Akademik yozuv 2 fanidan 4-Mustaqil ta'lim



Yüklə 213,41 Kb.
tarix16.05.2023
ölçüsü213,41 Kb.
#114140
4-dedline



Shoxruxbek
651-22-GURUH

Akademik yozuv 2 fanidan 4-Mustaqil ta'lim.
651-22-guruh talabasi Solijonov Shoxruxbek.

1-mustaqil ta’lim:

Men o‘qigan badiiy asar asosida taqriz.
Taqriz uchun tanlov “Chol va Dengiz”

Nafaqat Amerika adabiyoti, balki dunyo badiiy so’z san’atida o’z o’rniga ega va o’z so’zini ayta olgan Ernest Heminguey (21.07.1899 — 02.07.1961) «Chol va dengiz» asarini yozganida 51 yoshda edi. Gipertoniya va ateroskleroz kasalligi adib sog’lig’iga xavf solsa-da, u oddiy obrazlar va oddiy jarayon tasviri orqali kelajakka umid tuyg’ularini aks ettira oldi. Quyma so’z oqimi, hech qanday g’alizliklarsiz, tahrir talab qilmas asar ikki oy ichida yakuniga yetdi.

Obrazlar sodda, shu bilan birga, o’z zimmasiga hayotiy haqiqat va tuyg’ularni yuklab olgan. Hayot shunday jarayonki, baxt o’rnini baxtsizlik, omad o’rnini mag’lubiyat sanoqli soniyalarda egallashi mumkin. Ammo insonni hayotda ishonch ushlab turadi. Inson o’zligini anglabdiki, o’z oldiga maqsad qo’yadi va o’z kuchiga ishonib ish ko’radi. G’ayrati so’nmas, charchoq nima ekanligini bilmas vaqtlarda hammasi oson tuyuladi. Ammo keksalik chog’larida kishi o’zi va o’zgalar bosib o’tgan yo’l tajribasiga ko’proq suyanadi.


Shuning barobarida o’ziga bo’lgan ishonchi bir qadar sustlasha boshlaydi. «Chol va dengiz» asarida aynan o’sha — inson o’z hayotida yo’qotib qo’yishdan qo’rqadigan tuyg’ular — UMID va ISHONCH haqida so’z boradi. Qissani atoqli olim va tarjimon Ibrohim G’afurov o’zbekchalashtirgan. Asar haqida “Chol va dengiz” – amerikalik yozuvchi Ernest Xemingueyning 1952-yilda Bagama orollarida yozilgan va nashr etilgan romani. Xemingueyning hayoti davomida nashr etilgan so‘nggi taniqli asari. Kubalik baliqchi, keksa Santyagoning hayotidagi eng katta o‘ljaga aylangan ulkan marlin bilan ochiq dengizdagi jangi haqida hikoya qiladi. Asarning kitob versiyasi 1952-yil 1-sentabrda chop etilgan. Tiraji 50 ming nusxadan iborat bo‘lib, Charlz Tannikliff va Raymond Sheppardlar chizgan oq-qora rasmlar bilan boyitilgan. 1953-yil may oyida Xeminguey faoliyati uchun Pulitser mukofotiga, 1954-yilda esa adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

“Chol va Dengiz”ning muvaffaqiyati Xemingueyni dunyoga mashhur qildi. Asar hozir dunyoning ko‘p davlatlarida, maktablaring adabiyot darslarida o‘rganilmoqda. Asar sharhi Santyago ismli chol Kubadagi kichkina baliqchi qishloqda yashaydi va yolg‘iz o‘zi baliq tutadi. So‘nggi marta u 84 kunni dengizda o‘tkazgan, ammo hech narsa tutolmagan. Ilgari Manolin ismli bola u bilan baliq ovlagan, u cholga juda ko‘p yordam bergan, ammo bolaning ota-onasi Santyagoni omadsiz deb hisoblab, o‘g‘liga boshqa qayiqda dengizga borishni buyurgan. Chol Manolinga baliq ovlashni o‘rgatgan va bola Santyagoni yaxshi ko‘radi, unga yordam berishni xohlaydi. U xo‘rak uchun sardina sotib oladi, cholning kulbasiga ovqat olib keladi. Chol azaldan qashshoqlikka ko‘nikkan. Ular bola bilan baliq ovi hamda taniqli beysbol o‘yinchilari haqida suhbatlashishadi. Kechasi chol yoshligidagi Afrikani va “qirg‘oqqa chiqqan sherlarni” tushlarida ko‘radi.Ertasi kuni ertalab chol baliq oviga boradi. Bola unga yelkanni ko‘tarishda, qayiqni tayyorlashda yordam beradi. Cholning aytishicha, bu safar u omadga ishonadi.


Asardan parcha:



Chol uydan chiqdi, bola ham unga ergashdi. U hamon chala uyquda edi va chol uning yelkasidan quchib, dedi:
— Meni kechir.
— Qu e Va! — dedi bola. — Biz erkaklarning qismatimiz shunaqa o‘zi. Nima ham qiliyu bo‘lardi.
Ular cholning kulbasiga tushib borishdi. Butun yo‘l bo‘ylab, qorong‘ida o‘z qayiqlarining machtalarini ko‘tarib olgan oyoq yalang kishilar borishardi.
Kulbaga kelishgach, bola qarmoq kalavalari solinan savat, changak va garpunni ko‘tardi, chol esa, machta va unga o‘ralgan yelkanni yelkasiga ortdi.
— Qahva ichasanmi? — so‘radi bola.
— Avval mana bularni qayiqqa eltib qo‘yaylik, keyin qahva ichamiz.
Ular baliqchilar uchun juda erta ochiladigan tamaddixonada konserva bankada qahva ichishdi.
— Yaxshi uxlab turdingmi, qariya? — so‘radi bola; uning issiq o‘rinni saharu mardon bo‘lmasdan tark qilganidan qiynalayotgani ko‘rinib tursa ham, har qalay, u, boyagiga qaraganda ancha tetik tortgan edi.
Yüklə 213,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin