildizmevalar  bazi  sabzavot  ekinlari  uchun  foydalidir.  Silvinit  ular 
uchun yaxshi o’g’it xisoblanadi. 
 
v) Kalinit- ko’p miqdorda natriy xlor aralashgan, tarkibida 10-12% kaliy oksid, 
8% atrofida magniy oksidi, 40-% ga yaqin xlor va 35% nariy oksidi bo’ladi. Kalnitli 
yoki  kalnitli  -langbonitli  jinsni  maydalashdan  olinadi.  Kalnit  ham  asosiy  o’g’it 
sifatida ishlatiladi.  
 
  2. Kontsentrlangan kaliyli o’g’itlar.  
 
A) kaliy xlorid tarkibida 58 % dan 62 % gacha kaliy oksidi bo’ldi. Silvinitldan 
kaliy  xloriddan  natriy  xloridni  ajratish  orqali  olinadi.  Ularni  ajratish  harorat 
ko’tarilishi bilan bu tuzlarning eruvchanligi turlicha bo’lishga asoslangan.  Harorat 20 
S dan 100 S gacha ko’tarilganda kaliy xloridning eruvchanligi 2 marta ortadi, natriy 
xloridning  eruvchanligi  deyarli  o’zgarmaydi.  Maydalangan  silvinitdan  kaliy  xlorid 
110  gradus  haroratda  natriy  xloridning  to’yingan  eritmasidan  eritib  olinadi,  so’ngra 
sovutilganda cho’kmaga tushadi. Natijada mayda kristall holdagi kaliy xlorid olinadi. 
U saqlab qo’yilganda qovushib qoladi.  
 
B)  40  %  li  kaliyli  tuz.  Kaliy  xloridni  maydalab  tuyilgan  silvinit  yoki  kalmid 
bilan mexanik ravishda aralashtirib olinadi. Tarkibi va xossalariga ko’ra silvinit bilan 
kaliy xlorid o’rtasida oraliq xolatni egallaydi.  
 
Kaliyli tuz qand lavlagi va xashaki ildizmevalilar uchun juda samaralidir. 
 
V)  kaliy  sulfat  tarkibida  kamida  48  %  kaliy  oksidi  bor.  Tashqi  ko’rinishidan 
kulrang  tusli  mayda  kristall    tuz.  Deyarli  suvda  yaxshi  eriydi.  Tabiiy  sulfatli  kaliy 
tuzlaridan  kaliy  sulfatni  ajratish  yo’li  bilan  olinadi.  Kaliy  sulfatning  fizik  xossalari 
yaxshi,  mushtlashib  qolmaydi,  gigroskopikligi  juda  kam.  Har  qanday  tuproqda  va 
barcha ekinlarga ishlatish mumkin.  
 
G)  kaliy  magneziya  tarkibida  28-30  %  kaliy  oksidi  va  8-10  %  magniy  oksidi 
bor.  Karpat  oldi  konidagi  tabiiy  sulfatli  kali  tuzlaridan  qayta  kristallash  yo’li  bilan 
olinadi. 
 
Kalimagneziya  kartoshka,  zig’ir  va  boshqa  ekinlar  uchun  yaxshi  kaliyli  o’g’it 
hisoblanadi.  
 
3. Sanoat chiqindilari.  
 
A)  xlor  -  kaliy  -  elektrolit  -  solinamen  karnalitdan  magniy  ishlab  chiqarishda 
olinadigan  chiqindi,  tarkibida  32  %  dan  45  %  gacha  kaliy  oksidi,  6-8  %  magniy 
oksidi, 6-8 % natriy oksidi va 50 % gacha xlor bo’ladi. 
 
Asosiy  o’g’it  sifatida  foydalaniladi  va  kuzgi  haydov  ostiga  solinadi  hamda 
barcha ekinlarga solish mumkin. 
 
B)   kaliy karbonat, tarkibida 52-55 % kaliy oksidi bo’ladi. 
 
Nefelindan  alyuminiyni  ishlab  chiqarishda  chiqindi  sifatida  olinadi,  ishqoriy 
reaktsiyaga  ega,  kuchli  gigroskopik,  suyuqlanib  ketadi  yoki  kuchli  qotib  qoladi, 
sochiluvchanligi yomon. 


 
Tuproqqa solishdan oldin uni 1:1 nisbatda quruq torf bilan aralashtirish tavsiya 
etiladi. 
 
V) tsement changi - tarkibida karbonatlar, bikarbonatlar va kaliy sulfat holida 
14 % dan 35 % gacha kaliy oksidi, 19 % kaltsiy oksidi 3-4 % magniy oksidi va 1 % 
natriy oksidi bo’ladi.  
 
Kartoshka, zig’ir, grekchikaga solinganda yaxshi natijalar beradi. 
 
G)  nefelin  qoldig’i  -  mayda  tuyilgan  nefelin.  Kola  yarim  orolidadagi 
appatitlardan appatit kontsentrati ishlab chiqarishda olinadjigan chiqindi.  
 
Tarkibida  5-6  %  kaliy  oksidi,  10-13  %  natrik  oksidi,  8-10  %  kaltsiy  oksidi 
bo’ladi. Nefelin tarkibida kaliy miqdorining kam bo’lishi tufayli u uzoq masofalarga 
tashib olib borilmaydi. 
 
Nefelin  qoldiqlarini  ishlatish  shu  kon  atroflaridagi  tarqalgan  kislotali  torfli 
tuproqlarda yaxshi samara beradi. 
 
Barcha kaliyli o’g’itlar suvda yaxshi eriydi. Tuproqqa solinganda, ular tez erib 
ketadi va tuproqning singdiruvchi kompleksi bilan o’zaro taosirlashadi: 
 
kaliyli o’g’itlar tarkibiga kiruvchi kaliy va boshqa kationlar tuproqning kolloid 
qismiga yutiladi, xlor esa tuproq eritmasida qoladi va shu sababli oson yuvilib ketadi. 
 
Kaliy  yutilgan  holatga  o’tishi  natijasida  uning  tuproqdagi  harakatchanligi 
kamayadi va yuqilib ketishi to’xtaydi, singdirish sig’imi kichik bo’lgan qumli hamda 
qumloq tuproqlar bundan mustasnodir. 
 
Barcha kaliyli o’g’itlar - fiziologik kislotali tuzlardir, lekin ularning fizikologik 
kislotaliligi  ammoniyli  o’g’itlarnikidan  kam  bo’lib,  u  ko’p  miqdorda  kaliy  isteomol 
qiladigan  ekinlarga  kungaboqar,  grechixa,  ildizmevalar,  kartoshka,  sabzavotlarga 
uzoq vaqt sistemali ravishda solib turilgandagina namoyon bo’ladi. 
 
Asoslarga to’yingan qora va bo’z tuproqlarda kaliyli o’g’itlarning salbiy taosiri 
kuzatilmaydi. 
 
Kaliyli  o’g’itlar  yengil  qumli  va  qumoq  mexanik  tarkibli  tuproqlarda  eng 
yaxshi samara beradi.  
 
Tarkibida  kaliy  kam  bo’lgan  bunday  tuproqlarda  barcha  qishloq  xo’jalik 
ekinlariga kaliyli o’g’itlarni solish kuchli taosiri qiladi.  
 
Kaliyli  o’g’itlarni  samarali  ishlatishning  muhim  sharti  -  bu  o’simliklarni  azot 
va  fosfor  bilan  yaxshi  taominlashdir.  Tarkibida  azot  va  fosfor  kam  bo’lgan 
tuproqlarda kaliy kutilgan natija bermaydi. 
 
Odatda  harkatchan  kaliy  ko’p  bo’ladigan  sho’rtob  tuproqlarda  kaliyni  solish 
bunday tuproqlarning yanada sho’rlanishiga olib keladi.  
 
Azotli  va  fosforli  o’g’itlar  sistemali  ravishda  qo’llanilganda,  kaliyli 
o’g’itlarning  samaradorligi  ortadi  va  yildan-yilga  ularga  bo’lgan  ehtiyoj  ko’payib 
boradi. 
 
Tayanch iboralar 
 
Kaliy-ozuqa  manbai,  moddalar  almashinuvi,  meristema,  o’suv  organlari, 
fotosintez  jarayoni,  protoplazma,  kolloidlar,  kaliy  yetishmasligi  alomatlari,  kaliy 
ionlari,  xom  kalili  o’g’itlar,  kontsentratsiyali  kaliyli  o’g’itlar,  tuproqning 
singdiruvchanligi, 
qurg’oqchilikka 
va 
sovuqqa 
chidamlilik, 
ekvivalent, 
singdiruvchanlik,  asoslarga  to’yinmagan,  asoslarga  to’yingan,  azot  va  fosfor  bilan 
yaxshi taominlash. 


Nazorat savollari  
 
1. Kaliyning o’simliklar uchun qanday ahamiyati bor? 
 
2. Tuproqdagi kaliyning miqdori va shakllari qanday? 
 
3. Kaliyning qishloq xo’jalik ekinlari hosiliga va uning sifatiga taosiri qanday? 
 
4. Kaliy o’g’itlar ishlab chiqarishdagi xom ashyo bazalarini aytib bering. 
 
5. Xos kaliyli o’g’itlar va ularning vakillariga qaysilar kiradi? 
 
6.  Kontsentrlangan  kliyli  o’g’itlar,  ularning  vakillari  va  tarkibidagi  ozuqa 
moddalarining miqdorini ayting. 
 
7. Kaliyli o’g’itlar qaysi muddatlarda tuproqqa solinadi? 
 
8. Kaliyli o’g’itlarning tuproq bilan o’zaro taosirlashuvini ko’rsating? 
 
9. Kaliyli o’g’itlar tuproqning xossalariga qanday taosir qiladi? 
 
10.  Kaliyli  o’g’itlar  tarkibida  kaliydan  tashqari    yana  qanday  komponentlar 
bor? 
 
 Adabiyotlar  
 
1. 
 
Agroximiya.  Pod.  red  .  V.M.Klechkovskogo  i  prof.  A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str. 
2. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
 
Smirnov P.M. Agroximiya. O’qituvchi, T., 1984. 
4. 
 
Spravochnik po oborudovaniyam. Izd-vo “KOLOS” m., 1964. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
12-MA’RUZA: MIKROO’G’ITLAR 
 
REJA: 
 
 
1. Mikroelementlarning o’simliklar oziqlanishidagi roli. 
 
2. Tuproq tarkibidagi mikroelementlar  
 
3. Mikroo’g’itlar, ularning turlari, normalari va foydlanish usullari. 
 
4. Tayanch iboralar  
 
5. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
 
6. Foydalanilgan adabiyotlar  


 
 
 
1. Mikroelementlarning o’simliklar oziqlanishidagi roli. 
 
Mikroelementlar - bu eng zarur oziq elementlari bo’lib, o’simliklarda mingdan 
bir-yuz mingdan bir  foizni tashkil etadi va o’simliklarning hayot faoliyatida muhim 
funktsiyalarni  bajaradi.  O’simliklar  xhayotida  mikroelementlarning  fiziologik 
ahamiyati  ochib  berilgandan  keyin  dehqonchilikda  ham  mikroelementlarni 
qo’llashning nazariy asoslari ishlab chiqildi. 
 
O’simliklarning  mikroelementlar  bilan  oziqlanishining  nazariy  va  amaliy 
masalalrini  o’rganishda  Ya.V.Peyve,  M.V.Katalimov,  M.Ya.SHkolnik  va  boshqa 
olimlar  o’zlarining  katta  xissalarini  qo’shdilar.    O’simliklarda  mikroelementlarning 
yetishmasligi natijasida bir qator kasalliklar kelib chiqadi va o’simliklarni halokatga 
olib kelishi mumkin. 
 
Amalda  mikroo’g’itlardan  foydalanish  oqibatida  o’simliklarning  kasalliklari 
bartaraf etish bilan birga yuqori sifatli hosil olishga imkon yaratadi. 
 
Mikroelementlar  o’simliklarda  kechadigan  oksidlanish-qaytarilish  jarayonida, 
uglevod  va  azot  almashinuvida  qatnashadi,  o’simliklarni  kasalliklarga  va  tashqit 
muhitning noqulay sharoitlarining taosiriga chidamliligini oshiradi.  
 
Mikroelementlar 
o’simliklar 
hujayralarining 
membranalarini 
o’tkazuvchanligiga va oziq elementlarini qabul qilnishiga taosir qiladi. 
 
Masalan,    marganets  o’simliklarni  tashqi  muitdan  ionlarni  tanlab  qabul 
qilinishini,  fosforni  o’simliklarning  qari  barglaridan  yosh  barglariga  qarab 
harakatlanishini yaxshilaydi. 
 
Temir  -  G’e.  Temirsiz  o’simliklarning  bargida  xlorofill  hosil  bo’lmaydi. 
O’simliklar xloroz kasali bilan kasallanadi.  
 
Temir  yetishmasligi  natijasida  xlorofilning    hosil  bo’lishi  kamayadi  va 
barglarning  yashil  rangi  yo’qola  boshlaydi.  Lekin  temirning  o’zi  xlorofillning 
tarkibiga kirmaydi. 
 
Ilgari xlorofillning sintezida G’e oksidlanish-qaytarilish jarayonini boshqaradi, 
deb taxmin qilingan edi. 
 
Bunday taxminga aniqlik kiritildi, yaoni xlorofillning paydo bo’lishija ishtirok 
etadigan fermentlarda G’e bor ekan. 
 
Bor - V. Borning eng ko’zga tashlanadigan roli o’simliklarda sodir bo’ladigan 
changlanish hodisasida seziladi, yaoni borsiz o’simliklar gulidagi otaligi o’smaydi va 
changlanmagan  gullar  to’kilib  ketadi.  SHuning  uchun  o’simliklarda  bor  yetishmasa, 
urug’larining  mahsuldorligi  pasayib  ketadi.  Agar  bor  yetishmasa,  zig’irda  o’suv 
nuqtasi quriydi, kartoshkada chirish kasalliklari rivojlanadi. 
 
O’simliklar ildizi o’suv nuqtasining va o’simliklarning o’suv nuqtasining qurib 
qolishi borning yetishmasligi bilan bog’liqdir. 
 
Bor o’simliklarning hosil tarkibid ko’p bo’ladi. 
 
Marganets. Hmma o’simliklarning tirik hujayralari tarkibiga kiradi. Marganets 
o’simliklarda  kechadigan  oksidlanish-qaytarilish  reaktsiyalarida  faol  ishtirok  etadi, 
askorbin kislota sintezida ishtirok etadi. 
 
Marganets  yetishmasa,  makkajo’xori,  qand  lavlagi, g’o’za,  don-dukkaklilarda, 
tamakida xloroz kasalligi ro’y beradi. Barglarining chetlari sarg’ayadi, yosh novdalari 
qurib qoladi.  


 
Marganetsning  yem-xashaklarda  yetishmasligi  natijasida  jo’jalarning  oyoqlari 
qiyshayadi.  O’simliklar  tarkibidagi  marganetsning  miqdori,  quruq  moddaga  nisbtan 
mg hisobida, 15 mg dan 400 mg gacha tashkil etadi. 
 
Mis  -  oksidlovchi  fermentlar  tarkibida  bo’ladi,  masalan,  polifenoloksidoza 
fermenti  tarkibiga  kiradi.    V  guruh  vitaminlarning  aktivligini  oshiradi  mis 
yetishmasaligi oqsil sintezini kamaytiradi. 
 
O’simliklarni misli birikmalar bilan kam oziqlantirilsa, hayvonlarda kamqonlik 
ro’y beradi, yosh hayvonlar raxit bilan kasallanadi, qo’y-echkilarda junning to’kilishi 
ro’y beradi. 
 
Molibden - Mo. O’simliklarda aminokislotalar va oqsil moddalarning sintezida 
nitratlarning ammiakgacha qaytarilish jarayonida ishtirok etadi. 
 
Mo ushbu jarayonni tezlashtiruvchi nitratreduktoza fermenti tarkibiga kiradi. 
 
Mo  tuganak  bakteriyalari  faoliyati  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Agar    Mo 
yetishmasa, tuganak bakteriyalari atmosferadagi erkin azotni bog’lamaydi.  
 
Rux  -  karbonangidraza  fermenti  tarkibiga  kiradi  va  nafas  olish  jarayonini 
tezlashtiradi. 
Auksinlarning 
hosil 
bo’lishini 
yaxshilaydi. 
Ru 
yetishmasa, 
o’simliklarda oqsillarning parchalanishi sodir bo’ladi. O’simliklarning ruzga bo’lgan 
talabi yorug’lik kuchayishi bilan ortadi. 
 
Kobalt  So.  Bu  mikroelementni  ko’proq  dukkakli  ekinlar  talab  qiladi,  chunki 
kobalt tuganak bakteriyalaining faoliyatini kuchaytiradi. 
 
Muhit  reaktsiyasini  nordonlashuvi    natijasida,  uning  o’simliklarga  qabul 
qilinishi kuchayadi. Kobaltning ozuqa eritmasidagi optimal dozasi 1 l ga 0,06 mg nm 
tashkil etadi.  
 
CHorva  hayvonlarining  ozuqasida  kobalt  yetishmasa,    yirik  shoxli 
hayvonlarning va qo’ylarning ishtahasi keskin pasayadi hamda ularing mahsuldorligi 
kamayadi. 
 
2. Tuproq tarkibidagi mikroelementlar. 
 
 
O’simliklarni    mikroelementlar  bilan  taominlanishida  ularning  tuproq 
tarkibidagi miqdorlari ham muhim ko’rsatkich hisoblanadi.  
 
Bunda  tuproq    tarkibidagi  mikroelementlarning  umumiy  miqdori  emas,  balki 
o’simliklarga  o’zlashadigan  harakatchan  shakllarining  mavjud  bo’lishi  muhim  rol 
o’ynaydi.  
 
Mikroelementlarning 
tuproqdagi 
harakatchanligi, 
shuningdek 
ularni 
o’simliklarga    o’zlashishida  tuproqning  kislotaliligi,  uning  oksidlanish  -qaytarilish 
reaktsiyalari va boshqa sharoitlar taosir qiladi.  
 
Temir - G’e. Unumsiz tuproqlar tarkibida ham 2-3 % gacha bo’ladi. Ko’pchilik 
hollarda, dala sharoitida G’e ni yerga o’g’it sifatida solishga hojat qolmaydi. 
 
Qishloq  xo’jalik  ekinlaridan  eng  yuqori  hosil  olinganda  ham  hosil  juda  ozdir, 
chunki  temir  birikmalarining  harakatchanligi  kamdir.  Kislotali  muhitga  ega  bo’lgan 
tuproqlarda  temir  birikmalarining  eruvchanligi  ortadi,  baozi  hollarda  o’simliklar 
temirning xloridli yoki sulfatli tuzlarining taosirida ezilib qolishi mumkin. 
 
Bor - V. Borning tuproq tarkibidagi umumiy miqdori 100 g tuproqda 0,15 mg 
dan 5,5 mg gacha bo’ladi. Bor alyumosilikatlar tarkibida to’planadi.  


 
Bor  O’rta  Osiyodagi  boshqa  tuproqdarga  nisbatan  bo’z  tuproqlar  va 
serchirindili  o’tloqi  tuproqlarda  ko’proq,  yaoni  bir  kg  tuproqda  250  mg  ni  tashkil 
etadi.  Borli  birikmalar  tuproqqa  organik  o’g’itlar,  pech  qumi  va  baozi  bir  kaliyli 
o’g’itlarni solganda tushadi. 
 
Marganets  Mn. Tuproq tarkibidagi marganets 0,01-0,4 % ni tashkil etadi.  
 
Tuproqning chirindili ustki qatlami va illyuvial qatlamida to’planadi. 
 
Og’ir mexanik tarkibli hamda serchirindi to’proqlarda ko’proqdir. 
 
O’zbekiston  hududidagi  bo’z  tuproqlarda  bu  element  0,6-0,07  %  to’q  tusli 
o’tloqi tuproqlarda bu elementning miqdori bundan ham ko’proqdir. 
 
Marganetsning  suvda  eriydigan    nitratli,    xloridli,  sul’fatli  birikmalari 
tarkibidagi marganetsni o’simliklar oson o’zlashtiradi. 
 
Mis  Cu.  Tuproqdagi  organik  mineral  birikmalar  ko’rinishida  bo’lib,  chirindi 
qatlamida to’planadi. 
 
 
Kislotali  tuproqlarda  mis  eruvchan  shaklda  bo’lib,  ammo  neftral  va  ishqoriy 
reaktsiyaoli tuproqlarda esa mis o’simliklar uchun uncha yetarli bo’lmaydi. 
 
Tuproqlarda  mis  o’rtacha  bo’lib,  Ye.M.Kruglovaning  maolumotiga  ko’ra, 
Mirzacho’ldagi  ekin  ekilmagan  och  tusli  bo’z  tuproqlarning  chirindili  qatlamida 
0,002 % bo’lib, sug’oriladigan och tusli bo’z tuproqlarning yuqori qatlamida 0,003%, 
tipik bo’z tuproqlarda 0,003%, sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlarda 0,0048%, o’tloqi 
tuproqlarda esa 0,003-0,004% ni tashkil etadi.  
 
Molibden  -  Mo.  Tuproq    tarkibidagi  molibdenning  umumiy  miqdori  juda  oz 
bo’lib, 100 g tuproqda 0,02 dan 0,75 mg gacha. Kislotali muhitda molibdenning ko’p 
qismi  uch  valentli  kationlar  bilan  bog’langan,  bu  tuproqlarda  uning  harakatchanligi 
juda  past,  shuning  uchun  bu  tuproqlarda  dukkakli  ekinlar,  gul  karam  va  boshqa 
ekinlar ekilganda, molibden tanqisligi sezilib qoladi. 
 
Rux  -Zn.  100  g  quruq  tuproq  tarkibidagi  miqdori  2,5-6,5  mg  ni  tashkil  etadi. 
Rux,  asosan,  chirindili  qatlamda  ko’proq  to’planib,  chirindi  bilan  birgalikda 
murakkab  birikmalar  hosil  qiladi.  SHuningdek  rux  mineral  kolloidlarga  singdirilgan 
holatda va turli minerallar tarkibida uchraydi. 
 
E.M.Kruglovaning maolumiga ko’ra, bo’z tuproqlarda rxningumumiy  miqdori 
0,006-0,012 % ni tashkil etadi.  
 
Kobal’t  -  So.  Tuproqdagi  turli  alyumosilikatlar  tarkibida  va  kolloid 
zarrachalarga singldirilgan hamda turli organik-mineral birikma holida bo’ladi. 
 
Kobal’t miqdori tuproqda o’rtacha 3 % ni tashkil etadi. Qora, kashtan va bo’z 
tuproqlarda  bu  element  miqdori  ko’proqdir.  Kislotali  muhitga  ega  bo’lgan 
tuproqlarda  o’simliklar  kobaltni  yaxshi  o’zlashtiradi,  chunki  tuproqning  kislotaliligi 
ortgan  sari  kobaltning  harakatchanligi  kuchayadi.  Kislotali  tuproqlarni  ohaklaganda, 
kinlar uchun kobalt yetishmasligi seziladi. 
3. Mikroo’g’itlar, ularning turlari, normalari va foydalanish usullari. 
 
 
O’simliklarga  juda  oz  miqdorda  kerak  bo’ladigan,  tarkibida  mis,  rux,  bor, 
marganets, molibden va kobalt bo’lgan birikmalarga mikroo’g’itlar deyiladi. 
 
1.  Borli  mikroo’g’itlar.  Bor  o’simliklarga  juda  oz  miqdorda  kerak  bo’ladi. 
Lekin tuproq trkibidagi o’simliklarga o’zlasha oladigan shakli yetishmaydi. 
 
Bunday holatda qishloq xo’jalik ekinlaridan ko’zlangan hosilni olib bo’lmaydi. 


 
Quyidagi borli o’g’itlar foydalaniladi. 
 
1. Bor dotolitli un (....................) 
 
Voskrens kimyo kombinati ishlab chiqaradi.  Tarkig’bida suvda xeruvchan 1,5-
2  %  bor  mavjud,  och  kul  rangli  poroshok.  Bu  o’g’itni  turli  xil  usulda  ishlatish 
mumkin. 
 
Bu o’g’itni yerga ekin ekilgunga qadar solinadigan bo’lsa, 1 ga  maydonga kg 
hisobida: qan lavlagi - 1,5 kg, kartoshka va sabzavot - 1 kg, grechixa - 1 kg, zirk - 0,5 
kg solish lozim.  
 
Erga solishdan  oldin bu o’g’it boshqa o’g’itlar bilan yaxshilab aralashtiriladi, 
tuproqqa  bir  tekisda  tushishi  uchun.  Ekish  bilan  birga  berilganda  mikroo’g’itlarning 
dozasi  ikki  marta  qisqartiriladi.  Ekish  bilan  birga  borli  superfosfat  solinsa,  yaxshi 
samara beradi. 
 
2.  Borli  superfosfat,  donador  holda  ishlab  chiqariladi,  tarkibida  0,17-0,34  % 
bor va 15-18 % fosfor bor yoki 1-1,3 % bor va 36 % gacha fosfori bo’ladi. 
 
O’simliklarning eng yaxshisi, suvda to’la eriydigan o’g’itlar bilan oziqlantirgan 
maoqul.  Bunday  borli  o’g’itlarga  barat  kislota  kiradi,  tarkibida  17,5  %  bor  mavjud.
 
Bura, tarkibida 11,3 % bor mavjud. 
 
Bor - magniyli tuz, tarkibida 0,9-5,3 % bor va 70-75 % magniy sulfat bor. 
 
Borli  mikroo’g’itlardan  haydov  ostiga  solish uchun  uning  suvda  erimaydigan, 
lekin o’simliklarga o’zlashadigan shakllaridan foydalanish lozim. 
 
Bunday borli o’g’itlarga cho’ktirilgan borat-magniyli tuz kiradi. Tarkig’ida 1,5 
% va 19 % gacha magniy mavjud. 
 
2.Marganetsli mikroo’g’itlar. 
 
Marganetsli  o’g’itlar  sifatida  marganetsli  ruda  sanoatiing  chiqindisidan 
foydalaniladi.  Bu  chiqindilar  tarkibida  10-18  %  marganets  mavjud.  Tshqi  ko’rinishi 
to’q  kul  rang  yoki  qora  rangli  poroshok.  SHuningdek,  tarkibida  marganetsi  bor 
boshqa  chiqindilar  ham  borki,  ulardan  ham  qimmatli  marganetsli  o’g’it  sifatida 
foydalanish mumkin. 
 
Buar  jumolasiga:  ferromarganets  changi,  tarkibida  26-32  %  marganets  oksidi, 
marten  shlagi,  tarkig’ida  10-14  %  marganets  oksidi  bor.  Bu  suvda  erimaydigan 
moddalarni  tuproqqa  solinganda,  ulardan  marganets  asta-sekin  ajraladi  va 
o’simliklarga o’zlashadigan shaklga o’tadi. 
 
2. Marganetsli superfosfat. Oddiy superfosfatga nodadorlashtirishdan oldin 10-
15 % marganetsli shlam qo’shiladi. Bu o’g’itda 18-19 % fosfor oksidi va 1,5-2,5 % 
marganets bo’ladi. 
 
3. Marganets sulfat. 
 
Qishloq xo’jaligida zarur bo’lgan marganetsli o’g’itlarning 30 % ga yaqinnini 
marganets sulfati tashkil etadi. 
 
Marganets  sulfatdan  urug’larni  ekishdan  oldin  ishlashda  va  bargidan 
oziqlantirishda ishlatiladi. 
 
50-100  g  marganets  sulfat  300-400  g  tal’p  bilan  aralashtirilib,  qand  lavlagi, 
bug’doy,  makkajo’xori,  arpa,  no’xat,  kungaboqarning  100  kg  urug’i  bilan 
aralashtiriladi.  Yemevali  daraxtlarga  sepish  uchun  har  gektariga  shunday 
aralashmadan 600-1000 g sarflanadi. 
 


 
3. Misli mikroo’g’itlar.  
 
 
1.  Misli  mikroo’g’itlardan  eng  ko’p  tarqalgani  sulfat  kislota  sanoatining 
chiqindisi  pirit  ogarogi,  trkibida  0,3-0,6  %  mis  mavjud.  Buning  tarkig’ida  misdan 
tashqari kobalt, molibden, rux va 50 % gacha temir ham bo’ladi. 
 
Bu  o’g’itni  4-5  yilda  bir  marta  har  gektar  hisobiga  500-600  kg  dan  kuzgi 
haydovostiga yoki bahorda ekishdan oldin kultivatsiya bilan tuproqqa solinadi. 
 
 
4. Molibdenli mikroo’g’itlar. 
 
 
Molibdenli  mikroo’g’itlarga,  asosan  ammoniy  molibdek  kiradi.  Tarkibidagi 
mlibden 35 % ni tashkil etadi.  
 
Molibdenli o’g’it sifatida mis, elektrolampa ishlab chiqarish,  molibden ishlab 
chiqarish    sanoatining  chiqindilaridan  foydalaniladi.  Molibdenli  o’g’itlardan 
foydalanishning samarali va iqtisodiy tomondan tejamli usuli - bu urug’larni ekishdan 
oldin ishlashidir. 
 
 
5. Ruxli mikroo’g’itlar. 
 
 
Ruxli  mikroo’g’itlarni  shunday  sharoitlarda  ishlatish  lozimki,  ruxning 
harakatchan  shakli,  1  kg  tuproqda,  noqoratuproq  mintaqada  0,2-1,0  mg,  qoratuproq 
zonada  0,3-2,0,  kashtan  va  bo’z  tuproqlarda  1,4-1,8  mg  dan  kam  bo’lganda 
foydalanish  mumkin.  Ruxli  o’g’it    sifatida  rux  sulfat  sanoatining  chiqindisidan  va 
ruxli 
bo’yoqlar 
ishlab 
chiqarishdagi 
zavodlarning 
chiqindisi 

polimikroudobreniyadan  foydalaniladi.  Uning  tarkibida  19,6  %  rux  oksidi,  17,4  % 
rux silikat, 21.1 % alyuminiy oksidi va oz miqdorda mis va marganets ham bo’ladi. 
Makkajo’xori uchun har ga ga 20 kg dan MPU-7 solinadi. 
 
6. Kobaltli mikroo’g’itlar.  
 
 
Kobaltli  mikroo’g’itlarni  qora  tuproqlarda,  madaniylashtirilgan  chimli  podzol 
tuproqlarda,  Markaziy  Osiyoning  kashtan  va  bo’z  tuproqlarida  ishlatish  yaxshi 
samara  beradi.  O’simlik  mahsulotlarining  parhezlik  hususiyatini  oshirishda  bu 
o’g’itlardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. 
 
Agarda  1  kg  quruq  pichan  tarkibida  kobaltning    miqdori  0,07  mg  dan 
kamaysa,,  charvo  hayvonlari  okobal’toz  kasalligi  bilan  og’riydi.  SHuning  uchun 
kobal’tli  o’g’itlarda  yaylovlarni,  o’tloqlarni  oziqlanishda  foydalanish  lozim,  qaysiki 
tuproqlari kobalt bilan yaxshi taominlanmagan mintqalarda. 
 
Yuqorituproq  mintqaning  har  bir  kg  quruq  tuproq  tarkibida  1,0-1,1  mg,  qora 
tuproq  mintaqasida  0,6-2,0  mg,  Markaziy  Osiyoning  kashtan  va  bo’z  tuproqlarining 
har  bir  kg  da  1,-1,5  mg  kobalt  bo’lsa,  kobaltli  o’g’itlarning  samaradorligi  yuqori 
bo’ladi. 
 
Ildizdan  tashqari  oziqlantirish  va  urug’larni  ekishdan  oldin  ishlash  uchun 
kobalt sulfatning 0,01-0,1 % li eritmasidan foydalaniladi. 
 


Tayanch iboralar iboralar 
 
Mikroelementlar,  fermentlar  tarkig’iga  kiruvchi,  modda  almashinuvi, 
oksidlanish-qaytarilish  reaktsiyalari,  uglevod  azot  almashinuvi,  fotosintez  jarayoni, 
mikroo’g’itlar,  mikroelementlar,  oksidlanish,  marganets,  molibden,  kaliy,  natriy, 
temir, kobalt, kobaltli mikroo’g’itlar, ildizdan tashqari oziqlantirish. 
 
 
Nazorat savollari 
 
1. Mikroelementlar deb nimaga aytiladi? 
 
2.  Mikroelementlar  o’simliklarda  kechadigan  qanday  jarayonlarda  aktiv 
ishtirok etadi? 
 
3. Qaysi mikroelementlar qishloq xo’jaligi sohaida qo’llaniladi? 
 
4. O’simliklar hayotidagi temirning ahamiyatini gapiring. 
 
5. O’simliklar hayotidagi marganetsning roli. 
 
6. Mining o’simliklarga taosiri. 
 
7. Molibdenning o’simliklar hayotidagi roli? 
 
8. O’simliklardagi ruxningmiqdori va rux yetishmasligi qaerlarda uchraydi? 
 
9. Nima uchun dukkakli ekinlar ko’proq kobaltni talab qiladilar? 
 
10. Mikroelementlarning tuproq tarkibidagi miqdorlarini ko’rsating. 
 
11. Bor qanday tuproqlarda ko’p bo’ladi. 
 
12.  Kelajakda  qishloq  xo’jaligining  misli  mikroo’g’itlarga  bo’lgan  talabini 
qanday moddalar qondiradi? 
 
14. Molibdenli o’g’itlardan foydalanish usullarini gapiring. 
 
15.  Kobaltli  mikroo’g’itlar,  asosan  qaerlarda  ishlatiladi  va  ularning  ahamiyati 
qanday? 
 
16. Rux sulfati, asosan qanday maqsadda foydalaniladi? 
 
17. Kobaltli mikroo’g’itlarga misollar ayting. 
 
18. Molibdenli o’g’itlarga misollar ayting.  
Adabiyotlar  
 
1. 
 
Agroximiya.  Pod.  red  .  V.M.Klechkovskogo  i  prof.  A.V.Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964.  
2. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
4. 
 
Agroximicheskie metodi issledovaniya pochv. M., 1975. 
5. 
 
Piroxunov  T.,  Kariev  A.  Effektivnost’  primeneniya  molibdena  i  tsinka  pod 
xlopchatnika i lyutsernu. T., 1974. 
 
 
MA’RUZA 13: ODDIY, ARALASH VA MURAKKAB MINERAL O’G’ITLAR. 
KOMBINATSIYALANGAN VA SUYUQ MURAKKAB O’G’ITLAR. 
 
REJA: 
 
 
1. Oddiy mineral o’g’itlar  
 
2. Aralash mineral o’g’itlar  


 
3. Murakkab mineral o’g’itlar  
 
4. Kombinatsiyalangan yoki murakkab aralashgan mineral o’g’itlar  
 
5. Suyuq kompleks o’g’itlar  
 
6. Tayanch iboralar  
 
7. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
 
8. Foydalanilgan adabiyotlar. 
 
 
1. Oddiy mineral o’g’itlar. 
 
 
Kimyo  sanoatining  ishlab  chiqarayotgan  o’g’itlarning  yarmidan  kupi  oddiy 
mineral o’g’itlar xissasiga to’g’ri keladi. Tarkibida oziqa elementlaridan biri bo’lgan 
mineral o’g’itlarni oddiy minerallar deb atash qabul qilingan. 
 
Amalda esa o’simliklarning oziqlanishini yaxshilash uchun, oziq elementlariga 
bo’lgan  talabini  bir  vaqtda  qondirish  maqsadida  birdaniga  bir  necha  oddiy  mineral 
o’g’itlar aralashtirilib solinadi. 
 
CHunki  qishloq  xo’jalik  ekinlariga  har  bir  oddiy  mineral  o’g’itlarni  alohida  -
alohida  solinganda,  juda  ko’p  mehnat,  yonilg’i-moylash  materiallari  va  qat  sarf 
bo’ladi. 
 
Bu esa iqtisodiy tomondan ham samarali emas. SHundan kelib chiqib, o’g’itlar 
aralashmasini tayyorlash zarurati tug’iladi. 
 
2. Aralash mineral o’g’itlar. 
 
Aralash  mineral  o’g’itlarning  tayyorlanishi  ularning  tuproqa  solishdagi  sarf 
harajatlarni kamaytiribgina qolmasdan, balki ushbu o’g’itlarning fizik xususiyatlarini 
ham yaxshilaydi. Aralash mineral o’g’itlar ikki yoki uch xil oddiy donadorlashtirilgan 
yoki  donadorlashtirilmagan  o’g’itlarni  maxsus  o’g’it  aralashtirish  zavodlarida, 
agrokimyo  markazlarida  yoki  bevosita  xo’jaliklarda  aralashtirish  yo’li  bilan  olinadi. 
Bunda  o’g’itlar  solishga  ketadigan  vaqt  hamda  mehnat  o’g’itlarni  alohida  alohida 
solishdagiga  nisbatan  ancha tejaladi va ularning samaradorligi ortadi,  chunki barcha 
zaruriy  o’g’itlar  birdaniga solinadi.  Ular  dala  bo’ylab  bir  meoyorda  taqsimlanadi  va 
ayrim oziq elementlari har bir joda ham bo’ladi. 
 
O’g’it  solinadigan  ekinning  ehtiyojiga  va  tuproqni  xossalariga  bog’liq  holda 
o’g’itlar aralashmalarining tarkibi N:R:K nisbati turlicha bo’lishi mumkin. 
 
SHu  jihatdan  olganda  ular  tarkibidagi  ozuqa  moddalarning  miqdori  har  xil 
tuproqlardagi  ekinlarga  solish  uchun  doim  ham  to’g’ri  kelavermaydigan  kompleks 
o’g’itlardan  ustun  turadi.  Ldekin  har  qanday  o’g’itni  ham  bir  biri  bilan  aralashtirib 
bo’lmaydi,  chunki  ular  orasida  sodir  bo’ladigan  kimyoviy  reaktsiyalar  natijasida 
ko’ngilsiz  o’zgarishlar  -  fizik  xossalarining  yomonlashuvi,  eruvchanligining 
kamayishi yoki zaruriy oziq moddalarning yo’qolishi hollari sodir bo’lishi mumkin. 
 
Aralashtirish  yo’li  bilan  o’g’itlarning  mushtlashib  qolishini  kamaytirish  va 
sochiluvchanligini yaxshilash mumkin. Misol tariqasida, ammiqakli selitra, pretsipitat 
va  kaliy  sul’fatdan  iborat  o’g’itlar  aralashmasini  olib  ko’raylik.  Ammiakli  selitra 
nomini  o’ziga  tez  tortib  oladi,  gigroskopikligi  kuchli  va  tezda  qotib  qoladi.  Yerga 
solishdan oldin uni albatta maydalash lozim bo’ladi. 
 
Pretsipitat va kaliy sulfat esa gigroskopik emas, qotib qolmaydi. 


 
Ammiakli  selitraning  ular  bilan  aralashmasi  yaxshi  fizik  xususiyatga  ega 
bo’ladi, yaoni aralashma yaxshi sochiladi, dalaga bir tekisda tushadi.  
 
Mayda kristall holida kaliy xlorid ham juda gigroskopikdir.  
 
Kaliy  xloridni  fosforit  uni  bilan  aralashmasi  uning  fizik  xususiyatini 
yaxshilaydi.    Huddi  shunday  ammiakli  selitra  bilan  fosforit  unining  aralashmasida 
ham shunday holatni kuzatish mumkin. 
 
 Aralash  mineral  o’g’itlarni  xo’jaliklarning  o’zidja  ham  tayyorlash  mumkin. 
Lekin xo’jaliklarda mineral o’g’itlarni talab darajasida  aralashtiradigan mexanizmlar 
mavjud emas.  
 
SHuning  uchun  xo’jaliklarda  odamlar  o’g’itlarni  yerga  solishdan  oldin  qo’lda 
aralashtirib,  keyin  soladilar.  Ammo  bunda  o’g’itlar  bir  tekis  aralashmaydi  va  ko’p 
mehnat  talab  qiladi.  O’g’itlar  va  insektofungitsidlar  ilmiy  tekshirish  institutining 
maolumotiga  ko’ra,  lavlagi  ekiladigan  rayonlarda  va  Markaziy  Osiyoning  paxta 
yetishtiradigan  mintaqalarida  o’g’itlarga  ketgan  sarf-xarajatlarning  50  %  qismini 
o’g’itlarni aralashtirish uchun ketgan sar harajatlar tashkil etar ekan.  
 
O’g’itlar  aralashmalarini  tayyorlashda  maolum  bir  cheklanishlar  mavjudki, 
hamma  o’g’itlar  ham  bir-biri  bilan  aralashavermaydi.  Bu  ham  xo’jalik  sharoitida 
ishning murakkablashuviga olib keladi. 
 
O’g’itlar  aralashmasini  zavodlarda  tayyorlab  solinadigan  tuproq  sharoitlarini 
o’simliklarning  biologik  xususiyatlarini  hisobga  olib,  ishlab  chiqarish  maqsadga 
muvofiq bo’lar edi. 
 
O’g’itlar  aralashmasini  tayyorlashni  mexanizatsiyalash  ularning  tannarxini 
keskin pasaytiradi. 
 
O’rta  Osiyo  Respublikalarida  40-yillardayoq  azotli  va  fosforli  o’g’itlardan 
aralashmalar tayyorlash yo’lga qo’yilgan edi. 
 
AQSH,  Angliya,  Frantsiya  va  boshqa  rivojlangan  mamlakatlarda  ishlayotgan 
o’g’itlarning  yarmidan  ko’pi  aralashma  holida  foydalaniladi.  Qanday  aralashmalar 
ishlab chiqarish kerak, degan muammo ko’ndalang bo’ladi, chunki aralashmalarning 
tarkibi  3  shartni  qondirishi  lozim.  Birinchidan,  tuproq  tarkibidagi  o’simliklarga 
o’zlashadigan  shakldagi  ozuqa  elementlari  bilan  tuproqning  taominlanganlik 
darajasini  hisobga  olish  lozim.  Ikkinchidan,  aralashma  o’g’itlanayotgan  ekinning 
talabiga, ozuqa elementining shakli va nisbatiga javob berishi kerak. 
 
Bu  esa  nafaqat  hosil  miqdoriga,  balki  uning  sifatiga  o’g’itning  samarali 
taosirini  belgilaydi.  Uchichidan,  aralashmani  tayyorlayotganda,  uni  asosiy  o’g’it 
sifatida,  ekish  bilan  birga  beriladimi  yoki  o’suv  davridagi  oziqlantirishda 
ishlatiladimi, shularni ham hisobga olish lozim. 
 
3. Murakkab mineral o’g’itlar. 
 
Murakkab  mineral  o’g’itlarga  shunday  kimyoviy  birikmalar  kiradiki,  ularning 
tarkibida  2  yoki  3  ta  ozuqa  elementlari  mavjud  bo’ladi,  qaysiki,  ular  o’simliklar 
uchun  eng  kerakli  bo’lgan  ozuqa  elementlaridir.  Eng  yaxshi  murakkab  mineral 
o’g’itlardan biri - bu ammofosdir. 
 
Bu o’g’itda ballasti yo’q. 
 
Bu tuzni tashkil etgan ammoniy va fosfat ionlari hamma o’simliklarga kerak va 
ular  hamma  tuproqlarda  o’simliklar  tomonidan  oson  o’zlashadi.  Ammofos  tarkibida 
11-12 % azoti va 46-60 % atrofida o’zlashuvchan fosfori bor. 


 
Ammofosni  ishlab  chiqarish  texnologiyasi  juda  soddadir,  yaoni  ammiakni 
fosfor kislota bilan neytrallashga asoslangan. 
 
Ammofos  yuqori  kontsentratsiyali  o’g’it  bo’lib,  undan  foydalanganda  juda 
katta iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. 
 
Fosfoammomagneziya  -  yoki  magniy  -  ammoniy  -  fosfat,  kam  eruvchan 
murakkab o’g’it, tarkig’ida 8 % azot va 40 % fosfori mavjud. 
 
Bu o’g’itning tarkibidagi ammoniyni nitrifikatsiya jarayoni ham sulfat va nitrat 
ammoniylarniki  kabi  tez  boradi.  Asosiy  o’g’it  sifatida  foydalaniladi,  hatto  katta 
dozalarda  ham  o’simliklarga  zararli  taosir  ko’rsatmaydi.    Bu  o’g’itning  tarkibiga 
marganets,  mis,  rux  kabi  mikroelementlarni  ham  qo’shish  mumkin.  Natijada 
berkitilgan yoki yopilgan tuproq sharoitida ham foydalanish mumkin bo’lgan o’g’itga 
aylanadi. 
 
4. Kombinatsiyalangan yoki murakkab aralashgan mineral o’g’itlar. 
 
Nitrofosforlar  va  nitrofoskalar  appatit  yoki  fosforitni  nitrat  kislota  bilan 
parchalanish orqali olinadi. Bunda kal’tsiyli selitra va kal’tsiy monofosfat aralashgan 
dikal’tsiyfosfat olinadi. 
 
Kaltsiy nitrat juda gigroskopik bo’lganligi sababli bunday aralashma tezda nam 
tortib  qoladi.  O’g’itni  fizik  xossalarini  yaxshilash  uchun  ortiqcha  kaltsiy  eritmadan 
ajratib olinadi, buning uchun kaltsiy nitrat boshqa birikmalarga aylantiriladi. 
 
Bu  ish  turli  usullar  bilan  amalga  oshiriladi.  Qaynoq  pul’pa  aralashmasiga 
ammiak  yoki  sul’fat  kislota  yoki  ammoniy  sul’fat  qo’shiladi.  Bunda  kal’tsiy  nitrat 
o’rniga gigroskopikligi kamroq bo’lgan ammoniy nitrat va gips hosil bo’ladi.  
 
Sul’fat  kislotali  va  sul’fatli  nitrofoslar  dikal’tsiy  fosfat,  ammoniy  fosfat, 
ammoniy nitrat va gpsdan tarkib topadi. Ammoniy sulfatning yoki sulfat kislotaning 
miqdoriga  qarab,  o’g’it  tarkibidagi  suvda  eriydigan  fosfor  miqdori  turlicha  bo’ladi. 
Boshqa usulda eritmadan ortiqcha kal’tsiyni ajratib olish uchun pul’paga ammiak va 
ancha  arzon  karbonat  kislota  qo’shiladi.  Bunda  dikal’tsiy  fosfat,  ammoniy  nitrat  va 
kal’tsiy karbonatdan iborat karbonatli nitrofoska olinadi. 
 
Kal’tsiy  nitratni  muzlatish  va  so’ngra  ammiak  hamda  sul’fat  kislota 
aralashmasi  bilan  ishlov  berish  usuli  ham  qo’llaniladi.  Bunda  ammoniy  nitrat, 
dikal’tsiy  fosfat  va  ozroq  miqdoridagi  ammoniy  fosfat  aralashmasidan  iborat 
muzlatilgan nitrofos olinadi. 
 
Fosforli  nitrofoska  ballastsiz  va  juda  kontsentrlangan  o’g’it    tarkibida  50  % 
oziq moddalar bo’ladi. 
 
Uning  tarkig’idagi  fosforning  50  %  i  suvda  eriydigan  shaklda  bo’ladi.  Bu 
o’g’itni  ekishdan  oldin  va  ekish  bilan  birga  ishlatiladi.  Demak,  nitrofoskalarda  azot 
va kaliy oson eruvchan birikmalar holida bo’ladi. Fosfor esa, asosan kal’tsiy fosfat va 
qisman suvda eriydigan ammoniy fosfat hamda kal’tsiy monofosfat holida bo’ladi.  
 
Karbonatli  nitrofoskada  suvda  eriydigan  fosfori  bo’lmaydi,  shuning  uchun  u 
faqat kislotali tuproqlarda asosiy o’g’it sifatida ishlatiladi.  
Nitrofoskalarning xrakteristikasi 
 


markasi  
azot, %  
o’zlashtiriladigan 
fosfor 5-oksid 
kaliy oksidi, % 
A (16:16:13) 
16-14 
16-17 
13-14 
B (13:16:13) 
12,5-13,5 
8,5-9,5 
12,5-13,5 
V (12:12:12) 
11-12 
10-11 
11-12 
 
 
Nitrofoskalar donador holda, donachalarining o’lchami 2,5-4 mm yoki 1,65-2,8 
mm  qilib  chiqariladi,  qog’oz  qoplarga  joylanadi.  Nitrofoska  asosiy  o’g’it  sifatida 
ekishgacha  tuproqqa  solinadi,  tarkibidagi  fosforning    ko’p  qismi  suvda  eruvchan 
shaklda  bo’lganlari  esa  ekish  vaqtida  qatorlarga  va  uyalarga  hamda  oziqlantirish 
maqsadida solinadi.  
 
Nitroammofoslar va nitroammofoskalar 
 
Nitrat hamda fosfat kislotalar aralashmasining ammiak bilan neytrallab olinadi. 
Monoammoniy  fosfort  asosida  olinadigan  o’g’it  nitroammofos,  kaliy  qo’shilganda 
esa  nitroammofoska  deyiladi,  diammoniy  fosfat  asosida  olingan  o’g’it-tegishlicha 
diammonitrofos va diammonitrofoska deyiladi. Bu kompleks  o’g’itlar tarkibida oziq 
moddalarning ko’pligi bilan boshqa o’tish yeridan farq qiladi, ularni olish paytda esa 
tarkibidagi  azot,  fosfor  va  kaliyni  orasidagi  nisbatni  o’zgartirish  uchun  katta 
imkoniyat bo’ladi. 
 
Nitroammofoslar azotning miqdori 10-30 % va fosfor 14-30 % oralig’ida qilib 
chiqarilishi mumkin. 
 
 
 
Karboammofoslar  yoki  tarkibidagi  azot  amid  va  ammiak  shaklida,  fosfor  esa 
suvda eriydigan shaklda bo’ladi.  
 
Ularni  ishlab  chiqarish  mochevinaning  fosfat  kislota  bilan  yoki  ammofos 
hamda  diammofos  bilan  kompleks  birikmalar  hosil  qilish  xususiyatiga  asoslangan. 
O’g’itlar tarkibida 24-48 % azot, 48-18 % fosfor bo’lishi mumkin. 
 
Uchlamchi  kombinatsiyalngan  o’g’it  olish  uchun  kaliy  xlorid  qo’shiladi. 
Karboammofoskalarda oziq moddalarning umumiy miqdori 60 % gacha bo’ladi.  
 
Karboammofoskalar  azot-fosfor  -  kaliyning  nisbatlari  quyidagicha  qilib 
chiqariladi: 1:1:1; 1,5:1:2; 2:1:1 va 1:1.5:1. 
Nitroammofosfatlarning harakteristikasi 
 
o’g’itlar  
azot, % 
fosfor 
oksidi, 

kaliy  oksid, 

nitroammofos 
 
 
 
a markasi (1:1) 
23 
23 

b markasi (1:1.5) 
16 
24 

nitroammofoska 
 
 
 
1-navi (NRK-50 %) 
16 
16 
18 


2-navi (NRK - 44 %) 
14 
14 
18 
karboammofos 
30 
30 

karboammofoska 
 
 
 
1-navi (NRK - 60 %) 
20 
20 
20 
 
  
Ammoniy  polifosfatlar  -  polifosfat  kislotani  ammiak  bilan  neytrallash  orqali 
olinadi.  
 
Polifosfat,  boshqacha  aytganda  superfosfat  kislota  orto-piro  va  ozroq 
miqdordagi polifosfat kislotalar aralashmasidan tarkib topgan bo’lib, tarkibida 75 % 
atrofida fosfori bor. 
 
Ammoniy  polifosfatda  esa  17  %  azot,  60  %  fosfor  bo’ladi.  Bu  o’g’itlarning 
fizik xossalari yaxshi, barcha ekinlarga ishlatish mumkin, o’g’itlar aralashmasi uchun 
va suyuq kompleks o’g’itlar tayyorlashda yaxshi komponent hisoblanadi.  
 
 
5. Suyuq kompleks o’g’itlar. 
 
Qishloq  xo’jaligiga  ko’plab  miqdorda  suyuq  azotli  o’g’itlardan  ammiakli  suv 
yetkazib berilmoqda. 
 
Bu o’g’itni ishlatish uchun germetik berkiladigan idishlar zarur, aks holda ko’p 
miqdorda azotni yo’qotish mumkin. 
 
Bu o’g’itning tarkibida faqat ammiak ko’rinishidagi azot bor, xolos. 
 
Suyuq  kompleks  o’g’itlar  tarkibida  esa  2  yoki  3  ta  ozuqa  elementlarining 
eritmasi  bo’ladi.  Ularga  ikkinchi  darajali  ozuqa  elementlari  va  mikroelementlarni 
ham qo’shish mumkin. 
 
Tajribalar  qattiq  va  suyuq  kompleks  o’g’itlarning  o’simliklarga  taosiri  deyarli 
bir xil ekanligini ko’rsatgan. 
 
Suyuq kompleks o’g’itlar perspektivali o’g’itlar turiga kiradi. 
 
Bu  o’g’itlarni  olishning  printsipial  sxemasi  fosfor  kislotani  ammiak  bilan 
neytrallashga asoslangan (rN=6,5 gacha). 
 
Suyuq  kompleks  o’g’itlarning  2  turi  mavjud  bo’lib,  ularni  ishlab  chiqarishda 
foydalanilayotgan fosforning shakliga qarab farqlanadi:  
 
1. Ortofosfor kislota 
 
2. Superfosfor kislotasi 
 
Ularning tarkibg’ida azotn ko’paytirish maqsadida ammiakli selitra, mochevina 
yoki mochevina va ammiakli selitra aralashmasi qo’shiladi. 
 
Termik  fosfor  kislota  asisda  olingan  suyuq  kompleks  o’g’itlar  -  tiniq,  rangsiz 
suyuqlikdir.  
 
Issiq  aralashtirishda  fosfor  va  polifosfor  kislotalar  gaz  holidagi  va  ammiakli 
suv  bilan  neytrallanadi,  shuningdek  olingan  aralashmaga  oldindan  tayyorlangan 
komponentlar ham qo’shiladi va ular ham eritiladi. 
 
Azotli  va  kaliyli  komponentlar  sifatida  ko’proq  mochevina  ammoniy-nitratli 
eritmalar va kaliy xlorid qo’shiladi. 
 
Sovuq  aralashtirib  tayyorlashda  esa  oldindan  tayyorlangan  komponentlar 
mexanik ravishda bir-biri bilan aralashtiriladi. 
 
Sovuq aralashtirishda ammoniy fosfat va qattiq diammoniyfosfat eritmalaridan 
foydalaniladi.  


 
Polifosfor  kislota  asosida  olingan  suyuq  kompleks  o’g’itlar  tarkibidagi  ozuqa 
elementlarining miqdori 40 % dan ko’pdir.  
 
Bunday  eritmalar  tarkibida  3  ta  elementi  bo’ladigan  subq  kompleks  o’g’itlar 
ishlab  chiqarish  uchun  foydalaniladi.  Ularning  tarkibi  har  xil  bo’lib,  ularga 
mochevina, ammiakli selitra va kaliy xlorid qo’shiladi. 
 
Bu  o’g’itlarning  zichligi  1,35-1,40  ga  teng,  kristallanish  harorati  18  S.  Ular 
uzoq aqt saqlanganda har xil nuqsonlar paydo bo’lmaydi. 
 
Suyuq  kompleks  o’g’itlarda  erkin  ammiak  bo’lmaydi.  SHuning  uchun  ularni 
tuproq yuzasiga bemalol sepish mumkin va uni har xil tuproqqa solinadi. 
 
Suyuq  kompleks  o’g’itlar  maxsus  agregatlar  yordamida  har  qanday  ekinlarga 
solinishi mumkin. 
 
Bu  o’g’itlarni  sug’orib  dehqonchilik  qilinadigan  joylarda  ham  qo’llash 
mumkin.  
 
Suyuq  kompleks  o’g’itlar  bilan  birga  gerbitsidlarni,  insektitsidlarni, 
mikroelementlarni 
va 
har 
xil 
o’simliklarni 
o’sishini 
tezlashtiruvchi 
biostimulyatorlarni  ham  qo’shib  ishlatish  mumkin.  Bunday  operatsiyalar  esa  juda 
katta iqtisodiy samara beradi. 
Tayanch iboralar iboralar 
 
Oddiy  mineral o’g’itlar,  aralash  mineral o’g’itlar,  fizik xususiyatlari, iqtisodiy 
samaradorligi,  aralashmalar  tarkibi,  mineral  o’g’itlar,  murakkab  mineral  o’g’itlar, 
azot 
va 
fosfor 
o’rtasidagi 
nisbat, 
ammiakni 
to’yintirish, 
diammofos, 
kombinatsiyalangan 
o’g’itlar, 
sul’fatli 
sxema, 
ikkinchi 
darajali 
ozuqa 
elementlari,termik  ortofosfor  kislota,  azot  fosforli  suyuq  kompleks  o’g’itlar,  issiq 
aralashtirish, sovuq aralashtirish. 
Nazorat savollari  
 
1. Oddiy mineral o’g’itlar deb qanday o’g’itlarga aytiladi? 
 
2.  Aralash  mineral  o’g’itlar  deb  qanday  o’g’itlarga  aytiladi  va  ularning 
ahamiyati. 
 
3. Murakkab mineral o’g’itlar deb qanday o’g’itlarga aytiladi? 
 
4. Ammofos va diammofosning ahamiyati va kamchiliklarini ayting. 
 
5. O’g’itlarni aralashtirishda qanday omillarni hisobga olish zarur? 
 
6. O’g’itlar aralashmalarining tarkibi qanday shartlarni qondirish kerak? 
 
7. Murakkab o’g’itlardan qanday o’g’it sifatida foydalaniladi? 
 
8. Kombinatsiyalangan yoki murakkab aralashgan o’g’itlarga qaysilar kiradi? 
 
9. Suyuq kompleks o’g’itlar necha xil bo’ladi? 
 
10. Issiq aralashtirish usulini ayting. 
 
11. Sovuq aralashtirish usulini gapiring. 
 
12. Suyuq kompleks o’g’itlardan qanday foydalaniladi? 
 
Adabiyotlar 
 
1. 
 
Agroximiya.  Pod.  red  .  V.M.Klechkovskogo  i  prof.  A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 
2. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 


4. 
 
Spravochnik po oborudovaniyam. Izd-vo “KOLOS” m., 1964. 
MA’RUZA 14: MINERAL O’G’ITLARNI SAQLASH, TASHISH VA TUPROQQA 
SOLISH. MINERAL O’G’ITLAR BILAN ISHLASHDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI   
 
REJA:  
 
 
1. Mineral o’g’itlarni saqlash 
 
2. Mineral o’g’itlarni tashish 
 
3. Mineral o’g’itlarni tuproqqa solish 
 
4. Mineral o’g’itlar bilan ishlashda texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi. 
 
5. Tayanch iboralar  
 
6. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
 
7. Foydalanilgan adabiyotlar  
 
 
1. Mineral o’g’itlarni saqlash. 
 
O’g’itlarni  saqlash,  tashish  va    tuproqqa  solishni  to’g’ri  tashkil  etish 
isrofgarchiliklarni  kamaytirish  va  o’g’itlarning  samaradorligini  oshirishda  muhim 
ahamiyatga ega.  
 
Mineral  o’g’itlar  tipovoy  loyqalar  asosida  qurilgan,  temir  yo’l  stantsiyalari 
yaqinidagi, 
shuningdek 
bevosita 
xo’jaliklarining, 
ulardagi 
kgrokimyoviy 
punktlaridagi maxsus omborlarda saqlanadi. 
 
Mineral  o’g’itlar  ochiq,  jihozlanmagan  maydonlarda  saqlanganda  ularning 
anchagina  qismi  isrof  bo’ladi  va  sifati  buziladi.  Ngam  tortadi,  mushtlabi  qoladi, 
tarkibidagi oziq moddalar miqdori kamayadi. 
 
Yomg’ir  qor  va  gurunt  suvlari  oqib  chiqib  ketadigan  qilib  ishlangan,  maxsus 
tayyorlangan,  asfalt  bosilgan  yoki  betonlangan  oziq  maydonlarda  o’g’itlarni 
polietilen qoplarda texnogen holda saqlashga ruxsat etiladi. 
 
Bunda  qoplarni  yog’och  taglikka  taxlash  kerak  va  ustidan  brezent  yoki 
polietilen plyonka yopib qo’yiladi. 
 
O’g’itlarni omborlarda saqlash zaruriyati ularning mavsumiy ishlatilishi va yil 
davomida  notekis  kelishi  bilan  bog’liq.  Omborlarning  tiplari  va  o’lchamlari  turlicha 
bo’ladi,  ular  o’g’itlarning  yil  davomida  kelib  ketishini  hisobga olgan  holda  maolum 
sig’imiga  mo’ljallangan  bo’ladi.  Temir  yo’llar  yonidagi  va  stantsiyalardagi 
omborlarning  sig’imi  xo’jaliklarning  omborlariga  nisbatan  ancha  katta  bo’ladi. 
Omborlarning binosi temir-beton va yengil yog’och konstruktsiyalardan, shuningdek, 
g’isht va boshqa mahalliy qurilish materiallaridan quriladi. Ular turar joy, jamoat va 
ishlab chiqarish binolaridan kamida 200 m uzoqlikda bo’ladi.  
 
Temir  yo’l  va  stantsiya  yaqinidagi  omborlar  sig’imi  shu  ombor  xizmat 
ko’rsatadigan xo’jaliklarning soniga, ularning ombordan uzoq yaqinligiga, kelajakda 
o’g’itlarga yillik ehtiyoj qancha bo’lishiga qarab, shuningdek, ombor qurishga hamda 
o’g’itlarning  xo’jaliklarga  tashishga  sarflanadigan  minimal  sarf-xarajatlarni  hisobga 
olgan holda aniqlanadi. 
 
Temir  yo’l  yaqinidagi  omborlarda  mintaqaviy  sharoitlarga  bog’liq  holda 
o’g’itlarning yillik kelib ketishi ikki, uch va to’rt martagacha borishi mumkin.  


 
Xo’jalik  omborining  o’lchamlari  uning  kelajakda  mineral  o’g’itlarga 
bo’ladigan ehtiyojiga va ularning keltirish-sarfldash koeffitsientiga bog’liq bo’ladi.  
 
Kelajakda  o’g’itlarga  ehtiyoji  1-2  ming  tonnadan  kam  bo’lgan  xo’jaliklarda 
mineral o’g’itlarning xo’jaliklararo omborlarini qurish maqsadga muvofiqdir. 
 
Tipovoy  loyixalar  bo’yicha  qurilgan  omborlar  quidagi  asosiy  talablarga  javob 
berishi kerak: 
 
o’g’itlarga atmosfera yog’in sochinlari, qor, va gurunt suvlari tegmasligi. 
 
Omborda mikroiqlim yaratilishi lozim. 
 
O’g’itlarni  yuklash  -  tushirish  ishlarini  mexanizatsiyalashga  imkon  berishi 
lozim. 
 
Idishlarga  joylanmagan  o’g’itlarni  tushirish  uchun  omborda  qabul  qurilmasi 
bo’lishi, omborning tagi albatta beton yoki asfatl bo’lishi shart. 
 
Idishlarga joylangan hamda joylanmagan o’g’itlar omborlarda aloxida aloxida 
saqlanadi.  Ular  turiga  va  shakliga  qarab  maxsus  xonalarga  joylashtiriladi  yoki 
idishlarga  solinmagan  o’g’itlar  ko’chma  to’siqlar  bilan  ajratib  qo’yiladi.  Xonaning 
yoki  sektsiyaning  old  tomoniga  o’g’itning  nomi,  tarkibidagi  oziq  moddalarning 
miqdori, olingan vaqti yozilgan yorliqlar osib qo’yiladi. 
 
Idishlarga  joylanmagan  o’g’itlar  2-3  m  balandlikdagi  uyum  holida  saqlanadi. 
Polga sochilgan o’g’itlar yig’ishtirib olinadi. Idishlarga joylangan o’g’itlar yassi yoki 
ustunlarga    o’rnatilgan  tagliklarga  joylashtiriladi.  Har  bir  taglik  uch  qavat  va  besh 
qatordan iborat bo’ladi. 
 
Namlik  yetarli  darajada  va  ortiqcha  bo’ldigan  joylarda  idishlarga  joylangan 
o’g’itlarni  panjara tagliklarga va stelajlarga joylashtirigan maoqul. 
 
Joylashtirish vaqtida ehtiyoj bo’lish mumkin. Idish yirtilib -buzilganda o’g’itni 
darhol boshqa idishga joylashtirilishi lozim. Ammiakli selitraning o’t olish xavfi bor, 
shuning uchun u maxsus jihozlangan ajratilgan sektsiyalarda yoki alohida omborgda 
saqlanadji. 
 
Ammiakli  selitra  solingan  paketlarni  stelajlarda  yoki  korroziyalanmaydigan 
ustunli tagliklarda 10 qavat qilib taxlangan holda saqlangan maoqul. 
 
Taxlangan  joy  bilan  devor  orasidagi  masofa  1m,  uyumlar  orasida  esa  3  m 
gacha bo’lishi kerak. 
2. Mineral o’g’itlarni tashish. 
 
Mineral  o’g’itlar  zavoddan  temir  yo’l  yaqinidagi  omborlarga  temir  yo’l 
transportida, bu omborlardan xo’djaliklarni omborlariga es avtotransportlar tashiladi. 
 
Mineral  o’g’itlarni  temir  yo’l  transporida  tashish  va  vagonlarni  bo’shatish 
vaqtida isrofgarchilikni kamaytirish maqsadida quyidagilarga rioya qilish zarur: 
 
topish uchun faqat butun vagonlardan foydalanish lozim; 
 
maqsadlarga mo’ljallangan usti yopiq temir yo’l vagonlarida, asosan paketlarda 
hamda  vagonlarga  yaxshi  o’rnatilgan  ustunli  tagliklarda  tashish  lozim,  vagonlardan 
paketlardagi  o’g’itlarni  tashib  ketish  uchun  vagon  eshiklari  keng  bo’lishi  kerak. 
Idishlarga  joylashmagan  donador  o’g’itlarni  yaxshi  ixtisoslashgan  o’z-o’zidan 
tushiriladigan vagonlarda yoki eshiklari o’z-o’zicha zich berkiladigan, to’siqlar bilan 
jihozlangan usti yopiq  umumiy vagonlarda tashigan maoqul. 
 
Fosforit uni va ohak temir yo’l tsisternalarida - tsementavozlarda yoki maxsus 
o’zi to’kadigan vagonlarda tashiladi. 


 
O’g’itlarni avtotransportda tashishda yopiq kuzovli maxsus avtomashinalardan, 
odatdagi avtomashinalar bilan tashishda esa kuzov ustini to’kmaydigan material bilan 
qoplash lozim. 
 
O’g’itlar  tushirib  olingandan  keyin  avtomobillarning  kuzovlarini  yaxshilab 
tozalash kerak. Mineral o’g’itlarni tuproqqa solish uchun tayyorlashda, ularni dalaga 
tashib olib boishda va yerga solishda iloji boricha o’g’itni isrof qilmaslik lozim. 
 
O’g’itni  solishga  tayyorlash,  ularni  maydalash  va  aralashtirish  ishlari 
maydalagich  va  o’g’it  aralashtirish  mashinalaridan  foydalangan  holda  bevosita  
omborning  o’zida  bajariladi,  maydalagich  va  aralashtirgichlar  bo’lmaganida  esa  bu 
ilar qulda-albatta asfalt yoki beton maydonchalarda bajariladi. 
 
O’g’itni dalaga tashib borish va ularni solish ishlari to’g’ri oqimi va ag’darma 
texnologiya bo’yicha bajarilishi mumkin. 
 
Birinchi  holda  o’g’itlar  bitta  mashinaning  o’zi  bilan  tashiladi  va  tuproqqa 
solinadi. 
 
Ikkinchi holda esa o’g’itlar dalaga avtotransport vositalari bilan olib boriladi va 
dala  chetidagi  maxsus  tayyorlangan  maydonchalarga  ag’darib  kelinadi  va  so’ngra 
o’g’itlar  sogichlarga  yuklanadi.  Avtotransport  kuzovlarining  teshiklari  yaxshilab 
berkitilishi lozim. 
3. Mineral o’g’itlarni tuproqqa solish. 
 
Mineral o’g’itlarni tuproqqa turli usullarda solish mumkin.  
 
O’g’itlarni tuproqqa solishda, ayniqsa aviametod bilan solishda o’g’itlanadigan 
maydondantashqariga to’kilishi hisobiga ular isrof bo’lishi mumkin. 
 
Markazdan qochirma soggichlardan foydalanilganda, o’g’itni uzatib beradigan 
qurilma uzib qo’yilganda, o’g’itlar  tarqalilarga o’z-o’zini to’kilishi, shuningdek, dala 
bo’ylab  notekis  taqsimlanishi  yo’l  qo’yiladigan  normadan  ortib  ketishi  mumkin.  Bu 
esa ularning samaradorligini kamaytiradi. 
 
O’g’itlar  solishning  optimal  dozalari,  muddatlari  va  solish  usullariga  rioya 
qilinmaganida,  tuproqqa  o’g’itlar  solingandan  keyin  ham  oqar  suvlar olib  ketishi  va 
pastki qatlamlarga  yuvilib  ketishi natijasida  o’g’itlardagi  oziq mddalar  isrof  bo’lishi 
mumkin.  
 
Isrofgarchiliklarni  kamaytirish  uchun  o’g’itlarni  agrokimyo  xizmatining  va 
ilmiy tashkilotlarning tavsiyalariga muvofiq holda foydalanish, ularni kuzgi-qishki va 
erta  bahorgi  davrlarda  ortiqcha  namlangan  tuproqlarga  hamda  tekislanmagan  rel’efi 
dalalarga solinishiga yo’l qo’ymaslik, bahorgi ekinlar va ko’p yillik o’tlarga bahorgi 
oziqlantirish  maqsadida  solish  ishlarining  qor  erib  ketganidan  va  tuproq  yuzasidagi 
hamda ichidagi erigan qor suvlari oqib ketgandan keyin amalga oshirish kerak. 
 
O’g’itlarni  dalaga  iloji  boricha  bir  meoyorda  taqsimlanishiga  erishish  zarur, 
buning  uchun  markazdan  qochma  sochgichlarni  to’g’ri  boshqarish,  burilishlarda 
o’g’it mashinalari ish organlarini o’z vaqtida uzib ulashni qatoiy nazorat qilib turish 
kerak. 
 
Samolyotlardan  foydalanilganda  aniq  signalizatsiya  sistemasini  taominlash, 
o’g’itlanadigan maydon chegaralarini belgilash va shamol bo’layotgan vaqtda  o’g’it 
sepmaslik muhim ahamiyatga ega. O’g’it va zahar ximikatlar sepish uchun aviatsiya 
ishlatish  harakatlarini  ko’paytirsa  ham,  lekin  dalalarga  tez  kimyoviy  ishlov  berish 
zarur  bo’lganda  yoki  juda  namlangan  dalalarda  mashinalardan  foydalanish  mumkin 


bo’lmagan  hollarda  muhim  ahamiyatga  ega.  Bunda  o’g’it  va  zaharli  kimyoviy 
vositalar  ishlatishga  qilingan  ortiqcha  xarajatlar  ishlarni  bajarishning  optimal 
muddatlariga  rioya  qilish  natijaida  olinadigan  qo’shimcha  hosil  hisobiga  qoplab 
ketadi. 
 
SHu  sababli  o’g’itlarni  mashinada  va  aviatsiyada  solish    bir-birini  to’ldirish 
lozim.  Ikkala  usulda  bajariladigan  ishlar  hajmining  nisbatlari  konkret  zonal 
sharoitlarga qarab belgilanadi. 
 
Sug’orib  dehqonchilik  qilinadigan  bizning  sharoitimizda  mineral  o’g’itlar 
tuproqqa asosan yer ustki agregailari bilan solinadi. Asosiy o’g’itlarni kuzgi haydov 
ostiga solish uchun NRU-500, RUM tipidagi sochish agregatlaridan foydalaniladi. Bu 
agregatlar mineral o’g’itlarni tuproqning yuzasiga bir tekisda sepadi. 
 
Qolgan  holatlarda  mineral  o’g’itlar  asosan  oziqlantirgich  kultivatorlar  bilan 
solinadi. 
 
Ekishdan  oldin  tuproqqa  ishloq  berish  paytida  mineral  o’g’itlarni  chizel  -
kultivatorlar bilan 18-20 sm chuqurlikka solinadi. Ekish bilan birga beriladigan azotli 
va  fosforli  o’g’itlar  ekish  chizig’idan  5-6  sm  yonboshga  va  10-12  sm  chuqurlikka 
solinadi.  Asosiy  qishloq  xo’jalik  ekini  hisoblangan  g’o’zani  oziqlantirishda  ham 
o’g’itlarni  KRX  tipidagi  kultivator  oziqlantirgichlar  bilan  tuproqqa  bir  necha 
oziqlantirishlarda solinadi: 
 
g’o’zani birinchi oziqlantirish 2-4  ta  chin  barg  chiqarganda  amalga  oshiriladi. 
Bunda  mineral  o’g’itni  g’o’za  qatoridan  12-15  sm  yoniga  va  14-16  sm  chuqurlikka 
solinadi. Bunda azotli o’g’itlar solinadi. 
 
4.  Mineral  o’g’itlar  bilan  ishlaganda  xavfsizlik  texnikasi  va  mehnat 
muhofazasi. 
 
 
Mineral o’g’itlar bilan ishlashda ishlovchilarning hammasi xavfsizlik texnikasi 
va mehnat muhofazasi qoidalariga qatoiy rioya qilishlari lozim. 
 
O’g’itlar  va  ohakli  materiallar  bilan  ishlashga  18  yoshdan  kichik  bo’lmagan 
shaxslargagina ruxsat etiladi. 
 
Ishlovchilarning  hammasi  o’g’itlar  bilan  ishlashni  boshlashdan  oldin  texnika 
xavfsizligi va mehnat muhofazasiga oid instruktajdan o’tishlari zarur. O’g’itlar bilan 
ishlashdagi texnika xavfsizligi va sanitariya qoidalari ombor binosiga ilib tso’yilgan 
bo’lishi kerak. 
 
Ombor  ichida  va  ombor  tashqarisida  o’g’itlar  bilan  ishlashda  barcha  ishchilar 
shu  xildagi  ishlar  uchun  tavsiya  etilgan  maxsus  kiyim:  kamenzon,  qo’lqoplar, 
ko’zoynak, raspiratorlar yoki protivogazlar kiyib olishlari kerak. 
 
Ammiakli selitrani saqlashda yong’inga qarshi qoidalarga rioya qilish zarur. 
 
Uni ombor  tashqarisida uyum  holida va  yonuvchan  moddalar bilan birgalikda 
saqlash  mumkin  emas.  Ammiakli  selitra  saqlanadigan  omborda  chekish,  ochiq 
alangadan foydalanish va qizdirish vositalaridan foydalanish taoqiqlanadi. 
 
O’t chiqib ketganida uni faqat suv sepib o’chirish darkor. 
 
O’t o’chirish vaqtida ajrab chiqayotgan azot oksidlaridan zaharlanib qolmaslik 
uchun  protivogazdan  foydalanish  lozim.  Suyuq  ammiak  bilan  ishlashda,  ayniqsa 
ehtiyot bo’lish kerak. 


 
O’g’itlar bilan to’xtovsiz ishlashda respiratordan foydalanilayotgan bo’lsa, har 
yarim soatdan keyin 5 minut tanaffus qilish tavsiya etiladi. 
 
Ish kunining oxirida, ish tugagandan keyin yuvinish lozim. 
 
Ish  joyida  doimo  toza  suv  zapasi  va  dori-darmonlar  qutichasi  bo’lishi  kerak. 
O’g’itlar  ko’zga  tushganda,  uni  darhol  ko’p  miqdordagi  toza  suv  bilan    yuvish  va 
tezlik bilan tibbiy punktga murojaat qilish, kuygan hollarda esa kuygan joyni kuchli 
suv oqimida yuvish, spirtni 5 % li eritmasi bilan artish va doka bog’lab qo’yish kerak. 
 
Mineral  o’g’itlar  saqlanadigan  omborlardan  oziq-ovqat  mahsulotlarini,  don 
mahsulotlarini 
saqlashda, 
uy-ro’zg’or 
buyumlarini 
saqlashda 
foydalanish 
taoqiqlanadi. 
 
 
Tayanch iboralar  
 
 
Mineral  o’g’itlarni  saqlash  ombori,  agrokimyo  punktlari,  isrofgarchilikning 
oldini  olish,  maxsus  maydonchalar,  omborlarning  o’lsamlari  va  sig’imi,  temir  yo’l 
yonidagi  ombor,  mineral  o’g’itlarni  tashish,  temir  yo’l  vagonlari,  tsisternalar, 
avtotransport,  mineral  o’g’itlarni  tuproqqa  solish,  avia  usul,  yer  ustki  agregatlaridan 
foydalanish, texnika xavfsizligi qoidalari, mehnat muhofazasi. 
 
Nazorat savollari  
 
 
1.  Mineral  o’g’itlar  saqlanadigan  omborlar  qanday  asosiy  talablarga  javob 
berishi kerak? 
 
2. Turli xil mineral o’g’itlar omborlarda qanday saqlanadi? 
 
3.  Mineral  o’g’itlarni  tashishda  isrof  bo’lish  sabablari  va  uni  oldini  olish 
tadbirlari. 
 
4. Mineral o’g’itlarni tuproqqa solishning usullarini gapiring. 
 
5.  Mineral  o’g’itlarni  tuproqqa  solishdagi  isrofgarchiliklar  va  ularni  bartaraf 
etish yo’llarini ayting. 
 
6.  Mineral  o’g’itlar  bilan  ishlaganda  qanday  texnika  xavfsizligi  qoidalariga 
rioya qilish lozim? 
 
7.  O’g’itlar  bilan  ishlashda  texnika  xavfsizligi  qoidalari  buzilganda  yoki 
zaharlanganda qanday birinchi yordam ko’rsatish lozim? 
 
Adabiyotlar 
 
1. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. 
 
Petuxov M.P. Panova Ye.A., Dudina N.K. Agroximiya i sistema udobreniya. 
M., Kolos, 1979. 
 
3. 
 
Smirnov P.M., Muravin E.A.  Agroximiya.  T., 1981. 
4. 
 
SHayxov EROZIYa va bilan. Paxtachilik. T., Mexnat. 1990. 
5. 
 
Islomov M. va bilan. Tuproq, paxta va hosildorlik. Farg’ona, 1993. 
 
 


 
 
 
 
 
MA’RUZA 15: BAKTERIAL PREPARATLAR, ULARNING TURLARI VA 
FOYDALANISH USLUBLARI. 
REJA: 
 
 
1. Bakterial preparatlar, ularning turlari va ulardan foydalanish uslublari. 
 
2. Azotni biologik bog’lanishining mohiyati. 
 
3. Azot bog’lovchilarning asosiy vakillari. 
 
4. Ildiz tuganak bakteriyalari, ularning turlari va ahamiyati. 
 
5. Tayanch iboralar  
 
6. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
 
7. Foydalanilgan adabiyotlar. 
 
1. Bakterial preparatlar, ularning turlari va ulardan foydalanish uslublari. 
 
 
Tuproqning  foydali  mikroorganizmlarining  tarkibini  yaxshilash  va  aktivligini 
oshirish uchun bakterial preparatlar qo’llaniladi.  
 
Mineral  va  organik  o’g’itlarni  tuproqqa  solgandja,  o’simlik  uchun 
o’zlashadigan yoki o’zlasha oladigan shaklga  o’tadigan ozuqa moddalari tushadi.  
 
Bakterial  preparatlarni  tuproqqa  solganda,  ozuqa  moddalar  emas,  balki 
o’simliklar  oziqlanish  sharoitini  yaxshilovchi  turkum  tuproq  mikroorganizmlari 
tushadi. 
 
Bakterial preparatlarning quyidagi turlari mavjud: 
 
1. Nitragin bakterial preparatlar  
 
2. Azotobaktrin bakterial preparatlar  
 
3. Fsoforobakterin bakterial preparatlar  
 
4. AMB bakterial preparatlar  
 
1. Nitragin - aktiv tuganak bakteriyali bakterial preparatdir. 
 
Tuganak bakteriyalari o’zlariga xos xususiyatga egadir, yaoni ular maolum bir 
dukkakli ekinlar ildizida tuganak hosil qiladi, xolos. 
 
Ulardan  birlari  faqat  bedaning  ildizida  tuganak  hosil  qilsa,  boshqalari  esa 
no’xatning, yana boshqalari loviya va soyaning ildizida rivojlanadi va tuganak hosil 
qiladi. Baozi hollarda tuganak bakteriyaning o’ziga xos xususiyatlari shunday kuchli 
namoyon bo’ladiki, hatto bir turdagi o’simliklar ildizlaridagi tuganak bakteriyalar shu 
turning  ichidagi  boshqa  o’simliklarning  ildizida  rivojlanadi.  Tuganak  bakteriyalari 
o’zlariga xosliklaridan tashqari yana virulentlik va aktivligi bilan ham farq qiladi. 
 
Virulentlik  -  tuganak  bakteriyalariening  dukkakli  ekinlar  ildiz  tolalaridan 
ularning ildizlariga kirib, tuganaklar hosil qilish xususiyatidir.  
 
Tuganak bakteriyalarining aktivligi esa ularning atmosfera azotini o’zlashtirish 
qobiliyatidir. 
 


 
Bu  bakteriyalarning  faqat  aktiv  guruhlari  dukkakli  ekinlarni  azot  bilan 
taominlaydi. 
 
Aktiv  bo’lmaganlari  esa  hatto  o’simliklari  halok  qilishi  mumkin.  Dukkakli 
ekinlar  ildizmevalariga  virulentlik  xususiyatiga  ega  bo’lgan  bakteriyalarni 
yuqtirganda ham aktiv bo’lmagan bakteriyalar  tuganak hosil qiladi. Lekin atmosfera 
azotini bog’lamaydi.  
 
Eskidan  haydalik  kelinadigan,  madaniylashgan  tuproqlarda  tez-tez  dukkakli 
ekinlar  yetishtirilib  kelinayotgan  bo’lsa,  dukkakli  ekinlarning  ildizlarida  hatto 
nitragin solinmasa ham tuganaklar hosil bo’laveradi.  
 
Lekin  ilgari  dukkakli  ekinlar  o’stirilmagan  joyga  ular  ekilsa,  ularning 
ildizlariga  nitragin  yuqtirilmasa,  tuganak  bakteriyalari  ildizlarida  tuganak  paydo 
bo’lmaydi. Dukkakli ekinlarning ildizlarida tuganak paydo qiluvchi bakteriyalarning 
xususiyatlariga ko’ra guruhlari. 
Bakteriyalarning 
xususiyatlari 
bo’yicha 
guruhlari 
ildizida tugunaklar hosil bo’ladigan o’simliklar 
1.
 
 
yo’o’ng’ichka 
2.
 
 
no’xat, china, chechvitsa 
3.
 
 
beda, donnik, trigonella 
4.
 
 
lyupin va seradella 
5.
 
 
soya 
6.
 
 
loviya 
7.
 
 
mosh  
8.
 
 
eryong’oq 
9.
 
 
jut 
10. 
espartset 
11. 
oq akatsiya 
12. 
sariq akatsiya 
 
 
Kislotali  muhitga  ega  bo’lgan  tuproqlarda  tuganak  bakteriyalari  kam  aktiv 
shaklga  o’tadilar.  Botqoq  tuproqlarda  ular  umuman  bo’lmaydilar.  SHuning  uchun 
bunday tuproqlarda dukkakli ekinlarni yangi ekkanda, nitragin yuqtirish lozim. 
 
Tuganak  bakteriyalarining  virulentligi  va  aktivligi  tashqi  muhit  taosirida 
kuchayishi  va  passayishi  mumkin.    Kislotali  tuproqlarga  ohak  solganda,  organik, 
fosfor,  kaliyli  va  mineral  mikroo’g’itlar  solinganda,  tuproqning  namligini  optimal 
darajagacha  yetkazilganda,  tuganak  bakteriyalarning  aktivligi  va  virulentligi  ortadi,  
azotli o’g’itlar solinganda esa pasayadi. 
 
Ilgari  tuproqni  tuganak  bakteriyalari  bilan  boyitish  maqsadida  oldin  dukkakli 
ekinlar  ekilgan  maydondagi  tuproqdan  olib,  yangidan  dukkakli  ekinlar  ekilayotgan 
maydonning  tuprog’iga  tuganak  bakteriyalarning  yuqtirishni  tavsiya  etiladi.  Bu  esa 
yangi  maydonga  tuganak  bakteriyalaridan  tashqari  har  xil  bakteriyali  va  virusli 
kasalliklarni kelishigiga ham sabab bo’lardi. 


 
Keyinchalik  bu  usul  taoqiqlandi.  Tuproqlarning  tuganak  bakteriyalari  bilan 
boyitishning  eng  ishonchli  va  samarali  usuli  -  bu  nitragindan  foydalanishdir. 
Nitraginni maxsus zavod laboratoriyalarida tayyorlanadi. 
 
Bir  gektar  maydondagi  dukkakli  ekinlarga  tuganak  bakteriyalarini  yuqtirish 
uchun bitta yarim litrlik shishadagi nitragin yetarlidir. 
 
Nitragin tayyorlangan kundan boshlab 9 oy saqlanadi. Uzoq vaqt saqlanganda 
esa tuganak bakteriyalarining aktivligi pasayib ketadi.  
 
Nitraginni  yadoximikatlar  saqlanadigan  xonalarda,  omborlarda  saqlash 
qatoiyan man etiladi. 
 
Nitgarinni  tuproqqa  dukkakli  ekinlarning  urug’lariga  yuqtirish  yo’li  bilan 
solinadi.  Buning  uchun  dukkakli  ekinlar  ekiladigan  kuni    toza  idishga  kerakli 
miqdorda preparat solinadi. 
 
Uning ustiga 10 kg urug’ning ustiga 2 stakan toza suv quyiladi, 20 kg urug’iga 
bir  stakan  suv  quyilib,  yog’och  tayoqcha  bilan  3-5  minut  davomida  nitragin  suvga 
aralashtiriladi.  Aralashmani  tindirib  qo’ymasdan,  tezlik  bilan  taxta  pol  yoki  brezent 
ustiga yoyib qo’yilgan urug’lar namlanadi. 
 
Urug’larning hammasi birday namlanguncha ular aralashtiriladi. 
 
Urug’lar qurishi bilan ular qoplarga solinib, ekiladigan joylarga yuboriladi. 
 
Nitraginlash soyada olib boriladi. 
 
Agar dukkakli ekinlarning urug’lari formalin bilan zaharlangan bo’lsa, urug’lar 
yaxshilab quritiladi, shamollatiladi va undan  so’ng tuganak bakteriyalari yuqtiriladi. 
 
Agar urug’lar gronozan bilan zaharlangan bo’lsa, nitragin faqat ekishdan oldin 
yuqtirilishi mumkin.  
 
Nitragin  nafaqat  urug’lar  bilan  birga,  balki  tuproqqa  aralashtirib  ham  yerga 
solish  mumkin.  Buning  uchun  dukkakli  ekinlar  ekiladigan  maydonda  300-400  kg 
tuproq  olinib,  har  gektariga  sarflanadigan  nitragin  miqdori  bilan  yaxshilab 
aralashtiriladi va bu aralashma yerga sepiladi. 
 
Xo’jaliklarda  tayyorlanadigan  nitragin  quyidagicha  tayyorlanadi:  kuzda, 
kasalliklarga  chalinmagan,  yaxshi  hosil  bergan  dukkakli  ekinlar  ekilgan  yerlardagi 
ildizlar terib, to’planib olinadi va yaxshilab tozalanadi hamda mayalanadi. SHunday 
ildizlarni tanlab olish lozimki, ulardagi tuganaklari yirik -yirik bo’lishi kerak. 
 
Quritilgan  ildiz  yaxshilab  maydalanadi  va  1  mehnat  muhofazasi  li  elakdan 
o’tkaziladi. 
 
SHunday poroshok nitragin sifatida foydalanish mumkin.  
 
Bunday nitragin 2 yilgacha saqlanishi mumkin. 
 
1 g shunda nitraginda 8-19 mln tuganak bakteriyalari bo’ladi. 
 
 
2. Azotobakterin  - tarkibida azotobakteri bo’lgan preparatdir.  
 
Azotobakter  -  tuproqda  erkin  yashovchi  va  aerob  guruhiga  kiruvchi  azot 
bog’lovchi  bakteriyalardir.  Bu  bakteriyalarning  tuganak  bakteriyalaridan  farqi 
shundaki,  bu  bakteriyalar  ildizning  ichiga  kirmaydi,  ildizning  yaqinida  erkin  holda 
yashaydi. Azotobakter o’zining rivojlanishi uchun o’simliklar ildizlari ajratmalaridan 
va  ildizning  chirigan  qismidan  foydalanadi,  ildiz  atrofi  tuprog’ini  azot  bilan 
oziqlanishini  yaxshilaydi.  Azotobakterin  tuproqli,  torfli  va  agarli  bo’ladi.  Tuproqli 
yoki  torfli  azotobakterin  chiqindili  tuproq  dagi  yoki  kuchli  parchalangan  neytral 
reaktsiyali torfdagi ko’paytirilgan azotobakteriyalardir. 


 
Bunday azotobakterin g’allali ekinlar, sabzavot va texnika ekinlari urug’lariga 
har  gektariga  3  kg  dan,  kartoshka  va  sabzavot  ekinlari  ko’chatlariga  6-9  kg  dan 
ishlatiladi. 
 
Urug’lar  poyaga  yoki  brezent  ustiga  yoyiladi  va  suv  bilan  30-40  kg  urug’ 
uchun 1 l suv sarflanadi. 
 
SHundan  keyin  kerakli  miqdordagi  azotobakterin  bilan  aralashtiriladi.  Agar 
azotobakterin  urug’larga  yopishmasa,  ular  yana  qaytadan  namlanadi.  Namlanganda 
urug’lar  bir-biriga  yopishib  qolsa,  ular  shamollatib,sergitiladi.  Azotobakterin 
yuqtirilgan  urug’lar  24  soat  ichida  ekib  yuborilmasa,  ularga  yana  azotobakterin 
yuqtiriladi. 
 
Azotobakterinni kartoshkaga yuqtirib, ekish uchun kartoshka ekiladigan yerdan 
azotobakterin  miqdoriga  nisbatan  8-10  barobar  ko’p  bo’lgan  tuproq  bilan 
aralashtiriladi.  Keyin  bir  gektarga  yetadigan  kartoshka  urug’i  15  l  suv  bilan 
namlanadi  va  tayyorlangan  azotobakterin  tuproq  aralashmasi  sepiladi  va  yaxshilab 
aralashtiriladi. 
 
Sabzavot 
ekinlari 
ko’chatlarining 
ildizlarini 
torfli 
azotobakterindan 
tayyorlangan  quyuq  eritmaga  botirib  olib  ekiladi.  Agarli  azotobakterin  shishalarda 
tayyorlanadi.  Urug’larni  ekishdan  oldin  azotobakterin  bor  shishaga  200  ml  suv 
quyiladi va bir sutkada 5-6 marta chayqatiladi. Urug’lar ekiladigan kuni tayyorlangan 
aralashma  suv  bilan  suyultiriladi.  Urug’lar  uchun  1  ga  ga  1  l,  kartoshka  uchun  10  l 
hisobida  suyultiriladi.  Eritmalar  urug’lar  bilan,  kartoshka  bilan  yaxshilab 
aralashtiriladi. 
 
3.  Fosforobakterin  -  tuproqdagi  fosforli  organik  birikmalarni  minerallashtirish 
xususiyatiga ega bo’lgan mikroorganizmlardan iborat bakterial preparatdir.  
 
Urug’lar  bilan  tuproqqa  tushgan  fosforobakterin  o’simlik  ildiz  sistemasi 
yaqinida  rivojlanadi  va  fosforli  organik  birikmalarni  o’simliklarga  yaxshi  o’zlasha 
oladigan  mineral  shakliga  o’tkazadi.  Fosforobakterin  suyuq  va  quruq  holda 
ishlatiladi.  
 
Suyuq  fosforobakterin  shisha  idishlarda  bo’ladi.  G’allali,  sabzavot  va  texnik 
ekinlari  urug’lari  uchun  1  gektariga  50  ml,  kartoshka,  bo’za  urug’lari  va  lavlagi 
uchun 100 ml sarflanadi. 
 
Ekiladigan  urug’lar  fosforobakterin  bilan  ekishgacha  ozroq  muddat  qolganda 
ishlanadi. 
 
Fosforobakterinning  kontsentratsiyali  eritmasi  iliq  suv  bilan  suyultiriladi. 
Mayda  urug’lar  uchun  50-70  kg  ga  va  yirik  urug’lar  uchun  100-200  kg  ga  suv 
sarflanadi, 10-20 l suv 1,5-2 t kartoshka uchun sarflanadi. 
 
Fosforobakterin  yuqtirilgan  urug’lar  yaxshilab  aralashtiriladi,  20-25  sm 
qalinlikda  yoyiladi  va  havoda  quritiladi.  Kartoshka  urug’i  quritiladi.    Poroshok 
holidagi fosforobakterin 1 gektariga 250 gr sarflanadi. 
 
Ishlashidan  oldin  suv  bilan  suyultiriladi,  bu  eritma  yaxshilab  5-6  marta 
chayqatiladi,  xona  haroratida  2-3  soat  qoldiriladi.  Qolgan  jarayonlar  suyuq 
fosforobakterindan qanday foydalanilgan bo’lsa, shunday amalga oshiriladi. 
 
AMB  -  kombinatsiyalangan  bakterial  preparati  bo’lib,  tuproqdagi  chirindini 
minerallashtirib, o’simliklar uchun oson o’zlashadigan ozuqa moddalari hosil qiladi. 


 
AMB preparati yordamida tuproq chirindi moddasining parchalanish va chirish 
jarayonlarini tezlashtirishi mumkin. 
2. Azotni biologik bog’lanishining mohiyati. 
 
Atmosfera molekulyar azotining bog’lanishi favqulodda murakkab jarayondir. 
 
Atmosfera  azotining  bog’lanishini  S.  N.  Vinogradskiy,    S.  Kostichev,  J. 
Busengo, M. Breynik, G. Gel’riger, G. Vil’fort, M. S. Voronin, V. L. Omelyanskiy, 
D. N. Pryanishnikov, kabi juda ko’p g’taniqli olimlar tomonidan o’rganilgan. 
 
D. I. Mendeleev va KALIY. A. Timiryazev ham atmosfera azotining biologik 
bog’lanishiga g’oyat katta  ahamiyat bergan edilar. 
 
Tuganak  bakteriyalarini  1866  yilda  birinchi  bo’lib  M.  S.  Voronin  aniqlagan 
edi. 
 
Keyinchalik M. Breynik (1888) ozuqaviy muhitdan ajratib oldi va mikrobiolog 
hamda  fiziologlar  tomonidan  har  tomonlama  o’rganildi.  Bakteriyalar  dukkakli 
ekinlarning  ildiziga  ildiz  tukchalari  orqa  tushadi  va  ildizning  yauqurroq,  ichki 
qavatlariga  parenximasiga  kiradi,  hujayralarni  kuchli  bo’linish  va  o’sishga  hosil 
qiladi.  
 
Boshlanishida  bakteriyalar  o’simlikning  ozuqa  moddasini  isteomol  qiladi, 
o’zlashtiradi  va  shuning  uchun  o’simlikning  rivojlanishini  susaytiradi.  Keyinchalik 
tuganakning  o’sishi,  kattalashishi  bilan  bakteriya  va  dukkakli  o’simlik  o’rtasida 
simbiotik hayot boshlanadi. 
 
Bakteriya o’simlikdan uglerodli oziq moddalarni va mineral moddalarni oladi, 
o’rniga  o’simlikka  azotli  birikmalarni  beradi.  S.  N.  Vinogradskiyning  fikriga  ko’ra, 
atmosfera  azotining  tuganaklarda  va  erkin  yashovchi  azot  to’plovchilarda 
bog’lanishining  boshlang’ich    mahsuloti  fermentlar  taosirida  atmosfera  azotining 
aktiv vodorod bilan qaytarilishi natijasida hosil bo’lgan ammiakdir.  
 
S.P.Kostichev ham atmosfera molekulyar azotning bog’lanish ximizmi ammiak 
hosil bo’lish orqali amalga oshiriladi, deb aytgan edi. S.Vinogradskiy va Kostichelar 
bo’yicha  atmosfera  molekulyar  azotining  to’g’ridan-to’g’ri  qaytarilishi  quyidagi 
sxema bo’yicha amalga oshadi: 
 
D.  N.  Pryanishnikov  atmosfera  molekulyar  azotni  bog’lanishini  ikki  yo’li 
to’g’risida yozgan edi:  
 
1)  amiakni  qaytarilish  orqali  hosil  bo’lishi  avval  gidratatsiya,  yaoni  azotning 
gidrat birikmalarini hosil bo’lishi bilan; 
 
2)  hosil  bo’lgan  azotning  gidrat  birikmalarini  gidroksilamingacha  qaytarilishi 
orqali amalga oshadi.  
 
Qaytarilish jarayonlari uchun zarur bo’lgan vodorod manbai - bu organizmdagi 
moddalar almashinuvi jaranida sodir bo’ladigan uglevodlar va boshqa birikmalarning 
biokimyoviy o’zlashishidir.  
 
Er  yuzining  har  gektar  quruqligi  va  suvlik  qismining  yuzasi  ustida  80  ming 
tonna  azot  mavjuddir,  qaysiki  bu  azot  ko’pchilik  o’simliklar  uchun  atmosfera 
azotining  o’zlashtiradigan  va  to’playdigan  maxsus  tuproq  bakteriyalari  alohida 
ahamiyatga ega.  
3. Azot bog’lovchilarinng asosiy vakillari. 
 
Atmosferadagi 
erkin 
molekulyar 
azotni 
o’zlashtiradigan 
tuproq 
bakteriyalarining ikki turi mavjud: 


 
1. Erkin yashovchi aerob va anaerob bakteriyalar  
 
2.  Dukkakli  ekinlar  ildizida  ular  bilan  birgalikda  yashaydigan  tuganak 
bakteriyalaridir. 
 
Tuproqda  aerob  sharoitda  yashaydigan  azot  o’zlashtiradigan  azotobakter 
krokokkum  va  azotobakter  agiliy  singari  bakteriyalarning  hayot  kechirishlari  uchun 
tuproqning harorati 25-30 S, tuproq muhitining reaktsiyasi neytral bo’lishi eng qulay 
sharoit hisoblanadi.  
 
Tuproqdagi  kislorodsiz  muhitda  ham  hayot  kechiradigan  azot  to’plovchi 
kristridium paterianum bakteriyasi mavjudki, bu bakteriyalar tashqi muhit sharoitiga 
unchalik talabchan emas.  
 
Kislorod  yetarli  muhitda  o’sayotgan  dukkakli  ekinlar  ildizida  yashaydigan 
Psevdomonas  radikikola  deyiladigan    aerob  tuganak  bakteriyalarning  turi  ham  ko’p 
uchraydi. 
 
4. Ildiz tuganak bakteriyalari, ularning turlari va ahamiyati. 
 
 
Ko’pchilik  yashil  o’simliklar  va  mikroorganizmlar  atmosferadagi  juda  ko’p 
miqdordagi molekulyar erkin azotdan foydalanadi. SHuning uchun atmosfera azotini 
o’zlashtiradigan va to’playdigan maxsus tuproq bakteriyalari alohida ahamiyatga ega. 
Kislorod  yetarli  sharoitda  o’sayotgan  dukkakli  ekinlar  ildizida  yashaydigan 
Psevdomonos  radikikola  deyiladigan  aerob  tuganak  bakteriyalarining  turi  ham  ko’p 
uchraydi. Har qaysi dukkakli ekin ildizida o’ziga xos tuganak bakteriyalar yashaydi. 
 
Bu mikroorganizmlarga sebarga bakteriyasi, beda, yo’ng’ichka, no’xat, loviya 
bakteriyalari, soya bakteriyalari va boshqalar kiradi. 
 
Havoda  va  tuproqda  namlikning  yetishmasligi,  harakatning  keskin  o’zgarishi, 
tuproq kislotaliligining ortishi azot bog’lovchi bakteriyalar akitvligini kuchli darajada 
pasaytiradi.  Tuganak  bakteriyalari  tuproqning  neytral  va  kuchsiz  ishqoriy  muhitida 
(RN=6-7) yaxshi rivojlanadi. 
 
Kislotali  tuproqlarni  ohaklash  tuganak  bakteriyalari  hayot  faoliyatini 
yaxshilaydi, ularning aktivligini oshiradi va ularning ko’payishini kuchaytiradi. 
 
Tuganak  bakteriyalarining  aktivligi  tuproqning  ouqa  moddalari  bilan 
taominlanishiga bog’liq. Tuproqni yuqori darajada organik moddalar bilan, fosfor va 
kaliyning  xarakatchan  shakllari  bilan  taominlanishi  tuganak  bakteriyalarning 
aktivligini oshiradi.  
 
ukkakli  ekinlarning  o’sishi  va  rivojlanishi  bilan  asta-sekin  tuganak 
bakteriyalarining aktivligi ortib boradiva gullash davrida kelib ularning aktivligi eng 
yuqori darajaga ko’tariladi. 
 
Atmosfera  azotining  bog’lanishi  o’simlikning  yoshidan  ko’ra  tuganaklarning 
kattaligiga ham bog’liq.  
 
D.N.Pryanishnikovning  maolumotiga  ko’ra,  bir  yilda  yo’ngichka  150-160  kg, 
lyupin  160-170  kg, beda  250-300  kg,  soya  -  100,  vika,  loviya,  no’xat  70-80  kg  dan 
azot to’playdilar. 
 
Tuganak  bakteriyalari  o’zlashtirgan  a  organik  birikmalar  holida  bo’lgan  azot 
ular  nobud  bo’lgandan  keyin  parchalanib,  o’simlik  ildiziga  oson  singadigan  azot 
tzlarini hosil qiladi.  


 
Lekin  tuproq  tarkibidagi  organik  moddalarning  parchalanishi  va  atmosfera 
azotini bog’lash natijasida hosil bo’lgan azot bilan ekinlarning hosildorligini oshirish 
uchun dukkakli ekinlar o’g’itlarni qo’llashni birga qo’shib olib borish kerak. 
 
 
Tayanch iboralar  
 
 
Bakterial  preparatlar,  tuproq  turkum  mikroorganizmlari,  nitragin,  azotobakter, 
fosforobakterin,  tuganak  bakteriyalari,  bakteriyalarning  virulentligi,  bakteriyalarning 
aktivligi,  dukkakli  ekinlar,  9  oy,  yadoximikat  omborlari,  erkin  yashovchi,  aerob 
guruhiga  kiruvchi  atmosfera  azotining  bog’lanishi,  simbioz,kuchli  ishqoriy,  kislotali 
muhit, kisloatli tuproqlarni ohaklash. 
 
 
Nazorat savollari  
 
 
1. Bakterial preparat nima va u nima uchun tuproqqa solinadi? 
 
2. Nitragin qanday preparat? 
 
3. Tuganak bakteriyalarining o’zlariga xos xususiyatlarini ayting? 
 
4. Tuganak bakteriyalarning virulentligi nima? 
 
5. Tuganak bakteriyalarining aktivligi nima? 
 
6.  Qanday  holatda  nitragin  tarkibidagi  tuganak  bakteriyalari  o’simlik  ildiziga 
tez va katta miqdorda kiradi? 
 
7. Tuganak bakteriyalari qanday sharoitda kam aktiv holatga o’tadilar? 
 
8. Tuganak bakteriyalarining virulentligi va aktivligi qachon, qanday sharoitda 
kuchayadi? 
 
9.  Zavodda  tayyorlangan  nitraginning  miqdori  qancha  va  uning  saqlanish 
muddatini ayting? 
 
10. Nitragin qanday joyda saqlanishi kerak? 
 
11. Nitraginni xo’jalikda tayyorlashni gapiring. 
 
12. Ildiz tuganak bakteriyalari va ularning ahamiyatini ayting. 
 
13. Atmosferadagi erkin molekuyar azotni o’zlashtiradigan tuproq bakteriyalari 
necha xil bo’ladi? 
 
14. Atmosfera molekulyar azotini bog’lashning mohiyatini ayting. 
 
Adabiyotlar 
 
1. 
 
Agroximiya.  Pod.  red  .  V.M.Klechkovskogo  i  prof.  A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 
2. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
 
Bahodirova M., Rasulov A.M. - Tuproqshunoslik. T., 1975. 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MA’RUZA 16: ORGANIK O’G’ITLAR VA ULARNING TURLARI. GO’NGNING 
KIMYOVIY TARKIBI. GO’NGNING ISHLATILISHI VA UNING TUPROQ 
UNUMDORLIGIGA HAMDA EKINLAR HOSILIGI TAOSIRI 
REJA: 
 
1. Organik o’g’itlar, ularning turlari va ahamiyati. 
 
2. Go’ng, uning turlari va tarkibi. 
 
3. Go’ngning tuproq xususiyatlariga va o’simliklarga taosiri. 
 
4. Turli tuproq-iqlim sharoitlarida go’ngning samaradorligi va undan 
foydalanishning xususiyatlari. 
 
5. Go’ngni tuproqqa solish muddati va chuqurligi. 
 
6. Sapropel nima? 
 
7. Tayanch iboralar  
 
8. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
 
9. Foydalanilgan adabiyotlar. 
 
1. Organik o’g’itlar, ularning turlari va ahamiyati. 
 
Qishloq  xo’jalik  ekinlarining  hosildorligini  oshirish  uchun  organik  o’g’itlarni 
qo’llash katta ahamiyatga ega.  
 
Organik  o’g’itlar  deb,  yangi  yoki  biologik  qayta  ishlangan,  kelib  chiqishi 
jihatidan  o’simliklar  yoki  hayvonlar  chiqindilaridan  bo’lgan,  tuproqqa  solinganda 
uning  unumdorligini  va  ekinlar  hosildorligini  oshiradigan  moddalar  kompleksiga 
aytiladi. Organik o’g’itlarga go’ng, torf, parranda qiyoi, suyuq go’ng, najas, turli xil 
kompostlar,  ko’kat  o’g’itlar,  yirik  aholi  punktlari  va  shaharlarning  chiqindilari  va 
boshqalar kiradi. 
 
Bularning hammasi mahalliy o’g’itlar ham deyiladi, chunki ular xo’jaliklarning 
o’zida to’planadi, tayyorlanadi va yashil o’g’itlar yetishtiriladi. 
 
Tuproqning  biologik  xususiyatlari  organik  o’g’itlar  ishlatish  xhisobiga  tubdan 
yaxshilanadi.  Tuproqning  haydalma  qavatida  doimo  yashab,  o’simliklarning  normal 
o’sishi uchun sharoit yaratib beradigan mikroorganizmlarning miqdori gektariga 4-5 t 
ni  tashkil  etadi.  Mikroorganizmlarning  taosiri  ostida  doimo  tuproq  unumdorligini 
oshiradigan  jarayonlar  kechadi  va  ularning  faoliyati  tufayli  tuproqdagi  foydali 
birikmalar miqdori ortib boradi. 


 
Organik  o’g’itlar  ishlatilganda  mikroorganizmlarning  umuiy  soni  ortadi  va 
ulardagi turli xil guruhlarning ham o’zaro rivji va nisbati yaxshilanadi. 
 
SHunga  ko’ra,  organik  o’g’itlar  tuproqdagi  chiqindi  moddasi  miqdorini 
oshirishda asosiy rol o’ynaydi.  
 
Olib borilgan tajribalarning natijasilarga qaraganda, har gektariga 150 kg azot, 
100  kg  fosfor  va  50  kg  kaliy  ishlatilganda,  tuproqdagi  chirindi  miqdori  15-18  %  ga 
ortadi, go’ng ishlatilganda esa uning miqdori ikki martaga ko’payadi. 
 
Tuproq  unumdorligini  oshirishda  unda  mavjud  bo’lgan  juda  ko’p  xildagi 
fermentlarning ahamiyati ham kattadir. 
 
Fermentlar tuproq tarkibidagi oziq moddalarni o’simliklar o’zlashtira oladigan 
shaklga aylantirib beradi, o’simliklarda modda almashinuvini tezlashtiradi. Tuproqqa 
organik o’g’itlar solinganda shu xildagi fermentlarning miqdori 3-4 marta ortgan. 
 
Organik  o’g’itlar  ishlatilganda  mikroorganizmlar  hayot  faoliyatining 
jadallashishi  evaziga  tuproqdagi  biologik  aktiv  moddalarning  turi  va  miqdori 
ko’payadi.  Biologik  aktiv  moddalardan  hisoblangan  auksinlar,  geteroauksinlar, 
organik  moddalar  va  aminokislotalar,  vitaminlar  o’simliklar  tomonidan  juda  oz  
bo’lsa  ham  o’zlashtirilishiga  qaramasdan,  unda  kechadigan  modda  almashinuv 
jarayonlarini tezlashtiradi. 
 
Natijada o’simliklar tomonidan ko’p miqdorda mineral o’g’itlar o’zlashtiriladi, 
ekinlarning  hosildorligi  ortadi  va  mahsulotlarning  sifati  sezilarli  darajada 
yaxshilanadi. 
 
Olib  borilgan  ko’p  sonli  tajribalarda  kompost  qilingan  go’ngda  va  organik 
o’g’it  solingan  tuproqlarda  vitamin  V12,  riboflavin,  nikotin  kislotasi,  biotin, 
pentsillin,  streptomitsitin,  terramitsin  kabi  fiziologik  aktiv  moddalar  bo’lishi 
aniqlangan. 
 
Tuproqda  penitsillin,  streptomitsin,  terromitsin  kabi  antibiotik  mddalarning 
bo’lishi,  birinchidan,  undagi  kasallik  tarqatuvchi  mikroorganizmlarni  yo’qotsa, 
ikkinchidan, o’simlik tomonidan oz miqdorda o’zlashtirilishiga qaramay uni turli xil 
kasalliklarga  duchor  bo’lishidan  saqlaydi.  SHu  sababli,  organik  o’g’itlar  solingan 
maydonlardagi  o’simliklar  sog’lom  bo’lib,  hosildorligi  hamisha  yuqori  bo’ladi. 
Organik  o’g’itlar  tuproqning  oziq  rejimini  ham  sezilarli  darajada  yaxshilaydi. 
Organik  o’g’itlar  tarkibida  0,5  %  gacha  azot,  0,25  %  fosfor  va  0,5  %  atrofida  kaliy 
bo’ladi. 
 
Bulardan  tashqari,  organik  o’g’itlar  tarkibida  yana  molibden,  bor,  rux, 
marganets,  kobalt  va  mis  kabi  boshqa  bir  qancha  foydali  mikroelementlar  ham 
bo’ladi.  Organik  o’g’itlar  tuproqning  oziq  rejimiga  bevosita  taosir  ko’rsatishdan 
tashqari  yana  bilvosita  ham  taosir  etadi.  Masalan,  mikroorganizmlar  o’z  hayoti 
faoliyati  davomida  azotli  o’g’itlarni  o’zlashtirib,  ularni  o’z  tanasida  saqlab  turadi. 
Natijada  azotli  o’g’itlarning  tuproqdagi  aktiv  harakati  ancha  pasayadi  va  u 
o’simlikning ildiz sistemasi joylashgan qatlamida uzoq muddatgacha saqlanib turadi. 
 
Demak,  organik  o’g’itlarni  ishlatish  azotli  o’g’itlarning  yo’qolishini  sezilarli 
darajada kamaytiradi va ularning samaradorligini ancha oshiradi.  
 
Organik  o’g’itlarning  fosforli  o’g’itlar  xususiyatigaga  ko’rsatadigan  taosiri 
alohida  ahamiyatga  ega.  Bunda,  birinchidan,  mikroorganizmlar  o’g’itlar  tarkibidagi 
fosforni  o’zlashtirib,  uni  tuproqdagi  tuzlarning  kimyoviy  taosiridan  saqlab  turadi. 


Natijada  tuproqqa  solingan  fosforli  o’g’itlarning  ko’pchilik  qismi  qiyin  eriydigan 
shakllarga o’tib qolishdan saqlanadi. 
 
Ikkinchidan esa organik o’g’itlar va tuproqda ularning taosirida paydo bo’lgan 
chirindi  fosforni  o’rab  olib,  uni  o’simlik  qiyin  o’zlashtiradigan  shaklga  o’tib 
qolishdan saqlaydi. 
 
Uchinchidan,  tuproq  fermentlari,  mikroorganizmlarning  nafas  olish  davrida 
ajralib  chiqadigan  karbonat  angidrid  gazi  hamda  organik  o’g’itlarning  parchalanishi 
natijasida paydo bo’ladigan organik kislotalar taosiri ostida tuproq tarkibida bo’lgan 
fosforning eruvchanligi kuchayib, o’simlik oson o’zlashtira oladigan shaklga aytiladi. 
 
Organik  o’g’itlar  taosirida  tuproq  zarrachalarining  shimuvchanlik  qobiliyati 
oshadi,  natijada  sho’r  yerlarda  tuzlarning  o’simlik  ildiziga  ko’rsatadigan  zararli 
taosiri ancha kamayadi. 
 
SHunday  qilib,  organik  o’g’itlar  tuproq  xususiyatlariga  turlicha  va  sezilarli 
darajada  taosir  ko’rsatar  ekan.    Tajribalarda  aniqlanishicha,  organik  o’g’itlar  katta 
normada  ishlatilganda  o’simliklarning  yuqori  dozada  berilgan  mineral  o’g’itlardan 
samarali foydalanishi uchun muvofiq sharoit vujudga kelar ekan. 
 
 
1 tonna organik o’g’itlar tarkig’idagi ozuqa moddalar miqdori,  
kg hisobida 
 
Organik o’g’itlar  
1 t tarkibida, kg 
 
azot 
fos. 
ksi. 
kaliy 
oks. 
Kal’ts. 
ksi. 
yarim 
chirigan 
go’ng  
5,0 
2,5 
6,0 
7,0 
suyuq go’ng  
2,5 
0,6 
3,6 
0,6 
yuqorida 
hosil 
bo’lgan torf, namligi 
70 % 
3,0 
0,3 
0,3 
0,9 
pastda  hosil  bo’lgan 
torf, namligi 70 % 
9,0 
1,2 
0,6 
1,2 
har xil chiqindilar 
6,0 
3,0 
2,0 
1,0 
 
2. Go’ng, uning turlari va tarkibi. 
 
Go’ng  -  organik  o’g’itlarning  asosiy  mahalliy  turi  hisoblanadi.  Go’ngning 
tarkibida  azot,  fosfor,  kaliy  va  mikroelementlar  hamda  juda  ko’p  miqdorda  turli  xil 
mikroorganizmlar  bo’lganligi  uchun  hamma  vaqt  unda  biologik  jarayonlar  davom 
etadi.  Bu  jarayonlar    natijasida    go’ng  tarkibidagi  organik  va  mineral  moddalar 
shaklan  o’zgaradi,  parchalanadi.  Natijada  go’ngning  sifati  yaxshilanadi.  Go’ng 
o’simliklarning  oziqlanishi  uchun  eng  muhim  ozuqa  manba  hisoblanadi  va  undan 
foydalanish duhda ozuqa moddalar aylanishini tartibga solishda katta ahamiyat kasb 
etadi.  Go’ngning  ana  shu  ulkan  ahamiyatini  hisobga  olgan  D.  N.  Pryanishnikov 
“mamlakatda  mineral  o’g’itlar  qanchalik  ko’p  ishlab  chiqarilmasin,  go’ng  hech 


qachon  o’z  ahamiyatini  yo’qotmaydi,  qishloq  xo’jaligida  asosiy  o’g’itlardan  biri 
bo’lib qolaveradi”, - deb yozgan edi. 
 
CHorvachilikdan  olinadigan  go’ng  bilan  birga  tuproqqa  o’simliklar  uchun 
kerak bo’lgan hamma makro va mikroelementlar tushadi. 
SHuning  uchun  go’ng 
to’laqonli o’g’it hisoblanadi.  
 
20  tonna  go’ng  tarkibidagi  ozuqa  moddalarning  miqdori  250  kg  superfosfat, 
200 kg kaliy xlorid va 300 kg ammiakli selitra tarkibidagi ozuqa moddalar miqdoriga 
tengdir.  
 
 
Yirik  shakli  hayvonlardan  olingan  go’ngning  har  bir  tonna  quruq  moddasi 
tarkibida  20  kg  azot,  10  kg  fosfor,  24  kg  kaliy,  28  kg  kaltsiy,  6  kg  magniy,  4  kg 
oltingugurt, 25 kg bor, 230 go’ng marganets, 20 gr mis, 100 gr rux, 1,2 gr kobal’t, 2 
gr molibden va 0,4 gr yod bo’ladi. 
 
Go’ng  o’simliklar  uchun  faqat  mineral  oziqlanish  manbaigina  bo’lib  qolmay, 
balki karbonat angidrid bilan taominlash manbai hamdir. 
 
Tuproqqa  go’ng  solinganda,  uning  chirishi,  parchalanishi  natijasida  ko’plab 
miqdorda  karbonat  angidrid  gazi  ajralib  chiqadi  va  bu  o’simliklarning  havodan 
oziqlanishini fotosintez jarayonini yaxshilaydi. Agar tuproqqa 30-40 t go’ng solinsa, 
uning intensiv parchalanish davrida, o’g’it solinmagan yerga nisbatan, har kuni 1 ga 
hisobiga 100-200 kg karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. 
 
CHorva  mollarini  boqish  texnologiyasiga  qarab,  to’shalmali  go’ng, 
to’shalmasiz,  suyuq  go’ng  va  go’ng  shaltog’i  kabi  go’ng  turlari  mavjud  bo’lib,  ular 
bir biridan tarkig’biga, saqdlash va foydalanish usullariga qarab farq qiladi.  
 
1. To’shalmali go’ng  va uning tarkibi.    
 
To’shalmali go’ng hayvonlarning qattiq va suyuq ajratmalaridan hamda uning 
ostiga solingan to’shamadan iborat. 
 
Uning  tarkibi  va  o’g’itlilik  qimmati  chorva  mollarining  turiga,  to’shamaning 
sifati va miqdoriga hamda go’ngning saqlash usuliga bog’liq bo’ladi.  
 
Hayvonlarning qattiq va seroq holdagi ajratmalarining miqdori, tarkibi,  o’zaro 
nisbati, hayvonlarning ayrim turlari bo’yicha sezilarli darajada farq qiladi.  
 
Masalan,  otlarda  qattiq  ajratmalari  suyug’iga  qaraganda    3,5  baravar,  qo’y  va 
qoramolda  2,5  baravar  ko’p,  cho’chqalarda  esa  aksincha  jaratadigan  siydigi 
go’nggiga nisbatan ikki baravar ham ko’proqni tashkil etadi. 
 
Suyuq  holdagi  ajratmalarda  oziq  elementlari  yaxshi  eruvchan  hamda  o’simlik 
tomonidan oson o’zlashtirila oladigan bo’ladi. Hayvonlarning quruq va suyuq holdagi 
ajratmalari  tarkibi  va  o’zaro  nisbati  ular  tomonidan  isteomol  qilinadigan  yem-
hashaklarning  miqdori  hamda  sifatiga  bog’liq  bo’ladi.  SHirali  ozuqalar  ko’p  va 
ularning  namligi  yuqori  bo’lsa,  hayvonlarning  suyuq  ajratmalari  shunchalik  ko’p 
bo’ladi.  Hayvonlar  oxzuqasi  qanchalik  oson  xazmlanadigan  bo’lsa,  hayvonlarning 
qattiq  ajratmasi  tarkibida  quruq  modda  miqdori  shuncha  kam  bo’ladi.  Hayvonlarga 
beriladigan kontsentrant ozuqa miqdori ham ortib boradi.  
 
Hayvonlar  tomonidan  isteomol  qilinadigan  yem-hashakdan  go’ngga  o’rta 
hisobda organik moddalarning 40 %, azotning 50 %, fosforing 80 % va kaliyning 95 
% o’ta 
 
Hayvonlarning turi va to’shamasiga qarab go’ngning tarkibi, % 
 


go’ngning tarkibi 
somonli to’shamada 
torfli 
to’shamada 
 
aralash 
sigir 
ot 
qo’y 
cho’chq

sigir 
ot 
suv 
organik 
modda 
75 
77,3 
71,3 
64,6 
72,4 
77,5 
67,0 
umumiy azot 
21 
20,3 
25,4 
31,8 
25,0 


ammiakli azot 
0,15 
0,14 
0,19 

0,20 
0,18 
0,28 
fosfor oksid 
0,25 
0,23 
0,28 
0,23 
0,19 
0,22 
0,25 
kaliy oksid 
0,60 
0,50 
0,63 
0,67 
0,60 
0,48 
0,53 
kal’tsiy oksid 
0,35 
0,40 
0,21 
0,33 
0,18 
0,45 
0,44 
magniy oksid 
0,15 
0,11 
0,14 
0,18 
0,09 


 
 
Hayvonlar  ostiga  to’shama  sifatida  solish  uchun  boshoqli  don  ekinlarining 
solishni, torf yoki torf qirqimlaridan foydalaniladi. 
 
Xo’jalikda  olinadigan  go’ngning  miqdori  hayvonning  turiga,  umumiy  soniga 
va  ularni  og’ixonada  boqio’  davriga,  yem-xashak  miqdoriga  va  qo’llaniladigan 
to’shalmaning  turiga  bog’liq  bo’ladi.  Xo’jalikda  olinadigan  go’ngning  miqdorini 
quyidagi formula bilan hisoblab chiqarish mumkin. 
 
 
 
  K 
 
 
N = (--------- + p) 4 
 
 
 
   2 
 
N - go’ng miqdori 
 
Kaliy - oziq tarkibidagi quruq modda 
 
p - to’shama miqdori 
 
4-  koeffitsient  (xo’l  go’ngning  massasi  ozuqadagi  quruq  modda  massasiga 
qaraganda 4 barobar ko’p). 
 
Bir yilda turli hayvonlardan olinadigan go’ngning miqdori,  
t hisobida 
og’ilxonada 
boqish 
davri, kun 
qoramol 
yoki 

yoshli 
gacha 
bo’lgan 
buzoq/ 
otlar 
qo’ylar 
200 
dan 
220 gacha 
7-8 
5-6 
0,8-0,9 
180 
dan 
220 gacha 
6-7 
4-5 
0,6-0,8 


180 
dan 
kam 
4-5 
2,5-3 
0,4-0,5 
 
 
2. To’shamasiz (suyuq) go’ng. 
 
To’shama  sifatida  foydalaniladigan  materiallar  chegaralangan  hollarda 
tarkibida 85-87 % gacha suv bo’lgan suyuq go’ng olinadi. 
 
To’shama  unchalik  ko’p  bo’lmagan  holda  tshplangan  go’ng  va  siydik 
aralashmasi  chorvachilik  fermasini  tozalash  ishlarini  to’liq  mexanizatsiyalash 
imkonini  beradi,  lekin  yarim  suyuq  holdagi  go’ng  transport  vositalarida  tashish  va 
yerga  solish  uchun  noqulay  fizik  xossaga  ega  bo’ladi.    Bunday  go’ngdan  azot  ko’p 
nobud  bo’ladi  va  uni  dalaga  chiqarib  solishdan  oldin  torf  yoki  tuproq  bilan 
kompostlash  talab  qilinadi.  Yirik  chorvachilik  fermalari  hamda  chorvachilik 
komplekslarida  chorva  mollarini  to’shamasiz  boqish  tajribasi  qo’llanilib,  bunda 
suyuq holatdagi harakatchan go’ng aralashmasi olinadi. 
 
Yirik  chorvachilik  komplekslarida  suyuq  holatdagi  go’ngning  chiqishi  yil 
davomida, o’rta hisobda,  tarkibidagi  suv 90  % bo’lganda,  2000 bosh sigir uchun 40 
%,  10  ming  bosh  buqachalar uchun 100 t  ni  tashkil  etadi.  Bu miqdor  cho’chqalarda 
har 100 ming bosh cho’chqa uchun 100 t ga boradi. 
 
Bunday  miqdordagi  suyuq  go’ngdan  foydalanishga  faqat  chorvachilik 
fermalarida  go’ngni  transport  vositalarida  tashish,  saqlash  va  undan  foydalanish 
jarayonlarini  to’la  ravishda  mexanizatsiyalashtirish  va  avtomatlashtirish  yo’li 
bilangina erishish mumkin. 
 
Suyuq go’ngning chiqishi va uning tarkibi. 
ko’rsatkichlar 
qoramol  
cho’chqa 
har bir bosh hisobiga sutkada  
 
 
go’ng siydik chiqishi, kg 
55 
50 
tarkibi, % 
 
 
suv 
88,5 
89,5 
quruq modda 
11,5 
10,5 
organik modda  
8,6 
5,2 
umumiy azot 
0,40 
0,50 
ammiakli azot 
0,25 
0,35 
fosfor oksidi 
0,20 
0,25 
kaliy oksidi 
0,45 
0,24 
magniy oksidi 
0,10 
0,10 
kaltsiy oksidinatriy 
0,15 
0,20 
natriy oksidi 
0,12 
0,10 
 
3. Go’ngning tuproq xususiyatlariga va o’simliklarga taosiri. 
 
CHala  chirigan  go’ng  tarkibida  organik  moddalarning  ko’p  miqdorda  bo’lishi 
tuproqning  fizik,  fizik-kimyoviy  va  biologik  xossalariga  ijobiy  taosir  etadi.  Go’ng 
muntazam  ishlatilgan  maydonlarda  tuproq  tarkibidagi  chirindi  va  umumiy  azot 


miqdori  ortadi,  almashinuvchi  va  gidrometrik  kislotaliligi  pasayadi,  xarakatchan 
shakldagi alyuminiy va marganets miqdori kamayadi, asoslar bilan to’yinish darajasi 
ortadi.  
 
Qumli  va  qumoq  tuproqlar  bir  muncha  qovushqoq  bo’lib  qoladi,  ularning 
singlirish  xususiyati  va  buferligi  ortadi,  bu  esa  ularda  suv  va  oziq  moddalarning 
saqlanishiga imkon beradi.  
 
Go’ng  yerga  mantuzam  solinib  turilganda,  faqat  tuproqning  kislotaliligi 
pasayibgina  qolmasdan,  balki  o’simliklarning  kaltsiy,  magniy,  oltingugurt  va 
mikroelementlar bilan oziqlanishi ham yaxshilanadi. 
 
Tuproqqa solingan 30-40 t go’ngning parchalanishidan har kuni 35 kg dan 65 
kg  gacha  karbonat  angidrid  gazi  ajralib  chiqadi,  bu  o’simliklarning  uglerod  bilan 
oziqlanishini ancha yaxshilaydi.  
 
Go’ng  bilan  tuproqqa  juda  ko’p  miqdorda  mikroorganizmlar  ham  tushadi. 
Go’ng  tarkibidagi  organik  moddalar  tuproq  mikroflorasi  uchun  eng  yaxshi  oziq  va 
energiya manbai hisoblanadi.  
 
SHunga  ko’ra  yerga  go’ng  solinganda  tuproqdagi  mikroorganizmlar  faoliyati 
kuchayadi  va  undagi  ozuqa  moddalar  zonasini  o’simliklar  uchun  jalb  etish 
jadallashadi.  
 
Go’ngning  o’g’itlilik  qimmati  uning  tarkibidagi  umumiy  va  ammiakli  azot 
miqdoriga qarab aniqlanadi. 
 
Go’ng  tarkibidagi  azot,  fosfor  va  kaliydan  ikkinchi  yili  o’simliklarning 
foydalanishi  quyidagicha  bo’ladi:  azot  15-20  %,  fosfor  10-15  ,  kaliy  10-15  %, 
uchinchi yili esa azot 10-15 %, fosfor 5-10 % va kaliy 0-10 % ni tashkil etadi.  
 
Almashlab  ekishning  rotatsiyasi  davrida  go’ngdagi    ozuqa  moddalardan 
foydalanish azot bo’yicha 50-60 %, fosfor bo’yicha 50-60 % va kaliy bo’yicha 80-90 
% ni tashkil etadi.  
 
Bu mineral o’g’itlardan foydalanish darajasiga yaqin keladi. 
 
4.  Turli  tuproq-iqlim  sharoitlarida  go’ngning  samaradorligi  va  undan 
foydalanishning xususiyatlari. 
 
Go’ngning  bevosita  yerga  solingan  birinchi  yili  va  undan  keyingi  yillarda 
taosiri  go’ngning  sifatiga  va  uni  yerga  solish  normasiga,  shuningdek  tuproq-iqlim 
sharoitlariga bog’liq bo’ladi. 
 
Yaxshi  chirimagan  somonli  go’ng  birinchi  yili  ikkinchi  va  uchinchi 
yillardagiga  qaraganda    yaxshi  taosir  ko’rsatmaydi.  Go’ng  o’sha  mintaqa  uchun 
belgilangan  normada  va  o’z  vaqtida  solib  turilsa,  uning  bevosita  hamda  keyingi 
yillardagi taosiri shunchalik kuchli bo’ladi.  
 
Soz mexanik tarkibli tuproqlarda yerga solingan go’ng juda sekin parchalanadi, 
keyingi  yillarda  ekiladigan  ekinlarga  uning  taosirini  oltinchi  -ettinchi  yillarda  ham 
kuzatish  mumkin.  Qumloq  mexanik  tarkibli  tuproqlarda  esa  go’ng  tez  parchalanadi 
va  keyingi  yillarda  ekilgan  ekinlarga  ko’rsatadigan  taosiri  ham  uch-to’rt  yildan 
oshmaydi.  Nam  iqlimli  sharoitda,  go’ng  qurg’oqchil  mintaqalarga  nisbatan  tez 
chiriydi,  chunki  janubiy  va  janubiy  sharqiy  mintaqalarda  nam  yetarli  bo’lmaydi, 
natijada go’ng sekin parchalanadi. 
 
SHunga  ko’ra  noqora  tuproq  mintaqada  go’ngning  birinchi  yilgi  ekinga 
ko’rsatadigan bevosita taosiri, qora tuproq mintqasidagiga qaraganda yuqori, ikkinchi 


va  uchinchi  yilgi  ko’rsatadigan  taosiri  esa  past  bo’ladi.  Qurg’oqchil  janubiy  va 
janybiy  sharqiy  mintaqalarda  go’ngning  keyingi  yillarda  ekilgan  ekinlarga 
ko’rsatadigan  bevosita  taosiri  birinchi  yilgi  ekiladigan  ekinga  qaraganda  ustunlik 
qiladi.  
 
Tuproqqa  solingan  go’ng  nam  bilan  yetarli  darajada  taominlangan.  Noqora 
tuproq  mintaqaning  shimoliy  g’arbiy  va  markaziy  rayonlarida  qora  tuproq 
mintaqaning  shimoliy  rayonlarida  eng  yuqori  samara  beradi.  Ana  shu  joylarda 
tuproqqa solinadigan go’ngning yillik normasi har gektariga 20-40 t ni tashkil etadi.  
 
Qurg’oqchilik  rayonlarida  namgarchilik  nisbatan  yuqori  bo’lgan  joylardagiga 
qaraganda  go’ngning  samaradorligi  past  bo’ladi.  Bunday  joylarda  tuproqqa  o’z 
vafqtida va sifatli ishlov berish, namni iloji boricha ko’proq saqlab qolish va boshqa 
ko’plab  agrotexnik  tadbirlar  qo’llanilganda  go’ngning  samaradorligi  ortib  boradi. 
Go’ngning yillik normasi uning sifatiga va miqdoriga, o’g’itlanadigan ekinning turiga 
bog’liq bo’ladi. Go’ngning samaradorligini oshirishad uni mineral o’g’itlarga qo’shib 
solish alohida ahamiyatga ega.  
 
Ko’pgina  olib  borilgan  tajribalarning  natidjalarining  guvohlik  berishicha, 
go’ngning  mineral  o’g’itlarga  qo’shib  ishlatilganda  olinadigan  qo’shimcha  hosil 
miqdori. Ana shu o’g’itlarni alohida alohida ishlatgandagiga nisbatan 20 % dan 60 % 
gacha ortadi.  
 
Buni  go’ng  mineral  o’g’itlarga  qo’shib  solinganda  o’g’itlar  alohida 
berilgandagiga  nisbatan  o’simliklarning  oziqlanishi  uchun  qulay  sharoitlari  vujudga 
kelishi  bilan  tushuntirish  mumkin..  Yaoni  mineral  o’g’itlar  hisobiga  o’simliklarning 
vegetatsiya davri boshlarida normal oziqlanish taominlanadi. Go’ng esa tuproqda asta 
sekin  parchalanib  o’simliklarning  ozuqa  moddalariga  bo’lgan  ehtiyojini  eng  kerak 
bo’lgan davrda qondiradi.  
5. Go’ngni tuproqqa solish muddati va chuqurligi. 
 
Go’ngxoanalrda va daladagi shtablarda turgan go’ngni yuklagich mexanizmlari 
bilan  go’ng  sochadigkan  mashinalarga  yuklanadi  va  dalaga  bir  tekisda  sochiladi. 
Go’ngning  yillik  normasi  mashinalarni  yonboshidagi  shkalalardan  tegishli  sonni 
tpopib, maxsus richagni o’sha songa to’g’rilash bilan aniqlanadi. 
 
T  yuzasiga  sepilgan  go’ng  tezlik  bilan  haydalishi  lozim.  Aks  holda  tuproq 
yuzasida qoldirilgan go’ngdagi ammiakli azot yo’qoladi va go’ngning samaradorligi 
pasayadi. 
 
Tuproq-iqlim  sharoitlariiga  qarab  go’ng  tuproqqa  10-14  sm  dan  20-25  sm 
gacha chuqurlikka solinadi. Lekin namlik yetarli bo’lmagan qurg’oqchil mintaqalarda 
va  namlikni  sug’orish  yo’li  bilan  saqlaydigan  joylarda  go’ngli  tuproqni  sernam 
chuqurroq qatlamlariga solinadi. 
 
Almashlab  ekish  tixzimida  go’ngni  birinchi  navbatda  sabzavot  va  dala 
ekinlariga shuningdek, kuzgi don ekinlariga solinishi lozim. CHunki ular qo’shimcha 
oziqlantirishga  talabchan  bo’ladi  va  boshqa  ekinlarga  nisbatan  ko’p  miqdorda 
qo’shimcha hosil beradi.  
 
Go’ngni  mineral  o’g’itlar    bilan  birga  ishlatishda  ularni  bitta  maydonga  bir 
yo’la  solish  mumkin.  Lekin  ular  turli  muddatlarda  solinishi  mumkin.  Masalan, 
go’ngning  yillik  normasini  hammasi  kuzgi  haydov  ostiga  solinadi.  Huddi  shu  kuzgi 


haydov  ostiga  yana  fosforli  va  kaliyli  o’g’itlarning  yillik  normasini  ko’p  qismi  ham 
solinadi. 
 
Fosforli  va  kaliyli  o’g’itlarning  hamda  azotli  o’g’itlar  o’simliklarning  keyingi 
rivojlanishi    bosqichlarida  tuproqqa  solinadi.  Bunday  usul  o’simliklarning  butun 
vegetatsiya  davrida  ozuqa  moddalarga  bo’lgan  talabini  bir  tekisda  taominlash 
imkoniyatini yaratadi. 
 
6. Sapropel’ nima? 
 
Sapropel’ bu suv xvzalarini o’t bosishi natijasida vujudga  kelgan ko’l va torf 
yotqiziqlaridir.  Sapropel’  tuproq  aralashmasidan  iborat  massa  organik  moddalarga  
boy  bo’lib,  minrallanish  darajasi  va  minerald  qismining  tarkibi  bilan    farqlanadi. 
Sapropel’ni  tepa  qavati  kuchli  namlangan  bo’ladi.  Huddi  shu  joyda  kimyoviy  , 
biologik jarayonlar natijasida o’lgan planktonlardan sapropel’ paydo bo’lishi kechadi. 
Sapropel’ning qatlami qfalinlashgan sari undagi biologik jarayonlar so’nadi va uning 
kuchli zichlanishi ro’y beradi. 
 
Suv  xavzalarida  sapropel’  jinslarni  ko’plab  to’planishi  natijasida  u  tezda 
qariydi,  yaoni  evtrofiyaga  uchraydi.  SHuning  shuning  uchun  sapropel’  qazib 
chiqarish o’z oldiga ikki maqsad qo’yali.  
 
1) tuproq unumdorligini oshirish uchun organik o’g’ olish. 
 
2) suv xavzalarining ekologik holatini yaxshilash. 
 
Ko’llilik  darajasi  past  bo’lgan  sapropel’  eng  qimmatli  hisoblanadi.  Ko’llilik 
darajasiga qarab sapropel’ quyidagilarga bo’linadi.  
 
1. Ko’li kam, o’rtacha ko’mlik yuqori ko’lli, o’ta yuqori ko’lli 85 % dan ortiq 
ko’llilikka ega bo’lgan sapropelli jinslar il deyiladi.  
 
Sapropel’  ning  hajmiy  massasi  1,02-1,08  t/m3.  Sapropel’  muzdan  tushgandan 
keyin tezda quriydi va bo’sh hoga o’tadi.  
 
Sapropel’ning ranggi turli tuman bo’lib, uning tarkibidagi organik va anorganik 
moddalarning miqdoriga bog’liqdir.  
 
Sapropel’da  o’simliklarga  qiyin  o’zlashadigan  azotli  birikmalar  bor.  Fosfor 
miqdori kam, kaliyniki esa juda kam.  
 
Sapropel’  tarkibiga  quyidagi  mikroelementlar  kiradi:  marganets  -  200-1000 
mg, rux - 10-400 mg, bor - 10-2000, mis - 2-60 mg, molibden - 2-20 mg, va kobalt 2-
15 mg. 
 
Sapropel’ni  g’allali  ekinlarga  har  gektariga  30-40  t  chopi  qumlar  talab 
ekinlarga esa, 50-100 t solinadi.  
 
Tayanch iboralar  
 
Organik o’g’itlar, mineral o’g’itlar, mahalliy o’g’itlar, fermentlar, antibiotiklar, 
go’ng, to’shalma go’ng, chala chirigan go’ng go’nning yillik normasi, sapropel’. 
 
Nazorat savollari  
 
1. Organik o’g’itlar debbnimga aytiladi va uning qanday turlari maqjud? 
 
2 Organik o’g’itlarning ahamiyati haqida gapiring. 
 
3. Go’ng nima va uning turlari haqida gapiring. 
 
4. To’shalmali go’ng va uning tarkibi. 
 
5. To’shalmasi go’ng va uning tarkibi.  
 
6. Go’ng tuproqning qanday xususiyatlariga taosir qiladi? 
 
7. Go’ngning o’simliklarga ko’rsatadigan taosirini gapiring. 


 
8. Sapropel’ nima? 
 
9. Sapropel’ ko’llilik darajasiga qarab necha hilga bo’linadi? 
 
10. Sapropel’ tarkibidagi asosiy oziq moddalarning miqdorini gapiring. 
 
11. Go’ng tuproq qaysi muddatlarda va chuqurliklarga solinadi? 
 
12. Sapropel’ qanday normada solinadi? 
 
 
Adabiyotlar 
 
1. 
 
Agroximiya.  Pod.  red  .  V.M.Klechkovskogo  i  prof.  A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 
2. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
4. 
 
Skryabin F.A. navos v sisteme doriyaniya xlopchatnika. T., 1971. 
5. 
 
Vasilev  V.A.  flipiva  N.V.  spravochnik  po  organicheskim  udrobreniyam.
 
Rosagrogromizdat’, M.: 1988.  
6. 
 
Roziqov Q. M., Hamraev K. Paxtachalikda organik o’g’itlar. T. 1977. 
 
 
 
 
 
 
MA’RUZA 17: ORGANIK O’G’ITLAR JAMG’ARISH VA SAQLASH TURLARI. 
KOMPOST TAYYORLASH USULARI VA ULARNI FOSFOR HAMDA KALIY 
BILAN BOYITISH. 
 
REJA: 
 
 
1. Organik o’g’itlar jamg’arish va saqlash usullari. 
 
2. Fosforit uni qo’shib kompost tayyorlashning samaradorligi  
 
3. Go’ngning chirish darajasiga ko’ra turlari 
 
4. Kompost tayyorlash uslublari, ularni fosfor va kaliy bilan boyitish. 
 
5. Tayanch iboralar  
 
6. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
 
7. Foydalanilgan adabiyotlar. 
 
1. Organik o’g’itlar jamg’arish va saqlash usullari. 
 
 
 
Go’ngning miqdori va uning sifati ko’p jihatdan go’ng saqlash usuliga bog’liq 
bo’ladi. Go’ngni saqlash davrida mikroorganizmlar taosirida go’ng tarkibida azot va 
azotli organik moddalar parchalanadi. 
 
Mochevina  va  boshqa  azotli  organik  birikmalar  chorva  mollarining  suyuq 
ajratmasi  tarkibida  bo’lib,  u  gaz  holatidagi  ammiakka  aylanadi,  go’ngdan 
yo’qoladigan  azoting  asosiy  manbai  hisoblanadi.  Mochevina  urobakteriyalar 


tomonidan ajratiladigan urlaza fermentlari taosirida ammoniy karbonatga aylanadi, u 
esa ammiakka, karbonat angidrid gazi va suvga oson parchalanadi. 
 
Hayvonlarnin  qattiq  ajratmasi  tarkibidagi  azotli  birikmalar  va  to’shamasi 
asosan oqsilli moddalardan iborat bo’ladi, odatda u ammiak jaratishi bilan bir vaqtda 
juda ham sekin parchalanadi. 
 
Go’ngning  azotsiz  organik  moddalari,  asosan,  kletchatka  va  oson 
parchalanadigan 
boshqa 
organik 
birikmalardan 
iborat 
bo’ladi. 
Go’ng 
qanchaliksersomon bo’lsa, uning tarkibida azotsiz organik moddalar shunchalik ko’p 
bo’ladi.  Agar  unga  havo  kirib  qolsa,  go’ng  karbonat  angidrid  gazi  va  suvgacha 
parchalanib,  bunda harorat ham  50-70  S gacha ko’tariladi.  Anaerob  sharoitlarda  esa 
kletchatka parchalanib, karbonat angidrid gazi va metah hosil bo’ladi.  
 
Go’ngning tarkibida oson parchalanadigan organik moddalar ko’p bo’lsa, havo 
yaxshi  kirib  turadigan  sharoitda  ularning  parchalanishiintensiv  ravishda  boradi. 
Go’ngni  saqlash  sharoitiga  qarab  organik  moddalarning  parchalanishi  turli  xil 
tezlikda  kechadi  va  turli  xil  sifatga  ega  bo’lgan  go’ng  hosil  bo’ladi.  Go’ng 
saqlashning ken foydalaniladigan usullariga qo’yidagilar kiradi: 
 
1. Hayvonlar ostida saqlash  
 
2. Zichlangan usulda saqlash 
 
3. Bo’sh zichlangan usulda saqlash 
 
4. Bo’sh usulda saqlash. 
 
1. Hayvonlar ostida saqlash. 
 
 
Bu usul chorva hayvonlari bo’sh yuradigan joylarda keng qo’llaniladi. CHorva 
fermerlari  hovlilaida  va  hayvonlar  sayr  qiladigan  maydonlarida  hayvonlar  ostiga 
solinadigan to’shama uzoq vaqt uchun birdainga ko’p va qalin qilib solinadi va keyin 
ustiga  oz-ozdan  qo’shib  boriladi.  Ularning  ostida  to’plangan  go’ng  esa  har  kuni 
olinmaydi,  bir  necha  haftadan  so’ng  yoki  bir  necha  oydan  so’ng  to’planib  olinadi. 
CHorva hayvonlari bo’y yuradigan fermalarda torfdan pol qilinadi. 
 
Buning  uchun  hayvonlar  yuradigan  paydonlar  30-50  sm  chuqurlikd  qilib 
tekislanadi va torf to’ldriladi. Uning ustidan yaxshilab shibbalanadi. 
 
Mana  shunday  torfdan  qilingan  pol  ustida  chorva  mollari  bir  necha  oy  yuradi 
va  ulardan  ajralib  chiqqan  suyuq  ajratmalaring  hammasini  torf  shimib  oladiyu  hosil 
bo’lgan torfli go’ng maolum  muddatlardan keyin yig’ishtirilib olinadi va to’g’ridan-
to’g’ri  dalaga  olib  borilib,  haydov  ostiga  solish  mumkin  yoki  shtabelga  to’planadi. 
Bunday usul shimoliy mintaqalarda qo’llaniladi. 
 
Bunday sharoitda torfli to’shama bir oyda bir marta 3-4 marta almashtiriladi. 
 
CHorvachilik 
fermalaridan  tashqari, 
chorva 
mollari 
sayr 
qiladigan 
maydonlarda  ham,  dala  sharoitidagi  chorva  hayovnlari  bo’sh  haydalib  saqlanadigan 
joylarda  ham  go’ngni  to’plash  va  jamg’arish  mumkin.  Bunday  joylarda  torfni  yoki 
maydalangan  somonni  40-50  sm  qalinlikda  to’shaladi.  CHorva  hayvonlari  bunday 
to’shama  ustida  yuradi  va  uni  yaxshilab  ezadi  hamda  to’shamani  bir  tekisda 
o’zlaridan chiqadigan suyuq ajratmalar bilan namlaydi va bosib zichlaydi. 
 
Go’ngni anaerob sharoitda chirishi, parchalanishi uchun sharoit yaratadi. 
 
Go’ngni  chorva  hayvonlari  ostida  saqlaganda,  jamg’arilgan  go’ng  ancha 
arzonga  tushadi,  chunki  uni  har  kuni  tozalanmaydi,  aqlash  va  jamg’arish  uchun 


maxsus  go’ngxonalar  kerak  emas,  to’shamaning  ko’pligi  uchun  suyuq  ajratmalar 
hammasi to’lasiga to’shamada qoladi, ammiakli azot yo’qolmaydi. 
 
2. Zichlangan usulda saqlash. 
 
Go’ngni  bunday  usulda  saqlash  uchun  uni  go’ngxoanalarga  joylanadi  yoki 
dalada  bo’lsa,  shtabellarga  qavat-qavat  qilib,  har  bir  qavatdan  so’ng  yaxshilab 
bosiladi, zichlanadi. 
 
Birinch qavatning kengligi 3-4 m, balandligi 1 m bo’ladi va uzunligi sharoitga 
qarab belgilanadi. 
 
SHtabelning 
balandligi 
2-2,5 

bo’lgunga 
qadar 
qavatlab 
zichlanadi.shtabelning  usti  qirqilgan  somon  yoki  torf  yoki  tuproq  bilan  15-20  sm 
qalinlikda yopiladi. 
 
Go’ng zichlangan usulda saqlanganda qirish jarayoni anaerob sharoitda boradi 
va  unda  doimiy  namlik  saqlanib  turadi.  Qishda  shunday  usulda  saqlanganda 
shtabeldagi harorat 20-25 S, yozd esa 30-35 S bo’ladi. 
 
SHuning  uchun  go’ngni  bunday  usulda  saqlanishi  “sovuq  usulda  saqlash” 
deyiladi.  Zichlangan  usulda  saqlanganda  go’ngning  hamma  teshiklari  karbonat 
angidrid gazi va suv bug’lari bilan to’la bo’ladi. Bu esa ammoniy karbonatni ammiak, 
karbonat  angidrid gazi va suvgacha parchalanishiga  yo’l  qo’ymaydi.  Bunday  usulda 
saqlanganda organik moddalarning va azotning yo’qolishi boshqa usullarga nisbatan 
ancha  kam  bo’ladi.  Zichlangan  usulda  go’ngni  saqlanganda  yarim  chirigan  go’ng 
olinadi  va  3-4  oyda  tayyor  bo’ladi.  Yaxshi  chirigan  go’ng  olish  uchun  esa 
jamg’arilgan go’ng 7-8 oy turishi kerak. 
 
 
 
3. Bo’sh zichlangan usulda saqlash. 
 
Bu  usulda  go’ng  quyidagicha  saqlanadi:  yangi  usulda  go’ng  oldin  1  m 
qalinlikda  bo’sh  holda  joylanadi,  zichlanmaydi,  qachonki,  ushbu  qavatda  go’ngning 
harorati  60-70  S  bo’lganda,  kuchli  darajada  zichlanadi.  Bu  zichlangan  qavatning 
ustiga yana 1 m qalinlikda bo’sh, zichlanmagan go’ng joylanadi, uning ham harorati 
60-70 S darajaga yetganda, bu qavat ham kuchli zichlanadi. 
 
Go’ngni  yaxshlab  zichlangandan  so’ng  harorat  30-35  S  darajaga  tushadi  va 
go’ng kyinchalik anaerob sharoitda parchalanadi. 
 
Bunday  usulda  saqlanganda  go’ng  tezda  parchalanadi.  Yarim  chirigan  go’ng 
1,5-2 oyda  tayyor  bo’ladi.  Bu usul  nisbatan qisqa  muddatda  ko’proq  chirigan  go’ng 
olish  uchun  yoki  veterinar    vrach  go’ngdan    oshqozon  -ichak  kasalliklarining 
qo’zg’aluvchilarini  topganda,  saqlanayotgan  go’ngning  tarkibida  ko’p  miqdorda 
poxol to’shama bo’lganda qo’llaniladi. 
 
 
4. Bo’sh usulda saqlash.  
 
Go’ng  bunday  usulda  saqlanganda,  shtabelga  to’plangan  go’ng  bosilmasdan, 
zichlanmasdan shunday bo’sh holda qoldiriladi. 
 
SHuning  uchun  go’ng  to’plangan  shtabel  aerob  sharoit  yuzaga  keladi,  ko’p 
miqdorda  organik  moddalar  va  azot  yo’qoladi  hamda  go’ngdagi  suyuqliklar  ajralib 
chiqadi. Bunday holat go’ng tartibsiz saqlanganda ro’y beradi. 
 
Yuqorida  aytib  o’tilgan  go’ng  saqlash  va  jamg’arish  usullari  aniq  sharoitdan 
kelib chiqib, har xil usulda saqlanigi mumkin. 


 
Go’ngni  chorvachilik  fermalari  yaqinida  joylashgan  go’ngxonalarda  yoki 
o’g’itlanishi lozim bo’lgan dalaning o’zida ham saqlash mumkin.  
 
 
5. Go’ngni go’ngxonalarda saqlash. 
 
Xo’jaliklarda  mavjud  go’ng  saqlaydigan  va  jamg’ariladigan  joyda  talab 
darajasidagi  sifatli  va  har  xil  kompostlar  tayyorlash  imkoniyatini  beradigan  go’ngni 
jamg’arish mumkin. 
 
Go’ngxonalar 2 xil tipda bo’ldi: 
 
1. Kotlovan tipidagi go’ng saqlaydigan joylar. 
 
2. Yer ustida go’ng saqlaydigan joy. 
 
Qurg’oqchilik  sharoitga  ega  bo’lgan  joylarda,  ochiq  shtabellarda  go’ng 
saqlanganda,  jamg’arilgan  go’ng  tezda  qurib  qoladigan  bo’lsa,  go’ngni  kotlovan 
usulida saqlash mumkin. 
 
Er soti sizot suvlari yaqin joylashgan bo’ls, go’ngni yerning ustida shtabel qilib 
saqlanadi. 
 
Go’ngni  kotlovan  tipidagi  go’ngxonalarda  saqlanganda,  anaerob  sharoiti 
yaratish  ancha  oson  bo’ldi,  go’ngning  tarkibidagi  azot  va  organik  moddalar  kam 
yo’qoladi. 
 
Har qanday go’ng saqlanadigan joy quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
 
1)  jamg’arilgan  go’ng  tarkibidagi  chuyuq  go’ngning  yo’qotmaslik  uchun 
go’ngxonalarning osti asfat’tlangan yoki betonlargan bo’lishi kerak.   
 
2) go’ngxonalarning bir tomonida suyuq go’ng yig’iladigan joyi bo’lishi kerak. 
 
3)  Go’ngxonalarning  asfal’tlangan  yoki  betonlangan  ostiki  qismi  suyuq 
go’ngni to’planadigan joyga qiya qilinishi kerak. 
 
4)  go’ngxonaning  uzunasiga  ketgan  ikki  tomonini  tashqarisidan  yomg’ir  va 
boshqa suvlar oqib ketadigan ariqchalar bo’lishi kerak. 
 
5.  Go’ngxonalardagi  jamg’arilgan  go’ngni  olib  ketish  uchun  transport 
vositalariga qulay sharoit bo’lishi kerak. 
 
6)  go’ngxonalarni  quruq  va  baland  joyga  qilish  kerak.  CHorvachilik 
fermalaridan 50 m, aholi yashaydigan punktdan 200 m uzoqlikda bo’lishi kerak. 
 
Go’ngxonalarni  botqoqliklarda,  suv  toshib  chiqib  ketadigan  joylarda,  daryo, 
ko’l, buloqlarning yaqinida qurish mumkin emas. 
 
Go’ngxonalar  quriladigan  joy  chorvachilik  fermasining  veterinar  vrachi  va 
sanitariya eidemiologiya tantsiyasining vakili bilan birgalikda tanlanadi. 
 
6. Go’ngni dalada ugomlarda saqlash. 
 
Xo’jaliklarda  transport  juda  badnligini  hisobga  olib,  tayyorlangan  va 
to’plangan go’nglarni qishda dalaga tashib, ugom holida saqlash mumkin. 
 
Buning  uchun  dalaning  balandroq  suv  bosmaydigan  qismi  tanlanadi,  qori 
tozalanadi va qirqilgan somon yoki torf bir qavat qilib solinadi. 
 
Go’ngni  iloji  boricha  katta  uyumlarga  yig’iladi  va  uni  muzlab  qolishidan  va 
azoltni yo’qolmasligini oldini olish uchun yaxshilab zichlanadi. 
 
Uyumning kengligi 3-4 m va balandligi 2-2,5 m bo’ladi.  
 
Go’ngni muzlab qolishini oldini olish uchun har bir uyumlarni 1-2 kun ichida 
tayyorlab, ustini 20-25 sm qalinlikdagitorf yoki qirqilgan somon bilan yopish kerak. 


 
Yangi  yoki  yarimchirigan  go’nglarniYu,  dala  sharoitida,  kichik  kichik 
uyumlarda  saqlash  mumkin  emas.  Ular  qishda  muzlaydi,  bahor  va  yozda  esa  qurib 
qoladi va ko’p miqdordagi ammiakli azot yo’qotiladi. 
 
Uyumlarning  ustiga  9-9,5  g/*m2  normadagi  simazin  sepilsa,  yovvoyi  o’tlar 
ko’karmaydi. 
 
 
7.  Go’ngni  saqlash  vaqtida  uning  tarkibidagi  ozuqa  moddalarning 
yo’qolishini oldini olish. 
 
Go’ngni  saqlash  va  jamg’arish  vaqtida  yuzaga  kelgan  noqulay  sharoitlar 
taosirida uning tarkibidagi ozuqa moddalari yo’qolib, o’g’itlilik xususiyati pasayadi. 
 
Go’ngning  chirish  jarayonida  birinchi  navbatda  azot  ammiak  ko’rinishida 
yo’qoladi.    Hayvonlarning  suyuq  ajratmalarini  va  uyumdan  sizib  chiqadigan  suyuq 
go’ngni  atrofga  oqib  ketishi  yoki  uyum  turgan  joyda  tuproqqa  singib  ketishi 
natijasida uning tarkibidagi kaliy yo’qoladi. 
 
Bunday yo’qolishlarning oldini olish uchun ko’proq miqdorda to’shama solish, 
to’shama  sifatida  torf  va  qirqilgan  poxol  bo’lakchalaridan  foydalanish  va  go’ngni 
zichlangan usulda saqlash kerak. CHorvachilik fermalarida va go’ngxonalarda suyuq 
go’nglarni to’playdigan xovuzlar qurish loxim. 
2. Fosforit uni qo’shib kompost tayyorlashning samaradorligi. 
 
 
 
Serpoxol  go’nglarda  fosfor  yetishmasligi  fosfor  natijasida  mikroorganizmlar 
yaxshi rivojlana olmaydilar. 
 
Go’ngga  fosforit  unining  qo’shilishi  natijasida  go’ngda  fosfor  miqdori 
ko’payadi, mikrobiologik jarayonlar kuchayadi, gumifikatsiya jarayoni tezlashadi va 
go’ngni saqlash davrida  ammiakli  azotning  mikroorganizmlar  tomnidan singdirilishi 
keskin kuchayadi. 
 
Bularning hammasi go’ngni saqlashda azotning yo’qolishini kamaytirishga olib 
keladi. 
 
Go’ngni fosforli o’g’itlar bilan kompost qilishning undagi organik moddalar va 
azotning yo’qolishini kamaytirishga taosiri (Mamchenkov) 
kompost qilish usullari   4  oy  saqlangan  go’ngdan 
oldingi  holatiga  nisbatan 
yo’qolishi, % 
 
organik 
moddalar  
azot 
go’ngning  o’zi  fosforli 
o’g’it qo’shilmasi 
58,1 
19,6 


fosforit 
uni 
qo’shib 
kompost 
qilingan 
42,6 
5,4 


superfosfat 
qo’shib 
kompost 
qilingan 
41,4 
3,3 
 


 
Go’ngni fosforit uni qo’shib kompost tayyorlash go’ngning sifatini oshiribgina 
qolmasdan,  balki  arzon,  lekin  qiyin  eriydigan  o’simlikga  yomon  o’zlashadigan 
fosforli o’g’it - fosforit uninig samaradorligini xam oshiradi. 
 
Go’ngning  parchalanishi,  chirishi  natijasida  hosil  bo’lgan  ko’mir  va  organik 
kislotalar  taosirida  fosforit  unining  tarkibidagi  fosfor  o’simliklarga  oson 
o’zlashadigan shaklga o’tadi.  
 
Fosforit  uni  tarkibidagi  fosforning  bir  qismi  kompost  qilinganda 
mikroorganizmlar tomonidan singdiriladi va vaqtincha bakteriya plazmasida organik 
shaklga o’tadi. 
 
Bu fosfor mikroorganizmlarning tanasi minerallashgandan so’ng o’simliklarga 
o’zlashadigan bo’ladi. 
 
Go’ngni  fosforit  uni  qo’shib  kompost  qilinganda  1  t  go’ngga  10-40  kg, 
ko’pincha esa 20-30 kg fosforit uni qo’shiladi.  
 
Kompost  qilinganda  go’ngga  qo’shilgan    superfosfatning  miqdorini  oshirib 
berilishi undagi azoting yo’qolishini keskin kamaytiradi. 
Superfosfatning dozasi 
go’ng tarkibidagi azotning 
boshlang’ich  miqdorini  4 
oydan  keyingi  kamayishi, 

superfosfat 
qo’shilmagan 
46,4 


superfosfat 
qo’shilgan 
31,5 


superfosfat 
qo’shilgan 
23,5 


superfosfat 
qo’shilgan 
11,3 


superfosfat 
qo’shilgan 
3,1 
 
 
Fosforit  unining  go’ngga  tayyorlashdan  Toshkent  tuproqqa  solgungacha 
bo’lgan  davrda  qochon  solinsa  ham  bo’laveradi.  Lekin  ikkala  o’g’itning  bir  biriga 
aralashuvi  va  ular  o’rtasildagi  o’zaro  taosirlashuv  qanchalik  ko’p  bo’lsa,  shuncha 
yaxshi kompost tayyorlanadi. 
 
SHuning uchun fosforit unini, chiqaradigan go’ngning miqdorini bilgan holda, 
o’sha chorvachilik fermasidagi hayvonlar yuradigan joyga sepsa ham bo’laveradi. 
 
Go’ng  -  fosforit  unidan  tayyorlangan  kompostlarni  kuzgi  va  bahorgi  haydov 
ostiga solinadi. 
 
Agarda  ularga  azotli  o’g’itlar  qo’shilsa,  ularning  samaradorligi  juda  ham 
yuqori bo’ladi. 
 
 
 
3. Go’ngning chirish darajasiga ko’ra turlari. 
 
 Go’ng chirish darajasiga qarab bir necha turga bo’linadi. 
 
1. Yangi go’ng  


 
2. Yarim chirigan go’ng 
 
3. CHirigan go’ng 
 
4. CHirindi modda. 
 
1) yangi yoki kuchsiz darajada chirigan go’ng deb shunday go’ngga aytiladiki, 
unda  to’shama  sifatida  ishlatilgan  poxol  o’zining  sariq  rangini  va  qattiqligini 
yo’qotmagan bo’ladi. 
 
2)  yarim  chirigan  go’ngda  to’shama  poxol  o’zining  qattiqligini  yo’qotadi  va 
rangi to’q jigarrang tusga kiradi 
 
Bunda go’ngning massasi oldingi holatiga nisbatan 20-30 % ga kamayadi. 
 
3)  chirigan  go’ng  -  qora  rangli  bo’lib,  uning  tarkibidagi  poxol  bo’lakchalari 
bo’linmaydi. 
 
Bunda go’ngning massasi oldingi holatiga nisbatan 50 % ga kamayadi. 
 
4) chirindi - bir xil tarkibga ega bo’lgan, organik moddalarga boy, qora rangli 
tuproqsimon massa. 
 
Bunda go’ngning massasi oldingi holatiga nisbatan 75 % ga kamayadi. 
 
Go’ngni  oxirgi  chirindi  holatiga  kelgunga  qadar  bo’lgan  stadiyalarni 
o’tashgacha  olib  kelmaslik  kerak,  chunki  bu  jarayonda  juda  ko’p  organik  moddalar 
va azot yo’qoladi. 
 
Tuproq-iqlim  sharoitiga ko’ra, ko’proq yarim chirigan yoki chirigan holatdagi 
go’ng ko’proq ishlatiladi. 
 
Janubiy-sharqiy  quruq  iqlimli  sug’orilmaydigan  sharoitga  ega  bo’lgan 
mintaqalarda chirigan go’ngdan ko’proq foydalaniladi. 
 
Sug’orib  dehqonchilik  qilinadigan,  go’ngni  oldindan  kuzgi  haydoq  ostiga 
tashlanadigan  va  vegetatsiya  davri  ekinlar  yetishtiriladigan  mintaqalarda  yangi 
go’ngdan  foydalansa  ham  bo’laveradi,  lekin  ko’pincha  yarim  chirigan  go’ngdan 
foydalanish yuqori masara beradi. 
4. Kompost tayyorlash uslublari, ularni fosfor va kaliy qo’shib boyitish. 
 
Kompost  tayyorlash  -  mahalliy,  organik  o’g’itlarni  va  o’g’itlarning  masani 
oshirishning muhim usulidir.  
 
Kompost  qilish  bir  organik    o’g’it  parchalanganda  uning  tarkibidagi  ozuqa 
elementlarini  yo’qolishini  kamaytirish  uchun  va  boshqasini  tarkibidagi  ozuqa 
elementlarini o’simliklarga o’zlashishini kuchaytirish uchun zarurdir.  
 
Kompost  mikroorganizmlarning  parchalanishiga  chidamliligi  jihatidan  2  xil 
komponentdan  iborat  bo’ladi.  Bulardan  biri,  masalan,  torf,  poxol,  chimli  yer  va 
boshqalar,  bular  namni  va  ammiakni  o’zlariga  yaxshi  singdiradi,  va  kompost 
qilinmasa, qiyin parchalanadi.  
 
Ikkinchi  komponent  esa  mikroorganizmlarga  boy,  tarkibida  yetarli  miqdorda 
yengil parchalanadigan azotli organik birikmalari bor jimslardir.  
 
Bunday  kompost  tayyorlashda,  birinchi  komponent  ikkinchisiga  nisbatan 
ko’proq olinadi. 
 
Bunday kompost tayyorlash biologik kompost tayyorlash deyiladi. 
 
Bu  arzon  va  inert  materiallardan,  o’zlarining  o’g’itlilik  sifati  past  bo’lgan 
organik  moddalardan  ko’plab  miqdorda  yuqori  sifatli  organik  o’g’itlar  tayyorlash 
imkoniyatini beradi. 


 
Bunday  kompostlarga:  torf-go’ngli,  torf-najasli,torf-suyuq  go’ngli,  poxol  va 
boshqa  qiyin  parchalanadigan  organik  materiallarning  najas  va  suyuq  go’ng  bilan 
qilingan kompostlari kiradi. 
 
Bunday  organik  kompostlar  tarkibiga  mikroorganizmlarni  bakteriyal 
preparatlar ko’rinishad ham qo’shish mumkin. 
 
Go’ngni  kompost  qilishdan  asosiy  maqsad  -  uning  miqdorini  ko’paytirish  va 
tarkibidagi azot hamda go’ng suyuqligini saqlab qolishir. 
 
Torfni go’ng, suyuq go’ng va najas bilan kompost qilinadi. 
 
Kompost qilishning 2 xil usuli mavjud:h 
 
1. Qatlam-qatlam qilib kompost tayyorlash. 
 
Bunday  kompost  tayyorlashda  shtabelning  yoki  uyumning  kengligi  -  enining 
kengligi  3-4  m  bo’ladi  va  go’nghamda  rof  yoki  boshqa  mahalliy  materiallar 
navbatma-navbat qavat -qavat qilib, balandligi 2,0-2,5 m bo’lgunga qadar joylanadi. 
Go’ng  tarkibidagi  suyuqliklar  yerga  singib  ketmasligi  uchun  shtabelning  eng  ostiga 
50 sm qalinlikda torf yoki boshqa shunga o’xshash materiallar tashlanadi. 
 
2. Go’ngni markazga olib kompost tayyorlash. 
 
Bunda  avval  torfdan  50-60  sm  qalinlikda  shtabel    qilinadi  va  uning  o’rtasiga 
enining fqalinligi  1-1,5 m, qalinligi 70-80 sm qilib, go’ng qavati hosil qilinadi. Keyin 
go’ngning  atrofi  va  usti  50-70  sm  torf  bilan  yopiladi.  Bunday  kompost  tayyorlash 
ko’proq sovuq iqlimli mintaqalarda qo’llaniladi. 
 
3. Dalada buldozer bilan torf-gli kompost uyumini tayyorlash. 
 
Buning  uchun  avval  o’g’itlanayotgan  dala  boshiga  avtosamosval  yoki  traktor 
pritseplarida  torf  olib  chiqiladi  va  ular  oralig’i  5  m  dan  qilib  to’kiladi  va  ularning 
oraig’iga  go’ng  tashlanadi.  Ana  shunday  3  ta  qator  qilinadi.  Keyin  ikki  chekkadagi 
qatorlarni  o’rtadagi  qatorga  to’planadi.  So’ngra  hosil  bo’lgan  bir  qatorni  qarama-
qarshi  tomonlaridan  surib,  uyum  hosil  qilinadi.  Bunda  torf  va  go’ng  juda  yaxshi 
aralashadi va ular uyumga yaxshilab joylanadi. 
 
Bunday  usulda  tayyorlangan  kompostlar  bosilmaydi,  zichlanmaydi.  Bu  esa 
ularning  tarkibidagi  organik  moddalarni  parchalanishini  tezlatadi,  go’ng  tarkibidagi 
ammiakli  azotni  to’lig’icha  torf  singdirib  olganligi  uchun  u  to’lig’icha  kompost 
qoladi.  
 
Tajribalarning  ko’rsatishicha,  kompostlarga  kaliyli  o’g’itlarning  qo’shilishi 
torfdagi azotli birikmalarning xarakatchanligini oshiradi. 
 
 
 
Tayanch iboralar  
 
 
Go’ngni  saqlash  usuli,  gaz  holidagi  ammiak,  go’ngning  azotsiz    organik 
birikmalari,  go’ngni  hayvonlar  ostida  saqlash,  zichlashgan  usulda  saqlash,  bo’sh 
zichlashgan  usul,  anaerob  sharoit,  shtabel,  sovuq  usul,  yarim  chirigan,  go’ngning 
muzlab  qolishi,  kotlovin,  chirigan  go’ng,  yangi  go’ng,  komponental,  biologik 
kompost, kompost turlari, kompost qilish usullari. 
 
Nazorat savollari 
 
 
1. Go’ngni saqlash davrida qanday jarayonlar sodir bo’ladi? 


 
2. Go’ngni hayvonlar ostida saqlash va uning ahamiyatini gapiring. 
 
3. Go’ngni zichlangan usulda saqlashni va uning ahamiyatini gapiring. 
 
4. Go’ngni bo’sh zichlangan usulda saqlashni va uning ahamiyatini gapiring. 
 
5. Go’ngni bo’sh usulda saqlashni va uning ahamiyatini gapiring. 
 
6. Sovuq usulda saqlash deganda nimani tushunasiz? 
 
7. Kotlovan tipidagi go’ngxonalardan qanday sharoitda foydalaniladi? 
 
8. Go’ngxonalarni qanday joylarda qurish mumkin emas? 
 
9. Go’ngxonalar quriladigan joylar kimlar tomonidan tanlanadi 
 
10.  Go’ng  tarkibidagi  ozuqa  moddalarning  yo’qolishini  oldini  olish  uchun 
qo’llaniladigan tadbirlarni ayting. 
 
11. Go’ngga fosforit uni qo’shib kompost tayyorlashning ahamiyatini gapiring. 
 
12. Bioloik kompost tayyorlash deb qanday usulga aytiladi? 
 
13.  Go’ngxonalar  chorvachilik  fermalari  va  aholi  punktlaridan  necha  metr 
uzoqlikda bo’lishi kerak? 
 
14. Go’ngni kompost qilishdan asosiy maqsad nima? 
 
15. Kompost qilish usullarini gapiring. 
 
Adabiyotlar 
 
1. 
 
Agroximiya.  Pod.  red  .  V.M.Klechkovskogo  i  prof.  A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 
2. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
4. 
 
Spravochnik po udobreniyam. M., Kolos. 1964.  
 
 
 
 
 
 
 
MA’RUZA 18: TORF, UNING TURLARI VA XUSUSIYATLARI. TORFNING 
KIMYOIY TARKIBI VA UNING QISHLOQ XO’JALIGIDA FOYDALANISHI. 
 
REJA: 
 
 
1. Torfning paydo bo’lishi va turlari. 
 
2. Torfning xususiyatlari 
 
3. Torfning kimyoiy tarkibi  
 
4. Torfning qishloq xo’jaligida foydalanishi 
 
5. Quritilgan torfzor torfidan o’g’itlar sifatida foydalanish 
 
6. Torfli kompostlar 
 
7. Tayanch iboralar  
 
8. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
 
9. Foydalanilgan adabiyotlar  


 
 
1. Torfning paydo bo’lishi va turlari. 
 
 
Torf  katta  miqdordagi  botqoqlik  o’simliklarni  ortiqcha  namlik  va  havo 
yetishmasligi sharoitida halok bo’lishi hamda chala chirishi natijasida hosil bo’ladi.  
 
Har  qanday  torf  kam  chirigan  o’simlik  qoldiqlaridan,  chirindi  va  mineral 
aralashmalardan iborat bo’ladi. Torfning turlari va tiplari sifati bo’yicha turli xildir. 
 
SHuning  uchun  uning  o’g’it  sifatida  foydalanish  bir  xil  emas.  Torfni  o’g’it 
sifatidatoza  holda  ishlati  bo’lmaydi,  uni  boshqa  komponentlar  bilan  birga 
foydalaniladi.  
 
Torfning 90 % dan ortig’i Rossiyaning noqora tuproq mintaqasida joylashgan. 
Torfli  maydonlar  80  mln  ga  ni  tashkil  etadi.  Torf  zahirasi  quruq  holitai 
hisoblanganda,  160  mlrd  t  ni  tashkil  etadi,  bu  dunyodagi  torf  zaxirasining  66  %  ni 
tashkil etadi.  
 
Torfning turlari uning paydo bo’lish sharoitlari, rel’ef elementlari bo’ylab torfli 
botqoqlarning  joylashishiga  bog’liqdir.  Torfning  turi  uning  tarkibiga  kiruvchi 
qoldiqlarga qarab belgilanadi.  
 
Torfli botqoqliklarning paydo bo’lishi sharoitiga qarab 3 turga bo’linadi. 
 
1. Balandlikda hosil bo’lgan torf. 
 
2. Pastlikda hosil bo’lgan torf.   
 
3. O’tish holatidagi torf. 
 
Balandlikda hosil bo’lgan torf relefning balandlik qismidan sfagnum  moxidan 
va  boshqa  o’simliklardan  paydo  bo’ladi.  Bu  o’simliklar  ozuqa  va  namlikka  kam 
talabchan bo’ladi. 
 
Pastlikda  hosil  bo’lgan  torf  relefning  pastki  qismida  sizot  suvlari  taosirida 
paydo bo’ladi. 
 
Bu  torfning  paydo  bo’lishida  har  xil  moxlar,  qamishlar,  olxa,  qayinlar,  yel’, 
sasna,  tol  va  boshqa  namsevar  hamda  ozuqaga  talabchan  o’simliklar  muhim  rol 
o’ynaydi.  
 
O’tish  holatidagi  torf  oraliq  holatni  egallab,  uning  ustki  qavati  balandlikdagi 
torfga, pastgi qavati pastlikdagi torfga yaqindir.  
 
Torf paydo bo’lishida  ustunlikka  ega bo’lgan  o’simlik turining  nomi  so’zning 
oxiriga  va  torf  paydo  bo’lishida  2-darajali  bo’lgan  o’simlikning  nomi  so’zning 
boshida keladi.  
 
Agar  torfning  tarkibidagi  o’simlik  qoldiqlari,  asosan  sfagnum  moxidan  iborat 
bo’lsa, u vaqtda torfning o’g’itlik sifati past, agar qiyoqlar o’simliklarning yog’ochliq 
qisamidan iborat bo’lsa, bu xildagi torf ancha qimmatli hisoblanadi.  
 
 
2. Torfning xususiyatlari. 
 
 
 
Torfning  xar  xil  turlari  va  tiplarini  agronomik  jihatdan  baholashda  uning 
botanik  tarkibi,  parchalanish  darajasi,  ko’llilik  darajasi,  ozuqa  moddalar  miqdori, 
kislotaliligi, nam sig’imi kabi xususiyatlari muhim ahamiyatga ega.  
 
Botanik tarkibi.  


 
Torfning  agronomik  jihatdan  sifatini  xarakterlovchi  muhim  belgisidir. 
Masalan,  balandlika  hosil  bo’lgan  sfagnum  moxidan  hosil  bo’lgan  torf  ozuqa 
moddalarning  kamligi,  ko’llilik  xususiyatlarining  kamligi,  kislotali  reaktsiyaga 
egaligi va gumifikatsiyaning pastligi bilan ajraib turadi. 
 
O’g’it olinadiga material sifatida foydalaniladigan torfni baholashda undagi har 
xil  organik  birikmalarning  tarkibi  va  nisbatining  ahamiyati  kattadir.  Torf  tarkibiga 
kiruvchi  ligninlar,  bitumlar,  smolalar,  yog’  kislotalari,  mikroorganizmlarning 
parchalashlariga juda chidamlidir. 
 
Balandlikda paydo bo’lgan torfning tarkibi ularning miqdorining ko’p bo’lishi 
uning tuproq tarkibi parchalanishini susaytiradi. Pastlikda hosil bo’lgan torfda gumin 
moddalari ko’p. Bunday torfning gumin moddalari kaltsiy bilan kuchli bog’langan. 
 
Torfning parchalanish darajasi. 
 
Torfning  parchalanish  darajasi  qancha  katta  bo’lsa,  uning  o’g’itlik  ahamiyati 
shuncha yuqori bo’ladi.  
 
1.  Torfning  tarkibida  5-25  %  gacha  gumifikatsiyalangan  moddasi  bo’lsa,  u 
kuchsiz parchalangan torf deyiladi.  
 
2.  Agar  torf  25-40  %  gacha  parchalangan  moddalari  bo’lsa,  bunday  torf 
o’rtacha parchalangan torf deyiladi.  
 
3. O’simliklardan paydo bo’lsa, torf katta parchalanish darajasiga ega. 
 
Torfning kulliligi. 
 
Bu  torfning qishloq xo’jaligida  foydalanishda  muhim  ko’rsatkich hisoblanadi. 
Torf normal va yuqori ko’llilik darajasiga ega bo’ladi.  
 
Agar torfning ko’lliligi 12 % bo’lsa, bu normal kulli torf deyiladi.  
 
Agar torfning kulliligi 12 % dan yuqori bo’lsa, bunday torflar yuqori kulli torf 
deyiladi. 
 
Balandlikda paydo bo’lgan torfda 5 %, o’tish holatdagi torfda 10 %, pastlikda 
paydo bo’lgan torfda 8-12 % kuli mayjud bo’ladi. 
 
Torfning kislotaliligi. 
 
Bu  torfdan  qishloq  xo’jaligida  foydalanish  usulini  va  uni  tashqi  aniqlashda 
muhim ko’rsatkichdir. Agar torfning tuzli so’rimining rN = 5,5 dan past bo’lsa, uning 
o’g’it sifatida to’g’ridan-to’g’ri foydalanib bo’lmaydi. 
 
Uni  avval  go’ng  bilan  ohak  va  fosforit  uni  bilan  kompost  qilish  kerak. 
Balandlikda  paydo  bo’lgan  torfning  kislotaliligi  yuqori  bo’lib,  pastlikda  paydo 
bo’lgan torfning kislotaliligi pastdir.  
 
Torfning nam sig’imi va singdirish qobiliyati. 
 
Torfning  bu  xususiyatlari  uning  to’shalma  sifatida  foydalanishda  muhim  rol 
o’ynaydi.  
 
Eng  yuqori  nam  sig’imiga  ega  bo’lgan  torf  bu  balandlikda  paydo  bo’lgan 
torfdir  va  uning  nam  sig’imi  absolyut  quruq  moddaga  nisbatan  1000-1800  %  ni 
tashkil etadi.  
 
Pastlikda paydo bo’lgan torfda esa bu ko’rsatkich 500-1000 % ni tashkil etadi.  
 
Torfning singdirish sig’imi juda yuqori. 100 gr quruq moddaga nisbatan, 100-
200 mg/ekv. ni tashkil etadi. 
 
3. Torfning kimyoiy tarkibi. 


 
 
Torfning har xil turi va tipida ularning miqdori bir xil emas. Torf darajasi ham 
go’ngdagi  kabi  tarkibida  o’simliklar  uchun  zarur  bo’lgan  ozuqa  elementlarining 
hammasi mavjud, lekin ularning nisbati bir xil emas, azot, fosfor va kaliy kabi ozuqa 
elementlarining orasida torfning tarkibida azot ko’p miqdorni tashkil etadi.  
 
Absolyut  quruq  massaga  nisbatan  balandlik  torfida  0,7-1,5  %,  pastlik  torfida 
esa 2,5-3,5 % ni tashkil etadi.  
 
Lekin  tuproqdagi  azotning  asosiy  qismi  organik  shaklda  bo’lib,  o’simliklarga 
minerallashganan so’ng o’zlashishi mumkin. 
 
Torfdagi birdan-bir o’zlashadigan azot bu ammiakli azotdir. 
 
Uning miqdori pastlik torfida 0,09 % ni, balandlikda paydo bo’lgan torfda esa 
0,035  %  ni  tashkil  etadi.  SHuning  uchun  torf  o’simliklar  uchun  azotli  oziqlanish 
manbai  bo’ladi.  Qachonki,  unga  biologik  taosir  ko’rsatganda,  yaoni  unga  go’ng 
suyuq  najas  bilan  kompost  tayyorlaganda  uning  tarkibi  azotni  o’simliklar  yaxshi 
qabul qiladi. 
 
Fosfor normal kulli torfda azotga nisbatan ancha ozdir.  
 
Kaliy. 
 
Torfda  kaliy  kam.  Absolyut  quruq    moddasida  0,0,5-0,2  %  ni  tashkil  etadi. 
Lekin  kaliy  torfdan  suv  bilan  oson  ajratib  olinadi  va  unda  o’simliklarga  oson 
o’zlashadigan shaklda bo’ladi.  
 
Torfning kimyoiy tarkibi 
tofrlar  
Absolyut quruq modda nisbatan miqdori, % 
 
org.mod  kuli  
azot 
fos-for   kaliy  
kaltsiy 
balandlikda 
paydo 
bo’lgan torf  
95-98 
2-5 
0,7-1,5 
0,0,5-
0,15 
0,05-
0,10 
0,2-0,4 
pastlikda 
paydo 
bo’lgan torf  
85-92 
8-15 
2,5-3,5 
0,20-
0,60 
0,15-
0,20 
2-6 
o’tish holatidagi  
90-95 
5-10 
1,2-2,5 
0,15-
0,25 
0,10-
0,15 
0,4-2 
 
4. Torfning qishloq xo’jaligida foydalanishi. 
 
 
Torf qishloq xo’jaligida juda xilma xil soxalarda ishlatiladi. 
U  chorva  fermalarida  to’shama  uchun  ishlatiladi.xar  xil  konpastlar  tayyorlashda 
ishlatiladi. 
 
1.  Torf  to’shama  uchun  juda  yaxshi  materialdir.uning  yuqori  nam  sig’imi 
hayvonlar, suyuq ajratmalarining to’la singdirib olish imkoniyatini beradi. 
 
To’shama  uchun  eng  yaxshi  torf  bu  parchalanish  darajasi  25%bo’lgan  va 
kullilik 10% dan kam bo’lgpn torf xisoblanadi. 


 
 
 
2. Torfdan kompostlar tayyorlash - bu yuqori sifatli organik o’g’itlar tayyorlash 
usulidir.  
 
Kompost  tayyorlashda  torfdga  ohak,  fosforit  uni,  yaxshi  eriydigan  mineral 
o’g’itlar, go’ng, suyuq go’ng, shaltog’i, najas va boshqalar qo’shiladi. 
 
Ohak,  fosforit  uni  yoki  kul bilan kompost  tayyorlashda  rN=5 ga  teng, kullilik 
darajasi  10  %  dan  kam,  parchalanish  darajasi  40-25  dan  past  bo’lgan  torfdan 
foydalanish kerak. 
 
 
 
3. Torf- chirindili tuvakchalar yasash. 
 
Torf  sabzavotchilikda  ko’chatlar  o’tkaziladigan  ozuqali  tuvakchalar  yasash 
uchun  foydalaniladi.  Tuvakchalar  yasash  uchun  foydalaniladigan  aralashmalar 
tarkibida har xil organik  moddalar  mineral  o’g’itlar   va  neytrallovchi qo’shimchalar 
kiradi.  Ko’chat  o’tkazuvchi  tuvakchalar  yasash  uchun  eng  yaxshisi  pastlikda  paydo 
bo’lgan  torflardan  yoki  o’tish  stadiyasida  turgan  neytral  yoki  kuchsiz  kislotali 
muhitga ega bo’lgan 30-40 % parchalanish darajali va kulliligi 3-15 % bulgan torfdan 
foydalaniladi. 
 
 
4. Torfni kompost qilmasdan o’g’it sifatida ishlatish. 
 
Bunday  maqsad  uchun  kuchli  parchalangan  pastlikda  paydo  bo’lgan  yuqori 
kulli torfdan foydalaniladi.  
 
To’g’ridan-to’g’ri  o’g’it sifatida ishlatish uchun shuningdek, rN 5,5 dan ortiq, 
kulliligi 10 % dan yuqori, kaltsiy 4 % dan yuqori, parchalanish darajasi 40-50 % dan 
kam bo’lmagan torfdan ham foydalanish mumkin. 
 
 
 
5. Torfdan mul’chalashda foydalanish. 
 
Torfdan  mevali  va  sabzavot  ekinlarini  mul’chalashda  foydalaniladi.  Ekinlarni 
mul’chalashdan  maqsad  ekinlar  ekilgan  tuproqning  ustki  qatlamida  suv,  harorat  va 
ozuqa  rejimini  yaxshilash,  qatqaloq  oldini  olish  va  begona  o’tlardan  saqlash  uchun 
foydalaniladi.  
 
Haydoq  oldidan  torfni  parchalashni  tezlatish  maqsadida  oz  miqdorda  go’ng, 
suyuq go’ng va najas qo’shiladi va haydab yuborila.i 
 
 
 
5. Quritilgan torfzor torfidan o’g’it sifatida foydalanish. 
 
 
Torflar  torfzorlar  bevosita  quritilgandan  keyin  yoki  qisman  yer  yuzida 
qavatma-qavat qilib qayta ishlangandan so’ng bevosita yem-xashak halla va sabzavot 
ekinlari  o’stirishda,  shuningdek,  ekiladigan  o’tloq  va  yaylovlar  barpo  etishda 
o’g’itsifatida  ishlatiladi.  Torfli  o’tloqlar  tarkibida  kaliy  elementi  kam  saqlashi  va 
ko’pincha  fosfor  tutishi  bilan  farq  qiladi.  SHunga  ko’ra  torfzorlardan  o’tloqi 
yaylovlar  yoki  bo’lmasa,  ekin  dalalari  sifatida  foydalanish  uchun  kaliyli  va  fosfor 
kaliyli o’g’itlardan foydalanish birinchi navbatdagi vazifalardan hisoblanadi.  
 
Torfzorlarnino  harakterli  xususiyatlari  shundan  iboratki,  ularda  o’simliklar 
uchun  layoqatli  bo’lgan  misning  tanqisligi  hisoblanib,  shunga  ko’ra  ana  shu 


tuproqlarda mis elementining qo’llanilishi ekinlardan mo’l hosil olishning eng zarur 
shartlaridan biri hisoblanadi.  
 
Torfni o’g’it sifatida ishlatish uchun tayyorlash. 
 
Toza  holda  yaxshi  parchalangan  tarkibida  ko’plab  kul    moddalarini  saqlovchi 
pastlik  torfini  ayniqsa  ohakka  va  fosforga  boy  bo’lgan  torflarni  bevosita  o’g’it 
sifatida  ishlatish  mumkin.  O’g’i  sifatida  torflardan  samarali  foydalanishdja  ularni 
tayyorlashni  to’g’ri  tashkil  etish  muhim  ahamiyatga  ega.  Eng  yaxshisi  torfni  o’g’it 
uchun  yoz  davomida  yuza  qatlamli  usulda  tayyorlanish  foydalidir.  Ana  shu  usulda 
namligi  50-60  %  ga  boradigan  uvoqli  torf  olini,  bunga  torf  tayyorlashdagi 
bajariladigan barcha ishlarni to’liq mexanizatsiyalashtirish mumkin bo’ladi.  
 
Torfni  qish  djavomida  tayyorlashda  enldigina  qazib  chiqarilgan  torfning 
namligi  juda  yuqori  bo’lib,  80-90  %  ga  yetadi.  Bunday    torfni  boshqa  torflarga 
qaraganda yerga 2-3 barobar ko’p solishga to’g’ri keladi.  
 
Masalan,  absolyut  quruq  torfni  gektariga  10  t  miqdorida  ishlatish 
mo’ljallangani holda, namligi 50 % bo’lgan torfdan 20 t namligi 80 % li torfdan 50 t 
solish  kerak.  Yaxshi  qurimagan  va  namligi  yuqori  bo’lgan  yangi  torf  hatto  har 
gektariga  50-100  t  dan  ishlatilganda  ham,  odatda  sezilarli  natija  bermaydi,  buning 
ustiga  bu  xildagi  torfni  qish  davomida  tayyorlash  yozdagiga  qaraganda  ancha 
qimmatga tushadi. 
 
 
6. Torfli kompostlar 
 
 
Kompost  tayyorlash  uchun  pastlik  va  o’tish  holatidagi,  shuningdek,  bir  oz 
parchalanadigan  yuqori  torflardan  ham  foydalanish  mumkin.  Torf  tarkibidagi 
azotning asosiy qismi o’simliklar uchun kam o’zlashuvchan organik holda va faqat 2-
3 % esa ammiak va nitrat holdagi mineral birikmalardan iborat bo’ladi.  
 
Torft  tarkibigi  organik  mineral  moddlar  mikrobiologik  parchalanishga  juda 
chidamli  bo’lib,  azot  organik  birikmalarining  minerallanishi  ham  juda  sekin  boradi. 
Torfning  ko’pchilik  turlari  nordon  reaktsiyalidir.  Bu  es  ularning  tuproqda 
parchalanishini qiyinlashtiradi.  
 
Torfning  samaradorligi  uni  biologik  aktiv  organik  o’g’itlar,  go’ng  ,  suyuq 
go’ng,  go’ng  shaltog’i,  najaz  va  fosforitni,  ohak  kul  va  boshqalardan  iborat  bo’lgan 
mineral o’g’itlar bilan birga qo’shib kompost qilinganda ortadi.  
Torf 
go’ngli 
kompostlar. 
 
Torf  go’ng  bilan  kompost  qilinganda  mikroorganizmlar  bilan  boyiydi.  Uning 
kislotaliligi  pasayadi.  Kompostlarda  mikrobiologik  jarayonlar  kuchayadi.  Organik 
moddalarning parchalanishi intensiv boradi va tarkibidagi o’simliklar uchun layoqatli 
bo’lgan  azot  miqdori  ortadi.  Bu  hildagi  torf  yuqori  singdirish  qobiliyatiga  ega 
bo’lganligidan  organik  moddalarning  parchalanishidan  hosil  bo’ladigan  ammiakni 
to’liq bog’laydi.   
 
Torfning  parchalanish  darajasi  qanchalik  yuqori  bo’lsa  kompost  tayyorlash 
uchun  torfning  shunchalik  kaliyli  o’g’itlarp  va  go’ngni  kamroq  olish  kerak. 
Kompostni  qish  tayyorlash  uchun  bir  qism  torfga  bir  qism  go’ng  bahorgi  yozgi 
kompostlashda  torfni  go’ngga  nisbatan  2-3  qism  va  undan  ham  ko’proq  olinadi. 
Odatda  torf  tayyorlashda  torf  va  go’ng  qavatma-qavat  qilib  uyiladi,  yoki  go’ngni 


kompost  qatlamlari  orasiga  to’p-to’p  qilib,  joylab  kompostlash  usuli  qo’llaniladi. 
Birinchi holda torf va go’ng qalinligi 25-30 sm dan qilib navbati bilan qavatma-qavat 
joylanadi. Bunda har qaysi qavat orasiga har bir t kompost hisobiga 20-30 kg fosforit 
uni  sepib  ketish  tavsiya  etiladi.  CHunki  bunda  kompostning  sifati  yaxshilanadi. 
Qishda kompost qavatma-qavat qilib uyilganda u yetarli darajasi qizimaydi. SHtabel 
muzlab  qoladi,  natijada  torf  tarkibidagi  organik  moddalar  parchalanmaydi  va 
kompostlashdan  qo’tsilgan  maqsadga  erishilmaydi.  SHunga  ko’ra  kompostni  qishda 
tayyorlash uchun go’ngni to’p-to’p qilib joylash usulini qo’llash foydildir.  
 
Torf go’ng shaltoqli kompostlar. 
 
Xo’jalikda  to’planadigan  go’ngshaltog’idan  torf  bilan  kompostlash  uchun 
foydalaniladi.  Unda  go’ng  shaltog’i  tarkibidagi  azotning  nobud  bo’lishi  keskin 
kamayadi  va  torfning  o’g’itlilik  sifati  ortadi.  Go’ng  shaltog’i  bilan  kompostlash 
uchun ohakni torflardan tashqari hamma turdagi torflardan foydalanish mumkin.  
 
Har  bir  t  quruq  torfni  namligiga  qarab  0,5  t  dan  1  t  gacha  go’ng  shaltog’i 
qo’shiladiyu.  
 
Torf  go’ng  shaltoqli  kompostlar  odatda  u  solinadigan  dala  unchalik  uzoq 
bo’lmagan joyda qish va yozda tayyorlanadi. Buning uchun uyilgan torf shtabelidan 
chuqurligi 50-60 sm va eni 1 m atrofida go’ng shaltog’i oqib turadigan ariq qaziladi. 
Go’ng  shaltog’i  shimilib  ketgandan  keyin  ariq  torf  bilan  to’ldiriladi.  SHuningdek, 
yana  torfni  40-50  sm  qalinlikda  qavatma-qavat  uyilib  har  qaysi  qavat  orasiga  go’ng 
shaltog’i quyiladi. 
 
Torf    go’ng  shaltoqli  kompostlar  kompostlash  uchun  qo’yilgandan  1-1.5  oy 
o’tgach  yerga  solinishi  mumkin.  SHundagina  samaradorligi  jihatdan  go’ngdan 
qolishmaydi.  
 
Torf  najasli  kompostlar.  Najas  tarkibida  azot  go’ngdagiga  qaraganda  ko’p 
bo’ladi, 1 t najas tarkibida 8-10 kg azot, 2-4 kg fosfor va 2-3 kg kaliy bo’ldi. Uning 
tarkibidagi  azot  asosan  ammiak  va  mochuvina  holida  bo’lib,  mochuvina 
parchalanishida ammiakka aylanib, osongina havoga uchib nobud  bo’ladi.   
 
Torf najas bilan kompostlanganda torfdan ham va najasdan ham o’g’it sifatida 
ratsional foydalanilgan bo’ladi. Bunda najas zararsizlanadi. Azotning nobud bo’lishi 
keskin  kamayadi.  Torfda  bo’lgan  azot  va  boshqa  ozuqa  moddalarning  o’simliklar 
tomonidan oson o’zlashtiriladigan holga o’tishi kuchayadi. 
 
Torf  qanchalik  nam  bo’lsa,  kompostlashish  uchun  najas  shunchalik  kam 
ishlatiladi.  
 
Erning yuqori va o’rta qismidagi har bir tonna hisobiga 2 tonna najas, 1 tonna 
pastlik torfi uchun esa, 1 t najas solish kerak.  
 
Torf  najasli  kompostlar  bilan  o’g’itlanadigan  dalalarda  torf  qatlami  20-25  sm 
dan  qilib  uyilib  har  qaysi  qatlamiga  qquyiladi.  Va  shu  tartibda  balandligi  2-2,5  m 
gacha uyib chiqiladi.  
 
Torf  qanchalik  Namangan  bo’lsa,  kompostlash  uchun  najas  shunchalik  kam 
ishlatiladi.  Lekin  kompostlash  uchun  namligi  40-50%  bo’lgan  torfdan  foydalanish 
maqsadga muvofiq. 
 
Erning  yuqorigi  va  o’rta  qismidagi  har  1  t  torf  hisobiga  2  t  najas,  1  t  pastlik 
torfi  uchun  esa 1 t  najas olish  kerak.  Torf  - najasli kompostlar  bilan  o’g’itlanadigan 


dalalarda  torf  qatlami 20-25 sm  dan qilib uyulib, har qaysi  qatlamiga najas quyiladi 
va shu tartibda balandligi 2-2.5 m ga yetguncha uyub chiqiladi. 
 
Uyulgan torf -najasli kompostlar kamida 1,5-2 oy saqlanib, keyin asosiy o’g’it 
sifatida  don  ekinlariga  har  gektariga  10-15  t,  kartoshka  va  silos  ekinlariga  20-30  t 
hisobida solinadi. 
 
Nazorat savollari  
 
1. Torf qanday paydo bo’lgan? 
 
2. Torfni tarqalish hududlari va zahiralarini ayting? 
 
3. Torf turlarining paydo bo’lishiga qanday omillar taosir qiladi? 
 
4. Torf necha turga bo’linadi? 
 
5. Torfning botanik tarkibi haqida gapiring? 
 
6. Torfning parchalanish darajasi, ahamiyatini gapiring. 
 
7. Torfning kullilik darajasini gapiring. 
 
8. Torfning kislotaliligi nima? 
 
9. Torfning nam sig’imi va singdirish qobiliyatini ahamiyatini gapiring. 
 
10. Torf tarkibidagi azot va uning miqdori. 
 
11. Torf tarkibidagi fosfor, kaliy va ularning miqdori. 
 
12. Torf qishloq xo’jaligida qanda maqsadlarda foydalaniladi? 
 
13. Quritilgan torfzorlarning torfdan qanday foydalaniladi? 
 
14. Torf o’g’it sifatida foydalanish uchun qanday tayyorlanadi? 
 
15. Qanday torfli kompostlar tayyorlanadi? 
 
Adabiyotlar 
 
1. 
 
Agroximiya.  Pod.  red  .  V.M.Klechkovskogo  i  prof.  A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 
2. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
4. 
 
Roziqov Q. M., Hamraev K. Paxtachalikda organik o’g’itlar. T. 1977. 
5. 
 
Spravochnik po udobreniyam. M., Kolos. 1964. 
6. 
 
Skryabin F.A. navos v sisteme doriyaniya xlopchatnika. T., 1971. 
 
 
 
 
MA’RUZA 19: KO’KAT O’G’ITLAR 
 
REJA: 
 
 
1. Ko’kat o’g’itlar va ularning ahamiyati  
 
2. Ko’kat o’g’itlarni yetishtirish usullari 
 
3. Ko’kat o’g’itlardan keng foydalanadigan mintaqalar  
 
4. Ko’kat o’g’itlarning samaradorligi 
 
5. Ayrim sideratlarni yetishtirish va ulardan foydalanish usullari. 


 
6. Tayanch iboralar  
 
7. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
 
8. Foydalanilgan adabiyotlar  
 
1. Ko’kat o’g’itlar va ularning ahamiyati 
 
 
Ko’kat  o’g’itlar  bu  tuproqni  organik  moddalar  va  azot  bilan    boyitish  uchun 
haydaladigan yangi ko’kat o’simliklar massasidir.  
 
Bu  usulni  ko’pincha  sifratsiyalash  ham  deyiladi.  O’g’itlash  uchun 
yetishtiriladigan  o’simliklarni  esa  sideratlar  deb  ataladi.  Sideratlar  sifatida  ko’proq 
dukkakli ekinlar va shuningdek, kuzgi javdar roj perko kabilar ekiladi.  
 
Ko’kat  o’g’itlar  boshqa  xar  qanday  organik  o’g’itlar  singari  tuproqni 
hususiyatiga  har  tomonlama  ijobiy  taosiri  qiladi.  Lekin  ko’kat  o’g’itlar  o’zlarining 
alohida afzalliklariga egadir. 
 
Ko’kat o’g’itlar, avvalo, tuproqni organik moddalar va azot bilan boyitadi.  
 
Ko’kat  o’g’itlar  yerga  xaydalganda    tuproqni  xaydov  qatlami  ko’p  miqdorda 
azot  va  boshqa  ozuqa  moddalar  to’planadi.  Sideratlar  hamma  kul  elementlarini 
ildizlari  bilan  tuproqning  pastki  qatlamlaridan  tortib  so’rib  loadilar  go’ng 
yetishmagan  sharoitlarda  ko’kat  o’g’itlar  uni  o’rnini  ancha  bosishi  mumkin. 
Sideratlarning  ko’k  massasi  tarkibidagi  azotning  miqdori  go’ngning  tarkibidagina 
teng  yoki  hatto  undan  ko’p  xam  bo’lishi  mumkin.  Lekin  fosfor  va  kaliy  anchagina 
kamdir.  
Go’ng va sideratlarning ko’k massasi tarkibidagi asosiy ozuqa moddalarining 
miqdori, % 
O’g’ilar 

R
2
O
5
 
K
2

SaO 
Aralash 
go’ng 
0,50 
0,34 
0,55 
0,70 
lyupinning 
ko’k massasi 
0,45 
0,10 
0,17 
0,47 
donning 
ko’k massasi 
0,77 
0,05 
0,19 
0,97 
 
 
Go’ng  va  sideratlarning  ko’k  massasi  tarkibidagi  asosiy  ozuqa  moddalarining 
miqdori ko’kat o’g’itlardagi fosfor va kaliyning yetishmagan qismini  fosforli hamda 
kaliyli  o’g’itlarning  sideratlarning  o’zlariga  yoki  uni  xaydashda  tuproqqa  solib 
to’ldirish mumkin.  
 
O’simliklarning  ko’kat  o’g’itlardagi  azotni  o’zlashtirish  koeffitsienti 
go’ngdagiga  nisbatan  2  barobar  ko’pdir.  Ko’kat  o’g’itlarni  xaydaganda  ularning 
tarkibidagi azot xech yo’qolmaydi.  
 
Sideratlar tuproqda boshqa tarkibida ko’p miqdorda klechatka bo’lgan organik 
o’g’itlarga  nisbatan  tez  parchalanib  ketadi.  Tuproqqa  xaydalgan  ko’kat  o’g’itlar 
uning 
kislataliligini 
pasaytiradi. 
Alyuminiyning 
xarakatchanligini 
kamaytiradi.Buferligini  singdirish  sig’imi  non  sig’imini  suv  o’tkazuchanligini 
oshiradi. Tuproq strukturasini yaxshilaydi. 


 
Ko’kat  o’g’itlar  tuproqdagi  mikroorganizmlar  hayot  faoliyatini  keskin 
yaxshilaydi.  Tuproq  dagi  mikrobiologik  jarayonlar  xali  sideratlar  o’sayotgan 
davrdayoq  kuchayadi.  Xuddi  shu  o’suv  davrida  ularning  ildizlaridagi  tuganak 
bakteriyalarning faoliyati kuchayadi.  
 
Tuproq  mikroorganizmlari  uchun  yana  ham  sharoitlari  sideratlarni 
xaydagandan so’ng yaratiladi.  
 
Tuproqda  xaydalgan  ko’kat  o’g’itlarning  parchalanishi  natijasida  tuproq  va 
tuproq ustki havosida SO2 gazi ko’payadi. Tuproqda o’simliklar o’zlashtira oladigan 
kul elementlari ko’p miqdoda to’planadi.  
 
Ko’kat  o’g’itlar  unimdorligi  past  ayniqsa  qumli  va  qumloq  mexanik  tarkibli 
tuproqlarning unimdorligini oshirishda muxim vosita xisoblanadi.  
 
2. Ko’kat o’g’itlarni yetishtirish uslublari  
 
 
Sideratlarni  yetishtirish  va  foydalanish  uslublari  bir  necha  xil  bo’ladi.  Ular 
sho’lari toza holda boshqa ekinlar bilan birga ekilishi bilan birga ekilishiga qarab 2xil 
uslublarda ekiladi. 
 
1. Mustaqil. 
 
2. Boshqa ekinlar bilan birga aralash ekish. 
 
Sideratlar  o’zlari  toza  holda  mustaqil  ekilganda  dalaning  qatorasiga  1-2 
mavsumga yoki bir necha yilga egallashi mumkin. 
 
Sideratlarning aralash ekish uslublari. 
 
Masalan, unumdorligi past bo’lgan qumli va qumoq mexanik tarkibli yerlarda 
ekilgan ko’p yillik lyupin shu tuproqlarning unumdorligini yaxshilash maqsadida shu 
dalada 3-4 yil qatorasiga ekilishi mumkin. 
 
Bitta  maydonda  asosiy  ekiladilan  ekinlar  bilan  yoki  sideratlar  boshqa 
ekinlarlarning  qator  oralariga  ekiladi.  Ko’kat  o’g’itlar  uchun  yetishtirilgan  o’simlik 
asosiy ekinlarni yig’ishtirib olgandan keyin xaydaladi.  
 
Sideratlar  dalaning  yoppasiga  egallashi  yoki  uning  bir  qismini  polosa 
ko’rinishida  egalashiga  qarab  yoppasiga  ekilgan  va  kulis  ko’rinishida  ekilgan 
sideratlarga bo’linadi.  
 
Kulis ko’rinishidagi sideratlar ko’ptncha bog’larning qatorlari orasiga choy va 
tsitrus ekinlari plantatsiyalari orasiga ekiladi. 
 
Baozi hollarda esa oldin yoppasiga ekiladi va keyin kumis hosil qilinib, orasiga 
boshqa ekinlar ekiladi.  
 
Sug’orilb    dehqonchilik  qilinadigan  Markaziy  Osiyo  Respublikalarida 
sideratlarni  kuzda,  sentyabr-oektyabr  oylarida  ekilib,  yuahorda  asosiy  ekinlar 
ekilgunga qadar ular haydaladi va so’ngra asisy ekinlar ekiladi. 
 
Ko’kat o’g’itlardan foydalanishga qarab, ular 3 xilga bo’linadilar: 
 
1. To’liq ko’kat o’g’itlar  
 
2. O’rib ishlatiladigan ko’kat o’g’itlar  
 
3. Sideratlarni o’rib olingandan keyin chiqqan o’simtalardan foydalanish. 
 
1.  To’liq  ko’kat  o’g’itlar  -  ular  yetishtirilgandan  so’ng  to’lig’icha  yerga 
haydabyu yuboriladi. 


 
2.  O’rib  ishlatiladigan  ko’kat  o’g’itlar  deb,    boshqa  dalada  yetishtirilgan 
sideratlarni  o’rib  olib  kelib  boshqa  dalaga  sepish  va  uni  tuproqqa  haydash 
tushuniladi. 
 
3. Sideratlarni o’rib olgandan keyin ulardan yana yangi o’simtalar o’sib chiqadi 
va ana shu o’simtalarni tuproqqa ko’kat o’g’itlar sifatida haydaladi. 
 
3. Ko’kat o’g’itlardan keng foydalaniladigan mintaqalar. 
 
 
Ko’kat o’g’itlardan keng miqyosda foydalanadigan mintaqalarga noqoratuproq  
mintaqada  joylashgan  chirindi  va    ozuqa  elementlari  bilan  juda  kam  taominlangan 
chilim podzol tuproqlar kiradi. Ko’kat o’g’itlarning qumli va qumoq mexanik tarkibi 
ushbu  tuproqlarni  unumdorligini  oshirishda  jeuda    ahamiyati  kttadir.  Bunday 
tuproqlarda  bir  yillik  va  ko’p  yillik  lyupindan,  sho’rtob  va  kuchsiz  ishqoriy 
tuproqlarda danakdan foydalanish yaxshi samara beradi. 
 
Uzoq  SHarq  mintaqasida  bir  yillik  va  ko’p  yillik  lyupindan  ko’kat  o’g’itlar 
sifatida foydalaniladi.  
 
Sug’oriladigan  paxtachilik  mintaqalarida  ko’kat  o’g’itlar  sifatida  ko’k  no’xat, 
no’xat, burchoq, mosh, qizil sebarga, shabdar kabi dukkakli ekinlar va kuzgi javdar, 
raps, va perkadan foydalaniladi. 
 
Sug’orilib  dehqonchilik    qilinadigan  rayonlarda  sideratlarni  asosiy  ekinlarrni 
yig’ishtirib olgandan so’ng yoki bahorda asosiy ekinlar ostiga ekish tavsiya etiladi. 
 
 4. Ko’kat o’g’itlarning samaradorligi. 
 
 
Ko’kat o’g’itlarning samaradorligi sideratlarning hosiliga bog’liqdir. Tuproqqa 
qancha  ko’p  va  yuqori  sifatli  ko’p  massa  haydalsa,  ko’kat  o’g’itlarning  taosiri  va 
keyingi taosiri shunchalik ko’p bo’ladi. 
 
Sideratlarning  haydash  muddati  bir  qator  sharoitlarga  bog’liqdir.  Agar 
tuproqning  qurib  qolish  xavfi  bo’lsa  sideratlarni  yerga  haydashni  kechiktirib 
bo’lmaydi.  Sideratlarni  juda  kech  tuproqqa  haydalsa,  tuproq  unga  ekin  ekilib, 
sug’orilib, ular unib chiqqandan so’ng cho’kadi. 
 
Bu  esa  ekilgan  g’alli  ekinlarning  changlashadigan  qismini  yalang’ochlab 
qo’yadi  va  ularni  qishga    chidamsiz  qilibqo’yadi.  Tuproqqa  haydalgan  ko’kat 
o’g’itlarning  parchalanish  tezligi  ularning  haydash  chuqurligiga,  sideratlarning 
yoshiga, tuproqning mexanik tarkibiga va namligiga bog’liqdir.  
 
Sideratlar  qanchalik    chuqur  haydalsa,  ularning    yaoni  ular  yetishib  pishgan 
bo’lsa, tuproqning mexanik tarkibi og’ir bo’lsa, sideratlar bunda sharoitda juda sekin 
parchalanadi.  Aksincha  ular  sayoz  haydalsa  sideratlar  yosh  bo’lsa,  tuproqning 
mexanik tarkibi yengil bo’lsa, ularning parchalanish shunchalik tez boradi.   
 
Dukkakli  sideratlar  bilan  birga  qiyin  parchalandigan  torf  poxol  qo’shib 
haydalsa ham ularning parchalanish sekinlashadi.  
 
Dukkakli sideratlarning azotli  oziqlanishiga bo’lgan ehtiyojini asosan tuganak 
bakteriyalari  faoliyati  bilan  bog’lash  lozim.  Bu  bakteriyalar  o’zlariga  xos 
hususiyatlarga xos bo’lib, ular faqat bitta ekin ildizida faolit ko’rsatib, tuganak hosil 


qiladi  va  boshqa  dukkakli  ekinlarning  ildizida  rivojlanmaydi.  Tuganak  bakteriyalar 
yana o’zlarining virulentligi va aktivligi bilan ham bir birlaridan farq qiladi. 
 
Tuganak  bakteriyalarning  virulentligi  bu  bakteriyalarning  ildiz  tukchalari 
orqali  ildizning  ichiga  kirib  tuganak  hosil  qilish  xususiyatidir.  Tuganak 
bakteriyalarning  aktiqvligi  esa  bu  ularning  atmosfera  erkin  molekulyar  azotini 
o’zlashtirish qobiliyatidir. 
 
Bunday  bakteriyalarning  faqat  aktiv  guruhi  dukkakli  ekinlarni  azot  bilan 
taominlaydi, aktiv emaslari esa hatto o’z o’simliklarini halok qilishlari ham mumkin. 
 
 
 
5. Ayrim sideratlarni yetishtirish va foydalanish usullari. 
 
 
Eng ko’p tarqalgan sideratlar jumlasiga lyupin, seradella  va donnik kiradi. 
 
Lyupin.  Noqora  tuproq  zonada  tarkibi  har  xil  miqdorda  alkalodillari  mavjud 
bo’lgan lyupin yetishtiriladi. Bu yerdagi lyupin 1 yillik yoki ko’p yillikdir. Tarkibida 
alkaloidi bor bo’lgan lyupin o’g’it uchun yetishtiriladi, alkaloidi bo’lmagan lyupinni 
yer  ustki  qismi  chorva  hayvonlariga  ozuqa  sifatida  ildizi  va    ang’iz  qoldiqlar  esa 
o’g’it  uchun  foydalaniladi.    Lyupinni  yetishtiradigan  asosiy  mintaqalarga 
Belorussiya, Ukraina va Rossiyaning noqora tuproq mintaqasi kiradi. 
 
Lyupinning  hamm  turlari  ham  ko’p  miqdorda  ko’p  massa  berish  va  juda 
unumdorligi past tuproqlarda ham ko’p miqdorda azot to’plash qobiliyatiga ega.  
 
Lyupin boshqa dukkaklilardan farq li o’laroq kislotali muhitda ham o’saveradi. 
Kislotali tuproqlarga solnadigan ohak lyupinni qiyin erimaydigan fosfatlar tarkibidan 
fosforni o’zlashtirishini kamaytiradi. SHuning uchun lyupin ekiladigan maydonlarga 
ohakni va fosforti unini qatlamlarga bo’linib solinishi lozim.  
 
Noqora tuproq mintaqaning shimoliy qismida sideratlar sifatida 1 yillik ko’k va 
sariq lyupin yetishtiriladi. 1 yillik lyupin toza holda va boshqa ekinlarga aralashtirib 
ekilishi mumkin. 
 
Uni  bosh  poyasida  yaltiroq  dukkaklari  paydo  bo’lganda  tuproqqa  haydash 
lozim. CHunki huddi mana shu paytda eng ko’p azot to’planadi.  
 
Seradella.  Bir  yillik  dukkakli  ekinlar.  Ko’kat  o’g’itga  nisbatan  seradella 
to’lig’icha  foydalaniladi  yoki  to’liq  ko’kat  o’g’it  hisoblanadi.  Bundan  tashqari 
seradellani asosiy ko’k mevasini ozuqaga, keyingi chiqqan o’simtasini o’g’it sifatida 
ham foydalaniladi.  
 
Seradella - namsevar o’simlik hisoblanadi. Kuchsiz nordon  reaktsiyali yengil 
tuproqlarda yaxshi o’sadi. 
 
Birinchi  4-6  xaftada  uning  ildiz  sistemasi  rivojlanadi  va  yer  ustki  massasiv 
sekin rivojlanadi. Qumli va qumoq tuproqlarda kaliyli va magniyli o’g’itlarni yaxshgi 
qabul qiladi. 
 
Seradella fosforit uni tarkig’idagi fosforni yaxshi o’zlashtiradi. 
 
Donnik. Bu ekin kaltsiyga boy bo’lgan  neytral  reaktsiyali tuproqlarda yaxshi 
o’sadi. Ohak solingan chimli podzol tuproqlarda lyupinga qaraganda ko’p ko’k massa 
beradi. 
 
Donnik  bir  yillik  va  ikki  yillik  oq  va  sariq  bo’ladi.  Oq  donnik  yuqori  hosilli, 
lekin  sariq  donnik  erta  nishadi.boshqa    dukkakli  ekinlarga  qaraganda ildiz  sistemasi 
kuchli  rivojlangan.  SHuning  uchun  donnik  qurg’oqchilikka  chidamli  va  o’g’itlilik 


qimmati  yuqori  hisoblanadi.  Donnikni  ham  ozuqa  sifatida  ham  ko’kat  o’g’itlar 
sifatida foydalaniladi. Ko’kat o’g’itlar uchun 2 yillik donni kaliy yetishtiriladi. 
 
Donnik turli maqsadlarda foydalaniladi.  
 
-  kuzgi  g’allali  ekinlar  uchun  o’g’it  sifatida  tuproqqa  haydash  maqsadida 
shudgorni band qiluvchi mustaqil ekin sifatida; 
 
- kompleks maqsadlarda, gullash boshlangandjan yer ustki qismini ozuqaga va 
o’rimdan keyinchiqqan o’simtalarini  o’g’bit uchun haydash; 
 
-  birinchi  o’rimdagi  ko’k  massani  o’g’it  uchun  ,  ikkinchi  o’rimdagi  ko’k 
massani ozuqaga; 
Kuzgi javdar. 
 
Bizning  paxtachilik bilan  shug’ulanadigan  sug’orilib  dehqonchilik qilinadigan 
sharoitda asosan ko’kat o’g’itlar sifatida kuzgi javdardan foydalaniladi. Kuzgi javdar 
sentyabr  oyining  ikkinchi  yarmida  ekiladi  va  imkoniyatga  qarab  sovuq  tushguncha 
oziqlantiriladi.  Yoki  erta  bahorda  oziqlantiriladi.  Asosiy  ekinlar  ekilgunga  qadar 
yaxshi  rivojlanib,  ko’k  miqdorda  massa  to’plydi.  Uning  yer  ustki  ko’k  massasini 
chorva  hayvonlariga  ozuqa  sifatida  o’riladi.  O’rimdan  chiqqandan  keyin  chiqqan 
yangi o’simtalari ildiz sistemasi va ang’iz qoldiqlari esa o’g’it sifatida foydalaniladi.  
Nazorat savollari  
 
1. Ko’kat o’g’itlar - qanday o’g’itlar? 
 
2. Ko’kat o’g’itlar uchun yetishtiriladigan  ekinlarga qaysilar kiradi? 
 
3. Ko’kat o’g’itlarni nima maqsadda ishlatiladi? 
 
4. Ko’kat o’g’itlardan ko’proq qanday sharoitda foydalaniladi.  
 
5. Ko’kat o’g’itlar qanday afzalliklarga ega? 
 
6. Ko’kat o’g’itlar tuproq mikroorganizmlarga ega? 
7. Ko’kat o’g’itlar qanday usullarda yetishtiriladi? 
 
8. Sideratlarni toza holda, mustaqil ekish usulini bayon eting. 
 
9. Aralash ekish usulini bayon eting. 
 
10. To’liq ko’kat o’g’itlar qanday o’g’it? 
 
12. O’rib ishlatiladigan ko’kat o’g’itlardan foydalanishni bayon eting. 
 
13. Ko’kat o’g’itlardan keng foydalaniladigan mintaqalarga qaysilar kiradi? 
 
14.  Ko’kat  o’g’itlarning  samaradorligini  oshirish  uchun  qo’llaniladigan 
tadbirlarni ayting. 
Adabiyotlar 
1. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. 
 
Spravochnik po udobreniyam. M., Kolos. 1964. 
3. 
 
Skryabin F.A. navos v sisteme doriyaniya xlopchatnika. T., 1971. 
4. 
 
Vavilov P. P. I dr. Rastenievodstvo. M., kolos. 1979. 
5. 
 
Vasilev  V.A.  Filipova  N.V.  spravochnik  po  organicheskim  udrobreniyam.
 
Rosagrogromizdat’, M.: 1988.  
6. 
 
Romanov X. S.,  i dr. Virashenie soi. T., Mehnat. 1990. 
 
MA’RUZA 20: EROZIYAGA UCHRAGAN YERLARNI O’G’ITLASH. 
 
REJA: 
 


 
1. Tuproq eroziyasi to’g’risida tushuncha 
 
2. Eroziyani keltirib chiqaradigan omillar  
 
3. Eroziyaning tuproq turlari  
 
4. Eroziyaga uchragan yerlarda o’g’itlarning yillik meoyorlari va shakllari 
 
5. Tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari. 
 
6. Tayanch iboralar  
 
7. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
 
8. Foydalanilgan adabiyotlar.  
 
 
1. Tuproq eroziyasi to’g’risida tushuncha. 
 
 
 
Havo  tiniq  va  musaffo.  Quyosh  atrofida  nur  sochib  turibdi.  Lekin    birdaniga 
xavoning  avzoyi  buzilib,  shamol  turadi,  chang-to’zon  ko’tariladi,  tezda  osmonni 
bulut  qoplab,  jala  quya  boshlaydi.    Bular  hammasi  go’zal  tabiatning  injiqliklaridir. 
Qattiq  shamol,  dovul,  bo’ronlar,  jala  va  sellar  taosirisiz  o’tib  ketmaydi,  ular 
ko’pincha  katta-katta  maydonlardagi  ekinzorlarni,  paxtazorlarni,  bog’-rog’larni 
nobud qiladi, sug’orish tarmoqlarini ishdan chiqaradi, xatto butun-butun  qishloq va 
shaharlarni vayron qiladi.  
 
 Tuproqni suv va shamol taosirida yemirilishiga eroziya deyiladi.  
 
Eroziya  sodir  bo’lgan  maydonlarda  suv  va  shamol  tuproqning  ustki  unumdor 
qatlamini yemirib, bir joydan ikkinchi joyga olib borib tashlaydi. Natijada tuproqning 
unumdorligi  pasayib,  bunday  yerlarga  ekilgan  ekinlarning  hosildorligi  nihoyatda 
pasayib ketadi. 
 
2. Eroziyani keltirib chiqaradigan omillar. 
 
 
Tuproq  eroziyani  keltirib  chiqaradigan  qator  omillar  mavjudki,  ushbu  omillar 
taosirida eroziya yuzaga keladi. 
 
Bunday  omillar  jumlasiga:  yog’ingarchilikning  kam  bo’lishi,  tuproq  mexanik 
tarkibining yengil bo’lishi, tuproqda chirindining kam bo’lishi, tuproq strukturasining 
buzilishi,  tuproq  tarkibida  sulfat  va  karbonatli  tuzlarning  ko’payishi,  joyning  relefi, 
tuproqqa  ishlov  berishning  buzilishi  ekin  dalalarining  yiriklashtirilishi  ekin 
ekiladigan  dalalar  atrofidagi  nishab  joylardagi  daraxtlarning  qirqib  tashlanishi  yangi 
o’zlashtirilayotgan  yerlarda  eroziyaga  qarshi  kurash  choralari  ko’rilmasdan  yerlarni 
yoppasiga  haydab  yuborilishi,  ekinlarni  sug’orish  qoidalarini  buzilishi  va  boshqa 
ko’pgina omillar ham borki, ular tuproq eroziyasini keltirib chiqaradi. 
 
3. Tuproq eroziyasining turlari. 
 
 
Tuproq  eroziyasi  yuzaga  keltiradigan  omillarga  qarab,  bir  necha  turga 
bo’linadi. 
 
1. Suv eroziyasi 
 
2. SHamol eroziyasi 
 
3. Jarlik eroziyasi 
 
4. Xarbiy eroziya. 


 
Biz quyida eroziyaning suv va shamol eroziyalari to’g’risida fikr yuritamiz.  
 
Suv  eroziyasi.  Yon  bag’irdan  oqayotgan  suv  muayyan  miqdorda  kinetik 
energiyaga  ega  bo’ladi.  Bu  energiyaning  kuchi  suvning  miqdoriga  hamda  yon 
batg’irning niashbligiga bog’liq. Ana shu sababli bu suv tuproqning ayrim zarralarini 
yoki  hatto  butun  butun  agregatlarni  ko’chirib  yuborishi  va  ularni  maolum  tezlikda 
oqizib ketishi mumkin. Yomg’ir tomchilari tuproq yuzasiga urilganda tuproq sezilarli 
darajasi parchalanadi va atrofga schiladi. 
 
Tuproqni suv taosirida yuvilishi 2 xil bo’ladi: yoppasiga va uzunasiga yuvilish. 
 
Yoppasiga  yuvilish.  Butun  yon  bag’ir  yuzasidan  oquvchi  kichik  oqimlar 
tuproqni yoppasiga yuvadi. Bunday oqim nishab  yonbag’irdan  zarralarni olib ketadi. 
Va yonbag’irning nishabi kamaygan jolarida sekinlashib, tuproq zarralarini yotqizadi. 
Keltirilib  yotqizilgan  material  yuvilib  kelib  o’tirgan  tuproqni  hochsil  qiladi.  Tuproq 
qatlami  bo’lmagan  yonbag’irliklardan  keltirilgan  materiaol  delyuvial  oqiziqni 
vujudga keltiradi.  
 
2.  Uzunasiga  yuvilish.  Uzunasiga  yuvilish  yonbag’irni  yuvib  ketib  erozion 
egatlarni,  chuqurlar  va  jarlarni  hosil  qiluvchi  suv  oqimlari  tufayli  ro’y  beradi. 
Uzunasiga  yuvilish  vaqtida  faqat  tuproq  qatlamlarigina  emas,  balki  yonbag’irliklar 
ham yuviladi. Bunda melkozyom jinslar btunlay oqizilib ketiladi.  
 
3.  Sug’orish  irrigatsion  eroziyasi.  Sug’orilib  dehqonchilik  qilinadigan  tog’ 
yonbag’irliklarida adirliklarda ekinlarni sug’orish texnikasiga yetarli darajada eotibor 
berilmasligi oqibatida kelib chiqadi. Bu eroziya tufayli suv jo’yaklarini yuvib daladan 
juda  ko’p  miqdorda  mayda  zarralarni  oqizib  ketadi,  natijada,  tuproq  unumdorligi 
tapasayadi.  Hamda  bdunady  joylarda  o’simliklar  yaxshi  rivojlanmaydi.  Suv 
eroziyasining kelib chiqishiga ichki va tashqi omillar taosir qiladi.  
 
Tashqi omillarga  yog’in miqdori va uning tez yoki sekin yog’ishi yil fasllarida 
taqsimlanishi, iqlim sharoitiga qarab qor va muzliklarning erishi, joyning nishabligi, 
yer  yuzasini  o’simliklar  bilan  qoplanganlik  darajasi,  o’rmon  va  daraxtzorlarning 
mavjudligi,  ularning  zichligi,  yaylovlardan  to’g’ri  foydalanish,  yerni  to’g’ri  ishlash 
va boshqa ko’pgina omillar sabab bo’ladi.  
 
Ichki  omillarga  tuproqning  o’zining  xossalari,  jumladan,  uning  strukturasi, 
mexanik  tarkibi,  suv  o’tkazuvchanligi,  namlik  darajasi  kimyoviy  tarkibi,  chirindi 
miqdorini oz ko’pligi va boshqalar kiradi. 
 
 Agar  tuproq  strukturali  bo’lib,  tarkibida  chirindi  ko’p  va  suqv 
o’tkazuvchanligi yaxshi bo’lsa, suvda oson eriydigan tuzlar tuproqda qanchalik kam 
bo’lsa, eroziya jarayoni shuncha kam rivojlanadi. 
 
Jarlik  eroziyasi.  Eroziyaning  bu  turi  O’rta  Osiyo  hududida  keng  tarqalgan. 
Keng  tarqalgan  bo’lib,  qishloq  xo’jaligiga  yaroqli  bo’lgan  yer  fondining  kamayib 
yaroqsiz holga kelib qolishiga sabab bo’lmoqda.  Jarliklar katta  miqordagi suvlardan 
noto’g’ri  foydalanish  natijasida  ularning  o’z  yo’nalishlarini  o’zgartirib,  boshqa 
yo’nalishlardan  ketishi  va  u  joylarda  tuproqning  chuqur  atlamlarigacha  buzilishi, 
yemirilishi bilan bog’liqdir. 
 
2.  SHamol  eroziyasi.  Insonning  ishtirokisiz,  taosirisiz  ro’y  beradigan  shamol 
eroziyasi geologik eroziya deyiladi.    
 
Er  yuzida  inson  paydo  bo’lgach,  yerlardan  foydalana  boshlangan  odamlar 
yerning unumdorligini oshirish bilan qadimdan shug’ullanganlar. 


 
Erdan noto’g’ri foydalanilsa, uning  xususiyati, tuzilishi yomonlashib, eroziya 
jarayonlari  kuchayadi.  Masalan,  AQSH  olimlaridan  T.  Konke  bilan  A.  Bertonning 
asarlarida  yozilishicha,  Amerika  kontinentiga  oq  kolonizatorlar  kelgandan  buyon 
yerning 7,5 sm lik tuproq qatlami nobyuud bo’lgan. X. X. Bennetning yozishicha va 
hisoblashicha,  2,5  sm  qalinlikda  tuproq  qatlami  hosil  bo’lishi  uchun  300  yildan 
ko’proq vaqt kerak bo’lar ekan. 
 
SHamol  eroziyasidan  jahondagi  bir  qancha  mamlakatlar    jumladan  Kanada, 
Hindiston,  Afg’oniston,  Eron,  Hitoy  hamda  Avstraliya  va  Afrika  qitoasidagi  bir 
qancha mamlakatlar zarar ko’radi.  
 
Bunday  eroziya  tufayli  ko’pincha  tuproqning  ustki  unumdor  qatlamini 
shamoluchirib ketadi. SHamol eroziyasi tufayli tuproqning mayd zarrali qismi hamda 
undagi chirindi va ozuqa moddalar yo’qoladi. Natijada tuproq unumdorligi nihoyatda 
pasyib  ketadi.  Bunday  yerlarda  ekinlarning  hosildorligi  ham  juda  kamayib  sifati 
buziladi.  
 
G’arbiy  Farg’onada  eroziyaga  uchramagan  o’tloq  botqoq  tuproqlarda  chirindi 
miqdori 1,5-2 % ni eroziyaga uchragan tuproqlarda esa 0,4-0,5 % ni tashkil etadi.  
 
Eroziya  va  unga  qarshi  kurash  choralarini  ishlab  chiqqan  hamda  amaliyotga 
tadbiq etishda juda ko’p horijiy va vatinimiz olimlari ilmiy izlanishlar olib borganlar. 
Bular  jumlasiga  Pallas,  Mikendorf,  Vasilevskiy,  Sovetov,  Solomonov,    V. 
Dokuchaev,  Bletskiy,  Visotskiy,  Sokolov,  Bichexin,  Obruchev,  Zaxarov, 
Konstantinov, pankov, Yakubov va boshqa ko’pgina olimlar kiradilar.  
 
 O’zbekistonda  shamol  eroziyasidan  zarar  ko’radigan  rayonlarga:  Farg’ona 
vodiysi,  Zarafshon  vohasi,  Mirzacho’l,  Dalvarzin  cho’li,  Andijon,  Buxoro, 
Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyati kiradi.  
 
Farg’ona viloyatining Beshariq (O’zbekiston), dang’ara, uchko’prik, Bog’dod, 
Oxunboboev, Yozyovon, Oltiariq, Quva tumanlari; 
 
Buxoro  viloyatining  Vabkent,  G’ijduvon,  Buxoro,  Roliton,  SHofirkon, 
Qorako’l, Peshku tumanlari; 
 
Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Koson, G’uzor tumanlari; 
 
Toshkent  viloyatining  Bekobod,  Sirdaryo  viloyatining  Xovost,  Yangier 
tumanlari shamol eroziyasidan katta zarar ko’radilar. 
 
4. Eroziyaga uchragan yerlarda o’g’itlarning yilik meoyorlari va shakllari 
 
 
SHamol  va  suv  eroziyasi  natijasida  tuproqda  oziq  moddalar  juda  kamayib 
ketganligidan  yerning  unumdorligini  oshirish  talab  etiladi.  CHunki  eroziyaga  qarshi 
kurash  o’simliklarning  ildizi  orqali  oziqlanishi  hamda  eroziyaga  uchragan  yerlarni 
tug’ri o’g’itlash masalalarini ham o’z ichiga oladij. 
 
Eroziyaga  uchragan  yerlar  o’g’itga  muhtoj  bo’ladi  lekin  o’g’it  o’simliklarga 
oziqa  bo’lib  qolmay  balki  tuproqning  mikrobiologik  xususiyatlariga  ham  yaxshi 
taosir  ko’rsatadi.  Ozuqa  moddalarning  o’simlik  oson  o’zlashtiradigan  holatga 
keltiradi.  O’simlikning  o’sishi  va  rivojlanishiga  yordam  beradi  hosilini  ko’paytiradi 
va  sifatini  yaxshilaydi.  Buxoro  viloyatining  shamol  eroziyaga  uchragan  o’tloq 
alyuvial  soz  tuproqlarda  olib  borilgan  ko’p  yillik  tajribalar  quyidagicha  ilmiy 
xulosalar chiqarishga imkon beradi.  


 
Kuchsiz  shamol  eroziyasiga  uchragan  ushbu tuproqlarda  mineral  o’g’itlarning 
yilik meoyori har gektariga azot 250 kg, fosfor 175 kg, kaliy 125 kng dir.  
 
Bedadan keyin 4-5 yilda har gektariga 20 t organik o’g’it qo’shib beriladi.  
 
O’rtacha  shamol  eroziyasiga  uchragan  tuproqlarda  esa  har  gektariga  azot  300 
kg,  fosfor  200  kg,  kaliy  125  kg,  bedadan  keyin  3  yilda  gektariga  30-45  t  organik 
o’g’it qo’shib sollinadi.  
 
Eroziyaga uchragan yangidan o’zlashtirilgan ushbu tuproqlarda fosforning 250 
kg kaliyning 150 kg lik meyorlari fonida azotning 3 xil meoyori o’rganildi. 
 
125, 250, 375 kg. 
 
Eroziyaga  uchragan    tuproqlarda  azotli  o’g’itlarni  solish  muddatlari 
quyidagicha bo’ladi. Azotning yillik normasi 50 %, bahorgi haydov yoki chizel ostiga 
25-50 kg ekish bilan birga qolgan qismi esa shonalash va gullash davrida beriladi.  
 
Fosfornig yillik normasi 1560 kg bo’lsa, shundlan 100 kg haydov ostiga 50 kg 
ni azotga qo’shib kultivator bilan 12-16 sm chuqurlikka solinadi va borona qilinadi.  
 
Kuchli  shamol  eroziyasiga  uchragan  yangidan  o’zlashtirilgan  yerlarda  1981-
1988  yillar  mobaynida  mineral  o’g’itlarning  optimal  yillik  meyorlarini    aniqlash 
bo’yicha  dala  tajribalari  olib  borildi.  Bunda  azotning  250,  350,  450  kg  fosforning 
150,  200,  300  kg,  kaliyning  85  va  175  kg  li  meyorlari  olindi.  Tajriba  shamol 
eroziyasiga qarshi kurash choralari fonida olib borildi.  
 
Olib borilgan tajribaning natijalaridan shunday ilmiy xulosaga kelindi.  Kuchli 
shamol  eroziyasiga    uchragan  yerlarda  mineral  o’g’itlarning  optimal  meyorlari 
quyidagicha  bo’lishi  kerak.  Azot  350,  fosfor  250,  kaliy  170  kg  va  uarga  40  t  go’ng 
yoki 60 t vignil qo’shish lozim.  
 
Huddi  mana  shu  sharoitda  organik  o’g’itlarning  haydash  chuqurliklarini 
o’rganilgan va 350 kg azot 250 kg fosfor va 170 kg kaliyga  45-60 t go’ng yoki lignin 
qo’shib solinadi.  
 
Sug’orish eroziyasiga uchragan yerlarni o’g’itlash. 
 
 
Erlarni  noto’g’ri  sug’orish  natijasida  ham  eroziya  jarayoni  boshlanadi.    Buni 
sug’orish  yoki  irrigatsiya  eroziyasi  deyiladi.  Sug’orish  eroziyasi  respublikamizning 
asosan bo’z  tuproqli mintaqasi  ro’y  beradi.  O’zbekistonda 250 ming  gektar  maydon 
sug’orish  eroziyasidan  zarar  ko’radi.  O’zbekistonda  sug’orish  eroziyasini  o’rganish 
uni oldini olish ishlari bilan juda ko’p olimlar shug’ullanib eroziyaga qarshi kurashish 
yo’llarini  belgilab  berdilar.  Bular  jumlasiga  Yesenin,  Suchkov,  Kamaev,  Gussak, 
Maksudov, Protasov, Mayliboev, Mirzajonov va boshqalarni ko’rsatish mumkin. 
 
Sug’orish eroziyasi avj  olgan  joylarda tuproqning loyqasimon chirindili qismi 
yuvilib  ketadi.  Natijada    qiyalikning  yuqori  qismida  tuproqning  mexanik  tarkibi 
yengillashadi.  Bunday  joydagi  ekinlar  chanqayverib  tez-tez  sug’orishni  tuproq  esa 
o’g’itlashni  ko’p  talab  qiladi.  Qiyalikning  pastki  qismiga  yuvilgan  loyqallar  oziq 
moddalarni to’planaverganligi natijasida undagi ekinlar azot va fosforni kamroq talab 
qiladi va tez chanqamaydi.  
 
Sug’orish eroziyasi ro’y  bergan  joylarda o’stirilgan  g’o’zaning hosili  ham  har 
xil bo’ladi. Qiyalikning yuqorisida paxta tez ochilsada, chirtak va hosili kam bo’ladi. 
Qiyalikning  pastki  qismida  esa  ozuqa  moddalari  va  suv  nihoyatda  ko’p 


bo’lganligidan g’o’zalar g’ovlab ketadi va paxta kech pishadi. Sug’orish eroziyasi avj 
olgan joylarda paxta hosili 30-40 % va undan ham kamayibyu  ketadi. Bning ustiga 
paxtaning sifati buziladi. Tolaning uzunligi va pishiqligi kamayadi.  
 
Sug’orish  eroziyasiga  uchragan  yerlar  xususan  yonbag’tirlar  azot  va  fosforga 
juda muhtoj bo’ladi. Bunday yerlarning unumdorligini o’g’it slib oshirish mumkin. 
 
Azotli o’g’itning yillik meyori 200 kg dan va  undan ko’proq qilib belgilangan 
bo’lsa,  kuchli  yuvilgan  yerda  bu  normaning  50  %  ni  chigit  ekishdlan  oldin  solish,   
yillik  norma  150  kg/ga  bo’lgan  hollarda  esa  chigit  ekishdan  oldin  30  %  ni  solish 
tavsiya etiladi. 
 
O’g’it  yonbag’irga  nisbatan  ko’ndalang  yo’nalishda  solinadiyu.  Ao’  yerni 
haydashdan  oldin  yoki  haydalgandan  keyin  15-18  sm  chuqurlikka  ko’miladi, 
shuningdek  chigit  ekish  vaqtida  ham  solinadi.  Fosforli  va  kaliyli  o’g’itlar 
shudgorlashdan oldin tuproq yuzasiga sepilib, 28-30 sm chuqurlikka solinadi.  
 
Sug’orish  eroziyasiga  uchragan  va  qiyalikning  har  xil  darajada  yuvilgan 
qismlarida azotli o’g’itlarnig har xil shakllari sinab ko’rilgan  va quyidagi xulosalarga 
kelingan. 
 
Qiyalikning  kuchsiz  yuvilgan  qismida  mochevina  va  ammoniy  sulfati  yaxshi 
natija bergan. 
 
2. O’rtacha yuvilgan joyda sulfat ammoniy va kaltsiy tsianamid  
 
3.  Kuchli  yuvilgan  qismida  esa  sulfat  ammoniy    va  kaltsiy  tsianamid  yaxshi 
natija bergan. 
 
4.  qiyalikning  pastki  qismida  yaoni  yuvilib  tushgan  loyqa  va  ozuqa  moddalar 
to’plangan joyda ham ao’ning yuqoridagi shakllari yaxshi natijalar beradi.  
 
 
5. Tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari 
 
 
Tuproq  yemirilishidan  saqlash  uchun  quyidagi  agrokompleks  tadbirlarni 
amalga oshirish zarur. 
 
1. Tog’li rayonlarda nishabi kuchli bo’lgan yerlarni ko’ndalangiga haydash. Bu 
yerlarga har xil serildiz va mevali daraxtlarni ekish. 
 
2. Tog’li joylardagi yaylovlardan to’g’ri foydalanish. 
 
3.  Tog’li  joylarda  dehqonchilik  qilishda  yerlarni  terrasalar  shaklida  tekislab 
dalalar atrofida mevali daraxtlar va toklar ekish. 
 
4.  Nishabligi  kuchli  bo’lgan  yerlarni  ko’ndalangiga  haydash  va  sug’orish 
ishlarini to’g’ri tashkil etish. 
 
5.  Jarliklar  yoqasiga  daraxtlar  ekib,  jarlik  eroziyasini  kengayishiga,  sug’orish 
maydonlardan  jarliklarni  suvning  oqib  ketishiga  yo’l  qo’ymaslik  va  har  xil  to’siqlar 
hamda suv yig’adigan xavzalar barpo etish. 
 
6. Sug’orish eroziyasining oldini olish uchun tuproqning fizikaviy va kimyoviy 
xususiyatlarini hamda yerning nishabligini nazarda tutib, ilg’or suvchilar tajribasidan 
foydalangan holda ekinlarni to’g’ri sug’orish, jo’yakka beradigan suvning miqdorini 
to’g’ri  belgilash  va  sug’orish  eroziyasiga  moyil  yerlarda  suvni  jildiratib  sug’orish  
g’oyat muhim ahamiyatga ega.  
 
O’zbekiston  shariotida  shamol  eroziyasining  oldini  olish  va  unga  qarshi 
kurashda quyidagi choralar muhim ahamiyatga ega. 


 
1. Tuproqning haydalma qatlamini chuqurlashtirish 
 
2. Tuproq strukturasini mustahkamlash. 
 
3. Organik va mineral o’g’itlardan ratsional foydalanish  
 
4. Tuproq namini oshirish 
 
5. Bo’yi baland bo’lib o’sadigan o’simliklardan kulislar barpo qilish 
 
6. Tuproqni palasa-palasa qilib haydash. 
 
7. Uchar qumlarni kimyoviy va fitomeliorativ yo’l bilan mustahkamlash. 
 
8. Ixota daraxtzorlarini barpo etish 
 
9. Yaylovlardan to’g’ri foydalanish  
 
10.  Yangi  o’zlashtirilgan  kuchli  shamol  eroziyasiga  uchragan  turli  dahalarda 
qum tuproqlar va qumliklarning yuzasini yoppasiga qoplab o’sadigan ekinlar ekish. 
 
Nazorat savollari  
 
1. Tuproq eroziyasi deb nimaga aytiladi? 
 
2. Tuproq eroziyasi necha hil bo’ladi? 
 
3. Eroziyani keltirib chiqaradigan ichki omillarga nimalar kiradi? 
 
4. Eroziyaga sabab bo’luvchi tashqi omillarga qaysilar kiradi.? 
 
5. Yoppasiga yuvilish nima? 
 
6. Uzunasiga yuvilish nima? 
 
7. Sug’orish eroziyasi qanday sodir bo’ladi? 
 
8. Geologik eroziya deb nimaga aytiladi. 
 
9. SHamol eroziyasi tartsqalgan mamlakatlarni ayting. 
 
10.  Kuchsiz  shamol  eroziyasiga  uchragan  yerdagi  mineral  va  organik 
o’g’itlarinng yillik meyorlari. 
 
11.  O’rtacha  shamol  eroziyaiga  uchragan  yerlardagi  mineral  va  oragink 
o’g’itlarning yillik meyorlari. 
 
12.  Kuchli  shamol  eroziyasiga  uchragan  joylarda  mineral  va  organik 
o’g’itlarning yillik meoyorlari. 
 
13. Qiyalik va yonbag’irlar yuvilish darajasiga qarab, necha qismga bo’linadi? 
 
14. Qiyalikning eng pastki tekislik qismiga nima uchun mineral o’g’itlarni kam 
solinadi yoki solmasa ham bo’laveradi? 
 
Adabiyotlar 
 
 
1. Pankov M. A. Tuproqshunoslik. T., 1963. 
 
2. Rasulov A. M. Povqshenie ilodorodiya chopv xlopkovoy zonq. M., 1976. 
 
3.  Mirjajonov  Q.  M.  Vetrovaya  eroziya  oroshaemqx  pochv  Uzbekistana  i 
borg’ba s ney. T., 1973. 
 
4.  Mirzajonov  K.  M.  Nauchnqe  osnovq  borg’bq  s  vetrovoy  eroziey  na 
oroshaemqx zemelyax Uzbekistana. T., 1981. 
 
5. Mirzajonov Q. M., To’raev M. Sug’oriladigan yerlardagi eroziya. T., 1971. 
 
6.  Nasriddinov  M.  N.,  Xamraev  M.B.,  Nasriddinov  M.R.  Intensifikatsiya 
ispol’zovaniya pustinnix pochv. T., 1989. 
 
7.  Alijonov  O.A.,  Mayliboev  S.S.,  Mirzajonov  K.M.  Udobrenie  xlopchatnika 
na erodirovannix pochvax. T., 1977. 


 
MA’RUZA  21:  O’G’ITLARNI  QO’LLASH  SISTEMASI  VA  UNING 
VAZIFALARI.  QISHLOQ  XO’JALIK  EKINLARINING  O’G’ITGA  BO’LGAN 
TALABINI ANIQLASHNING FIZIOLOGIK ASOSLARI 
 
REJA: 
 
 
1. O’g’itlarni qo’llash sitemasi va uning vazifalari. 
 
2.  Qishloq  xo’jalik  ekinlarining  o’g’itga  bo’lgan  talabini    aniqlashning 
fiziologik asoslari: 
 
a) ozuqa moddalarni o’simliklarga har xil o’suv dasrida qabul qilinishi; 
 
b) ozuqa moddalarni qishloq xo’jalik ekinlari hosili bilan chiqib ketishi; 
 
v) o’simliklarni tuproqdagi ozuqa moddalardan foydalanishi; 
 
g)  o’simliklarni  organik  va  mineral  o’g’itlardagi  ozuqa  moddalarni 
o’zlashtirishi; 
 
d)  qishloq  xo’jalik  ekinlarining  ang’iz  va  ildiz  qoldiqlarining  tuproq  ozuqa 
rejimiga taosiri. 
 
3. Tayanch iboralar  
 
4. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
 
5. Foydalanilgan adabiyotlar  
 
 
1. O’g’itlarni qo’llash sitemasi va uning vazifalari. 
 
 
Xo’jalikning tabiiy va tashkiliy iqtisodiy sharoitlariga javob beruvchi ratsional 
o’g’itlash  sistemasi  -hosildorlikni  oshirishda  va  uning  sifatini  yaxshilashda,  tuproq 
unumdorligini  oshirishda  yetakchi  omillardan  biridir.    O’g’itlash  sistemasining 
rivojlanishi jarayonin 2 etapga bo’lish mumkin.  
 
1.  O’g’itlarni  qo’llash  bo’yicha  iqtisodiy  jihatdan  asoslangan  tavsiyanoma 
hujjatlarni tuzish; 
 
2. Ushbu hujjatni xo’jalik miqyosida amaliyotda qo’llash; 
 
Brinchi  etapdagi  almashlab  ekishda  o’g’itlar  sistemasini  organik  va  mineral 
o’g’itlarning  qo’llanish  rejasi  deyish  mumkin,  qaysiki,  unda  alohida  ekinlar  uchun 
o’g’itlarning  turi,  dozasi,  solish  muddatlari  va  usullari  tuproq-iqlim  sharoitlarini 
hisobga olgan holda ko’rsatiladi. 
 
Xo’jaliklarda  shunday  rejani  o’g’itlar  bo’yicha  mutaxassis,  yaoni    agronom-
agrokimyogarlar tuzadilar. 
 
Buning  uchun  mutaxassisning  qo’lida  qishloq  xo’jalik  ekinlaridan  3-5  yil 
mobaynida  olingan  hosildorlik  va  keyingi  2-3  yilga  mo’ljalangan  hosildorlik, 
almashlab ekish rejasi,  xo’jalikning agrokimyoviy kartogrammasi, tuproq xaritasi va 
organik  o’g’itlarning  jamg’arishi  rejalari  bo’lishi  kerak.  Ko’pincha  shunday 
hujjatlarni, xo’jaliklarga, ilmiy tekshirish tashkilotlari tomonidan ishlab beriladi.  
 
2-Etap. O’g’itlarni qo’llash rejasini xo’jaliklarda  amaliyotga joriy etish muhim 
ahamiyatga egadir. 
 
Bu  etapda tashkiliy  va  agrotexnik  tadbirlar  komplesini  amalga oshirish kerak. 
Xo’jalik  almashlab  ekish  tiziidagi  o’g’itlar  sistemasi  -  bu  o’g’itlardan 
foydalanishning  ilmiy  asoslangan  rejasini  bajarishga  qaratilgan  tashkiliy  xo’jalik, 


agrokimyoviy  va  agrotexnik  tadbirlar  kompleksidir,  qaysiki  unda  qishloq  xo’jalik 
ekinlariga  beriladigan  o’g’itlarning  turlari,  normalari,  tuproqqa  solish  muddatlari  va 
usullari ko’rsatiladi.  
 
Bu  reja  qishloq  xo’jalik  ekinlarining  biologik  xususiyatlarini,  rejalashtirilgan 
hosilning  ko’p  yoki  oz  ekanligini,  tuproq-iqlim  sharoitlarini,  o’g’itlarning  keyingi 
beradigan  taosirini,  har  bir  yerning  o’ziga  xos  xususiyatlarini,  almashlab  ekishdagi 
ozuqa  moddalar  blansini,  o’g’itlarni  hosil  sifatiga  ko’rsatadigan  taosirini  va  tuproq 
unumdorligini oshirishini hisobga olgan holda tuziladi. 
 
O’g’itlash  sistemasining  eng  muhim    bo’g’inlaridan  biri  -  uning  iqtisodiy 
samaradorligidir.  
 
O’g’itlarni qo’llash sistemasining vazifalariga quyidagilar kiradi: 
 
1. Qishloq xo’jalik ekinlaridan olinadigan hosilni ko’paytirish va uning sifatini 
yaxshilash; 
 
2.  Yerlarning  unumdorligini  oshirish  va  asta-sekin  bir  xil  darajaga  yetkazish, 
baozi holatlarda esa hozirgi unumdorligini saqlab qolish; 
 
3.  O’g’itlardan  samarali  foydalanish,  dehqonchilikni  intensifikatsiyalash 
darajasini oshirish va atrof-muhitni himoya qilish. 
 
Xo’jaliklarning qanday yo’nalishda ixtisoslashganligiga qarab, almashlab ekish 
dalalarining  chorvachilik  fermalari  yoki  sanoat  chorvachilik  komplekslaridan  uzoq 
yaqinligiga qarab, 3 xil o’g’itlash sistemasini joriy etish mumkin: 
 
1. Organik va mineral o’g’itlarni birga ishlatishga asoslangan go’ng - mineral, 
organo-mineral yoki kombinatsiyalangan o’g’itlash sistemasidir. 
 
2.  Faqat  mineral  o’g’itlardan  foydalanishga  asoslangan  mineral  yoki  go’ngsiz 
o’g’itlash sistemasidir. 
 
3. Sanoat - chorvachilik yo’nalishidagi xo’jaliklarga xos bo’lgan organik yoki 
go’ngli o’g’itlash sistemasidir. 
 
 
2. Qishloq xo’jalik ekinlarining o’g’itga bo’lgan talabini  aniqlashning fiziologik 
asoslari: 
 
 
a) ozuqa moddalarni o’simliklarga har xil o’suv dasrida qabul qilinishi. 
 
O’simliklarning  yoshiga  qarab  ozuqa  elementlarini  qabul  qilinishi  o’zgarib 
turadi.  U  yoki  bu  ozuqa  elementlarini  o’simliklar  tomonidan  qabul  qilinishi  2  xil 
davrga bo’linadi: 1. Ozuqa elementlarini qabul qilishning tig’iz davri. 
 
2. Ozuqa elementlarini eng ko’p qabul qilish davri. 
 
1)  ozuqa  elementlarini  qabul  qilishning  tig’iz,  eng  kerakli  davri  shundayki, 
agar  o’simliklar  o’sishi  va  rivojlanishining  maolum  bir  paytda  ozuqa  muhitida 
qandaydir  element  yetishmay  qolsa,  bu  yetishmovchilikning  o’rnini  keyinchalik  shu 
ozuqa elementlaridan ko’p miqdorda berilsa ham to’ldirib bo’lmaydi. 
 
Tekshirishlarning ko’rsatishicha, qishloq xo’jalik ekinlarining fosfor va azotga 
bo’lgan  tig’iz  davri  yosh  nihollar  paydo  bo’lgandan  keyin  10-15  kun  o’tgandan 
boshlanadi. 
 
O’simliklar  rivojlanishining  boshlang’ich  fazalarida  kaliyning  keskin 
yetishmaligi  ha  keyinchalik  hosildorlikni  pasayib  ketishga  sabab  bo’ladi.  Lekin 
keyinchalik  kaliyli  o’g’itlarning  yetarli  miqdorda  berilishi  natijasida  hosildorlikni 


sezilarli  darajada  oshirish  mumkin.  Ammo  fosforning  va  azotning  o’simliklar 
rivojlanishining  boshlang’ich  faz-asidagi  yetishmoqchiligini  keyingi  oziqlantirishlar 
yo’li bilan to’ldirib bo’lmaydi.  
 
Dala  sharoitlarida  o’simliklarning  mineral  oziqlanishiga  nisbatan  tig’iz  davri, 
odatda 
tuproq 
organik 
moddalarini 
minerallashtiruvchi 
mikroorganizmlar 
aktivligining pasaygan vaqtiga to’g’ri keladi.  
 
Bu  erta    bahorda,  past  harorat  tuproqdagi  mikrobiologik  faolyatni 
sekinlashtirgan vaqtda ro’y beradi. 
 
2)  o’simliklarning  oziqlanishidagi  taksimal,  ozuqa  elementlarini  eng  ko’p 
qabul  qiladigan  davri  shunday  davrki,  bu  paytda  o’simliklarning  bir  kecha-
kunduzdagi  ozuqa  elementlarini  o’rtacha  isteomol  qilishi  eng  ko’p  miqdorni  tashkil 
etadi.  
 
O’simliklarning  ozuqa  elementlarini  eng  ko’p  qabul  qiladigan  davri  ularning 
ancha ko’p qabul qiladigan davri ularning ancha keyin o’suv fazalariga to’g’ri keladi. 
Ko’pincha  bunday  holat  o’simliklarda  hosil  elementlari  paydo  bo’layotgan  va 
shakllanayotgan  davriga  to’g’ri  keladi.  O’simliklar  oziqlanishidagi  davriylik  ularga 
o’g’itlarni bo’lib- bo’lib solish nazariyasining asosli ekanligini ko’rsatadi.  
 
b) ozuqa moddalarning qishloq xo’jalik ekinlari hosili bilan chiqib ketishi. 
 
Tuproqdan o’simliklar ozuqa elementlarini har xil miqdorda va nisbatda qabul 
qiladi.  Ekinlarning  ozuqa  moddalarga  bo’lgan  ehtiyoji  to’g’risidagi  ko’rsatkichlar 
ozuqa  moddalarni umumiy  hosil bilan  chiqib ketishi  yoki  asosiy  mahsulotdagi  hosil 
birligiga to’g’ri keladigan ikkilamchi qismini hisobga olish bilan belgilanadi.  
 
O’simliklarda mineral oziqlanish elementlarining to’planishi pishish davrining  
boshlanishida eng ko’p miqdorni tashkil etadi.  
 
Rivojlanishning  oxirgi  fazalarida  barglarning  tushishi,  moddalarning  ildiz 
sistemasidan  tuproqqa  o’tishi  natijasida  o’simliklarda  elementlarning  yo’qotilishi 
kuzatiladi. 
 
Ozuqa  elementlarining  chiqib  ketishi  biologik,  xo’jalik  va  qoldiq  olib  chiqib 
ketish turlariga bo’linadi. 
 
Ozuqa moddalarni biologik yo’l bilan chiqib ketishi - bu ozuqa  moddalarning 
shunday  miqdoriki,  u  o’simliklar  o’z  hosilining  biologik  massasini  tuzish  uchun, 
paydo qilish uchun sarflagan ozuqa moddalar miqdoridir. 
 
Ozuqa  moddalarning  biologik  olib  chiqib  ketishi  deganda,  yerlarni 
o’simliklardan to’la tozalanishi maydondan to’la yig’ishtirib olib chiqib tashlanadi. 
 
Biologik olib chiqib ketish xo’jalik va qoldiq olib chiqib ketishlarga bo’linadi. 
 
Xo’jalik  yo’li  bilan  olib  chiqib  ketilgan  ozuqa  moddalar  -  bu  ozuqa 
moddalarning qishloq xo’jalik ekinlari tovar mahsuloti tarkibiy qismidir. 
 
Agar  qishloq  xo’jalik  ekinlarining  tovar  bo’lmagan  qismi  shu  ekinlar 
yetishtirilgan  maydondan  olib  chiqib  ketilmasa,  ularning  tarkibidagi  ozuqa 
moddalarning  miqdori  xo’jalik  yo’li  bilan  olib  chiqib  ketiladigan  miqdoriga 
qo’shilmaydi. 
 
Ozuqa moddalarning olib chiqib ketilishining qoldiq qismi - bu dalada qolgan 
chirindi,  ildiz  qoldiqlari  va  boshqalardan  tuproqqa  o’tgan  ozuqa  elementlarining 
miqdoridir. 


 
 
v) o’simliklarni tuproqdagi ozuqa moddalardan foydalanishi. 
 
O’simliklarning  tuproq  tarkibidagi  ozuqa  elementlaridan  foydalanish 
koeffitsienti quyidagi formula bilan hisoblanadi: 
 
 a 
 
 K = --------- 100 % 
 
 v 
a  -  o’g’itlanmagan  yerdan  hosil  bilan  chiqib  ketgan  ozuqa  elementlarining  miqdori, 
ga/kg; 
v - haydov qatlamidagi ozuqa elementlarining harakatchan shaklining miqdori, ga/kg. 
 
Haydov qatlamidagi ozuqa elementlarining miqdori kartogramma bo’yicha 100 
gr tuproq hisoblash koeffitsientiga ko’paytirish yo’li bilan topiladi. 
 
Masalan,  kartogramma  bo’yicha  harakatchan  fosforning  100  gr  tuproq 
tarkibidagi miqdori 10 mg bo’lsa, qayta hisoblash koeffitsienti 30 ga teng bo’lsa, har 
gektariga 10x30=300 kg fosfor (R
2
O
5
) kerak bo’ladi. 
 
Ozuqa  moddalarning  harakatchan  shakllarini  tuproqdan  o’zlashtirish 
koeffitsienti  nafaqat  ekinlarning  biologik  xususiyatlaridan,  balki  atrof  muhitning 
o’zgarishiga ham bog’liqdir.  Bu ko’rsatkichlar o’g’itlarning yillik hisob normalarini 
aniqlshda ancha qiyinchilik tug’diradi. 
 
Tuproq  tarkibidagi  ozuqa  elementlarining  o’zlashadigan  shakllari  qanchalik 
ko’p bo’lsa, o’simliklarning ulardan foydalanish koeffitsienti shunchalik past bo’ladi.  
 
Organik  va  mineral  o’g’itlar  hamda  ohakni  yerga  solganda,  tuproqdagi  ozuqa 
moddalarning  qabul  qilinishi  kuchayadi  va  o’simliklarning  ulardan  foydalanish 
koeffitsienti ortadi. 
 
 
Har  xil  tuproqlar  tarkibidagi  harakatchan  fosfor  va  kaliydan  qishloq  xo’jalik 
ekinlarining o’rtacha foydalanish koeffitsienti, % hisobida 
 
Ekinlar  
Tuproqlar Machigin usulida 
analiz qilinganda 
 
fosfor (5) 
oksidi 
kaliy oksidi 
makkajo’xo
ri silosiga 
15  15  - 



makkajo’xo
ri doniga 
30  30  - 
10 
10  - 
kungaboqar  30  30  - 
20 
15  - 
g’o’za  

20  20 

10  10 
g’alali 
ekinlar 
15  15  15 



qand 
lavlagi  






 
 
g)  o’simliklarni  organik  va  mineral  o’g’itlardagi  ozuqa  moddalarni 
o’zlashtirishi. 


 
O’simliklarni  organik  va  mineral  o’g’itlar  tarkibidagi  ozuqa  moddalaridan 
foydalanish koeffitsienti quyidagi formula bilan hisoblanadi. 
    
      Vu-Vo 
 
K = ------------ 100 % 
 
 
  S 
 
Vu - o’g’itlangan maydondagi hosil bilan olib chiqib ketilgan ozuqa moddalar, 
ga/kg; 
 
Vo  -  o’g’itlanmagan,  nazorat  qilinayotgan  maydondagi hosil  bilan olib  chiqib 
ketilgan ozuqa moddalar miqdori, ga/kg; 
 
S - o’g’it bilan  solingan ozuqa elementlarining miqdori, ga/kg. 
 
O’simliklarning  o’g’itlar  tarkibidagi  ozuqa  moddalaridan  foydalanish 
koeffitsienti  ham  tuproq  xususiyatlariga,  iqlim  sharoitlariga,  ekinlarning  biologik 
xususiyatlariga,  ishlatilayotgan  o’g’itlarning  shakllariga  va  ularning  solish  usullari 
hamda boshqa omillarga qarab o’zgarib turadi. 
 
O’simliklarning o’g’itlar tarkibidagi ozuqa moddalardan foydalanishning o’rtacha 
koeffitsientlari, % 
Taosir 
organik o’g’itlardan  mineral 
o’g’itlardan 
q-sh yill. 

R
2
O
5
  K
2


R
2
O
5
 
K
2

o’g’itlarning past va o’rtacha normalaridan 
1-yil 
20-25  25-30  50-
60 
60-
70 
15-
20 
50-
60 
2-yil 
20 
10-15  10-
15 

10-
15 
15-
20 
3-yil 
10 





to’l.al.ek. 
rotats-si 
50-55  40-50  60-
75 
60-
70 
30-
40 
65-
85 
o’g’itlarning yuqori normalaridan 
1-yil 
15-20  15-25  40-
50 
45-
55 
10-
15 
40-
50 
2-yil 
15 
10 
10 

5-10  10-
15 
3-yil 
10 





to’l.al.ek. 
rotats-si 
40-45  30-40  50-
60 
45-
55 
20-
30 
50-
65 
 
d)  qishloq  xo’jalik  ekinlarining  ang’iz  va  ildiz  qoldiqlarining  tuproq  ozuqa 
rejimiga taosiri. 
 
 
Qishloq  xo’jalik  ekinlarining  ang’iz  va  ildiz  qoldiqlari  tuproq  ozuqa  rejimiga 
sezilarli darajada taosiri qiladi. 
 
Dukkakli  ekinlarning  ang’iz  va  ildiz  qoldiqlari  ulardan  keyin  ekiladigan 
ekinlarning oziqlanishiga va tuproqning ozuqa rejimiga eng ko’p taosir qiladi. 


 
Dukkakli  ekinlar  ang’iz  va  ildiz  qoldiqlaridagi  uglerodning  azotga  nisbati 
yaxshi  chirigan  go’ngdagi  kabidir.  SHuning  uchun  dukkakli  va  don  dukkakli 
ekinlarning  ang’iz  va  ildiz  qoldiqlarining  minerallashuvi  tez  boradi,  dukkakli 
ekinlardan keyin ekiladigan qishloq xo’jalik ekinlarining dukkaklilari ang’iz va ildiz 
qoldiqlari  tarkibidagi  ozuqa  moddalardan  foydalanish  koeffitsienti  huddi  organik 
o’g’itlarning tarkibidagi azotning keyingi taosirini hisobga olish zarur. 
 
Dukkakli ekinlarning ang’iz va ildiz qoldiqlari tarkibidagi azotdan foydalanish 
koeffitsienti ulardan keyin birinchi ekilgan ekinlar 20-25 %, ikkinchi ekilgan ekinlar 
15-20 % va uchinchi ekilgan ekinlar esa 5-10 % ga tengdir. 
 
Ko’p  yillik  dukkakli  va  don  dukkakli  ekinlarning  ang’iz  va  ildiz  qoldiqlari 
ko’rinishidagi 1 t pichanda 10-15 kg azot bo’ldi.  
 
Dukkakliklardan  keyingi  birinchi  ekin  ang’iz  va  ildiz  qoldiqlari  tarkibidagi 
azotdan  25  %  yoki  30  kg  dan  foydalanadi,  bu  esa  don  hosilini  har  gektariga  1  t  ga 
oshirish imkoniyatini beradi. 
 
Don  dukkakli  ekinlar  ang’iz  va  ildiz  qoldiqlari  tarkibidagi  azotning  miqdori 
qishloq  xo’jalik  ekinlari  hosili  bilan  chiqib  ketadigan  azotning  0,5  qismiga  tengdir, 
birinchi  yili  foydalanilayotgan  ko’p  yillik  dukkakli  ekinlar  tarkibidagi  azotning 
miqdori ham yuqoridagi ko’rsatkichga teng yoki hatto 1,5 marta ortiqdir.  
 
Har xil ekinlarning ang’iz va ildiz qoldiqlarining miqdori va ulardagi ozuqa 
moddalarning miqdori 
 
Ekinlar 
asosiy  
mahsulo

haydov 
qatlamda
gi  quruq 
an 
ang’iz 
va 
ildiz 
qoldiqlaridagi 
ozuqa 
moddalarnig miqdori, 
 
hosili 
g’iz 
va 
ildiz 
qoldiqlari  

R
2
O
5
 
K
2

1-yilgi beda 

3,6 
78 
22 
37 
2-yilgi beda 
5,6 
5,0 
106 
30 
47 
no’xat 
2,5 
2,2 
40 

24 
kuzgi 
bug’doy 
2,2 
2,5 
27 

14 
arpa  

2,5 
22 

14 
makkajo’xo
ri  

4,6 
29 
12 
72 
kartoshka 

1,3 
11 

32 
kanakunjut 

2, 
12 

13 
karam 

1,3 
17 


pomidor 


16 


bodring 

0,8 
11 


sabzi 

0,8 



piyoz 

0,5 





 
 
 
 
 
Tayanch iboralar  
 
 
O’g’itlash  sistemasi,  birinchi  etap,  o’g’itlarni  qo’llanish  rejasi,  ikkinchi  etap, 
almashlab  ekish  tizimidagi  o’g’itlash  sistemasi,  iqtisodiy  samaradorlik,  o’g’itlash 
sistemasining  vazifalari,  hosil  elementlari,  tig’iz  davr,  xo’jalik  va  qoldiq  chiqib 
ketish, ang’iz qoldiqlari, ang’iz va ildiz qoldiqlari, ozuqa moddalar, dukkakli ekinlar, 
ildiz qodiqlari, mineral o’g’itlar, organik o’g’itlar. 
 
Nazorat savollari  
 
 
1. O’g’itlash sistemasining rivojlanishi necha etapga bo’linadi? 
 
2. O’g’itlash sistemasining rivojlanishi birinchi etapda qanday tadbirlar amalga 
oshiriladi? 
 
3.  O’g’itlash  sistemasining  rivojlanishi  ikkinchi  etapida  qanday  tadbirlar 
amalga oshiriladi? 
 
4. O’g’itlash sistemasining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
 
5. Necha xil o’g’itlash sistemasi bor? 
 
6. Ozuqa elementlarini qabul qilishning tig’iz davri o’simliklar rivojlanishining 
qaysi davriga to’g’ri keladi? 
 
7. Ozuqa elementlarini eng ko’p qabul qilish davri qanday davr? 
 
8.  Azot  va  fosforga  hamda  kaliyga  bo’lgan  tig’iz  davrlar  va  ular  o’rtasidagi 
farq nimadan iborat? 
 
9.  Ozuqa  moddalarning  qishloq  xo’jalik  ekinlari  hosili  bilan  chiqib  ketishi 
necha turga bo’linadi? 
 
10.  O’simliklar  tuproq  tarkibidagi  ozuqa  moddalarning  qanday  shakllaridan 
yaxshi foydalanilar? 
 
11.  O’simliklar  organik  va  mineral  o’g’itlar  tarkibidagi  ozuqa  moddalardan 
qanday sharoitda yaxshi foydalanadilar? 
 
12.  O’simliklarning  ang’iz  va  ildi  qoldiqlari  tuproq  ozuqa  rejimiga  qanday 
taosir qiladi? 
 
Adabiyotlar 
 
1. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. 
 
Agroximiya.  Pod.  red  .  V.M.Klechkovskogo  i  prof.  A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 
3. 
 
Spravochnik po udobreniyam. M., Kolos. 1964. 
4. 
 
Mirzajonov Q. M. Agronomichevkie osnovq vqsokogo urojaya. T., 1986. 
 
 


 
 
 
 
 
MA’RUZA 22: TURLI XIL OMILLARNING ORGANIK VA MINERAL 
O’G’ITLAR SAMARADORLIGIGA TAOSIRI. 
 
REJA: 
 
 
1. Tuproq xususiyatlarining taosiri  
 
2. Agrotexnik sharoitlari 
 
3. Iqlim sharoitlari  
 
4. Organik va mineral o’g’itlarni birgalikda ishlitilishi 
 
5.  Ayrim  ekinlar  oziqlanish  xususiyatlarining  ahamiyati  va  almashlab  ekish 
harakteri. 
 
6. Tayanch iboralar 
 
7. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
 
8. Foydalanilgan adabiyotlar. 
 
1. Tuproq xususiyatlarining taosiri.  
 
 
 
Qishloq  xo’jalik  ekinlariga  berilayotgan  o’g’itlarning  samarali  taosiri 
o’simliklarni  yetishtirishda  qo’llaniladigan  agrotexnik  tadbirlarga,  tuproqning 
xususiyatlari,  iqlim  sharoitiga  va  boshqa  omilga  ko’p  jihatdan  bog’liqdir. 
O’simliklarga  solinayotgan  o’g’itlarning  taosiri  tuproqning  bir  qator  xususiyatlariga 
bog’diqdir.  
 
Tuproqning  bunday  xususiyatlari  jumlasiga:  tuproqning  tipi  va  turi,  mexanik 
tarkibi,  kimyoviy  tarkibi  madaniylashganlik  darajasi,  muhit  reaktsiyasi,  tarkibidagi 
o’simliklarga o’zlasha oladigan ozuqa moddalar miqdori va boshqalar kiradi. Har xil 
tipdagi  tuproqlargasolingan ayrim o’g’itlarning taosiri turlicha bo’ladi. 
 
Masalan, qora tuproqlarda anchagina katta va ko’p miqdorda fosforli o’g’itlar 
ishlatiladi.  CHimli-podzol  tuproqlarda  to’laqonli  o’g’it  sifatida  azotning  ahamiyati 
kattadir. 
 
Torfli  mintaqalarda  kaliy  ahamiyati  jihatdan  birinchi  o’rinda  turadi. 
Tuproqning  mexanik  tarkibi  o’g’itlarning  harakatlanishi,  singdirilishi  va  ushlanib 
qolishiga,  bu  esa  o’z  navbatida  o’simliklarning  o’g’itlar  tarkibidagi  ozuqa 
moddalardan  foydalanish  xarakteriga  taosir  qiladi.  Tuproqning  mexanik  tarkibini 
o’g’itlarning  normasini,  solish  moddalari  va  usularini  belgilayotganda  hisobga  olish 
lozim. 
 
Og’ir 
mexanik 
tarkibli 
tuproqlarda 
o’g’itlarning 
singdirilishi 
va 
mustahkamlanib  qolishi  kuchli  bo’ladi,  suv  bilan  birga  harakatlanishi  sekin  bo’ladi, 
bu jarayonlar yengil mexanik tarkibli tuproqlarda ancha tez o’tadi. 
 
O’g’itlarning  samaradorligiga  tuproqlarning  madaniylashganlik  darajasi  katta 
taosir qiladi. 


 
Madaniylashgan  tuproqlarning  fizik  kimyoviy  xususiyatlari  yaxshi  bo’ladi, 
shunday  tuproqlarda  mikrobiologik  jarayonlar  intensiv  o’tadi,  bu  esa  o’g’itlarning 
samaradorligiga ijobiy taosir qiladi.  
 
Madaniylashgan  tuproqlarning  ko’zga  tashlanadigan  ko’rsatkichlaridan  bir  - 
ularda  o’simliklarga  yengil  o’zlashadigan  ozuqa  elementlarining  borligidir. 
O’g’itlardan  tuproq  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  ratsional,  tabaqalashtirib 
foydalanishda yuqorida aytilgan tuproq xususiyatlarini bilish kerak. 
 
Buning  uchun  tuproqlarni  tekshirish  va  xo’jaliklarning  tuproq  xaritasini 
tuziladi,  xaritada  tuproqning  almashlab  ekish  dalalaridagi  alohida  turlari,  ularning 
xarakteristikasi,  mexanik  tarkibi,  organik  moddalar  miqdori,  haydov  qatlamining 
chuqurligi va boshqa xususiyatlari ko’rsatiladi. 
 
Tuproqning  ayrim  xususiyatlari  juda  sekin  o’zgaradi,  tuproqni  tekshirish 
jarayonida  olingan  bunday  ko’rsatkichlar  shu  tuproq  turi  uchun  uzoq  vaqt  xizmat 
qilishi mumkin.  
 
Tuproq  xaritasidan  tashqari,  xo’jaliklarda  agrokimyoviy  kartogrammasi  ham 
mavjudki,  ularda  tuproq  tarkibidagi  arakatchan  ozuqa  moddalarning  miqdori, 
kislotaliligi,  tuproq  singdirish  kompleksining  asoslari  bilan  to’yinganlik  darajasi  va 
boshqa tez o’zgarib turadigan ko’rsatkichlar keltiriladi. 
 
 
 
2. Agrotexnika sharoitlari. 
 
 
 
Qishloq  xo’jalik  ekinlarini  yetishtirishda  qo’llaniladigan    agrotexnik  tadbirlar 
ham  organik  va  mineral  o’g’itlarning  o’simliklar  tomonidan  samarali  foydalanishga 
taosir ko’rsatadi. 
 
Agrotexnik  tadbirlar  jumlasiga:  tuproqlarga  o’z  vaqtida  va  sifatli  qilib  ishlov 
berish, qishloq xo’jalik ekinlarini eng yaxshi va qulay agrotexnik muddatlarda ekish 
ekinlarning  eng  yaxshi  o’tmishdoshlarini  tanlash,  almashlab  ekish  qoidalariga  rioya 
qilish,  qishloq  xo’jalik  ekinlari  zararkunandalari,  kasalliklari  va  begona  o’tlarga 
qarshi  kurash  hamda  boshqa  omillar  ekinlarga  solinayotgan  o’g’itlarning 
samaradorligiga sezilarli darajada taosir ko’rsatadi. 
 
Tuproqlarga o’z vaqtida va sifatli ishlov berish tuproqda yaxshi suv xhavo va 
mikrobiologik  rejimlarni  yaxshilaydi,  o’simliklarning  o’sishi  va  rivojlanishi  uchun 
yaxshi  sharoit  yaratadi,  ildiz  sistemasining  tuproq  va  o’g’itlar  tarkibidagi  ozuqa 
elementlaridan foydalanishni kuchaytiradi. 
 
O’tmishdosh  ekinlarning  alohida  taosiri  shundan  iboratki,  ular  tuproqda  ko’p 
miqdorda ildiz qoldiqlari qoldiradilar, o’tmishdoshlar o’zlarining o’suv davrlarida har 
xil miqdorda oziqlanadilar, ozuqa va suvdan har xil miqdorda foydalanadilar, bu esa 
tuproqning  suv  va  ozuqa  rejimiga,  uning  mikrobiologik  aktivligiga,  kasallik  va 
zararkunandalar  bilan  zararlanishi  hamda  ularning  rivojlanishi  kabi  tartiblariga 
turlicha  taosir  qiladi.  Tuproqdagi  o’simliklarga  qiyin  o’zlashadigan  ozuqa 
moddalaridan  yaxshi  foydalanadigan  baozi  bir  qishloq  xo’jalik  ekinlari  ildiz 
qoldiqlarining  minerallashuvi  natijasida  qiyin  eriydigan  moddalarni  o’simliklarga 
oson o’zlashadigan shaklga o’tkazadi. 
 
Ertangi  ekinlar,  kechkin,  vegetatsiya  davri  uzoq  bo’lgan  ekinlarga  nisbatan 
ozuqa  elementlaridan  kam  foydalanadilar  va  ular  erta  yig’ishtirilib  olinadi.  Natijada 


ulardan  kein  tuproqdagi  ozuqa  moddalardan  o’simliklarning  foydalanishi  uchun 
yaxshi sharoit yaratiladi. 
 
Madaniylashgan  tuproqlardagi  dukkakli  ekinlar  nafaqat  o’zlarini  azot  bilan 
taominlaydilar, balki tuproqni ham azot bilan boyitadi. 
 
SHuning uchun dukkakli ekinlardan keyin ekiladigan ekinlarga azotli o’g’itlar 
juda kam yeriladi yoki berilmasa ham bo’laveradi. Lekin  dukkakli  ekinlar  o’zarining 
o’suv  davrlarida  tuproqdagi  fosfor  va  kaliyning  ko’p  miqdorini  sarf  qiladilar,  yaoni 
ularni ko’p miqdorda qabul qiladilar. 
 
SHuning  uchun  bulardan  keyin  ekiladigan  ekinlar  uchun  fosfor  va  kaliy 
yetishmasligi sezilishi mumkin. 
 
Ko’p  yillik  dukkakli  ekinlarni  o’z  vaqtida  haydalishi  to’plangan  chimli 
qatlamni  chirishi  uchun  yaxshi  sharoit  yaratadi  va  natijada  tuproqda  harakatchan 
ozuqa moddalarning to’planishi, ayniqsa, azotning ko’p to’planishi uchun imkoniyat 
yaratilajdi. Tuproqqa ishlov berish usullari, u bilan bog’liq holda o’g’itlarni tuproqqa 
solish chuqurligi o’simliklar oziqlanishida muhim rol o’ynaydi.yu 
 
o’g’itlarni 
tuproqning 
nami 
qurib 
qolmaydigan 
qatlamiga 
tushishi 
o’simliklarning  oziqlanishi  sharoitlarini  yaxshilaydi  va  ishlatilayotgan  o’g’itlarning 
samaradorligini oshiradi. 
 
Bundan tashqari, tuproqqa o’z vaqtida va sifatli ishlov berilishi begona o’tlarga 
qarshi  kurashdir.  Begona  o’tlarning  soni  qanchalik  kam  yoki  ular  yo’q  bo’lsa, 
borayotgan  o’g’itimizdan  o’simliklarning  foydalanish  shunchalik  yaxshi  bo’ladi. 
Tuproqqa  ishlov  berisho’  bilan  haydalma  qatlam  chuqurligi  ham  ortadiyu  natijada, 
o’simliklarda kuchli, baquvvat ildiz sistemasi rivojlanadi va tuproqning ancha chuqur 
qatlamlaridan  ham  ozuqa  moddalarni  qo’shimcha  ravishda  so’rib  oladi.  Ekilayotgan 
ekinlar  navining  biologik  xususiyatlariga  bog’liq  holda  maolum  bir  ozuqa 
elementlarining  roli,  ahamiyati  ham  o’zgarib  turadi.  O’simliklarning  mahsuldor 
navlari katta miqdordagi ozuqa moddalarni talab qiladi. 
 
Tuproqqa  soliayotgan  o’g’itlarning  miqdori  ekinlarning  ekish  normalari  va 
muddatlari bilan monand bo’lishi kerak.  
 
Optimal  ekish  muddatlarining  o’zgarishi,  shuningdek,  ko’chat  qalinligining 
kamligi ham o’g’itlar samaradorligiga salbiy taosir ko’rsatadi.  
 
Sug’oriladigan  dehqonchilik  sharoitida  sug’orish  rejimiga  qatoiy  amal  qilish 
kerak. 
 
Sug’orilganda  o’g’itlarning  samaradorligi  1,5  -2  marta  ortadi,  ayniqsa  azotli 
o’g’itlarniki. 
 
Tuproqqa solinadigan  organik va mineral o’g’itlarning samaradorligi kislotali 
tuproqlarni  ohaklaganda  va  sho’r,  sho’rtoblarni  gipslaganda  yana  ham  yaqqol 
bilinadi. 
 
3. Iqlim sharoitlari. 
 
 
Iqlim  sharoitlari  ham  o’g’itlar  samaradorligiga  katta  taosir  qiladi. 
O’simliklarning  o’suv  dari  davomida  tushadigan  yog’ingarchilikning  intensivligi  va 
miqdoriga  bog’liq  bo’lgan  tuproqning  suv  rejimi,  fizik  xossalari  hosildorlikni 
belgilovchi eng muhim omillardan hisoblanadi.  


 
Tuproqda  namlikning  keskin  kamayishi  o’g’itlardan  kutilgan  samarani 
bermaydi  va  hatto  o’simlikning  o’sishi  va  rivojlanishiga  zararli  taosir  ko’rsatishi 
mumkin. 
 
Tuproq  tarkibida  namlik  yetarli  bo’lsa,  o’simliklar  o’g’itlardan  ancha  unumli 
foydalaniladi.  
 
O’g’itlash tizimini tuzatayotganda iqlimiy xususiyatlarini, ayrim ekinlar uchun 
o’g’itlarni tuproqqa solish muddatlari va usullarini hisobla olish zarur. 
 
Yog’inlar  kam  yog’adigan  ,  iqlimi  quruq  mintaqalarda  o’g’itlarni  tuproqning 
chuqurroq qatlamlariga solish tavsiya etiladi. 
 
O’g’itlarning  taosiri  nafaqat  yog’inlarning  yillik  miqdorgagina  emas,  balki 
o’suv davrida oylar bo’yicha taqsimlanishiga ham bog’liqdir. 
 
Yuqri  haroratli  davrda  o’g’itlarning  tuproqqa  sayoz  solinsa  ularning 
samaradorligi kam bo’ladi. SHuning uchun g’o’zani oziqlantirishda o’g’itlarni 16-18 
sm chuqurlikka solish kerak.  
 
Haddan  tashqari  yuqori  xharoratda  oziq  moddalarning  o’simliklarga  qabul 
qilinishi kamayadi. 
 
O’simliklar  rivojlanishiining  boshlarida  harorat  past  bo’lsa,  ularning  azot  va 
fosfor bilan oziqlanishiga salbiy taosir ko’rsatadi. 
 
Agar  kuz  va  qish  oylarida  ko’p  miqdorda  yog’in  tushsa,  kelgusi  yilda  azotli 
o’g’itlarning samaradorligi ortadi.  
 
Organik o’g’itlar maolum  miqdordagi hosilni paydo bo’lishida suv sarfini 10-
20 % ga kamaytiradi va qurg’oqchilikning halokatli taosirini kamaytiradi. 
 
 
 
4. Organik va mineral o’g’itlarning birgalikda ishlatilishi. 
 
 
Organik  va  mineral  o’g’itlarning  birgalikda  ishlatilganda  ularning  alohida-
alohida ishlatilanga qaraanda ko’p samara beradi. 
 
Bu  qo’shimcha  samaraga  eng  avvalo  tuproqda  bo’ladigan  mikrobiologik 
jarayonlar  natijasida  erishiladi,  yaoni  tuproq  va  go’ng  tarkibidagi  organik  moddalar 
intensiv  suroatda  parchalanadi,  chiriydi.  Mineral  o’g’itlar  tarkibidagi  fosforning 
tuproqda qiyin o’zlashadigan shaklga o’tish darajasi kamayadi. 
 
Go’ng bilan birga tuproqqa anchagina miqdorda mikroelementlar ham tushadi. 
Yoyirik shoxli hayvonlar go’ngning har tonna quruq moddasi tarkibida 20 kg azot, 10 
kg fosfor, 24 kg kaliy, 28 kg kaltsiy, 230  gr marganets, 20 gr mis, 100 gr rux, 1,2 gr 
kobalt,  2  gr  molibden  va  0,4  gr  yod  bor.  Go’ngning  chirishi  natijasida  karbonat 
angidrid  gazi  ajralib  chiqadi  va  havoning  yerga  yaqin  qatlamini  karbonat  angidrid 
gazi  bilan    boyitadi,  bu  bilan  esa  o’simliklarda  bo’ladigan  fotosintez  jarayonining 
mahsuldorligini ko’paytirai. 
 
Go’ng  va  mineral  o’g’itlarning  birga  qo’shib  ishlatilishi  tuproq  eritmasining 
yuqori  kontsentratsiyasini  qo’tara  olmaydigan,  lekin  o’suv  davrida  nisbatan  ko’p 
o’g’it talab qiladigan ekinlarda yaxshi samara beradi. 
 
Organik  va  mineral  o’g’itlar  tuproq  tarkibidagi  chirindi  miqdoriga  ham  taosir 
qiladi. 


 
Ko’p  yillik  tajribalarning  guvohlik berishicha,  uzoq  vaqt  mobaynida  tuproqqa 
o’g’it  solmasdan  qishloq  xo’jalik  ekinlarini  yetishtirish  natijasida  tuproq  tarkibidagi 
chirindi miqdori anchagina kamaygan. 
 
Tuproq  tarkibdagi  chirindi  miqdorini  kamayib  ketishini  to’xtatish  uchun  har 
yili tuproq tipiga qarab, 10-20 tonnadan organik o’g’itlar solib turish kerak. 
 
Go’ngni eng avvalo chopiq talab ekinlarga solish zarur. CHunki qator oralarga 
ishlov  berilganda,  organik  moddalarning  minerallanishi  kuchayadi  va  o’simliklar 
go’ngdagi  ozuqa  moddalardan  to’la  foydalanadi,  bu  ayniqsa,  uzoq  vegetatsiya 
davriga ega bo’lgan ekinlar uchun foydalidir. 
 
 
 
5. Ayrim ekinlar oziqlanish xususiyatlarining ahamiyati va almashlab ekish 
harakteri. 
 
 
 
Qishloq  xo’jalik  ekinlari  vegetatsiya  davrining  uzoqligi  bir  xilda  bo’lmagan 
holda,  shuningdek,  asosiy  oziq  elementlari  -  azot,  fosfor  va  kaliyni  o’zlashtirish 
miqdori  jihatdan  har  xil  bo’lganligidan  hosilni  shakllantirish,  ularni  umumiy 
o’zlashtirish hajmi bo’yicha bir-biridan katta farq qiladi. 
 
Ozuqa  elementlariga  bir  muncha  talabchan  ekinlarni  har    anday  bir  xil 
sharoitda ham biroz katta norma bilan o’g’itlash zarur. U yoki bu turdagi ekin naviga 
ko’ra  oziq  rejimiga  va  o’g’itga  talabchanligi  jihatidan  ham  bir  biridan  farq  qilishi 
mumkin. 
 
Tez  pishar  navlar  kech  pishar  navlarga  qaraganda  oziq  moddalarni  nsbatan 
qisqa davr ichida o’zlashtira olishi va oziqlanish sharoitiga bir muncha talabchanligi 
bilan harakterlanadi. 
 
Erga  solingan  o’g’it  o’simlikning  butun  vegetatsiya  davri  davomida  ularning 
talabiga muvofiq ravishda eng yaxshi oziqlanish sharoiti bilan taominlanishi kerak. 
 
O’g’itlash sistemasini ishlb  chiqishda, tuproqni o’g’itlash normasi, miuddatlari 
va qo’llash usullarini belgilashda har qaysi tur ekinning ayniqsa yosh davrida, tuproq 
eritmasidagi ozuqa moddalar kontsentratsiyasiga taosirchanligini, ildiz sistemasining  
o’zlashtirish  qbiliyatini  va  uning  rivojlanishi  harakterini,  muhit  reaktsiyasiga 
talabchanligini hisobga olish zarur. 
 
Azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlarni qo’llashda ular o’rtasidagi nisbatni to’g’ri 
belgilash juda muhimdir.  
 
Faqat  azotli  o’g’itlar  bilan  bir  tomonlama  oziqlantirilganda,  ekinlarning 
vegetativ  organlarini  g’ovlab  ketishiga  olib  keladi,  hosilning  tovar  qismini 
shakllanishi kechikishiga olib keladi, don ekinlari yotib qoladi. 
 
Ekinlarni tez yetishtirishda katta normada fosforli o’g’itlar o’g’it solish yaxshi 
samara  beradi.  O’g’itlash  sistemasi  ekinlardan  faqat  yuqori  v  barqaror  hosil 
yetishtirishnigina  emas,  balki  shu  bilan  birga  olinadigan  qishloq  xo’jaligi 
mahsulotlarini saqlash muddatini va sifatini oshirishni ham talab qiladi. 
 
Almashlab ekishda o’g’itlash sistemasini to’g’ri tuzish uchun turli ekinlarning 
agrotexnika va xalq xo’jaligidjagi ahamiyatini ham hisobga olish zarur. 
 
Har  bir  almashlab  ekishda  iloj  topshiriqlarni  bajarishda    muhim  rol 
o’ynaydigan  muhim  asosiy  ekin  bo’ladi.  SHunday  ekinlar  qatoriga  noqoratuproq 
mintaqasida texnika ekinlaridan zig’ir, ukrainada qand lavlagi va kuzgi don ekinlari, 


O’rta  Osiyo  respublikalarida  g’o’za,  shimoliy  Kavkaz  va  Pol’shada  donli  ekinlar, 
chorvachilik  yo’nalishidagi  xo’jaliklarda  makkajo’xori  ,  ildizmeva,  shakar  qamish, 
shahar atrofidagi xo’jaliklarda kartoshka sabzavot sholi ekinlari va boshqalar. 
 
Almashlab  ekiladigan  asosiy  ekinlarga  o’g’itlar  birinchi  navbatda  va  katta 
normada berilishi kerak. 
 
Ekinlarni  to’g’ri  navbatlab  ekish  tuproqdagi  ozuqa  moddalardan  birmuncha 
unumliroq foydalanishni va organik hada mineral o’g’itlarning samaradorligini ancha 
oshirishni taominlaydi. 
 
Almashlab ekishda ayrim ekinlarni o’g’itlash oldingi ekilgan ekin turiga, uing 
hosiliga,  shuningdek,  tuproqlda  qolgan  ildiz  va  ang’iz  qoldiqlariga  hamda  undagi 
ozuqa  elementlariga  bog’liq.  Almashlab  ekish  dalasida  o’stirilayotgan  ekinlarning 
turiga va ularning navbatlashishiga qarab, dalalarni ohaklash va o’g’itlash masalasini 
bir  xilda  hal  etib  bo’lmaydi.  Masalan,  almashlab  ekish  dalasida,  asosan,  kartoshka, 
ildizmevali, silosbop va kaliyli o’g’itlarga talabchan boshqa ekinlar yetishtirilayotgan 
bo’lsa  bunday  holarda  kliyli  o’g’itlarga  talab  ortadi  va  ularning  samaradorligini 
oshiradi.  CHimli-podzol  tuproqlarda  almashlab  ekish  dalasi  lyupin  bilan  band 
qilingan bo’lsa, bunday hollarda fosforit unining samaradorligi ancha yuqori bo’ladi. 
CHunki  lyupin  o’simligi  tuproqdagi  qiyin  o’zlashadigan  birikmalar  tarkibidagi 
fosforni yaxshi o’zlashtira olish xususiyatlariga ega. 
 
CHopiq  talab  ekinlardan  keyin  o’g’itlarning  samaradorligi  va  ulardan  keyin 
ekiladigan  va  ulardan  keyin  ekiladigan  ekinlarning  o’g’itlarga  bo’lgan  talabi  ortadi, 
chunki  chopiq  talab  ekinlar  yaxshi  parvarish  qilingandan  keyin  dalalar  begona 
o’tlardan  tozalanadi,  shu  bilan  birga  ular  tuproqdan  ko’p  miqdordagi  oziq 
elementlarini oladi va hosili nisbatan keyinroq yig’ib olinadi. 
 
SHunday  qilib  almashlab  ekish  dalasiga  o’g’itlarning  taqsimlanishi  har  bir 
ekinning  xalq  xo’jaligidagi  va  agrotexnika  ahamiyatiga,  ularning  almashlab  ekishda 
tutgan o’rniga, oldingi ekilgan ekinlarning harakteriga va har qaysi dalaning qanday 
darajada o’g’itlanganligiga ko’p jihatdan bog’liqdir. 
 
 
Nazorat savollari  
 
 
1. Tuproqning xususiyatlari o’g’itlarning samaradorligiga qanday taosir qiladi?  
 
2.  Tuproqning  madaniylashganlik  darajasi  nima  va  uning  o’g’itlar 
samaradorligiga taosiri? 
 
3. Nima uchun xo’jaliklarning tuproq xaritasi va agrokimyoviy kartogrammasi 
tuziladi? 
 
4.  Qanday  agrotexnik  tadbirlarni  bilasiz  va  ularning  o’g’itlar  samaradorligiga 
taosiri qanday? 
 
5.  Tuproqqa  o’z  vaqtida  sifatli  qilib  ishlov  berish  berishning  ahamiyatini 
ayting. 
 
6. O’tmishdosh ekinlar va o’g’itlar samaradorligi o’rtasida aloqadorlik. 
 
7. O’g’itlar samaradorligiga dukkakli ekinlarning taosiri qanday? 
 
8. O’g’itlar samaradorligini ortishida sug’orishning ahamiyati? 
 
9. Iqlim sharoitlarining o’g’itlar samaradorligiga taosirini gapiring? 


 
10.  Organik  va  mineral  o’g’itlarni  birga  qo’shib  ishlatishning  ahamiyatini 
gapiring? 
 
11. Karbonat angidrid gazining ahamiyatini gapiring. 
 
12. Almashlab ekish tizimida asosiy almashlab ekiladigan ekin deganda nimani 
tushunasiz va bu ekinning almashlab ekish tizimidagi o’g’itlashda tutgan o’rni? 
 
Adabiyotlar 
 
1. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
 
2. Muhammadjonov M.V., Zokirov A. G’o’za agrotexnikasi. T., 1988. 
 
3. Paxtachilikdan spravochnik. T., 1989. 
 
4. SHayxov E. T. va b. Paxtachilik. T., 1990. 
 
5. Ermatov A. Sug’oriladigan dehqonchilik. T., 1983. 
 
MA’RUZA 23: O’G’ITLARNING YILLIK NORMASI, DOZASI, TUPROQQA 
SOLISH USULLARI VA MUDDATLARI 
 
 
REJA: 
 
 
1. O’g’itlarning tuproqqa solish usullari va mudatlari. O’g’itlarning yillik 
normasi va dozasi. 
 
2. O’g’itlarni haydov ostiga solish. Haydov ostiga solinadigan asosiy 
o’g’itlarning normalari. 
 
3. O’g’itlarni ekish bilan birga solish. 
 
4. O’simliklarni o’suv davrida oziqlantirish. Qator orasiga solinadigan 
o’g’itlarning tarkibi va normasi. 
 
5. O’g’itlarni donadorlashtirish va uning ahamiyati. 
 
6. Mineral o’g’itlardan foydalanishni rejalatishrish va o’g’itlash normasini 
belgilash. 
 
7. Tayanch iboralar  
 
8. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
 
9. Foydalanilgan adabiyotlar.  
 
1. O’g’itlarning tuproqqa solish usullari va mudatlari. O’g’itlarning yillik normasi va 
dozasi. 
 
 
O’g’itlarni tuproqqa solishning uch xil usuli bo’ladi.  
 
1. Ekishgacha (asosiy o’g’itlash) 
 
2. Ekish vaqtida (qatorlarga, uyalarga, chuqurlarga) 
 
3. Ekishdan keyin (vegetatsiya davrida oziqlantirish). 
 
O’g’itlarni bir necha muddatlarda solinadi. 
 
1. Kuzda (haydov ostiga) 
 
2. Bahorda (ekishdan oldin va ekish bilan) 
 
3. Yozda (oziqlantirishda). 
 


 
O’g’itlarni plugning ostiga, kultivator - oziqlantirgichlar bilan va diskali 
boronalar bilan solinadi. 
 
O’g’itlarni haydov ostiga solish uchun traktorlarga osib ishlatiladigan 
agregatlar bilan tuproq yuzasiga sepiladi va plug bilan 35-40 sm chuqulikka ag’darib 
haydaladi. 
 
O’g’itlarni ekish bilan birga va oziqlantirish davrida kultivator oziqantirgichlar 
bilan tuproqning maolum bir chuqurligiga solinadi. 
 
O’g’itlarning  yillik  normasi  bu  qishloq  xo’jalik  ekinlariga  ishlatiladigan 
o’simliklarning  butun  vegetatsiya  davri  uchun  mo’ljallangan  o’g’itlarning  umumiy 
miqdoridir.  Bu  norma  bir  gektar  yerga  solinadigan  o’g’itlarning  kg  hisobidagi 
miqdoridir. 
 
O’g’itlarning dozasi bu qishloq xo’jalik ekinlarini bir marta oziqlantirishda sarf 
bo’ladigan o’g’itlar miqdori bo’lib, har gektarga kg hisobida belgilanadi. 
 
O’g’itlarning  tuproqqa  shunday  solish  keraki,    ular  o’suv  davri  eng  ko’p 
miqdorda  o’simliklarga  o’zlashadigan  bo’lsin.  Ildiz  sistemasining  rivojlanadigan 
qatlamda  bo’lib,  tuproq  bilan  kamroq  bog’lansin.  Tuproqning  chuqurroq  nam 
qatlamiga  solingan  o’g’itdan  o’simliklar  butun  vegetatsiya  davrida  yaxshi 
foydalanadi.  Mexanik  tarkibi  yengil  tuproqlarda  o’g’itlarni  mexanik  tarkibi  og’ir 
tuproqlarga nisbatan chuqurroqqa solish kerak. 
 
O’g’itlarni 
chuquroqqa 
solishda 
ularni 
tuproq 
qatlamlari 
bo’ylab 
harakatlanishini ham xisobga olish lozim.  
 
Nam  iqlimli  mintaqalardagi  mexanik  tarkibi  yengil  tuproqlardan  sezilarli 
darajada  yuviladi.  Nitratlarning  ko’p  yuvilishi  tuproq  yuzasini  o’simliklar 
qoplamagan  paytda,  erta  bahorda  va  kech  kuzda  sodir  bo’ladi.  Issiq  iqlimli 
mintaqalarda sug’orilib dehqonchilik qilinadigan mintaqalarda azotli o’g’itlar solinib, 
ekinlar  sug’orilib  bo’lgandan  keyin  tuproqdagi  kapillyar  naychalarning  tiklanishi  va 
parchalanishi  oibatida  egatlarning  yon  boshida  va  pushtaga  nitratlarning  ko’tarilishi 
ro’y beradi.  
 
Fosforli  o’g’itlar  solingan  qatlamda  turadi,  ular  tuproq  qatlamlari  bo’ylab, 
deyarli harakatlanmaydi. 
 
Kaliy  to’g’risida  ham  shunday  hulosaga  kelish  mumkin.  CHunki  kaliy  ham 
almashinuvchi  arakterda  tuproqqa  singdiriladi  va  u  bog’langan  tuproqlarda  yaxshi 
tutib turiladi. 
 
Bunday jarayonlar ayniqsa kislotali muhitga ega bo’lgan podzol, chimli podzol 
tuproqlarda  kuchli  sodir  bo’ladi.  CHunki  bu  tuproqlara  ko’p  miqdorda  temir  va 
alyuminiy  oksidlari  bo’lib,  ular  bilan  temir  va  alyuminiy  fosfatlar  hosil  qiladi.  Bu 
birikmalarni amalda  o’simliklar o’zlashtira olmaydilar. 
 
 
2. O’g’itlarni haydov ostiga solish. Haydov ostiga solinadigan asosiy o’g’itlarning 
normalari. 
 
 
O’g’itlarni  haydov  ostiga  solish  bu  qishloq  xo’jalik  ekinlarini  butun  o’suv 
davrida ozuqa elementlari bilan bir tekisda taominlash demakdir.  


 
CHuqur haydov ostiga solingan o’g’itlar o’simliklar rivojlanishining eng zarur 
davrida,  yaoni  o’simliklarning  tez  o’sayotgan  va  rivojlanayotgan  davrida  ozuqa 
elementlarini eng ko’p isteomol qiladigan davrida kerak bo’ladi.  
 
SHning  uchun  xaydov  ostiga  solinadigan  o’g’itlar  asosiy  o’g’itlar  deyiladi. 
Bunday usulda o’g’itlar yillik normasining ko’p qismi solinadi. 
 
Asosiy  o’g’itlarni  tuproqqa  solish  muddatini  aniqlash  tuproqning  mexanik 
tarkibiga iqlim sharoitlariga va o’g’itlarning o’zlarini xususiyatlariga bog’liqdir. 
 
Nitratli  va  ammiak  nitratli  azotli  o’g’itlarni  nam  iqlimli  sharoitlarda  chimli-
podzol,  o’rmon  sur  tusli  ishqorsizlangan  qora  tuproqlarda  bahorda  solinadi.  Bu 
sharoitda  azotli  o’g’itlarni  ko’pgina  kultivator  bilan  solinadi.  Ammiakli  azot  issiq 
bahor oylarida 2 haftada to’liq nitrat shakliga o’tadi. 
 
Bunday sharoitda azotli o’g’itlarni bahorda tuproqning ustk qatlamiga solinsa, 
namgarchilik bo’lmasa tuproq quriydi va o’g’itlarning samaradorligi pasayadi. 
 
Fosforli va kaliyli o’g’itlar ko’pchilik asosiy tuproqlar sharoitida kuzda haydov 
ostiga solinadi. 
 
Kaliyli  o’g’itlar  faqat  qumli  va  qumoq  tuproqlar  sharoitida,  nam  iqlimli 
mintaqalarda, bahorda solinadi. 
 
Go’ng asosan kuzda haydov ostiga solinadi.  
 
O’g’itlarni notekis solinishi 15-20 % dan ortmasligi kerak. 
 
1.  Haydov  ostiga  solinadigan  asosiy  o’g’itlarning  normalari  quyidagicha 
bo’ladi. 
 
Fosforli o’g’itlarning  yillik normasining 70 %, agar kaliyli o’g’itlarning yillik 
normasi  100  kg  gacha  bo’lsa,  hammasi  solinadi,  100  kg  dan  ko’p  bo’lsa,  50  -60  % 
haydov ostiga qolgani esa oziqlantirishda beriladi.  
 
2.  Eroziyaga  uchragan  yerlarda  azotning  yillik  normasini  50  %  ni  bahorgi 
haydov ostiga yoki chizel ostiga solinadi. Qolgan qismi ekish bilan va oziqlantirishda 
beriladi.  
 
Fosforning 65-70 % haydov ostiga solinadi. 
 
3. Sug’orish eroziyasiga uchragan joylarda o’g’itlarning yillik normasini 4545-
65  %  ni  yonbag’irning  kuchli  yuvilgan  joyiga  22-23  %  ni  yonbag’irning  o’rtacha 
yuvilgan  joyiga,  qolgan  qismini  esa  yonbag’irning  pastki  qismiga    yaoni  yuvilib 
tushgan loyqa va oziq moddalarni to’plangan joyiga solish lozim. 
 
 
 
3. O’g’itlarni ekish bilan birga solish. 
 
 
O’g’itlarni  ekish  bilan  birga  berishda  o’g’it  va  urug’lar  alohida-alohida 
qutilardan  tukoprovodlar  orqali  tuproqqa  solinadi.  Bunday  holatda  o’g’itlarni  yerga 
solganda ekilayotgan urug’lar o’g’itdan  yupqa tuproq qatlami bilan ajralib turadi.  
 
O’g’itlarni  bunday  usulda  solish  shuning  uchun  yaxshiki,  unayotgan  yosh 
nihollar  tuproq  eritmasidagi    yuqori  kontsentratsiyasini  juda  sezuvchan  bo’ladi. 
O’g’it bilan urug’larning o’rtasidagi tuproq qatlami ajratib turadi. Va bu o’g’itlardan 
yosh nixhollarni foydalanishi  40-60 % ga yetadi. 
 
Ekish  bilan  solinadigan  o’g’itlar  ekinlarning  dastlabki  rivojlanish  djavrlarida 
oziq elementlariga bo’lgan talabini qondirish maqsadida beriladi.  
 
SHuning uchun bunday usulda o’g’itlarning ozroq dozada beriladi.  


 
O’simliklarning 
yosh 
vaqtida 
noqulay 
sharoitlarga 
xususan 
ozuqa 
elementlarining yetishmasligiga sezuvchan bo’ladi. Ekish bilan bilan irga beriladigan 
oz  dozadagi  mineral  o’g’itlar  yosh  nihollarning  oziqlanishi  uchun  qulay  sharoit 
yaratadi. 
 
Buning natijasida ular tez rivojlanaadi va noqulay sharoiti yengil o’tkazadi. 
 
O’simliklar  rivojlanishining  dastlabki  davrida  yaratilgan    qulay  sharoit  qisqa 
muddatda baquvvat ildiz sistemasining rivojlanishiga keyinchali esa tuproq va asosiy 
o’g’itlar  tarkibidagi  ozuqa  elementlaridan  samarali  foydalanishlari  uchun  imkoniyat 
yaratadi.  
 
Urug’lar bahor paytida ekiladi.  
 
Maolumki,  bu  paytda  tabiatda  ham  xar  xil  ofatlar  ro’y  beradi,  yaoni  jala, 
shamol, qatqaloq hosil bo’lishi, haroratning keskin pasayishi sodir bo’ladi. 
 
Ozuqa  bilan  yaxshi  taominlangan  yosh  nihollar  yuqoridagi  kabi  salbiy 
hodisalarga chidamli bo’ladi. Ekish bilan birga beriladigan o’g’itlarning dozasi 15-20 
kg ni tashkil etadi.  
 
Ekish  bilan  birga,  asosan,  fosforli  va  azotli  o’g’itlar  solinadi.  Bunda 
donadorlashtirilgan  superfosfat,  kompleks  o’g’itlardan  ammofos,  diammofos, 
nitrofos, nitrofoska, nitroammofoslardan foydalaniladi.  
 
4. O’simliklarni o’suv davrida oziqlantirish. Qator orasiga solinadigan o’g’itlarning 
tarkibi va normasi. 
 
 
Ilmiy-tadqiqot  muassasalarida  olib  borilgan  tajribalarning  natijalariga 
qaraganda ko’pchilik hollarda oziq moddalarning yuvilishi juda kam bo’lgan o’rtacha 
va  og’ir  mexanik  tarkibli  tuproqlarda  azotli  o’g’itlarni  ham  oziqlantirish  uchun 
ajratilishi  hosilni  kamayishiga  olib  kelgan.  Bunday  holat  shu  bilan  tushuntiriladiki, 
o’simliklarni  oziqlantirishda  beriladigan  o’g’itlar  kultivatorlar  bilan  quruq  tuproqqa 
va sayoz solinadi. SHuning uchun bu o’g’itlardan o’simliklar yomon foydalanadilar.  
 
SHuning  uchun  oziqlantirishni  tuproqda  nam  yetarli  bo’lganda  va  o’g’itlarni 
chuqur  qatlamlarga  solish  bilan  olib  borish  lozim.  Sug’orilibyu  dehqonchilik 
qilinadigan  sharoitda  esa  o’g’itni  tuproqqa  solgandan  keyin  darhol  sug’orish  kerak. 
Oziqlantirishda  ayniqsa  kaliyli  va  fosforli  o’g’itlarni  tuproqqa    solish  maqsadga 
muvofiq  ema.    CHunki  kaliy  va  fosfor  tuproq  profili  bo’yicha  deyarli 
harakatlanmaydi.  Azotli  o’g’itlarning  nitrat  anioni  hxarakatchan  bo’lgani  sababli 
tuproqqa  solingandan  boshlab  pastki  qatlamlarga  qarab  harakatlanadi.  SHuning 
uchun undan o’simlik foydalanadi.  
 
O’simliklarning o’suv davrida ozilantirish bir qator omillarga bog’liqdir.  
 
1. Agar qishloq xo’jalik ekinlariga beriladigan o’g’itlarning yillik normasi katta 
miqdorda bo’lsa,  
 
2. Ekilayotgan qishloq xo’jalik ekinlarining biologik xususiyatlariga bog’liq. 
 
3. Tuproq tarkibidagi ozuqa moddalarning miqdoriga bog’liq.  
 
4. Qishloq xo’jalik ekinlariga qo’llaniladigan o’g’itlarning shakllariga bog’liq.  
 
5.  Qo’llaniladigan  o’g’itlarning  tuproq  tarkibidagi  xarakatchanligiga  va 
ularning  tuproqda mustahkamlanib ushlanib qolishiga bog’liq. 
 
6. Tuproq-iqlim sharoitiga bog’liq.  


 
7.  Qishloq  xo’jalik  ekinlarining  vegetatsiya  davrining  uzun  qisqaligiga  va  har 
xil  o’suv  fazalarida  oziq  elementlariga  bo’lgan  talabining  turlicha  bo’lishiga  va 
boshqalar. 
 
O’g’itlarni  qator  oralarga  solib  oziqlantirish,  masalan, g’o’za  2-4  ta  chin  barg 
chiqargan davrdan boshlanadi.  
 
Agar  azotning  yillik  normasi  har  gektarga  250  kg  fosforlik  ham  250  kg 
kaliyniki  esa  100  kg  bo’lsa,  fosforning  180  kg  kaliyning  50  kg  kuzgi  haydovda 
azotning 20 kg ekishdan oldingi ishlovda, 20 kg azot va 20 kg fosfor ekish bilan birga 
beriladi.  
 
O’g’itlarnin oziqlantirishda qanday sharoitlarida beriladi: 
 
1.  Ekishgacha  bo’lgan  davrda.  O’g’itlar  solinmagan  yoki  yetarli  darajada 
solinmagan bo’lsa. 
 
2. CHopiq talab ekinlarga yuqori dozalarda mineral o’g’itlar ajratilgan bo’lsa.  
 
3. Oziqlantirishda azotli o’g’itlarning tuproqda xarakatchan bulgan shaklaridan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
 
 
5. O’g’itlarni donadorlashtirish va uning ahamiyati.  
 
 
Mineral o’g’itlarni donador qilishdan asosiy maqsad quyidagilardan iborat: 
 
1. Ular mushtlashib qolmaydi. 
 
2. 
Donadorlashtirilgan 
o’g’itlarni 
tuproq 
yuzasiga 
sochiluvchanligi 
yaxshilanadi va tuproq yuzasiga bir tekisda tushadi.  
 
3. Boshqa o’g’itlar bilan aralashmalar tayyorlaganda bir tekisda aralashadji. 
 
4.  Donadorlashtirilgan  o’g’itlarning  taosiri  poroshok  holidagi  o’g’itlarnikiga 
nisbatan ancha yaxshi bo’ladi. 
 
5.  Donadorlashtirilgan  o’g’itlarning  gigroskopikligi  kristall  va  poroshok 
holidagi o’g’itlarnikiga nisbatan ancha kam bo’ladi. 
 
6. Mineral o’g’itlardan foydalanishni rejalashtirish va o’g’itlash normasini belgilash. 
 
 
Almashlab  ekishda  o’g’itlar  sistemasini  ishlab  chiqishda  eng  muhim  va 
murakkab 
maqsadlardan 
biri 
o’g’itlash 
normasini 
belgilashdir. 
Ekinlar 
hosildorligining  ortishi  o’g’itlarnming    normasi  ortishi  bilan  qishloq  xo’jalik 
ekinlarini  hosildorligi  ham  bevosita  ortadi,  bunda  olinadigan  mahsulot  sarflangan 
oziq  moddalarni  ancha  ortig’i  bilan  qoplashga  erishiladi.  Bunday  intervalda 
normadan ortiq solingan o’g’it hisobiga ham, shuningdek o’g’it birligi hisobiga ham 
ortadi.  
 
O’g’itlash normasini yanada oshirish gektaridan olinadigan osilni ko’paytirish 
mumkin.  Lekin  oshirilgan  norma  evaziga  olingan  qo’shimcha  hosil  va  o’g’it  birligi 
hisobiga  olingan  maxsulot  asta  sekin  kamayib  boradi.  Gektaridan    olinadigan  hosil 
maksimal  arajga  aylangandan  keyin  kelgusida    o’g’itlash  normasini  oshirishning 
hojati  yo’q.  O’g’itlash  normasini  oshirish  qo’shimcha  solingan  o’g’itlar  miqdori  
bilan  bog’ldiq  barcha  sarf  haraatlar  olingan  qo’shimcha  hosil  qiymati    ortig’i  bilan 
qoplangandagina u iqtisodiy jihatdan foydil hisoblanadi.  


 
 Solinadigan o’g’itlardan  foydalanish  eng asosiy  qulay  normasini belgilash  va 
o’g’itdagi  oziq  moddalarning  nisbatini  planlashtirishda  dala  tajribasi  natijalari  asosi 
qilib olindi. 
 
Respublikamizning 
turli 
tuproq-iqlim 
sharoitlarida 
jolashgan 
tajriba 
stantsiyalarida  qishloq  xo’jaligi  sohasidagi  ilmiy  tekshirish  institutlarida  va  zonal 
agrokimyo  laboratoriyalarida  yagona  sxema  asosida  o’g’itlash  bo’yicha  dala 
tajribalari o’tkaziladi.  
 
Geografik  dala  tajribalari  natijalari  umumlashtirilib  olingan  maolumotlar 
asosida tuproq-iqlim sharoitlari agrotexnik usullar va boshqa omillarni hisobga olgan 
holda o’g’itlardan foydalanish bo’yicha tavsiyanomalar ishlab chiqiladi.  
 
Geografik  dala  tajribalari  natijalari  o’g’itlar  taosirining  asosiy  qonuniyatlarini 
aniqlashga  o’g’itlarning  turi  va  nisbatiga  qrab  ekinlarga  turli  normada  solinganda 
ulardan  olinadigan  barqaror  qo’shimcha  hosil  miqdorni  belgilashga:  o’g’itdan 
agronomik  va  iqtisodiy  jihatdan  maksimal  foyda  olish  uchun  asosiy  oziq 
elementlarining  optimal  normasi  va  nisbatini  aniqlashga,  mamalkatimizni  tabiiy 
iqtisodiy  rayonlari  va  viloyatlari  bo’yicha  o’g’itlarga  bo’lgan  talabni  aniqlashga, 
ularni  davlat  mifqyosida  ishlab  chiqarishni  rejalashtirishga  va  taqsimlashga  imkon 
beradi. 
Belgilangan miqdordagi hosilni olish uchun agrokimyo xizmati tomonidan tavsiya 
qilingan  ozuqa elementlarining  
nisbati va o’g’itlash normasi 
 
Ekinlar ekiladigan 
mintaqalar 
umumlashtir
ilgan 
tajribalar 
ozuqa 
moddalar- ning 
optimal 
normasi 
azot, fosfor, 
kaliyning  o’zaro 
nisbati 
Kuzgi bug’doy  
shimoliy kavkaz 
131 
140 
1:1:0.3 
markaziy qoratul vil. 
52 
140 
1:1,2:1,2 
Donetsk - predneprovk 
426 
135 
1:1,4:1 
janubiy g’arbiy 
276 
255 
1:1,3:1 
janubiy 
205 
130 
1:1,2:0.7 
Kartoshka (orgnik o’g’it solingan, 200-250 kg/ga) 
markaziy 
229 
205 
1:0,7:0,8 
janubiy-g’arbiy 
170 
225 
1:0,7:0,8 
belorussiya 
210 
225 
1:1,4:1,4 
Qand lavlagi (gektaridan 250-300 ts) 
markaziy qoratuproq 
141 
200 
1:2,5:1,1 
shimoliy kavkaz 
70 
155 
1:1,3:1,1 


donetsk - predneprovsk 
298 
200 
1:1:0,8 
janubiy-g’arbiy 
386 
220 
1:1,1:1,1 
G’o’za (getaridan 25-30 ts) 
O’zbekiston 
39 
340 
1:0,7:0,14 
Tojikiston 
70 
340 
1:0,7:0,3 
Turkmaniston 
54 
290 
1:0,6:0,2 
Ozarbayjon 
162 
275 
1:1:0,5 
 
 
Mineral  o’g’itlar  birinchi  navbatda  xalq  xo’jaligida  muxim  ahamiyatga  ega 
bo’lgan  ekinlarga  va  tuproq-iqlim  sharoiti  maolum  darajada  cheklangan  joylarga 
ajratiladi. 
 
Sug’oriladigan  va  namgarchilik  ko’p  bo’ladigan  mintaqalarga  ko’proq  o’g’it 
yetkazib  berish  rejalashtiriladi.  Bunday  joylarda  o’g’itga  ketgan  harajatlar  tezda 
ortig’i  bilan  qoplanadi.  Asosan  g’o’o’za,  qand  lavlagi,  kartoshka,  uzun  tolali  zig’ir, 
shuningdek  sabzavot  va  poliz  ekinlari  kabi  muhim  texnika  ekinlari  ekiladigan 
rayonlarga yuqori normalda o’g’it berish rejalashtiriladi. 
 
Mamlakatimizning  ayrim  zonalari  bo’yicha  tavsiya  qilinadigan  o’rtacha 
o’g’itlash  normalari  u  yoki  bu  zonaning  haqiqatda  o’g’itlar  bilan  qanchalik 
taominlanganligiga va tuproqning unumdorligi darajasiga qarab rejalashtiriladi. 
 
Tuproqning  agrokimyoviy  ko’rsatkichlari  bilan  o’g’itlarni  samaradorligi 
orasida  o’zaro  munosabatni  aniqlash  bo’yicha  mamldakatimizdagi  zonal  agrokimyo 
laboratoriyalari  va  ilmiy  tekshirish  tashkilotlari  muntazam  ravishda  keng  ko’lamda 
eksperimental  kuzatishlar  o’tkazib  turadilar.  Bunday  tajribalarda  aniqlangan  o’zaro 
bog’liqliklarga  asoslanib tuproq  agrokimyoviy  ko’rsatkichlarini  hisobga  olgan holda 
rejalashtiriladigan hosilga o’g’it qo’llash bo’yicha tavsinomalar ishlab chiqiladi. 
 
Tayanch iboralar  
 
 
Ekishgacha,  ekish  vaqtida,  ekishdan  keyin,  haydov  ostiga,  bahorda,  yozda, 
plug,  kultivator,  oziqlantirgich,  yillik  norma,  doza,  o’suv  davri,  o’g’itlarni  tuproqqa 
solish, kapillyar naychalar, eroziya, shonalash, gullash, o’g’itlarni donadorlarshtirish, 
o’g’itlar normasi, kimyolashtirish darajasi. 
 
Nazorat savollari  
 
 
1. O’g’itlarni tuproqqa qanday usulda solinadi? 
 
2. O’g’itlarni tuproqqa qaysi muddatlarda solinadi? 
 
3. O’g’itlarning yillik normasi deb nimaga aytiladi? 
 
4. O’g’itlarning dozasi nima va uning o’lchov birligi? 
 
5. O’g’itlarni tuproqqa qanday solish kerak? 
 
6. Haydov ostiga solinadigan o’g’itlarning normalarini gapiring? 
 
7. O’g’itlarni nima uchun ekish bilan birga solinadi va uning ahamiyati. 
 
8. O’simliklarning o’suv davrida nima uchun oziqlantiriladi? 


 
9. O’simliklarni o’suv davrida oziqlantirishni belgilovchi omillar? 
 
10. O’g’itlar nima uchun donador qilinadi? 
 
Adabiyotlar 
 
1. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
 
2. SHayxov E. T. va b. Paxtachilik. T., 1990. 
 
3. Ermatov A. Sug’oriladigan dehqonchilik. T., 1983. 
 
4. Spravochnik po udobreniya. M. Kolos. 1964. 
 
 
 
 
 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MA’RUZA 24: ASOSIY QISHLOQ XO’JALIK EKINLARINI O’G’ITLASH 
 
REJA:  
 
 
1. Kuzgi bug’doyni o’g’itlash  
 
2. Makkajo’xorini o’g’itlash 
 
3. Kartoshkani o’g’itlash 
 
4. Qand lavlagini o’g’itlash  
 
5. G’o’zani o’g’itlash.  
 
6. Tayanch iboralar  
 
7. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
 
8. Foydalanilgan adabiyotlar.  
 
 
Kuzgi bug’doyni o’g’itlash. 
 
 
Kuzgi  bug’doy  asosiy  oziq-ovqat  ekinlaridan  biridir.  Kuzgi  bug’doy 
yetishtiriladigan asosiy mintaqalarga shimoliy kavkaz va ukraina respublikasi kiradi. 
Bu  yerlarda  u  donli  ekinlar  strukturasida    qariyb  70  %  ni  tashkil  etadi.  Bundan 
tashqari,  kuzgi  bug’doy  Roissiyaning  markaziy  qora  tuproq  va  noqora  tuproq 
mintaqalarida va Belorussiyada anchagina katta maylonlarga ekiladi. 
 
Tuprog’i  ohaklangan  agrotexnika  qoialariga  qatiy  rioya  qilingan  va  yaxshi 
o’g’ilangan  yerlarda  ulardan  yuqori  xosil  olinadi.  Kuzgi  bug’doyning  ildizi  popuk 
ildiz bo’lib, asosan tuproqning haydov qatlamida joylashgan. Kuzgi bug’doy asosan 


kuzda va bahorda tuplanadi. Kuzgi bug’doy kislotali muxitga ega bo’lgan tuproqlarda 
juda  yomon  o’sadi  va  neytralga  yaqin  va  neytral  muhitli  tuproqlarda  yahxshi 
rivojlanadi. 
 
Kuzgi  bug’doy  qumli  va  qumoq  tuproqlarda  yaxshi  rivojlanmaydi  va 
o’tmishdosh ekinga talabchandir.  
 
Kuzgi bug’doyning 1 t donida somoni bilan birga 35 kg azot 12 kg fosfor va 26 
kg  kaliyni  olib  chiqib  ketadi.  Kuzgi  bug’doy  azotga  juda  talabchandir.  Ozuqa 
elementlarini isteomol qilish asosan kuzgi ekinlarda gullash davrida tugallanadi. Eng 
ko’p  ozuqa  elementlarini  tuplanish  va  nam  o’rash  davrida  qabul  qiladi.  Kuzgi 
bug’doyni  shu  fazalarda  ozuqa  elementlari  bilan  yaxshi  taominlanishi  muhim 
ahamiyatga egadir.  
 
 
Kuzgi bug’doyning ozuqa elementlariga bo’lgan talabi  
 
rivojlanish davri 
azo

fosfor  kaliy 
tuplanish 
32 
20 
23 
nay o’rash 
56 
37 
78 
gullashi 
85 
79 
100 
mum pishiqlik 
100  100 
84 
 
 
Kuzgi bug’doy organik o’g’itlarga ham juda talabchan bo’lib, har gektariga 20-
30 t solinadi.  
 
Organik  o’g’itlarni  haydov  ostiga  solinadi.  Bunda  yarim  chirigan  go’ngdan 
foydalaniladi.  Kuzgi  g’allali  ekinlarning,  xususan,  kuzgi  bug’doyning  hosiliga 
mineral  o’g’itlarning  taosiri  tuproq-iqlim  sharoitiga  bog’liqdir.  Fosforli  va  kaliyli 
o’g’itlarni to’g’ri qo’llash, kuzgi bug’doyni qishki sovuqqa chidamliligini oshiradi va 
yotib  qolish  xususiyatini  kamaytiradi.  Yosh  o’simliklarda  qand  moddalarini 
to’planishini ko’paytiradi. 
 
Azotli  o’g’itlar  unumdorligi  past  tuproqlarda  ko’chli  taosir  ko’rsatadi.  Azotli 
o’g’itlar  asosiy  o’g’it  sifatida  plug  ostiga  solinadi  yoki  kultivator  va  diskali  borona 
bilan tuproqqa ko’miladi. Kuzgi bug’doyni azot bilan ortiqcha oziqlantirish natijasida 
o’simlikda  qand  moddalarini  to’planishini  kamaytiradi  va  qishlovga  chidamliligini 
kamaytiradi.  
 
Qishi  iliq  bo’ladigan,  bahori  issiq,  tuprog’i  tez  qurib  qoladigan  va  azotli 
o’g’itlarning  yuqilish  xavfi  bo’lmagan  janubiy  mintaqalarda  organik  o’g’itlarning 
to’liq  normasini  haydov  ostiga  solsa  ham  bo’laveradi.  Qatorlarga  solinadigan 
fosforning dozasi har gektariga 10 kg bo’lib, donadorlashtirilgan superfosfat beriladi 
yoki tarkibida kompleks o’g’itlardan foydalaniladi.  
 
Geografik dala tajribalarini natijalariga qaraganda har gektariga toza holda 10 
kg    yoki  o’g’it  ko’rinishida  50  kg  superfosfat  ekish  bilan    berilganda  chimli  podzol 
tuproqlarda  har  gektardan  3-4  ts  sur  tusli  tuproqlarda  2,8  ts,  azotdagi  janubiy  va 
ishqorsizlangan  qora  tuproqlarda  1,8  ts  karbonatli  qora  tuproqlarda  3,7  -  4  ts 
qo’shimcha hosil olingan.  


 
Kuzgi bug’doyni bahorda oziqlantirilganda ammiakli selitra ammoniy sulfat va 
mochevinadan  foydalaniladi.  Erta  bahorda  kuzgi  bug’doyni  ammiakli  selitra  bilan 
oziqlantirilganda  eng  yaxshi  samaradorlikka  erishiladi.  CHunki  kuzgi  bug’doyning 
azotdan foydalanishi yaxshi kechadi yaoni selitradagi ammoniy azot tuproqning yuza 
qatlamida  ushlanib  tursada,  nitrat  anioni  yuvilib  ildiz  tarqalgan  qatlamga  tushadi. 
Kuzgi  bug’doydan  sug’orilmaydigan  sharoitda  50-55  ts  har  gektaridan  hosil  olish 
uchun chimli podzol tuproqlarda: go’ng har gektariga 30-40 va 120-170 kg azot, 70-
100 kg fosfor, 40-60  kg kaliy solinadi, ko’p yillik o’tlardan keyin azot 120-170 kg, 
fosfor,  150-180  kg,  kaliy  120-150  kg,  ishqorsizlangan,  fosfor  va  kaliyning 
harakatchan  shakllari  bilan  yuqori  darajada  taominlangan  qora  tuproqlarda    30  t 
go’ng, 50-90 kg azot va  40-70 kg fosfor, toza shudgorda azot 60-1000 kg, fosfor 80-
120  kg,  kaliy  60-90  kg,  har  gektariga  sug’orilib  dehqonchilik  qilinadigan  sharoitda  
tuproq-iqlim  sharoitini  va  agrotexnik  fonlarni  hisobga  olgan    holda  azot  60-120  kg, 
fosfor 60-90 kg, kaliy 30 kg solinadi.  
 
 
2. Makkajo’xorini o’g’itlash. 
 
 
Makkajo’xori  ham  silos  uchun  ham  don  uchun  ham  yetishtiriladi. 
Makkajo’xorini  don  uchun  quyidagi  mintaqalarda  yetishtiriladi.  SHimoliy  kavkazda 
markaziy  qoratuproqning  janubiy  qismida,  Quyi  Volga  bo’yida,  O’rta  Osiyo 
respublikalarida. 
 
Nam  yetarli  bo’lmagan  sharoitlarda  makkajo’xorining  o’tmishdoshlari    kuzgi 
g’allali  ekinlar  va  don  dukkakli  ekinlar  makkajo’xori  oziqlanish  rejimiga  ancha 
talabchandir.  Makkajo’xori  yaxshi  havo  almashinadigan  yengil  mexanik  tarkibli  va 
neytral  muhitga  ega  bo’lgan  tuproqlarda  yaxshi  rivojlanadi.  Ildizning  eng  ko’p 
massasi  asosiy  haydov  qatlamida  joylashadi.  Makkajo’xori  oziq  moddalarni  butun 
vegetatsiya davomida yaoni doni dumbul bo’lgunga qadar talab qiladi. Lekin ro’vak 
chiqarishdan  gullashgacha  bo’lgan  davrda  ozuqa  moddalarni  aynpiqsa  ko’p  talab 
qiladi.  Makkajo’xori  sut  pishiqlik  davriga  kelib  90  %  ozuqa  moddalarni  va  20  % 
quruq  mddalarni  to’pldaydi.  Makkajo’xorining  doni  dumbul  bo’lganda  ozuqa 
elementlari  miqdori  maksimal  darajga  yetadi.  Har  gektardan  100  ts  doni  va 
ikkilamchi mahsulotlar bilan birga olinganda 34 kg azot, 12 kg fosfor va 37 kg kaliy 
chiqib ketadi. 100 ts ko’k massa bilan 25 kg azot, 12 kg fosfor va 45 kg kaliy chiqib 
ketadi.  
 
 
Makkajo’xori organik o’g’itlarni solishga juda talabchandir. 
 
Organik o’g’itlar chimli podzol tuproqlarda har gektarga 40-50 t, o’rmon dasht 
zonasmida  20-30  t,  dasht  zonasida  20  t  soldinadi.  O’rmon  dasht  zonasidagi 
tuproqlarda har gektariga 20 t go’ng solinganda olingan qo’shimcha hosil donidan 4-
9 ts, silosdan esa 90 ts gacha tashkil etadi.  
 
Namgarchilik  yetarli  yoki  ortiqcha  bo’lgan  mintaqalarda  azotli  o’g’itlarni 
bahorda kultivatorlar bilan beriladi. 
 
Fosforli va kaliyli  o’g’itlarni haydov  ostiga  solinadi.  Faqat  namgarchilik  ko’p 
mintaqalarda  yengil  mehanik  tarkibli  tuproqlarda  kaliyni  bahorda  sepiladi.  Kaliy 
yetishmasligi oqibatida makkajo’xorining yotib qolishi kuzatiladi.    


 
Makkajo’xorida birinchi oziqlantirishni uning balandligi 15-20 sm ga yetganda 
o’tkaziladi.  O’g’it  kultivator  oziqlantirgichlar  bilan  olib  boriladi.  O’g’itni 
makkajo’xori qatorining har ikki tomonida 10 sm uzoqlikda solinadi. Ohak solingan 
tuproqlarda hamma turdagi azotli o’g’itlar makkajo’xori hosiliga bir xil taosir qiladi. 
Sug’oriladigan  sharoitlarda  esa  ammiakli  selitra  va  mochevina  ancha  yaxshi  taosir 
ko’rsatadi.  
 
3. Kartoshkani o’g’itlash. 
 
 
Kartoshka  muhim  oziq-ovqat  va  texnik  ekinidir.  Kartoshka  asosan  Rossiya, 
Ukraina  va  Belorussiyada  yetishtiriladi.  Kartoshka  kuchsil  kislotali  muhitda  ancha 
chidamli  bo’lsa  ham,  uning  uchun  optimal  reaktsiya  rN=5,5-6  ga  teng.  Kuchli  va 
o’rtacha kislotali muhitga ega bo’lgan tuproqlar meyorida ohaklansa kartoshka yaxshi 
o’sib  rivojlanaveradi.  Lekin  kislotali  yerlar    to’liq  normada  oxaklansa  kartoshka 
parish  kasaliga  uchraydi.  Kartoshkaning  ildizi  popuksimon  bo’lib,  asosan  haydov 
qatlamida  joylashadi.  Gullash  davrining  oxiriga  kelib  kartoshkaning  palagi    to’la 
shakllanib  olganda  umumiy  ozuqa  moddalarning  2/3,  3/4  qismini  o’zlashtiradi. 
Asosiy  kartoshka  ekiladigan  zonalarda  ekinni  yuqori  agrotexnika  asosida  parvarish 
qili har 100 ts tuganak va shuncha miqdorda palak va palak yetishtirish uchun 40-60 
kg azot, 15-20 kg fosfor va 60-90 kg kaliy sarf bo’ladi.  Kartoshkaning ildiz sistemasi 
nisbatan  kuchsiz  rivojlanadi.  O’suv  davrining  boshlarida  tuproqdan  qiyin  eriydigan 
oziq moddalarni yaxshi o’zlashtira olmaydi.  
 
Kartoshkaning  tezpishar  navi  g’unchalash  va  gullash  davrida  o’rta  pishar  va 
kechpishar  navlari  esa  palagi  jadal  o’sayotgan  va  tuganaklar  hosil  bo’la  boshlagan 
paytda  ozuqa  elementlarni  eng  ko’p  miqdorda  talab  qiladi.  O’simliklarni  ayni  shu 
paytda hamma  turdagi  ozuqa  elementlari bilan  yetarli  darajada  taominlash hosilning 
shakllanishida nihoyatda katta rol o’ynaydi.  
 
Tuganak    hosil  bo’lish  vaqtida  kartoshka  tuproqdan  o’g’it  tarkibidagi 
shuingdek  palagida  olinroq  hosil  bo’lib  to’plangan  ozuqa  moddalardan  foydalanadi. 
Kartoshka palagi, tuganaklarni o’sishi va ozuqa moddalarni to’lanishi (Lorx navi), % 
 
Rivojlanish 
fazalari 

oylar 
palagi  tugana
gi 
azot  fosfor   kaliy  
iyun  
38 

27 
23 
20 
iyul 
100 
31 
67 
75 
80 
avgust 
94 
50 
91 
85 
98 
sentyabr 
86 
100 
100  100 
100 
 
 
Kartoshka ekiladigan yerga go’ng solishning o’rtacha normasi: chimli - podzol 
tuproqlarda gektariga 30-40 t, qora tuproqli yerlarda 15-20 t solinadi. 
 
Ko’pgina  dala  tajribalarining  maolumotlariga  qaraganda,  chimli-podzol 
tuproqlarda, har gektariga 120 kg azot 120 kg fosfor va 90-120 kg kaliy solinganda, 
olingan hosil 195-226 ts ni tashkil etadi. Qo’shimcha hosil 72-85 ts ni tashkil etadi.  


 
Och sur tusli va sur tusli o’rmon tuproqlarda har gektariga 120 kg azot, 90 -120 
kg  fofor  va  120  kg  kaliy  solinganda,  olingan  hosil  har  gektariga  172  -200  ts  ni, 
qo’shimcha hosil esa 62-82 ts ni tashkil etdi.  
 
Ishqorsizlangan qora tuproqlarda va to’q sur tusli azot, 60-120 kg fosfor va 90-
120 kg kaliy solinganda, olingan hosil har gektar hisobiga 165-209 ts ni tashkil etgan. 
 
4. Qand lavlagini o’g’itlash. 
 
 
Qand lavlagi turli tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtiriladi, lekin sanoat asosida, 
asosan Rossiyaning Markaziy  Qora tuproq mintaqasida va Ukrainaning o’rmon dasht 
mintaqasida ko’p yetishtiriladi. 
 
Qand  lavlagi  uchun  tuproqning  mo’otadil  reaktsiyasi  neytralga  yaqin  yoki 
kuchsiz ishqoriy bo’ladi. 
 
Qand lavlagi uchun eng yaqin yaxshi o’tmishdosh ekin bu yaxshi o’g’itlangan 
kuzgi  g’allali  ekinlardir.    Tuproqdag  ozuqa  moddalarni  olib  chiqib  ketishiga  ko’ra 
qand  lavlagi  ancha  oldingi  o’rinlarni  egallaydi.  Har  gektaridan  100  ts  ildizmeva 
yetishtirilganda,  50-60  kg  azot,  15-20  kg  fosfor,  va  60-90  kg  kaliyni  olib  chiqib 
ketadi. Qand lavlagining ildizi yo’g’onlashgan bonitrovka qismidan va ingichkalashib 
boradigan qismdan iborat bo’ladi. Yonboshga 40-50 sm va 2-2,5 m chuqurlikka kirib 
boradi.  Qand  lavlagi  yetishtirladigan  maydonlarni  tarkibida  bor  elementi  bo’lgan 
o’g’itlar  bilan  o’g’itlash  maqsadga  muvofiqdir.  CHunki  bor  yetishmasa  qand 
lavlagining  o’zagida  chirish    kasali  paydo  bo’ladi.  Qand  lavlagi  avgustning 
boshlanishiga qadar ozuqa moddalarning 70 % ni isteomol qiladi. Bu vaqtga kelib 60 
% quruq modda hosil bo’ladi. Qolgan 30 % ozuqa moddalar keyingi 1,5 oyda qabul 
qilinadi va ildizining hosili shakllanadi yoki ildizi kattalashadi.  
 
Qand  lavlagining  tig’iz  oziqlanish  davri  barglarinig  paydo  bo’lish  djavriga 
to’g’ri keladi va shu vaqtda umumiy ozuqa moddalarning 25-30 % ni qabul qiladi.  
 
Qand  lavlagi  uchun  organik  fosforli  va  kaliyli  o’g’itlar  kuzgi  haydov  ostiga 
solinadi.  Namgarchilik  yetarli  bo’lmagan  sharoitlarda  azotli  o’g’itlarni  ham  kuzda 
haydov  ostiga  solish  mumkin.  Sug’oriladigan  sharoitlarda  2-3  marta  oziqlantirish 
mumkin.  Bunda  har  gektariga  20-40  kg  dan  azot  va  20-40  kg  dan  kaliy  solinadi  va 
sug’oriladi. 
 
Ekish  bilan  birga  qatorga  15-20  kg  fosfor  donador  superfosfat  ko’rinishida 
beriladi.  Agar  sistemali  ravishda  o’g’itlarni  yuqori  dozalarda  ishlatilsa,  o’g’itlarni 
qatorlarga solishga hojat qolmaydi.  
 
Go’ngning  o’rtacha  normasi  har  gektariga  20  -30  t  ni  tashkil  etadi.  Kuzgi 
haydov ostiga solinadi.  
 
Qand  lavlagi  uchun  eng  yaxshi  azotli  o’g’it  natriyli  selitradir.  Kaliyli 
o’g’itlarning  orasida  silvinit  yaxshi  samara  beradi.  Fosforli  o’g’itlardan  esa  nordon 
reaktsiyali  muhitga  ega  bo’lgan  tuproqlarda  fosforit  uni  va  pesipitatdan  foydalanish 
maqsadga muvofiqdir.   
 
Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida qand lavlagidan 500-600 ts ildiz hosili 
olish uchun har gektarga 20-30 t go’ng va 90-150 kg azot, 40-90 kg fosfor va 40-60 
kg kaliy solish kerak. Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida fosforli, kaliyli o’g’itlar 


va go’ng kuzgi haydov ostiga azotli o’g’itlar esa ekishdan oldin kultivatsiya bilan va 
oziqlantirishda beriladi. 
 
5. G’o’zani o’g’itlash.  
 
 
 
G’o’za  O’rta  Osiyo    respublikalarida  bo’z,  g’o’z-o’tloqi,  o’tloq  va  o’tloq-
botqoq  tuproqlar  sharoitida  yetishtiriladi.  Bu  tuproqlarda  chirindining  o’rtacha 
miqdori  1-4  %  ni  tashkil  etadi.  Sug’oriladigan  yerlarda  g’o’zaning  ko’p  qismi  bo’z 
tuproqli,  shuningdek  o’tloq  va  o’tloq-botqoq  tuproqli  yerlarga  ekiladi.  Bu  tuproqlar 
almashinuvchi  kaliy  bilan  ancha  yaxshi  taomilangan  harakatchan  fosfor  bilan  kam 
taminlangan g’o’za neytral va ishqoriy muhitli sharoitda yaxshi o’sadi. 
 
G’o’zaning ildizi o’q ildiz bo’lib, asosiy ozuqa bilan taminlovchi ildizlar 0-60 
sm qatlamda joylashgan bo’lib, 1,5-2 m gacha tushib boradi.  
 
G’o’za gullash davrida umumiy oziq moddalarning 80-90 % ni isteomol qiladi. 
1 t paxta hosilini olish uchun 60 kg azot, 20 kg fosfor, va 50 kg kaliy sarf bo’ladi. 
 
G’o’zaning fosfor va azotga nisbatan tig’iz oziqlanish davri yosh nihollarning 
paydo  bo’lishidan  2-4  ta  chin  barg  chiqargunga  bo’lgan  davr  hisoblanadi.  Kaliy  bu 
vaqtda sezilarli darajada ahamiyatga ega emas. Nihollar paydo bo’lgandan keyin azot 
yetishmasligi  sodir  bo’lsa  keyinchalik  g’o’zada  hosilsiz  monopodial  shoxlar  ko’p 
paydo  bo’lib,  hosildorlikning  pasayishiga  olib  keladi.  Kaliy  g’o’zada    hosil 
elementlari paydo bo’lish va pishish davrida muhim ahamiyatga ega bo’ladi.  
 
G’o’zaga  o’tmishdosh  ekin  bu  bedadir.  Almashlab  ekishda  asosiy  almashlab 
ekiladigan ekin bu g’o’za hisoblanadi. SHuning uchun asosan g’o’za beda almashlab 
ekish sistemasi qo’llaniladi. Bunda 2-3 dalasi beda qolgan 7-8 dalasiga g’o’za ekiladi. 
Almashlab  ekishdan  keyin  tuproq  organik  moddalar  va  azot  bilan  boyiydi.  Keyingi 
ekiladigan  ekin  uchun  g’o’zaga  fosfor  va  kaliy  tanqisligi  sezilishi  mumkin. 
G’o’zaning ozuqa elementlari va quruq moddani to’plashi, % hisobida. 
 
Rivojlanishi 
fazalari 
quru

mod
da 

R
2
O
5
  K
2

shonalash 




gullashning 
boshlanishi 
12 
18 
13 
18 
to’liq gullash  30 
50 
36 
55 
pishish 
100  100  100 
100 
 
 
Paxtachilik  mintaqasida  beda  uchun  birinchi  darajali  o’g’it  fosforli  o’g’it 
hisoblanadi.  Organik  o’g’itlar  almashlab  ekishdan  keyin  yoki  bedadan  keyin  4-5-
yillari gektariga 30-40 t kuzgi haydov ostiga solinadi. Bedadan keyingi 1-2- yillarda 
g’o’za uchun solinadi azot 3-4-yilarga nisbatan 1-1,5 barobar kam bo’ladi.  
 
Azotli o’g’itlar  g’o’zaga birnecha  marta  soldinadi.  Ekishdan  oldin  ekish bilan 
va oziqlantirishda.  


 
Agar  azotning  yillik  normasi  har  gektariga  100  kg  bo’lsa  uni  faqat 
oziqlantirishda beriladi.  
 
Azotning yillik normasi uning miqdori ko’p bo’lsa, uning 20-30 % ekishgacha 
bo’ladigan ishlovda beriladi qolgan qismi esa ekishda va oziqlantirishda beriladi.  
 
Fosforli o’g’itlarning normasi tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor miqdoriga 
qarab  belgilanadi.  Agar  tuproq  xarakatchan  fosfor  bilan  past  darajada  taminlangan 
bo’lsa  fosforning  normasi  aralashgan  gektariga  150  kg o’rtacha  taminlangan   bo’lsa 
100  kg,  qoniqarli  va  yuqori  taminlangan  bo’lsa  50  kg  solinadi.  G’o’za  uchun  eng 
yaxshi  fosforli  o’g’it  bu  superfosfatdir.  G’o’za  ekiladigan  maydonlar  kaliy  bilan 
ancha  yaxshi  taminlangan  bo’lsa  ham  uzoq  vaqt  dehqonchilik  qilinishi  va  bir  necha 
yil  qotorasiga  g’o’za  ekilishi  natijasida  kaliyga  ham  ehtiyoj  seziladi.  Agarda  kaliyli 
ekinlarning  yillik  normasi  100  kg  gacha  bo’lsa  hammasi  haydov  ostiga  solinadi. 
Agarda yilning norma 100 kg dan ko’p bo’lsa, 50-60 % haydov ostiga qolgan qismi 
shonalash fazasida beriladi. G’o’zani ekish bilan birga 15-20 kg azot, 20-25 kg fosfor 
beriladi.  O’g’itlar  ur3ug’  qatoridan  5-7  sm  yonboshga  va  10-12  sm  chuqurlikka 
solinib  urug’  bilan  o’g’itni  tuproq  qatlami  ajratib  turiladi.  Vegetatsiya  davrida  3 
marta kultivator oziqlantirgich bilan oziqlantiriladi va sug’oriladi.  
 
Keyingi yillarda keng qatorlab g’o’za o’stiriladigan maydonlar tobora kengayib 
bormoqda.  SHunga ko’ra  g’o’zani o’g’itlash  usuli va texnikasidan  ham  odatdagi  tor 
60  sm  qatorlab  ekilgandagiga  nisbatan  bir  oz  farq  bor,  agar  g’o’za  3  marta 
o’g’itlanadigshan  byuo’lsa  dastlabki  2  marta  o’g’itlash  tor  qatorlab  o’stirilgan 
g’o’zanikidan farq qilmaydpi, lekin 3-oziqlantirishda o’g’it g’o’za tupidan 30-35 sm 
yonboshga va sug’orish egati tubidan 4-5 sm chuqurga berilsa u qatorning  o’rtasiga 
solinganga nisbatan yaxshi natija beradi.  
 
 
Er osti suvlari yaqin joylashgan o’tloq, botqoq va o’tloq botqoq tuproqlarda 1-
2-  oziqlantirishlar  bir  yo’la  kultivatsiya  bilan  birga  olib  boriladi  va  talab  qilinmasa 
sug’orilmaydi. 
Yer 
osti 
suvlari 
chuqur 
joylashgan 
bo’z 
tuproqlarda 
oziqlantirilagnadan so’ng tezlik bilan sug’oriladi. G’o’zani o’g’itlashda o’g’itlarning 
belgilangan  chuqurlikka  tushishiga  eotibor  berish  lozim.  Ayniqsa,  bu  ekish  bilan 
birga solishda o’suv davrida, o’g’itlashda juda muhimdir. Buning uchun o’g’itlagich 
soshniklari  aniq  kenglikka  o’rnatilishi  o’g’it  hamma  tukoprovodlardan  bir  meyorda  
tushishini muntazam ravishda nazorat qilib turishi kerak. 
 
Tayanch iboralar 
 
 
 
Kuzgi  bug’doy,  ohaklangan  tuproq,  kislotali  muhit,  o’tmshdosh  ekin, 
to’planish va nay o’rash, organik o’g’itlar, fosforli o’g’bit, kaliyli o’g’itlar, qatorlarga 
solish,  bahorda  oziqlantirish,  sug’orilib,  dehqonchilik  qilinadigan  sharoit, 
makkajo’xori,  ozuqa  moddalar,  vegetatsiya  davrida,  ko’vak  chiqarish,  gullash,  sut 
pishiqlik  davri,  namgarchilik  yetarli  mintaqalar  yotib,  qolish,  madaniylashgan, 
kartoshkani  o’g’itlash,  parsh  kasalli7gi,  popuksimon  gullash  davri,  guganak  hosil 
bo’lish  davri,  karbonat  angidrid  gazi,  qo’shimcha  hosil,  qand  lavlagi,  neytral  va 
neytralga yaqin, ildiz meva va chirish kasali, g’o’zani o’g’itlasho’, o’q ildiz, 1 t paxta 
hosili  olish  uchun  azot  yetishmasligi,  almashlab  ekish,  be,  oziqlantirish,  tuzatish 


koeffitsienti , tuproqni harakatchan fosfor bilan taominlanishi, keng qatorlab o’stirish, 
yer osti sulari yaqin joylashgan o’g’itlarngi talab qilgan chuqurlikka tushishi. 
 
 
Nazorat savollari  
 
 
1. Kuzgi bug’doyni yetishtiradigan mintaqalarni ayting? 
 
2. Kuzgi bug’doy qanday sharoitda xshi o’sad? 
 
3. Kuzgi bug’doyning oziq modalarini eng ko’p qabul qilish davri qachon. 
 
4. Kuzgi bug’doy uchnu organik va fosfor kaliyli o’g’itlar qachon solinadi? 
 
5.  Kuzgi  bug’doy  uchun  fosforli  va  kalyili  o’g’itlarni  to’g’ri  qo’llashning 
o’ziga hos xususiyati nimadan iborat? 
 
6. Kuzgi bug’doyga azotli o’g’itlarni qo’llash texnologiyasini gapiring. 
 
7. Kuzgi bug’doyni erta bahorda qaysi o’g’itlar bilan oziqlantiriladi.  
 
8. Makkajo’xori qanday ekin va u qaerlarda yetishtiriladi. 
 
9. Makkajo’xori qanday tuproq sharoitida yaxshi rivojlanadpi. 
 
10. Makkajo’xori oziq moddalarni eng ko’p qabul qiladi. 
 
11. Tuproq iqlim sharoitiga qarab azotli o’g’itlar qanday qo’llaniladi? 
 
12. Oraginik fosforli va kaliyli o’g’itlar qanday qo’llaniladi? 
 
13. Kartoshka qanday tuproq sharoitida o’sadi? 
 
14. Kartoshka oziq moddalarni eng ko’p qachon qabul qiladi? 
 
15. Katoshka uchun organik va mineral o’g’itlarning yillik normalarini ayting. 
 
Adabiyotlar 
 
1. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
 
2. SHayxov E. T. va b. Paxtachilik. T., 1990. 
 
3. Ermatov A. Sug’oriladigan dehqonchilik. T., 1983. 
 
4. Spravochnik po udobreniya. M. Kolos. 1964. 
 
 
 
 
 
 
MA’RUZA 25: AGROKIMYOVIY TADQIQOT USULLARI. DALA TAJRIBASI. 
 
 
REJA: 
 
 
1. Dala tajribalari va ularning turlari  
 
2. Dala tajribalarini o’tkzishga qo’yiladigan asosiy talablar 
 
3. Dala tajribasini o’tkazish uchun joy tanlash va tayyorlash 
 
4. Dala tajribasini joylashtirish 
 
5. O’g’itlar bilan qilinadigan dala tajribalarining sxemalarini tuzish 
 
6. Dala tajribasining tadqiqot dasturi 
 
7. Xo’jalik shartnomalarini o’tkazish va o’g’itlar taosirini hisobga olish. 


 
8. Tayanch iboralar  
 
9. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
 
10. Foydalanilgan adabiyotlar.  
 
1. Dala tajribalari va ularning turlari. 
 
 
Agrotexnik  tekshirishlarda  qo’llaniladigan  asosiy  usullar  ikki  guruhga 
bo’linadi.  
 
1. Biologik usullar 
 
2. Laboratoriya usullari 
 
Bu usullar deyarli bargalikda qo’llanilib, bir-birini to’ldirib boradi. 
 
Biologik usul: dalada tajribalar olib borish, vegetatsion tajribalar olib borish va 
mezimetrik usullarga bo’linadi. 
 
O’g’itlar  bilan  qilinadigan  dala  tajribalari  -  bu  dala  sharoitida  o’tkaziladigan 
qishloq  xo’jalik  ekinlarining  hosiliga  uning  sifatiga,  shuningdek  tuproq 
unumdorligiga o’g’itlarning  taosirini aniqlash uchun olib boriladigan tajribalardir. 
 
Biologik tekshirish usuli sifatida dala tajribasining xususiyati shundan iboratki, 
madaniy  o’simliklarni  ishlab  chiqarishga  yaqin  sharoitda  o’rganiladi.  Yaoni 
o’rganilayotgan  oboektga  to’g’ridan  to’g’ri  taosir  qiladigan  tuproq-iqlim  agrotexnik 
va ishlab chiqarish omillarining mujassamlangan taosiri ostida o’rganiladi.   
 
Dala  tajribasi  olib  borish  usuli  agrokimyoda  keng  qo’llaniladi  va  o’g’itlar 
taosirini o’rganishda ulardan ratsional foydalanish usularini ishlab chiqish va asoslab 
berish, qishloq xo’jaligida o’g’itlar sistemasini tuzishda keng foydalaniladi. O’g’itlar 
bilan qilinadigan dala tajribalari tabiiy dala sharoitida alohida ajratilgan uchatskalarda 
o’tkaziladi ularning natijalari amaliy maqsadlar uchun foydalaniladi, qishloq xo’jaligi 
ishlab  chiqarishi  uchun  qo’llaniladi.  Dala  tajribalarining  natijalariga  asoslanib 
mineral  o’g’itlar  ishlab  chiqarish  va  xo’jaliklarga  yetkazib  berish  bo’yicha  ilmiy 
asoslangan  davat  tadbirlari  ko’rsatmalari  beriladi.  Tajribaning  o’rni  va  o’tkazilish 
sharoiti,  maqsadi,  uning  qancha  davom  etish  va  o’rganiladigan  omillaning  oz, 
ko’pligiga  qarab,  o’g’itlar  bilan  qilinadigan  dala  tajribalari  quyidagi  turlarga 
bo’linadi. 
 
1. Ishlab chiqarish dala tajribalari - to’g’ridan-to’g’ri ishlab chiqarish sharoitida 
katta maydonlarda olib boriladi va o’g’itlarning qishloq xo’jalik ekinlari hosiliga va 
uning sifatiga taosirini aniqlashga imkon beradi. 
 
2.  Statsionar  dala  tajribalari  -  bir  necha  yillar  mobaynida  bir  joyda  yoki 
almashlab  ekish dalasida  ekinlarni  almashtirilmagan holda  doimiy  ravishda  o’g’itlar 
solinib, ularning taosirini o’rganiladi.  
 
3.  Bir  omilli  tajribalarda  -  biror  usulning  o’zgarmas  agrotexnik  sharoitda 
qo’llaniladigan  o’g’itlarning  turlari  yoki  shakllari  yohud  normalarining  shuningdek, 
boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda biror agrotexnik omilning taosiri o’rganiladi. 
 
4. Ko’p omilli tajribalarda bir vaqtning o’zida bir necha omilning va ularning 
birgalikda qo’llangandagi  taosirini o’rganiladi.  
 
5.  Qisqa  muddatli  dala  tajribalari.    Bunday  tajribalar  2-3  yil  mobaynida 
o’g’itlarning  qishloq  xo’jalik  ekinlari  hosili  va  uning  sifatiga  taosirini  o’rganadigan 
dala tajribalaridir.  


 
6.  Yakka  dala  tajribalari  bir-biriga  bog’liq  bo’lmagan  holda  alohida 
paykallarda  har  xil  sxema  bo’yicha  o’tkaziladi.  Ularning  har  biri  o’zining  alohida 
dasturi va tadqiqot usullariga ega bo’ladi. 
 
7.  Ommaviy  dala  tajribalari  yagona  mavzu  va  sxemalar  asosida  bir  vaqtning 
o’zida  bir  qancha  paykallarda  o’tkaziladi.  Ommaviy  dala  tajribalari  o’g’itlar  va 
boshqa 
agrousullarning 
tuproq-iqlim 
sharoiti 
bog’liq 
bo’lgan 
taosiridagi 
qounniyatlarni  aniqlash  maqsadida    geografik  printsip  bo’yicha  butun  mamlakat  
hududi maqsadida ham tabiiy iqtisodiy viloyatlar miqyosida ham o’tkaziladi.  
 
8. Tajribalarning geografik turi - bu mamlakatning har xil geografik zonalarda 
kelishilgan  dastur  asosida  tajriba  o’tkazish  tashkilotlari  tomonidan  olib  boriladigan 
dala tajribalari majmuidir.  
 
9.  Mayda  delyankali  dala  tajribalari.  Bundy  dala  tajribalarining  umumiy 
maydoni 10 m kv dan oshmaydigan kichik kichik delyankalarda olib boriladi.  
 
10. O’g’itlar bilan o’tkaziladigan mikrodala tajribalari. Tabiiy yoki to’ldirilgan 
haydalma qatlamli, dala sharoitida mikrodelyankalarda olib boriladigan tajribalardir.  
 
 
2. Dala tajribalarini o’tkazish uchun qo’yiladigan asosiy talablar. 
 
 
Dala  tajribasining  o’ziga  xos  tomonlaridan  biri  o’simlikning  tuproq  iqlim  va 
agrotxnik  unsurlar  majmuida  o’rganilishidir.  SHu  sababdan  ham  har  qanday  dala 
tajribasini  oldiga  bir  qator  uslubi  talablar  qo’yiladi  va  ulardan  eng  asosiylari 
quyidagilardan iborat: 
 
1. Tajribaning tipikligi 
 
2. Faqat bitta belgi bilan farqlanish printsipligi 
 
3. Tajribani maxsus ajratilgan maydonlarda o’tkazish 
 
4. Tajribaning aniqligi va to’g’riligi 
 
5. Dala tajribasi bo’yicha yuritiladigan hujjatlarning mavjudligi. 
 
 
Tajribaning tipikligi 
 
Tajribadan  olinadigan  natijalarni  aynan  u  o’tkazilgan  joyning  o’zida 
qo’llanilishida  tajribaning  tipikligi  deyiladi.  Ayrim  hollarda  tipiklik  tajribaning 
tipikligi  deyiladi.  Ayrim  hollarda  tipiklik  tajribaning  reprezentativligi  degan  ibora 
bilan ham ifodalanishi mumkin. Tadqiqotlarda tabiiy -tashkiliy xo’jalik va agrotexnik 
sharoitlarga nisbatan tipiklik farqlanadi.  
 
 
 
 
Faqat bitta belgi bilan farqlanish printsipligi. 
 
 
Uslubiy  jihatdan  to’g’ri  tashkil  qilingan  tajribaning  muhim  sharoitlaridan  biri 
mantiqan  bitta  belgi  bilan  farqlanish  printsipidir.  Boshqacha  qilib  aytganda 
taqqoslanadigan  variantlar  bir-birlaridan  faqatgina  bitta  o’rganiladigan  belgisi  bilan 
farq  qilishi  kerak.  Masalan,  azotli  o’g’itlar  dozalari  ustida  o’tkaziladigan 
tadqiqotlarda  variantlar  o’rtasidagi  bir-biridan  farqlanadigan  belgi  bu  o’g’itlarning 
dozasidir.  


 
Boshqa  barcha  sharoitlar  tuproq  sharoitlari,  o’tmishdosh  ekinlar,  tuproqni 
ishlash  usullari,  nam,  ekish,  o’g’itlash  muddati,  usullari,  shuningdek,  parvarishlash 
barcha variantlarda bir xilda bo’lishi kerak. 
 
 
 
Tajribalarni maxsus ajratilgan maydonlarda o’tkazish. 
 
 
Dala tajribalarini maxsus ajratilgan maydonchalarda o’tkazish faqat bitta belgi 
bilan  farqlanish  printsipining  mantiqiy  davomi  bilan  bu  talab  ham  har  qanday  dala 
tajribasida albatta bajarilishi shart.  
 
Tarixiy  maolum  bo’lmagan  maydonlarda  amalga  oshirilgan  tajribalarning 
natijalarini  ham  faqatgina  shu  tuproq  tipi  tarqalgan  hududda  qo’llanilish  lozimligini 
taqozo qiladi.  
 
Boshqacha  qilib  aytganda  tajribada  rejalashtirilgan  barcha  yumushlar  hamma 
variantlarda  bir  kunda  bajarilishi  kerak.  Birorta  sabab  bilan  navbatdagi 
rejalashtirilgan  ishni  bir  kunda  tugatishni  imkoni  bo’lmasa,  bitta  takrorlikni  barcha 
variantlarida birinchi kungi qolgan takrorliklani esa ikkinchi kuni bajariladi.  
 
Bundan  tashqari,  tuproqni  ishlash,  ekish  va  nihollarni  parvarishlashda 
qo’llaniladigan  barcha  moslamalar,  birinchidan,  zamonaviy,  ikkinchidan,  barcha 
variantlarda bir xilda bo’lishi kerak. 
 
 
 
Tajribaning aniqligi va to’g’riligi. 
 
 
Qishloq xo’jalik ekinlarining hosili va maxsulot sifati tajribada o’rganilayotgan 
variantlarning  eng  hosil  ko’rsatkichlaridir.  Hosilni  hisobga  olish  yili  bilan  tajriba 
variantlarida  o’rganilayotgan  omillarning  taosiri  miqdori  aniqlanadi.  O’tkazilagn 
tajriba  haqqoniy  bo’lgandagina  xosilni  hisobga  olish  va  uning  sifatini  baholash 
maolum  bir  qimmatga  ega  bo’ladi.  Tajriba  haqoniy  bo’lishi  uchun  uning  sxemasi, 
o’tkazilish  uslubiyoti,  o’tkaziladigan  joy  va o’tkazilish  shart  sharoitlari tadqiqotning 
oldiga qo’ygan maqsad va vazifalariga mos kelishi kerak. 
 
Tajribalarning  aniq  va  to’g’riligi  bir-biriga  bog’liq,  lekin  mustaqil 
tushunchalardir. 
 
Aniqlik tajribadan olingan natijalarni o’ziga hos riyozat usullari bilan hisoblab 
topiladi.  
 
Dala tajribalarida uchraydigan xatoliklarni 3 toifaga bo’lish mumikn. 
 
1.  Tasodifiy  xatolik.  Juda  ko’p  unsurlarning  o’zaro  taosiri  natijasida  yuzaga 
keladi. Tasodifiy xatoliklar tajribaning aniqligiga sezilarli -sezilmas taosir ko’rsatadi. 
Har bir dala tajribasida tasodifiy xatoliklarni yuzaga keltiradigan elementlar mavjud.  
 
2.  Sistematik  xatoliklar  -  maolum  bir  sababing  faqatgina  bitta  yo’nalishdagi 
doimiy  taosiri  natijasida  yuzaga  keladi.  Masalan,  unumdorligi  jihatidan  bir  jinsli 
bo’lmagan  maydonni  va  riontlarga  bo’lib  tajriba  o’tkazilganda,  tuproq  unumdorroq 
bo’lgan  yerdagi  hosildorlik  boshqa  variantlarga  nisbatan  sezilarli  darajada  yuqori 
bo’ladi. 
 
Qo’pol xatoliklar. 
 


 
Dala  tajribalari  oldiga  qo’yiladigan  talablarning  buzilishi  oqibatida  kelib 
chiqadi.  
 
Dala tajribsi bo’yicha yuritiladigan hujjatlarning mavjudligi va ularning diqqat 
bilan rasmiylashtirilishi. 
 
Dala tajribalari haqidagi jurnal asosiy hujjat hisoblanadi.  
 
Bu jurnal belgilangan forma asosida tajriba sxpemasi va ish dasturiga muvofiq 
keladigan    barcha    maolumotlar  tajriba  dalasini  tavsifi,  qilingan  barcha  ishlar  va 
kuzatishlar, hisob kitob va o’lchash ishlari yozib boriladi.  
 
Dala  tajriba  jurnaliga  bu  maolumotlar  tajribalar    bajarilgan  vaqtning  o’zida 
yoki dala tajribalari kundaligi asosida yozib qo’yiladi. 
 
 
3. Dala tajribasini o’tkazish uchun joy tanlash va tayyorlash. 
 
 
Dala  tajribalari  o’tkaziladigan  maydonlar  bir  qator  talablarga  javob  berishi 
kerak. Bu talablarni asosan ikkiga bo’lish mumkin. 
 
1.  Tajriba  maydonchasi  tipik  bo’lishi  kerak.  Bu  degani  tajriba  maydonchasi 
o’zining  xhossalari,  unumdorligi  va  relefi  jihatidan  tajriba  o’tkazilayotan  tuman 
tuproqlariga aynan mos bo’lish kerak. 
 
2. Tuproq qoplamini bir jinsli bo’lishidir.  
 
Tajriba  maydonchasining  tarixi.  Xo’jalik  faoliyati  nuqtai  nazaridan  tarixiy 
nomaolum bo’lgan maydonlarda dala tajribalarini o’tkazib bo’lmaydi. 
 
Tajriba uchun tanlab  olinadigan maydonda keyingi 3-4 yil ichida bir xil ekin 
ekilgan bo’lishi shart. SHuningdek, o’g’itlash va ishlov berish ham maolum bir tizim 
asosida    amalga  oshirilgan bo’lishi kerak.  Ayniqsa,  tuproqqa solingan ohak,  fosforli 
o’g’itlar  va  go’ng  uzoq  vaqtgacha  o’zlarining  taosirini  saqlab  qolishni  unutmaslik 
kerak. 
 
Tajriba  maydonchasining  relefi.  Dala  tajribalarida  joyning  relefiga 
qo’yiladigan  talablar  tadqiqotlarning  maqsadi  va  yetishtiriladian  ekin  trlaridan  kelib 
chiqadi.  
 
Sug’orilib  dehqonchilik  qilinadigan  sharoitda  dalaning  umumiy  qiyaligi  0,05-
0,01 ga teng bo’lishi kerak. 
 
Yuqorida  ko’rsatilgan  tadbirlar  amalga  oshirilib  bo’lingandan  keyin,  tajribani 
joylashtirish  rejasi  tuziladi,  tajriba  variantlarining  va  qaytarilishlari  aniqlanadi, 
delyankalarning minimal o’lchamlari va eng samarali shakllari tanlanadi. 
 
 
 
 
 
4. Dala tajribasini joylashtirish. 
 
Uchastkani 
tanlab 
va 
tayyorlangandan 
so’ng 
tajriba 
variantlarini, 
qaytarilishlarini va delyankalarni joylashtiriladi. 
 
Tajribadagi  variantlarning  soni  olib  boriladigan  tadqiqotning  maqsadi  va 
vazifalar  soniing  ko’payishi  tajriba  uchun  ajratilgan  maydonning  kengayishiga, 
tuproqning  unumdorligi  bo’yicha  har  xilligini  kamayishiga  olib  keladi.  Dala 


tajribasining  sxemasidagi  variantlarning  soni  tajriba  o’z  oldiga  qo’ygan  vazifalarini 
to’g’ri va aniq bajarilishiga imkon yaratishi lozim. 
 
Variantlarning optimal soni 12-16 ta bo’lishi mumkin. Bundan ortib ketishi esa 
tajribani olib borish uslubiyotini murakkablashtiradi. 
 
Tajribadagi  bir  xil  variantlarni  bir-biri  solishtirish  variantlar  ulardan  aniq, 
ishonarli natiejalar olish uchun, ular bir necha marta, tajriba dalasini qamrab oladigan 
darajada, takrorlanib keladi. 
 
Bizning  sharoitimizda  asosan  dala  tajribalarida  4  marta  qaytarilish,  baozi 
hollarda 3 qaytarilishlar qo’llaniladi. Yuqori aniqlik talab qilinadigan tajribalarda 6-8 
qaytarilishlardan foydalaniladi.  
 
Ikki  marta  qaytarilishlar  ko’pincha  ishlab  chiqarish  tajribalarida  qo’llaniladi. 
Tajribalarni  qo’yishda  kerak  bo’lgan  tajriba  qaytarilishlari  quyidagi  formula  bilan 
hisoblanadi.  
 
 
n = 
Υ
ςα






2
 
Υ
- variatsiya yoki o’zgaruvchanlik koeffitsienti, 
ςα
 - o’rtacha nisbiy hatolik. 
 
V.  P.  Peregudov  maolumotlariga  asosan  variatsiya  koeffitsienti  100  m  kv. 
delyankalar  10  %  ga  yaqin,  300-500  m  kv  delyankalar    uchun  5-6  %, 
madaniylashgan,  tekis  relefli  joylarda,  eotibor  berib,  olib  borilgan  tajribalarda  esa 
variatsiya koeffitsienti 5-8 % bo’lishi kerak. 
 
Tajriba  dalasidagi  delyankalarning  umumiy  soni  N  =  ln  formula  bilan 
aniqlanadi.  Bunda  N  -  delyankalarning  umumiy  soni  l  -  variantlar  soni,  n  - 
qaytarilishlar soni.  
 
Tajriba delyankalarining  maydoni yuzaga keladigan shart- sharoitlarga qarab 1 
m kv dan 1000 m kv gacha o’zgarib turishi mumkin. Lekin shuni har doim esda tutish 
lozimki,  delyankalarning  katta  kichikligi    to’g’risida  rasmiy  hujjatlar  mavjud  emas. 
Delyankalarning  maydoni  aniq  sharoitdan  kelib  chiqqan  holda  tajribadan  to’g’ri 
variantlar ishonarli natijalar olinishini hamda tajribada ishlatiladigan qishloq xo’jaligi 
mashinalarini  hisobga  olgan  holda  tanlanadi.delyankalarning  maydoni  umumiy 
variantlar xisobga olinadigan maydonlarga bo’linadi.  
 
Agar  delyankalarning  kattaligi  50  m  kv  dan  ortiq  bo’lsa,  cho’zinchoq 
shaklidan,  agar  delyankalarning  maydoni  10-20  m  kv  ni  tashkil  etsa,  kvadrat 
shaklidan foydalanish kerak. Tajriba dalasining umumiy shakli kvadrat shakliga ega 
bo’lgani maqsadga muvofiqdir.  
 
Agar tajriba variantlari yoki delyankalari qaytarilishlar bitta rsga joylashtirilsa, 
har bir qaytarilishda variantlar sistemali tartib bilan joylashaveradi. Bundan tashqari 
yana  tajriba  variantlarini  variantlar  delyankalarni  qaytarilishda  joylashtirishning 
favqulodda  yoki  rendomizatsiya  usuli  ham  bor.  Bunday  usulda  variantlarni 
joylashtirish  uchun  variantlarning  nomerlari  yozilgan  tablitsalar  tuziladi  va  shu 
tablitsadan favqulodda bita son tanlanadi va shu son variantga nomer qilib qo’yiladi. 
Bitta  xaltachaga  variantlarning  nomerlari  yozilgan  chiptalar  solinadi.  Qo’lni  shu 
xaltaga chiqib to’g’ri kelgan chiptani olinadi variantlar undagi sonni variantga nomer 
qilib qo’yiladi. 


5. O’g’itlar bilan qilinadigan dala tajribalarining sxemalarini tuzish. 
 
Dala  tajribalarini  sxemalarini  tuzayotganda  variantlar  sonini  kam  bo’lishiga 
intilish kerak.  
 
Azotli,  fosforli  va  kaliyli  o’g’itlarning  taosirini  o’ranish  uchun  8  variantli 
tajriba sxemasidan foydalaniladi.  
 
1. Kontrol o’g’itsiz variant 
 
2. Faqat azotli o’g’itlar solinadi 
 
3. Faqat fosforli o’g’itlar solinadi 
 
4. Faqat kaliyli o’g’itlar solinadi 
 
5. Azotli + fosforli o’g’itlar solinadi 
 
6. Azotli + kaliyli o’g’itlar solinadi 
 
7. Fosfor + kaliyli o’g’itlar solinadi 
 
8. Azotli + fosforli + kaliyli o’g’itlar solinadi. 
 
Bunday  sxemada  qo’yilgan  tajriba  mineral  o’g’itlarning  alohida-alohida 
variantlar ularni birgalikdagi taosirini o’rganish imkonini beradi. Lekin bunday ko’p 
variantli  tajribalarni  olib  borish  ancha  qiyinchiliklarni  tug’diradi.  Tajribani 
kattalashtirib yuboradi, olinadigan natijalarni aniqligiga salbiy taosir ko’rsatadi.  
 
6. Dala tajribasini tadqiqot dasturi.  
 
 
Tajriba dasturida hamma qilinadigan ishlar mufassal yoritilib yoziladi.  
 
1. Tanlangan mavzuning qanday darajada o’rganilganligi to’g’risida. 
 
2.  Tanlangan  mavzuni  variantlar  vazifalari,  maqsadi  qanday  nazariy  va  ilmiiy 
ahamiyatga ega ekanligi., tajriba sxemasi beriladi. 
 
3. Ilmiy jihatdan qanday yangilik ekanligi. 
 
4. Tajriba o’tkazishning usullari yoziladi 
 
a) tuproqning agrokimyoviy xususiyatlarini o’rganish 
 
b) tuproqning agrofizikaviy xususiyatlarini o’rganish 
 
v) ekilayotgan ekin uchun fenologik kuzatuvlar, yaoni o’sish va rivojlanishini 
maolum bir muddatlarda kuzatib borish kalendari beriladi. 
 
g) ekilayotgan ekinning fiziologik xususiyatlarini o’rganish 
 
d) tajriba uchun ekilgan ekindan olingan hosil natijalari 
 
e)  ishlatilan  o’g’itlarning  yoki  boshqa  har  xil  agrotexnik  tadbirning  iqtisodiy 
samaradorligini hisoblash kabi bir qator tadbirlar yoziladi. 
 
7. Dala tajribasini qo’yish va olib borish. 
 
 
Dala  tajribasini  qo’yishda  va  olib  borishda  uslubiy  sharoitlarni  bajarish 
aniq natijalar olishni muhim shartidir.  
 
Uchastkani  tajriba  qo’yishga  tayyorlangandan  keyin  dala  tajribasini  rejada 
tuziladi. Rejada tajribaning variantlari qaytarilishlar va ularning qanday joylashtirish 
delyankalarning katta kichikligi va shakli himoya zonalari aks ettiriladi. 
 
Tajriba  olib  borish  qoidalari,  talablarini  to’la  saqlagan  holda  tajriba  rejasiga 
qarab  rejadagi  tajribani  dalaga  ko’chiriladi  va  tajriba  dalasining  chegaralari 
aniqlanadi.  Tajriba  dalasini  bo’lib  bo’lgandan  keyin  o’g’itlar  solinsa,  haydalsa  va 
boshqa  agrotexnik  tadbirlar  o’tkazilsa,  qoziqchalar  turiladi  va  shu  variantda  ish 
tugagandan so’ng yana o’z joyiga qoqib qo’yiladi. 
8. Xo’jalik sharoitlarida ishlab chiqarish dala tajribalarini o’tkazish va o’g’itlar 
taosirini hisobga olish. 


 
 
 
Ko’pgina xo’jaliklarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida fan va 
ilg’or tajribalarni keng tadbiq qilish uchun kompleks ilmiy ishlab chiqarish tajribalari 
olib  boriladi.  Ularning  vazifalariga  ilmiy  tekshirish  muassasalari  tomonidan  tavsiya 
etilgan  qishloq  xo’jalik  ekinlari  hosildorligini  oshirishning  yangi  usularini  oldindan 
sinab ko’rish kiradi.  
 
 
Ishlab chiqarish tajribalari to’g’ridan to’g’ri xo’jaliklar sharoitida olib boriladi 
va  fanda  erishilgan  yutuqlarni  va kashfiyotlarni  qishloq  xo’jaligi ishlab  chiqarishida 
muvaffqaiyatli qo’llashga tadbiq qilishga ishlab chiqarishni rivojantirishga imkoniyat 
yaratadi.  Eng  yaxshi  agrotexnik  usullarni  va  ularni  samaradorligini  aniqlashga 
imkoniyat yaratadi. Ishlab chiqarish tajribalarida variantlar va qaytarilishlar soni ko’p 
bo’lmaydi. 
Tadqiqot 
dasturida 
tajribada 
olib 
boriladigan 
jarayonlarni 
mexanizatsiyalashni  inobatga  olish  juda  muhimdir.  Yaoni  yerlarni  ekishga 
tayyorlash,  ekish,  ishlov  berish  va  hosilni  yig’ishtirib  olish  kabi  jarayonlar  shular 
jumlasiga kiradi.  
 
Nazorat savollari  
 
1. Dala tajribalari olib borish usulini o’ziga xos xususiyatlari  
 
2.  Dala  tajribasi  olib  borish  usuli  agrokimyoda  qanday  maqsadlarda 
qo’llaniladi? 
 
3. Dala tajribasi olib borish usuli necha turga bo’linadi? 
 
4. Dala tajribasini tipikligi deganda nimani tushunasiz? 
 
5. Tajribaning aniqligi nima? 
 
6. Xatoliklar necha xil bo’ladi? 
 
7. Tajriba maydonchasining tipikligi nima?   
 
8. Tajriba maydonchasining tarixini o’rganishni bayon eting? 
 
9. Rekognostirovka ekin ekish nima?  
 
10. Dala tajribasining varianti, uning soni va ahamiyati? 
 
11. Dala tajribalaridan qaytarilish nima va ularning ahamiyati? 12. 
Delyankalarning katta-kichikligiga, o’lchamiga qanday omillar taosir qiladi. 
 
13. Himoya zonasi nima va uning ahamiyati nimadan iborat? 
 
14. Rendomizatsiya usuli qanday usul? 
 
15. Ishlab chiqarish dala tajribalari qaerlarda va nima maqsadda olib boriladi? 
 
16. Dala tajribalaridagi qaytarilish nima va ularning ahaiyati nimadan iborat? 
 
17 Tajriba delyankalarining maydoni, uning o’lchamlari va turlari. 
 
18. Tadqiqot dasturida nimalar yoritiladi? 
 
19. Tajriba rejasi nima va unda nimalar aks ettirilishi kerak? 
 
Adabiyotlar 
1. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. 
 
Metodika polevqx opqtov s xlopchatnikom. T., 1981. 
3. 
 
Dospexov B. A. Metodika polevogo opqta. M., Kolos. 1979. 
4. 
 
Musaev B. S. Tajriba ishlari uslubiyoti. T. 1995. 
 
 
MA’RUZA 26:.V YEGETATSION VA MIZEMETRIK TAJRIBALAR. 
  
 


 
REJA: 
 
 
1. Vegetatsion tajribalarning mohiyati va turlari. 
 
2. Tuproqli vegetatsion tajribalar. 
 
3. Qumli vegetatsion tajribalar. 
 
4. Suvli vegetatsion tajribalar. 
 
5. Ozuqa aralashmasini tayyorlash. 
 
6. Lizimetrik tajribala va lizimetrlarning turlari. 
 
7. Tayanch iboralar  
 
8. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
 
9. Foydalanilgan adabiyotlar.  
 
  
    1. Vegetatsion tajribalarning mohiyati, ahamiyati va turlari. 
 
 
Vegetatsion  tajribalar  olib  borish  uslublari  agrokimyoda  keng  qo’llaniladigan 
uslub  bo’lib,  bunda  o’simliklarning  o’sishi  va  rivojlanishi  uchun  muhim  bo’lgan 
omillar  namlik  harorat  yorug’lik  ozuqlanish  va  boshqalarni  boshqarish  va  xisobga 
olish anchagina qattiq tartib ostida olib boriladi. 
 
Agrokimyoda vegetatsion tajribalar olib borish uslubliyotining rivojlanishining 
Bussengo,  Timiryazev,  Pryanishnikov,Kossovich,Gedroyts  va  boshqa  ko’pgina 
olimlarning  olib  borgan  ishlari  bilan  bog’liqdir.  Agrokimyoviy  tekshirishlarda 
vegetatsion uslubni vazifasi jarayonlarning mohiyatini ochish va aloxida omillarning 
ahamiyatini,  birinchi  galda  o’simlik  ,  tuproq  va  o’g’itlarning  rolini,  ana  shu  rolni 
aniqlashga  imkon  beradigan  qulay  sharoitlarda  aniq  bilib  olishdan  iboratdir,  degan 
edi D.N. Pryanishnikov. 
 
Tadqiqot maqsadlariga qarab vegetatsion uslub mustaqil yoki dala tajribalariga 
qushimcha  ravishda  o’tkazilishi  mumkin.  Vegetatsion  tajribalar  suniy  yoki  yarim 
suniy sharoitlarda o’tkaziladi va ularda o’simliklarning oziqlanishi, tuproqlarning suv 
rejimi  hamda  ularda  sodir  bo’ladigan  ayrim  kimyoviy,  fizik-kimyoviy  va  fiziologik 
jarayonlar o’rganiladi.  
 
Vegetatsion  tajribalarda  o’rganish  obekti  bo’lib,  o’simlik,  tuproq  va  o’g’it 
xizmat qiladi. 
 
J.  Bussengo  birinchilardan  bo’lib,  tajriba  o’tkazishning  vegetatsion  usulidan 
foydalangan va aytish mumkinki, shu usulning asoschilaridir biridir.  
 
K.  A.  Timiryazev  vegetatsion  tajribalarni  o’simliklarning  oziqlanishini 
o’rganishdagi muhim usul sifatida yuqori baholagan edi.  
 
Tuproq  ,  o’simlik  va  o’g’itlar  orasidagi  o’zaro  taosir  jarayonining  alohida 
xususiyatlarini  bilish,  o’rganish  uchun  yana  ham  aniqroq  maolumotlar  olish  uchun 
vegetatsion 
tajribalardan 
foydalaniladi. 
Vegetatsion 
tajribalar 
yordamida 
o’simliklarning  oziqlanishi,  o’g’itlardagi  oziq-moddalarning  o’zlashtirilishi,  tuproq 
unumdorligi, yaoni dehqonchilikda moddalar aylanishini chuqurroq ochib beradi.  
 
Vegetatsion  tajribalarda  olib  borilayotgan    ishlarning  maqsad  va    vazifalariga 
qarab,  yetishtirilayotgan  ekinlar  bir  necha  kungacha  yoki  to’liq  pishguncha  ham 
turishi  mumkin.  Ko’p  yillik  tajribalarda  esa  byuir  necha  yillargacha  ham 
yetishtirilishi mumkin.  


 
Bunday tajribalar sunoiy sho’aroitda, maxsus va vegetatsion uylarda, idishlarda 
olib boriladi.  
 
Vegetatsion tajribalar bir necha xil bo’ladi: 
 
- tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish; 
 
- qumli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish;  
 
 
- suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish;   
 
 
- oqib turadigan eritmalarda ekin o’stirish. 
 
- alohida ajratib qo’yilgan sharoitda oziqlantirish va boshqalar. 
 
Lekin bu ularning orasida, asosan uch turidan ko’proq foydalaniladi: 
 
- tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish; 
 
- qumli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish; 
 
- suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish; 
 
Har  xil  ko’rinishdagi  vegetatsion  tajribalarni  olib  borish  uchun:  vegetatsion 
uychalar,  issiqxonalar,  turli  pavil’onlar,  sunoiy  iqlim  joriy  qilish,  fitotronlar  va 
boshqa qurilmalardan foydalaniladi.  
 
 
 
2. Tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish 
 
 
Tuproqli  muhitda  vegetatsion  tajribalar  olib  borish  o’simlik,  tuproq  va  o’g’it 
sistemasidagi o’zaro munosbatlarni o’rganishda muhim ahamiyatga egadir. Tuproqli 
muhitda olib boriladigan vegetatsion tajribalar o’simliklarni o’g’itga bo’lgan talabini 
tezkor  aniqlash  usuli  sifatida  ham  qo’llaniladi.  Tuproqli  muhitda  olib  boriladigan 
vegetatsion  tajribalarning  yana  bir  muhim  tomoni  shundaki,  dala  tajribalarida 
uchraydigan  turli  hodisalarning  sabablarini  aniqlash  maqsadida  qo’llanishdir.  Lekin 
vegetatsion tajribalar hech qachon dala tajribalarining o’rnini bosa olmaydi. CHunki 
bu 2 xil ko’rinishdagi tajribalarni amalga oshirishdagi shart sharoitlar bir-biridan farq 
qiladi. 
 
Bu  borada  bitta  omilni  ko’rsatib  o’tishning  o’zi  kifoya  qiladi,  yaoni  dala 
tajribasidagi  ekilgan ekinlar ozuqa moddalarni ham haydov qatlamidan, ham haydov 
osti  va  undan  ham  chuqur  qatlamlardan  oladilar,  vegetatsion  tajribalar  uchun  esa 
tuproq namunalari faqat haydov qatlamidan olinadi, xolos. 
 
Qtda  o’simlikning  butun  o’sish  va  rivojlanishi  davrlarida  meoyoridagi  namlik 
saqlanadi  va  shunga  mos  ravishda  ozuqa  elementlarining  mobilizatsiyasi  ham  dala 
sharoitidagidan tamomila farq qiladi.  
 
Idishlarga  solingan  tuproqning  harorati  ham  tamomila  boshqacha  bo’ladi,  bu 
o’z navbatida  tuproqda kechadigan jarayonlarning dinamikasiga taosir qiladi.  
 
Tuproq  strukturasi,  uning  suv  va  havo  o’tkazuvchanligi,  undagi  ildiz 
sistemasining  rivojlanishi  ham  dala  sharoitidagidan  tamomiyla  farq  qiladi.  D.  N. 
Pryanishnikov  o’zining  1940  yilda  chop  etilgan  “Agroximiya”  darsligida  shunday 
degan  edi:  “Dala  tajribasining  asosiy  vazifasi  dala  sharoitida  o’g’itlarning  taosir 
doirasini  o’rganish  bo’lsa,  vegetatsion  usulning  vazifasi  ayrim  omil  va  jarayonlarni 
o’simlik,  tuproq,  va  o’g’itlarga  ko’rsatadigan  taosirini  nisbatan  qulay  sharoitlarda 
ko’rsatib berishdir”. 
 
Tuproqli  muhitda  vegetatsion  tajribalar  olib  borish  o’simliklarning  oziqlanish 
rejimini,  o’g’itlarning  neytrallnish  xususiyatlarini  o’rganishda  aniq  natijalar  olinadi. 


Bunday usulda vegetatsion tajribalar olib borish oddiy, arzon va aniq iyosiy natijalar 
beradi,  vegetatsion  tajribalarning  ushbu  ko’rinishi  ilmiy  tekshirish  muassasalarida 
keng miqyosda qo’llaniladi. 
Tuproqli muhitda olib boriladigan vegetatsion tajribalar uchun o’g’itlar dozasi, g/kg 
tuproq uchun  
 
Ekinlar  
azot 
fosfor  
kaliy  
g’alladoshlar 
0,15 
0,10 
0,10 
dukkakdoshlar 
0,10-0,15 
(0,02-0,04) 
0,10-0,15 
0,10-0,15 
kartoshka 
0,12 
0,20 
0,28 
qand lavlagi  
0,15 
0,22 
0,22 
zig’ir 
0,05-0,07 
0,10-0,12 
0,06-0,1 
kanakunjut  
0,20-0,30 
0,20-0,30 
0,20-0,30 
g’o’za 
0,24 
0,36 
0,06-0,09 
tamaki 
0,20-0,30 
0,10-0,20 
0,20-0,30 
sabzavotlar: 
 
 
 
karam 
0,15-0,20 
0,20-0,25 
0,20 
pomidor 
0,10-0,15 
0,10-0,15 
0,20-0,35 
bodring 
0,15-0,20 
0,15-0,20 
0,20-0,25 
sabzi 
0,15-0,20 
0,20-0,25 
0,20-0,25 
piyoz 
0,10-0,20 
0,10-0,15 
0,10-0,15 
lavlagi 
0,15-0,20 
0,20-0,25 
0,20-0,25 
 
 
 
3. Qumli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish. 
 
Qumli  muhitda  olib  boriladigan  vegetatsion  tajribalarni  ham  huddi  tuproqda 
qanday  qilib  olib  borilsa,  o’shanday  tartibda  olib  boriladi.  Ularning  farqi  shundaki 
qumli  sharoitda  vegetatsion  tajribalar  olib  borilsa,  ozuqa  moddalar  ozuqa 
aralashmalari  ko’rinishida  beriladi.    Qumni  tajriba  olib  borish  uchun  quyidagicha 
tayyorlanadi. 
 
Qum  tarkibidagi  har  xil  arlashmalarni  eritib  yo’qotish  uchun  qumga 
kontsentrlangan    xlorid  kislota  quyiladi.  Keyin  qum  tarkibidan  xlorid  kislotani 


vodoprovod  va  distsillangan  suv  bilan  ko’p  marta  yuvilib,  to’la  tozalanadi. 
Tozalanganligini  bilish  uchun  yuvilgan  suvdan  olib,  unga  kumush  nitrat  taosir 
ettiriladi.  Agar  eritmada  oq  cho’kma  hosil  bo’lmasa,  qum  xlorid  kislotadan 
tozalangan bo’ladi.  
 
Qumni  shunday  yo’l  bilan  tozalangandan  so’ng  qolgan  ishlar  tuproq  bilan 
vegetatsion tajribalarni qo’yish va olib borish kabi amalga oshiriladi. 
 
Faqat  shuni  eslatib  o’tish  kerakki,  qumda  vegetatsion  tajribalardagi  ekinlarga 
ozuqa moddalar tayor ozuqa aralashmalari ko’rinishida beriladi. 
 
 
4. Suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish usuli. 
 
Suvli  muhitda  vegetatsion  tajribalar  olib  borish  uchun  3,5-5  l  hajmga  ega 
bo’lgan shisha yoki polietilen idishlardan foydalaniladi.  
 
Suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish uchun substrat distillangan suv, 
alohida 
maxsus 
tajribalarda, 
masalan, 
mikroelementlarning 
xususiyatlarini 
o’rganishda, bidistillangan suvdan, baozan esa vodoprovod suvidan foydalaniladi.  
 
Suvli  muhitda  vegetatsion  tajribalar  olib  borish  foydalaniladigan  oziq 
aralashmasidagi tuzlarning cho’kmaga tushib qolmasdan to’la erib ketishiga erishish 
kerak. 
 
Buning  uchun  tuzlar  navbat  bilan,  shisha  tayoqcha  yordamida,  aralashtirilgan 
holida eritiladi. 
 
Har bir tajriba uchun ko’zp miqdorda oziq aralashmasi kerak bo’lishini hisobga 
olib,  aralashma  bir  yo’la  ko’p  miqdorda  tayyorlanadi  va  og’gi  mahkam 
berkitiladigan, qora yoki jigar rang tusli idishlarda saqlanadi. 
 
Vegetatsion  tajribalar  olib  borish  uchun  foydalaniladigan  idishlarning  3/4 
qismigacha distilangan suv quyiladi. Keyin o’lchov tsilindri yoki pipetka yordamida 
tajriba  sxemasida  berilgan  miqdorda  oziq  aralashmalaridan  olib,  idishdagi  suvga 
qo’shiladi va o’sha tajriba olib borish uchun mo’ljallangan idishni yuqori  qismidagi 
o’lchov  belgisigacha  suv  bilan  yetkaziladi  va  yaxshilab  aralashtiriladi.  Keyin 
taxtadan qilingan, 4-5 ta diametri 1,-2 sm keladigan teshiklari bo’lgan qopqoq bilan 
yopiladi. 
 
Suvli  muhitda  vegetatsion  tajribalar  olib  borish  uchun  ishtirok  etadigan 
o’simliklarning  urug’lari  avvaldan  namlangan  doka  gazlamada,  filtr  qog’ozda  yoki 
qumda yohud termostatda undirib olinadi.   
 
Nihollarning  ildizlari  5-7  sm  bo’lganda,  ularni  ehtiyotlik  bilan  idish 
qopqog’idagi teshikchalar orqali oziq aralashmalariga tushiriladi va o’simlikning o’zi 
paxta yoki paralon qiyqimlari bilan teshikka mahkamlanadi. 
 
Qopqoqdagi teshiklardan biriga shisha nay o’rnatiladi, bu shisha naydan havo 
berib  turiladi,  o’rtadagi  teshikka  esa  ekilgan  o’simliklarni  mahkam  ushlab  turish 
uchun  karkaslar  qo’yiladi.  Bunday  qopqoqlarni  shisha  idishlarga  mahkam  yopishib 
turishi uchunularning pastki qismi idish diametridan 0,5 sm kam qilib yasaladi. 
 
SHisha idishlarga 2 qavat g’ilof kiydiriladi yoki qoplanadi. 
 
Birinchi  qavat  qora  metaldan  bo’ladi,  bu  oziq  eritmasini  va  o’simlikning 
ildizini  yorug’likdan  saqlaydi,  uning  ustidan  esa  oq  rangli  qalin  material  qoplanadi, 
bu idini qizib ketishdan saqlaydi. 
 
Bu  qoplama  g’iloflarni  tashqi  tomondan  mahfkam  bog’lab  qo’yiladi.  Bu 
mahkam g’ilof idishning og’zidagi taxta qopqoqni ham yaxshilab berkitish lozim. 


 
Ozuqa eritmasida o’simlik ildizining normal rivojlanishi uchun har kuni shisha 
naychadan  havo  berib  turiladi.  Suvli  muhitda  sistemali  doimiy  ravishda  tajriba  olib 
borilsa, eritma parlanishi mumkin. 
 
SHuning uchun uning belgisigacha distillangan suv bilan to’ldirilib turiladi va 
muhit reaktsiyasi tekshirib turiladi. 
 
Butun vegetatsiya davrida ozuqa eritmasi 3-4 marta almashtiriladi. 
5. Oziq aralashmalarini tayyorlash. 
 
O’simliklarni  sunoiy  suhitda  yetishtirish  masalasi  birinchi  marta  1842  yilda 
Vigman va Pol’stroflar tomonidan izohlab berildi. Ular platinadan tigelga platina sim 
qiyqimlarini solib urug’ ekdilar va distillangan suv bilan muntazam ravishda sug’orib 
turdilar. 
 
Maolum  bir  fursat  o’tgach,  urug’  tarkibidagi  zahira  ozuqa  moddalar 
tugagandan so’ng, o’simlik nihollari qurib qoladi. Boshqa bir idishdagi nihollar vaqti-
vaqti bilan kul elementlarining eritmasi bilan sug’orilib turilganda, o’simliklar yaxshi 
o’sib rivojlanadi. 
 
1857 yilda botanika fanining namoyondalaridan biri Saks o’simliklarning ildiz 
tizmi  bo’yicha  o’z  ilmiy  ishini  eolon  qilib,  o’simliklarni  oddiy  suvda  ham  gullash 
davrigacha o’stirish mumkinligini  bayon qildi. Lekin bunda kuzatishlar yirik urug’li 
o’simliklar  ustida  olib  borilganligi  va  ular  tarkibida  ko’p  miqdorda  zahira  ozuqa 
moddalari bo’lishi tadqiqotchining eotiboridan chetda qolgan edi. 
 
1858  yilda  Saks  va  Knop  bir  vaqtning  o’zida  bir-birlaridan  bexabar  holda 
o’simliklarni meorida o’sib rivojlanishi uchun yaroqli bo’lgan oziq aralashmalarining  
tarkibini  eolon  qildilar.  Bunday  oziq  aralashmalaridan  o’simliklarni  suvli  va  qumli 
muhitlarda 
yetishtirishda 
keng 
foydalaniladi. 
Oziq 
aralashmalari 
tuzlar 
aralashmasining  eritmasidan  iborat  bo’lib,  tarkibida  o’simliklar  hayoti  uchun  zarur 
bo’lgan barcha  makro va mikroelementlarni tutadi.  
 
Oziq  aralashmalarini  tayyorlashda  o’simliklarni  ayrim  elementlarni  kation 
holida  ayrimlarini  anion  holda  o’zlashtirishini  hisobga  olgan  holda  tuzlar  tanlab 
olinadi. 
 
Bu  maqsadda  ko’pchilik  hollarda  kaltsiy  nitrat,  kaliy  nitrat,  ammoniy  nitrat, 
fosfat  kisltaning  kaliyli  va  kaltsiyli  tuzlari,  kaliy  sulfat  va  magniy  sulfatlardan 
foydalaniladi.  CHunki  ularning  har  biri  o’z  tarkibida  ikkitadan  oziq  elementlarini 
tutadi.  Elementlar  o’rtasidagi  maolum  nisbatni  saqlash  uchun  bitta  oziq  elementini 
tutgan 
tuzlardan 
ham 
foydalaniladi. 
Oziq 
aralashmalarini 
tayyorlashda 
mikroelementlarini eng qulay va eruvchan tuzlari ishlatiladi. 
 
O’simliklarga eng kerakli mikroelementlardan biri - bu temirdir. 
 
Temir  xlorid,  temir  sulfat  kabi  tuzlar  shu  maqsadda  eng  talabga  javob 
beradigan tuzlardan hisoblanadi.  
 
Temir  fosfat  yoki  temir  gidroksidning  cho’kmaga  tushib  qolmasligi  uchun 
hozirgi paytda temir tsitrat yoki temir tartrat tuzlaridan foydalanish tavsiya etilgan. 
 
Marganets, mis va rux odatda sulfatli yoki xloridli tuzlar holida, molibden esa 
molibden  kislotaning  nitratli  yoki  ammoniyli  tuzlari  shaklida,  bor  borat  kislota 
shaklida beriladi. 
 
Aralashma  tarkibda  marganets  va  borning  kontsentratsiyasi  0,1-1,0  mg/l,  mis 
rux va molibdenning kontsentratsiyasi esa 0,01-0,1 mg/l atrofida bo’lishi talab etiladi. 


Har  bir  oziq  aralashmalari  barcha  ozuqa  elementlarini  maolum  miqdor  va  nisbatda 
tutishi  bilan  bir  vaqtda,  undagi  vodorod  ionlarining  kontsentratsiyasi  ham  mo’tadil 
bo’lishi  kerak.  Ko’pchilik  qishloq  xo’jalik  ekinlari  uchun  bu  ko’rsatkich  5,5-7,8 
oralig’ida bo’lishi lozim.  
Suvli va qumli muhitlarda o’stiriladigan o’simliklar uchun oziq aralashmalari, bir l 
suvda mg hisobida 
Aralashma tarkibi 
Gel’rigel
’ 
oziq 
ara-
lashmasi 
knop 
oziq 
aralashm
asi 
Pryanishni
kov 
oziq 
aralash-
ma. 
Belousov 
oz.aral. 
yagodin 
Grechixa 
uchun 
oz.ar. 
kaltsiy nitrat suvsiz 
492 
1000 
 
1100 
 
ammoniy nitrat 
 
 
240 
 
343 
kaliy di- gidrofosfat 
136 
250 
 
360 
263 
kaliy  fosfat 
 
 
 
430 
 
kaliy sul’fat 
 
 
 
 
166 
temir sul’fat eritmasi 
 
 
 
 
40 
kaltsiy  gidrofos  fat 
suvli eritma. 
 
 
172 
 
 
Magniy sulfat suvsiz 
60 
250 
60 
54 
 
magniy sulfat suvli 
 
 
 
 
716 
kaliy xlorid 
75 
120 
160 
 
 
temir (3) xlorid 
25 
izi 
25 
10 
 
natriy xlorid 
 
 
 
100 
 
N
3
VO
3
 
 
 
 

2,86 
kaltsiy sulfat suvli 
 
 
344 
 
 
mis kuporosi 
 
 
 
 
0,197 
rux sulfat suvli 
 
 
 
 
0,44 
marganets sulfat svli 
 
 
 

2,63 
kobalt sulfat suvli 
 
 
 
 
0,095 
Na
2
Mo
4
2N
2

 
 
 
 
0,077 
kaltsiy karbonat 
 
 
 
 
500,5 
kaltsiy 
karbonat 
(qo’shimcha) 
 
 
 
 
55,5 


20 kundan keyin 
 
 
 
 
 
 
 
Distillangan    suv  faqatgina  vodorod    ionini  tutgani  sababli  uzoq  muddat 
o’simliklar  ni  sug’orish  uchun  yaramaydi.  Muvozanatlashtirilgan  oziq  aralashmalari 
tarkibidagi kation va anionlarning yig’indi kontsentratsiyalari tahminan 30 ni tashkil 
etishi  lozim.  Oziq  aralashmalarining  turi  hozirgi  kunda  anchagina  bo’lib,  ularning 
ko’p tarqalanlari jualasiga  Knop, Gel’rigul’, D. N. Pryanishnikov, Xogland-Snayders 
oziq  aralashmalarini  kitritish  mumkin.  G’o’z  ustida  olib  borilagigan  tajribalarda 
M.A.Belousov taklif etgan oziq aralashmasidan keng foydalaniladi.  
 
Makroelementlar, 1 l svda gr.   Mikroelementlar, 1 l suvda mg.  
Kaltsiy nitrat suvsiz - 1,11 
N
3
VO
3
 - 2,0 
kaltsiy  gidrofosfat  suvsiz  - 
0,20 
marganets sulfat - 20 
kaliy gidrofosfat - 0,12 
mis sulfat - 0,3 
kaliy xlorid - 0,075 
rux sulfat - 0,5 
magniy sulfat - 0,12 
(NN
4
)
2
MoO
4
 - 0,1 
temir (III) - 0,027 
kobal’t nitart - 0,1 
 
 
 6. Lizimetrik tajribalar va lizimetrning turlari. 
 
 
Lizimetrik  tajribalar  bu  o’simlik  hayot  faoliyatini  va  tuproq  xususiyatlarini 
dalada maxsus uskunalar lizimetrlar yordamida tadqiq qilish usulidir. Lizimetr tabiiy 
sharoitda  tuproq  tarkibdagi  suvning  xarakatini  va  dinamikasini  o’rganish  imkonini 
beradi.  Lizimetrik  tajribalar  ham  dala  va  vegetatsion  tajribalar  olib  borish  usullari 
kabi  biologik  tekshirish  usullari  qatoriga  kirib,  bir  qator  tabiiy  falar  sohasida  keng 
qo’llanilmoqda.  Lizimetrlar  bilan  birinchi  bo’lib  ingliz  olimi  Dj.Dalton  18-asrning 
oxiri va 19-asrning boshlarida tajribalar olib borgan hamda. Atmosferadan tushadigan 
yog’in  suvlaridan  sizot  suvlarining  oziqlanishidagi  roli  ochib  bergan  edi.  Yaoni 
tushayotgan  atmosfera  yog’inlarining  yerga  singishi  natijasida  sizot  suvlarining 
ko’payishi, ko’tariligi kabi aloqadorlikni ochib bergan.  
 
Lizimetrda suv sizib o’tadigan tuproq qatlami 20-25 sm dan bir necha m gacha 
bo’ladi. Ammo eng ko’p tarqalgan lizimetrlarning konstruktsiyasi bir metrlik tuproq 
qatlamida ilashga mo’ljallangan. 
 
Lizimetrlar konstruktsiyalarining xususiyatlariga qarab quyidagilarga bo’linadi. 
 
1. Betonli yoki g’ishtli. 
 
2. Metalldan qilingan. 
 
3. Lizimetrik voronkalar 
 
4. Plastmassa plyonkali lizimetrlar. 
 


 
1. Betonli yoki g’ishtdan qilingan lizimetrlar odatda ko’p yllik tajribalarni  olib 
borish uchun foydalaniladi. Ularning yuza maydoni 1, 2, 4 m kv.  bo’ladi. 
 
2.  Metaldan  qilingan  lizimetrlar  har  xil  shaklda  bo’ladi:  tsilindrsimon,  kub, 
parallelopipet  va  boshqa  shakllarda  va  hajmlarda  bo’ladi.  Bunday  lizimetrlar  ham 
tuproqni to’ldirish yo’li bilan ishlatiladi. 
 
3.  Lizimetrik  voronkalardan  faqat  tabiiy  holdagi  tuzilishga  ega  bo’lgan 
tuproqlar uchun foydalaniladi.  
 
Tayanch iboralar  
 
 
Vegetatsion  tajribalar,  sunoiy  sharoitlar,  makro  va  mikroelementlar,  dala 
tajribalari,  azotli o’g’itlar,  mineral  o’g’itlar,  bahor,  yoz,  kuz,  plastmassa  yoki  shisha 
idishlar, tuzlarni  eritish, tsilindr,  distsillangan  suv,  tajribalar, tadqiqotlar,  lizimetrlar, 
lizimetrik  tajribalar,  lizimetrik  voronkalar,  betonli  yoki  g’ishtli,  metalldan  qilingan, 
plastmassa  plyonkali  lizimetrlar,  Dj.Dal’ton,  ozuqa  moddalar,  oziq  aralashmalar, 
o’g’itlardan ratsional foydalanish. 
 
Nazorat savollari  
 
 
1.  Vegetatsion  tajribalar  olib  borish  usularining  moxhiyati,  ahamiyati  va 
turlarini ayting? 
 
2. Vegetatsion tajribalar qanday sharoitlarda olib boriladi? 
 
3. Tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish tarkibini ayting? 
 
4.  Tuproqli  muhitda  vegetatsion  tajribalar  olib  borish  uchun  tuproqlar  qachon 
va qaerlardan olinadi? 
 
5.  Tuproqli  muhitda  vegetatsion  tajribalar  olib  borishni  dala  tajribalari  usuli 
o’rtasidagi o’xshashlik va faqrni ko’rsating? 
 
6.  Tuproqli  muhitda vegetatsion  tajribalar  qanday  idishlarda  olib boriladi?  Bu 
idishlar qanday bo’ladi? 
 
7. Qumli muhitda vegetatsion tajribalar olib borishni ayting? 
 
8. Qumni qanday qilib tozalanadi? 
 
9. Suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish usulini gapiring? 
 
10. Idishlarga nihollar qanday o’rnashtiriladi? 
 
11. Nima uchun vegetatsion idishlarning usti qalin materiallar bilan qoplanadi? 
 
12. Necha xil oziq aralashmalarini bilasiz? 
 
Adabiyotlar 
 
1. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. 
 
Mednis M.P. - O metodika polevogo i vegetativnogo opita. M., 1941. №5. 
3. 
 
Metodika polevqx opqtov s xlopchatnikom. T., 1981. 
4. 
 
Dospexov B. A. Metodika polevogo opqta. M., Kolos. 1979. 
 
4. Musaev B. S. Tajriba ishlari uslubiyoti. T. 1995. 
 
 


 
 
 
 
 
MA’RUZA 27: TAJRIBA NATIJALARINI MATEMATIK YO’L BILAN 
ANIQLASH USULI. 
 
REJA:  
 
 
1. Tajriba natijalarini V. P. Peregudovning dispersion analiz usuli bilan 
aniqlash. 
 
2. Tayanch iboralar  
 
3. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
 
4. Foydalanilgan adabiyotlar.  
 
Tajriba natijalarini V. P. Peregudovning dispersion analiz usuli bilan aniqlash. 
 
 
Tajriba natijalarini matematik yo’l bilan aniqlaning bir necha usullari mavjud. 
Bular  jumlasiga  A.V.Sokolyovning  bir  necha  usullari,  B.V.Dospexov  usuli  va 
V.T.Peregudovning dispersion analiz usullari kiradi.  
 
Biz quyida V.T.Peregudovning dispersion analiz usulini ko’rib chiqamiz.  
 
1.  Tajribadan  olingan  hosil  delyankalar  va  qaytarishlar  bo’yicha  ko’rib 
chiqiladi.  Bunda  hosil  ko’rsatkichlari  0,1-  aniqlikkacha  ko’riladi,  yaoni  verguldan 
keyin bitta son qo’yiladi. 
1-jadval 
Paxta hosili  
 
tajriba varianti 
qaytarilish bo’yicha 
yig’indi 
o’rtachasi 
kontrol’ 
20,5 
20,2 
22 
23,3 
86,86 
21,5 
№120 
34,8 
35,1 
36,7 
37 
143,6 
35,9 
№120 R
2
O
5
 -45  36,5 
37,4 
37,6 
38,1 
149,6 
37,4 
№120 R
2
O
5
 -90  37,8 
38,2 
38,9 
40,3 
155,2 
38,8 
R= 
129,6 
130,9 
135,2 
138,7 
Q=534,4 
M=3,4 
 
 
 
2.  Variantlar  bo’yicha  summasi  S  hisoblanadi.  Qaytarilishlar  bo’yicha 
yig’indisi  R  hisoblanadi,  Q  -  variantlar  va  qaytarilishlar  bo’yicha  umumiy  yig’idisi, 
M - tajribadan olingan o’rtacha hosil. Mana shu jadvalda variantlar bo’yicha umumiy 
yig’indisi  bilan  qaytarilishlar  bo’yicha  olingan  umumiy  yig’indini  qo’shganimizda, 
ularning umuiy ko’rsatkichi bir xil bo’lishi kerak. 


 
3.  Variantlar  bo’yicha  o’rtacha  hosildorlikni  qaytarilishlar  bo’yicha  berilgan 
hosil  ko’rsatkichlari  bir-biriga  qo’shib,  qaytarilishlar  soniga  bo’lamiz  va  variantlar 
bo’yicha o’rtacha hosildorlikni olamiz. 
 
4.  Endi  tajribadagi  eng  yuqori  hosilni  va  eng  past  hosilni  olamiz,  ularni 
qo’shamiz va 2 ga bo’lamiz. 
 
a = (20,0+40,0):2=30,0 ga teng. 
 
Endi jadvaldagi ko’rsatkichlardan kelib chiqib, 2-jadvalni tuzamiz. 
2-jadval 
tajriba 
variantlari 
qaytarilishlar 
bo’yicha 

kontrol 
-
9,5 
-9,8  -8,0  -
6,7 
-34,0 
№120 
4,8  5,1 
6,7 
7,0  23,6 
№120  R
2
O
5
 
-45 
6,5  7,4 
7,6 
8,1  29,6 
№120  R
2
O
5
 
-90 
7,8  8,2 
8,9 
10,

35,2 
R = 
9,6  10,9  15,2  18,

Q=54,4 
 
 
5.  2-Jadvaldagi  hisob-kitobning  to’g’ri  ketayotganligi  tekshirish  uchun 
quyidagini amalga oshirish kerak. 30 ni qaytarilishlar soniga ko’paytirib, 2-jadvaldagi  
S  ni  ishorasiga  qarab  ayiriladi  yoki  qo’shiladi.  SHunda  birinchi  jadvaldagi  S  ni 
ko’rsatkichlari chiqishi kerak.  
30*4-34=86 yoki 30*4+23,6=143,6 
30*4-29,6= 149,6 yoki 30*4+35,2=155,2 
 
6. Endi 2-jadvaldagi ko’rsatkichlarni kvadratga ko’tariladi va 3-jadval tuziladi. 
3-jadval 
tajriba 
variantlari 
qaytarilishlar bo’yicha 

kontrol 
90,3  96,0  64,0  44,9 
1156,

№120 
23,0  26,0  44,9  49,0 
557,0 
№120  R
2
O
5
 
-45 
42,3  54,8  57,8  65,6 
876,2 
№120  R
2
O
5
 
-90 
60,8  67,7  79,2  106,1  1239,

R
2
 = 
92,2  118,

231,

349,7

791,7 
3828,

U
2
 =  
216,

244,

245,

265,6

9071,

 


 
 
7. 
Σ
r
2
=791,7     Q
2
=54,4
2
=2959,4 
 
   
Σ
u
2
=971,9     
Σ
S
2
=3828,2 
 
8. Olingan natijalar quyidagicha tartibda yoziladi: 
 
 
Q
2
=2959,4 
 
Keyingi    hisoblashlar  quyidagi  formulalar  bilan  olib  boriladi.  Kvadratlarning 
umumiy formulasi: 
Σ
u
2
-(Q
2
:nm) = 971,9-184,9=787. 
 
 
 
 
9. Dispersion analiz jadvali tuziladi.  
 
4-jadval  
dispersiya 
turlari 
stepeniy 
svobodq 
kvadratlar 
yig’indisi 
o’rtacha 
kvadrat 
umumiy  
15 
787 
 
qaytarilish  3 
13 
δ
2
0 21
=
,
 
variantlar 

772 
 
qoldiq 

1,9 
 
 
 
δ
2
0 21
=
,
 
 
10. Qoldiq o’rtacha kvadratni ildiz ostiga chiqaramiz.  
 
 
δ
=
=
0 21
0 46
,
,
 
 
11. Tajribaning aniqligiga umumiy harakteristika beriladi 
 
 
Ε =
δ
n
  tajriba  bo’yicha  o’rtacha  hosildorlik  o’rtasidgi  xatolikni 
belgilaydi. 
 
12.  Har  xil  variantning  orqasidagi  o’rtacha  hosildorlik  farqini  aniqligini, 
ishonchligini  baholash  uchun  ushbu  farqni  “E”ning  uch  marta  ko’paytirilgandagi 
ko’rsatkichiga  solishtiriladi.  Agar  ikkita  taqqoslanayotgan  variantlarning  olingan 
o’rtacha hosildorliklar o’rtasidai farq 3 “E” dan katta bo’lsa, demak, olingan natijalar 
to’la ishonli deb hisoblanadi. 
 
Bizda 3E = 0,29x3=0,69 ts. Demak, 1,4 ts dan kichik, ishonchli. 
 
 
Nazorat savollari  
 
 
1. Variantlar bo’yicha summa qanday hisoblanadi?  
 
2. Qaytarilishlar bo’yicha yig’indisi R qanday hisoblanadi?  
 
3. O’rtacha hosildorlik qanday hisoblanadi? 
 
4. Hisoblashlarning to’g’riligini qanday aniqlanadi? 
 
5. Kvadratlarning umumiy formulasini yozing. 
 
6. Qaytarilishlar kvadratlariing yig’indisi formulasini yozing. 
 
7. Variantlar kvadratilinng yoig’indisi? 


 
8. Variatsiya koeffitsienti qaysi formula bilan aniqlanadi? 
 
9. O’rtacha hosildorliklar o’rtasidagi farq qaysi formula bilan aniqlanadi? 
 
10. Tajribaning aniqligi qaysi formula bilan aniqlanadi? 
 
11. 3 Ye nima? 
 
Adabiyotlar 
 
1. 
 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. 
 
Metodika polevqx opqtov s xlopchatnikom. T., 1981. 
MA’RUZA 28: TUPROQLARNI KIMYOVIY MELIORATSIYALASH 
USULLARI. 
 
REJA: 
 
1. Nordon tuproqlarni ohaklash  
 
2. Qishloq xo’jalik ekinlarini tuproq reaktsiyasi va ohaklashga munosabati. 
 
3. Ohakning tuproq bilan o’zaro taosiri  
 
4. Ohakli o’g’itlar va ularning normasini aniqlash. Ohakni tuproqqa solish 
usullari  
 
5. SHo’rtoblar va sho’rtobli tuproqlarni gipslash 
 
6. Gipsning tuproq bilan o’zaro taosiri  
 
7. Tuproqni gipslash uchun ishlatiladigan materiallar. Gipsning normasi, 
tuproqqa solish muddati va usullari.    
 
8. Tayanch iboralar  
 
9. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar  
 
 
10. Foydalanilgan adabiyotlar.  
1. Nordon tuproqlarni ohaklash. 
 
Nordon  reaktsiyali  tuproqlarda  katta  miqdorda  singdirilgan  holda  vodorod  va 
alyuminiy  ionlari,  sho’rtoblarda  esa  natriy  kationi  mavjud  bo’lib,  ular  tuproqlarning 
fizikaviy,  fizik-kimyoviy  va  biologik  xususiyatlarini  keskin  yomonlashtiradi, 
unumdorligini  pasaytiradi.  Bunday  tuproqlarni  holatini  tubdan    yaxshilash  uchun 
ularni boshqa agrotexnik tadbirlar bilan birga kimyoviy melioratsiyalash ishlarini olib 
borish kerak. 
 
Nordon  va  sho’rtob  tuproqlarni  kimyoviy  melioratsiyalash  usullari  tuproq 
mingdirish  kompleksiga  kationlar  tarkibini  kislotaliligini  neytrallash    va 
unumdorligini  oshirish  uchun  asosiy  tadbir  ohaklash,  sho’rtob  tuproqlarning 
xossalarini yaxshilash va yuqori ishqoriyligi yo’qotish uchun gipslash kerak. 
 
Ohakli o’g’itlar qadimdan ishlatilib kelingan. Britan va Golli orollarining 
dehqonlari mergel’ va bo’rdan bundan 2000 yil oldin foydalanganlari maolum. 
 
16-18-Asrlarda  ohakli  o’g’itlar  g’arbiyEvropa  mamlkatlarida  juda  keng 
miqyosda  ishlatilgan,  lekin  o’sha  paytda  ohakni  qanday  qilishni  bilmaganlar. 
Tuproqlarning  xususiyatlarini  yaxshilagani  sababli  uni  katta  normalarda  go’ng 
o’rnida ham ishlatganlar. Bu esa baozi hollarda salbiy oqibatlarga ham olib kelgan.  
 
Tuproqlarni  kislotaliligini  yo’qotish  maqsadid  ohakdan  foydalanish  faqat 
o’tgan  asrning  oxirlarida  boshlandi.  Ohakning  samaradorligini  aniqlashda  birinchi 
dala tajribalari D.I.Mendeleev rahbrligida 1867-1868 yillarda olib borilgan edi. 


 
Keyingi  yillarda  ushbu  yo’nalishdagi  ishlarni  A.Engelgradt,  P.A.Kostichev, 
P.S.Kossovich, K.K.Gedroits, D.N.Pryanishnikov va boshqalar olib bordilar. 
 
Tadqiqot  ishlarining  natijalari  asosida  ohakning  tuproqqa  taosir  qilish 
mexanizmi  chimli-podzol  tuproqlarda  yuqori  samaradorligi  anqlandi  va  ohakli 
o’g’itlarning qo’llashni eng samarali usullari ishlab chiqildi. 
 
2. Qishloq xo’jalik ekinlarini tuproq reaktsiyasi va ohaklashga munosabati. 
 
 
Ko’pchilik  madaniy  ekinlar  va  tuproq  mikroorganizmlari  kuchsiz  nordon  va 
neytral  reaktsiyasi  muhitda  yaxshi  rivojlanadi,  ishqoriy  va  ortiqcha  nordon  muhit 
ularga  salbiy  taosir  ko’rstadi.  Har  xil  o’simliklar  muhit  reaktsiyasiga  turlicha 
munosabatda bo’ladi.  
 
O’simliklarni muhit reaktsiyasi va ohaklashga bo’lgan talabiga qarab bir necha 
guruhga bo’linadilar: 
 
1. Tuproqning kislotaliligini o’ta sezuvchan o’simliklar, bularga: g’o’za, beda, 
espartset, qand va xashaki lavlagi, kanakunjut va karam kiradi.  
 
2. Yuqori kislotalilikni sezuvchi o’simliklarga arpa, baxorgi va kuzgi bug’doy, 
makkajo’xori, soya, beda, kungaboqar, bodring, piyoz va boshqalar kiradi. 
 
3.  Tuproqning  kuchli  kislotaliligini  kam  sezuvchan  o’simliklarga  javdar,  suli, 
tariq. Grechixa, tifeka, rediska va sabzi kiradi.  
 
4.  Zig’ir  va  kartoshka  ohaklashga  faqat  kuchli  kislotali  tuproqlarda  ehtiyoj 
sezadilar.  Kartoshka  nordon  reaktsiyani  kam  sezuvchan  bo’lganligi  uchun  kislotali 
tuproqlarda ham yaxshi o’sadi. 
 
5.  Ko’k  va  sariq  lyupin,  seradella,  cho  butalari,  nordon  tuproqlarda  yaxshi 
o’saveradi.  Ishqoriy  va  neytral  muhitda  yomon  o’sadilar.  Tuproqning  kislotali 
muhitga  va  ohaklashga  nafaqat  qishloq  xo’jalik  ekinlarining  o’zlari,  hatto  ularning 
navlari  ham  har  xil  munosabatda  bo’ladilar.  Tekshirishlar  shuni  ko’rsatadiki,  kelib 
chiqishi  jihatdan  janubiy  mintaqalardagi  neytral  muhitli  tuproqlarda  yetishtirilgan 
ekinlar  kislotali  muxitga  ega  bo’lgan  chimli  podzol  tuproqlarda  o’stirilganda  ohak 
solishga suhtojlik sezadilar. 
 
Yuqori  kislotali  muhitning  salbiy  taosiri  tuproq  tarkibidagi  alyuminiy  va 
marganetsli  birikmalarning  eruvchanligini  kuchayishi  bilan  ham  bog’liqdir.  Tuproq 
eritmasida  1  l  darajasi  2  mg  alyuminiy  bo’lsa,  ko’pgina  o’simliklarga  salbiy  taosir 
qiladi. 
 
Tuproq 
eritmasida 
alyuminiy 
kontsentratsiyasining 
ortib 
borishi 
o’simliklarning hosilini pasaytirib hatto nobud qilishi ham mumkin. 
 
Alyuminiyning ko’payishi o’simliklar ildizini kalta dag’al qilib qo’yadi. Rangi 
qorayadi  va  ildiz  tolalari  kamayib  ketadi.  Alyuminiy  va  marganetslarning 
o’simliklarga ortiqcha qabul qilinishi ulardagi uglevodli, azotli, fosforli moddalarning 
almashinuvini buzadi.  
 
O’simliklarda  reproduktiv  organlarning  paydo  bo’lishini  yomonlashtiradi. 
Alyuminiy  va  marganetsning  salbiy  taosiri  o’simliklarning  boshlang’ich  rivojlanish 
davrlarida kuchli seziladi. 
 
N.  S.  Avdenin  o’simliklarni  albminiyga  sezuvchanligiga  qarab  4  guruhga 
bo’ladi. 


 
1. Alyuminiyga o’ta chidamli o’simliklar suli, timofeenka. 
 
2.  Alyuminiyga  o’rtacha  chidamli  lyupin,  kartoshka,  makkajo’xori,  tariq 
o’simliklari. 
 
3.  Alyuminiyga  juda  sezuvchan  o’simliklar  zig’ir,  no’xat,  loviya,  grechixa, 
arpa, bug’doy. 
 
4.  Alyuminiyga  chidamsiz  o’simliklar  qand  lavlagi,  beda,  kuzgi  bug’doy, 
javdar. 
 
Tuproq  eritmasida  kaltsiy  kationining  kontsentratsiyasi  yuqori  bo’lsa, 
o’simliklarning  ildizlariga  alyuminiy  va  vodorod  ionlarining  qabul  qilinishi 
sekinlashadi  va  ularning  salbiy  taosiri  pasayadi.  Agar  tuproq  eritmasida  kaltsiy 
bo’lsa,  o’simliklar  anchagina  kislotali  muhitga  ham  chidaydilar.  Tuproqning  yuqori 
kislotaliligini doimiy ravishda fosforli o’g’itlar solish bilan ham pasaytirish mumkin.  
 
CHunki  tuproqqa  ko’p  miqdorda  va  doimiy  ravishda  fosforli  o’g’itlar 
solinganda  tuproq  tarkibidagi  alyuminiy  va  temir  ionlari  ularning  ko’p  qismi  fosfor 
bilan birikib alyuminiy va temir fosfatlarni hosil qiladi va salbiy taosirlari kamayadi. 
 
3. Ohakning tuproq bilan o’zaro taosiri. 
 
Ohakni tuproqqa solinganda tuproq eritmasi tarkibidagi karbonat angidrid gazi 
taosirida sekin asta eruvchan kaltsiy yoki magniy bikarbonatga aylanadi. 
 
Kaltsiy bikarbonat kal’tsiy va gidrokarbonat ionlariga dissotsilanadi va qisman 
gidrolizga ham uchraydi.  
 
Tuproq  eritmasidagi  kal’tsiy  gidrokarbonat  kal’tsiy  ioni  va  gidroksil 
ionlarining  kontsentratsiyasini  oshiradi.  Kal’tsiy  kationi  tuproq  singdirish 
kompleksidan vodorod ionini siqib chiqaradi va tuproq kislotaliligi neytrallanadi. 
 
Ohak  erkin  holdagi  chirindi  va  organik  kislotalar  va  nitrifikatsiya  jarayonida 
hosil bo’lgan azot kislota bilan ham o’zaro taosir etadi va ularni neytrallaydi. 
 
Ohakning  yillik  to’la  normasini  solinsa  tuproqning  aktual  va  almashinuvchi 
kislotaliligi bartaraf etiladi. Gidrolitik kislotaliligi ancha pasayadi. Tuproq eritmasida 
kal’tsiy ioni miqdori ko’payadi. Tuproqning asoslari bilan to’yinish darajasi ortadi.  
 
Tuproqqa  solinadigan  ohakning  normasi  qanchalik  katta  bo’lsa,  uning 
kislotaliligi  shuncha  kuchli  pasayadi  va  tuproqning  asoslar  bilan  to’yinishi  ortadi. 
Ohak  bilan  solingan  kal’tsiy  ioni  tuproq  kolloidlarini  koagullaydi,  strukturasini 
yaxshilaydi va agregatlarni suvga chidamliligini oshiradi.  
 
Ohakning  taosirida  tuproqning  suv  o’tkazuvchanligi,  havo  almashinuvi 
yaxshilanadi, qatqaloq hosil bo’lish imkoniyati kamayadi va og’ir tuproqlarga ishloq 
berish  ancha  yengillashadi.  Tuproqqa  ohak  solinishi  natijasida  qishloq  xo’jalik 
ekinlarining azot, fosfor, kaliy va mikroelementlar bilan oziqlanishi yaxshilanadi.  
4. Ohakli o’g’itlar va ularning normasini aniqlash. Ohakni tuproqqa solish usullari. 
 
Ohakli  materiallar,  ohakli  jinslar,  ohaktosh,  dolomit,  melni  ezish,  tuyish  yoki 
kuydirish yo’li bilan olinadi yoki yumshoq ohakli jinslardan va ohakka boy bo’lgan 
sanoat chiqindilaridan foydalaniladi.  
 
1.  Qattiq  ohakli  jinslar.  Qattiq  ohakli  jinslar  tarkibida  kal’tsiy  karbonat  va 
magniy  karbonat,  shuningdek  erimaydigan  loy  va  qumdan  iborat  qoldiqdan  tashkil 
topadi. 
 
Kal’tsiy  oksidi  va  magniy  oksid  miqdoriga  qarab,  bu  jinslar  quyidagi 
guruhlarga bo’linadi. 


 
A) ohaktoshlar tarkig’bida 55-56 % kal’tsiy oksidi, 0,9 % gacha magniy kosidi 
bor. 
 
B)  dolomitlangan  ohaktoshlar  tarkibida  42,55  %  kal’tsiy  oksid,  0,9-9,0  % 
magniy kosid bor. 
 
V) dolomitlar tarkibida 30-32 % kal’tsiy oksid va 18-20 % magniy kosidi bor. 
 
Tarkibidagi  loy,  qum  va  boshqa  aralashmalarning  miqdoriga  qarab  qattiq 
ohakli jinslar quyidagi guruhlarga bo’linadi. 
 
Toza ohakli jinslar ohaktosh va dolomit tarkibida 5 % gacha aralashmalari bor.  
 
Mergelli  yoki  qumsimon  ohakli  jinslar  tarkibida  5-25  %  aralashmasi  bor. 
Mergel yoki qumli ohakli jinslar tarkibida 25-50 % loy yoki qum bo’ladi.  
 
Ohakli  jinslar  tarkibida  ko’p  miqdorda  aralashmalarning  mavjudligi  ularning 
sifatini  pasaytiradi.  Tarkibida  15-20  %  dan  ortiq  aralashmasi  bo’lgan  
jinslarniqachonki  toza  ohakli  jinslar  bo’lmagan  hollarda  o’g’it  sifatida  ishlatish 
mumkin. 
 
 
Ohaktosh  va  mel  kelib  chiqishi  jihatdan  dengiz  cho’kindisidir.  Ohaktosh 
asosan kal’tsiy karbonat mineralidan va magniy karbonatdan iborat bo’ladi. 
 
2. Yumshoq ohakli jinslar.  
 
A)  Ko’l  ohagi  tarkibida  80-95  %  kal’tsiy  karbonat  bo’ladi.  Bu  jinslar  ilgari 
ko’p miqdorda kal’tsiy ioni bo’lgan, suv  to’plangan va keyinchalik suvi qurib qolgan 
berk suv xavzalarida paydo bo’ladi.  
 
Ko’l  ohagi  yengil  sochiluvchan  va  tuyiluvchan  zarrachalarning  o’lchami  0,25 
mm bo’lgan ohakli o’g’itdir. 
 
B)  Mergel  tarkibida  25-50  %  kal’tsiy  karbonat  va  kam  miqdorda  magniy 
karbonat bo’ladi.  
 
V) pastlikda paydo bo’lgan torf ohakka boy. Tarkibida 10 -70 % gacha kal’tsiy 
karbonat bor. Qimmatbaho torfli ohakli o’g’itdir. 
 
G) talbiiy dolomit uni tarkibida kal’tsiy karbonat va magniy karbonat mavjud. 
Kal’tsiy karbonatga aylantirib hisoblaganda 5 % gacha.  
 
3. Sanoatning ohakli chiqindilar.  
 
A)  slanesli  kul  tarkibida  30-48  %  kal’tsiy  oksid  va  1,5  -  3,8  %  magniy  oksid 
bor. 
 
B)  defekat  tarkibida  60-75  %  kal’tsiy  karbonat,  10-15  %  organik  moddalar  , 
0.2-0,7 % azot, 0,2-0,9 % fosfor oksidi va 0,3-1 % kaliy oksidi. 
 
V) domna va marten pechi shlaklari tarkibida 30-50 % kal’tsiy oksid, 12-37 % 
qum,  10-15  %  alyuminiy  (3)  oksid,  2-10  %  magniy  oksid,  0,4-5,6  %  marganets 
oksidi, 0,1-3,5 % fosfor oksidi mavjuddir. 
 
G)  oq  ohakli  shlak.  Tarkibida  50-68  %  kal’tsiy  oksid,  6-15  %  magniy  oksid, 
15-25 % qum, shuningdek fosfor, marganets, oltingugurt va boshqalar mavjud. 
 
D)  dolomit  changi  asosan  kal’tsiy  oksid  va  magniy  osiddan  iborat  bo’lib, 
saqlaish davrida asta sekin kal’tsiy karbonat va magniy karbonatga aylanadi. 
 
E) belitli ularning - bu alyuminiy sanoatining chiqindisi bo’lib, tarkibida 45-50 
% kal’tsiy oksid, 25 % natriy va kaliy oksidi, 30 % gacha qum, 2,9 % ftor oksidi, 0,4 
% marganets oksidi, 3,4 alyuminiy oksidi mavjud. 
 
Tuproqlarning  baozi  bir  belgilariga  qarab  ohaklashga  bo’lgan  ehtiyojini 
aniqlash mumkin.  


 
Tuproqlarning  kislotaliligini  ancha  aniq  bilish  uchun  agrokimyoviy  aalizlar 
o’tkazish kerak. 
 
Almashinuvchi  kislotalilikni  aniqlash  asoslar  bilan  to’yinganlik  darajasiga 
qarab, tuproqlarni ohaklashga bo’lgan ehtiyojini quyidagicha aniqlanadi: 
 
1) rN= 4,5 ga teng va undan past bo’lganda, 
 
2) rN=4,6 dan 5,0 gacha bo’lganda, o’rtacha, 
 
3) rN=5,1 dan 5,5 gacha bo’lsa, kuchsiz,. 
 
4) rN=5,5 dan yuqori bo’lsa, ohaklashga ehtiyoj sezilmaydi. 
 
Asoslar bilan to’yinganlik darajasiga qarab, quyidagicha bo’ladi: 
 
1)  asoslar  bilan  to’yinganlik  darajasi  50  %  bo’lsa,  ohaklashga  kuchli  ehtiyoz 
seziladi 
 
2) 50-70 % bo’lsa, o’rtacha 
 
3) 70 % va undan yuqori bo’lsaYu, kuchsiz 
 
4) 80 % dan yuqori bo’lsa, ohaklashga ehtiyoj sezilmaydi. 
 
Tuproqlarga  solinadigan  ohakning  normasi  tuprqning  gidrolitik  kislotaliligiga 
qarab belgilanadi va quyidagi formula bilan hisoblanadi: 
SaSO

normasi =

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin