Topshiriqning qisqacha mazmuni. Dars davomida g‘o‘zaning fuzarioz kasalligiga chidamlilik darajasini o‘rganish uchun infeksion muhit hosil qilish usuli bilan tanishish maqsad qilib belgilanadi. Buning uchun turli muddatlarda g‘o‘za ekilgan, kuchli darajadagi infeksiyani o‘zida saqlagan tabiiy infeksion muhitli tuproq, sun’iy usulda tuproqqa infeksiya solingan va kanop etishitirilgan tuproq nazorat uchun foydalaniladi. Tajriba uchun turli navdagi urug‘lik chigitdan foydalaniladi.
Topshiriqni bajarish tartibi va usuli. Quyidagi tuproq namunalari bilan to‘ldirilgan chinni idishlar stollarga qo‘yib chiqiladi:
Nazorat – chigit ekilgan daladan olingan tuproq;
Shu daladan olingan, lekin fuzarium zamburug‘i infeksiyasi solingan tuproq;
Uzoq yillar davomida g‘o‘za ekilgan daladan olingan tuproq;
Fusariuv oxisporium, f. vasinfektum zamburug‘ini so‘lida o‘stirilgan namunasi tuvakchalarga 10-15 g, Mitcherlix idishiga 30-40 g va 50x75x20 sm hajmli idishga 150-200 g miqdorda infeksiya solinadi. Uning ustki tomoni 1,5 sm qalinlikda infeksiyasiz tuproq bilan yopiladi. Idilardagi tuproqlar karton bilan teng ikkiga bo‘linib, har bir bo‘lakka bittadan navdagi kanop urug‘lari eqiladi. Har bir bo‘lakchaga 10 tadan urug‘ 2-3 sm chuqurlikka eqiladi. Urug‘lart ekilgandan keyin tajribaga etiketka yozilib, urug‘larni undirish uchun 18-220S haroratga joylashtiriladi.
Urug‘lardan ungan ko‘chatlarning fuzarioz so‘lish bilan kasallanishini hisoblash urug‘ ekilgandan keyin 7-14 kun o‘tgach amalga oshiriladi. Kasallangan ko‘chatlar sarg‘ayib, ichki barglari so‘liydi, qurib jigar rangga kiradi. Hisoblash natijalari 6-jadvalga yozib boriladi.
Tajriba natijalarining muhokamasi. G‘o‘zaning hosilni yig‘ishtirib olish davridagi fuzarioz bilan kasallanishini hisoblash uchun ekin dalasining chetidan bir metr icharidan har 40-50 m masofadan 10-15 tadan o‘simlik namunalari olinadi. Bir dalada olinadigan namunalarning umumiy soni 200 dona bo‘lishi kerak. G‘o‘zaning gullash va hosil yig‘ib olish davridan oldin o‘tkaziladigan hisoblash natijalari olingan namunalar quyidagi etiketka asosida umumlashtirilib, olingan natijalar 11 - jadvalda beriladi.
Fermer xo‘jaligi_________________
Namuna olingan joy_______________
O‘simlik navi_____________________
Hisoblash vaqti___________________
11- jadval
Dostları ilə paylaş: |