Amu daryodan chiqarilgan
kanallar viloyatni suv
bilan ta’minlaydi. Daryo bo‘yidagi to‘ qay larda o‘t
o‘simliklardan tashqari turang‘il, tol, jiyda, qizil
yulg‘un kabi buta va daraxtlar o‘sadi.
Cho‘l
va adirlarda chipor ilon, ko‘k qurbaqa,
toshbaqa, turli kemiruvchilar, to‘qayzor larda to‘qay
mushugi, chiyabo‘ri, to‘rg‘ay, o‘rdak, kulrang g‘oz,
qizilishton,
zarg‘aldoq
va
boshqalar
bor.
Suv
havzalarida ondatra va nutriya uchraydi.
76-rasm.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiiy xaritasi.
Xaritalardan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi va Xo-
razm viloyatining hududi,
chegaralari, asosiy shahar,
daryo, kanal va suv omborlarini ko‘rib chiqing.
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
va Xorazm viloyati
bilan chegaradosh davlat va viloyatlarni xaritadan
ko‘rsating.
2.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
va Xorazm viloyati-
ning maydoni, aholi soni, shaharlarini ayting.
3.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
hududida qanday
foydali qazilmalar mavjud?
4.
Bu o‘lkalarda qanday o‘simliklar o‘sadi?
5.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati-
ning hayvonot dunyosi haqida nimalarni bilasiz?
Yozuvsiz xaritada Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
va Xorazm viloyati hududini bo‘yang, asosiy dar-
yo, ko‘l, kanal va suv omborlari nomini yozing.
77-rasm.
Xorazm viloyatining tabiiy xaritasi.