Nav almashtirish
|
-
|
|
Biror ekinning ishlab chiqarishda ekib kelinayotgan eski navini serhosil va mahsulotning sifati yaxshiroq bo‘lgan yangi nav bilan almashtirish
| | |
Nospesifik tur immuniteti
|
-
|
Ma’lum o‘simliklarning nospesifik parazitlarga chidamliligi
|
Nav nazorati
|
-
|
Dala aprobasiyasi yordamida amalga oshiriladigan barcha ekin maydonlarini davlat standarti talablari asosida yuqori sifatli urug‘lar bilan to‘la ta’minlashga qaratilgan tadbirlar sistemasi (tizimi)
|
Nav sinashlar
|
-
|
Yangi nav yaratish jarayonida shu navni dastlabki (kichik), konkurs (katta, ekologik, dinamik, ishlab chiqarish va davlat nav sinashlaridan o‘tkazish
|
Negativ tanlash
|
-
|
Ommaviy tanlashning bir xili bo‘lib, bunda eng yaxshi o‘simliklar emas, balki paykaldagi talabga javob bermaydigan, kamchilikni tashkil qilgan o‘simliklarni olib taShlaSh
|
Navning mexanik ifloslanishi
|
-
|
Hosilni yig‘ish, yanchish, tozalash kabi jarayonlarda urug‘ning boshqa nav yoki ekin urug‘iga aralashib ketishi (ifloslanishi)
|
Navning biologik ifloslanishi
|
-
|
Navning boshqa nav yoki ekin bilan tabiiy changlanishi va kichik mutasiyalar natijasida kechadigan ifloslanishi
|
| |