Fakultativ parazit
|
|
“Parazit”ga qarang
| |
Fakultativ saprotrof
|
“Saprotrof”ga qarang
|
Fialida
|
Konidiyalar ustida emas, balki ichida rivojlanuvchi konidiofora
|
Fiziologik irq (patotip)
|
Mikroskopik parazit zamburug‘ va bakteriya turining tur ichidagi tabaqasi; fiziologik irqlar tur uchun umumiy va xarakterli barcha belgilarga ega va bir-biridan faqat o‘zlari virulent bo‘lgan ekin navlarinigina zararlay olishi bilan farqlanadi
|
Fitonematoda
|
O‘simliklarda parazit holda yashovchi nematoda
|
Fitosanitariya
|
Dalada zararli organizmlar tarqalishi holati
|
Fitotoksik
|
O‘simlik uchun zaharli
|
Fumigatsiya
|
Qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklari va zararkunandalariga qarshi zaharli kimyoviy preparat (fumigant)larning bug‘lari yoki gazlari yordamida kurashish
|
Fungistazis
|
Xo‘jayin va/yoki ba’zi xo‘jayin bo‘lmagan o‘simliklar, jumladan madaniy ekinlar yo‘q paytida (misol uchun erta bahorda), parazit mikroskopik zamburug‘lar propagulalarining tuproqda o‘smasdan saqlanishi; fungistazis parazitlarni ushbu propagulalar bevaqt o‘sishi va dalada hali moyil ekin mavjud bo‘lmagan davrda tuproqdagi saprotrof mikroorganizmlar ta’sirida halok bo‘lishidan saqlaydi
|
Fungitsid
|
Kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar bilan kurashda qo‘llaniladigan maxsus zaharli kimyoviy modda yoki biologik preparat
|
Xlamidospora
|
Qobig‘i qalin spora; odatda tarkibida energiyaga boy moddalar (yog‘) mavjud; zamburug‘lar ob-havo noqulay bo‘lganida (yoz jaziramasi, qish sovug‘i) saqlanishi uchun xizmat qiladi
|
Xloroz
|
Ekinga ba’zi elementlar (misol uchun, temir, mis, kaliy va h.k.) etishmasligi kuzatilganida hamda parazit mikroorganizmlar bilan zararlangan o‘simlik organlarida, asosan barglarida, hosil bo‘ladigan odatda oq, ba’zan oqish-sarg‘ish va sariq dog‘lar
|
Sitoplazma
|
Hujayra protoplazmasining yadrodan boshqa qismlari
|
Shtamm
|
Ma’lum bir substrat (misol uchun tuproq, suv yoki kasallik bilan zararlangan o‘simlik to‘qimasi)da aniqlangan yoki substratdan ajratib olingan, o‘ziga xos fiziologik-biokimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan mikroorganizmning toza kulturasi
|
Ekologik faktor
|
Tashqi muhit faktori (harorat, namlik, havo bosimi, quyosh nurlari, yomg‘ir, qor va h.k.)
|
Ekologiya
|
Biologiya fanining hayvonlar, o‘simliklar va mikroorganizmlarning o‘zaro hamda tashqi muhit bilan munosabatlarini o‘rganadigan bo‘limi
|
Ekssudat
|
Buerda: kasallik bilan zararlangan o‘simlik to‘qimalarida hosil bo‘lgan suyuqlik tomchilari va bu tomchilar o‘simlik organlari (misol uchun, barglari va mevalari) ning ustki qismiga chiqishi (ekssudatlar ozuqa muhitida koloniyalar ustida ham hosil bo‘lishi mumkin)
|
Endokonidiya
|
Fialida ichida rivojlanuvchi konidiya
|
Epidermis
|
Pardapo‘stloq, yupqa po‘stloq – odatda bir qatlam hujayralardan tashkil topgan, ostidagi qismlarini himoya qiluvchi va gaz almashinuvini amalga oshiruvchi, yuqori o‘simliklarning tashqi teri to‘qimasi
|
Epifitotiya
|
O‘simlik kasalligining bitta xo‘jalik, tuman, viloyat yoki mamlakatda keng tarqalishi
|
Eukariotlar
|
Hujayrasida shakllangan, membrana bilan o‘ralgan yadrosi bo‘lgan, hujayralari mitoz va meyoz usullari bilan bo‘linadigan yuksak organizmlar (prokariotlar bilan solishtiring)
|
Esiospora
|
Zang zamburug‘ining esiyasida hosil bo‘luvchi nojinsiy dikariotik spora; yaqinda joylashgan o‘simliklarga havodan tarqaladi; eski nomi “esidiospora”
|
Esiya
|
Zang zamburug‘larining ichida esiosporalar rivojlanuvchi pustulasi; eski nomi “esidiopustula”
|
Yarus
|
O‘simlik ildiz bo‘yinchasidan o‘suv nuqtasigacha bo‘lgan qismining nisbiy pog‘onasi
|
| |