Payvand birikma choklarining shartli belgilanishi.
Payvand choklar GOST 2.312-72 ga muvofiq belgilanadi. Payvand choklarni belgilash uchun maxsus belgilar qabul qilingan (3-jadval). Bu belgilar ingichka tutash chiziqlarda chiziladi. Ularning balandligi choklar belgisidagi raqamlar balandligiga teng bo'ladi.
7-shaklda standart yoki nuqtali yakka payvand choklarni shartli belgilash strukturasi ko'rsatilgan. Chok belgisini tuzishda chiqarish chizig'idagi tegishli to'rt burchakliklar o'rniga quyidagilar joylashtiriladi:
1. Yopik chiziq bo'yicha ishlangan chokning va montaj chokning yordamchi belgilari (3-jadval).
2. Payvand birikma choklarining tiplari va konstruktiv elementlari standarti (4-jadval).
3. Payvand birikma choklarining harfli-son belgisi (1-2-jadvallar).
Dostları ilə paylaş: |