AHLOQIY TARBIYA
Mustaqillik tufayli asrlar mobaynida xalqimiz saqlab qolayotgan umuinsoniy, milliy va ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirishda yangi davr boshlandi. Madaniy merosimiz, ma’naviy boyligimiz har tomonlama o`rganishga, uni tahlil qilishga keng imkoniyatlar yaratildi.
O`zbekiston istiqloli tufayli yoshlarni milliy ruxda axloqli odobli qilib tarbiyalash masalasiga bo`lgan e’tibor yana ham kuchaydi. Chunki ma’naviy kamol topgan insonlargina barkamol jamiyat qurishlari mumkin. Sog‘lom avlodni voyaga yetkazish katta ahamiyat kasb etadi. Xalqimizning qadim-qadimdan amal qilib kelayotgan axloq-odob fazilatlari ma’naviyatimizning asosidir.
O`zbekiston Rekpublikasi Prizedenti I.A.Karimovning bu boradagi so`zlari katta salohiyatga ega: «Bugun o`zbekiston Xalqi ulug‘ ajdodlarining an’analarini, urf-odatlarini davom ettirib, taqdirini o`z qo`liga olib, qaddini rostlab, elyurtimizda asoyishtalik, barkamollikni millatlararo axillik va fuqarolarning totuligini avaylab-asrab, yangi tarixiy sharoitda o`z kelajagini ko`rmoqda, milliy davlatchiligini tiklamoqda».
Axloq tarbiyasi insonlarga eng muhim, ziyoda-sharif, baland daraja beruvchi tarbiyadir. Axloq tarbiyasining maqsadi shaxsni Axloqiy shaqillantirishdir. Shaxsning muhim ma’naviy sifatlari bo`lgan Axloqiy ong, xissiyot va xulqni shaqillantirish, Vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, o`zbekiston gerbi, bayrog‘i madhiyasiga hurmat, insonparvarlik, ongli intizom va boshqa tuyg‘ularni kamol toptirish Axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalarini tashkil qiladi.
Axloq insoniyat ma’naviy madaniyat ko`rinishlaridan, ijtimoiy ong shakllaridan biri bo`lib, u kishilarning tarixan qaror topgan xulq-atvori va yurishturishining ifodalaydigan va jamiyat munosabatlarini aks ettiradigan muayyan qoidalar yig‘indisidir.
Dostları ilə paylaş: |