- 37 -
ma’lumotlari hisoblanadi. Aholi ro’yhati o’tkazilayotganda aholi nikohda turuvchilar
va
nikohda
turmaydiganlar
guruhiga
ajratib
ro’yhatga
olinadi.
Nikohda
turmaydiganlar guruhiga bo’ydoqlar, bevalar va ajralganlar kiradi.
Aholining nikohda turishi aholi takror barpo bo’lishi va oilalar shakllanishida
asosiy demografik omil sifatida ahamiyatlidir.
Aholining oilaviy xolati va tarkibi demografik jarayonlarga bevosita ta’sir
ko’rsatadi.
Ma’lumki, jamiyatda insonlar oila muxitida oila a’zosi bo’lib, turli guruhlarda
guruh a’zosi bo’lib yoki o’zlari alohida yolg’iz holda yashaydilar. Aholining bunday
guruhlarga bo’linib yashashi uning oilaviy holatini bildiradi.
Aholining oilaviy holati haqidagi ma’lumotlar aholi ro’yhati o’tkazish yo’li
bilan to’planadi. O’zbekiston statistikasida aholi oilaviy holati bo’yicha uch guruhga
ajratilgan va aholi ro’yhati dasturiga kiritilgan.
1.
Oila bilan birga oila a’zosi bo’lib yashovchilar.
2. Oiladan alohida, lekin oila bilan muntazam aloqani saqlab qolgan
holda yashovchilar.
3. Yolg’iz yashovchilar.
O’zbekistonda aholining oilaviy xolatiga oid to’laroq statistik ma’lumotlar
1939 yilda o’tkazilgan aholi ro’yhatlari ma’lumotlaridan boshlab mavjuddir. Ushbu
ma’lumotlar ko’rsatishicha 1939 yilda O’zbekiston aholisining 93,3 foizi oila a’zosi
bo’lib, oila bilan birga 6,7 foizi esa oiladan alohida yashaganlar. Agar bu
ko’rsatkichlar 1989 yil o’tkazilgan aholi ro’yxati ma’lumotlari bilan solishtirilsa
respublika aholisining oilaviy tarkibida katta ijobiy o’zgarishlar bo’lgani ma’lum
bo’ladi. Chunki 1939-1989 yillarda aholining oila a’zosi bo’lib, oila muxitida
yashovchi qismi 2 foizga ko’paydi va jami aholining 95,3 foizini tashkil etdi. Yolg’iz
yashovchilar esa, deyarli ikki marta kamaydi.
Aholining oilaviy tarkibi deganda oila a’zosi bo’lib yashovchi aholining oila
turlari bo’yicha taqsimlanishi tushuniladi1. Axolining oilaviy tarkibini ifodalovchi
asosiy ko’rsatkichlar aholining oila kattaliklari, ya’ni oilada yashovchi kishilar
miqdoriga qarab va oilaning ijtimoiy guruhlari bo’yicha taqsimlanishidir.
Dostları ilə paylaş: