Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uslubiyotlarini o‘rganish


Fuqarolar muhofazasining amaliy mashg‘ulotlarini tayyorlash va o‘tkazish



Yüklə 87,5 Kb.
səhifə2/6
tarix24.10.2023
ölçüsü87,5 Kb.
#160575
1   2   3   4   5   6
Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uslubiyotlarini o‘rganish

2. Fuqarolar muhofazasining amaliy mashg‘ulotlarini tayyorlash va o‘tkazish
Rahbarlar tarkibini, tizimlar va aholini o‘qitishda amaliy mashg‘ulotlarga jalb qilish katta ahamiyatga ega. Amaliy mashg‘ulotlar rahbarlar tarkibini, FM kuchlarini va aholini FM vazifalarini bajarishga tayyorlashning yuqori va aktiv formasi hisoblanadi. Amaliy mashg‘ulotlarda tuzilmalarga kirgan fuqarolarning aniq va tartibli harakatlari, turli xil jixozlar, asbob-uskunalar, texnikalardan foydalanish uslublari o‘rganiladi, aloqa va tuzilmalarni boshqarish masalalari ishlab chiqiladi.
FMning amaliy mashg‘ulotlarini zamon talablariga mos holda o‘tkazish, fuqarolarni dushman tomonidan qo‘llaniladigan zamonaviy qurol vositalaridan, shuningdek hududimizda kuzatiladigan tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari va fojiyalar oqibatlaridan muhofaza qilish, odamlarda ma’naviy-ijtimoiy va psixologik sifatlarni tarbiyalash, ob’ektlarni uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, qutqaruv va tiklov ishlarini amalga oshirish bo‘yicha bilimlarini, qobiliyatlarini oshirish imkonini beradi.
FVDTda FMning quyidagi amaliy mashg‘ulotlari tashkil etiladi va o‘tkaziladi:

  1. shaxsiy tarkib uchun maxsus-taktik;

  2. rahbar tarkib uchun shtab-komanda;

  3. o‘qitilayotgan hamma toifadagilar uchun, kompleks mashg‘ulotlar.

Maxsus taktik amaliy mashg‘uloti tuzilmalarning oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga o‘rgatishdan iborat. Bunday mashg‘ulotlarda har qanday FVning (harbiy davrda ham, tinchlik davrda ham) oqibatlarini tugatish, aholini va ishlab chiqarish tarmoqlarini muhofaza qilish choralari ko‘riladi va o‘tkaziladi hamda komandir-boshliq tarkibining amaliy mahorati takomillashtiriladi.
Tuzilmalar maxsus-taktik mashg‘ulotlarda o‘z ob’ektlarining moddiy-o‘quv bazalaridan: har xil qurilmalaridan, jamoaviy himoya vositalaridan foydalanadilar.
Maxsus taktik amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlash. Mashg‘ulotni rejalashtirish, mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida va har tomonlama rejaga muvofiq holda tayyorlanish lozim.
Mashg‘ulot rahbarining ko‘rsatmalari asosida mashg‘ulot o‘tkazish rejasi, tashkiliy ko‘rsatmalar, o‘rinbosarlarning xususiy rejalari va boshqa zaruriy hujjatlar ishlab chiqiladi. Maxsus- taktik amaliy mashg‘ulotning asosiy o‘quvuslubiy hujjati amaliy mashg‘ulot rejasi hisoblanadi, unda mashg‘ulotning borishi, o‘quv savollarining izchilligi, mashg‘ulotlar bosqichlar bo‘yicha aks ettiriladi.
Maxsus-taktik mashg‘ulotning rejasi matn bo‘yicha ishlab chiqiladi va quyidagilarni: mavzuni, har bir toifa o‘quvchilari uchun o‘quv maqsadlari, mashg‘ulot o‘tkazish vaqti, o‘quv mashg‘ulotiga jalb qilinadigan bo‘linmalarning tarkibi, texnikalar soni va sarf bo‘lish me’yorlari, mashg‘ulotning bosqichlari, ularning davomiyligi va o‘quv savollari, taktik sharoit, kuchlarni guruhlash, boshqarish maskanlarining joylashgan eri, zamonaviy qurollar qo‘llanilgandan keyin ob’ektdagi holat, FM boshliqlarining qarorlari va xodimlarning vazifalarini o‘z ichiga oladi. Maxsus-taktik mashg‘ulotning yaxshi ishlab chiqarilgan rejasi va boshqa hujjatlar, uning muvaffaqiyatli o‘tishiga imkon beradi.

Yüklə 87,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin