“Ajdodlar xotirasi muqaddas”


Yigit:Xatin Belorusiya hududida joylashgan oddiy bir qishloq .Bu qishloq o`rmon ichida joylashgan.Unda aholi tinch-totuv yashar edi. Qiz



Yüklə 73,11 Kb.
səhifə5/8
tarix14.12.2023
ölçüsü73,11 Kb.
#179962
1   2   3   4   5   6   7   8
“Ajdodlar xotirasi muqaddas”

Yigit:Xatin Belorusiya hududida joylashgan oddiy bir qishloq .Bu qishloq o`rmon ichida joylashgan.Unda aholi tinch-totuv yashar edi.
Qiz: To`rt soat davom etgan jangdan so`ng,Xatin butunlay kultepaga aylandi.Fashistlar oddiy,begunoh aholini chumolini qirganday qirib tashladi.
Yigit: Paptizanlar yashiringan joyni bilib olish uchun fashistlar har bir odamni ming bir xil qiynoq bilan so`roq qildilar.Ular hech bir go`dak ,ayol va keksalarni ayamadilar.Fashistlar odamlarni uylariga qamab,butun qishloq aholisini tiriklayin yoqib yubordilar .Fashistlar Belorusiyadagi 64000 ta qishloqni xuddi Xatinday odamlari bilan birga yoqib yuborishgan .Hozirgi kunda Xatin qishlog`i muzeyga aylantirilgan.U yerga ziyoratga borgan ko`pgina yoshlar tinchlik uchun kurashishga ahd qilib qaytadilar.
Qiz: Fashistlar qilgan vahshiyliklarni bir umr aytib ado etolmaymiz.Ular,ayniqsa,keksalarni,bolalarni juda qiynashgan.Ularni poyezdda Germaniyaga olib ketib,tiriklayin pechlarda yoqib yuborishgan.Bularni unitib bo`ladimi ?!Hech qachon unitib bo`lmaydi!
Siz Buxenval`d haqida eshitganmisiz?Yo`q deysizmi? bo`lmasa,tinglang.
1-o`quvchi:
Vaymar yonidadir mash`um Buxenval`d.
Bir vaqtlar oromgoh bo`lgan bu xilvat,
Bir vaqtlar Gyotega baxsh etgan ilhom,
San`at-u muzalar barq urgan ehrom,
Ajal koshonasi bo`lib ishladi,
Yondi XX asr kishilari!
2-o`quvchi:
Panjara eshikdan qo`yaman qadam.
Junjikib ketadi dahshatdan badan,
Mudhish manzaralar ko`zni qiradi.
Dilga titroq solar olam xilqati.
Bu-odam terisi ,odam sochi – bu!
Go`dak kulgisini yoqqan pech- bu!
3- o`quvchi:
To`xta ,bir nafasga idrok et buni,
Bu tarix emasdir,balo quyuni.
Boqaman,qon-u yosh oqqan tuproqqa,
Marhumlar faryodi urar quloqqa.
Tosh qotgan umidlar,payhon orzular,
Qalbim daftariga qon-la yozilar.


4-o`quvchi:

Yo`q !Ularga yig`lash bugun hojatmas,


Faqat ruhlarini yodda tutsak bas .
Ular tiriklarni ,tinlaydi,ammo.
Yer uzra esmasin deydilar vabo.
Aqlga g`aflatni yo`latmangiz hech,
Shunda ,birodarlar,biz uxlaymiz tinch.



Yüklə 73,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin