Akademik yozuv fanunung maqsad va vazifalari


Fan mazmuniga qo‘yiladigan malakaviy talablar



Yüklə 28,92 Kb.
səhifə2/2
tarix24.12.2023
ölçüsü28,92 Kb.
#191306
1   2
Akademik yozuv fanining maqsad va vazifalari

Fan mazmuniga qo‘yiladigan malakaviy talablar
Bakalavr “Akademik yozuv ” fani bo‘yicha:
bilim va malakalarini puxta egallash uchun har bir talaba o‘zbek tilining og‘zaki va yozma nutq shakllarini to‘liq o‘zlashtirishi, uning so‘z boyligidan grammatik bilimlar asosida to‘g‘ri foydalana bilishi, yetarli savodxonlikka ega bo‘lishi zarur. Shunga ko‘ra, talabalar “Akademik yozuv” fanidan:
- o‘zbek tilida sintaktik jihatdan to‘g‘ri gap tuza olishni;
- davlat tilida yetarli yozma savodxonlikka ega bo‘lish, ko‘nikmalarini mehnat faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi;
- nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o‘rganishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini qo‘llashi, o‘zbek tilida ko‘nikmalarini ish faoliyatiga tatbiq eta olishi, u yoki bu munosabat bilan o‘z fikrini o‘zbek tilida asosli bayon qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.
- o‘zbek tilining so‘z boyligidan yozma nutq yaratish va uni rasmiy uslubda to‘gri qo‘llash hamda ulardan o‘rinli foydalana bilishi;
- o‘zbek tili ilmiy uslubining qonuniyatlarini;
- o‘zbek tilining gap stilistikasini;
- ilmiy uslubga xos til birliklarini o‘rinli ishlata olishni bilishi kerak;
- annotatsiya matnining tuzilishini;
- referatning zaruriy qismlarini (https://fayllar.org/mustaqil-ishlarni-rasmiylashtirish-qoidalari-referatning-tuzil.html);
- ilmiy maqolaga taqriz yozishni bilishi lozim ;
- ilmiy uslubda sintaktik jihatdan to‘g‘ri gap tuza olishni;
- ilmiy maqola yozish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- kurs ishi va bitiruv malakaviy ishini yozish ko‘nikmalarini o‘quv faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi;
- o‘zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o‘rinli foydalanish, ular yordamida o‘z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo‘lishi zarur.

Akademik yozuv fanining boshqa fanlar bilan aloqasi


“Akademik yozuv” fani ijtimoiy-gumanitar fanlar blokining bir qismiga kiradi. Shu sababli u shu blokdagi boshqa fanlar bilan bevosita aloqada.
“Akademik yozuv” fani nutq madaniyati va o‘zbek tilining boshqa sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda mutaxassislik tili va uslubi, mutaxassislik terminologiyasi va atamashunoslik, ish yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z fikrini mutaxassislik sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislar fan va texnika tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim.
Ilmiy ommabop uslubga xos materiallar huquqiy mazmunga ega bo‘lishi mumkin. Ularning mohiyati, tuzilishi, tayyorlanishi jamiyatdagi huquqiy me'yorga rioya qilishi huquqshunoslik bilan aloqada ekanligini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, hayotda turli yo‘nalishlar, ixtisosliklar mavjud. Har sohada umum bo'lgan til birliklaridan tashqari o‘ziga xos, biri ikkinchisida ishlatilmaydigan terminlar mavjud. Ularni o‘rganish ham ushbu fanning maqsadi va vazifasi. Shu jihatdan qaraganda akademik yozuv fani ixtisoslik fanlari bilan ham aloqada ekanligi kelib chiqadi.
Akademik yozuv fanini o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Akademik yozuv fanini o‘qitish va o‘rgatish jarayonida kompyuter orqali mustaqil ishlarni internet tarmoqlaridan olib o‘rganishda yaxshi samara beradi.
Ta’limning oliy bosqichida til fanini o‘qitishning mazmuni yanada takomillashtiriladi. Litsey va kollejda egallangan bilimlar asosida olinadigan ixtisosliklar doirasida ilmiy uslubni qo‘llash uchun yozma nutqni o‘stirish ko‘zda tutiladi. Ilmiy uslubga moslashtirilgan matnlarni o‘rganish va o‘qish faoliyatida ishlatiladigan ilmiy matnlarni tuza olish ko‘nikmalarini hosil qilish ko‘zda tutiladi.
Bunda ilmiy uslubga doir adabiyotlarni o‘qib o‘rganish, ba’zi mavzularni multimedia usulini tashkil qilib o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Bu o‘z navbatida talabalarning ilmiy uslubda matn tuzish imkoniyatlaridan qanchalik to‘g‘ri va keng foydalana bilishlariga, xususan, leksik va uslubiy imkoniyatlardan o‘rinli foydalanishni qanchalik puxta o‘zlashtirganliklariga bog‘liq bo‘ladi. Bularning barchasi ta’limning yuqori bosqichida ilmiy - ommabop uslubni o‘zlashtirishda tavsiya etilayotgan bilimning hayotiyligi (https://fayllar.org/bilimning-asosiy-turlari-bilimning-shakllari-noilmiy-bilish-sh.html), kengligi va qiziqarliligi, o‘qitilish usulining zamonaviyligi, audio-vizual vositalarning samarali qo‘llanilishi bilan ta’minlanadi. Bu fanni o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarning quyidagi shakllari keng qo‘llaniladi:
Tushunchalar tаhlili texnologiyasi, moslashtirish texnologiyasi, aqliy hujum, sinkveyn texnologiyalari, klaster, grafik organazeylar: insert va konseptual jadval, T-jadval, Venn diagrammasi, ishchan o‘yinlar texnologiyasi hamda kichik guruhlarda ishlash texnologiyalari.

O‘quv fanini o‘qitish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


“Akademik yozuv” fani yozma nutq, tilning stilistik va imlo qoidalari, sohaviy terminologiya, mutaxassislik tili va nutq uslublari, soha lug‘atlarini o‘rganish, ular yordamida ilmiy, ommabop maqolalar tayyorlash masalalarini qamrab oladi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
Talaba - nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o‘rganishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini qo‘llash, o‘zbek tilida ko‘nikmalarini faoliyatiga tatbiq eta olish va ixtisosligi sohasidagi to‘g‘ri yoza bilishi (https://fayllar.org/dts-byicha-oquvchining-ozlashtirishi-zarur-bolgan-bilim-konikm.html), u yoki bu munosabat bilan o‘z fikrini o‘zbek tilida asosli bayon qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim;
- o‘zbek tilida ilmiy uslubning qonuniyatlarini;
- o‘zbek tilining gap stilistikasini;
- ilmiy uslubga xos til birliklarini o‘rinli ishlata olishni bilishi kerak; o‘
- ilmiy maqola yozish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- o‘zbek tilining so‘z boyligidan yozma nutq yaratish va uni ilmiy – ommabop uslubda to‘gri qo‘llash hamda ulardan o‘rinli foydalana bilishi;
- sohaga oid kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo‘llay olishi;
- o‘zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o‘rinli foydalanish, ular yordamida o‘z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo‘lishi zarur.
Mustaqil ta’lim
Mustaqil ish fanning mavzulari asosida tashkil etiladi. Mustaqil ishni quyidagi topshiriqlar ko‘rinishida bajarish tavsiya etiladi:
• mavzu bo‘yicha rasmiy axborot tayyorlash;
• reklama matnlari yaratish;
• publitsistik maqola tayyorlash;
• annotatsiya yozish;
• taqriz yozish
• referat yozish;
• esse, doklad, tezis yozish;
• ilmiy maqola yozish.
Yüklə 28,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin