Ajratgichlar, ularni vazifalari, konstruktsiyalari, qisqa tutashtirgich va avtomatik ajratgichlar, ularning vazifalari va konstruktsiyalari


v) Kontaktorlar va magnitli ishga



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə3/7
tarix19.04.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#100700
1   2   3   4   5   6   7
Ajratgichlar, ularni vazifalari, konstruktsiyalari, qisqa tutash

v) Kontaktorlar va magnitli ishga
tushirgichlarKontaktorlar-bu uzoqdanta’sir etadigan apparatlar bo’lib, normal ish rejimidagielektr zanjirlarni ko’p ulash, va uzish uchun xizmat qiladi.Kontaktorlar3-4000 Atokka kuchlanishining
53-расм. Контакторнинг шартли схемаси: а-бир қутбли o’zgarmas tokida 220, 440, контактторнинг электр схемаси; б-шартли конструктив 650, 750 V va схемаси. o’zgaruvchan tokida 380,
500 va 660 V ga mo’ljallab ishlab chiqariladi va soatiga 600-1500 marta ulash imkonini beradi. Kontaktorlarning ayrim maxsus seriyalari soatiga 14000 martagacha ulash imkoniyatini beradi.
Kontakt tizimi elektromagnit yordamida ulanadigan elektromagnit kontaktorlar eng ko’p qo’llaniladi.
Kontaktorlar bosh kontaktlar tizimi, yoy so’ndiruvchi qurilma elektromagnit tizim va yordamchi kontaktlardan tashkil topgan. Kontaktorning ishlash printsipini shartli sxemasi bo’yicha qo’rib chiqamiz (53-rasm). Elektr sxemasidan ko’rinadiki (53-rasm, a), kontaktorning bosh kontaktlari K dvigatel D zanjiriga ulangan, g’altak esa yordamchi kontaktlar BK va boshqarish knopkalarining ishga tushirish Pusk to’xtatish Stop orqali boshqarish zanjiriga ketmaket ulangan.
Kontaktorning konstruktiv sxemada (53-rasm, b) o’zak 14 ga o’rnatilgan g’altak 15 dagi kuchlanish uzilgan va harakatlanuvchi tizim prujina 11 ta’sirida normal holatga kelgan momenti tasvirlangan. Kontaktlar 2 va 7 orasida hosil bo’ladigan yoy izolyatsion to’siqlar 4 bilan kamera 5 da so’nadi. Yoy kameraga magnit tizim hosil qilgan magnit maydon hisobiga tortiladi va u bosh zanjirga ketma-ket ulangan g’altak 16 dan, po’lat o’zak 1 va qutb uchliklar 17 dan tashkil topgan. Kameraning chiqishida, kamera tashqarisiga ionlashgan gazlarning chiqishiga to’sqinlik qiladigan yoy so’ndiruvchi panjara 3 o’rnatilgan.
Kontaktorni ulash uchun g’altak qismasiga ishga tushirish knopkasi Puskni bosish yo’li bilan kuchlanish beriladi. G’altakda magnit oqim F hosil bo’ladi va u yakor 10 ni o’zakka tortadi. Yakorda harakatlanuvchi kontakt 7 mahkamlangan bo’lib, u qo’zg’almas kontakt 2 ga tekkandan keyin, uning ustida sirpanadi va kontaktlar sirtidagi oksid plyonkani buzadi.
Qontaktlarda bosish prujina 8 yordamida hosil bo’ladi. Kumushdan tayyorlangan kontakt ustqo’ymalar 6 o’tish qarshiligining minimal bo’lishini ta’miilaydi. Ayrim hollarda ustqo’ymalar yoyga chidamli metallokeramikadan tayyorlanadi. Kontaktor ulangan vaziyatda o’zining g’altagi ulangan holda ushlab turiladi. Kontaktor ulangandan so’ng yordamchi kontaktlar 12 (BK) ishga tushirish knopkasi Puskni shuntlaydi, shuning uchun ishga tushirish knopkasining ajralishi g’altak 15 (K) zanjirini uzmaydi.
Yakor 10 da temirdan tayyorlangan nomagnit qistirma 9 bo’lib, u o’zakdagi qoldiq 4 induktsiyadan hosil bo’ladigan tortish kuchini kamaytiradi. SHunday qilib, g’altak 15 dan kuchlanish olinganda yakor «yopishib qolmaydi». Boshqarish zanjiridagi kuchlanish ancha kamayganda, shuningdek, u yo’qolganda kontaktor avtomatik ravishda uziladi.
Zamonaviy kontaktorlar yopiq plastmassa korpusda (KTU seriyasi) ishlab chiqariladi.
Kontaktorlar qurilmani normal bo’lmagan rejimlar (o’tayuklanish, q.t. toklari) dan muhofazalay olmaydi, shuning uchun ular avtomatik boshqarish sxemasida normal bo’lmagan rejimni sezadigan va elektromagnit g’altakning zanjirini uzadigan maxsus rele bilan birgalikda qo’llaniladi.
M agnitli ishga tushirgichlar - bu odatda, uch qutbli kontaktordan, o’rnatilgan issiqlik relelaridan va yordamchi kontaktlardan tashkil topgan qurilmadir. Ular quvvati 75 kVt gacha bo’lgan uch fazali elektr dvigatellarni boshqarish uchun xizmat qiladi. Ishga tushirgich PA ning konstruktiv va elektr 54-расм. ПА серияли магнит ишга туширгич: sxemasi 54-rasmda ko’rsatilgan. Ishga а-электр схемаси; б-тузилиш схемаси.
tushirish knopkasi Pusk bosilganda,
to’xtatish Stop knopkasi va issiqlik relelarining TRP1, TRP2 ajraladigan kontaktlari orqali, kontaktor K (5) ning g’altagiga tok beriladi. Elektromagnitning yakori o’q O1 atrofida aylanib, o’zak 4 ga tortiladi. Bunda qo’zg’almas kontaktlar 2 qo’zg’aluvchan kontakt ko’prigi 8 bilan tutashadi. Kontaktlardagi bosilish prujina 9 yordamida amalga oshiriladi. Bir vaqtda yordamchi kontaktlar BK (68-rasm, a) tutashib, ular ishga tushirish Pusk knopkasini shuntlaydi. Elektrdvigatel yuklama ortganda issiqlik relelari 11 ning ikkalasi yoki bittasi ishga tushadi, g’altak zanjiri TRP1 va TRP2 kontaktlari orqali uziladi. Bunda yakor 6 o’zak orqali boshqa ushlab turilmaydi va o’zining xususiy og’irligi hamda prujina 7 ta’sirida qo’zg’aluvchan tizim kontaktlarni ajratib, uzilgan holatga o’tadi. Har bir fazada ikki marta (ikki joyda) uzish va yopiq kamera 10 maxsus qurimasiz yoyning so’nishini ta’minlaydi. To’xtatish Stop knopkasi bosilganda ham ishga tushirgich xuddi kontaktor kabi uziladi.
Amortizatsiyalaydigan prujina 3 ulash vaqtida qo’zg’aluvchan qismni keskin zarblardan saqlaydi. Ishga tushirgichning hamma detallari metall asos 1 ga mahkamlanadi.
Dvigatelni q.t. dan muhofaza qilish uchun zanjirga saqlagich (predoxranitelь) lar ulangan.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin