Mavzu. KASALLIK QO‘ZG‘ATUVCHILARNING PATOGENLIK XUSUSIYATLARI. Virulentlik va agressivlik Topshiriq.Arpaning to‘rsimon gelmintosporioz kasalligini qo‘zg‘atuvchilarining virulentligini va tajovuzkorligini o‘rganish.
Zarur jixoz va materiallar. Arpaning to‘rsimon gelmintosporioz kasalligi qo‘zg‘atuvchisi Qo‘zg‘atuvchi askomiset zamburug`i Pyrenophora graminea, anamorfasi Drechslera graminea, sinonimi Helminthosporium gramineum.
Nam kameraga yoki petri likobchalarida och agarli muhitga qo`ilgan zararlangan arpa barglari to`qimalarining sigmentlarida prototesiylar va ba`zan piknidalar hosil bo`ladi.Prototesiylar qora tusli, Ustida qil shakilli o`smalari («shetinkalari») mavjud, o`lchami 0,2-0,5 mm.Piknidalarning diametri 280 mkm gacha, piknosporalari rangsiz, o`lchami 1,4-3,2x1,0-1,6 mkm. o‘stirilgan Petri likopchalari, kyuvetadagi namlangan paxtada bittadan barg hosil qilguncha o‘stirilgan har xil arpa navlari, Petri likopchalari, mikropipetkalar.
Gelmintosporioz bilan kasallangan arpa barglari.
Topshiriqning qisqacha mazmuni.Arpaning to‘rsimon gelmintosporioz kasalligi qo‘zg‘atuvchisi namunalari bilan arpa bargini sun’iy usulda zararlash yo‘li bilan ularning virulentligini va tajovuzkorligini aniqlash. Virulentlik kasallangan navlar soni,miqdori,tajovuzkorlik(agressivlik) – kasallanish darajasi bilan ifodalanadi.
Topshiriqni bajarish tartibi va usuli.Tagiga namlangan paxta qo‘yilgan Petri likopchasiga 1,5-2 sm uzunlikda qirqilgan har xil navdagi arpa barglari joylashtirilib chiqiladi.
Arpaning qirqilgan barglar yuzasiga mikropipetkadan 0,02-0,03 ml miqdorda konidiyalar suspenziyasi tomiziladi. Petri likopchalari yopilib, yorug‘ joyga qo‘yiladi. Barglarning zararlanishiga javob reaksiyasi 6-7 kundan keyin to‘rt balli shkala orqali hisoblab chiqiladi.
1 – xlorozsiz nuqtali nekrozlar – nav o‘rta chidamli;
2 –xlorozsiz jigar rangli nekrozlar, barg yuzasiga tarqalib ketmagan - nisbatan chidamli nav;
3 - xlorozsiz jigar rangli nekrozlar, barg yuzasi bo‘ylab tarqalgan – chidamsiz nav;
4 – jigar rangli nekrozlar, barcha barg yuzasini qoplagan – kuchli kasallanadigan nav.
Sun’iy usulda zararlashda foydalanilgan har xil izolyantlarning virulentligiga tavsif beriladi (3-jadval).
Kasallik qo‘zg‘atuvchilarning tajovuzkorlik darajasi bir xil miqdorda infeksiya berilgan taqdirda ma’lum maydonchalarda hosil bo‘lgan dog‘lar soni xisoblab aniqlanadi. Buning uchun urug‘dan unib chiqqan maysa barglari Petri likopchasiga bir xil maydonchada joylashtirilib chiqiladi. Har bir likopchada 0,5 ml miqdordagi zamburug‘ sporalari suspenziyasidan foydalaniladi. Likopchalar 1 sutka davomida saqlangandan keyin distillangan suv bilan namlanadi. Bargda hosil bo‘lgan dog‘lar miqdori 3-chi sutkada hisoblanadi. Zamburug‘ namunalarining tajovuzkorlik darajasi hosil qilingan dog‘lar miqdoriga qarab aniqlanadi va natijasi 4-jadvalga tushiriladi.