Akademik yozuv fanini o'qitishdan maqsad: - turli uslublarda qo’llanilayotgan so’z va terminlarni tahlil qilish;
-mutaxassislikka oid matn, maqola va kurs ishlarini mazmunli va xatosiz yozish;
- matnlarning turlari va tuzilishini puxta bilish;
- mavzular bо‘yicha dastlabki ilmiy ishlar va hujjatlarni savodli yozish haqida malakaga ega bо‘lish;
- ilmiy, rasmiy, publitsistik, sо‘zlashuv uslublariga xos nutqiy faoliyat va etiketni amalga oshirish;
- nutqning tarkibiy qismlari va nutq tuzish usullaridan xabardor bо‘lish;
-aniq va tо‘g`ri, mantiqiy va ta’sirli nutq tuza bilish;
-nutqning kommunikativ sifatlarini tо‘g`ri qо‘llay olish;
- taqdimot tayyorlashda nutq vositalari bо‘yicha kо‘nikmalarga ega bо‘lishi;
- mutaxassisligiga oid mavzularda bog’lanishli matn tuza olish va bunday matnlarni tarjima qilish;
- ixtisoslikka oid ilmiy atamalarni to’g’ri o’qish, ma’nosini izohlay bilish, ular ishtirokidagi gaplarni sintaktik jihatdan to’g’ri tuzishni bilishi va amalda qo’llay olishi;
- o’z ixtisosligi bo’yicha lug’atlardan foydalangan holda maqola, turli rasmiy ish hujjatlarini tayyorlay bilish;
-Mustaqil ta‘lim mavzulari bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash.
Fan mazmuniga qo’yiladigan malakaviy talablar
Bakalavr “Akademik yozuv 2” fani bo’yicha:
bilim va malakalarini puxta egallash uchun har bir talaba o’zbek tilining yozma ilmiy nutq shakllarini to’liq o’zlashtirishi, ilmiy uslubning terminlaridan to’g’ri foydalana bilishi zarur. Shunga ko’ra, talabalar “Akademik yozuv 2 ” fanidan:
- o’zbek tili ilmiy uslubining qonuniyatlarini;
- o’zbek tilining gap stilistikasini;
- ilmiy uslubga xos til birliklarini o’rinli ishlata olishni bilishi kerak;
- annotatsiya matnining tuzilishini;
- referatning zaruriy qismlarini;
- ilmiy maqolaga taqriz yozishni bilishi lozim ;
- ilmiy uslubda sintaktik jihatdan to’g’ri gap tuza olishni;
- ilmiy maqola yozish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
- kurs ishi va bitiruv malakaviy ishini yozish ko’nikmalarini o’quv faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi;
- nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o’rganishda o’z bilim va ko’nikmalarini qo’llashi, u yoki bu munosabat bilan o’z fikrini asosli bayon qilish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim.
- o’zbek tilining so’z boyligidan yozma nutq yaratish va uni ilmiy uslubda to’gri qo’llash hamda ulardan o’rinli foydalana bilishi;
- sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo’llay olishi;
- o’zbek tilining lug’aviy boyligi va ixtisoslik atamalari-
dan o’rinli foydalanish, ular yordamida o’z fikr-mulohazalarini
asosli bayon etish tajribasiga ega bo’lishi zarur.