Aholini ish bilan ta’minlashga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
2. Aholini ish bilan bandligi va ishsizlikni kamaytirishda mehnat bozorining roli. Ish bilan bandlik siyosati mamlakat rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi sifatida mehnat potensialidan samarali foydalanish va uning rivojlanishi bo‘yicha ish bilan bandlik muammolarini echishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotning o‘tish davriga muvofiq, ish bilan bandlik siyosati ish kuchini tarmoqlar va ish bilan bandlik ko‘rinishi bo‘yicha qayta taqsimlashda ijtimoiy jihatdan muvofiq ish bilan bandlik darajasini ta’minlashga yo‘naltirilishi zarur. Bizga ma’lumki, mehnat bozorini tartibga solish siyosati quyidagi maqsadlarga erishishni nazarda tutadi: – ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasida muvozanatga erishish; – ishsizlarni mehnatga yo‘naltirishni rag‘batlantirish; – ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarning ish izlashda kasbiy harakatchanligini oshirish; ish izlayotgan har bir kishini ish bilan ta’minlamoq. Mamlakat miqyosida ish bilan bandlik siyosati doirasida ish bilan bandlikka ko‘maklashish ikki yo‘nalishda, ya’ni passiv va faol ish bilan bandlik siyosati ko‘rinishlarida amalga oshiriladi. Ish bilan bandlikning passiv siyosati davlat ish bilan bandlik xizmati orqali ishsizlarga nafaqalar to‘lash, ishsizlarni kasblarga qayta o‘qitish va jamoat ishlarini tashkil etish kabi faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Ish bilan bandlik siyosatining bu varianti davlatning amalga oshiradigan joriy xarajatlari nuqtai-nazaridan bir muncha tejamlidir. Biroq, ish bilan bandlikning passiv siyosati iqtisodiyotning yuksalishi davrida mehnat bozorining yuqori egiluvchanligi va ishchi kuchining kasbiy harakatchanligi, iqtisodiyotning istiqbolli mustaqil ish izlash uchun bir muncha keng shart-sharoitlari mavjud bo‘lgandagina o‘zini oqlashi mumkin. Qolgan holatlarda passiv siyosat ishsizlik uzoq muddat davom etishini qisqartirish, ish bilan band bo‘lmagan aholini ish bilan bandligini rag‘batlantirishni kuchaytirish omili bo‘lib hisoblanadi. Ishsizlik bo‘yicha nafaqalarning miqdorini va ularni to‘lash shartlarini belgilashda bozor iqtisodiyotining rivojlangan mamlakatlarida ikki xil yondashish vujudga kelgan.
Birinchisi, o‘zining ixtiyorisiz ishdan bo‘shatilgan xodimning turmush darajasini keskin tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Bu holda ishsizlik bo‘yicha nafaqalar oldingi ish haqlarini hisobga olish bilan hisoblab chiqiladi.
Ikkinchi yondashish, har xil sabablar bilan umuman ishlamayotganlar yoki ishga yollanishda jiddiy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotganlarda yashash uchun boshqa vositalar mavjudligini tekshirish bilan yoki tekshirmasdan yashash minimumini ta’minlashdan iboratdir. Ishsizlik bo‘yicha ishsizlarga moddiy yordam ko‘rsatishda sug‘urtalash tizimlari asosiy tizimlardan biri hisoblanadi. Ular bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarning mutloq ko‘pchiligida mavjud. O‘zbekiston Respublikasining “Aholi ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi” Qonun bilan ish haqining eng kam miqdori darajasidagi yoki ishlashning keyingi yillarida olingan o‘rtacha ish haqiga foizli nisbatda nafaqa to‘lash ko‘zda tutilgan. Ishsizlik bo‘yicha nafaqalarni to‘lash, moddiy yoki boshqa yordamni ko‘rsatish uchun ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta fondlari tashkil qilinadi. O‘zbekistonda bu – respublika aholini ish bilan ta’minlash Davlat jamg‘armasidir. Bu jamg‘arma asosan korxonalar va xodimlarning o‘zlari hamda yuridik shaxslarni tashkil qilmagan tadbirkorlarning badallari hisobiga shakllantiriladi. Ishsizlik bo‘yicha nafaqaning miqdori yo ish haqiga nisbatan foizlarda yoki qat’iy miqdorlarda belgilanadi. O‘rtacha nafaqa o‘rtacha ish haqining 50–60 %ini tashkil qiladi. Nafaqaning miqdori ish qidirishda muhim undovchi rolni yoki buzg‘unchi rolni o‘ynash mumkin. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, agar xodim ishsiz bo‘lib qolganda o‘z daromadining faqat kichik qismini yo‘qotsa, u nafaqalar to‘lash muddatini tugashini kutgan holda, ish qidirishni cho‘zib yuborishi mumkin. Davlat ish bilan bandlik siyosatini ancha samarali va maqbul yo‘nalishi – faol ish bilan bandlik siyosati bo‘lib, ishchi kuchiga talabni oshirish maqsadida davlat ish bilan bandlik jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga ish joylarini yaratish, korxonalarga qo‘shimcha ish joylarini yaratish maqsadida kreditlar berish yo‘li bilan iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Taxlillar shuni ko’rsatadiki viloyat bo’yicha jami band bo’lgan aholi soni-1397665 kishini tashkil etadi. 2017 yilda jami – 94316 ta ish o’rinlari yaratish rejalashtirilgan bo’lsa, amalda 95011 ta ish o’rinlari yaratildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali 43937 yangi ish o’rinlari yaratildi, bu ko’rsatkich Samarqand shahrida 10555 taga yetdi. Viloyat bo’yicha yildan-yilga aholi soni hsish natijasida yangi ish o’rinlarini yaratishga to’g’ri kelmoqda. Ishchi kuchiga talabning taqchilligi sharoitida mehnat bozori holatining tahlili shuni ko‘rsatdiki, ish bilan bandlik xizmati fuqarolarni aniq ishlarga tayyorlashi zarur. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi sharoitida ustvor vazifa sifatida iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitlariga muvofiq keladigan aholini ish bilan bandlik siyosatining maqsad va vazifalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishdir. Aholini ish bilan bandligi zamonaviy hayot sifatini ta’minlash, inson kapitali rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratish va mehnat taqsimotini nisbatan yuqori darajaga o‘tishini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat faoliyatining turli ko‘rinishlarini va yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Aholini oqilona ish bilan bandligini ta’minlamasdan turib ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy islohotlar yo‘lidan yanada ilgarilab borish va zamonaviy mehnat bozorini ta’minlash mumkin emas.
Bunda milliy iqtisodiyotimizning o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda, ish bilan bandlikning faol yo‘nalishlarini rag‘batlantirish asosida maqsadli dasturlarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega, bu esa ish bilan bandlik siyosati inqirozga qarshi dastur bilan, ko‘p ukladli iqtisodiyotni takror hosil bo‘lish jarayonini jadallashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni isloh qilish bilan hamda mehnat resurslarini rivojlantiishning umumiy strategiyasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi lozimligini ifodalaydi. O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini hozirgi bosqichida mehnat bozoridagi siyosat davlat tomonidan tartibga solish usullari va shakllari hamda xo‘jalik yuritishni yangi shakllarini rivojlantirish asosida amalga oshirilmoqda. Davlat ish bilan bandlik xizmati mehnat bozoridagi davlat siyosatini amalga oshirishning tarkibiy qismi bo‘lib, uni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari va vazifalarini belgilab beradi. Davlat ish bilan bandlik xizmati mehnat bozorida ijobiy ijtimoiy va iqtisodiy samaraga erishishga yo‘naltirilgan. Bu bir tomondan, ko‘p sonli ishga joylashtirilganlar normativ bo‘yicha ish bilan bandlik Davlat jamg‘armasiga ajratmalar ajratilishi uchun shart-sharoit yaratadi, ikkinchi tomondan esa ishsizlik nafaqasi oluvchilar soni kamayadi va faol yo‘nalishlar uchun sharoit yaratiladi. Bu esa o‘z navbatida, ularning ishga joylashishi uchun sifat ko‘rsatkichlarini oshiradi. Mamlakatimiz aholini ish bilan ta’minlash davlat siyosati mehnat bozori konyukturasi va uning rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqqan holda umumdavlat va hududiy ish bilan bandlik dasturlarini ishlab chiqish va realizatsiyasini amalga oshirishda namoyon bo‘ladi. Ushbu sohada Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mehnat bozorida samarali davlat siyosatini yuritilishida xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Xo‘jalik yuritishni yangi shakllarini vujudga kelishi iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va rivojlanayotgan tarmoqlarni modernizatsiyalash jarayonlari bilan muvofiqlikda amalga oshirilmoqda. Mehnat bozorini tartibga solish strategiyasini ishlab chiqish vaqtida, birinchidan, barcha jarayonlarning jamiyat va iqtisodiyotning olg‘a tomon rivojlanish talablari, ijobiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirishga bo‘ysunishi, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlaydigan chora-tadbirlarning ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilishi zarur. Ikkinchidan “faol jamiyat”ni shakllantirishga e’tibor berish kerak. Bunda iqtisodiy imkoniyatlar yaratiladi va har bir fuqaroning qonuniy-demokratik jamiyat barpo etishdagi faolligi rag‘batlantiriladi. Shuningdek mehnat bozoridagi siyosat jamiyatdagi har bir sog‘lom a’zoning o‘z mehnati bilan erishiladigan farovonlik uchun javobgarligini e’tirof qilishga asoslangan. Uchinchidan, “faol jamiyat” va unga mos keladigan mehnat bozoridagi faol siyosat teng imkoniyatlar tamoyili bilan birga qo‘shib olib borilishi kerak. Uning asosiy mohiyati ish joyiga ega bo‘lish va uni saqlab qolishdagi tengsizlikni barham toptirish yoki eng kam holatga keltirishga imkon beradi. Bunday tengsizlik nogironlik, oilaviy sharoitlar, malakani etishmasligi va hokazo sabablarga ko‘ra kelib chiqishi mumkin . Iqtisodiyot fanida mehnat bozorini tartibga solish shakllari va usullari ko‘proq uning alohida elementlarini tartibga solishni nazarda tutadi, yaqqol tizimli tartibga solishni amalga oshirish e’tiborga olinmaydi. Mehnat bozoridagi faol dasturlar iqtisodiy islohotlarni amalga oshirayotgan, zamonaviy iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarini modernizatsiyalash hamda ishchi kuchining yuksak kasbiy, tarmoq va mintaqaviy harakatchanligi zarur bo‘gan inson kapitali rivojlanayotgan sharoitlarda ish bilan bandlik siyosatining eng maqbul turlaridan biri hisoblanadi. Bizga ma’lumki mamlakatimizda boshqa davlatlardagidek mehnat bozoridagi faol dasturlar ham sust turlarni (jamoat ishlari dasturlari, ish haqiga subsidiyalar ajratish), shuningdek faol turlarni ham (yangi ish joylarini yaratish, kabga tayyorlash va qayta tayyorlash, ishchi kuchini mehnat resurslari etishmaydigan mintaqagalarga kuchib borishi uchun subsidiyalar berish va hokazolar) o‘z ichiga oladi. Mehnat bozoridagi faol dasturning asosiy andozasi doirasida ham bo‘sh ish o‘rinlarini saqlab turish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar hajmini pasaytiradigan, yangi ish o‘rinlarini yaratishga mablag‘lar sarfini oshiradigan tadbirlardan iboratdir. Umuman olganda faol dasturlar bevosita ishga joylashtirishga ta’sir ko‘rsatadigan chora-tadbirlar sifatida qaralishi mumkin. Mazkur chora-tadbirlar davlat ish bilan bandlik xizmati organlarida faoliyat samaradorligini oshirish uchun, shuningdek ishsizlarga ishsizlik nafaqasi olish ro‘yxatiga kiritishda ish joyi izlashga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirishni o‘z ichiga oladi.