Akademik yahyo g’ulomovning arxeologiya faniga qo’shgan xissasi



Yüklə 24,2 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü24,2 Kb.
#200560
  1   2
Muhammadiyev Sayfiddin. Maxsus tarix

AKADEMIK YAHYO G’ULOMOVNING ARXEOLOGIYA FANIGA QO’SHGAN XISSASI


Muhammadiyev Sayfiddin Aliqul o’g’li O’zMU tarix fakulteti, tarix yo’nalishi 22-05-guruh talabasi Toshkent, Ozbekiston

Taniqlli tarixchi-arxeolog olim, Akademik, fan rbobi Yahyo G’ulomovich G’ulomov 1908-yilning 1- may sanasida Toshkentning Shayhontohur dahasining Oqmachit mahallasida muddaris oilasida tug’ilgan. Uning otasi G’ulomxon qadim Shoshdagi dovrut taratgan Xo’ja Ahror madrasasida muddarislik qilgan. Onasi esa Soraxon maktabdagi qizlarga dars bergan. Ana shunday ilmga ixlos qo’gan oilada voyag yetgan Yahyo bolalagidan zehnli bo’lib o’sgan. Bo’lajak arxeolog olim Yahyo G’ulomovning otasi madrasa ishlari bilan band bo’lganligi sababli, xonadonidagi bog’ning xo’jalik yumushlari farzandlari zimmasida bo’lgan. Yahyo ana shunday ishlar bilan band bo’lmay ilmga ham ixlos qo’ygan. Dastlab u ota-onasidan saboq olgan bo’lsa keyinchalik “Namuna” nomli maktab-internatida Lutfillaqori, Xatibzoda, Ismoil muallim, Haydar Nosiriy, Akbar domla, Yusuf va Eson afandi kabi o’sha davrining ko’zga ko’ringan o’qituvchilaridan taqsil oldi. Bu maskanda u Oybek, Buyuk Karimov, Fotih Orifov, Abdulla Boboxonov, Iso Razzoqov, Yoqub Aliev, Abdulla Rahimov, Saidazim Usmonov kabi kelajakdagi o’zbek xalqining yetuk ziyolilari bo’lib yetishgan ilmu fan namoyondalari bilan bir guruhda ta’lim tarbiya oldi. Ayni paytda Yahyo ijodga bo’lgan ishtiyoqi sabab «Bulutlar», «Turfa folbin», «Gilam jallobi» singari hajviyalarini maktabning devoriy gazetasida chop etirgan.


O’smirlikning zavqli onlarini shunday xushnudlik bilan o’tkazgan Yahyo G’ulomov, 1927-30 yillarda Samarqanddagi o’zbek davlat pedagogika akademiyasi ijtimoiy va iqtisodiy bo’limida tahsil oladi.Bu dargohda u Po’lat Soliev , Abdurauf Fitrat, Vasiliy Vyatkindek o’z davrining ilg’or ziyolilaridan saboq oldi, Muso Saidjonov bilan hamkorlik qilib, ularga ixlos qo’ydi.
Muso Saidjonov (1898-1937) Buxoroda-savdogar oilasida tug’ilgan bo’lib, dastlab Mir Arab madrasasida, keyin Kogondagi rus-tuzem maktabida tahsil olgan, o’z davrining ilg’or ziyolisi sifatida 1915 yildan Buxoroda “Maorif” nomli kitob jamiyatini tashkil qilgandi.”Yosh buxoroliklar” safida ham faoliyat ko’rsatgan
Yahyo G’ulomov M.Saidjonov bilan hamkorlik qilarkan, undan qadim shaharlardagi obidalarning barpo etilishi, ularga ishlatilgan bo’yoq, minoralarning qay tariqa osmonga bo’y cho’zib barpo etilganiga oid ma’lumotlarni bilib oldi. Abdurauf Fitratdek o’z davrining qomusiy olimi, shoir, dramaturgning bo’lajak akademikka o’tkazgan ta’siri, maslahatu-nasihatlari, o’z boshidan kechirganlari to’g’risidagi dardli hikoyalari esa, Yahyo G’ulomovda sharq ziyolisidek ibratli shahsni ko’z o’ngida mujassamlashtirgandi.
Yahyo G’ulomov bilan keyingi davrda, xususan Xorazmda o’tkazgan ekspeditsiyasida hamkorligi boshlanib, to umrlarining oxirigacha uchrashib, xat yozishib maslakdoshlik qilgan inson Abdulla Boltaev edi. Toshkentdagi A.Navoiy nomli opera va balet teatrining milliy uslubda jihozlanishi, sayqal topishida katta xizmat qilgan naqqosh, usta bu inson, tarix bilimdoni ham edi. Yahyo G’ulomov Xorazmga kelgan 1936 yilidayoq Xivaga kelib Abdulla Boltaev bilan tanishgan.Uning maslahatlari, Xorazm tarixi, obidalari, ularning barpo etilishi, ularga ishlatilgan bo’yoq, ularning sirlari, to’plagan qo’lyozma asarlari asosida Yahyo G’ulomov ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ladi. Ana shular asosida, ularni boshqa manbalarga taqqoslab, arxeologik tajribalarini umumlashtirgan holda o’zining “Xiva va undagi me’moriy obidalar”, “Xorazmning sug’orilish tarixi”, monografiyalarini yaratadi. Abdulla Boltaev naqqosh usta bo’lish bilan birga, o’zidan 88 ta daftarga arab alifbosida bitilgan Xorazm tarixiga oid o’zining yozgan asarlarni meros qoldirgan muarrix hamdir. Yahyo G’ulomov Xivada bo’lganida ana shularni mutoala qilgan holda “Xorazmda o’z biografiyasini to’liq saqlagan, materiallarini to’plab yosh olim va kelajak avlodlarga qoldira bilgan Abdulla akadir”, deya yozgandi.
O’z navbatida Abdulla Boltaev ham “Yahyo G’ulomov odamlardagi jamiki yaxshi fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan mehnatsevar, shu bilan birga chinakam katta olim”, deb baho bergan. Vasiliy Vyatkin Turkiston tarixi, fanida alohida muhim o’rin tutgan ushbu shaxsning faoliyati bo’lsa Yahyo G’ulomovdek yosh talabaga istiqbol eshiklarini ochib yubordi. V.V.Vyatkin Samarqand obidalarining haqiqiy jonkuyari, hamkasbi Abu Said Maxzum bilan ko’plab obidalar tarixini tadqiq qilgan, ko’plab qo’lyozma asarlar to’plab ularni o’rgangan, hattoki 1908 yilda Samarqand shahrida Ulug’bekka haykal qo’yish tashabbusi bilan chiqishgandi. Ana shunday tarix, milliy qadriyatlar jonkuyari bo’lgan olimlardan saboq olishi Yahyo G’ulomov uchun bir umrlik hayot dorulfununi bo’lib xizmat qildi. Bu paytga kelib o’rta asrlarda vayronaga aylanib qaerdaligi noma’lum bo’lgan Ulug’bek rasadxonasini topganidan, Afrosiyobda arxeologik tadqiqotlar olib borganidan Vyatkinning nomi fan olamida mashhur edi. O’zbek, tojik, fors tillarini yaxshi bilgan Vyatkin Yahyodagi ilmga intilishni sezib unga ustozlik qildi. Yahyo G’ulomovning xotirlashicha, “Ma’ruzani u auditoriyaning u boshidan bu bu boshiga yurib o’qirdi..U na ma’ruza matniga, na talabalarga qarardi. Faqat baland bir nuqtaga tikilganicha voqealar, nomlar, sanalar va hatto voqealarga aloqador forscha she’rlarni yoddan aytardi. Dastlabki arxeologik tadqiqotlari ham Yahyoning aynan Afrosiyobda, 1928, 29 yillarda bo’lib o’tdi. 1931 yilda u Toshkentga qaytib xalq komissarlari kengashi huzuridagi tarixiy yodgorliklarni saqlash va ilmiy o’rganish qo’mitasida ish boshlaydi.Bu dargohda u M.Masson, A.Yakubovskiylar rahbarligida 1933 yildan Termiz va Zarafshondagi qadim obidalarda izlanishlar olib bordi. Bu izlanishlar unda kata taasurot va kata qiziqish uyg’otdi. Ma’lumki, o’lkamizda arxeologiya fani chorizm istilosidan so’ng, mustamlakachilarning o’lkani tadqiq qilib, topilgan osori atiqalarni Peterburg va Moskvaga tashib keta boshlaganlaridan so’ng shakllana boshlagandi. Yahyo G’ulomovgacha bo’lgan davrda toshkentlik savdogar Akram Asqarov, samarqandlik Abu Said Maxzum, 1929 yilda Qashqadaryoda, keyin esa Yettisuvda arxeologik tadqiqotlar o’tkazgan Turdi Mirg’iyosovlar faoliyat olib borishgandi.
Samarqanda joylashgan O’zbekiston pedogogika akademiyasining ijtimoiy-iqtisodiy bo’limini 1930-yil tamomlagan. Yahyo Gulomov ilmiy faoliyatini 1933-yil boshlagan. Fanlar Akademiyasi Tarix , til Adabiyot institute arxeologiya bo’limi mudiri lavozimida 1940-1943-yillarda ishlagan.1943-yildan Tarix va arxeoligiya institutuda qadimgi va o’rta asrlar tarixi bo’limi mudiri sifatida ishni boshlagan. 1956-1959-yillarda mazkur oliygohni direktori lavozimida ishlagan.
O’sha vaqtda Toshkentdan chiqgan poezd to’g’ri Xorazmga bormas, negaki 1947 yilgacha vohaga temir yo’l yotqizilmagandi. Shunday vaziyatda bir guruh arxeologik ekspeditsiyaning Turkmanistonning Chorjo’y shahridagi bekatga borishi, u yerdan yo Amudaryodagi kemalar orqali, yoki Buxoro qumliklaridan ot, tuya, eshaklarda olis Xorazmga borishining o’zi ming mashaqqat edi. Ana shunday holatda Yahyo G’ulomov va safdoshlari 1936 yildan 1947 yilgacha yilda ikki marotaba olis vohaga tashrif buyurishardi. Shuningdek, qum barxanlari Xorazmdagi obidalarni o’z bag’riga olganicha qadim sir asrorlarni mahkam bekitib olgan, ish g’oyat qiyin edi. Bu haqda Yahyo G’ulomov o’z kundaligiga o’sha mashaqqatli onlarni shunday bitgandi: «barxanli qumliklar bilan qoplangan taqirlardan iborat bu zimziyo ko’hna o’lkada na mashina va na ot arava yura olar edi. Guruhimizning asosiy transport vositalari ustiga xurjinlarida oziq-ovqat, ko’rpa-to’shak, palatka, plajet, teadolit hamda qozon tovoq va qumg’on ortilgan 5-6 eshaklardan iborat edi». Ana shunday mashaqqatlarga qaramay, arxeologik guruh, Guldursun, Norinjonqa’lada tadqiqotlarini boshlab yubordi.Qum issig’i arxeologlarni charchatsada topilayotgan qadim osori atiqalar yanada ularni ixlos bilan tarixni o’rganishga undardi. Ha, Yahyo G’ulomov hayotida shunday sermashaqqat, qiyin kunlar ko’p bo’lgan.Ammo undagi ilmga fidoyilik, tarixga ixlosning qa’tiyligi bois, Yahyo G’ulomov arxeologiyada ko’plab qadim qa’lalarning sirini ochib, katta o’zgarish qildi. Ayniqsa Vyatkindek teran tarixchidan so’ng, Sergey Tolstov bilan Xorazmda ko’p yillar hamkorlik qilishi uning ilmu fanda yuksak natijalarga erishishiga sababchi bo’ldi. Aynan Yahyo G’ulomovning 1936 yilda Quyi Amudaryoning har ikkala sohilidagi qa’lalarda boshlab yuborgan tadqiqotlari, undagi topilayotgan fanga noma’lum sirlarning kashf etila boshlashi, Sergey Tolstov ekspeditsiyasining tashkil topishiga sabab bo’ldi deyish mumkin. Natijada 1937 yildan S.Tolstov o’z hamkasblari bilan Xorazm zaminida arxeologik tadqiqotlarini boshlab yubordi. Har ikkala arxeolog va ularning hamkasblarining ilmiy ishlari bois fanda Xorazm sivilizatsiyasi degan atama paydo bo’ldi.Yahyo G’ulomov esa Xiva shahridagi me’moriy obidalarni ilmiy tadqiq qilib, “Xiva va undagi me’moriy yodgorliklar” mavzusida 1941 yilda nomzodlik ishini himoya qildi. Ma’lumki, 1941 yilda boshlangan urush sabab O’zbekistonga ko’plab keksalar, bolalar, zavod-fabrikalar, 31 ta oliy o’quv yurti, 7 ta harbiy akademiya bilan birga ijod va ilm ahli ham evakuatsiya qilib ko’chirilgandi. Ijodkorlar orasida A.Axmatova, N.Virta, S.Gorodetskiy, A.Deych, K.Zelenskiy, YA.Kolas, B.Lavrenov, V.Lugovskoy, N.Pogodin, I.Sel`vinskiy, A.Tolstoy, V.Yan kabi ko’plab o’sha davrning mashhur yozuvchi, shoir, dramaturglari bor edi. Yahyo G’ulomov Rossiyalik B.Grekov, V.Struve, K.Trever, A.Yakubovskiy, S.P., M.E.Voronets, V.A.Shishkin, shuningdek o’zimizning yurtdoshlardan T.N.Qori-Niyoziy, E.SH.Rajabov, V.I.Zohidov kabi olimlar bilan birgalikda
Yüklə 24,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin