Anamorfa
| |
Zamburug‘ning nojinsiy (takomillashmagan) bosqichi (misol uchun, gifomitset); anamorfa zamburug‘lar – butun hayoti nojinsiy bosqichdan tashkil topgan zamburug‘lar (deyteromitsetlar)
| |
Anteridiy
|
Oomitsetlar guruhiga mansub zamburug‘larning jinsiy ko‘payishda ishtirok etuvchi maxsus otalik organi
|
Apotetsiy
|
Xaltacha (ask) hosil qiluvchi yuqori zamburug‘lar sinfiga oid zamburug‘larning jinsiy yo‘l bilan rivojlanadigan ochiq meva tanachasi
|
Artrospora
|
Ko‘p hujayrali, odatda konidiyaga o‘xshash xlamidospora (xlamidosporaga qarang)
|
Ask
|
Askomitsetlar sinfiga mansub zamburug‘larning xaltacha shaklidagi jinsiy ko‘payish organi (xaltachasi)
|
Askomitsetlar
|
Max Maxsus organ - xaltacha (ask) ichida rivojlanuvchi spora (askospora)lar vositasida vos jinsiy ko‘payuvchi, mitseliysi ko‘p hujayrali, yuqori zamburug‘lar sinfi
|
Askospora
|
Xaltacha (ask) ichida rivojlanadigan spora
|
Bazidiomitsetlar
|
Maxsus organ - bazidiya ichida rivojlanuvchi spora (bazidioospora)lar vositasida jinsiy ko‘payuvchi, mitseliysi ko‘p hujayrali, yuqori zamburug‘lar sinfi
|
Bazidiospora
|
Bazidiya ustida rivojlanadigan spora
|
Bazidiya
|
Bazidiomitsetlar sinfiga mansub zamburug‘larning odatda 4 hujayrali, bazidiospora hosil qiluvchi jinsiy ko‘payish organi
|
Bakteritsid
|
Kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar bilan kurashda qo‘llaniladigan maxsus zaharli kimyoviy modda
|
Bakteriya
|
Odatda bir hujayrali va hujayra qobig‘iga ega, ammo tipik yadrosi, xlorofilli va plastidlari bo‘lmagan, bo‘linib ko‘payuvchi prokariot mikroorganizm
|
Vegetativ
|
Jinssiz; vegetativ ko‘payish – jinssiz ko‘payish
|
Vegetatsiya
|
O‘sish; vegetatsiya davri – ekin o‘sish davri (o‘simlik tuproq yuzasiga unib chiqqandan fotosintez to‘xtaguncha bo‘lgan davr)
|
Vilt
|
So‘lish
|
Viroz
|
Virus qo‘zg‘atgan kasallik
|
Virulentlik
|
Mikroorganizmlarning o‘simlik va jonivorlarda kasallik qo‘zg‘atish
qobiliyati. Virulent (yoki virulentligi yuqori) mikroorganizm – kasallik qo‘zg‘atish qobiliyati yuqori, kuchli parazit; avirulent mikroorganizm – kasallik qo‘zg‘ataolmaydigan mikroorganizm
|
Gall
|
Fitonematodalar (va ba’zi boshqa mikroorganizmlar) bilan zararlangan o‘simliklarning ildizlari va/yoki barglarida rivojlanadigan bo‘rtma, tuguncha, shish
|
Gaploidlik
|
Hujayra yadrosi xromosomalarning bir to‘plamiga ega bo‘lishi holati (n)
|
Gerbitsid
|
Begona o‘tlarga qarshi kurashda qo‘llaniladigan maxsus kimyoviy zaharli modda yoki biologik preparat
|
Geterotrof
|
Tayyor organik modda (o‘simlik va hayvonlar qoldiqlari) hisobiga oziqlanuvchi organizm
|
Gipokotil
|
Urug‘barg ostidagi (poyaning murtakda yoki niholda ildiz va birinchi barglari [urug‘palla] orasidagi) bo‘g‘im
|
Gifa
|
Zamburug‘larning mitseliy yoki meva tanachalarini hosil qiluvchi bir yoki ko‘p hujayrali mikroskopik ip
|
Gifomitsetlar
|
Takomillashgan (jinsiy ko‘payish) bosqichi noma’lum yoki ma’lum bo‘lgan, mitseliysi ko‘p hujayrali gifalardan iborat bo‘lgan, odatda konidiyalari vositasida ko‘payuvchi mikroskopik zamburug‘larning sun’iy guruhi
|
Dezinfeksiya
|
Yuhqimsizlantirish (zararsizlantirish) – kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni bakteritsid va fungitsidlar yordamida yo‘qotish
|
Diagnoz
|
Tashxis – o‘simlik yoki hayvonlarning bironta taksonomik guruhi (odatda turkum, tur va b.q.)ga oidligini ilmiy asosda aniqlash; diagnostik belgi – tashxis qo‘yishga imkon yaratuvchi belgi
|
Diploidlik
|
Hujayra yadrosi xromosomalarning bir juft to‘plamiga ega bo‘lishi holati (2n)
|
Zamburug‘
|
“Mikroskopik zamburug‘”ga qarang
|
Zoospora
|
Zoosporangiy ichida rivojlanadigan, bitta yoki ikkita xivchincha yordamida harakatlanuvchi spora
|
Zoosporangiy
|
Oomitsetlar guruhiga mansub zamburug‘larning jinssiz ko‘payish organi
|
Izotermik ombor
|
Harorati doimiy bo‘lgan ombor
|
Imago
|
Ayrim bo‘g‘imoyoqlilar (hasharotlar, kanalar) ning voyaga etgan etuk zoti
|
Inkubatsion davr
|
Kasallikning “yashirin” davri – o‘simlik parazit bilan zararlanishi hamda kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lishi orasida o‘tgan davr
|
Inokulyum
|
Patogen tabiatda tarqalishini ta’minlovchi propagulalar (zoospora, sporangiospora, askospora, bazidiospora, urediniospora, konidiya, xlamidospora, sklerotsiy, mitseliy bo‘laklari va h.)
|
Insektitsid
|
Zararli hasharotlar bilan kurashda qo‘llaniladigan maxsus kimyoviy zaharli dori yoki biologik preparat
|
Infeksiya
|
1) kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm yoki uning maxsus tanachalari (propagulalari); 2) kasallik; infeksion – infeksiyaga taalluqli, infeksiyali, yuqumli
|
Irq
|
“Fiziologik irqqa” qarang
|
Kasallik qo‘zg‘atuvchi
|
Boshqa organizm hisobiga parazit holda yashovchi organizm, misol uchun, o‘simlik (va hasharot)larda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroskopik zamburug‘lar, bakteriyalar, nematodalar va h.k.
|
Kasallik diffuz tarqalishi
|
Kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm o‘simlikning bironta to‘qimasiga kirib olgandan so‘ng, u o‘simlikning barcha organ va to‘qimalariga tarqalib, zararlashi
|
Kleystotetsiy
|
Xaltacha (ask) hosil qiluvchi un–shudring zamburug‘larining jinsiy yo‘l bilan rivojlanuvchi, ko‘pincha shar shaklli yopiq meva tanachasi
|
Koloniya
|
Buerda: tabiiy (zararlangan o‘simlik to‘qimalari ustida yoki ichida) yoki sun’iy (laboratoriyalarda ozuqa muhitida) rivojlanadigan zamburug‘lar hamda boshqa mikroorganizmlar mitseliysi, jinsiy va jinssiz ko‘payish organlarining oddiy ko‘zga ko‘rinuvchi yig‘indisi (misol uchun, mog‘or qatlami)
|
Konidiofora
|
Zamburug‘lar jinssiz ko‘payishi jarayonida ustida (kam hollarda ichida) konidiyalar rivojlanuvchi maxsus mikroskopik organ, konidiya bandi
|
Konidiya
|
Zamburug‘lar jinssiz ko‘payish uchun hosil qiladigan maxsus mikroskopik bir yoki ko‘p hujayrali tanacha (propagula, spora)
|
Kopulyasiya
|
Buerda: Zamburug‘ va boshqa tuban organizmlarning jinsiy hujayralari (gametalari) qo‘shilishi
|
Makrokonidiya
|
Fusarium va ba’zi boshqa turkumlarga mansub bo‘lgan zamburug‘lar hosil qiladigan o‘lchami kattaroq, ko‘p hujayrali, o‘roq yoki deyarli silindr shaklli, odatda uchlariga qarab ingichkalashgan konidiya
|
Meyoz
|
Reduksion bo‘linish – yadrodagi xromosomalar strukturalari o‘zgarishi, ularning soni 2 baravar kamayishi va diploid holatdan gaploid holatga o‘tish (2n → n) bilan yakunlanuvchi jinsiy hujayralar bavosita bo‘linishi jarayoni
|
Metabolit
|
Organizmlar hayoti davrida, modda almashinuvi jarayonida to‘qimalarida sintez qilinadigan har xil kimyoviy moddalar va birikmalar, misol uchun, toksinlar
|
Mikrokonidiya
|
Fusarium va ba’zi boshqa turkumlarga mansub bo‘lgan gifomitset zamburug‘lar hosil qiladigan o‘lchami kichik, odatda 1 yoki 2 hujayrali konidiya
|
Mikrometr (mkm)
|
Uzunlik birligi – metrning milliondan bir qismi (1 mm = 1000 mkm) (eski nomi mikron)
|
Mikroorganizm
|
Qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rinmaydigan va faqat mikroskopda ko‘rish mumkin bo‘lgan juda mayda mikroskopik organizm – virus, mikoplazma, bakteriya, aktinomitset, mikroskopik zamburug‘, bir hujayrali eng sodda hayvon va b.q.
|
Mikrosklerotsiy
|
O‘lchami kichik, mikroskopik sklerotsiy
|
| |