Agrologistika


Zaxiralar hosil qilishning zarurligi



Yüklə 280,22 Kb.
səhifə30/56
tarix16.12.2023
ölçüsü280,22 Kb.
#181719
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56
Microsoft Word 13. Ma\'Ruzalar matni-fayllar.org

7.2. Zaxiralar hosil qilishning zarurligi 
Ishbilarmonlar moddiy zaxiralarni yaratayotganda tayanadigan asosiy omillar
quyidagilar.
Talabning o ‘zgarish ehtimoli (chiquvchi moddiy oqim intensivligini bashorat qilib
bo‘lmaydigan pasayishi). Tovarga bo‘lgan talab o‘zgarib turadi, va uni o‘zgarishini har doim
ham oldindan bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun, agarda
yetarlicha zaxiraga ega bo‘lmasa to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan talab qondirilmasligi
mumkin, ya'ni ishbilarmonda tovar bo‘lmagandan keyin mijozning puli o‘zida qolib u xaridsiz
ketib qoladi.
Tovarlarning ayrim turlariga bo‘lgan talabni mavsumiy o‘zgarishi. Bu ayniqsa qishloq
xo‘jaligi mahsulotlariga tegishlidir. Masalan, O‘zbekistonda kartoshka hosili yig‘iladi. Ammo
kartoshka oqimlari tovar o‘tkazuvchi zanjirlar (bozorlar, do‘konlar) bo‘ylab yil davomida
harakatlanadi. Demak, qaerdadir zaxira yig‘ilishi lozim bo‘ladi.
Tovarlarning yirik partiyalarini xarid qilganlarga beriladigan chegirmalar ham
zaxiralar yaratishning sababchisi bo‘lishi mumkin (ayrim yurtdoshlarimiz aynan shu sababli
uylarida oziq-ovqatlarning nisbatan katta zaxiralarini saqlaydilar).
Mahsulotlarni olib-sotish. Ayrim tovarlarning narxi keskin oshib ketishi mumkin. Bu
oshishni oldindan ko‘ra bilgan korxona, bozor narxini o‘zgarishi hisobiga foyda olishni
ko‘zlab zaxira yaratadi.
Buyurtmani joylashtirish va yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning 
kamayishi.
Har bir yangi buyurtmani rasmiylashtirish va yetkazish jarayoni qator xarajatlar bilan
kuzatiladi:
- ma'muriy xarajatlar: yetkazib beruvchini izlash, u bilan muzokaralar olib borish,
xizmat safarlari, shaharlararo telefonda so‘zlashuvlar va hokazolar;
- buyurtmani tashishga bo‘lgan xarajatlar;



Bu xarajatlarni, buyurtmalar miqdorini kamaytirgan xolda, pasaytirish mumkin. Bu esa


buyuriladigan partiya hajmini oshishiga, va zaxira ko‘payishiga olib keladi.
yetkazishlarning belgilangan grafigini buzilish ehtimoli (kiruvchi moddiy oqim
intensivligini bashorat qilib bo‘lmaydigan pasayishi). Bunday holda, savdo jarayoni to‘xtab
qolmasligi uchun, zaxiralar zarur bo‘ladi. Bu ayniqsa korxona daromadini shakllantirishda
asosiy rol o‘ynaydigan tovarlar uchun muhimdir.
Ishlab chiqarishda esa, jarayonlarning rejalashtirilmagan to‘xtab qolishi, ishlab
chiqarishning uzluksiz sikliga ega bo‘lgan korxonalar uchun ayniqsa xavflidir.
Mahsulot birligini ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish. 
Mahsulotlarni talab paydo bo‘lgan sari kichik partiyalar bilan ishlab chiqarish mumkin. Unda
zaxiralar kichik bo‘ladi, ammo bir birlik mahsulot tannarxi oshadi. Ikkinchi variant - bitta katta
partiya ishlab chiqarish va tayyor mahsulotni zaxirada saqlab turish. Bunday holda, zaxira
oshgan taqdirda ham, bir birlik mahsulot tannarxi pasayishi mumkin.
Ishlab chiqarish va taqsimot operatsiyalarini bir tekisda amalga oshirish imkoniyati.
Faoliyatning bu ikkita turi o‘zaro bog‘langan bo‘ladi: ishlab chiqarilgan narsagina
taqsimlanishi mumkin. Zaxiralar yo‘qligida, taqsimot tizimidagi moddiy oqimlar intensivligi
ishlab chiqarish intensivligini o‘zgarishlariga muvofiq ravishda o‘zgarib turadi. Taqsimot
tizimida zaxiralarning mavjudligi, ishlab chiqarishdagi vaziyatdan qat'iy nazar, realizatsiya
jarayonini yanada tekisroq amalga oshirishga imkon beradi.
O‘z navbatida, ishlab chiqarish zaxiralarining mavjudligi, xom-ashyo yetkazishdagi
o‘zgarib turishlarni tekislab, ishlab chiqarish jarayonining bir tekisligini ta'minlaydi.
Xaridorga tezda xizmat ko ‘rsatish imkoniyati. Xaridor buyurtmasini quyidagi
usullarning biri bilan bajarish mumkin:
- buyurilgan tovarni ishlab chiqarish;
- buyurilgan tovarni sotib olish;
-
buyurilgan tovarni mavjud zaxiradan tezda olib berish;
Oxirgi usul, odatda, eng qimmat bo‘ladi, chunki u zaxiralarni saqlashni talab etadi.
Ammo raqobat muxitida aynan ushbu omil hal qiluvchi bo‘lishi mumkin.
Ehtiyot qistnlar bo‘lmaganligi uchun yuzaga keladigan ishlab chiqarishdagi to 
xtashlarni kamaytirish. Asbob-uskunalarni ishdan chiqishi, ehtiyot qismlarning zaxirasi
bo‘lmagan taqdirda, ishlab chiqarish jarayonining to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin. Bu
ayniqsa uzluksiz ishlab chiqarish jarayoniga ega bo‘lgan korxonalar uchun muhimdir, chunki
ishlab chiqarishning to‘xtab qolishi ular uchun qimmatga tushishi mumkin.
Ishlab chiqarishni boshqarish jarayonining soddalashuvi. Bunda korxona ichidagi
ishlab chiqarish jarayonining turli bosqichlarida yarim tayyor mahsulotlar zaxiralarini yaratish
tushuniladi. Ushbu zaxiralarning mavjudligi har xil uchastkalardagi ishlab chiqarish
jarayonlarining o‘zaro kelishuvchanligiga bo‘lgan talablarni pasaytirish imkonini beradi.
Yuqorida qayd etilgan tamoyillarda ta'kidlanishicha ishlab chiqarish, savdo va boshqa
sohalarda ham zaxiralarni yaratish maqsadga muvofiqdir, aks holda xarajatlar oshib ketadi.
Shu bilan birga zaxiralarning optimal kattaligini topish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Jarayonlarni logistik tarzda tashkil etilishi, zaxiralar darajasini oshirmasdan bir birlik
mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni kamaytirishga, extiyot
qismlarining yo‘qligi sababli, ishlab chiqarishda yuzaga kelgan to‘xtashlarni
minimallaashtirishga, va zaxiralarning qator boshqa funksiyalarini amalga oshirishga imkon
beradi.

Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin