Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi
Axborot-bibliografiya bo‘limi
O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni, jamoat arbobi
Abdulla Oripov (1941-2016) tavalludining 80 yilligi
munosabati bilan “She’riyatga baxshida umr” nomli
TAVSIYAVIY RO‘YXAT
Farg‘ona – 2021
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov
(1941-2016)
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov
Hamza
nomidagi
Respublika
Davlat
mukofotining laureati, Kaliforniya (AQSH) Fan,
Ta’lim,
Sanoat
va
San’at
xalqaro
akademiyasining
haqiqiy
a’zosidir.
Mustaqilligimizning
yetti
yilligida
unga
birinchilardan bo‘lib “O‘zbekiston Qahramoni”
degan yuksak unvon berildi. 2007 yili Abdulla
Oripov Jahon intellektual mulk tashkiloti
tomonidan umumjahon madaniyatiga o‘zining
ijodiy hissasini qo‘shganligi uchun oltin medal
bilan taqdirlangan. Italiya yulduzlari nomli
umumjahon faxriy yorliq bilan 2015 yilda
taqdirlangan. Abdulla Oripovga ushbu faxriy
yorliqni Italiya Prezidenti Serjo Matarelli
taklifiga ko‘ra topshirilgan.
Abdulla Oripov - noyob iste’dod egasi. Chuqur falsafiylik, milliy ruh, diniy-
axloqiy mezonlarga sadoqat shoir she’riyati asoslarini tashkil etadi. O‘zbek xalqining
milliy tiklanishi, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurashida Abdulla Oripov she’riyati
katta o‘rin tutadi.
O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli jamoat arbobi Abdulla Oripov 1941 yili
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko‘z qishlog‘ida dunyoga keldi. O‘rta
maktabni 1958 yili oltin medal bilan tugatgach, Toshkent Davlat universiteti filologiya
fakultetining jurnalistika bo‘limiga kirib, uni 1963 yili muvaffaqiyat bilan bitirdi.
1968 yildan buyon turli nashriyotlarda muharrir, Yozuvchilar uyushmasida kotib
vazifalarida xizmat qilib keldi. Mualliflar huquqini himoya qilish agentligining raisi,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi lavozimlarida ishlagan.
Abdulla Oripovning ijodi talabalik yillarida boshlangan bo‘lib, uning birinchi
she’rlar to‘plami “Mitti yulduz” 1965 yili chop etilgan. Keyin shoirning “Ko‘zlarim
yo‘lingda” (1967), “Onajon” (1969), “Ruhim” (1971), “O‘zbekiston”, “Qasida”
(1972), “Xotirot” (1974), “Yurtim shamoli” (1974), “Hayrat” (1979), “Najot qal’asi”
(1981), “Yillar armoni” (1983) she’riy to‘plamlari bosilib chiqdi. Mazkur to‘plamlarga
kirgan she’rlarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, ularda shoirning she’rdan-she’rga,
to‘plamdan-to‘plamga, yildan-yilga o‘sib, ijodi barkamollashib borganligiga guvoh
bo‘lamiz. Ayniqsa, 70-yillardan keyingi asarlarida hayot va inson, jamiyat va tabiat
haqidagi falsafiy mushohadalarining tobora chuqurlashib borayotganligi seziladi.
Kuchli ehtirosli tuyg‘ular ularda o‘zining yuksak talqinini topib boradi. Bu, bora-bora
teran fikr bilan yuksak badiiylikning omuxtasiga aylanib, shoirning ijodiy kamolotga
erishganidan darak beradi.
Bunga Abdulla Oripovning “Saylanma” (1996) to‘plamini o‘qib amin bo‘lishimiz
mumkin. Ayniqsa, istiqlol g‘oyasi, el-yurt mustaqilligi, ona Vatanni ozod va obod
ko‘rish istagi satrdan-satrga parvarish topib, ajib bir porloqlik hosil qiladi. Shoirning
“Men nechun sevaman O‘zbekistonni”, “O‘zbekistonda kuz”, “Kuz” kabi 60-yillarda
yozilgan she’rlaridayoq istiqlol nurlari jilva qilgandek bo‘ladi. Xullas, Vatan va xalqqa
mehr-muhabbat, tabiatni sevish, ardoqlash, imonli, vijdonli insonlarga madhiyalar
o‘qish, goh yig‘lab, goh quvonib kuylash shoir tuyg‘ulari ummonini tashkil etadi.
Abdulla Oripov ijodining keyingi bosqichi yana ham tuyg‘ularga boy, fayzli va
serbarakadir. Jumladan, “Haj daftari” (1992) turkumiga kirgan she’rlarida endi shoir
ma’naviyatimiz manbalarini kashf etish yo‘lidan boradi. Qur’oni Karim, Hadisi
shariflardan zamonaviy ma’nolar izlaydi va topadi. U dostonnavis va dramaturg
sifatida ham ma’lum va mashhurdir. Xususan, “Jannatga yo‘l” dostoni va “Sohibqiron”
(1996) she’riy dramasi shoirga katta shuhrat keltirgan asarlardir.
Abdulla Oripov iste’dodli tarjimon sifatida Dantening “Ilohiy komediya” asarini
o‘zbek tiliga yuksak mahorat bilan o‘girgan. Nekrasov, L. Ukrainka, Shevchenko, R.
Hamzatov, Q. Quliyev asarlarini ham ona tiliga tarjima qilgan. U O‘zbekiston
Respublikasi Davlat madhiyasining muallifi hamdir. 2000-2001 yillarda Abdulla
Oripov asarlarining to‘rt jildi nashr qilinib, keng kitobxonlar ommasiga manzur bo‘ldi.
Ijodkorning she’riy majmualari qator xorijiy tillarga tarjima qilingan va alohida
kitob holida nashr etilgan. Abdulla Oripov - noyob iste’dod egasi. Chuqur falsafiylik,
milliy ruh, diniy-axloqiy mezonlarga sadoqat shoir she’riyati asoslarini tashkil etadi.
O‘zbek xalqining milliy tiklanishi, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurashida Abdulla
Oripov she’riyati katta o‘rin tutadi.
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Hamza nomidagi Respublika Davlat
mukofotining laureati, Kaliforniya (AQSH) Fan, Ta’lim, Sanoat va San’at xalqaro
akademiyasining haqiqiy a’zosidir. Mustaqilligimizning yetti yilligida unga
birinchilardan bo‘lib “O‘zbekiston Qahramoni” degan yuksak unvon berildi. Abdulla
Oripov 2016 yil 5 noyabrda 75 yoshida vafot etdi.
Axborot kutubxona markazi tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston
Qahramoni, jamoat arbobi Abdulla Oripov (1941-2016) tavalludining 80 yilligi
munosabati bilan “She’riyatga baxshida umr” nomli
bibliografik qo‘llanma tayyorlandi. Ushbu tavsiyaviy ro‘yxatdan o‘qituvchilar,
kutubxonachilar, talabalar va Abdulla Oripov hayoti bilan qiziquvchi keng kitobxonlar
ommasi foydalanishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: |