Agronomiya” kafedrasi “O‘simliklar immuniteti” fanidan laboratoriya bo’yicha uslubiy ko’rsatma


Mavzu: O‘SIMLIKLARNING KASALLIKLARGA CHIDAMLILIGINI BARGLARGA QARAB BAHOLASH



Yüklə 166,38 Kb.
səhifə21/38
tarix22.09.2023
ölçüsü166,38 Kb.
#146928
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar-fayllar.org

Mavzu: O‘SIMLIKLARNING KASALLIKLARGA CHIDAMLILIGINI BARGLARGA QARAB BAHOLASH.


Topshiriq. Kartoshkaning fitoftoroz kasalligiga chidamliligini ayrim barglariga qarab baholash va rasmlarini kuzatish.

Fitoftoroz bilan kasallangan kartoshka o`simligi.


Zarur jixoz va materiallar. Mikroskoplar, Petri likopchasi,filtr qog‘oz, distillangan suv, Paster pipetkasi, kartoshkaning Severnaya roza, Agronomicheskiy, Stoloviy-19 navlarining barglari, Fitoftorainfestans zamburug‘ining 1 va 4-rasalari.
Topshiriqning qisqacha mazmuni. Ajratib olingan kartoshka navlari barglari Fitoftorainfestans zamburug‘ining 1 va 4 rasalari bilan sun’iy usulda zararlanadi. Kasallantirilgan barglari zamburug‘ning rivojlaniShi uchun qulay sharoitda saqlanib, kasallik belgilarining namoyon bo‘lishiga qarab chidamlilik darajasi hisoblab chiqiladi.
Topshiriqni bajarish tartibi va usuli. Ikkita Petri likopchasida nam kamera hosil qilinib, ichiga bittadan chidamliligi o‘rganilayotgan nav bargari joylashtiriladi. Likopchaga o‘simlik navi namunasi va zamburug‘ rasasi yozib qo‘yiladi.
Zamburug‘ sporalar suspenziyasini tayyorlash uchun uning konidiyalari soni mikroskopning kichik ob’ektivida qaralganda 20 ta miqdorda qilib olinadi.
Konidiyali suspeziyalar solingan probirkalar zoosporalarning ajralib chiqishini ta’minlash uchun 10-12oS haroratda 6-7 soat davomida saqlanadi. Zoosporalar suspenziyasi barglar yuzasiga Paster pipetkasi bilan bir tomchidan tomiziladi. Birinchi Petri likopchasiga zamburug‘ning 1 rasasi, ikkinchi likopchaga 4 rasasi tomiziladi va sun’iy usulda zararlanib, 18-22oS haroratda saqlanadi.
Tajriba natijalari 6 kundan keyin tahlil qilinadi. Kasallantirilgan barg yuzasida hosil bo‘lgan zamburug‘ sporalari, kasallanish darajasi (dog‘ning o‘lchami, spora hosil qilish tezligi) hisoblanadi.
Hisoblash natijalaridan olingan ma’lumotlar 7-jadvalga kiritiladi.
15-jadval.

Yüklə 166,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin