Ahamiyati, maqsad va vazifalari



Yüklə 234,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix19.05.2023
ölçüsü234,91 Kb.
#117453
1   2
boshlang-ich-sinflarda-matematika-fanini-o-qitishning-ahamiyati-maqsad-va-vazifalari

O‘qitish metodi tushunchasi.
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning maqsadlari quyidagilar: 
umumta’lim maqsadi, tarbiyaviy maqsadi, amaliy maqsadi. Bu maqsadlar bir-biri 
bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi. 
1. Ta’lim maqsadi o‘qituvchidan quyidagilarni talab qiladi.
a) o‘quvchilarga matematik bilimlar tizimidan, bilim, malaka ko‘nikma berish; 
b) haqiqiy olamni matematik metodlar bilan o‘rganish; 
v) o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini o‘stirishni, uning sifatli 
bo‘lishini ta’minlash; 
g) o‘quvchilarga matematikadan shunday bilimlar berishni ta’minlashi kerakki, 
bu bilimlar orqali, faol bilish faoliyati orqali, bilim, malaka, ko‘nikmalari ortib 
borsin. 
2. Тarbiyaviy maqsad. Matematika o‘qitish o‘quvchilarni sabotlilikka, 
tirishqoqlikka, puxtalikka, o‘z fikri va xulosalarini nazoarat qila olishga, ayniqsa, 
kuzatish, asosida aytiladigan fikrlarning ravon bo‘lishiga erishish kerak. Miqdorlar 
orasidagi bog‘lanishni ifodalash uchun matematikada simvollar ishlatiladi. Mana shu 
matematik til rivojlanishi kerak. O‘qituvchining vazifasi simvolik tilda ifodalangan 
matematik fikrni ona tiliga ko‘chirishga o‘rgatishdan iborat bo‘lmog‘i kerak.
"Science and Education" Scientific Journal
February 2021 / Volume 2 Issue 2
www.openscience.uz
349


Bilishga intilish, mustaqil ishdan qanoat hosil qilish tuyg‘ularini tarbiyalashi 
kerak. Matematika fanini o‘qitishning o‘zi o‘quvchilarda diqqat va fikrni to‘play 
bilishni tarbiyalaydi. 
O‘qituvchi quyidagilarni ta’minlashi kerak: 
a) o‘quvchi moddiy olamdagi bog‘lanishlarni, miqdorlarning o‘zgarishini, bir-
biri bilan aloqasini anglay olishi; 
b) o‘quvchilarning matematikani o‘rganishga astoydil qiziqishini ta’minlash;
d) mehnatga, vatanga insonlarga bo‘lgan munosabatini tarbiyalash, estetik did 
hosil qilish; 
g) o‘zbek millatining tarixi, jumladan, matematika o‘qitilishi tarixiga bo‘lgan 
dunyoqarashni tarbiyalash; 
d) o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini va matematik madaniyatini tarbiyalash; 
3. Amaliy maqsad. Matematika o‘qitishdan kuzatilgan amaliy maqsad – 
o‘quvchilar olgan bilimlarni, amalda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat. Olingan 
bilimlarni sonlar va matematik ifodalar, nuqtalar ustida bajariladigan amallarga tatbiq 
qila bilish, har xil masalalarni yechishda foydalana bilishga o‘rgatish. Bu bilimlarni 
kundalik hayotda uchraydigan masalalarni hal qilishga qo‘llay bilishga o‘rgatishdir. 
O‘qitish metodi tushunchasi didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan 
biri. 
Shunday qilib o‘qitish metodlari o‘zlashtirish, tarbiyalash va rivojlanish kabi 
uchta asosiy vazifani bajaradi. 
O‘qitish metodlaridan, ta’limning yangi mazmuniga, yangi vazifalariga mos 
keladiganlariga ongli tanlab olish uchun oldin hamma o‘qitish metodlarini 
tasniflashni o‘rganib chiqish zarur. 
 1. Ilmiy-tadqiqot metodlari haqida ma’lumot. Pedagogik tarbiyalashga oid ish 
tajribalarni o‘rganmay va umumlashtirmay, pedagogik jarayonini chuqur tadqiq 
qilmay turib pedagogikani rivojlantirib bo‘lmaydi. Hozirgi ta’lim-tarbiya 
pedagogikani ilmiy bilishning umumiy metodi bilan qurollantiradi, ammo boshqa har 
qanday fan kabi pedagogika fanining ham xususiy tadqiqot metodlari mavjud. 
Ilmiy tadqiqot metodlari - bu qonuniy bog‘lanishlarni, munosabatlarni, 
aloqalarni o‘rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish 
usullaridir. Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishish, o‘rganish, suhbat va 
so‘rovnomalar o‘tkazish, ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi. 
So‘nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek, modellashtirish 
metodlaridan foydalanish qayd qilinmoqda. 
Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasida butun pedagogik tadqiqotlarda 
qo‘llaniladigan metodlarning o‘zidan foydalaniladi. 
2. Kuzatish metodi.
"Science and Education" Scientific Journal
February 2021 / Volume 2 Issue 2
www.openscience.uz
350


Kuzatish metodi – odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish 
bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yo‘naltirilgan holda idrok qilishdan 
iborat. Kuzatish metodidan o‘quv-tarbiya ishining u yoki bu sohasidagi ishning 
qanday borayotganini o‘rganish uchun foydalaniladi. Bu metod o‘qituvchi va 
o‘quvchilarning faoliyatlari haqida majbur qilinmagan tabiiy sharoitda faktik material 
to‘plash imkonini beradi. 
Kuzatish vaqtida tadqiqotchi o‘quv jarayonining odatdagi borishiga 
aralashmaydi. Kuzatish aniq maqsadni ko‘zlangan reja asosida uzoq yoki yaqin vaqt 
oralig‘ida davom etadi. Kuzatishning borishi, faktlar, sodir bo‘layotgan voqealar, 
jihozlar kuzatish kundaligiga qayd qilinib boriladi. 
Kuzatish tutash yoki tanlama bo‘lishi mumkin. Тutash kuzatishda kengroq 
olingan hodisa (masalan, matematika darslarida kichik yoshdagi o‘quvchilarning 
bilish faoliyatlari), tanlama kuzatashda kichik-kichik hajmdagi hodisalar (masalan, 
matematika darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlari) kuzatiladi. Qaror yozish yoki 
kundalik yuritish kuzatishni qayd qilishning eng sodda metodidir. Ammo 
kuzatishlarni qayd qilishning eng ishonchli metodi texnik vositalar, video, foto va 
kinosyomkadan, teleekrandan foydalanishdir. 
Foydalaniladigan kuzatish metodlaridan biri ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish 
va umumlashtirishdan iborat. Bu metoddan muvaffaqiyatli foydalanishning majburiy 
asosiy sharti shundan iboratki, o‘qituvchilar tajribasining tavsifi qo‘yilgan tadqiqot 
vazifasiga javob beradigan bo‘lishi kerak (bizning mamlakatimizda ilg‘or pedagogik 
tajribani o‘rganishga doir katta ish olib borilmoqda. Bu tajribaning umumlashtirilishi 
ilmiy-amaliy konferensiyalarning va pedagogika o‘qishlarining materiallari 
to‘plamlarida, monografiyalarda va jurnal maqolalaridaaxboroy tehnologiyalarini 
qo‘llash jarayonida o‘z aksini topmoqda). 
3. Tajriba
Tajriba - bu ham kuzatish bo‘lib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi tomonidan 
nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o‘zgartirib turiladigan sharoitda 
o‘tkaziladi. Pedagogik Tajriba o‘qitishning va tarbiyalashning u yoki bu usulining
ko‘rsatma – qo‘llanmalarining samaradorligini tadqiq qilishda qo‘llaniladi. 
Tajriba o‘tkazishdan oldin tadqiqotchi tadqiq qilinishi kerak bo‘lgan masalalarni 
aniq ifodalab olishi, bunday masalalarni hal qilinishi maktab amaliyotida va 
pedagogika fani uchun ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. Tajriba o‘tkazishdan oldin 
tadqiqotchi o‘rganish predmeti bo‘lmish masalaning nazariyasi va tarixi bilan, 
shuningdek, shu soha bo‘yicha amaliy ish tajribasi bilan tanishib chiqadi. Тadqiqotda 
ilmiy farazni o‘rni katta ahamiyatga ega. Butun tajribani tashkil qilish ilmiy farazni 
tekshirishga yo‘naltiriladi. U material to‘plash yo‘larini belgilash imkonini beradi, 
tadqiqotchining faktik materialda chalkashib ketishiga yo‘l quymaydi. 
"Science and Education" Scientific Journal
February 2021 / Volume 2 Issue 2
www.openscience.uz
351


Tajriba natijalarini tahlil qilish, taqqoslash metodi bilan o‘tkaziladi. Buning 
uchun ikki yoki bir necha guruh tuziladi, bu guruhlarga kirgan o‘quvchilar tarkibi 
bo‘yicha tayyorgarlik darajalari va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha imkoni boricha bir 
xilda bo‘lishi kerak. Bir xil sinflarda tadqiqotchi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan 
tajriba materiali bo‘yicha ish bajariladi. Тaqqoslash uchun nazorat sinflari tanlanadi, 
bu sinflar o‘quvchilar tarkibi, ularning bilim darajalari bo‘yicha taxminan tajriba 
sinflarga teng kuchli bo‘lishi kerak, bu sinflarda matematika tajriba sinflarda 
qo‘llaniladigan metodlar, vositalar va boshqalar qo‘llanilmaydi. 
Tajriba natijalari haqida obektiv ma’lumotlar olishning boshqa usullaridan ham 
foydalaniladi: 
1. Tajriba-sinov o‘tkaziladigan sinflarda boshlang‘ich shartlar nazorat 
sinfidagiga qaraganda bir muncha eng qulayroqdir; agar tajriba sinflarda bunday 
sharoitlarda yaxshi natijalar olingan bo‘lsa, masalani tajriba hal qilishi o‘zini oqlagan 
hisoblanadi; 
2. O‘quvchilarnig tarkibi taxminan bir xil bo‘lgan ikkita sinf olinadi; tadqiq 
qilinayotgan masalaning yangi yechimi shu sinflarning bittasida qullaniladi, so‘ngra 
boshqa mavzu materiallarida ikkinchi bir sinfda qo‘llaniladi; agar bunday 
qo‘llanishdagi yangi metod, usul yaxshi natija bersa, bu usul, metod o‘zini oqlagan 
bo‘ladi. 
Tajribani boshlashdan oldin, uning oraliq bosqichlarida va oxirida hamma sinf 
o‘quvchilarining bilimlari tekshiriladi. Olingan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida 
tadqiq qilinayotgan metodning, usulning va h.k. samaradorligi haqida xulosalar 
chiqariladi. Tajriba-sinov o‘tkaziladigan sinflardan olingan sifat va miqdoriy 
natijalarni tahlil qilish asosida xulosa chiqariladi. Miqdoriy kattaliklarni aniqlashning 
turli xil usullari (o‘zlashtirilishi bo‘yicha, to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarni taqqosdash 
va h.k.) mavjud. Keyingi vaqtlarda shu maqsadda variasion statistika metodlaridan 
har xil hisoblash texnikasi va kibernetik vositalardan foydalanilmoqda. Ba’zi muhim 
qoidalarni tajribaviy tekshirish ommaviy Tajriba yo‘li bilan amalga oshiriladi.
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. www.ziyonet.uz 
2. Matematika. 4-sinflar uchun darslik. Toshkent-2013-y. 
3. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi. kutubxona.adu.uz
References 
1. www.ziyonet.uz 
2. Mathematics. Textbook for 4th grade. Tashkent-2013. 
3. Methods of teaching mathematics in primary school. library.adu.uz 
"Science and Education" Scientific Journal
February 2021 / Volume 2 Issue 2
www.openscience.uz
352

Yüklə 234,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin