Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini Umumiy qoidalar


-§. Maxsus testlar bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish



Yüklə 18,2 Kb.
səhifə3/4
tarix22.05.2023
ölçüsü18,2 Kb.
#119692
1   2   3   4
Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini

1-§. Maxsus testlar bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish
16. Maxsus testlar bo‘yicha musobaqalar (keyingi o‘rinlarda matnda musobaqa deb ataladi) belgilangan reja va tasdiqlangan Nizom asosida o‘tkaziladi.
17. Musobaqani tashkil etish va o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
18. Musobaqalar quyidagi miqyoslarda tashkillashtirilishi mumkin:
a) mahallalar, mahallalararo va tumanlar (shaharlar);
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar;
v) tashkilotlar;
g) respublika.
19. Musobaqalar:
mahalla, mahallalararo va tuman (shahar) miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tasdiqlanib, mahalla va tuman (shahar) hokimligi bilan kelishilgan nizom asosida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy boshqarmalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan nizom asosida;
tashkilotlar miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalar (tashkilotlar hududiy joylashuviga muvofiq) Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari bilan kelishilgan holda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan nizom asosida;
O‘zbekiston Respublikasi miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalar O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida tashkil etilib, o‘tkaziladi.
20. Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari musobaqalarini o‘tkazish mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
21. Musobaqada qatnashish ixtiyoriy bo‘lib, unda qatnashish istagini bildirgan 6 yosh va undan katta yoshdagi barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqalarda g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash musobaqa nizomida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
23. Musobaqa o‘tkaziladigan tashkilotda tashkilot rahbari tomonidan musobaqalarni o‘tkazish ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tuziladi. Ishchi guruhning tarkibi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Ishchi guruh tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari xodimlari orasidan tegishli sport turi bo‘yicha vakillar kiritilishi shart.
24. Quyidagilar Ishchi guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi:
musobaqada qatnashish istagini bildirgan shaxslarni musobaqa shartlari bilan tanishtirish hamda ularning ro‘yxatini shakllantirish va yuritish;
musobaqani tashkil etish va o‘tkazish;
musobaqa jarayoni va natijalarini rasmiylashtirish;
musobaqa g‘oliblarini taqdirlashni tashkil etish.
Ishchi guruh musobaqa o‘tkaziladigan sana, o‘tish joyi, rejasi va shartlari bo‘yicha ma’lumotlar to‘g‘risida musobaqa o‘tkazilishidan kamida bir oy oldin e’lon berilishini ta’minlaydi.


Yüklə 18,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin