Nuklein kislotalar
|
-
|
|
Biologik polimerlar bo‘lib, nukleotidlar ularning monomerlaridir. Nuklein (yadro) kislotalarning ikki tipi –DNK va RNK hujayralarining doimiy komponentlaridir
| | |
Nukleotidlar
|
-
|
Nuklein kislotalarning tarkibiy elementi bo‘lib, azotli asos, oddiy uglevod va fosfat kislota molekulalarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladigan murakkab organik modda. DNK va RNK molekulalari nukleotidlardan tuzilgan
|
Obligat parazitlar
|
–
|
Saprofit oziqlanish xususiyatini to‘la yo‘qotgan organizmlar bo‘lib, tabiiy sharoitda faqat tirik organizmlar xisobiga yashay olishi mumkin
|
Ontogenez
|
-
|
Organizmning shaxsiy rivojlanishi bo‘lib, urug‘langan tuxum hujayra-zigota hosil bo‘lgandan boshlanib, uning tabiiy o‘limigacha bo‘lgan davr
|
Passiv immunitet
|
-
|
O‘simliklarning parazitning kirishi va to‘qimalarida rivojlanishiga to‘sqinlik qila olish xususiyatidir
|
Polimeriya
|
-
|
Organizm biror belgisining rivojlanishiga bir qancha genlarning birgalikdagi ta’siri
|
Parazitlar
|
–
|
To‘liq yoki qisman o‘simliklarning tirik qismlarida yashab ularga ziyon keltiradigan organizmlar
|
Populyasiya
|
-
|
Muayyan arealda (territoriyada) tarqalgan bir turga mansub bo‘lgan o‘zaro erkin chatishadigan, lekin bir-biridan irsiy jihatdan farq qiladigan o‘simliklar to‘plami
|
Rekombinasiya
|
-
|
Meyozda (gametalar hosil bo‘lishida) bo‘lajak bo‘g‘inda yangi belgilar paydo bo‘lishiga olib keladigan genlarning qayta tabaqalaniShi
|
Rekon
|
-
|
Genning rekombinasiyalanish qobiliyatia ega bo‘lgan eng kichik qismi
|
Reproduksiya
|
-
|
Nusxa ko‘chirish degan ma’noni bildirib, elita urug‘larini ko‘paytirib olingan urug‘lik, ya’ni elita urug‘ ekilib reproduksiya urug‘, undan, reproduksiyadan va so‘nggi reproduksiya urug‘lar olinishi
|
Resessivgen
|
-
|
Organizmdagi geterozigota holatida yuzaga chiqmaydigan allel
|
| |