O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT IQTISODIYOT VA PEDOGOGIKA INSTITUTI
|
|
«TASDIQLAYMAN»
O‘quv ishlari bo‘yicha
prorektor S.B.Qorayev
_______________________
2023-yil “___”___________
|
“AKADEMIK YOZUV” FANINING
O‘QUV DASTURI (SILLABUS)
KUNDUZGI
-
Bilim sohasi:
|
100000 – Ta’lim
|
Ta’lim sohasi:
|
110000 – Ta’lim
|
Ta’lim yo`nalishi:
|
60310500- Iqtisod (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
|
№
|
Mashg’ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
4 Semestr
|
|
|
|
|
Ajratilgan soat
|
Ajratilgan kredit
|
1
|
Amaliy mashg’ulot
|
60
|
60
|
4
|
4
|
Mustaqil ta`lim
|
60
|
90
|
4
|
5
|
Jami auditoriya soati
|
60
|
60
|
|
6
|
Umumiy soat
|
150
|
120
|
|
Chirchiq – 2023
Fanning sillabusi Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti kengashining 2023- yil “___________”, __- sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchi:
Sh.Ruzmetov
|
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti “Tillar va maktabgacha ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi
|
|
|
Taqrizchi:
A.Davlatova -
|
Chirchiq davlat pedagogika universiteti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.d.
|
N.Xoliqova - ChDPU “O‘zbek adabiyotshunosligi” kafedrasi dotsenti, f.f.n.
O‘quv dasturi (sillabus) Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti “Tillar va maktabgacha ta’lim” fakulteti kengashining 2023-yil “___” ________ dagi ______- sonli majlisida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlashga tavsiya qilindi.
Fakultet dekani O.A.Yo‘ldoshev
|
O‘QUV DASTURI (SILLABUS)
Tillar va maktabgacha ta’lim fakulteti
60310500- Iqtisod (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
|
|
Umumiy ma’lumotlar
|
Fan nomi: Akademik yozuv
|
Fan kodi: AWR1112
|
Kredit miqdori:
2 (1 semestrt)
2 (2 semestr)
|
Semestr: 1,2
|
Kafedra nomi: Tillar va maktabgacha ta’lim
|
Fan o’qituvchisi: Ruzmetov Shahzodbek Ulug‘bekovich
|
Email: Shahruzmetov@.gmail.com
|
Fan turi: Majburiy
|
Ta’lim shakli:
|
Kunduzgi
|
Baholash shakli:
|
Imtihon
|
Fan tili:
|
O‘zbek
|
|
|
Fanning qisqacha mazmuni
|
Inson jamiyatda yashaydi, uning a’zosi hisoblanadi. Jamiyat a’zolari bir-birlari bilan munosabatda bo‘ladilar.
Kishi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan ham xabardor bo‘lishi, kundalik so‘zlashuv tilidan tashqari, ilmiy, rasmiy ish yuritish tilini ham bilishi kerak.
Hozirgi kunda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyi tobora ortib borayotganlifi, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlo qoidalarining joriy etilganligi, ish yuritishda to‘liq davlat tiliga o‘tilganligi barcha mutaxassislarning millatidan qat’iy nazar, o‘zbek tilini puxta egallashlarini taqozo etmoqda.
Ushbu kursda o‘zbek tilini o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‘zgartirib, talabalarning o‘rta maktabda, akademik litsey va kollejlarda olgan bilimlarini chuqurlashtirish, takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan nutqiy ko‘nikmalarni hosil qilish, nutqning rasmiy, ommabop va ilmiy uslublarini chuqur o‘zlashtirish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, ilmiy mazmundagi nutqni to‘g‘ri, aniq, mantiqli ifoda etish hamda yozishga o‘rgatish ko‘zda tutiladi.
|
Ta’lim natijalari:
|
Kursni tugatgan talabalar:
Akademik yozuv fanining ahamiyati, tushunchalari va tamoyillarini chuqur tushunishini namoyish etadi;
Akademik yozuv nazariy jihatlarining mohiyatini chuqur tahlil qiladi;
O‘rganilgan amaliy bilimlar asosida adabiyot fanidan darslarni tashkil eta oladi.
Kurs natijasiga ko‘ra ega bo‘ladigan kompetensiyalar (KK):
O‘zbek tilida rasmiy ish uslubining qonuniyatlarini (KK-1);
Rasmiy uslubga xos til birliklarini o‘rinli ishlata olishni bilishi kerak (KK-4).
|
Fan mazmuni
|
1 semestr
Mashg‘ulotlar shakli: amaliy mashg‘ulot (A)
|
A1
|
Akademik yozuv va axborot
Axborotning turlari va xususiyatlari
|
A2
|
Matn va uning turlari
Matn hosil qiluvchi vositalar
|
A3
|
Matnni ma’noviy qismlarga bo‘lish tamoyillari
Reja. Rejaning turlari
|
A4
|
Nutq uslublari.
Ilmiy uslub va rasmiy-idoraviy uslub
|
A5
|
Publitsistik uslub va og‘zaki uslublar. Annotatsiya yozish
|
|
Oraliq nazorat
|
A 6
|
Esse haqida tushuncha. Esse turlari
|
A7
|
Referat. Referat turlari
Referat tarkibidagi klishelangan jumlalar
|
2 semestr
Mashg‘ulotlar shakli: Amaliy mashg‘ulot (A)
|
A1
|
Ilmiy uslub janrlari. Ilmiy sharh
|
A2
|
Ilmiy uslub janrlari. Kurs ishi
|
A3
|
Doklad. Doklad tuzilmasi
|
A4
|
Loyiha
|
A5
|
Loyiha tavsifi
|
A6
|
Tezislar. Tezis turlari
|
|
Joriy nazorat – 1
|
A7
|
Tezislar yozish uslubi
|
A8
|
Taqriz matni
|
A9
|
Taqrizning turlari
|
A10
|
Taqrizning tuzilishi
|
A11
|
Taqdimot nutqi
|
A12
|
Taqdimotning tarkibi
|
|
Joriy nazorat – 2
|
A13
|
Ilmiy tadqiqot matnini yaratish
|
A14
|
Iqtibos keltirish. Parafraza
|
A15
|
Ilmiy matnda dalillar, obyektlar, jarayonlar va xulosalarning berilishi
|
O‘qitish va o‘rganish usullari
Modul amaliy mashg‘ulotlar hamda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyati orqali tashkil etiladi. Amaliy mashg‘ulotlar Akademik yozuv kursi mavzularini tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlar beriladi. Amaliy mashg‘ulotlarida amaliy topshiriqlar va talabalarga ularni hal qilish uchun zarur usullar va metodlarni qo‘llash bo‘yicha mashq qilish imkoniyati beriladi. Mustaqil ta’lim faoliyatida talabalar mavzularni chuqur o‘rganib, adabiyotlar va ilmiy jurnallar hamda manbalardan foydalangan holda mavzularni tahlil qilishi lozim.
Mashg‘ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
Amaliy mashg‘ulot
|
60
|
Mustaqil ta’lim
|
60
|
Talabalarning jami o‘quv va o‘qitish soatlari
|
120
|
Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari
Talabalar bilimlarini nazorat qilish va baholash talabaning faolligi, oraliq nazorat, yakuniy nazorat hamda mustaqil ta’limni baholash orqali amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat - bu professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning modulning birinchi qismi bo‘yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning muhim bosqichi bo‘lib, kelajakda shu fan bo‘yicha o‘zlashtirishni prognoz qilish ko‘rsatkichidir. Oraliq nazoratda talabalar bilimini baholash og‘zaki savol-javob va yozma ish orqali amalga oshiriladi. Talaba oraliq nazoratdan o‘tmagan taqdirda unga yana 2 marta qayta topshirish imkoni beriladi. Umumiy baholashning 20 foizi.
Mustaqil ta’limni baholash – bu talabalarning jamoaviy tartibda va yakka tartibda berilgan amaliy loyihalarni bajarishlari orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir talabaga bitta jamoaviy loyiha va ikkita yakka tartibda bajariladigan loyiha beriladi. Talaba berilgan loyihaning maqsad va vazifalarini, mohiyatini tushungan holda qo‘yilgan masalani o‘rganib, izlanishlar olib boradi. Olingan natijalarni tahlil qilib, xulosalari bilan taqdimotlar tayyorlab himoya qiladi. Ishchi fan dasturida loyihalarning soni, mavzusi, mazmuni bajarish usullari va topshirish muddatlari to’liq ochib beriladi. Umumiy baholashning 50 foizi.
Yakuniy nazorat - bu professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning kurs bo‘yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning umumlashtiruvchi bosqichi hisoblanadi. Yakuniy nazorat yozma ish shaklida o‘tkaziladi. Umumiy baholashning 30 foizi.
Baholash, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari (vazifalari) kurs professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi, oldindan moderatsiyadan o‘tkaziladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis, shaffof va aniq baholashga imkon berishi kerak.
Talaba akademik huquqbuzarlikka (qoidabuzarlik) olib keladigan har qanday harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Masalan, plagiat, o‘zaro kelishib olish, natijalarni qalbakilashtirish, imtihon jarayonida qoidabuzarlik, ya’ni konspekt va shpargakalardan, telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanishi, imtihon olinadigan xonaning ichida yoki tashqarisida boshqalar bilan muloqot qilishi ta’qiqlanadi. Bunda aybdor talabalar nazorat yoki imtihon jarayonidan chetlashtiriladi to‘plagan bali yoki bahosi nolga aylantiriladi.
Fan (kurs) xususiyatlaridan kelib chiqib baholash va nazorat qilish mezonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Asosiy adabiyotlar
|
1.
|
N.Jiyanova, O.Mo‘ydinova. Nutq madaniyati. t.: “ilm ziyo zakovat”, 2019.221 b.
|
2.
|
M.AMINOV, A.MADVALIYEV, N.MAXKAMOV, N.MAHMUDOV. ISH YURITISH (AMALIY QO‘LLANMA). TOSHKENT, 2017, 440 B.
|
3.
|
XOLMONOVA Z. ADABIY TILDAN MA’RUZALAR UMUMLASHMASI. T.: “o‘ZBEKISTON”, 2013, 250 B.
|
Tavsiya qilinadigan qo‘shimcha adabiyotlar
|
1.
|
M.X.AXMEDOVA, K.A.GAYUBOVA. “O‘ZBEK TILI” T. TATU, “ALOQACHI”, 2019.
|
2.
|
MAHMUDOV N. O‘QITUVCHI NUTQI MADANIYATI. T.: “O‘ZBEKISTON KUTUBXONASI”, 2009, 188 B.
|
Internet manzillari
1. www.Tipi.uz
2. www.pedagog.uz
3. www.edu.uz
4. http://ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |