- 7 -
muhim vazifalari qatoriga kiradi.
Aholi geografiyasi bilan xizmat doirasi geografiyasining aloqadorlari va o’zaro
hamkorligi ayniqsa mustaxkamdir. Xizmat doirasi geografiya aholining barcha
extiyojlariga xizmat ko’rsatuvchi xizmat doirasi tarmoqlarining rivojlanishi darajasi
va xududiy joylashishini geografik taqsimlash usulida o’rganadi. Xizmat doirasi
geografiyasi o’rganishi kerak bo’lgan barcha masalalarning hammasi faqat aholi va
aholi punktlari haqidagi batafsil ma’lumotlar asosidagina analiz qilinishi va xal
qilinishi mumkin. Shuning uchun ham u dastavval aholi geografiyasi tarkibida
vujudga kelgan bo’lib, ular o’rtasidagi aloqalar har tamonlamadir.
Aholi geografiyasi geografiya fanining yangi vujudga kelayotgan turizm
geografiyasi, iste’mol geografiyasi kabi yo’nalishlari bilan ham mustaxkam aloqador.
Bu har ikkala yo’nalishda ham aholining soni, yoshi, jinsi tarkibi va boshqa
ko’rsatgichlar muxim ahamiyatga ega. Aholi geografiyasi bilan tarixiy geografiya
o’rtasidagi aloqa shundan iboratki, o’tgan tarixiy davrlar aholi geografiyasi ichidagi
maxsus yo’nalish – tarixiy aholi geografiyasi shug’ullanadi va u yo’nalish shu bilan
birga tarixiy geografiyaning ajralmas bir qismidir. Geografiya fanining barcha
tarmoqlari va yo’nalishlari singari aholi geografiya ham kartografiya bilan
chanbarchars bog’liqdir. Aholi geografiyasida aholi va aholi punktlarining maxsus
xaritalari tuziladi, ulardan keng foydalaniladi. Chunki, aholi va aholi punktlariga xos
bo’lgan xilma-xil ko’rsatkichlar, ularning xududiy joylashuvi hamda regional
farqlarini xaritaga tushirish yo’li bilan yaqqol ko’rsatish mumkin.
2) Aholi geografiyasi bilan chanbarchas va har tomonlama aloqador bo’lgan
fanlarning ikkinchi guruhi lemografiya va etnografiya fanlaridir. Demografiya va
etnografiya fanlarini alohida guruhga ajratamiz, buning boisi shundaki, ular ham
aholi geografiyasi singari aholini o’rganadi. Ularning har qaysisi aholini o’z nuqtai
nazaridan tadqiq qiladi. Ammo shunday masalalar borki, ularni bu fanlarning har
uchchalasi o’rganadi, biri ikkinchisining materiallaridan foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: