1.Qaysi o‘simlik barglarida un shudring zamburug‘i sporalari ko‘proq hosil bo‘ldi?
2.Sporalar o‘lchami va miqdorida farq bormi?
3.Mum qavati o‘simliklarni himoya qilishda qanday rol o‘ynaydi?
Topshiriq. Bosh piyoz fitonsidlarining Fitoftora infestans D.B. zamburug‘i zoosporalariga, infuzoriya-tufelka va soproligniya zamburug‘iga ta’sirini o‘rganish.
Zarur jixoz va materiallar. Infuzoriya-tufelka solingan Petri likopchasi, Fitoftora infestans zamburug‘i yoki Saprolegnia sp, konidiya va zoosporalari solingan kolba, mikroskoplar, buyum va qoplag`ich oynachalar, Van-Tigem halqasi, boshpiyoz va sarimsoq piyozning maydalangan bo‘tqasi, tomizgich, vazelin, parafin.
Topshiriqning qisqacha mazmuni.Fitonsidlar(fito…va lot.caedo-o`ldiraman)-o`simlik hosil qiladigan faol modda,boshqa organizmlar (asosan,mikroblar)ni o`ldiradi yoki ularning o`sish va rivojlanishini to`htatadi.Fitonsidlar o`simliklar immuniteti va biotsenozlardagi organizmlarning o`zaro munosabatlarida muhim ahamyatga ega.Kimyoviy tarkibi bo`yicha-glikozidlar,terpenoidlar va boshqa ikkilamchi metobolitlardan iborat.Darahtlardan ignabarglilar, Piyoz,sarimsoqpiyoz va qalampir va boshqa o`simliklarning fitonsid tarqatish qobilyati yuqori.
Butun va yarim(kesilgan) piyoz namunalari Infuzoriyani ko‘paytirish uchun darsdan 2-3 kun oldin bug‘doy poxoli Petri likopchasidagi iliq suvga solib qo‘yiladi
Fitoftora infestans konidiyalarning suyultirilgan aralashmasi zamburug‘ning toza kulturasidagi sporangiylarini distillangan suvda eritib, hosil qilinadi. Zoosporangiylardan sporalarning chiqishini ta’minlash uchun darsdan 1 soat oldin sovitkichda 4-5oS haroratda saqlanadi.
Saprolignia zoosporalarini olish uchun Petri likopchasida o‘lik pashsha yoki yovvoyi nasha urug‘ hovuz, ko‘lmak suvida 2-3 kun saqlanadi. Infuzoriya-tufelka Fitoftora infestans, Saprolignia zoosporalari harakatlanish xususiyatiga ega mikroorganizmlardir.
Fitonsidlar ta’sirini o‘rganishda bu organizmlar eng qulay hisoblanadi. Dars boshlanishi oldidan boshpiyozning qirg‘ichdan o‘tkazilgan bo‘tkasi tayyorlanadi. Bo‘tqada mavjud suyuq va parlanuvchan fitonsidlarning ta’sirini o‘rganish mumkin. Ularning mikroorganizmlarga ta’sirini o‘rganish uchun mikroskop ostida kuzatib, ta’sirining mohiyati davom etish muddati va natijasi aniqlanadi.