Agronomiya” kafedrasi “O‘simliklar immuniteti” fanidan laboratoriya bo’yicha uslubiy ko’rsatma


Tajriba natijalarining muhokamasi



Yüklə 166,38 Kb.
səhifə6/38
tarix22.09.2023
ölçüsü166,38 Kb.
#146928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar-fayllar.org

Tajriba natijalarining muhokamasi. Arpaning to‘rsimon gelmintosporioz kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘i turli namunalarining arpani nechta navini kasallantirishiga qarab, ularning virulentligi aniqlanadi. Sporalarning barg yuzasida o‘sish tezligi, to‘qimalarga kirish tezligi va dog‘lar miqdoriga qarab zamburug‘ning tajovuzkorligi aniqlanadi.
3-jadval.

Arpaning to‘rsimon gelmintosporioz kasalligi qo‘zg‘atuvchisini virulentligi

Zamburug‘ namunalari


Navlarning kasallanish darajasi




Bolg`ali


Lalmikor


Abdug`affor


Toshkent-1












4-jadval.



Zamburug‘ namunalarining tajovuzkorlik darajasi

Zamburug‘ namunalari


Navlarning kasallanish darajasi




Bolg`ali


Lalmikor


Abdug`affor


Toshkent-1














Mavzu. INFEKSIYALI MUHIT. INFEKSIYA MIQDORINI ANIQLASH USULLARI.


Topshiriq. Talabalar dars vaqtida infeksion muhit, infeksion fon va infeksiya miqdorini aniqlash usullarini o‘rganadi.
Zarur jixoz va materiallar. Leksiyalar kursi, o‘quv qo‘llanma va tarqatma materiallar, rangli jadvallar va rasmlar.
Topshiriqning mazmuni. Navlarning chidamliligini baholash va sinash, ishonchli va aniq ma’lumotlar olishning sharoitlaridan biri - infeksion fonni ta’minlovchi infeksion muhit mavjudligi.
Infeksion muhit deb o‘simliklarda ma’lum kasalliklarni chaqira oladigan infeksiyaning mavjudligi va kasallikning rivojlanishi uchun qulay bo‘lgan muhitga aytiladi.
Infeksion fon deganda o‘simlikning yuza birligiga to‘g‘ri keladigan infeksiya birligining miqdori tushuniladi (bakteriya, zamburug‘, viruslar).
Infeksion muhit tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Tabiiy infeksion muhit deb, sinalayotgan navlarni infeksiya tabiiy holda to‘plangan dalalarda yoki kasallikning epifitotiya sharoitlarda sinab ko‘rilishiga aytiladi. Umuman, tabiiy infeksion fondan tuproqda yashovchi va u orqali yuqadigan kasalliklarga chidamli navlar yaratilishida keng qo‘llaniladi, chunki tuproq sharoiti kam o‘zgaradigan muhit hisoblanadi. Har qanday usulda yaratilgan fon albatta zararlanishni ta’minlashi kerak.
Provokatsion muhit deb o‘simliklarni kasallik bilan maksimal darajada zararlanishini
ta’minlovchi sharoit yaratilishiga aytiladi. Masalan, bahori bug‘doyni erta va chuqurroq ekish uning unib chiqishini kechiktiradi va o‘simliklarning qattiq qorakuya bilan zararlanish imkoniyatini oshiradi.

Sog`lom va qattiq qorakuya bilan zararlangan bug`doy boshoqlari
Yoki boshqa misol. Kartoshkani pastlik joylarda, demak suv ko‘llab qolishi ta’minlangan sharoitda o‘stirilishi, fitoftoroz kasalligini rivojlanishiga olib keladi.


Kartoshka tugunaklarida fitoftoroz belgilari
Ko‘p hollarda provokatsion sharoit infeksion muhitda joylashtiriladi va bu hodisa infeksion-provokatsion muhit deb aytiladi. Ushbu fonni ayniqsa laboratoriya va teplitsa sharoitlarida tashkil qiliSh juda qulay. Chunki bu erlarda harakat va kamchilikni istagan tarzda boshqarish mumkin. Chunonchi, issiqxonalarda g‘allagullilarni zang va un shudring kasalliklarining har xil turlariga chidamliligini aniqlash oddiy holga aylangan, va aynan teplitsalarda kasallikka moyil birlamchi sinashdan o‘tmaganlari yaroqsiz deb topiladi va keyingi ish jarayonidan olib tashlanadi. Kasallikka chidamli formalar esa dala sharoitida, ishlab chiqarishga eng yaqin bo‘lgan sharoitda sinalib yakunlovchi baho olishi mumkin.

Yüklə 166,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin