- 66 -
urbanizatsiya va bandlik siyosatlari kiritish mumkin.
Demografik siyosat aholi siyosatini uzviy qismi bo’lib, uning asosiy maqsadi
aholini miqdoriy rivojlanishi bosqichlaridan iboratdir. Demografik siyosatning asosiy
obyekti aholining takror barpo bo’lish jarayoni xisoblanadi.
Demografik siyosat orqali kutilgan, istalgan aholi takror barno turiga erishiladi.
Ma’lumki aholi takror barno bo’lishi tug’ilish, o’lim, nikoh,
ajralish kabi demografik
jarayonlar bilan bevosita bog’liqdir. Shu bois ushbu jarayonlarni siyosat yo’li bilan
jamiyat tomonidan boshqarilishi ham demografik siyosat vaziyatlaridandir. Jamiyat
taraqqiyotiga nazar tashlasak, demografik jarayonlarni, ayniqsa tug’ilish, nikohni
jamiyat tomonidan boshqarilganligini guvohi bo’lamiz. Hatto bu haqida eng qadimgi
olimlar Aflotun va Aratsu asrlarida ham uchraydi. Qadimgi Rimda tug’ilish va
nikohni ozod insonlar o’rtasida qo’llab –
quvvatlovchi, qonunlar qabul qilingan.
Feodalistik jamiyatda esa din tomonidan shunday qattiq qonunlar yaratilganki, ularda
nikoh, cheklanmagan tug’ilish va katta oilalar aholini muntazam ko’payib borishini
omili sifatida ximoya qilingan, qo’llab – quvvatlangan Yevropada kapitalistik ishlab
chiqarish usulini rivojlanishi esa demografik jarayonlarda yangi muammolarini,
yo’nalishlarni kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Sanoatni rivojlanishini
shahar turmushi
tarzini kengayishi, ayollarni ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etishi tufayli, oilada
farzandga bo’lgan talab kamaydi. Ko’p bolali ayollarda, kapitalistik ishlab chiqarish
sharoitida qator iqtisodiy muammolar vujudga keldi, natijada tug’ilish o’z-o’zidan
kamaya boshladi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli rivojlangan
Fransiya va boshqa
Yevropa davlatlarida tug’ilish XIX asrning birinchi o’n yilligidan boshlab kamaya
bordi. Ushbu davlatlarda XX asirga kelib aholini ta’biy o’sishi nihoyatda kamayib
ketdi.
Aholi takror barno bo’lishi kengaygan turgan qisqargan turdan o’tdi. Natijada
bu davlatlarda aholini qarishini ―Demografik qarish‖ jarayoni sodir bo’ldi. Bu xam
davlat tomonidan maxsus demografik siyosat olib borishni taqozo etdi. 1946-yilda
Fransiyada tug’ilishni ko’tarish orqali aholi miqdori ko’payishiga erishishi maqsadida
oilalarga birinchi va ikkinchi ayniqsa uchinchi farzandlarining tug’ilishida alohida
nfaqa ajratildi. 1960-1970-yillarda tu’gilishini ko’tarish maqsadidan demografik
siyosat boshqa rivojlangan davlatlarga xam olib berildi.
Lekin ushbu davlatlardagi
siyosiy mulkchilik formasi tug’ilishini ko’paytirish uchun hamma chora tadbirlarni
qo’llashda ba’zi muammolarni keltirib chiqarar edi . Shu bois yevropadagi
rivojlangan davlatlarda tug’ilish darajasini ko’tarib, optimal, normal xolgagina
keltirishni juda mushkul bo’lmoqda. Rivojlanayotgan davlatlarga esa. Aksincha
1960-1990-yillarda tug’ilishning yuqori darajada turganligini va o’lim hollarining
keskin kamayganligi natijasida aholining tibbiy o’sishi juda yuqori darajada bo’ldi.
Natijada Osiyo, Afrika va janubiy Amerikada joylashgan qator rivojlanayotgan
davlatlarda aholi soni birdan ko’payib ketdi. Bu xolini
demografik mutahassislar
―Demografik portlash‖ deb atadilar. Ushbu davlatlarda iqtisodiy imkoniyati
cheklangan. Xolda aholisining bunday tez ko’payishi tug’lilishini cheklashga majbur
etdi. Natijada rivojlanayotgan davlatlarga davlat tomonidan ―oilani rejalashtirishi‖
ya’ni ―tug’ilishini nazorat etish‖ borasida demografik siyosat olib boriladi masalan,
hitoyda bir oilaga bir bola siyosati olib boriladi. Demografik siyosat o’tkazish
uslublari shartli ravishda uch yo’nalishga ajratish mumkin.